SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY TUSHUNCHA VA KATEGORIYALARI (Sotsiologiyaning ilmiy maqomi: ob’ekt, predmet va metodlar, Jamiyat sotsiologiyaning asosiy ob’ekti va kategoriyasi sifatida)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
48,8 KB
Ilmiybaza.uz
SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY TUSHUNCHA VA
KATEGORIYALARI
Reja:
1. Sotsiologiya fan sifatida
2. Sotsiologiyaning ilmiy maqomi: ob’ekt, predmet va metodlar
3. Jamiyat sotsiologiyaning asosiy ob’ekti va kategoriyasi sifatida
4. Jamiyat turlari
1.Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar.
Inson yoki guruh oldida turgan vazifalar qanchalik murakkab va yuksak bo‘lmasini,
ularning barchasi insoniy munosabatlar harakteriga, odamlarning birgalikda
yashashga bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlariga, ular o‘rtasida umumiy
qadriyatlarning mavjudligiga, axloq me’yorlariga, bugungi dunyoda ko‘payib
borayotgan nizoli vaziyatlarni hal qilishda murosali yechimlarni topa olishga borib
taqaladi. Oldimizda turgan muammolar murakkablashgan sari, ularni yechishda
shaxs va unda mavjud insonga oid bilimlarining roli ortib boraveradi. Mazkur
bilimlar inson va u yashayotgan jamiyat hayoti farovanligida muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu esa bizga jamiyat va uning rivojida muhim xizmat qilgan mutafakkirlar
ijodini, qarashlarini o‘rganishga yetaklaydi.
Dunyodagi barcha mutafakkirlar farovon hayotni barpo etish haqidagi o‘z
g‘oyalarini ilgari surishgan. Ularning barcha qarashlarida farovon hayotning negizi
sifatida adolatli jamiyat tushunilgan. Insoniyat tarixining qaysi davrini olmaylik
adolatli jamiyatni barpo etish uchun kechgan kurashlarning guvohi bo‘lamiz. Barcha
davrlarda jamiyat tuzumini o‘zgartirish, inson manfaatlarini ulug‘lash birinchi
masalalar qatoriga ko‘tarilgan. Mazkur jarayon va o‘zgarishlar, jamiyat shakllarini
o‘rganish, undagi voqeliklarni ma’lum qonuniyatga solish, ularning manbalarini
Ilmiybaza.uz
qidirish orqali maqbul yechimni topishga harakatlar bo‘lib kelgan. Mazkur
harakatlar jamiyat taraqqiyotini tahlil qiluvchi qarashlar, uning qonuniyatlarini
bayon qiluvchi asarlarning yaratilishiga olib keldi. Har bir davrda o‘zining yetuk
mutaxassislarini kashf qildi. Buyuk mutafakkirlarning o‘gitlari, qarashlari, asarlari
ham bugungi kunda yosh avlodga jamiyat haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat
qilib kelmoqda. Shuningdek, ularning qarashlaridan yosh avlod kelajak hayotida
vaqtdan boy bermaslikkka, xato qilmaslikka, bilim va tajribalarini yanada boyitishda
foydalanib kelmoqda. Shunday mutafakkirlardan biri Suqrotdir.
Suqrot (yer.av 470–399). U haqda Aflotuning “Suqrotni alqab” asari mavjud,
uni faqat shu asar orqali bilish mumkin. Sababi, Suqrot yozgan asarlar bizgacha yetib
kelmagan. U omma orasida ijtimoiy fikrlari bilan dong‘i ketgan, obro‘ topgan
mutafakkir hisoblanadi. Suqrot “Husndorlar o‘z husnlariga dog‘ tushirmaslik uchun,
xunuklar esa o‘z xunukligini aql-zakovatini tarbiyalash bilan bezamoq uchun tez-tez
ko‘zguga qarab tursinlar”, deydi. U xotiniga “Biz yashamoq uchun yeymiz, boylar
esa ovqat yemoq uchun yashaydilar” degandi. Suqrotning ijtimoiy qarashlarini yana
quyidagi fikrlardan bilsa bo‘ladi: “Har qanday yomonlikning ildizi nodonlikda”,
“Haqiqatni o‘zingdan izla”. “Haqiqatga bahs orqali erishish mumkin”.
Aflotun (yer.av427347). Uning falsafiy qarashlari “Bazm”, “Fedon” nomli
dialoglarida, siyosiy qarashlari esa “Davlat”, “Qonunlar” nomli asarlarida bayon
etilgan.Tarixiy manbalarda keltirilishicha, alloma o‘zidan keyin 35 dan ortiq dialog
tarzda yozilgan asarlar qoldirgan. Dialogda “insoh farovonligi”sharti sifatida
quyidagilar keltiriladi:
1)g‘oyalarning abadiy tabiyatda ishtirok etishi;
2) g‘oyalarni haqiqatga aylantirish;
3) ongning mavjudligi bilimga ega bo‘shliq;
4) ba’zi sof hissiy lazzat turlaridan, masalan, kuyning sof ohanglari yoki
rasmdagi gullarning lazzatidan bahramand bo‘shliq.
Uning “g‘oyalar” to‘g‘risidagi asosiy fikri shulardan iborat.
Aflotun fikricha, olamda “g‘oyalar dunyosi” birlamchi bo‘lib, moddiy dunyo
esa uning mahsuli, soyasidir. “G‘oyalar dunyosi” zamon va makonga bog‘liq
Ilmiybaza.uz
bo‘lmay, u mangu harakatsiz va o‘zgarmas, haqiqiy dunyodir. “G‘oyalar dunyosi”da
eng oliy g‘oya–yaxshilik va baxt g‘oyasi – Xudodir. Boshqa g‘oyalarning hammasi
u bilan bog‘liq.
Arastu (yer.av.384–322). Uning “Metafizika” (yoki “Birinchi falsafa”),
“Fizika”, “Jon to‘g‘risida”, “Analitika”, “Kategoriyalar”, “Siyosat to‘g‘risida”,
“Ritorika”, “Yetika” kabi asarlari bilan sotsiologik an’analar rivojiga katta hissa
qo‘shdi. Uning ta’limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga bo‘linishi,
quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Axloqiy fazilatlar
faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir. U xalqni 2 yo‘l bilan: qo‘rquv urug‘ini
sochib hamda mehr-muhabbat qozonib boshqarish mumkin deydi.
Platon va Aristoteldan keyin T.Gobbs, J.Lokk, J.Mil, G.Leybnits,
T.Kampanella, B.Paskal, Sh.Monteske, J.J.Russo, F.Gizo, B.Konstan, M.Veber va
boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi muammolariga o‘z munosabatlarini
bildirganlar. Yangi davrning mashhur mutafakkiri J.Lokk o‘z davridayoq fuqarolik
jamiyatining xavfsizligi va uni muhofaza qilish institutlari genezisi haqida fikr
yuritadi.
Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850) - Markaziy Osiyoning jahonga
mashhur olimlaridan biri. U qomusiy olim sifatida dunyoga taniladi. Ko‘proq
Bog‘dodda yashagan. Xalifa Ma’mun rahnamoligida Sharqning fanlar akademiyasi
– “Baytul-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da ishladi. U bu yerda juda ko‘plab
matematik, astronomik kuzatishlar olib bordi. Xorazmiy “Ilmlar kalitlari” asarida
ilmlarni 2 qismga: 1) an’anaviy arab ilmlari va 2) ajam (arab bo‘lmagan) ilmlarga
ajratgan. Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. “Algebra” so‘zi uning tomonidan
kashf etilgan, tenglamalarni yechish metodi esa “aljabr” bilan bog‘liqdir.
