SOVET DAVLATIDA MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK TUZUMINING KUCHAYISHI VA INQIROZI DAVRIDA O’ZBEKISTON (1946-1985 yillar.) (Respublikada 1946-1985 yillardagi ma’naviy –madaniy qaramlik va uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
57,4 KB
Ilmiybaza.uz
SOVET DAVLATIDA MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK
TUZUMINING KUCHAYISHI VA INQIROZI DAVRIDA O’ZBEKISTON
(1946-1985 YY.)
Reja:
1. Mavzu tarixshunosligi. Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonning
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti.
2. Respublikada 1946-1985 yillardagi ma’naviy –madaniy qaramlik va uning
oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini.
3. 50-70 yillarda O’zbekistondagi iqtisodiy hayot.
Ilmiybaza.uz
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligining tinch qurilishga
o’tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman
fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan bo’lsa, urush
tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o’rtada
sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan so’ng fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga katta hissa qo’shgan
O’zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo’jaligini tinch qurilish yo’liga
solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab
vazifalar turardi.
Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron
bo’lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g’arb davlatlari bilan hamkorlik
qilish zarurligini ko’rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi
Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qo’rg’on” bilan ajratib, mamlakatni
ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa
mamlakatlardagi tiklanishning ilg’or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan
foydalanishni istamadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov II -jahon
urushida vayron bo’lgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlari birinchi
navbatda, albatta, “o’z kuchiga tayanib, o’z imkoniyatlariga suyanib yuksak
taraqqiyot darajasiga ko’tarildi”,-deydi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan
kelgan sarmoyalar ham katta o’rin egallagan. Amerika Qo’shma Shtatlarida qabul
qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa
mamlakatlarining iqtisodini o’nglab, hayot darajasini ko’tarishga, ilg’or
texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch bo’ldi. Sovet davlatining g’oyat
mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga
ortiqcha kulfat olib keldi.
O’zbekiston urushdan keyingi yillarda o’z xalqining arzon kuchidan, boy
xomashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya
chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz
manfaatiga bo’ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga
Ilmiybaza.uz
yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o’zbek xalqining
mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo’yilgan eng muhim vazifalar O’zbekiston SSR Oliy
Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-
1950 yillarga mo’ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo’jaligining
barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so’m kapital mablag’ ajratildi. Sanoatni
rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni
rivojlantirishga qaratildi. Yelektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi.
5 yilda 8 ta yirik va o’rta hajmdagi elektrostantsiyalar, shu jumladan 300 000 kv.
soat kuchga ega bo’lgan Farhod suv elektr stantsiyasi ishga tushirildi. Bu stantsiya
sobiq ittifoqda uchinchi o’rinda bo’lib, urushgacha O’zbekistonda ishlab chiqarilgan
elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo’ldi.
Qisqa davr oralig’ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa
ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan
O’zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo’lida ham hormay-tolmay
mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu
urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko’p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi
salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo’zsuv-2
elektrostantsiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab
chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan
iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o’lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga
qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni
rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi
O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi
qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.
Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo’jaligida ayniqsa paxtachilikda
qiyinchilik bilan o’tdi. O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to’g’risida sovet
hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan
asoslanmagan o’nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun
Ilmiybaza.uz
ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat
rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha o’zgardi. 1950 yili 2 mln.
222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi.
1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so’m ya’ni avvalgidan
ikki baravar ko’p haq to’landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin
maydonining qisqartirilganligi oqibatida g’alla va sabzavot tayyorlashda urushdan
oldingi darajaga yetmadi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy
masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka
tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi,
kundalik istemol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid
quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali
ancha yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga
nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.
Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan
keltiriladigan bo’ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat
mollariga ehtiyoji kuchaydi.
Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining
moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o’rtacha 20 so’mni tashkil
qilgan holda, bu ko’rsatkich ishchilarda 64 so’m edi. Vaholanki, urushdan keyingi
xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari
zimmasiga tushdi. O’zining bog’ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O’zbekiston
aholisi haddan tashqari ko’p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi.
Chorvadorlar shu sababga ko’ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga
yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo’jaliklari
foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda
shaxsiy xo’jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday
zo’ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o’tkinchi holat deb tushuntirildi.
50-60 yillarda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga va shu asosda paxta va
g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida
Ilmiybaza.uz
(1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho’lning
o’zida sug’oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta
Farg’ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining
2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog’i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori,
Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho’l magistral kanali qurilib foydalanishga
topshirildi. 1960 yili respublikada sug’oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga
yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o’g’itlardan foydalanishga katta
e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o’g’it ishlatilgan bo’lsa,
1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G’o’za barglarini to’kish va
zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o’ta zaharli ximikatlar (butifos,
merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sog’ligiga
keskin yomon ta’sir qildi.
