SONNING MA`NO VA GRAMMATIK BELGILARI

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

27,9 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SONNING MA`NO VA GRAMMATIK BELGILARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SONNING MA`NO VA GRAMMATIK BELGILARI
 
 
Predmetning  son-sanog`i, miqdori va joylashish tartibini bildiradigan so`zlar son 
deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Sonlar 
otga bog`lanadi  va ot ifodalagan predmetning miqdorini,  tartibini bildiradi: ikki o`rtoq, 
uch dugona, beshinchi sinf kabi. 
 
Sonlar otga bog`lanmagan holda qo`llanilsa son ifodalaydigan miqdor  mavhum 
bo`ladi. Masalan,  ikki karra , ikki to`rt. Sonlarning bu xildagi mavhum holda qo`llanishi 
arifmetik hisob-kitoblar uchun xosdir.  
 
Sonlar tildagi eng kam tub so`zlari mavjud so`z turkumlaridan hisoblanadi. 
Binobarin boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Hozirgi o`zbek tilida faol 
ishlatiladigan 22 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, etti, sakkiz, to`qqiz, 
o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, 
milliard.  
 
Qolgan sonlar shu sonlarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Masalan, o`n 
besh, bir yuz  qirq, ikki ming birinchi yil kabi. 
 
Sonlar harf bilan ham: o`n, ming  raqam bilan ham: 10,1000 yoziladi. .Raqam 
asosan arifmetik hisob-kitoblarda ishlatiladi. O`zbek tilida sonlarni qo`llashda ikki hil 
raqamdan foydalaniladi. 
1. Arab raqamlaridan. Bu raqam yillarni chislolarni ifodalashda ishlatiladi: 1999 yil- 
ayollar yili. 9 may -xotira  va qadrlash kuni. 
2. Rim raqamidan. Bu raqamdan asrlarni, oylarni, s`ezd, konferensiya, sessiya,  chaqiriq 
sanalarini  ko`rsatishda foydalaniladi. VI asr, 10.III.2001 yil,  XXI  chaqiriq   X  sessiya 
kabi.      
 
Sonlar so`z turkumlari orasida o`zining  nisbatan mavhumligi bilan ajralib turadi. 
Chunki   sonlar ifodalaydigan miqdor tushunchasi mavhum bo`ladi. Masalan,uch, besh, 
o`n besh kabi sonlarda faqat miqdor tushunchasi bor. Biroq bu niqdor nimaning miqdori 
ekanligi noaniq, mavhum . Sonlar ot bilan  bog`langandagina   bu miqdor nimaning 
miqdori ekanligi  oydinlashadi: besh battar, o`n kishi kabi.Sonlar so`z turkumi sifatida 
quyidagi  xususiyatlarga ega: 1. Sonlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi, biroq 
sondan boshqa turkumdagi so`zlar  yasaladi: bir+ ik (fe`l,)  uch+ lik, (sifat) 2. Sonning 
muhim morfologik belgilaridan biri  turlanmasligidir. Ular ot oldidan kelib, otning 
Predmetning son-sanog`i, miqdori va joylashish tartibini bildiradigan so`zlar son deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Sonlar otga bog`lanadi va ot ifodalagan predmetning miqdorini, tartibini bildiradi: ikki o`rtoq, uch dugona, beshinchi sinf kabi. Sonlar otga bog`lanmagan holda qo`llanilsa son ifodalaydigan miqdor mavhum bo`ladi. Masalan, ikki karra , ikki to`rt. Sonlarning bu xildagi mavhum holda qo`llanishi arifmetik hisob-kitoblar uchun xosdir. Sonlar tildagi eng kam tub so`zlari mavjud so`z turkumlaridan hisoblanadi. Binobarin boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Hozirgi o`zbek tilida faol ishlatiladigan 22 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, etti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard. Qolgan sonlar shu sonlarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Masalan, o`n besh, bir yuz qirq, ikki ming birinchi yil kabi. Sonlar harf bilan ham: o`n, ming raqam bilan ham: 10,1000 yoziladi. .Raqam asosan arifmetik hisob-kitoblarda ishlatiladi. O`zbek tilida sonlarni qo`llashda ikki hil raqamdan foydalaniladi. 1. Arab raqamlaridan. Bu raqam yillarni chislolarni ifodalashda ishlatiladi: 1999 yil- ayollar yili. 9 may -xotira va qadrlash kuni. 2. Rim raqamidan. Bu raqamdan asrlarni, oylarni, s`ezd, konferensiya, sessiya, chaqiriq sanalarini ko`rsatishda foydalaniladi. VI asr, 10.III.2001 yil, XXI chaqiriq X sessiya kabi. Sonlar so`z turkumlari orasida o`zining nisbatan mavhumligi bilan ajralib turadi. Chunki sonlar ifodalaydigan miqdor tushunchasi mavhum bo`ladi. Masalan,uch, besh, o`n besh kabi sonlarda faqat miqdor tushunchasi bor. Biroq bu niqdor nimaning miqdori ekanligi noaniq, mavhum . Sonlar ot bilan bog`langandagina bu miqdor nimaning miqdori ekanligi oydinlashadi: besh battar, o`n kishi kabi.Sonlar so`z turkumi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Sonlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi, biroq sondan boshqa turkumdagi so`zlar yasaladi: bir+ ik (fe`l,) uch+ lik, (sifat) 2. Sonning muhim morfologik belgilaridan biri turlanmasligidir. Ular ot oldidan kelib, otning
miqdorini sanog`ini ifodalab, aniqlab keladi: besh kishi, o`n otliq, yuz uy.  
 
