SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI
REJA
1.
Sotsiologiya fani strukturasining tarkibiy qismlari
2.
Fundamental va amaliy sotsiologiya. Nazariy va empirik
tadqiqotlar. Maxsus va tarmoq yo‘nalishlar
3.
Makrosotsiologiya,
o‘rta
darajadagi
sotsiologiya
va
mikrosotsiologiya
Sotsiologiya fani boshqa fanlar kabi o‘zining strukturasiga, ya’ni ichki
tuzilishiga ega. Fanning strukturasi deyilganida, fandagi asosiy elementlarning
o‘zaro aloqadorlikda joylashishi, munosabati va tartibi tushuniladi. Fanning
rivojlanganlik darajasi uning strukturasi holatini hamda mukammalligini belgilab
beradi. Fan o‘zining umumiy asoslari, kategoriya va tushunchalari, bilishning turli
darajalari va shakllarini ishlab chiqib, ularning o‘rtasida qat'iy mantiqiy bog‘lanish
va muvofiqlikka erishsa, bir yaxlit sistema1 sifatida qaror topgan va o‘z strukturasiga
ega bo‘lgan hisoblanadi.
Sotsiologiya fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan kech yuzaga kelgani
uchun bugungi kunda xali o‘zining tugal va mukammal strukturasiga ega emas. U
yosh fan sifatida turli xil rivojlanish yo‘nalishlari va ilmiy tizimlarning to‘plami
sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o‘rganish predmeti va mazkur
predmet asoslangan ilmiy konsepsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini belgilab
bermoqda. SHuning asosida sotsiologiya o‘zining bilim darajasiga ko‘ra, nazariy va
empirik sotsiologiya; tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga ko‘ra,
fundamental va amaliy sotsiologiya; tadqiqot ob’ekti (butun jamiyat yoki uning
ma’lum qismi)ga ko‘ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi (makrosotsiologiya va
mikrosotsiologiya); tuzilish sohasiga ko‘ra, mahsus va tarmoq yo‘nalishlar
sotsiologiyasiga bo‘linadi. Sotsiologiya fanining mazkur tarkibiy qismlari o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadi, boshqa
hollarda esa bir-birlarini inkor qiladi.
Sotsiologiya strukturasida bilim olish darajasiga ko‘ra fundamental va amaliy
sotsiologiyaga ajratiladi.
Fundamental sotsiologiya o‘z doirasida o‘rganayotgan muammolarning
ko‘lami kengligi bilan ajralib turadi. U sotsial olamning mavjudligi va tarqqiyoti
uchun zarur bo‘lgan umumiy sotsial qonun va qonuniyatlarni izlash asosida
shakllangan.
1sistэma – o‘zaro aloqada bo‘lgan эlэmэntlarning yig‘indisi.
Fundamental va amaliy sotsiologiya nazariy va empirik sotsiologik bilimlarni
qabul qilish va jamiyatni tahlil qilish darajasi bilan bir – biridan farq qiladi.
Amerikalik sotsiolog DJ.Terner fundamental sotsiologiyadagi nisbatan
shunday fikr bildirgan: “nazariylashtirish orqali fan o‘zining uchta asosiy maqsadini
amalga oshiradi: olamda shakllanayotgan voqea va hodisalarni o‘rganish natijasida
ularni tasniflash orqali ularning istiqboldagi holatini bashorat qila bilish; bo‘lib
o‘tgan voqealarning sabablarini aniqlash va tushuntirish orqali kelajakda bo‘ladigan
voqealarni oldindan ko‘ra bilish; voqealarning nima uchun va qay tarzda bo‘lib
o‘tishini intuitiv ravishda taklif qilish.
P.Sorokinning fikricha, fundamental sotsiologiya mavjud holat yuzasidan
insonlarning o‘zaro harakatini o‘rganadi. U sotsial borliq borasidagi bilimlarni
shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini tushunish va tushuntirish,
sotsiologiyaning konseptual apparatini ishlab chiqish kabi ilmiy-nazariy vazifalarni
hal etadi. U “nima o‘rganilayapti?” va “qanday o‘rganiladi?” savollariga javob
beradi.
Fundamental sotsiologiya o‘z ichiga sotsiologiya fanining asosini ijodiy izlash
bilan band bo‘lgan ko‘plab sotsial maktablar va yo‘nalishlarni qamrab oladi. U
sotsiologiyaning asosini tashkil etuvchi bilimlarni yaratishda uchta aspektga
tayanadi.