Duniy bo’yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr.dan, AQSh da 800 gr.dan
to’g’ri kelgan bo’lsa, respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga
1989 yil 25-45 kg.dan to’g’ri keladi. Respublika bo’yicha bo’lsa, bu har bir kishiga
7-8 kg.ni tashkil etdi.
Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar ko’paydi,
paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida
O’zbekiston qishloq xo’jaligiga 45 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, shundan
17,1 mlrd. so’mi sug’orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer
o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo’lib,
20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
Qishloq xo’jaligining ekstensiv yo’ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning
sug’orish texnologiyasiga qo’pol aralashuvi og’ir ekologik va boshqa turli noxush
ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug’orish tarmog’i 92 ming
gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3 hajmda suv to’playdigan 23 ta suv omborlari
Ilmiybaza.uz
mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buzilishi yer, suv, hattoki
havoning zaharlanishiga olib keldi.
Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o’zlashtirilishi, tog’
yon bag’irlariga ekin ekilishi, o’rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko’l
suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o’zgarishlarni yuzaga keltirdi.
Orol dengizi yaqin o’tmishda dunyodagi eng katta ko’llardan hisoblanib, baliqchilik,
ovchilik, transport sohasi yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Biroq bir avlod umri
davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining respublikadagi
paxta yakka hokimligi siyosati, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot,
Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980 yillarda-
53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi. 1961 yildan
1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o’z qirg’og’ida 75-80, ba’zi
joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi
deyarli butunlay to’xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz
va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
Sanoat va qishloq xo’jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida
deyarli o’zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti
eng og’ir bo’lgan o’zbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli
ahvolda bo’ldi.
O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil g’alaba qilgan”
davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: go’sht 29 kg, sut 150
litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz
mahsulotlari 66 kilogramdan to’g’ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan
ancha past edi. Qishloq aholisining iste’mol darajasi bu o’rta hisobdan ko’ra yana
ham achinarli edi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo’jaligini boshqa sohalarini
qoloqlikka olib keldi, g’alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining
talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto’g’ri siyosat olib borildi.
50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug’oriladigan
Ilmiybaza.uz
yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko’rsatkich joylardagi
rahbarlarning o’zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg’ona, Toshkent
viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq
aholisining turmush darajasini g’oyat og’ir qilib qo’ydi.
1990 yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika aholisining 45 foizi
jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so’mdan kamroq daromadga ega edi. Bu esa kun
kechirish uchun zarur bo’lgan eng past darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda
kundalik hayotda hammaga kerak bo’lgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang
yutkich va boshqalarni topish muammoga aylanib qoldi.
50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning
respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga to’sqinligi yanada kuchaydi.
Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va ma’suliyati
cheklanganligi sababli, 1953 yili respublika IXtiyoridagi korxonalar jami sanoat
mahsulotlarining 31 foizni ishlab chiqargan bo’lsa, ittifoqqa bo’ysungan
korxonalarga 69 foiz to’g’ri keldi. 1956 yilida esa sanoat mahsulotlarining salmog’i
55% foizga ko’tarildi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yo’l qo’yildi.
Xususan Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat korxonalari qurilib, sanoat
ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil
dekabrda O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar
Kengashining raisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi.Shu davrdagi
ko’plab ijobiy o’zgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta bo’ldi. Uning
tashabbusi bilan Markaz qaramog’idagi yuzlab sanoat korxonalari respublika
ixtiyoriga o’tkazildi. 1960 yillarda O’zbekiston sanoatida bir qancha o’zgarishlar
yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va
sexlar ishga tushirildi. Toshkent (birinchi navbati) Navoiy, Taxiatosh issiqlik
elektrostantsiyalari, gazli gaz koni shular jumlasidandir.
1953 yili Setalontepa, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft konlarining
ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1958-1960 yillarda
Ilmiybaza.uz
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika
sanoat korxonalari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.
Respublika aholisining aksariyat ko’pchiligi tabiiy gazga muhtojligini
qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishini gazlashtirish asosida qayta qurish
mumkin bo’lgan sharoitda chetga tabiiy gazni olib ketish avj oldi. O’zbekiston tabiiy
gazi sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Qozog’iston, Tojikiston, Boltiq bo’yi
mamlakatlari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo’natib turildi. Vaholanki, tabiiy gaz
yetishtirish Respublikada yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1960 yilda 447 mln m3
hajmda tabiiy gaz olingan bo’lsa, 1970 yilga kelib bu miqdor 32 mlrd. m3 ni tashkil
qildi.
Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va
Zarafshon tizma tog’lar konlari o’zlashtirildi.
Mashinasozlikning qishloq xo’jaligiga IXtisoslashgan sohasi 1959-1965
yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.
