SOLIQ TIZIMINI RAQAMLI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI (O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni raqamlashtirishdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)
Yuklangan vaqt
2024-05-19
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
270,4 KB
1
SOLIQ TIZIMINI RAQAMLI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
M U N D A R I J A
KIRISH …………………………………………………………………..3
1. O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni raqamlash-
tirishdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari….............................6
2.Soliq sohasida jamoatchilik nazoratini raqamlashtirishning huquqiy
asoslari va shakllari……………………………………………………..12
3. Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
raqamlashtirish strategiyasi…………………………………………….18
XULOSA …………………………………………………………....22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………....24
Ilova
2
KIRISH .
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha
samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati
bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli
iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Mamlakatimizda ilm-
fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va
madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish
borasida boshlangan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy
bosqichga ko’tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etaman”.
Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19
fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish borasida1,
shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq
qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha
sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar
Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini
belgilab beradigan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va
yanada rivojlantirish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaror qabul
qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O‘zbekiston
Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni
3
Soliq tizimini raqamli rivojlantirish asosiy vazifasi «kerakli axborotni kerakli
joyga, kerakli vaqtda, kerakli hajmda, kerakli ko‘rinishda yetkazib berish» dan
iboratdir. Axborot hajmining ko‘pligi ularning qayta ishlashda insondan ko‘p vaqtni
va mehnatni talab qiladi. Lekin aksariyat hollarda bu ishlarni qisqa vaqt ichida
bajarish zarur bo‘ladi. Hozirgi kunda mazkur ishlarni kompyuterlarsiz bajarishni
tasavvur qilish qiyin.
Zamonaviy kompyuterlar asosida yangi informatsion texnologiyalar
yaratilmoqdaki, u zamonaviy ish yuritishning «qog‘ozsiz» usuli, «elektron pochta»
mashina grafikasi, optik disklar orqali ilgari mavjud bo‘lgan alohida informatsion
texnologiya vositalarini birlashtirish va ularni yuqori moslashuvchanlik bilan
ta’minlash imkonini beradi. Zamonaviy kompyuterlar hozirda faqatgina hisoblash
vositasi bo‘lib qolmay, boshqarish, nazorat qilish, qaror qabul qilish kabi turli
ishlarni bajarishdagi vosita hamdir. Kompyuterlar yordamida ish yuritishning
samarali va yangi omillaridan biri bo‘lib avtomatlashtirilgan ish joylari hisoblanadi.
2020-yil insoniyat oldiga yangi muammo va qiyinchiliklarni qo‘ydi. Shunga
qaramay, mamlakatimiz Prezidenti farmon va qarorlari asosida aholi va
tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan
choralar
amalga
oshirildi.
Shuningdek, soliq sohasiga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi natijasida
soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun keng va teng sharoitlar
yaratildi.
2020-yilgi Davlat dasturining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
modernizatsiya qilish orqali soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish” nomli
Davlat
soliq
qo‘mitasining
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish, “Tahlika-tahlil” dasturiy
mahsuli, “Big data” arxitekturasi asosida “Business Intelligence” tahliliy modellari
va “Ishonchli hamkor” loyihasini joriy etish kabi muhim vazifalar belgilangan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq maʼmuriyatchiligida
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir
4
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-son qarori bilan Davlat dasturining
mazkur bandi ijro etildi.
Ushbu hujjat bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi tasdiqlanmoqda.
Unda DSQ maʼlumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya
qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy taʼminotlar xarid qilish,
axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish
tizimlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar nazarda tutilgan. Buning natijasida davlat
byudjetiga qo‘shimcha tushumlar hajmi 20 trln so‘mgacha ortishi kutilmoqda2.
2 Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya
teхnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 359-son qarori.
5
1. O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni
raqamlashtirishdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy
salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu
resursdan
samarali
foydalanish
mamlakat
xavfsizligini
va
demokratik
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday
jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikatsiyalar
texnologiyalarini
qo‘llash
kengayadi.
Turli
xildagi
axborotlar
xududiy
joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro
kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter
tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormokda. Axborotlar dunyosiga sayohat
qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormokda. Jahon kompyuter
tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning
tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun xam mavjud
axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar
dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi
darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash
muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib,
axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi "Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni
himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4024-son
qaroriga asosan «Davlat soliq xizmati organlarida axborot tizimlarini ishlab chiqish,
takomillashtirish, joriy etish hamda qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ishlab
chiqilgan.