Abu Nasr Forobiy (873–950). U o‘zining ko‘plab ijtimoiy fikrlari bilan
sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning “Fozil shahar aholisi
qarashlari haqida kitob”, “Ijtimoiy axloqiy risolalar”, “Falsafiy risolalar” kabi
asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr–
mulohazalarda yoritilgan. U o‘zi yashagan davrning ijtimoiy tuzumini, uning
ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan
Ilmiybaza.uz
tahlil qilishga uringan. Forobiy Sotsiologiya ga doir quyidagi o‘gitlarni yozib
qoldirgan:
1) Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimoli va
mutloq mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish.
2) Keskin va mutlaq (ya’ni e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida
fikr yuritish.
3) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan va bo‘lmagan farqli mulohazalar xususida
fikrlash, ularning qanday holatlarda qarama-qarshi kuchga aylanib qolishini
o‘rganish.
4) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikrlar, mulohazalarning qanday
ko‘rinishlarga ega ekanligini qayd etish.
5) Haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligini tekshirish va ularning qanday ahvoldaligini o‘ylab ko‘rish.
6) O‘zgaruvchan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchi mulohazalarning o‘zgarish ma’no
va sabablarini bilib olish.
7) Ma’lum bo‘lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza ko‘rinishlari
xususida fikrga ega bo‘lish.
8) Fikr–qarashlar ta’rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini,
ehtimolli va mutlaq fikr–qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lish lozim.
Demak, har qanday sotsiolog:
a) ijtimoiy fikr; b) har bir individ fikrini tahlil va sintezdan o‘tkazishi kerak.
Forobiy fikricha, davlat-ijtimoiy tuzumni boshqaruvchi tashkilot, uni
muvaffaqiyatli boshqarish esa ko‘p jihatdan davlat boshlig‘i, hokimning fazilatlariga
bog‘liq. «Fozillar shahrining birinchi boshlig‘i shu shahar aholisiga imomlik
qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan 12 xislat, fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi
zarur», deydi. Bular:
1) hokimning to‘rt muchchasi sog‘-salomat bo‘lib, o‘ziga yuklangan
vazifalarni oson bajarishi lozim;
2) nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zehnli, fikrini ravshan tushuntira oladigan,
bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi;
Ilmiybaza.uz
3) taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo‘lmasligi,
o‘zini tiya oladigan bo‘lishi va haqiqatni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni
yomon ko‘radigan, oliyhimmat bo‘lishi, oliy ishlarga intilishi zarur;
4) mol-dunyo ketidan quvmaydigan;
5) tabiatan adolatparvar, istibdod va jabr-zulmni yomon ko‘ruvchi, sabotli,
jur’atli, jasur bo‘lish, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi
xislatlardir.
Forobiy o‘z zamonasining qomusiy olimlaridan biri bo‘lib, ilk bor to‘liq ilmlar
tasnifini yaratdi. Uning «Kitob fixsoal-ulum va at-ta’rif» («Ilmlarning kelib chiqishi
va tasnifi») yoki qisqacha nomi «Ixsoal-ulum» («Ilmlar tasnifi»).
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki
umuman Sharqda, jahon fani va madaniyati tarixida ham eng ulug‘ va buyuk
mutafakkirlardan biri hisoblanadi. U o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy
yodgorliklar», «Mineralogiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot
masalalarini yoritgan. «Mineralogiya» asarining muqaddimasida inson va uning
ijtimoiy ahvoli, yerdagi burchi, olijanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat
to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. “Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI
asrni “Beruniy asri” deb ta’riflaydi. Beruniy ilmiy masalalarda ham tarixiy voqea –
hodisalarga, o‘z zamondoshlariga baho berishda ham o‘ta xolislik va haqqoniylik
bilan fikr yuritgan”1.
Beruniy tom ma’noda o‘z davri etnosotsiologi ham edi. «Qadimgi xalqlardan
qolgan tarixiy yodgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar,
xristian-molikiylar va xristian-nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar,
musulmon arablar, turklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.
«Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi, bu yerdagi xalqlarning
urf-odatlari, yil, oy va tarixiy sanalari, oilaviy munosabatlar, marosimlar, nikoh
masalalari to‘g‘risida ishonchlifikrlar keltirgan.
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro‘y berib turadigan tabiiy hodisalar,
jarayonlar xususida muhim ilmiy – falsafiy g‘oyalarni ilgari suradi va isbotlab berdi.
1Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch.Ikkinchi nashri.T. “Ma’naviyat” .2010. 42-b.
Ilmiybaza.uz
Olamda bo‘lib turadigan o‘zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning, paydo
bo‘lish va yo‘qolishlarning o‘ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy –ilmiy va
sotsiologik mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi.
Ibn Sino o‘zining bir nechta falsafiy risolalarida insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy,
ma’naviy, axloqiy munosabatlarni atroflicha yoritib bergan. Mutafakkirning
“Solomon va Ibsol”, “Yusuf qissasi” kabi asarlari bunga misol bo‘la oladi.
Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406) – arab tarixchisi
va mutafakkiri. U o‘zining asarlarida “Sotsiologiya ” (arab .ilmal-ijtimo) faniga oid
dadil fikrlarni o‘rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan
biri hisoblanadi. Uning “Kitob-ul-Ibar” (1370) asarining muqaddima qismida tarixiy
sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. U insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi
bo‘lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an’analari
haqidagi fanni yaratdi. Sharqning yetuk sotsiologi bo‘lgan Ibn Xoldun
“Muqaddima” (1381) asarining “Kirish” qismidagi dastlabki bo‘limni “Kishilarning
umumiy ijtimoiy hayoti to‘g‘risida” deb nomlagan. Ibn Xoldun sotsiologik
ta’limotining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
1) “Insoniyat jamiyati vujudga kelishining mohiyati sabablari, mavjudligi va
mazmunli
hayot
kechirishning
asosiy
shart-sharoitlari,
avvalo
ularning
(insonlarning) o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘ladi.
2) Tabiiy fizik–jo‘g‘rofiy muhitning hayotga ta’siri jismoniy qiyofa va
kishilarning ruhiyatida ko‘rinib, bu jarayonda ikki-tabiiy jo‘g‘rofik va ijtimoiy
muhitbir – biri bilan bevosita munosabat va ta’sirda bo‘ladi.
3) Tabiiylikdan yuqori bo‘lgan kuchning jamiyat hayotiga ta’siri va bu
ta’sirdan qutilish imkoniyatlari.
4) Insoniyat jamiyat kishilarning ana shu birikmasi birlashmasining natijasidir.
5) Bunday insoniyat uyushmalarini boshliqlar boshqaradi va uning tanlanishi
Alloh tomonidan emas, balki insonning hayot vositalariga bo‘lgan intilish va tabiiy
ehtiyojlari tufayli sodir bo‘ladi.
Ibn Xoldundagi bu qarashning yunon faylasuflari Arastu va boshqalarning
“inson siyosiy mavjudotdir” degan g‘oyasidan farqi ham shundadir.
Ilmiybaza.uz
6) Insonning ijtimoiy mavjudligini uning faqat ma’naviy tabiatidan emas, balki
tabiiy ehtiyojlaridan keltirib chiqaradi.
Kishilar mavjud ekan, ularning ehtiyoj va intilishlari o‘rtasida farq bo‘lishi
tabiiy va ayrim aholi guruhlari hamda shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik, qarama-
qarashliklar sodir bo‘ladi. Bu esa tartib o‘rnatish va tashkil qilinishlarini o‘rtaga
qo‘yadiki, buni «hokimiyat» amalga oshiradi. Bu g‘oya ham Ibn Xoldun
qarashlarining muhim xulosalaridandir.
Ibn Xoldun mulkni va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va himoya
qiluvchi kuch esa davlatdir, deb yozadi.
2. Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kelishi tarixi. Sotsiologiya
(lotincha socsietas –jamiyat va yunoncha Logos – ta’limot) – so‘zlaridan kelib
chiqqan bo‘lib, jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Aniqroq qilib aytganda, u
yaxlit tizim sifatidagi jamiyat, alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat
tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan.