Sobiq SSSRning 50-60 yillarda fan-texnika sohasidagi erishgan yutuqlarida
O’zbekistonning qo’shgan hissasi katta bo’ldi. Mahalliy aholining mashaqqatli
mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho mahsulotlari sovet mamlakatining
iqtisodiy va harbiy kuch qudratini oshirishga bo’ysundirildi. Urushdan avvalgi
yillarda ham, Farg’ona vodiysida uranning bir necha manbalari ochilgan bo’lib,
urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o’tkazilgan edi. 1948 yil
yanvaridan O’rta Osiyodagi uran qidirish tashkilotlari yagona-Krasnogorskiy
ekspeditsiyasiga birlashdi. 1951 yil ana shu “10-korxona” deb nom olgan tashkilot
bazasida Krasnoxolm ekspeditsiyasi tuzilib, ittifoq geologiya vazirligiga
bo’ysundirildi. Qizilqumda 50-60 yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi.
Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz
kilometrni tashkil etgan temir yo’l, avtomobil yo’llari qurildi.
Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida e’tibor berildi.
Amudaryoning chap qirg’oqlari bo’ylab 400 km masofaga Chorjo’y-Urganch temir
yo’li qurildi. Bu bilan Ashxobad, Samarqand, Dushanbe, Toshkent va boshqa
Ilmiybaza.uz
shaharlardan tovar, yo’lovchi poezdlari Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo’l
oldi.
1966-1970 yillarda sanoatda zo’raki jadallashtirish natijasida yangi (oltin,
uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada kimyo tolasi, organik
sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Ishlab
chiqarish
samaradorligini
oshirish,
boshqarishning
butkul
markazlashtirilishi ko’p o’tmay samara bermay qo’ydi. 70-yillardan boshlab yildan-
yilga sanoat va qishloq xo’jalik rejalari bajarilmay qoldi.
70-80 yillarning birinchi yarmida xalq xo’jaligini ishchi kadrlarga bo’lgan
talabi ilmiy asoslangan tarzda o’rganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni
rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yildi, ba’zi sohalarda keragidan ortiq
ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotini
belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi
sezilib qoldi.
Ikkinchi jahon urushi O’zbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika
iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko’rsatgan. Lekin, 1971 yildan - 1985
yillarga qadar O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5
mingdan 4833,5 ming nafarga ko’paydi. Biroq, bu o’sish sun’iy ravishda, ya’ni
respublikamizga tashqaridan ko’plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobiga ro’y
berdi.
Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o’sganiga qaramay, respublikamiz bu
ko’rsatkich bo’yicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi ma’lumotga ko’ra,
13 o’rinda turar edi. O’zbekiston ishchilar sinfining milliy salmog’i jihatidan orqada
qolmoqda edi. Masalan, o’zbeklar 1973-1983 yillarda sanoatda 51,1 foizni,
qurilishda 46,5 transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni
tashkil qilar edi.
Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi 200 ming
kishi bo’lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va
mutaxassislar jalb qilindi.
Ilmiybaza.uz
Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi soni ortib bordi.
Ularning soni 1983 yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.
Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “o’zbek xalqi go’yo ishlashga qodir
emasligi” va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli
mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga
yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyo’qi yo’qligidan
emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, asosan markazning maxsus yonaltirilgan
siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga
qo’yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog’chalari, hunar-texnika
bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. O’n yillar
davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil
shug’ullanish o’rniga milliy g’ururi toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor
kadrlar keltirish siyosatini ma’qul ko’rdilar.
Respublika iqtisodiyotini ahvoli, jamiyatni boshqarish usullarini qayta ko’rib
chiqishni, ularni yangi sharoitga moslashtirishni talab qilsa ham O’zbekiston
kommunistik partiya, uning qo’mitalari, urush davrining ish tajribasini davom
ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni o’z qo’lida mahkam ushlab, ma’muriy
buyruqbozlik tizimini yana ham kuchaytirdi.
Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy jihatdan
kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli bo’lmagan xodimlar keldi. Davlatni
boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga
qabul qilishga yuzaki, to’ralarcha yondashuv natijasida qabul qilinganlarning
ko’pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg’or ziyolilar, malakali
mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi. O’zbekiston SSR Oliy va mahalliy
kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan ro’yxat va reja asosida
deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda
qatnashib, “yakdillik” bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik
haqiqatga to’g’ri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik,
qog’ozbozlik kuchaydi. Oliy Savetning, ayniqsa mahalliy sovetlarning sessiyalari
Ilmiybaza.uz
vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar ko’pincha muhokama qilinmay yoki
hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo’mitalari
bajaradigan bo’ldi. Sovetlarga deputat bo’lib saylanganlarning aksariyat qismi
jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish
masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga saylangan
deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislarida respublika manfaatlarini
himoya qiladigan darajada faoliyat ko’rsata olmasdi. Partiya va jamoat
tashkilotlarining oliy organlariga a’zo bo’lib saylanganlar, bu tashkilotlarning
anjumanlariga
delegat
bo’lib
borganlar
orasida
ham
o’z
vazifalarini
tushunmaydigan, tushunsa ham uni ro’yobga chiqarishni bilmaydiganlar, loqaydlar
ko’pchilikni tashkil qilar edi. Bunday deputatlar va delegatlar ichida Respublikamiz
nomiga dog’ tushirganlar ham oz bo’lmadi.