Davlat
soliq
xizmati
organlari
xodimlarining
ish
faoliyatini
avtomatlashtirish, shuningdek, soliq ma`murchiligi jarayonlariga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Davlat soliq
6
qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsullarni ishlab chiqish maqsadi,
vazifalari, ulardan olinayotgan hisobot shakllaridan kelib chiqib, ularni toifalarga
ajratish maqsadida, 2015 yil 12 iyulda Davlat soliq qo`mitasining 226-sonli buyrug’i
qabul qilindi3.
Mazkur buyruq bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, soliq solish bazasini
kengaytirish, qo`shimcha soliq ob`ektlarini aniqlash, soliq to`lashdan bo`yin
tovlash, soliqlarni yashirish, soliqdan qochish va shu kabi qo`shimcha manbalarni
aniqlash vazifalarini bajaradigan vositalar “dasturiy mahsulot” deb nomlanishi
belgilab qo`yildi.
Ma`lumotlar bazasini shakllantirish, ro`yxatga olish, soliq to`lovchilar va
soliq ob`ektlari hisobini yuritish, statistik ma`lumotlarni tayyorlash hamda ish
jarayonini
avtomatlashtirishga
xizmat
qiluvchi
dasturiy
vositalar
“avtomatlashtirilgan axborot tizimi” deb atalishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu buyruqning 2-ilovasiga muvofiq 9 ta dasturiy
mahsulotlar ro`yxati va 3-ilovasiga muvofiq 30 ta avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari jami 39 ta axborot tizimlari ro`yxati tasdiqlandi.DSQning 2016-yil 1-
maydagi 184-sonli buyrug’iga asosan “Soliq inspektorining mobil ilovasi”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy qilindi. Hozirgi kunga kelib
Davlat soliq xizmati organlarida 10 ta dasturiy mahsulotlar va 34 ta
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari joriy qilingan.
1-jadval
Davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etilgan dasturiy
mahsulotlar.4
Nomi
Vazifasi
Buyruq
3 Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining ish faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, soliq ma`murchiligi
jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishto’g’risidagi 2015 yil 12 iyulda
Davlat soliq qo`mitasining 226-sonli buyrug’i
4 Jadval muallif tomonidan tuzildi.
7
«Soliq
inspektorining
avtomatlashtirilg
an ish joyi
Soliq to’lovchi yuridik shaxslar va ularning soliq
majburiyatlari hisobini hamda shaxsiy
kartochkalarini yuritish.
Buyruq
№7
13.01.2011
«Bank-DSQ»
Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalardan kunlik tushumlarni onlayn rejimdan
monitoring qilish
Buyruq
№9
03.03.2009
«To‘lovlar
monitoringa»
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi ma’lumotlaridan samarali foydalanish,
hamda soliq qarzlari mavjud bo‘lmagan va
g’aznachilikdan moliyalashtiriladigan korxonalarning
debitor-kreditor korxonalarini aniqlash va ularning
soliq majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish
mexanizmini yaratish.
Buyruq
№500
30.11.2013
«Davlat byudjeti
va maqsadli
jamg‘armalariga
tushumlar
hisobini yuritish»
Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalarga manbalar kesimida tushumlar
hisobini yuritish.
Buyruq
№28
24.01.2014
«Tahlika tahlil»
Soliq to’lovchi yuridik shaxslar faoliyatida Riskli
mezonlarni aniqlash. Rejali soliq tekshiruvlari
o’tkazish uchun soliq qonunchiligini buzayotgan
korxonalarni aniqlash.
Buyruq
№534
25.12.2013
«Kompyuter
texnikasini
hisobga olish»
Davlat soliq xizmati organlarida ishlatilayotgan,
saqlanayotgan yohud hisobdan chiqarilgan
komp’yuter parkini, uning qurilmalarini hamda
periferiyalarini hisobini yuritish hamda ma’lumotlar
bazasini shakllantirish
Buyruq
№441
18.10.2013
8
«Soliq
to‘lovchilar
tarixi»
Istalgan soliq to’lovchiga oid barcha ma’lumotlarni
(ro’yxatga olish, ta’sischilari, rahbarlari va
buhgalteri, bank hisob raqamlari, shaxsiy
kartochkasi, soliq hisobotlari, bank aylanmalari,
inkasso topshiriqnomalari, litsenziya va boshqa
ruxsat beruvchi hujjatlari, eksport-import
operatsiyalari, soliq va boshqa tekshiruv natijalari,
qo’llanilgan ma’muriy choralar va hokazo) bir
oynadan tezkor ravishda shakllantirish.