“Sotsiologiya ” haqidagi tushuncha birinchi marotaba X1X asrning 30-yillarida
fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan. Uning
tushunishicha Sotsiologiya jamiyatga talluqli bo‘lgan hamma narsalarni o‘z ichiga
olgan jamiyatshunoslik bilan bir qatorda turgan. Sotsiologiya – insoniyatning tarixiy
taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatning tarkibiy qismidir. U XU111 asrda
kishilik jamiyati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi mustaqil fan sifatida tarix
falsafasida shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning
tabaqalanishi Sotsiologiya ning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini
muqarrar qilib qo‘ydi.
Sotsiologiya XIX asr boshlaridan boshlab o‘ziga xos ilmiy metodlar asosida
falsafadan ajralib chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Shunga ko‘ra sotsial sistemaning
taraqqiyoti va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari haqidagi mustaqil fan sifatida XIX
asr 30-yillarida ilmiy muomalaga «Sotsiologiya » atamasi kiritilgandan so‘ng
shakllandi. Jamiyat haqidagi «pozitiv fan» (haqiqiy fan) yaratishga urinish XIX asr
o‘rtalarida yuzaga keldi.
Ilmiybaza.uz
Sotsiologiya ning asoschisi fransuz mutafakkiri O.Kont Sotsiologiya ni jamiyat
haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. Uning vatandoshi e.Dyurkgeym
Sotsiologiya ning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi.
Marksizmda Sotsiologiya ning predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyat va
uning tuzimi va ielementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy
institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.
Kont kuchli davlat tarafdori, xususiy mulk himoyachisi edi, sinfiy totuvlikni
keng targ‘ib etdi. 17-18 asrlarda Sotsiologiya fanining shakllanishida hal qiluvchi
rolni o‘ynagan “jamiyat”, “madaniyat”, “sivilizatsiya”, “sinflar”, “struktura”,
“funksiya” va boshqa atamalar ilk bor paydo bo‘ladi.
“Sotsiologiya ” atamasi faqat XIX asr boshida – 1838 va 1840-yillar oralig‘ida
paydo bo‘ldi. Uni fransuz olimi Ogyust Kont (1798–1857) yaratdi. Birinchidan, uni
eng kuchli va samarali falsafiy yo‘nalishlardan biri, ya’ni pozitivizmning asoschisi
sanashadi. Ikkinchidan, u qudratli empirik fan – Sotsiologiya ning otasi hisoblanadi.
O.Kont unga nom berdi, uning predmeti va metodlarini belgiladi. XIX asrda jamiyat
to‘g‘risidagi tajribali, empirik fanning vujudga kelishi tasodif emas, balki muayyan
gnoseologik va ijtimoiy – iqtisodiy shart–sharoitlarga ega edi. O.Kont yangi fanni
yaratar ekan, taxminan quyidagicha fikr yuritgan: «jamiyatni uning turli – tuman
namoyon bo‘lish jihatlarida anglash uchun falsafaning o‘zi yetarli emas. Jamiyatni
boshqa masalalar bilan bir qatorda emas,balki maxsus tarzda faqatunga e’tibor
bergan holda o‘rganadigan maxsus fan kerak. Jamiyat to‘g‘risidagi yangi fan
mustaqil bilim sifatida shakllanishi uchun u bilishning falsafiy metodini rad etishi
va o‘zining metodini o‘ylab topishi kerak. Ammo hozircha uning o‘z metodlari yo‘q
ekan, Sotsiologiya tabiatshunoslikdan kuzatish, eksperiment va solishtirma tahlil
kabi usullarni o‘zlashtirishi lozim». Fanga Sotsiologiya nomini bergan O.Kont o‘z
ijodida taraqqiyot, siyosiy va iqtisodiy erkinlik ideallariga tayangan holda, u fan va
ma’rifat yordamida barcha ijtimoiy muammolarni hal etish mumkinligiga umid
qiladi. Nosog‘lom jamiyatni qanday davolash mumkin, degan savolga O.Kont
shunday javob beradi: «tabiatshunoslik fani qanday bo‘lsa, jamiyat haqida ham
xuddi shunday aniq va obektiv fanni yaratish kerak». Sotsiologik g‘oya jadal
Ilmiybaza.uz
rivojlanayotgan Yevropa jamiyatidagi inqirozga javob bo‘ldi. Yangi tafakkurning
maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni ochiq-oydin qilishi mumkin bo‘lgan
intellektual vositalarni rivojlantirishdan iborat edi.
O.Kontning vatandoshi emil Dyurkgeymni amaliy Sotsiologiya ning
kashfiyotchisi deyishadi. U hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan funksional tahlil
metodologiyasini yaratgan,o‘z joniga qasd qilish muammosini chuqur tahlil qilgan.
Uning bu ishlari bugungi kunda ham sotsiologik tadqiqot qanday bo‘lishi
kerakligiga mukammal misol bo‘lib xizmat qilmoqda. E.Dyurkgeym ayni paytda
ham o‘zining dolzarblik qiymatini yo‘qotmagan anomiya nazariyasi asosini
yaratgan. Uningi jtimoiy mehnat taqsimoti, mexanik va organik hamjihatlik, ijtimoiy
fakt mohiyati, kollektiv ong va qadriyatlar, din evolyutsiyasi haqidagi ta’limoti
jahon Sotsiologiya sining oltin fondiga kirgan.
Nafaqat Fransiya,balki Germaniya ham jahonni buyuk sotsiologlari –
MaksVeber, Georg Zimmel, Ferdinand Tennis bilan lol qoldirgan. Masalan, bugungi
kundaVeberning 30 dan ziyod jilddan iborat asarlar to‘plami nashr etilgan. Karl
Marks(1818–1881) ijtimoiy nizo nazariyasi, jamiyat tuzilmasi va rivoji haqidgi
ta’limot, ijtimoiy sinflar konsepsiyasining asoschisi hisoblanadi. U umuman ijtimoiy
faylasuflar orasidagi eng yirik shaxsdir. K.Marks bilan bir qatorda nemis
mutafakkiri Maks Veberni (1864–1920) ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Uni
ikkilanmasdan Sotsiologiya ning Leonardo da Vinchisi deyish mumkin. Uning
asosiy nazariyalari bugun Sotsiologiya fanining poydevorini tashkil etadi: ijtimoiy
harakat va motivatsiya, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, begonalashuv, kasbga
moyillik haqidagi nazariyalar. U din Sotsiologiya si, iqtisodiy Sotsiologiya va
mehnat Sotsiologiya si, shahar Sotsiologiya si asoslarini, byurokratiya nazariyasini,
ijtimoiy stratifikatsiya va statusli guruhlar konsepsiyasini, siyosatshunoslik va
hokimiyat instituti asoslarini, jamiyatning ijtimoiy tarixi va ratsionalizatsiya
haqidagi ta’limotni, kapitalizm evolyutsiyasi va mulkchilik instituti to‘g‘risidagi
ta’limotni ishlab chiqdi. M. Veberning yutuqlari shu qadar ulkanki, ularni sanab
tugatib bo‘lmaydi. Ideal tiplarning kiritilishi uning metodologiya sohasidagi eng
asosiy yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
M.Veber, F.Tennis (1855–1936) va G.Zimmelning (1858–1918) sharofati bilan
nemis Sotsiologiya maktabi Birinchi jahon urushiga qadar jahon Sotsiologiya sida
ustunlik qildi. Angliyada jahon Sotsiologiya si faniga ijtimoiy evolyutsiya haqidagi
nazariyani yaratgan va kishilik jamiyatiga tirik organizm sifatida qaragan Gerbert
Spenser (1820–1903) ulkan hissa qo‘shgan. F.Tennis o‘zining “Jamoa va jamiyat”
(1887) deb nomlanuvchi bosh asarida keyinchalik klassik tipologiyaga aylangan
ijtimoiylik tipologiyasini,ya’ni bevosita shaxsiy va qarindoshchilik munosabatlari
hukmron bo‘lgan jamoa va formal institutlar ustuvor bo‘lgan jamiyatni taklif qiladi.