Respublika Oliy Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158 deputat, II
chaqiriq deputatlaridan esa 167 nafari qayta saylangan. Bular partiya, ma’muriy
xo’jalik xodimlari, jamoa xo’jaligi raislari bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, ma’muriy
buyruqbozlik tizimi davrida deputatlik nomenklatura xodimlariga imtiyoz bo’lib
xizmat qilgan. Yillar o’tishi bilan bunday deputatlar ishga to’g’anoq bo’la
boshladilar.
Partiya, sovet xodimlarining savodxonlik darajasini ko’tarishga qanchalik
urinishmasin deputatlar orasida o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotlilar soni salmoqli
ediki, bu respublika Oliy Kengashi faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ba’zi
deputatlar o’rta ma’lumot bilan Oliy Kengashning doimiy qo’mitalari a’zosi ham
bo’ldi.
30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan
rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash yo’lga qo’yildi. IV chaqiriq Oliy
Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz vakillari edi. Bunday ish yuritish 70
yillardan qaytadan yo’lga qo’yildi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik va hamkorlikni
mustahkamlashga O’zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar
bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili O’zbekiston dunyoning 32
Ilmiybaza.uz
mamlakatiga sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970 yil 76
mamlakat bilan savdo aloqalarini o’rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda
O’zbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi.
Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi
to’rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu
mahsulotlar O’zbekiston nomidan emas “SSSRda ishlangan” degan tamg’a bilan
dunyoga tanildi.
Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent
kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi
“Kinap” zavodi 30 mamlakatga o’z mahsulotini chiqardi. Ko’p yillar davomida
paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo’lib, 1953 yildan boshlab
O’zbekiston paxtasi Amerika Qo’shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta
yetishtiruvchi mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar
bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.
1960-70 yillari O’zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
uchun minglab Oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar
tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy
universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo’limi ochildi. O’zbekistonning
minglab mutaxassislari ko’pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning
iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdi. O’zbekistonlik mashinasozlar,
paxtakorlar, suv xo’jaligi inshoatlari va ipakchilik mutaxassislari ko’p
mamlakatlarda o’zlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar. Misrdagi Asvon va
Xelvonn suv inshoatlari, Afg’onistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi sanoat
qurilmalarida O’zbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar.
“Feodalizmdan sotsializmga sakrab o’tish” mumkinligi to’g’risidagi
marksistik ta’limotni O’zbekiston misolida isbotlash maqsadida, Osiyo va Afrika
davlatlari uchun sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning xorijiy mamlakatlar
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaytirildi, delegatsiyalar almashish borasida
ishlar jonlantirildi.
Ilmiybaza.uz
1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilg’or
taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. Ana shu
davrda sobiq ittifoqning delegatsiyalari tarkibida 200 dan ortiq O’zbekiston
fuqarolari xorijiy mamlakatlarda bo’lib qaytdi. Bundan tashqari sa’nat va adabiyot
xodimlari o’rtasida delegatsiyalar almashildi. Bu tadbirlar natijasida bizning o’lkada
“kazarma sotsializmi” o’rnatilgani ham oshkora bo’ldi.
Amerika Qo’shma Shtatlari Oliy sudining a’zosi Uilyam Duglas
O’zbekistonda bo’lib qaytgandan keyin “Luk “ jurnalida O’rta Osiyo
respublikalaridagi hayotda Frantsiyaning mustamlakachilik tamg’asi ko’rinayapdi
deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb qaraydi.
O’zbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga a’zo bo’ldi.
Toshkent, Pokistonning Karachi, Liviyaning Tripoli, Hindistonning Patiala,
AQShning Sietl, Marokashning Marokash, Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan
birodarlashdi. O’sha davrning muhim muammolari bo’yicha Toshkentda xalqaro
yig’inlar, uchrashuvlar va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda
o’ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar bo’lib o’tdi. 1958 yilni kuzida
Toshkentda 37ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani o’tdi va
bu yerda “Toshkent ruhi” yuzaga kelib, xalqaro miqyosda O’zbekistonning
mavqeini oshirdi.
O’zbekiston chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini
kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lsa ham
bu imkoniyatdan to’la foydalana olmasdi.
Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76, 77,112, 122
moddalariga ko’ra O’zbekiston chet davlatlar bilan aloqalar o’rnatish, diplomatlar
va elchilar tayinlash va chaqirib olish huquqlariga ega va xalqaro tashkilotlar bilan
mustaqil aloqalari o’rnatish mumkin. Lekin, amalda respublikaning xalqaro
munosabatlari markazda rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi. Chet
davlatlardan birorta delegatsiyaning qabul qilinishi, jumhuriyatda o’tadigan
uchrashuvlar, kengashlar, anjumanlar uchun “markazdan” ruxsat shart edi. Ittifoqchi
Ilmiybaza.uz
respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning teng huquqligi va mustaqilligi
to’g’risidagi qonunlar aslida qog’ozda qoldi.
2. Respublikada 1946-1990 yillardagi ma’naviy –madaniy qaramlik va
uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini.
Totalitar tizim sharoitida madaniy-ma’rifiy muassasalardan ommaga
g’oyaviy ta’sir o’tkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada
2.977 klub bo’lsa, 1970 yilda ularning soni 3.441 taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar
soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga; muzeylar soni 14 tadan 26 taga;
kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin, bularning ko’pchiligi
statistik hisobotlarda oshirib ko’rsatilgan bo’lib, aslida o’zlarining bevosita
vazifalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo’lmadi. Ularning
moddiy texnika bazasi past darajada bo’lib, moliya bilan yetarli ta’minlanmadi. Bu
jihatdan O’zbekiston sobiq sovet respublikalari o’rtasida eng quyi pog’onada turdi.
1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to’g’ri
kelsa, Belorussiyada 11 ta, O’zbekistonda esa atigi 4 ta edi. Madaniy-ma’rifiy
muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’ aholini jon boshiga Yestoniyada
21,3 so’mni, Armanistonda-17,9 RSFSRda-9,7 so’mni tashkil qilsa, O’zbekistonda
4,5 so’mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970
yillarda o’n barobarga ko’paygan bo’lsa, lekin ularning ko’pchiligini mafkuraviy
targ’ibot uchun zarur bo’lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi.
Olingan kitoblarning 8-10 foizgina respublikada nashr etilgan bo’lib, qolganlari
chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar
moliyaviy jihatdan davlat nazorati chetda qolganligi uchun bunday muassasalar
ko’pincha jamoatchilik asosida qurildi. Masalan: 1961 yili O’zbekiston kasaba
uyushmalari tashkilotlari tomonidan jamoatchilik asosida 45ta madaniyat va texnika
universitetlari, 5 ta xalq teatrlari, 1.258 jismoniy tarbiya jamoalari ish olib bordi.
O’zbekistonda ta’lim tizimini yaxshilash uchun o’nlab qarorlar qabul
qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy maktablarda to’liq bajarilmasdi. Maktablar
Ilmiybaza.uz
urushdan keyin ham darsliklar bilan to’liq ta’minlamadi. Moddiy o’quv bazasi
rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.
O’rta maktabni bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar
kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past
nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona faoliyatiga yashiringan edi.
Keyingi yillarda ochilgan arxiv ma’lumotlarida sobiq ittifoqdagi respublikalarda
ongli, madaniyatli, hurfikrli kishilarni bo’lishiga yo’l qo’ymaslik haqidagi mahfiy
ko’rsatmalar bejiz emas edi. 1985 yilda oliy o’quv yurtlari soni 42 taga yetdi.
1946-47 o’quv yilida respublikada 4483 maktab bo’lib, 212.000 o’quvchi
o’qigan bo’lsa, 1965-66 o’quv yilida 9716 ga undagi o’quvchilar soni 2.476.000
kishiga yetdi. Oliy o’quv yurtlarida talabalar soni 21.190 dan 168.800 taga yetdi. Bu
miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin”
degan aqidaga asoslanganligini ko’rsatadi. Shunday bo’lishiga qaramay
O’zbekistonliklarni, xususan o’zbeklarni ilmga chanqoqligi har qanday sun’iy
to’siqlarni yenga boshladi.
O’zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar
yetishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda
oldingi qatorlarga chiqdi.
1950 yil O’zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib
bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 ga yetdi. 50-
60 yillari Respublika Fanlar Akademiyasining olimlari ayniqsa matematika-
mexanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo’jaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir
qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortopediya, energetika,
matematika, onkologiya va radiologiya, O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini
mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar
shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq instituti
tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.
50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan
foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat
Universitetlari laboratoryalaridan Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida,
Ilmiybaza.uz
Politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi yetarli
bo’lmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor bo’ldi. 1956 yil boshlarida
Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot yadro
insituti va barcha qulayliklarga ega bo’lgan shaharcha qurilib, 1958 yili ishga
tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik olim, akademik Ubay Orifov
tayinlandi.