Ishchi
guruh
yig’ilish
bayoni
03/4-09
29.09.2014
«Eksport-import
operatsiyalarini
nazorat qilish»
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga
oshirilayotgan eksport-import operatsiyalarini
nazorat qilish jarayoni engillashdi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar tomonidan eksport-import
shartnomalariga asosan tuzilayotgan xar bir bojxona
yuk deklaratsiyasi bo’yicha ma’lumot olish
imkoniyati mavjud.
Buyruq
№307
29.07.2014
«Soliq
to‘lovchilarning
egaligidagi yer
fondi»
Soliq organlari bilan «Ergeodezkadastr» davlat
qo’mitasi o’rtasida er uchastkalariga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar birxilligini
ta’minlash hamda er uchastkalariga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan er solig’i
hisobini to’liq hisobga olish.
Buyruq
№257
30.06.2013
«Kichik biznes
sub’ektlarini
monitoring
qilish»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2003 yil 11 oktyabrdagi 439 sonli qarorida
belgilangan “kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli
bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi”
bo’yicha alohida hisoblab chiqilgan va amalda
tushgan soliqlarning xisobini dasturiy mahsulot
Buyruq
№276
18.08.2015
9
yordamida to’la avtomatlashtirilgan tarzda yagona
tizimda yuritilishini ta’minlash.
Kichik biznes sub’ektlariga soliq solish
boshqarmasi faoliyatida vertikal nazorat ishlarini
avtomatlashtirish.
«Elektron tarzda
yuborilgan
hisobotlarini
qabul qilish
(WEFOINS)»
Soliq to’lovchilar tomonidan elektron tarzda
yuborilayotgan hisobotlarni Davlat soliq
qo’mitasining ma’lumotlar bazasiga qabul qilish va
qayta ishlash imkoniyatini yaratish, elektron bazasini
yaratish.
Buyruq
№148
05.09.2005
«Moliya-xo‘jalik
faoliyatini
amalga
oshirmayotgan
korxonalarni
tugatish»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999 yil 3 iyuldagi 327-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Nizomga asosan moliya-xo’jalik
faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan
korxonalarni (bank hisobvaraqlari bo’yicha uch oy
mobaynida operatsiyalarni o’tkazmagan savdo,
savdo-vositachi korxonalarni), hisobini yuritish va
nazorat qilish.
Buyruq
№137
16.05.2011
«Majburiy
auditorlik
tekshiruvi
hisobini yuritish»
Har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan
o’tkazilishi lozim bo‘lgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga
elektron yoki qog’ozda taqdim etilgan tasdiqlangan
auditorlik xulosasi nusxasi yoki uni taqdim etmaslik
sabablari ko’rsatilgan tushuntirish xati skaner faylini
yuklash orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish
hamda majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan
bosh tortgan soliq to’lovchilarni aniqlash va ularga
nisbatan belgilangan tartibda choralar ko’rilishini
nazorat qilish.
Buyruq
№198
10.05.2016
10
«Yirik soliq
to‘lovchilar
monitoringa»
Tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar
Mahkamasining ayrim Farmonlari va Qarorlari
hamda Soliq kodeksiga muvofiq monitoringga
olingan vazirlik va idoralar tarkibidagi korxonalar
tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim
etib kelinayotgan ma’lumotlarini qayta ishlagan
holda soliq to’lovchilarning byudjet va byudjetdan
tashqari maqsadli jamg’armalar bilan
munosabatlarini tahlil qiladi.
Buyruq
№374
29.10.2015
«Yuridik va
jismoniy
shaxslarning
soliq qarzlari
hisobini yuritish»
Yuridik va Jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligi
bo’yicha belgilangan tartibda majburiy undiruvga
qaratish.
Buyruq
№2
03.01.2006
«Soliq qarzini
yuritish hisoboti»
Yuridik va Jismoniy shaxslarning soliq
qarzdorligining undirilishi nazorat qilib borish
bo’yicha hisobotlarni shakllantirish.