Birinchi bosqichda (XIX asr oxiri – XX asr boshi) uchta mamlakat: FranSiya,
Germaniya, Angliya jahon Sotsiologiya fanining markazi hisoblangan. Albatta,
boshqa mamlakatlarda ham milliy Sotsiologiya ning rivoji uchun ko‘p ish qilgan
ajoyib mutafakkirlar bo‘lgan. Rossiyada ular qatoriga N.Kareev, N.Mixaylovskiy,
M.Kovalevskiy, V.Xvostovlarni qo‘shish mumkin. Biroq ular jahon Sotsiologiya si
rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmadilar. Pitirim Sorokin (1889–1968) bundan
mustasno. Uni sotsiologik muammoni qamrashida universalligi, jahon Sotsiologiya
siga qo‘shgan nazariy va metodologik ahamiyati jihatidan M.Veber bilan
tenglashtirish mumkin. Rossiyada tug‘ilib, AQShda vafot etgan aynan shu
mutafakkir Sotsiologiya ning dong‘ini yoydi.
XX asrning 20-yillaridan boshlanib, hozirgi kungacha davom etayotgan
keyingi bosqichda jahon Sotsiologiya si markazi AQShga ko‘chadi va bu yerda
Sotsiologiya faniga davlatdan ancha ko‘mak va ko‘pchilik universitetlarning katta
yordami tegadi. Doktorlik darajasini beruvchi dunyodagi birinchi Sotsiologiya
fakulteti 1892 yili Chikago universitetida paydo bo‘ladi. 1910 yilga kelib, Amerika
universitetlari va kollejlarining aksariyati talabgorlarga Sotsiologiya kurslarini taklif
qila boshlaydi.
Yemil Dyurkgeym (1858–1917) O.Kontning pozitivizm metodologiyasini
chuqurlashtirdi, ko‘p hollarda esa uni qayta yo‘naltirdi. Dyurkgeym ijtimoiy
faktlarga tayanishni va ularning statistik o‘rganishni taklif qiladi: u bir ijtimoiy
faktlarni (o‘z joniga qasd qilish) boshqa ijtimoiy faktlar (integratsiya) yordamida
tushuntiradi. Dyurkgeym zamonaviy Sotsiologiya ning yangi metodologiyasini
Ilmiybaza.uz
beradi. Uning metodologik pozitsiyasiga ikkita xususiyat xos: naturalizm – jamiyat
qonunlarini tabiat qonunlariga o‘xshashligi asosida tushunish hamda sotsiologizm–
ijtimoiy voqelikning o‘ziga xosligi va avtonomligini, uning individlardan ustunligini
tasdiqlash. Dyurkgeymning ilmiy ijodida, butun fransuz maktabidagidek singari,
ijtimoiy hamjihatlik muammosi markazi hisoblanadi. Unga ko‘ra insonlar
jamiyatining rivoji ikki fazadan o‘tadi: mexanik hamjihatlik (sanoatlashishdan
ilgarigi yoki an’anaviy jamiyat) va organik hamjihatlik (sanoatlashishdan ilgarigi,
so‘ngra esa sanoatlashgan jamiyat).
Sotsiologiya tabiatiga aynan yangicha nazari tufayli Amerika tez orada ilmiy
Sotsiologiya ni yaratish borasida Yevropadan o‘zib ketadi. Ammo sotsiologlari ko‘p
bo‘lishiga qaramasdan , Amerika dunyoga faqat bitta haqiqiy milliy oqimni–
simvolik interaksioniz moqimini va faqat bitta buyuk sotsiologni - Tolkott Parsonsni
(1902–1979) bera oldi. Albert eynshteyn fizikada amalga oshirishga intilgan
nazariyasini T.Parsons Sotsiologiya da ham xuddi shunday amalga oshirishga, ya’ni
jamiyatning barcha darajalarini va ijtimoiy materiya harakatining barcha shakllarini
tushuntirib bera oladigan keng qamrovli sotsiologik nazariyani yaratishga urindi. U
kishilik
voqeligining
xilma-xil
ko‘rinishlarini
qamrab
oluvchi
mavhum
tushunchalarning ulkan deduktivtizimini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. AQSh mana
shu xususiy sotsiologik nazariyalar borasida ancha muvaffaqqiyat qozondi. Amerika
dunyoga buyuk olimlarning eng ko‘p sonli guruhini taqdim etdi: e.Shilz,
P.Lazarsfeld, R.Merton, Ch.Kuli, J.Mid, I.Gofman, J.Aleksander, D.Bell, T.Veblen,
A.Gouldner, R.Mills, D.Rismen, U.Samner, A.Smoll, A.Toffler, J.Xomans. Ular
zamonaviy Sotsiologiya ning ilmiy mazmunini belgilab berishdi. Agar Y evropada
sotsiologik g‘oya falsafa bilan chambarchas bog‘liq xolda rivojlangan bo‘lsa,
Amerika sotsiologlari orasida sotsiol psixologiya keng tarqaldi. Ikkala madaniyat
vakillari ham jamiyat evolyutsiyasi va faoliyatini tushuntirishga harakat qilishdi va
buni turlicha usulda bajarishdi: Yevropaliklar ko‘proq global tarixiy sxemalarga
suyanishsa, amerikaliklar konkret modellar va amaliy ishlanmalarga tayanishdi.
Amerikaliklar falsafiy substantsiya o‘rniga xulq-atvor va harakatga urg‘u
berishdi. Ularni idrok ichida yashiringan va aniq o‘lchab bo‘lmaydigan narsa
Ilmiybaza.uz
qiziqtirmasdi, aksincha sirtda, ya’ni ochiq xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan narsa
o‘ziga tortardi. Shu tarzda XX asrning birinchi yarmida barcha ijtimoiy fanlarni
(iqtisodiyot, ruhshunoslik, Sotsiologiya , siyosatshunoslik) o‘ziga bo‘ysundirgan
bixeviorizm (ingliz tilidan behavior–xulq-atvor) vujudga keladi. Endi ularga xulq–
atvorga asoslangan, yoki bixevioral fanlar yorlig‘i biriktiriladi. Shu nom bilan,
to‘g‘rirog‘i xulq-atvorga asoslangan (XX asr boshida Yevropada bo‘lganidek
falsafaga asoslanmagan) Sotsiologiya hozirgi kunlargacha yetib keldi.
3. Sotsiologiya ning obekti va predmeti. Zamonaviy Sotsiologiya ning predmeti
va obekti. Fan predmeti–fundamental tushunchalarning mantiqiy o‘zaro bog‘langan
va qarama-qarshi bo‘lmagan tizimi xisoblanib, mazkur fanning tadqiqot usullariga
yo‘naltirilgan obektiv reallik qismini ifodalaydi. Fan predmeti deb ataladigan
tushunchalari gohida faqlarni muntazam, takrorlanadigan hodisalar bo‘yicha
tartibga soladi va tashkil etadi. Sotsiologni tanxoligi yoki noyobligi emas,
qonuniyligi yoki tipikligi qiziqtiradi.
Sotsiologiya bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va
jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila, shaxs) harakatlanish va
rivojlanish (faoliyati va o‘zaro ta’siri) qonuniyatlari (qonuniyatlar, tendensiyalar)
haqidagi fandir. Sotsiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko‘pgina umumiylikka
ega. Mazkur o‘zaro munosabatlarning sababi shundaki, sotsiologik bilishning obekti
jamiyat hisoblanadi. Biroq «jamiyat» tushunchasini Sotsiologiya ning predmeti
sifatida dastlabki aniqlash uchun belgilash yetarli emas. Jamiyat barcha gumanitar
fanlar tadqiqotining obekti hisoblanadi. Tadqiq etuvchining faoliyati yo‘naltirilgan
barcha narsalar bilish obekti hisoblanadi. Bunga muvofiq ravishda Sotsiologiya
obekti deganda jamiyatning yaxlit sotsial voqeligi tushuniladi, unda obektiv ijtimoiy
hodisalarni ajratishimiz mumkin (ya’ni ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar,
ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy subektlar).
Sotsiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat
faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy
hayoti (sotsial subektlarning ijtimoiy mavqelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari
bo‘yicha o‘zaro ta’siri) kiradi. Zamonaviy Sotsiologiya predmeti –uzoq vaqt davom
Ilmiybaza.uz
etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo‘lib, ko‘plab olimlar avlodlarining mehnatlari
mahsulidir, ulardan har biri yangi bilim tamoyillarini qo‘shib borgan, yuzaga kelgan
vaziyatni ko‘rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan, yangilik
kiritgan, tekshirgan va shu yo‘l bilan bugun Sotsiologiya predmeti sohasiga
kiritilganlarni barchasini elakdan o‘tkazgan. Sotsiologiya predmetining bosh
sababchisi ikkita tushuncha hisoblanadi -«status» va «rol». Birinchisi jamiyatning
statistik, ikkinchisi esa dinamik tasvirini ochib beradi. Insonning guruhdagi yoki
jamiyatdagi o‘rni, holati status (mavqe) deb ataladi. To‘ldirilmagan mavqelarning
majmui bizga jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini beradi. Ijtimoiy mavqelar ijtimoiy
munosabatlar bilan, shaxsiy mavqelar esa shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq.
Sotsiologiya uchun insonlar qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishlari emas,
balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo‘lgan qarashlar, ya’ni sotsiol
munosabatlar muhimdir.
Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida Sotsiologiya fani xususiyatini
yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon Sotsiologiya sining predmetini
shunday ta’riflashning imkonini beradi: Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy
organizm sifatida o‘rganadi. Sotsiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari
mohiyati, ularning harakat tendentsiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini sotsiol
tashkil etilgan tizimda tadqiq etadi. Shuningdek, Sotsiologiya asosiy e’tiborni
jamiyatni har-xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng
ma’nodagi insonlar aro munosabatlari va jamoatchilikfikrini o‘rganishga qaratuvchi
fandir. Sotsiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
ma’naviy–axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o‘tkazadi. Mamlakatimizda
Sotsiologiya ning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda.
Buni tushunish mumkin, chunki O‘zbekistonda hozir yangi ijtimoiy– siyosiy va
ma’naviy iqlim shakllandi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zgarishlar
kuzatilmoqda, sotsiol tarkibda o‘zgarishlar qayd qilinmoqda, yangi ijtimoiy
institutlar va munosabatlar paydo bo‘lmoqda.Vatanimizda Sotsiologiya hech qanday
to‘siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy fan sifatida o‘zini anglash imkoniyati
tug‘ildi. Jamiyatimizda kuzatilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar va jarayonlar
Ilmiybaza.uz
Sotsiologiya fanining diqqat markazida turibdi. Sotsiologik fikrlashning eng muhim
jihati jamiyat hayotida inson shaxsini tushunishdan iboratdir. Shaxsga bo‘lgan
sotsiologik nuqtai nazarning o‘ziga hosligi shundan iboratki, bu fan unga ijtimoiy
voqeilikni o‘zgartiruvchi faol mavjudot sifatida qaraydi. Ijtimoiy institutlar ko‘p
jihatdan inson axloqini ifodalaydi, ammo ayni shu vaqtning o‘zida ular inson
faoliyatining ifodasi va individlarning o‘zaro ijtimoiy ta’siri xosilasidir. Jamiyat
to‘g‘risidagi xozirgi bilimlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular
sotsiologik fikrlashning kuchli ta’siri ostidadir. Jamiyatimizda kuzatilayotgan
murakkab jarayonlarni sotsiologik tahlilsiz to‘g‘ri tushunish mumkin emas.
Mamlakatimizda Sotsiologiya ning keyingi rivojlanishi va takomillashtirilishi
jamiyatni chuqur o‘rganish va anglash, jamiyat oldida turgan o‘tish davrining
murakkab muammolarini ancha samaraliroq yechishga imkon beradi. Sotsiologiya
ning turli yo‘nalishlarida fanning obekti va predmeti muammosini yechish yo‘lidagi
g‘oyaviy-nazariy izlanishlar.
Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim
tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning
amal qilishi va rivojlanishini o‘rganuvchi fandir. Sotsiologiya obekti jamiyat
hisoblansada, lekin Sotsiologiya predmetining dastlabki bosqichi sifatida jamiyat
tushunchasini ajratib ko‘rsatish yetarli emas.
Sotsiologiya ning ilmiy maqomini asoslashning mohiyati uning obekti va
predmeti o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi.
Obektni bilish – tadqiqot obekti nimaga yo‘naltirilganligi va obektiv voqelik
sifatida unga nima qarama-qarshi turganligini anglatadi.
Har qanday hodisa, jarayon yoki obektiv voqelikning o‘zaro munosabati turli
fanlarning (fizika, ximiya, biologiya, psixologiya, iqtisodiyot, Sotsiologiya va
hokazolar) obekti bo‘lishi mumkin.
Predmet obekt kabi obektiv voqelikning bir qismi yoki uning elementlari
yig‘indisi bo‘lib, umumiy yoki o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir fan o‘z
navbatida predmeti nuqtai nazaridan farq qiladi.
Ilmiybaza.uz
Ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilararo aloqalar, o‘zaro bog‘liqliklar
majmuasi - Sotsiologiya fanining obekti vazifasini o‘taydi.
Obekt va predmet hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Chunki,
obekt mohiyatni to‘g‘ri tushunish, ilmiy tadqiqot yo‘nalishini xolis belgilay olish
imkonini beradi.
Demak,
Sotsiologiya
ning
obekti
jamiyatni
boshqaruvchi
tafakkur
qonuniyatlari, ratsional vositalaridir.
Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‘libgina qolmay, balki maxsus
sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o‘rganmaydigan o‘z obektiga ega. Uning
o‘ziga xos sohasi sotsiol reallik bo‘lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-
madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy
hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‘zaro tashkil etilish usullari
Sotsiologiya ning obekti bo‘ladi. Insonlar o‘zaro aloqalarga, hamkorlik
munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon
etish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va
kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, obektiv va subektiv, erkinlik va zaruriyat,
borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib sotsiologik obekt mohiyatni
talqin etadi.
Sotsiologiya sotsiol obektni sotsiol subektlar orqali (shaxs, guruh, jamiyat,
sotsiol sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsiol faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil
qiladi.
Sotsiologiya turli sotsiol sohalarni tadqiq etish asosida ularning o‘ziga xos
ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsiol guruhlar tahlili va
tasnifi orqali u jamiyat va inson to ‘g ‘risidagi umumiy qarashlar, qonunlar va
tendentsiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya o‘z obekti doirasida sotsiol hayotning turli, alohida tomonlari
bilan ham shug‘ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi.
Jumladan, huquq Sotsiologiya si, siyosat Sotsiologiya si, iqtisodiyot Sotsiologiya si,
industrial Sotsiologiya kabilar. Sotsiologiya bu sohalarda inson va uning siyosiy,
Ilmiybaza.uz
iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rni, rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash uslubi kabi
masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‘zining maxsus obekti asosida yakka shaxs
faoliyatining, konkret namoyon bo‘lishining empirik darajasini o‘rganishni ham o‘z
ichiga oladi.
O.Kont fikricha, obekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. Sotsiologiya
ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o‘rganadi:
1. Aniq- empirik.
2. Xususiy (maxsus).
3. Umumiy.
Shunga muvofiq ravishda Sotsiologiya empirik, maxsus va umum-sotsiologik
tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Sotsiol degan tushuncha sotsiol aloqalar hamda munosabatlar va ularni tashkil
etish usullari, Sotsiologiya bilish obektining o‘ziga xosligini ochib bersa, sotsiol
qonuniyatlar esa Sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlang‘ich nuqta
hisoblanadi.
