SOVETLAR ANDOZASI ASOSIDA TASSR. XXSR VA BXSR LARNING TASHKIL TOPISHI (Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi, Xiva xonligining ag‘darilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi)

Yuklangan vaqt

2024-04-20

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

22

Faytl hajmi

40,9 KB


 
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
SOVETLAR ANDOZASI ASOSIDA TASSR. XXSR VA BXSR LARNING 
TASHKIL TOPISHI 
 
 
Reja 
1. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi.  
2. Xiva xonligining ag‘darilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil 
topishi. 
3. Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar. Turkiston Respublikasi, o‘lka konferensiyasi, Turkiston 
konstitutsiyasi, Milliy ishlar xalq komissarligi, “Sovet avtonomiyasi”, Turkiston KP, 
Turkkomissiya, Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi nizom, Musbyuro, “Idorai 
mashrutiya”, Amudaryo bo‘limi, Favqulodda komissiya, Muvaqqat inqilobiy 
hukumat, XNK, Butunxorazm sovetlari, BXSR, “YOsh buxoroliklar”, demokratik 
kuchlar, Xalq Nozirlar Sho‘rosi, muvaqqat harbiysiyosiy bitim, Buxoro 
Konstitutsiyasi, BSSR. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz SOVETLAR ANDOZASI ASOSIDA TASSR. XXSR VA BXSR LARNING TASHKIL TOPISHI Reja 1. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi. 2. Xiva xonligining ag‘darilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi. 3. Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi. Tayanch so‘z va iboralar. Turkiston Respublikasi, o‘lka konferensiyasi, Turkiston konstitutsiyasi, Milliy ishlar xalq komissarligi, “Sovet avtonomiyasi”, Turkiston KP, Turkkomissiya, Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi nizom, Musbyuro, “Idorai mashrutiya”, Amudaryo bo‘limi, Favqulodda komissiya, Muvaqqat inqilobiy hukumat, XNK, Butunxorazm sovetlari, BXSR, “YOsh buxoroliklar”, demokratik kuchlar, Xalq Nozirlar Sho‘rosi, muvaqqat harbiysiyosiy bitim, Buxoro Konstitutsiyasi, BSSR.
 
Ilmiybaza.uz 
 
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari 
qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan 
ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar 
hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi 
avtonomiya” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun 
Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, 
P.A. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918-yil 20-
aprel — 1-may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V syezdi bo‘lib 
o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 
251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. Syezd kun tartibidagi 
asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya 
yaratish bo‘ldi. 
Sovetlarning V o‘lka syezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq 
namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy 
shiorlari hayotga qat’iy tatbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga 
javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda 
quyidagi so‘zlar bor edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz 
avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun 
o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada 
bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”. 
Syezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918-yil 30-
aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” 
haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, 
uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, 
vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. 
Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga 
muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik 
chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet 
Respublikasi deb e’lon qilindi. “Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom 
ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy 
hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. Syezdda “markaziy hukumat 
Ilmiybaza.uz Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918-yil 20- aprel — 1-may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. Syezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi. Sovetlarning V o‘lka syezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy shiorlari hayotga qat’iy tatbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda quyidagi so‘zlar bor edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”. Syezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918-yil 30- aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi. “Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. Syezdda “markaziy hukumat
 
Ilmiybaza.uz 
bilan o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil 
etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi. 
Syezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi — Markaziy 
Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi 
bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar syezdlari 
oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik 
organi bo‘ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda 
komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston 
XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat 
vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar 
Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jayev sog‘liqni saqlash xalq komissari 
sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar. 
1918-yil 17-25-iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston 
bolsheviklarining 
o‘lka 
konferensiyasi 
Turkiston 
kommunist-bolsheviklar 
partiyasining I syezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu 
syezdda ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi 
Turkiston Kompartiyasiga asos soldilar. Syezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet 
saylanib, uning tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jayev ham 
kiritildi. “Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi 
sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya KP (b)ga 
bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har qanday topshiriqlarni 
so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy 
qaramligi mustahkam asoslarda shakllandi. 
Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqulodda syezdi 1918-yil 
5-14-oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan bo‘lsada, unda Turkiston 
MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan Turkiston avtnom Respublikasining 
konstitutsiyasi muhokama etildi va tasdiqlandi. Yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
tuzumni 
mustahkamlash 
maqsadida 
qabul 
qilingan 
ushbu 
konstitutsiya 
Turkistondagi quyidagi Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: 
tashqi ishlar, harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, 
pochta va telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, millatlar 
ishlari, xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi. 
Ilmiybaza.uz bilan o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi. Syezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi — Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar syezdlari oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jayev sog‘liqni saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar. 1918-yil 17-25-iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston bolsheviklarining o‘lka konferensiyasi Turkiston kommunist-bolsheviklar partiyasining I syezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu syezdda ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston Kompartiyasiga asos soldilar. Syezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib, uning tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jayev ham kiritildi. “Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asoslarda shakllandi. Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqulodda syezdi 1918-yil 5-14-oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan bo‘lsada, unda Turkiston MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan Turkiston avtnom Respublikasining konstitutsiyasi muhokama etildi va tasdiqlandi. Yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan ushbu konstitutsiya Turkistondagi quyidagi Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: tashqi ishlar, harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, pochta va telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, millatlar ishlari, xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi.
 