03.10.2012
«Kadrlarga oid
ma’lumotlar
bazasi»
Dastur davlat soliq xizmati xodimlari shaxsiy
ma’lumotlarining komp’yuter bazasini yaratishda,
ixtiyoriy xodim faoliyatini tahlil qilishda, kadrlarning
sifat tarkibi va qo’nimsizligini nazorat qilish,
xodimlarning malaka oshirishi, maxsus unvonlar
berilishi, ishga qabul qilingan xodimlarning sifat
tarkibini, xodimlarni bosqichma-bosqich o’stirib
borish va kadrlar zahirasini yaratish ishlarni
tizimlashtiradi.
Buyruq
№522
16.12.2013
11
«Jismoniy
shaxslarning
soliq
majburiyatlarini
hisobga olish»
Soliq to’lovchini jismoniy shaxsni ro’yxatga olish,
uning soliq majburiyatlarini aniqlash,
avtomatlashtirilgan holda soliq va to’lovlar bo’yicha
shaxsiy kartochkalarini yuritish.
Buyruq
№270
24.09.2012
«Soliq
deklaratsiyalarini
qayta ishlash»
Asosiy ish joyi bo‘lmagan manbadan daromad
olgan fuqarolarni jami yillik deklaratsiya asosida
soliqqa tortishni avtomatlashtirish jarayonini to’liq
qamrab olish, asosiy bo‘lmagan ish joylaridan
daromad olgan jismoniy shaxslardan jami yillik
daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qabul
qilish tartibini joriy etish, soliq to’lovchilarga
deklaratsiya taqdim etish va soliq majburiyatlari
bo’yicha ma’lumotlar olishda qulaylik yaratishdan
iborat.
Buyruq
№12
10.01.2014
«Davlat
daromadiga
o‘tkaziladigan
mol-mulklar
hisobini yuritish»
Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni
hisobga olish, baholash, ekspertizadan o’tkazish va
sotishdan tushgan pul mablag’larini byudjetga to’liq
va o’z vaqtida tushishini nazorat qilishni,
qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan yuridik shaxslar
hamda fuqorolar to‘g‘risida ma’lumotga ega
bo‘lishni, davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-
mulklarni sotilishidan tushgan pul mablag’larini
davlat byudjetiga undirilganligi to‘g‘risida viloyat va
respublika miqyosida tezkor ma’lumotga ega
bo‘lishni va davlat organlariga tekinga berilgan mol-
mulklar haqidagi ma’lumotlarning avtomatik hisobini
yuritishdan iborat
Buyruq
№65
14.07.2012
12
«Jamg‘arib
boriladigan
pensiya badali
kunlik
tushumlarini
qayta ishlash»
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va
Davlat tijorat Xalq banki o’rtasida ho’jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan o’tkazilgan kunlik jamg’arib
boriladigan pensiya badali tushumlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar almashinuvidan samarali foydalanishni
ta’minlash
Buyruq
№205
25.07.2010
«Yakka
tartibdagi
tadbirkorlardan
hisobotlarni
elektron shaklda
qabul qilish va
qayta ishlash»
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni
elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash
Buyruq
№160
24.04.2013
«Soliq to‘lovchi
jismoniy shaxslar
haqida ma’lumot
(WEB-so‘rov)»
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar bo’yicha (STIR,
manzili, pasport ma’lumotlari, soliqlari) ma’lumotlar
olish
«Bozorlar va
savdo
komplekslarida
bir' martalik
yig‘imlar,
ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun
haqlar va ijara
to‘lovlari
hisobini yuritish»
100 ta va undan ko’proq turg’un savdo nuqtalari va
savdo o’rinlari mavjud bo‘lgan barcha bozorlar,
savdo komplekslari va ularning filiallarida hamda
davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy
qilish shuningdek, bir martalik yig’imlar, ko’rsatilgan
xizmatlar uchun haqlar va ijara to’lovlarining faqat
avtomatlashtirilgan tarzda undirilishini ta’minlash
Buyruq
№148
18.04.2014
13
«Nazorat kassa
mashinalarini
ro‘yxati va
nazoratini olish»
Nazorat mashina kassalarini ro’yxatga olish va
hisobini yuritish
Buyruq
№213
01.08.2011
«Naqd pul
tushumlari
hisobini yuritish»
Naqd pul tushumlarini nazorat qilish dasturi orqali,
choraklik naqd pul tushumini xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan chorak davomida to’lagan
soliqlar bilan solishtirish orqali nazorat qilish
mexanizmini yaratish.