 
 
 
3. Sonlar otlashganda ot bilan bog`lanmaydi. Bu hollarda sonlar ot kabi kelishik 
qo`shimchalarini olib gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi. Masalan, oltovlon ola 
bo`lsa og`zidagini oldirar. (Maqol.) 
4. Sonning modal shakllari songa maxsus son shaklini yasovchi qo`shimchalar qo`shish  
bilan hosil bo`ladi; to`rt + ta, uch+ ala, besh-ov, olt+ovlon, yuz+larcha kabi. 
5. Ko`pincha son bilan ot orasida maxsus sanoq bildiruvchi so`zlar (numerativlar) 
ishlatiladi: uch kilogramm yog` , o`n  gektar  yer. 
 
Sonlarning qo`llanilishi birlik, yuzlik va minglik tizimi bo`yichadir. O`ndan 
yuzgacha bo`lgan  sonlarni ishlatishda katta sonlardan boshlab aytiladi: o`n besh, ellik 
uch, to`qson olti.Yuzdan yuqori sonlarni aytishda kichik  sonlardan boshlab aytiladi: bir 
yuz ellik, bir ming  to`qqiz yuz ellik. 
 
Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:  
1. Ot oldidan kelib aniqlovchi vazifasini bajaradi: O`rta bo`yli yo`g`on gavdali ko`k 
movut avrali po`stin kiygan, qirq besh yoshlardagi  bir kishi kirdi. (A. Q.)  
2.Fe`l  oldidan  kelib hol vazifasini bajaradi. Fikrlar  tuyg`ular o`ylar sonsiz bir -biriga 
ulashib boradi, chuvalashadi. (O.) 
3. Ot yoki fe`lga bog`lanmagan holda ega,  to`ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi  vazifasida 
keladi: besh karra  besh -yigirma besh, o`ndan beshni olsa besh qoladi.. 
 