Ontologik aspekt orqali sotsiologiya fanining ob’ektini, uning faoliyat
ko‘rsatish shakllarini tahlil qilib o‘rganish davomida sotsial voqe'likning mohiyatini
ochib beruvchi qonun va qonuniyatlarni yaratadi. Sotsial olamning dinamik
xarakteri, doimiy o‘zgaruvchanligi va turli qatlamlardan tashkil topgani
sotsiologiyada ikkinchi jahon urushidan so‘ng ontologiya muammosining
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi o‘n yilliklarda esa mazkur muammo yanada
keng ko‘lamda o‘rganildi. CHunki mazkur davrda “po‘zitivistik” inqiroz jarayoni,
ya’ni an’anaviy sotsiologik metodlarning, jumladan, statistik ma’lumotlarga
tayangan sotsiologiyaning kutilgan ilmiy natijalarni bermagani olimlar tomonidan
yangi yo‘llarni va yondashuvlarni qidirishga sabab bo‘ldi.
Natijada sotsiologiya fani doirasida bilishning shakl va metodlarini qayta
ko‘rib chiqish ehtiyoji paydo bo‘ldi. SHu bilan birga sotsiologiya ob’ektining
mohiyati, bilishning darajalari va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish talabi paydo
bo‘ldi.
Ontologik muammo masalarini sotsiologiyadagi barcha yo‘nalish vakillari o‘z
qarashlaridan kelib chiqqan holda hal qilishga intilgan. Ular orasida ekzistensial,
fenomenologik va realistik maktab vakillarining ontologik izlanishlari e'tiborga
loyiq.
Fundamental sotsiologiya fanning nazariy asoslarini ishlab chiqish barobarida
bilishning umumsotsiologik fundamental tamoyillarini ham keng ma’noda ishlab
chiqadi. SHuning uchun sotsiologik bilishning mohiyati va vazifalari, bilimlarning
ob’ektivligi, u yoki bu tamoyilni vaziyatdan kelib chiqqan holda qo‘llash kabilar
fundamental sotsiologiyaning ob’ekti sanaladi.
Sotsiologiya fanida turli nazariya va konsepsiyalar asosida “sistemalilik”,
“funksional yondashuv”, “sababiyat”, “tushunuvchi” yo‘nalish kabi fundamental
tamoyillar ishlab chiqildi.
Sotsiologiya yildan – yilga rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Uning
doirasida turli sotsial muammolar zamon va makon o‘zgarishi sharoitida o‘rganib
kelinmoqda. Garchi insoniyat jamiyati yildan – yilga o‘zgarib, taraqqiy etayotgan
bo‘lsada, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat kundan-kunga o‘zining o‘ziga xos
xususiyatlarini namoyon qilayotgan bo‘lsada, fundamental sotsiologiya o‘z ichiga
olgan asosiy qonun va qonuniyatlar, umumiy tamoyillar (sotsiologiyaning ob’ekti
va predmeti, sotsial reallikning mohiyati, uning rivojlanish qonunlari, sotsial olamda
inson o‘rni, shaxs ongi va tafakkuri kabilar) o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Ular
sotsiologiya faning rivoji va faoliyatida asosiy bazani tashkil etadi.
Fudamental sotsiologiyaning maqsadi – sotsial olamning to‘liq tasvirini
yaratish, mazkur sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlash.
Fundamental nazariyalar o‘zining shakllanishini boshlagan davrda tabiiy
fanlar, jumladan, biologiya va fizika yutuqlaridan keng foydalangan. X1X asrning
ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar – po‘zitivizm, naturalizm va psixologizm sotsial
hayotning doimiy harakatlantiruvchi mexanizmini kashf etish, sotsiologiyada
empirik metodniya yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirdilar. Buning natijasida
ular tabiiy fanlarning tushunchalarini, umumilmiy metod va yo‘nalishlardan
foydalanadilar. Ammo XX asrning boshlariga kelib sotsiologiya tabiiy fanlar
tizimidan ajralib chiqa boshlaydi.
Po‘zitivizmning
o‘rniga
kelgan
struktur-funksionalizm
yo‘nalishi
sotsiologiyaning empirik ko‘rinishda shakllanishida katta hissa qo‘shdi.