Ilmiybaza.uz 
Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning sovetlari 
Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, Turkiston avtonom 
Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, 
Samarqand viloyatlari mavjud bo‘lgan. Syezdlar orasida viloyat (oblast)ijroya 
komiteti davlat hokimiyat organi bo‘lib hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy 
komitetlar (revkom) ham tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, 
kengashlarni tarqatib yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari 
va ijroiya komitetlari qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy 
ta’minot, xalq maorifi, moliya, pochta va telegraf, yer-suv, oziq-ovqat, davlat 
nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal sovet kabi bo‘limlar ochilgan. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uyezdlarga, volost, shahar, qishloq va 
ovullarga bo‘lingan. Uyezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijroiya komitetlari va 
bo‘limlariga bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega 
bo‘lmagan. Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada 
sovetcha asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu 
jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining markaziy 
federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan rasmiylashtirilishi bo‘ldi. 
Zero, Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-sining 7-bob, 30-§ ilovasida 
yozilishicha, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, 
bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat 
ixtiyorida qoldirilgan edi. 
Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi o‘lkaning 
davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech bo‘lmaganda umumiy 
tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy tillarda e’lon qilinmagan edi. Ushbu 
hujjatda sovetlarga xos “o‘z taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy 
aholining mustamlaka holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib 
topgan tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy tomonli sharoitida ular har 
qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-hududiy birlik 
aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirilishi huquqidan foydalanish 
imkoniyatiga ega emas edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada 
mustahkamlab qo‘yilgan “sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy 
birlik edi. 
Ilmiybaza.uz Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning sovetlari Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, Turkiston avtonom Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand viloyatlari mavjud bo‘lgan. Syezdlar orasida viloyat (oblast)ijroya komiteti davlat hokimiyat organi bo‘lib hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy komitetlar (revkom) ham tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, kengashlarni tarqatib yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari va ijroiya komitetlari qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy ta’minot, xalq maorifi, moliya, pochta va telegraf, yer-suv, oziq-ovqat, davlat nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal sovet kabi bo‘limlar ochilgan. Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uyezdlarga, volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uyezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijroiya komitetlari va bo‘limlariga bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega bo‘lmagan. Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada sovetcha asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining markaziy federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan rasmiylashtirilishi bo‘ldi. Zero, Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-sining 7-bob, 30-§ ilovasida yozilishicha, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat ixtiyorida qoldirilgan edi. Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi o‘lkaning davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech bo‘lmaganda umumiy tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy tillarda e’lon qilinmagan edi. Ushbu hujjatda sovetlarga xos “o‘z taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy aholining mustamlaka holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib topgan tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy tomonli sharoitida ular har qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-hududiy birlik aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirilishi huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan “sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy birlik edi.
 