Sonlar orasida ma`no va grammatik xususiyatlari  jihatidan bir soni alohida ajralib  
turadi. Bir soni bir tomondan sonlarga xos: bir uy, birinchi uy   xususiyatlariga  ega  
bo`lganidek, sonlarga  xos  bo`lmagan    xususiyatlarga ham ega. Shunga ko`ra bir soni 
quyidagi ma`nolarda ifodalanadi. 1. Noaniqlik ma`nosini ifodalaydi: Uyimizga  bir kishi 
keldi.  
2. Miqdor ifodalovchi so`zlarga  va so`roq  olmoshlariga qo`shilib ko`plikni, ortiqlikni 
ifodalaydi: bir talay, bir necha, bir qancha; ba`zan kamlikni ham ifodalaydi: bir 
muncha. Bular tag`in bir muncha yurgandan so`ng katta  darvoza oldida to`xtadilar. 
(O.) 
3. Ot,  sifat, fe`l , ravish oldidan kelib  ma`noni kuchaytiradi. Bir jum hayratda qolgan 
chol kalovlanib o`rnidan turdi, ikki qo`llab ko`rishgach,  mehmonni taqir  po`stakka  taklif  
qildi.(O.) 
miqdorini sanog`ini ifodalab, aniqlab keladi: besh kishi, o`n otliq, yuz uy. 3. Sonlar otlashganda ot bilan bog`lanmaydi. Bu hollarda sonlar ot kabi kelishik qo`shimchalarini olib gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi. Masalan, oltovlon ola bo`lsa og`zidagini oldirar. (Maqol.) 4. Sonning modal shakllari songa maxsus son shaklini yasovchi qo`shimchalar qo`shish bilan hosil bo`ladi; to`rt + ta, uch+ ala, besh-ov, olt+ovlon, yuz+larcha kabi. 5. Ko`pincha son bilan ot orasida maxsus sanoq bildiruvchi so`zlar (numerativlar) ishlatiladi: uch kilogramm yog` , o`n gektar yer. Sonlarning qo`llanilishi birlik, yuzlik va minglik tizimi bo`yichadir. O`ndan yuzgacha bo`lgan sonlarni ishlatishda katta sonlardan boshlab aytiladi: o`n besh, ellik uch, to`qson olti.Yuzdan yuqori sonlarni aytishda kichik sonlardan boshlab aytiladi: bir yuz ellik, bir ming to`qqiz yuz ellik. Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi: 1. Ot oldidan kelib aniqlovchi vazifasini bajaradi: O`rta bo`yli yo`g`on gavdali ko`k movut avrali po`stin kiygan, qirq besh yoshlardagi bir kishi kirdi. (A. Q.) 2.Fe`l oldidan kelib hol vazifasini bajaradi. Fikrlar tuyg`ular o`ylar sonsiz bir -biriga ulashib boradi, chuvalashadi. (O.) 3. Ot yoki fe`lga bog`lanmagan holda ega, to`ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi: besh karra besh -yigirma besh, o`ndan beshni olsa besh qoladi.. Sonlar orasida ma`no va grammatik xususiyatlari jihatidan bir soni alohida ajralib turadi. Bir soni bir tomondan sonlarga xos: bir uy, birinchi uy xususiyatlariga ega bo`lganidek, sonlarga xos bo`lmagan xususiyatlarga ham ega. Shunga ko`ra bir soni quyidagi ma`nolarda ifodalanadi. 1. Noaniqlik ma`nosini ifodalaydi: Uyimizga bir kishi keldi. 2. Miqdor ifodalovchi so`zlarga va so`roq olmoshlariga qo`shilib ko`plikni, ortiqlikni ifodalaydi: bir talay, bir necha, bir qancha; ba`zan kamlikni ham ifodalaydi: bir muncha. Bular tag`in bir muncha yurgandan so`ng katta darvoza oldida to`xtadilar. (O.) 3. Ot, sifat, fe`l , ravish oldidan kelib ma`noni kuchaytiradi. Bir jum hayratda qolgan chol kalovlanib o`rnidan turdi, ikki qo`llab ko`rishgach, mehmonni taqir po`stakka taklif qildi.(O.)
4. Ayiruv bog`lovchisi   vazifasida keladi: bir   yig`laydi , bir kuladi.  
 
58  s.   
SONNING  MA`NO  JIHATIDAN  TURLARI  
 
 
Sonlar ma`no  va grammatik  xususiyatlariga ko`ra ikkiga bo`linadi: sanoq sonlar, 
tartib sonlar. Predmetning son- sanog`i  va umumiy miqdorini  bildiradigan sonlar sanoq 
sonlar deyiladi: uch uy, o`ttiz kishi. 
 
Sanoq sonlar asosan otga bog`lanib uning miqdoriy belgisini bildiradi  va gapda 
aniqlovchi  vazifasida  keladi:  besh o`quvchi,  o`n  bog`. 
 
Sanoq sonlar sanoq so`zlar (numerativlar) bilan ham qo`llaniladi. Sanoq so`zlar 
predmetning miqdorini  donalab sanash uchun ishlatiladigan so`zlardir. Sanoq so`zlar 
sanoq sonlar  bilan  birga otga bog`lanib, uning miqdorini bildiradi. 
 