Ammo empirizm fundamental nazariya ahamiyatini va mazkur nazariyaning
o‘zini inkor qila boshladi. Natijada sotsiologiyaning nazariy va amaliy bilim
qismlari o‘zining yaxlitligini yo‘qota boshladi. Mazkur holat XX asrning ikkinchi
yarmiga qadar davom etib, jamiyatdagi sotsial muammolarni o‘rganish faqatgina
empirik metodlar vositasida tugal amalga oshirilmasligi, bashorat qilish paytida
nazariy bazaning muhim ekanligining namoyon bo‘lishi sotsiologiyadagi nazariy va
amaliy bilimlarning integratsiyalashuviga olib keldi. Fanda metodologik
tadqiqotlarning ahamiyati ortib bordi. Sotsiologlar orasida nrazariy bilimlarni
boyitish maqsadida falsafaga yuzlanish holati sotsiologiyada ekzestensial va
fenomenologik yo‘nalishlarni paydo qildi. Ular sotsiologiyaning metanazariyasini,
ya’ni asosini yaratishga harakat qilishgan. Ho‘zirgi kunda mazkur yo‘nalishdagi
harakatlar kuchaymoqda.
SHunday qilib, fundamental sotsiologiya – bu nazariya, u fanning strukturasi,
mazmuni, kategoriya va tushunchalari, metodlarini o‘rganadigan umumsotsiologik
muammoni tadqiq qiladi. SHuning uchun fundamental sotsiologiya tadqiqotlarining
roli beqiyos, bajaruvchi funksiyalari esa xilma-xil. Uning quyidagi funksiyalarini
alohida ko‘rsatish mumkin: dunyoqarash, metodologik, integratsiyalashtiruvchi,
evristik va h.k.
Fundamental sotsiologiya dunyoqarash funksiyasi orqali bevosita borliq va
ong, insonning mohiyati kabi dolzarb muammolarning echimini topishga harakat
qiladi. CHunki bu muammolar sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti mohiyatini
ochib beradi. Bu muammolarni hal etish barobarida sotsiologiya falsafa bilan uzviy
aloqada ish olib borib, sotsial olam haqida ilmiy tasavvur yaratiladi.
Umumsotsiologik nazariya negizida sotsiologiyaning umumiy metodologiyasi
ishlab chiqiladi.
Integratsiyalashtiruvchi funksiya fundamental sotsiologiya nazariyasini
boshqa fanlar bilan bog‘laydi. Mazkur yaxlit yondashuv natijasida yangi sotsial
muammolarni hal qilish, ijtimoy hayotning xali yaxshi o‘rganilmagan tomonlarini
chuqur ilmiy tahlil qilishga imkon yaratadi.
Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi,
mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. U nazariy va amaliy
tadqiqotlarning natijalarini qanday qilib tahlil qilish, qanday uslub va vositalar orqali
ularni tushuntirish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Amaliy sotsiologiya jamiyat hayotida bevosita sodir bo‘layotgan dolzarb
sotsial muammolarni tadqiq etuvchi metodlar, metodologiyalar va metodikalarni o‘z
ichiga oladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. U XX asr
boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi. Bu davrda empirik tadqiqotlar
sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblangan. Ammo amaliy sotsiologiyani
bu yo‘sinda tushunish u qadar to‘g‘ri emas. Empirik tadqiqotlar jonli faoliyatning
bevosita shakllanishini o‘rgansada, u o‘zgartiruvchanlik faoliyati emas.
Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud
bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida
amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi.
Boshqaruv tizimining elementi sifatida amaliy tadqiqotlar fanning ijtimoiy
funksiyalarini bajarib, uning natija va yutuqlarini amaliy faoliyatga aylantiradi.
O‘zining amaliy yo‘nalishiga qarab ayrim hollarda amaliy tadqiqotlar ilmiy
tadqiqotlar bilan qarama-qarshilikka boradi.
Mashhur sotsiolog olim M.Veber fanda ilmiylik va foydalilik bir-biri bilan
ziddiyatga kirishmasligi uchun tadqiqotchi olimlar haqiqatni ochishga intilishi zarur,
ya’ni ilmiy bilimlardan to‘g‘ri foydalanish uchun jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy elementlarning tizimi mavjud bo‘lishi lo‘zim.