Ilmiybaza.uz 
1919-yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining Favqulodda VII 
syezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918-yil 10-avgustda (V o‘lka syezdida) Milliy ishlar 
xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra, 
Milliy ishlar xalq komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot va madaniy oqartuv 
bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo Turkiston hukumati a’zolaridan Kazakov, 
Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy ishlar seksiyasini tarqatib 
yuborishni so‘rab VII syezdga loyiha taqdim etdilar. Ular mazkur seksiyani 
“millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida baholadilar. 
Shunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni hisobga olgan 
RKP (b) MK 1919-yil 3-iyulda “Hokimiyatga mutanosib vakillik to‘g‘risida” degan 
qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu qarorda Turkiston mahalliy aholisining 
partiyaga mansubligi shart qilib qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat 
qurilishi ishlariga keng jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol-
mulkini majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish vazifasi 
ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni yashirishga harakat 
qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo 
ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik biror-bir amaliy ish qilinmadi. 
Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta byurokratik 
apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, 
bolsheviklarning kadrlar masalasidagi siyosati nafaqat milliy sohada, balki 
uquvsizligi bilan ham ajralib turadi. Misol uchun:davlatning mas’ul lavozimlarida 
mutlaqo savodsiz odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar 
manfaatini himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat 
– Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo – Turkiston KP kabi 
o‘lka boshqaruvida Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar mahalliy aholi 
ixtiyorida bo‘lmagan. 
1919-yilning 8-oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning 
Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish to‘g‘risidagi qarorini 
imzoladi. Bu komissiya tarkibiga Sh.Z.Eliava – rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, 
Ya.Rudzutak, F.I.Golosheykin, T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya juda katta 
vakolatlarga ega bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, 
Turkiston hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish 
Ilmiybaza.uz 1919-yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining Favqulodda VII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918-yil 10-avgustda (V o‘lka syezdida) Milliy ishlar xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra, Milliy ishlar xalq komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot va madaniy oqartuv bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo Turkiston hukumati a’zolaridan Kazakov, Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy ishlar seksiyasini tarqatib yuborishni so‘rab VII syezdga loyiha taqdim etdilar. Ular mazkur seksiyani “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida baholadilar. Shunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni hisobga olgan RKP (b) MK 1919-yil 3-iyulda “Hokimiyatga mutanosib vakillik to‘g‘risida” degan qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu qarorda Turkiston mahalliy aholisining partiyaga mansubligi shart qilib qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat qurilishi ishlariga keng jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol- mulkini majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish vazifasi ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni yashirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik biror-bir amaliy ish qilinmadi. Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta byurokratik apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, bolsheviklarning kadrlar masalasidagi siyosati nafaqat milliy sohada, balki uquvsizligi bilan ham ajralib turadi. Misol uchun:davlatning mas’ul lavozimlarida mutlaqo savodsiz odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar manfaatini himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat – Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo – Turkiston KP kabi o‘lka boshqaruvida Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar mahalliy aholi ixtiyorida bo‘lmagan. 1919-yilning 8-oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu komissiya tarkibiga Sh.Z.Eliava – rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, Ya.Rudzutak, F.I.Golosheykin, T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, Turkiston hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish
 
Ilmiybaza.uz 
huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va rahbarligini 
amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib yuborish, favqulodda 
syezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda partiya MK qarorlarini qat’iy 
bajarishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu 
komissiyaning asosiy maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, 
balki Turkistonda sovet hokimiyatining mavqeini mustahkamlash, imperiyaviy 
markaz bilan lenincha rahbariyatning go‘yo “strategik to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi 
hokimiyatning maqsad va mohiyatlarini “buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar 
faoliyatini nazorat qilish hamda ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat 
edi. 
Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo‘jalik va 
partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy 
ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni 
to‘laligicha o‘z qo‘lida to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi 
“davlat ichidagi davlat” vazifasini bajardi. 
Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq etgan dekret va 
qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida tutib turish uchun xizmat 
qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 1920-yil 10-apreldagi “Turkiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risidagi” qarorida, 1921-yil 11-apreldagi “Turkiston 
Sovet Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) MK 
1920-yil 19-iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi” Nizomda, 
umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar, 
murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari 
belgilash, ajralib chiqib mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga 
yarim huquq va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika 
shaklida saqlash siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Turkiston o‘lkasi 
mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi. 
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati 
hamda 
markazlashtirish 
harakatlari TSR 
boshqaruv organlarida 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. 
Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqa 
boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 
Ilmiybaza.uz huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va rahbarligini amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib yuborish, favqulodda syezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu komissiyaning asosiy maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, balki Turkistonda sovet hokimiyatining mavqeini mustahkamlash, imperiyaviy markaz bilan lenincha rahbariyatning go‘yo “strategik to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi hokimiyatning maqsad va mohiyatlarini “buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar faoliyatini nazorat qilish hamda ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat edi. Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo‘jalik va partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni to‘laligicha o‘z qo‘lida to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi “davlat ichidagi davlat” vazifasini bajardi. Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq etgan dekret va qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida tutib turish uchun xizmat qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 1920-yil 10-apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risidagi” qarorida, 1921-yil 11-apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) MK 1920-yil 19-iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi” Nizomda, umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar, murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash, ajralib chiqib mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga yarim huquq va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika shaklida saqlash siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Turkiston o‘lkasi mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi. Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida
 