O‘zbekiston sharoitiga moslab, zamonaviy Sotsiologiya da biz quyidagi
o‘rganish obektlarini ajratamiz:
1. Ijtimoiy bosqich: (jamiyat, ijtimoiy qatlam, ijtimoiy guruh, mahalla, oila,
shaxs)
2. Milliy bosqich: (millat, elat, etnik guruh, avlod, milliy oila, individ)
3. Tarmoqlar bosqichi (iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, fan, ta’lim, ma’naviyat
va ma’rifat, ekologiya va boshqalar)
4. Xududuy bosqich: (mintaqa, mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq,
mahalla).
Sotsiologiya ning predmeti:
Inson hayot tarizining konkret jihatlari, odamlarning fe’l-atvori jamiyatdagi
o‘rhi va intilishlaridan, turli hayotiy vaziyatlardagi takroriy harakatlaridan iborat.
Vaholanki,
oilada,
ko‘chada,
transportda,
do‘konda,
ishxonada,
o‘quv
auditoriyasida, xullas barcha vaziyatlarda inson xulqining takrorlanuvchan
Ilmiybaza.uz
ko‘rinishlarini kuzatishimiz mumkin. (Masalan, odam do‘konga kirganida,
sotuvchidan qanday muomala kutishni biladi).
Sotsiologiya ning predmeti:
Agar fanning obekti uning nimani o‘rganish kerak degan savolga javob bersa,
predmet esa o‘sha obektning qaysi jihatlarini o‘rganadi? degan savolga javob beradi.
Quyida Sotsiologiya ga doir bir qancha ta’riflarni keltirib o‘tamiz.
Sotsiologiya – insonlarning sotsiol jamoalar va sotsiol jarayonlarda tutgan
o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy,
ma’naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o‘rganadigan fan hamdir.
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash
sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadigan
fandir.
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga
ko‘nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‘maklashadigan, shular bilan bir qatorda
insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsiol tashkilotlarning insonlarga mos, eng
qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik
va ma’naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fandir. O‘z navbatida
Sotsiologiya ning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan eng qulay
variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iboratdir. Bular jamiyat va
insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiya ning vazifasi murakkab sotsiol dunyoni tashkil etuvchi o‘zaro
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan
hamda ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdan ham iboratdir.
Shunday qilib, Sotsiologiya aniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsiol
qonun va qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar,
ijtimoiy guruhlar, birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida namoyon bo‘lishi va ta’sir
ko‘rsatishi mexanizmi haqidagi fandir.
Sotsiologiya ning mavqei, roli va o‘rnining nazariy va amaliy asoslanishida
sotsiol degan tushuncha asosiy hisoblanadi. «Sotsiol» tushunchasi birinchi marta
Ilmiybaza.uz
Karl Marks tomonidan qo‘llanilgan. U odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati,
hayot tarzi, sharoitlari va dalillarini hamda insonning jamiyatda tutgan roli, holatini
tahlil etganida «Sotsiol» munosabatlar tushunchasini qo‘llagan.
Ma’lumki, sotsiol u yoki bu xususiyatning va sotsiol munosabatlarning o‘ziga
xos yig‘indisidir. Har qanday sotsiol munosabatlar tizimi (iqtisodiy, siyosiy va
boshqa) odamlarning bir-biriga va jamiyatga bo‘lgan munosabatiga talluqli
hisoblanadi. Sotsiol degan tushunchaning o‘ziga xosligini harakterlovchi quyidagi
asosiy jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, bu xususiyat turli guruh, individlar uchun ta’alluqli va ular
tomonidan sotsiol munosabatlarning u yoki bu xususiyatini integratsiyalash natijasi
hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirgi sotsiol munosabatlar (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) bilan
bog‘langan individlarning va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli munosabatlarning
mazmuni va harakterini anglatadi.
Uchinchidan, sotsiol jihat turli individ va guruhlarining bir-biriga, jamiyatda
tutgan o‘rniga, ijtimoiy hayot,voqelik va jarayonlarga munosabatida namoyon
bo‘ladi.
To‘rtinchidan, individlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning namoyon
bo‘lishi birgalikdagi faoliyat natijasi demakdir.
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu formada va sohada o‘rganar ekan, u
avvalo sotsiol voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsiol rivojlanish
jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, Sotsiologiya ning asosiy metodologiyasini va
sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
4. Sotsiologiya ning kategoriyalari, metod va metodologiyalari, fanning
funksiyalari.
Sotsiologiya ning funksiyalari
Gnoseologik - (nazariy bilish) jamiyat to‘g‘risidagi yangi konsepsiyalar,
sotsiologik bilimlarni olish imkonini beradi.
Boshqarish - bevosita boshqarmaydi balki boshqaruvning yangi usullarini taklif
etadi. Muammolarni hal etish yo‘llarini ko‘rsatib beradi
Ilmiybaza.uz
Axborot yetkazish -mutaxasislargagina emas balki jamiyat uchun ham
Tashviqot qilish - hamma sohada
Tashkillashtirish - birlashtirish, yo‘naltirish siyosatda, ishlab chiqarishda, dam
olishda
Bashorat - asosan siyosatda OAVlarda va boshqa sohalarda
Dunyoqarashlik funksiyasini
Metodologik funksiyasi
Ijtimoiy funksiyasi
Aksiologik(qadriyat) funksiyasi
Mafkuraviy funksiyani
Insonparvarlik funksiyasi
Sotsiologiya ning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy vazifasi
birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday fanlar
kabi Sotsiologiya ning eng asosiy funksiyalaridan biri nazariya va amaliyotning
birligidir.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga
yo‘naltirilgan. Sotsiologiya ning amaliy yo‘naltirilganligi shunda namoyon
bo‘ladiki, u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishihaqidagi ilmiy asoslangan
ma’lumotni ishlab chiqishga qodir. Shu holatda Sotsiologiya ning oldindan aytib
berish funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarini
rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega. Sotsiol
rejalashtirish ijtimoiy tizim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hamma mamlakatlarda
rivojlangan.
Sotsiologiya mafkuraviy funktsiyani ham bajaradi.
U birinchidan, tabiiy-tarixiy jarayonlarni anglash, jamiyat taraqqiyotining
yaqin oradagi maqsadlarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Ikkinchidan, ilmiy va mafkuraviy munozarani boshqa qarashlar tizimi orqali
olib borish.
Uchinchidan, aholi o‘rtasida ilmiy va milliy mafkurani tarqatish.
Ilmiybaza.uz
To‘rtinchidan, malakali mutaxassislarni tayyorlash va ular tomonidan ilmiy
mafkurani har tomonlama o‘zlashtirish. Sotsiologiya odamlar o‘rtasidagi
munosabatlarni shakllantirishga, uyg‘un hissiyotlarni ijtimoiy munosabatlarga
xizmat qildirib yaxshilashga ham yordam berishi mumkin.
Shu tufayli Sotsiologiya insonparvarlik funksiyasini ham bajaradi.
Metod deganda keng ma’noda u yoki bu masalani yechishda qo‘llaniladigan
usullar, qoidalar tushuniladi. Metodlar har qanday ilmiy bilishning muhim tashkiliy
qismi hisoblanadi. Har qanday olim, hoh u huquqshunos, xoh sotsiolog yoki
iqtisodchi bo‘lsin, o‘z oldiga ma’lum bir ilmiy muammoni qo‘ya turib, uni u yoki
bu metodlar yordamida hal qiladi.
U yoki bu fanda qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi shu fanning
metodologiyasini tashkil etadi. Metodologiya qo‘yilgan muammolarni yechish
usullarini tanlash, ilmiy yechimning yo‘nalishini va etaplarini aniqlab beradi.