Sanoq so`zlar quyidagicha ma`nolarni ifodalaydi. 
1. Predmetning miqdorini bildiradigan sanoq so`zlar:  dona,  nusxa, nafar, tup. Masalan, 
besh tup olma kabi. 
2. Predmetning uzunligini, masofasini bildiradi: metr, kilometr, qarich, qadam.3. 
Predmetning maydonini bildiradi: sotix, tanob, gektar. 
4. Suyuqlikning  o`lchovini bildiradi: litr, chelak , flak,  stakan, choynak. Masalan, bir 
choynak choy kabi. 
5. Og`irlikning o`lchovini bildiradi: gramm, kilogramm, sentmetr, tonna. 
6. Predmetning qiymatini bildiradi: so`m, pul, tanga, tiyin. 
7. Vaqtni bildiradi: minut, sutka, soat , yil. 
 
Sanoq sonlar ma`nosiga ko`ra quyidagi   turlarga  bo`linadi: 
 1) miqdor  son      3) chama  son  5) taqsim  son. 
 2) dona  son 
   4) jamlovchi 
Miqdor sonlar predmetning umumiy miqdorini bildiradi  va  barcha xususiyatlari  
jihatidan  sanoq  songa  mos keladi: ikki kishi,  uch oy, o`n yil  kabi. Dona  sonlar  
predmetning  donalab sanaladigan miqdorini bildiradi. Sanoq sonlarga -ta  
qo`shimchasini qo`shish  bilan hosil  bo`ladi: uch +ta kishi  o`nta kitob. 
 
Dona sonlar sanoq so`zlar: nafar, dona, bet, bosh, nusxa kabilar bilan ham hosil 
bo`ladi: uch nafar, o`n dona, yuz bet, ming bosh, besh yuz  nusxa kabi. 
Chama sonlar  predmetning taxminiy  miqdorini bildiradi  va quyidagicha  hosil bo`ladi. 
4. Ayiruv bog`lovchisi vazifasida keladi: bir yig`laydi , bir kuladi. 58 s. SONNING MA`NO JIHATIDAN TURLARI Sonlar ma`no va grammatik xususiyatlariga ko`ra ikkiga bo`linadi: sanoq sonlar, tartib sonlar. Predmetning son- sanog`i va umumiy miqdorini bildiradigan sonlar sanoq sonlar deyiladi: uch uy, o`ttiz kishi. Sanoq sonlar asosan otga bog`lanib uning miqdoriy belgisini bildiradi va gapda aniqlovchi vazifasida keladi: besh o`quvchi, o`n bog`. Sanoq sonlar sanoq so`zlar (numerativlar) bilan ham qo`llaniladi. Sanoq so`zlar predmetning miqdorini donalab sanash uchun ishlatiladigan so`zlardir. Sanoq so`zlar sanoq sonlar bilan birga otga bog`lanib, uning miqdorini bildiradi. Sanoq so`zlar quyidagicha ma`nolarni ifodalaydi. 1. Predmetning miqdorini bildiradigan sanoq so`zlar: dona, nusxa, nafar, tup. Masalan, besh tup olma kabi. 2. Predmetning uzunligini, masofasini bildiradi: metr, kilometr, qarich, qadam.3. Predmetning maydonini bildiradi: sotix, tanob, gektar. 4. Suyuqlikning o`lchovini bildiradi: litr, chelak , flak, stakan, choynak. Masalan, bir choynak choy kabi. 5. Og`irlikning o`lchovini bildiradi: gramm, kilogramm, sentmetr, tonna. 6. Predmetning qiymatini bildiradi: so`m, pul, tanga, tiyin. 7. Vaqtni bildiradi: minut, sutka, soat , yil. Sanoq sonlar ma`nosiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) miqdor son 3) chama son 5) taqsim son. 2) dona son 4) jamlovchi Miqdor sonlar predmetning umumiy miqdorini bildiradi va barcha xususiyatlari jihatidan sanoq songa mos keladi: ikki kishi, uch oy, o`n yil kabi. Dona sonlar predmetning donalab sanaladigan miqdorini bildiradi. Sanoq sonlarga -ta qo`shimchasini qo`shish bilan hosil bo`ladi: uch +ta kishi o`nta kitob. Dona sonlar sanoq so`zlar: nafar, dona, bet, bosh, nusxa kabilar bilan ham hosil bo`ladi: uch nafar, o`n dona, yuz bet, ming bosh, besh yuz nusxa kabi. Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini bildiradi va quyidagicha hosil bo`ladi.