1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80
gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda o’sadigan, Toshkent botanika
bog’i yaratildi. 1956 yili 5 noyabrda O’rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi
ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yil Urganchda, 1964 yil Nukusda ham televizon
markazlar ish boshladi.
O’zbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa tabiiy fanlar sohasida,
o’zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki jahon
miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo’ldilar.
O’zbek
olimlaridan
matematiklar-T.N.Qori-Niyoziy,
T.A.Sarimsoqov,
S.X.Sirojiddinov, fiziklar-U.O.Orifov,S.A.Azimov, ximiklar-O.S.Sodiqov, S.Yu.
Yunusov, M.I.Nabiev, geologlar-X.M.Abdullaev, I.X.Xamraboev, G.A.Mavlonov,
biologlar- A.M.Muzaffarov, K.Z. Zokirov, T.Z.Zohidov, texnika sohasida
M.T.O’razboev, X.A.Rahmatullin, X.Fayziev, jamiyatshunoslik fani sohasida
I.M.Mo’minov, H.Sulaymonova, Ya.G’.G’ulomovlar shular jumlasidandir.
Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o’rta maxsus
ma’lumotga ega mutaxassislar bo’lib, shulardan 25 mingdan ko’prog’i muhandis va
texniklar, 10 ming qishloq xo’jalik mutaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan
ortiq o’qituvchilar, yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar
uyushmasida 105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a’zolari bor edi. 1956
yilning oxirlarida respublika ziyolilarini birinchi qurultoyi bo’lib o’tdi.
Partiyaviy g’oyaviy tizginga qaramasdan adabiyot va san’at sohasida ko’zga
ko’rinarli asarlar yaratildi. G’afur G’ulom, Uyg’un, Zulfiya, Mirtemir, Turob To’la,
M. Boboev, Mirmuxsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag’ishlangan she’rlari
yuzaga keldi. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, Parda Tursunning
Ilmiybaza.uz
“O’qituvchi”, Asqad Muxtorning “Opa-singillar” romanlari, Abdulla Qahhorning
“Shohi so’zana”, “Og’riq tishlar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari” dramalari katta
shuhrat qozondi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy qatag’onlikdan
ozod bo’lgan ijodkorlarning asarlari yuzaga chiqa boshladi. Abdulla Qodiriyning
“O’tkan
kunlar”
romani,
Mirtemirning
“Surat”
dostoni,
Shayxzodaning
“Toshkentnoma”si nashrdan chiqdi.
60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo bo’ldi. Odil Yo’qubov, Pirimqul
Qodirov, O’lmas Umarbekov, Husniddin Sharipov, Ozod Sharafutdinovlar bilan
izma-iz yangi ijodiy tafakkurga ega bo’lgan iste’dodli Abdulla Oripov, Erkin
Vohidov, Shukur Xolmirzaev, O’tkir Xoshimov, Muhammad Ali, Jamol Kamol,
Omon Matjon, Rauf Parpi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi. O’zbek
adabiyotining rivojlanishida adabiyotga mafkuraviy ta’sir o’tkazishning quroli
sifatida qarab, ijod erkinligi bo’g’ildi va partiyaviy sinfiy aqidalar tiqishtirildi. 50-
80 yillarda ahyon-ahyonda bo’lsa ham ozodlikka intiluvchi fikrlar ko’zga chalinardi.
Biroq bunga darhol tanqidlar, ma’muriy jazolar to’sig’i qo’yilardi.
80-yillarning o’rtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish yo’lida
yangicha qadamlar qo’ya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol fojeasi,
o’zbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga oid
muammolar shiddatliroq kirib keldi. Yangi mazmun ijodda yangicha zamonaviy
shakl, xalqona ohanglarda keng yo’l ocha boshladi.
50-60 yillarda Respublika san’atida, xususan teatr va raqs san’atida ilgari
siljishlar yuz berdi: 1947 yili Toshkentda xoreografiya bilim yurti ochildi. 1957 yili
mashhur raqqosa M.Turg’unboeva tomonidan “Bahor” o’zbek xalq raqs ansambli,
1958 yili G.Rahimova rahbarligida-Xorazm ashula va raqs ansambllari tuzildi. Bu
jamoalar o’zbek sahna raqslarini boyitdi. Respublikada teatr sa’natining
rivojlanishida Samarqand Davlat ashula va balet teatrining (1964 yil) Toshkentda
“Yosh gvardiya” (1990 yildan Abror Xidoyatov nomidagi) o’zbek drama teatrining
ochilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Musiqa va teatr sohasidagi bu o’zgarishlar bir tomonlama bo’lib jahon san’ati
darajasiga tezroq yetib olish uchun o’zbek milliy madaniyatidan uzoq bo’lgan opera,
Ilmiybaza.uz
balet, simfonik musiqaga asosiy e’tibor berilib, milliy drama teatrlarimiz e’tibordan
chetda qoldi. “Shaklan milliy mazmunan sotsialistik” shiori ostida rivojlangan sovet
adabiyoti va sa’natining asl maqsadi “baynalmilallashtirish” bo’lib badiiy asarlarda
milliylik yo’qola bordi.