Sotsiologik metodlar deganda sotsiologik bilimni asoslab berish va ko‘rish
usuli, sotsiol sistemalarni empirik va nazariy o‘rganishning usul va amallari
tushuniladi.
Darajasiga ko‘ra Sotsiologiya metodlari ikkiga bo‘linadi: nazariy va amaliy
(yempirik)
Sotsiologiya fanining murakkab vazifalarini nazariy hal etishga xizmat
qiladigan o‘ziga xos metodlari ham mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tasniflash
mumkin.
-Qiyoslash va taqqoslash
-Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o`tish)
-Induktiv va deduktiv metod
-Izohlash metod
-Prognozlash metod (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldi olinadi)
-Integratsiya, umumlashtirish metod
Sotsiologiya ning empirik-amaliy metodlariniquyidagicha tasniflash mumkin.
- eksperiment metodi
- Kuzatish metodi
Ilmiybaza.uz
- Xujjatlarnio`rganish metoi
- So‘rov metodi
- empirik-sotsiologik metodi
- Statistik metod
- Integratsiya, umumlashtirish metod
- Umum mantiqiy metod (analiz, sintiz)
Sotsiologiya ning metadologiyalari:
1. Funksional metodologiya (jamiyatdagi hodisalarning ahamiyatini aniqlashga
intiladi).
2. Fenomenologik metodologiya (jamiyat a’zolarining mavqeini aniqlashga
harakat).
3. Tasniflash metodologiyasi (bu qo‘llanishiga ko‘ra klassifikatsiya, guruhlash,
taqqoslash, turlash, sistemalashtirishlarni o‘z ichiga oladi). Shuningdek,
Sotsiologiya fani muayyan ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etish asnosida umumiy,
maxsus hamda empirik metodologiya tamoyillariga tayanib ish tutadi.
Sotsiologiya obektini turlicha tushunish natijasida metodologiyaning 3 asosiy
turi shakllangan:
1. Tushuntiruvchi (umumiy qonuniyatlarni, obekt xususiyatini xislatini
belgilaydi, aloqa, munosabat o‘rnatishni nazarda tutadi) metodologiya.
2. Ta’riflovchi (ya’ni tavsiflash, klassifikatsiyalash, guruhlash, taqqoslash,
turlash, sistemalashtirish) metodologiya.
3. Tushunuvchi (ya’ni, inson faoliyatini o‘rganishda tabiiy hamda ijtimoiy
fanlar
qonuniyatlaridan
uyg‘unlashtirib
foydalanishni
taqozo
etuvchi)
metodologiya.
Sotsiol qonunlar va odamlarning sotsiol faoliyati
Qonun deganda, odatda aniq vaziyatda umumiy, zaruriy va takrorlanishga xos
bo‘lgan jiddiy aloqa yoki munosabatlar tushuniladi.
Sotsiol qonuniyat – sotsiol voqelik va jarayonlarning jiddiy zaruriy aloqasini
aks ettiradi.
Sotsiologik qonunlar ikkiga bo‘linadi: umumiy vaxususiy qonunlar.
Ilmiybaza.uz
1. Umumiy sotsiologik qonunlar:
a) barcha sotsiol sistemalarning rivojlanishi davomida amal qiladi.
b) sotsiol tizimlarning sotsiol muhitda amal qiluvchi boshqa qonunlarining
mohiyatini aniqlab berib, fundamental asoslarini aks ettiradi.
Sotsiol munosabatlarning ishlab chiqarish usullariga tobeligini ifodalovchisi
umumsotsiologik qonunlar.
Sotsiol munosabatlarning ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlarga nisbatan
faol roli ham muhim sotsiol qonuniyatdir. Masalan, sotsiol birliklarda odamlar
munosabatlarining yaxlitlanishi, jamoada shunga mos muhitning yaratilishi ishlab
chiqarish rivojiga, umumiy holda jamiyatga ham bevosita ta’sir qiladi.
Yehtiyoj va qiziqishlarning sotsiol shartlanganligi ham umumsotsiologik
qonuniyatga kiradi.
Shaxs shakllanishi sotsiol mohiyatini ham umumsotsiologik qonunlar orqali
o‘rganiladi.
Umumiy qonunlar hamma ijtimoiy tizimlarda amal qiladi. Masalan, qiymat
qonuni va tovar pul munosabatlari qonuni o‘ziga xos qonunlarning amal qilishi bitta
yoki bir nechta sotsiol tizimlar bilan cheklangan (masalan, bir jamiyat turidan
ikkinchisiga o‘tish.Xususiy (maxsus) qonunlar. Sotsiol tizimning alohida tuzilish
sohalarida amal qiladi. Masalan, sotsiol birliklar o‘ziga xos hayot va faoliyat tarziga
ega: sinfiy, milliy, oilaviy-kundalik va boshqalar.
Sotsiol rivojlanish qonunlari obektiv bo‘lib inson ongi, irodasiga bog‘liq
bo‘lmagan holda amal qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda hech narsa insonsiz amal
qilmaydi.
Sotsiologiya fanining kategoriyalari, ilmiy atamalari.
Bular: ijtimoiy munosabatlar; stratalar; jamoalar; madaniyat; tendensiya;
jamoatchilik fikri; shaxs va boshqalar.
Bu ilmiy atamalardan tashqari Sotsiologiya fanining o‘ziga xos fan mohiyatini
ochib beruvchi kategoriyalaridan ham keng foydalaniladi.
Bular: Anketa; Intervyu; Kuzatish; eksperiment; Xujjat; Test; Sotsiologik
tadqiqot va boshqalar.
Ilmiybaza.uz
Sotsiologiya fanlar tizimida o‘ziga xos o‘rnga ega. Ijtimoiy va gumanitar
fanlar tizimida Sotsiologiya alohida o‘rinni egallaydi. Bu bir nechta holatlar bilan
belgilanadi:
1. U jamiyat haqidagi, uning hodisalari va jarayonlari haqidagi fan
hisoblanadi.
2. U o‘z ichiga umumiy sotsiologik nazariyalarni yoki hamma ijtimoiy-
gumanitar fanlarning nazariya va metodologiyasi hisoblangan jamiyat nazariyasini
oladi.
3. U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini o‘rganuvchi
ijtimoiy-gumanitar va sotsiol sohani o‘z ichiga oladi. Ya’ni, Sotsiologiya -
hayotning u yoki bu sohasini tadqiq etuvchi qonuniyatlardir.
4. Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan o‘tkazilgan sotsiologik
tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar tomonidan zaruriy jihatdan o‘rganiladi va
hisobga olinadi.
Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari Sotsiologiya
ning shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisod fanlari bilan bog‘liqligi: Iqtisod fanlari bilan Sotsiologiya ning dialektik
aloqadorligi moddiy ne’matlarni ishlab shiqarish,taqsimot,ayriboshlash iste’mol
jarayonlarini o‘rganishda ko‘rinadi. Ayniqsa hozirda bozor munosabatlariga o‘tish,
mehnatga yangicha munosabat shakllanishi jarayonida uning ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot Sotsiologiya si, mehnat Sotsiologiya si, kabi Sotsiologiya ning maxsus
sohalari iqtisodiyotga bog‘liq masalalarni o‘rganadi va muammolarni hal qilishga
xizmat qiladi.Shu jihatdan Sotsiologiya iqtisod fanlari bilan, ularni o‘rganish obekti
bilan uzviy bog‘liq. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g‘oyalari yuqorida tilga olingan
Sotsiologiya sohalari metodologik asos bo‘lib xizmat qilsa , o‘z navbatida shu
sohalarda
olib
borilgan
ilmiy
tadqiqot
natijalari
iqtisod
fanlarining
rivojlanishiga,iqtisodiyot muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Sotsiologiya fani rivojlanishi umumiy va ijtimoiy psixologiya fanlari bilan ham
yaqin hamkorlikda bo‘lishni taqozo etadi. Zero,u yoki bu jamoadagi mehnat
unumdorligini o‘rganishni maqsad qilib sotsiologik tadqiqot o‘tkazilayotganda shu
Ilmiybaza.uz
jamoa tarkibidagi individlarning hatti-harakatlari motivlarini aniqlash,ularning
temperamentlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy xulosa qilishda, odamlar
bilan jamoada muomala qilishni tashkil etish va ijtimoiy xulqni boshqarishda,
albatta, ijtimoiy psixologiya qonuniyatlarini chetlab o‘tish mumkin emas.