Buyruq
№213
01.08.2011
«Soliq
tekshiruvlari
hisobini yuritish»
Dasturiy mahsul xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmon, Farmoyishlari
va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga
rioya etilishi yuzasidan o’tkazilgan tekshirishlar
natijalarini qo‘shimcha hisoblangan soliq va
majburiy to’lovlarni vazirliklar, hududlar va
tarmoqlar kesimida tahlil qilib respublika miqiyosida
ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Buyruq
№63
11.02.2012
«Tekshiruvchi
xodimlarning
xizmat safari
buyruqlari
hisobini yuritish»
Soliq organlari tomonidan barcha tekshirishlarga
mas’ul xodimlar tomonidan tegishli buyruq asosida
tekshirishlarga chiqish, ularning turlari, buyruq, asos
kabi ma’lumotlar hisobini yuritishdan iborat.
Buyruq
№148
06.04.2012
«Ichki idoraviy
hujjatlar»
Davlat soliq qo’mitasi ichki idoraviy hujjatlarining
elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda
hujjatlarni tezkor qidirib topish imkoniyatini yaratish
tartibini belgilaydi.
Buyruq
№8
13.01.2011
14
«Moliyaviy
sanksiyalarni sud
tartibida qo‘llash
to‘g‘risida davlat
soliq xizmati
organlarining
murojaatlari va
ularning
natijalari hisobini
yuritish»
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq
to’lovchilarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni
qo’llash to‘g‘risidagi ariza bilan xo’jalik sudlariga
murojaat qilish, ularni sudlarda ko’rib chiqish
jarayonilarida soliq organlarining ishtirokida
protsessual normalarning buzilishini oldini olish
hamda natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish va hisobot tizimini yaratish.
Ko’rsatm
a
№62-K
06.07.2015
«Soliq
nizolarining
sudgacha ko‘rib
chiqilishini
nazorat qilish»
Hududiy davlat soliq xizmati organlarida soliq
nizolarini sudgacha ko’rib chiqish hamda soliq
to’lovchilarning davlat soliq xizmati organlarining
qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari
harakatsizligi ustidan shikoyatlarining ko’rib
chiqilishini nazorat qilish.
Buyruq
№238
31.05.2016
«Quyi davlat
soliq xizmati
organlari
faoliyatini
masofadan turib
nazorat qilish»
Quyi davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
masofadan turib nazorat qilish.
2014 yil
«Yirik soliq
to’lovchilar
monitoringi»
Tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim
Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining
ayrim Farmonlari va Qarorlari hamda Soliq kodeksiga
muvofiq monitoringga olingan vazirlik va idoralar
tarkibidagi korxonalar tomonidan davlat soliq xizmati
organlariga taqdim etib kelinayotgan ma’lumotlarini
qayta ishlagan holda soliq to’lovchilarning byudjet va
Buyruq
№374
29.10.2015
15
byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bilan
munosabatlarini tahlil qiladi.
«Soliq
inspektorining
mobil ilovasi»
Davlat soliq xizmati organlarida davlat soliq
inspektorlarining ish unumini oshirish, mobilligini
ta’minlash, onlayn tarzda soliq to’lovchilar to‘g‘risida
tezkor axborot olish, ish faoliyati yuzasidan vertikal
nazorat mexanizmini kuchaytirish hamda
inspektorlarning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yo’nalishida saviyasini oshirish
maqsadida ishlab chiqilgan.
Buyruq
№183
01.05.2015
1-rasm. Davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etilgan dasturiy
mahsulotlarning umumiy ko’rinishi5.
2. Soliq sohasida jamoatchilik nazoratini raqamlashtirishning huquqiy
asoslari va shakllari.
Jamoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligining muhim
instituti hisoblanib, u davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish
orqali fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofazasini
ta’minlashga xizmat qiladi. U fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
5 Muallif tomonidan soliq xodimlarini ish jarayonidan olindi.
16
manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari talablariga davlat organlari
hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, ular
oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan
ahamiyatlidir.
Shu bois kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan yurtimizda
jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini
mustahkamlashga
qaratilgan
islohotlar
bosqichma-bosqich
o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan
2018-yil 12-aprelda mamlakatimizda davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning qonunchilik asoslari va mexanizmini
to‘liq belgilashga qaratilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni imzolandi.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi
muhimligi nimada? Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun
emas, balki davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatini samarali
tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati
qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat
qilish bilan birga, uni muhofaza etishga da’vat qiladi, davlat tuzilmalarining
takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali
bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor
shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi.
Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining
ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va
ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda
islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati
hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini
yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.
Iste’molchilar kundalik hayotda mahsulot sotib olayotganda yoki
xizmatlardan foydalanishda ko‘pincha asossiz narxlar oshirilishiga, chek berilmaslik
17
holatiga duch keladi. Hatto shunday holatlar sodir bo‘ladiki, “uddaburon”
tadbirkorlar terminal orqali savdo qilishdan bosh tortadi.
Ko‘pchiligimiz bu kabi huquqbuzarliklarga duch kelamiz. Tan olish kerak,
iste’molchilar bunday holatlarga har doim ham yetarlicha e’tibor qaratmaydi.
Chunki masalaga yolg‘iz ijobiy yechim topish mushkul va ba’zan shunchaki
imkonsiz ham.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq
xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3802-sonli qarorida soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazorati
amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tarmoqlar va dasturiy mahsulotlarning
salohiyatidan foydalanish mumkin bo‘lgan, jumladan, ularga tadbirkorlik
subyektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar qilish imkonini
beruvchi veb-portal ochish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi “Soliq
ma’muriyatchiligini
takomillashtirish
bo‘yicha
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida” gi qarorida Savdo-sanoat palatasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya
qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirish
va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish maqsadida “Chekni talab qil va sovg‘a yutib
ol” ommaviy aksiyalari o‘tkazilishini tashkil etildi.
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasida soliq tizimida
ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish, shuningdek, soliq islohotlarini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik
qilayotgan quyidagi kamchilik va muammolar qatorida xufiyona iqtisodiyot
darajasini
qisqartirishga
qaratilgan,
shuningdek
tadbirkorlik
faoliyatini
qonuniylashtirish
jarayonlarini
rag‘batlantiruvchi
jamoatchilik
nazorati
mexanizmlari mukammallashtirish maqsadida
soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishning eksterritorial prinsipini rivojlantirish, soliq xizmatlari sifatini va soliq
organlari faoliyatini jamoatchilik tomonidan mustaqil baholash (teskari aloqa)
mexanizmini yaratish, soliq organlarida shaffoflik (oshkorlik) va hisobdorlikni
kengaytirish, korrupsiya ko‘rinishlariga jamoatchilikda murosasizlik hissini
18
shakllantirish,
soliq
organlari
bo‘linmalari
faoliyatining
samaradorligini
jamoatchilik fikri natijalarini hisobga olgan holda reyting baholashni joriy etish
vazifalari belgilab berildi.
Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida Davlat soliq xizmati
organlarining my2.soliq.uz “Soliq sohasida jamoatchilik nazorati” veb-portali va
my.soliq.uz portalidagi “Soliq hamkori” elektron davlat xizmati yo’lga qo’yildi.
Ushbu portallarda ko’rsatilgan xizmatlardan foydalanib turli yo’nalishlardagi soliq
huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq xizmati organlariga murojaat qilish mumkin.
DSQ Soliq mobil ilovasi 2020-yilda amalga oshirilgan eng ommabop
loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur yangi ilova soliq to‘lovchilarga karantin davrida
uydan chiqmagan holda soliq majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi.
Ilovada yuridik va jismoniy shaxslar uchun bir qator elektron soliq xizmatlari
jamlangan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini mobil ilova
orqali to‘lashlari mumkin. STIRni aniqlashi, onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan
o‘tkazishi, huquqbuzarlik haqida xabar berishi, shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlarini
(hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, penya) bilib olishi mumkin. Shuningdek,
yuridik shaxslar uchun ham bir qator xizmatlar mavjud.
“Soliq hamkor” deb nomlangan mazkur axborot tizimi yashirin
iqtisodiyotga qarshi kurashda fuqarolarni Davlat soliq xizmati organlari bilan
hamkorlikka chorlaydi. “Soliq hamkor” tizimi orqali hamkor soliq to‘lovchi, soliq
agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki
harakatsizligi yuzasidan Davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.
“Soliq hamkor” axborot tizimi bir necha yo‘nalishda soliq organlari bilan
masofadan turib hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etadi. Jumladan, “Soliq”
mobil ilovasiga “Soliq hamkori” bo‘limi qo‘shildi. Ilova soliqqa oid huquqbuzarlik
xabarini
qulay,
tez
va
oson
yuborish
imkonini
beradi.