Amaliy sotsiologiya “nima uchun o‘rganilayapti?”, degan savolga javob
beradi. M.Veber tomonidan amaliy sotsiologiyaning vazifalari aniq ko‘rsatib
berilgan. Uning fikricha, amaliy sotsiologiya quyidagi holatlarni aniq ochib,
ko‘rsatib berishi kerak:
Amaliyot uchun zarur bo‘lgan vositalarni;
Amalga oshirilgan harakatlarning aniq salbiy oqibatlarini;
Tahlil natijasida o‘rganilayotgan hodisa yuzasidan uning bir necha xil
rivojlanish variantini ko‘rsatib, ularga mos ravishda takliflar ishlab
chiqish.
P.Sorokin amaliy tadqiqotlarni amaliy meditsina faoliyatiga qiyoslagan.
Uning fikricha, sotsiologiyaning mazkur qismida “sotsial kasalliklarni engish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rsatuvchi yo‘llar” ishlab chiqiladi. Olim
ko‘rsatkichlar, statistik ma’lumotlar, anketa javoblari va so‘rov natijalari amaliy
hamda empirik sotsiologiyaning vositalari bo‘lib, ular asosidagina o‘rganilayotgan
muammo borasida fikr bildirish noto‘g‘ri, deb hisoblaydi. Tadqiqot tugal bo‘lishi
uchun nazariy asosga ega bo‘lishi lo‘zim. SHu o‘rinda fundamental va amaliy
sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi va ko‘magi sotsiologiya fanining rivojlanish
istiqbo‘lini belgilaydi.
SHunday qilib amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki
yangi nazariy, metodologik bilimlarni shakllantiradi. Amaliy sotsiologiya
fundamental sotsiologiyaning amaliy samaradorligi masalalarini hal qilish, yangi
muammolarni o‘rtaga qo‘yish orqali fundamental tadqiqotlarning rivojiga turki
beradi. Amaliy sotsiologiya doirasida nazariy va metodologik muammolar bilan
birgalikda, protsedura va metodik muammolar o‘rganiladi. Bugungi kunda
metodologiya va metodika muammolari orasida koneptualizatsiya, formalizatsiya va
operatsionalizatsiya masalalari dolzarb sanaladi. Bu muammolar sotsial qurilish va
sotsial muhandislikning muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi.
Sotsial muhandislik amaliy tadqiqotlarning negizida shaklangan faoliyatning
bir turi. U sotsial strukturani (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy) ma’lum
maqsadga yo‘naltirish yoki tubdan o‘zgartirish vositasida eng samarador holatga
keltirishni nazarda tutadi.
Amaliy sotsiologiyaning sotsial muhandislikdan tashqari sotsial texnologiya
qismi ham mavjud. U maqsadga erishishni ta’minlaydigan metodlar va vositalarning
yig‘indisidan iborat.
Amaliy sotsiologiyaning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omil
jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy holat. CHunki amaliy sotsiologiyaning muammolarini
aniqlab, ularni o‘rganish va hal etish yo‘llarini ishlab chiqish uchun buyurtmani
zamon va makon belgilab beradi. Turli mamlakatlarda turli tarixiy davrlarda
ijtimoiy-siyosiy holatning xusuiyatidan kelib chiqqan holda har xil muammolarni
o‘rganish ehtiyojini shakllantiradi. Ilk bor ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsning
ijtimoiylashuvi, deviant xulq-atvor, urbanizatsiya va jamiyatni barqarorlashtirish
muammolarini echish uchun sotsial buyurtmalar (jamiyat talabi) kerak.
Nazariy va empirik tadqiqotlar
Sotsiologiyada sotsiologik tadqiqotlar shartli ravishda nazariy va amaliy
turlarga ajratiladi. CHunki ular o‘rtasida qat'iy chegarani o‘tkazish mushkul. Zero
har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya
bilan jipslashgan holda amalga oshiriladi. Ammo ular o‘rtasida farq mavjud.
Sotsiologiyada nazariy tadqiqotlar natijasida nazariya2
ning turli darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: umumsotsiologik nazariyalar,
mahsus nazariyalar, xususiy nazariyalar.
Umumsotsiologik nazariyalar jamiyatni yaxlit qamrab oladigan muammolarni
hal etadi. Masalan, jamiyatning rivojlanish davlari va strukturasi, uning faoliyat
qonunlari va bq.
Maxsus nazariyalar sotsiologiya ob’ektining muhim tomonlarini o‘rganadi.