Sotsiologiya fanining huquqshunoslik va iqtisod ilmi qonuniyatlarini chetlab,
ilmiy faoliyat yoritishi ham maqsadga muvofiq emas. XIX asrda faoliyat yuritgan
Sotsiologiya ilmi asoschilarining deyarli barchasi ijtimoiy fanlarni chuqur
o‘zlashtirish va qator falsafiy-gumanitar asarlar yaratish asosidayangi tug‘lajak
Sotsiologiya fani sarhadlarini belgilab berganlar.
Sotsiologiya va huquqshunoslik: Huquqiy fanlar sotsiol va siyosiy qarorlarning
huquqiy mexanizmini ishlab chiqish va uni amalga osirishni o‘rganadi. Sotsiol
jamiyatdagi siyosiy hokimiyat , shaxslar ijtimoiy norma va munosabatlar hech
qachon umummajburiy harakter kasb eta olmaydi.
Sotsiologiya fani ayniqsa statistika fani bilan mustahkam, ham yaqin aloqada
rivojlanadi. Bu ikki fanning o‘zaro aloqalari shu qadar yaqinki, Sotsiologiya ning
rivojlanishini statistik yondashuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Har bir sotsiolog
muayyan mavzuda sotsiologik tadqiqot o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yar ekan, u
albatta, shu sohadagi predmetning konkret holati va ahvolini, real voqelik
manzarasini statistika manbalaridangina topa oladi. Keng ko‘lamdagi konkret
sotsiologik tadqiqotlarning statistik idoralar xodimlari bilsn hamkorlikda
o‘tkazilishi ijobiy samaralar beradi.
Keyingi yillarda Sotsiologiya fanida konkret sotsiologik tadqiqotlar amaliy
natijalarining hayotga faolroq va ko‘proq tadbiq etila borishi uning axloq, estetika,
meditsina va pedagogika, rejalashtirish nazariyasi va boshqaruv singari fanlar bilan
aloqasini yanada mustahkamlamoqda.
Sotsiologiya va tarix: Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini izchil tarzda
o‘rganadi. O‘tmish tariximizni yaratishda buyuk tarixchi mutafakkirlar Sotsiologiya
usullaridan keng foydalanganlar. Chunonchi, tarixiy ma’lumotlarni, manbalarni
to‘plash, ularning haqqoniyligini aniqlash, tarixiy voqealar guvohlarining
xotiralaridan keng foydalanilgan. Masalan at-Termiziy, Imom al-Buxoriy kabi
Ilmiybaza.uz
xadisshunoslar, Abu Rayhon Beruniy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir kabi
buyuk mutafakkirlar, o‘zlarining tarixiga oid qimmatli asarlarini yaratishda
Sotsiologiya usullarudan unumli foydalanganlar.
Sotsiologiya fani falsafadan ajralib, mustaqil fan sifatida taraqqiy etayotgan
bo‘lsada, ularning aloqasi uzviydir. Falsafa Sotsiologiya ning nazariy-metodologik
asosini tashkil etadi. Sotsiologiya ning falsafa bilan uzviy aloqasi shunda
ko‘rinadiki, umumsotsiologik nazariyalar va amaliy sotsiologik tadqiqotlar ma’lum
metodologik asosga tayanadilar. Shunday asosni esa falsafa fani yaratadi.
Sotsiologiya falsafaga nisbatan mustaqillikni shunga asoslanib e’lon qiladiki, u o‘z
oldiga ijtimoiy muammolarni, voqelikni ilmiy anglash usuli asosida hal etish
vazifasini qo‘yadi.
Tibiiy fanlar bilan bog‘liqligi: Asrimizning keying bosqichida jamiyat bilan
tabiat
o‘rtasidagi
munosabatlarinig
keskinlashuvi
–
Sotsiologiya
ning
tabiatshunoslik fanlari bilan aloqadorligini kuchaytirdi. Insonning tabiatga, tabiy
muhitga ta’siri ortib bormoqda. Ekologik, demografik vaziyatning keskinlashuvi
Sotsiologiya fanini bevosita ushbu muommolarni hal etishga jalb qiladi.
Hozirgi zamon Sotsiologiya sini matematikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Matematika usullarisiz Sotsiologiya mavhum qarash bo‘lib qoladi. Ayniqsa uning
empirik darajadagi konkret sotsiologik tadqiqot o‘tkazishdagi o‘rni katta.
Umuman Sotsiologiya tabiiy fanlar bilan ham uzviy bog‘lanib ketgan.
Sotsiologiya da raqamlar yordamida turli ijtimoiy munosabatlar tadqiq qilinadi,
o‘lchanadi va uning natijalari ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinadi.
Sotsiologiya faning rivojlanishi uchun antropologik yo‘nalish juda muhim
ahamiyatga ega, chunki u turli tuman ijtimoiy hayotning kaledoskopini ko‘rish
imkonini beradi. Ularni o‘z hayotimiz bilan solishtirar ekanmiz, xulqimizning o‘ziga
xos noyob xususiyatlari to‘g‘risida ko‘proq narsa bilib olamiz.
Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida o‘rin
tutadi. Eskirib qolgan dunyoqarash, eskicha moddiy va ma’naviy munosabatlar o‘z
o‘rnini yangisiga osonlikcha bo‘shatib bermaydi. Buning uchun ma’lum vaqt kerak.
Ilmiybaza.uz
Sotsiologiya shu vaqt davomida ma’naviyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
aniqlashga va ilmiy asosga ega bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ba’zi
mutaxassislar
jamiyatshunoslik
va
Sotsiologiya
fanlarini
aynanlashtirishadi. Lekin, bu ikkala fan atamasida farq bo‘lganidek, ularning
vazifalari va imkoniyatlari o‘rtasida ham farq juda kattadir. Jamiyatshunoslik fan
sifatida ko‘proq sobiq SSSR davrida rivojlandi. Bu fan jamiyatning tarixi, tizimi va
boshqa xususiyatlarini o‘rgansa, sotsiolgiya undan farqli ravishda o‘z taqiqot
metodlariga ega bo‘lib, jamiyatlarning rivojlanish jarayonlarini bashorat qilish,
tadqiqot natijalari asosida jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi nazariyalar, qarashlarni
yaratadi hamda kelgusi hayotimiz farovonligiga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Nazorat savollari:
1. Sotsiologiya faning obekti va predmetiga tavsif bering.
2. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarini
tahlil qiling.
3. Sotsiologiya fanining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
4. Sotsiologiya fanining funksiyalari.
5. Sotsiologiya fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va farqi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Aliqoriev N.S. va b.Umumiy sotsiologiya. – Toshkent, 1999.
2. Bekmurodov M., Sultonov T. Sotsiologiya asoslari “Ma’ruzalar matni”.T.2000.
3. Giddens E. Sotsiologiya. – Toshkent: Sharq, 2002.
4. Umarova R., Sarkisov B. Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2004.
5. Kravchenko A.I. Sotsiologiya: Obщiy kurs: Uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.:
PERSE; Logos, 2002.
6. Toщenko J.T. Sotsiologiya. Obщiy kurs. – 2-ye izd., dop. i pererab. – M.: Prometey:
Yurayt-M, 2001.
7. Xolbekov A. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining sotsiologik ta’limoti. – Toshkent,
1996.
Ilmiybaza.uz
8. Xarcheva V. Osnovы sotsiologii: Uchebnik dlya srednix spesialnыx zavedeniy. — M.,
1997.
Ilmiybaza.uz