Urushdan keyingi chorak asr mobaynida O’zbekiston sanoati va qishloq
xo’jaligi, madaniyati va fani rivojlanishida ma’lum natijalarga erishdi. Lekin bu
rivojlanish ziddiyatlar bilan to’la bo’ldi, demokratiyalashtirish yo’lida olib borilgan
tadbirlar yetarli natijalarni bermadi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi kuchayib borayotgan O’zbekistonda xalqning
turmushi, aholiga ko’rsatiladigan mayishiy xizmat jihatidan Respublika sobiq
Ittifoqda oxirgi o’rinlarda edi. Ta’lim tarbiya va sog’liqni saqlash sohasidagi
balanparvoz ko’rsatkichlar sotsialistik tizimning tashviqot-targ’iboti uchun
foydalanildi. Umuman olganda, jamiyatning inqiroz tomon yo’l tutishi kuchaya
bordi.
Urushdan
keyingi
yillarda
mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy
tizimida
partiyaning yakka hukumronligi kuchayib bordi. Siyosiy qatag’onlikning yangi
bosqichi boshlandi. Agar 30-yillarda qatag’onlikni ichki ishlar xalq komissarlari
(NKVD) olib borgan bo’lsa, endilikda bu mudhish ishlarni kommunistik partiyaning
markaziy komiteti va uning quyi tashkilotlari bajardi. 1949 yilning martida
chaqirilgan O’zbekiston kommunistlarining X s’ezdi respublika mehnatkashlarini
kommunistik ruhda zaharlash, milliy qadriyatlarga, “diniy xurofot”ga qarshi
kurashni kuchaytirish vazifalarini qo’ydi. Bu bilan jamiyatda sotsialistik mafkurani
vayronkorlik roli yana ham kuchaytirildi.
1949-1952 yillarda ko’pgina mashhur o’zbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda
ayblanib, qatag’on qilindi. O’zkompartiyaning 1949 yil 25 iyundagi byuro majlisida
bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski feodal madaniyati oldida bosh egish,
o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboev,
Mirtemir, Shayxzoda kabi o’zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951 yili avgustda
bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar” deb matbuotda nohaq tanqid qilindi,
Ilmiybaza.uz
“buzg’unchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo,
Shuhrat, Sayid Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Xurshid, Chustiy, G’ayratiy va boshqalar yozuvchilar uyushmasidan
haydaldi. Buni eshitgan G’.G’ulom kuyinib “Tokaygacha o’zbekning aqli kirganda
boshini chopib tashlaydilar” degan edi.
1951 yil aprelida O’zkompartiya byuro majlisi “Musiqa san’atining ahvoli va
uni yanada yaxshilashning choralari to’g’risidagi” masalani muhokama qildi.
Majlisda san’at ishlari bo’yicha boshqarma ko’p yillar davomida “Farhod va
Shirin”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi afsonaviy mazmunda opera, balet
va musiqali dramatik spektakllarni yaratib, zararli ishlarni amalga oshiryapti deb
qayd etildi. Majlis qarorida janr repertuarlari va radio eshittirish programmalarini
qayta ko’rib chiqish tavsiya etildi. Mazkur spektakllar sahnadan olib tashlandi.
Qatag’onliklar to’lqini bu bilan to’xtab qolmadi. 1983 yildan boshlab sobiq KPSS
Markaziy qo’mitasi rahbarligida O’zbekistonda navbatdagi oshkora qatag’onga yo’l
ochildi. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan mash’um siyosat
niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva
yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.
Ma’shum nomlar bilan atalgan kompaniyavozlik davrida yo’l qo’yilgan
xatolar, poraxo’rlik qo’shib yozish, mansabni suiste’mol qilish kabi illatlar ochib
tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq Ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga qolaversa
Markazga ham tegishli edi.
Markaziy matbuotning ba’zi bir mualliflari Kavkaz, O’rta Osiyo va
Qozog’iston xalqlarining yuziga qora chaplashga harakat qila boshladilar. Bu
hududlarda yashagan millatlar o’z vaqtida mavjud jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi
kurashganlar. Ular sotsialistik qonunchilikni buzilayotgani haqida Moskvaga arz
qilishgan, biroq ularning o’zlari, ya’ni “suvni loyqalatuvchilar” quvg’inga
uchraganlar!
1983 yilning oxirida respublikada juda og’ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-
ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga
Ilmiybaza.uz
sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O’zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti Raisining
birinchi o’rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o’rinbosari etib
Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi.