Hamkorlikni
@soliq_hamkor_bot telegram boti va Elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz
orqali ham amalga oshirish mumkin. Buning afzalligi shundaki, murojaat qilgan har
bir fuqaro o‘z murojaati holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.
Qanday huquqbuzarliklar haqida xabar berish mumkin?
19
Kimdir
davlat
ro‘yxatidan
o‘tmasdan
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‘ullanadi, ayrimlar tovarlarni yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda va
kontrafakt tovarlarni tashish, sotishni “kasb” qilgan. Ko‘pincha cheklarni taqdim
etmaslik yoki to‘lov terminallari orqali savdo qilishni rad etish bilan bog‘liq savdo
qoidalariga rioya etmaslik hollari ro‘y beradi.“Soliq.hamkor” shu kabi soliq
huquqbuzarlariga barham berishga yo‘naltirilgan.
DSQ “O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hamkor tomonidan yuborilgan
murojaatni ro‘yxatga oladi hamda davlat soliq xizmati organlari vakolati doirasida
soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazadi.
Ta’kidlash lozimki, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun “Soliq hamkor”
tizimi orqali kelib tushgan arizalar asos bo‘ladi. Mazkur yangi tizim, Davlat soliq
xizmati organlari tomonidan amalga oshirilayotgan yashirin iqtisodiyotga qarshi
kurashdagi yana bir muhim qadam bo‘ladi.
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq jarayonlarini
qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda, 22 ta yangi xizmat joriy qilindi va
axborot tizimlari kompleksini Yagona platformaga o‘tkazish choralari ko‘rildi.
Bir so‘z bilan aytganda, soliq islohotlari butun soliq ma’muriyatchiligi
jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish bilan birga olib borilmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yilda konseptual jihatdan quyidagi yangi ustuvor
yo‘nalishlarni belgilab oldi:
- soliq ma’murchiligi va xizmatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish,
orqali inson omili aralashuvini bekor qilish;
- “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida ham xizmat ko‘rsatish,
ham muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli munosabat bildirilishini ta’minlash;
- insofli soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish, soliq to‘lovchilar
tomonidan o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarilishini rag‘batlantirish;
- soliq organlari tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashga mutlaqo
yangicha yondashuv;
20
- aholi turmush-tarzini yaxshilash bo‘yicha 4-sektor ishini kuchaytirish;
- mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va tizimli yechimlarini amaliyotga tatbiq
etish.
“Soliq hamkor” axborot tizimi orqali mahsulot yoki xizmat uchun to‘lov
qilinganda chek taqdim etmaslik, to‘lov terminallari orqali savdo qilishni rad etish,
narxlarni oshirish va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berish mumkin.
Tizim orqali 4500 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Ularning 96,2 foizi bo‘yicha
vakolatli organlarni xabardor qilgan holda tekshiruvlar tashkil etildi.
Onlayn nazorat-kassa mashinalari.
2020-yildan Onlayn-NKM va virtual kassalar tizimiga o‘tish jarayoni
boshlandi. Onlayn NKM – bu kassa mashinalarining yangi avlodi bo‘lib, bugungi
kunda undan barcha dorixonalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, alkogol va
tamaki mahsulotlarini sotish punktlarida, yirik savdo tarmoqlarida, shuningdek,
2021 yildan boshlab yillik tushumi 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan
tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi kerak. Onlayn-NKM chekini bermaslik soliq
huquqbuzarligi hisoblanadi. Ayni paytga qadar Davlat reyestriga 13 ta Onlayn-
NKM, 11 virtual kassa dasturiy mahsuloti va 20 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazi
kiritilgan.
21
2-rasm. Jismoniy shaxslarni “SOLIQ” mobil ilovasi davlat soliq xizmati
organlarida hisobga qo‘yish.6
3. Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
raqamlashtirish strategiyasi.
Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga erishishda muhim mexanizm
sifatida namoyon bo‘ladi. 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi soliq
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini
soddalashtirish,
soliq
ma’muriyatchiligini
takomillashtirish,
tadbirkorlikni
rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhitni
shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, soliq tizimida ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni
oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, soliq islohotlarini
samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi kamchilik va
muammolar mavjud7:
6 “SOLIQ” mobil ilovasi orqali muallif tomonidan tayyorlandi.
7 Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya
teхnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 359-son qarori.