Sotsial struktura nazariyasi, institular nazariyasi sotsiologiyada maxsus sohalar
sifatida shakllandi. Maxsus nazariyalar mavhum tushunchalardan foydalanadilar,
ammo ular ko‘pincha faktlarga asoslanadilar
2 Назария – категория, тушунчалар, ҳолатлар ва тамойилларнинг концептуалбирлиги бўлиб, у
ҳодисаларнинг хоссалари, муносабатлари ва қонуниятли алоқаларини очиб беради. Назарияларда марказий
ўринни тушунчалар эгаллайди. Уларда фаннинг ютуқ ва тажрибалари тўпланади ва улар назариянинг
мазмунини белгилайди. Назарияни яратиш воситаси мавҳумлаштиришдир, яъни аниқ ҳолатлар ва
ҳодисаларни умумийлаштиришдир.
Xususiy nazariyalar ko‘proq empirik tadqiqotlarga tayangan holda quyi
darajadagi sotsial jarayonlarni o‘rganadi. Misol uchun referent guruhlar nazariyasi,
kichik guruhlar nazariyasi va hk. Bu nazariyalar inson fe'l atvorining mustahkam
mexanizmlarining har xil sharoit va holatlardagi ko‘rinishini aniqlashga harakat
qiladi.
Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVIIasrdayoq o‘tkazilgan
bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQSHda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar
deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik
tadqiqotlarning ob’ekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning
harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial
guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya’ni jonli sotsial muammolarni
bevosita o‘rganishdan iborat.
Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm
konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida
nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi empirizm
konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi.
Empirik tadqiqotlarning ob’ekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar,
sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs
xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish
va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma’lumotlar
yig‘ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy
maqsadlarda ishlatish mumkin.
Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o‘tkazish chog‘ida
ko‘plab metodologik xarakterga ega bo‘lgan muammolar: sotsial faktning mohiyati,
nazariy bilimning empirik ma’lumotlar bilan o‘zaro munosabatlari, so‘rov, kuzatish
va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub’ektiv omilning roli kabilar paydo
bo‘ldi.
Empirik
tadqiqot usullari amaliy
sotsilogiya
doirasida
shakllanib,
mukammallashdi. Bular: so‘rov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet
usullari. Amaliy sotsiologiya doirasida qaysi metod qay tarzda va qay vaziyatda
qo‘llanilishi kerakligi, metodlarning yutuq va kamchiliklari o‘rganib, ishlab
chiqilgan. Misol uchun eng keng tarqalgan so‘rov metodi insonlarning ichki
dunyosini, sub’ektiv fikrini o‘ragnishga yo‘naltirilgan.
Amaliy sotsiologiyaning oldida bugungi kunda sotsiologik tadqiqotlar
davomida olinayotgan empirik axborotlarning haqqoniyligini va ob’ektivligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi optimal tamoyillarni ishlab chiqish muammosi
dolzarbligicha qolmoqda.
Amaliy sotsiologiya tarkibiga empirik metodlar bilan bir qatorda
metodologiya, ma’lumotlar tizimi va empirik ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi
kiradi. SHuning uchun odatda empirik tadqiqotlar turli xil mutaxassislar tmonidan
ham olib borilishi mumkin.
Empirik tadqiqotlar asosan statistka ma’lumotlarga tayangan holda amalga
oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda axborot ta’minoti empirik tadqiqotning
muhim manbasi hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda texnikaning
rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. CHunki empirik ma’lumotlar qayta
ishlanishi zarur. So‘rov, kuzatish, eksperiment metodlari vositasida empirik
tadqiqotlar o‘tkazilganida ma’lum ma’noda moddiy va texnik vositalar talab
qilinadi. SHuning uchun empirk tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir sanaladi.
Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar
Sotsiologiya faning tarixiy rivojlanishi davomida unda maxsus va tarmoq
yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Sotsiologiyada bugungi kunda maxsus yo‘nalishlar qatoriga kiruvchi ayrim
nazariyalar sotsiologiya asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, maxsus
yo‘nalishlar XX asrning birinchi yarmida neopo‘zitivizm asosida shakllandi va
keyinchalik bir qancha nazariy yo‘nalishlar tufayli rivojlandi.
Sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura elementi sifatida qabul
qiladi. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli bo‘lgan sotsial institutlar, boshqaruv shakllari,
sotsial munosabatlar va sotsial harakatlar, guruh xarakteri va tafakkkuri kabi
masalalarni chuqurroq o‘rganish ehtiyoji oqibatida sotsiologiyada maxsus
yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularning qatoriga bugungi kunda institutsional