Respublika prokurori etib Buturlin, uning o’rinbosarligiga Gaydanov, tergov
boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha
viloyatlarda ham ahvol shunday bo’lib, ular respublikadagi hukmronlikni to’la
qo’lga olgan edilar.
“Paxta ishi” va “o’zbeklar ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar
boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi o’zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat
ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo’ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar
chiqara boshladi.
1989 yilgacha bu ishlar bo’yicha 4,5 mingdan ko’proq kishi sudlandi. O’sha
paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning
mingdan ortig’i jazoni o’tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo’natildi.
Gdlyan guruhi O’zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega bo’ldi.
Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy
qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o’z
jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar.
O’zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga
minglab xatlar jo’natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga
ep ko’rilmadi. Aksincha Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar
berildi.
1989 yil 23 iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi
rahbarning faoliyati O’zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan
huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi.
“Paxta ishlari”ni ko’rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya
ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko’rib chiqish topshirildi. 1990 yilning
iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni
Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya
Ilmiybaza.uz
vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko’rsatildi. Bu xatda
“Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi.
Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko’mak o’rniga tayziqni kuchaytirdilar.
Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi.
Komissiya ikki yildan ko’proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko’rib chiqdi. 3,5
mingdan ko’proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir
qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi.
Paxta komissiyasi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundan
iboratki, paxta ishlari bo’yicha sudlanganlarning ko’pchiligi hayotligida oqlandi,
yuzlari yorug’ bo’ldi, toptalgan huquqlari tiklandi, o’z ish joylariga qaytishdi,
musodara qilingan mulki qaytarilib, boshqa yetkazilgan moddiy zararlar qoplandi.
O’zbekisiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xususan, respublika
rahbariyatining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Minglab begunoh
fuqorolarning nomlari oqlandi.
KPSS MK Aprel (1985 y) plenumi sovet jamiyatini “qayta qurish”, bu jamiyat
hayotining barcha sohalarini “chuqur isloh qilish” yo’lini e’lon qildi. Bunda avvalo
ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy o’sishni fan texnika
yutuqlariga tayanib jadalllashtirishga qaror qilindi.
Biroq uzoq yillar totalitar rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari
byurokratik apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi.
80-yillarning o’rtalariga kelib mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyotni chuqur
tahlil qilmasdan 90-yillarning oxiriga borib, sobiq SSSR da milliy daromadni 2-2.5
barobar o’stirish, aniqrog’i avvalo 70 yil ichida amalga oshirilgan ishlarni keyingi
15 yil ichida bajarish vazifalari qo’yildiki, bular mutlaqo haqiqatdan uzoq edi. Bu
hol tabiiy ravishda 70-80 yillar boshlarida jamiyat oldidagi muhim xalq xo’jaligi
vazifalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish bilan emas, balki qo’shib yozish, pora
berish, oshna-og’aynigarchilik bilan osongina hal qilishga olib keldi.
Davlat rejalashtirish tizimi murakkab ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini
ma’muriy-buyruqbozlik yo’li bilan hal qilishga qodir bo’lmay qoldi. Natijada
iqtisodiy o’sish har yiliga kamayib bordi. Respublika xalq xo’jaligida umumiy
Ilmiybaza.uz
ijtimoiy mehnat unumdorligini pasayishi hisobga mo’ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4
million so’mga kam milliy daromad olindi.1989 yilda O’zbekistondagi har bir
kishiga sobiq ittifoqdagi o’rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital
mablag’ to’g’ri keldi.
Shu davrga kelib respublika qishloq xo’jaligida ko’plab muammolar to’planib
qoldi. Sovet tuzumining navbatdagi islohoti ham yo’l qo’yilgan xatolar tufayli
barbod bo’ldi.
Ushbu muammolardan xalq e’tiborini chalg’itish uchun ko’p yillar davomida
yig’ilib qolgan milliy noroziliklardan foydalanildi. Kommunistik mafkura o’z
hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni
uyushtira boshladi. 1989 yilda Toshkent, Farg’ona, Andijonda ro’y bergan
millatlararo mojarolar, Kavkazdagi qurolli to’qnashuvlar, quvg’in qilingan xalqlarni
noroziliklaridan razilona manfaat yo’lida, respublikalarda, shu jumladan
O’zbekistonda paydo bo’layotgan hurlik ovozini bo’g’ish uchun foydalandilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya
qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich
yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent
viloyatlariga joylashtirilgan bo’lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va
millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolarni yuzaga keltirgan edi. Bu
muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. 1989 yil 24 mayda Quvasoy
shahrida yoshlar o’rtasida (R. Nishonov ta’rificha, “bir banka qulpunoy uchun” )
bo’lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida)
to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi.
Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri
baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo
to’qnashuvlar sodir bo’ldi.
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi
borishlariga “ko’nikmagan” mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga
qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana
shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi. Natijada, 50 dan ziyod