Ilmiybaza.uz 
1919-yil martda tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) Muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, Qayg‘usiz Otaboyev, Yusuf Aliyev, Abdulla 
Rahimboyev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi 
ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida 
birlashgan edilar. 
1920-yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka 
komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik 
partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining 
kommunistik partiyasi” deb rasmiy nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar 
ommasining partiyasi bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti 
huquqlaridan foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi 
kerak edi. Shuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston Sovet 
Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turkiston respublikasi deb atash taklif 
qilinganda bu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
Taklif etilgan Turk respublikasiga TSR dan tashqari qo‘shni milliy 
respublikalarda (hoz. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari) yashovchi 
turkiy xalqlar kirishi kerak edi. T.Risqulov o‘z ma’ruzasida Turkiston respublikasi 
Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish 
hamda qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkistondan olib 
chiqib ketish masalasini ham ko‘targan edi. T.Risqulovning ushbu g‘oyalari 
TKPning V o‘lka konferensiyasi (1920-yil yanvar)da ham ma’qullandi. 
Musbyuroning III konferensiyasi “Turkiston muxtoriyati va Konstitutsiyasi haqidagi 
rezolyutsiya” qabul qildi.  
XX asr boshlarida ham Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasi 
hisoblangan Xiva xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, boshqaruv tizimi 
ruslar bosqiniga qadar shakllangan holatda qolgan edi. Mamlakatda xon boshliq 
feodal amaldorlar, dindor ruhoniylar mamlakat boshqaruvida cheklanmagan 
huquqqa ega bo‘lib, iqtisodiy hayotda esa yerga egalik munosabatlari ham avvalgi 
holatdagidek saqlanib qolgan edi. Imperiya hukmronligi ta’sirida ko‘pgina yuqori 
mansablar (inoq, otaliq, biy) oldingidek iqtisodiy asosini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin 
yuqori unvon sifatida mamlakat siyosiy hayotida katta ta’sirga ega edi. 
Ilmiybaza.uz 1919-yil martda tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) Muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, Qayg‘usiz Otaboyev, Yusuf Aliyev, Abdulla Rahimboyev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar. 1920-yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi” deb rasmiy nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar ommasining partiyasi bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti huquqlaridan foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi kerak edi. Shuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turkiston respublikasi deb atash taklif qilinganda bu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Taklif etilgan Turk respublikasiga TSR dan tashqari qo‘shni milliy respublikalarda (hoz. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari) yashovchi turkiy xalqlar kirishi kerak edi. T.Risqulov o‘z ma’ruzasida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish hamda qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkistondan olib chiqib ketish masalasini ham ko‘targan edi. T.Risqulovning ushbu g‘oyalari TKPning V o‘lka konferensiyasi (1920-yil yanvar)da ham ma’qullandi. Musbyuroning III konferensiyasi “Turkiston muxtoriyati va Konstitutsiyasi haqidagi rezolyutsiya” qabul qildi. XX asr boshlarida ham Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasi hisoblangan Xiva xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, boshqaruv tizimi ruslar bosqiniga qadar shakllangan holatda qolgan edi. Mamlakatda xon boshliq feodal amaldorlar, dindor ruhoniylar mamlakat boshqaruvida cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, iqtisodiy hayotda esa yerga egalik munosabatlari ham avvalgi holatdagidek saqlanib qolgan edi. Imperiya hukmronligi ta’sirida ko‘pgina yuqori mansablar (inoq, otaliq, biy) oldingidek iqtisodiy asosini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin yuqori unvon sifatida mamlakat siyosiy hayotida katta ta’sirga ega edi.
 
Ilmiybaza.uz 
Xiva xonligidagi asosiy shaharlarga Xiva, Urganch, Toshhovuz, Hazorasp, 
Pitnak va boshqalar kirgan. Xonlik hududi Rossiya bosqinidan keyin 62.236 kv.km 
bo‘lib, u 20 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat edi. Aholi aniq ro‘yxatga olinmagan 
bo‘lib, bu davrga oid manbalarda, u 600 mingdan 900 mingga qadar ko‘rsatiladi. 
Ularning 60 foizdan ko‘prog‘ini o‘zbeklar, 28 foizini turkmanlar, qolganlarini 
qozoq, qoraqalpoq, fors (eroniy), arab, rus va boshqa millat vakillari tashkil etgan. 
Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda ancha orqada qolgan Xiva xonligida 
sanoat ishlab chiqarishi yo‘q darajada bo‘lib, bu yerda o‘ndan ortiq paxta, yog‘ 
zavodlarigina bor edi. Aholining asosiy qismi dehqonchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik, kosibchilik va boshqalar bilan shug‘ullangan. Xalq ommasining 
turmush sharoiti ancha og‘ir bo‘lib, ular hosildor yerlar, sug‘orish manbalarini o‘z 
qo‘lida to‘plab olgan amaldorlar va ruhoniylarga ko‘plab soliqlar to‘lab turganlar. 
O‘sha davr manbalarida qayd qilinishicha, Xiva xonligida 20 dan ortiq soliq 
to‘lovlari va majburiyatlar bo‘lgan. Ayniqsa, Birinchi jahon urushi  yillarida soliq va 
to‘lovlarning miqdori hamda turi yanada oshgan. 
XX asr birinchi choragida butun Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi kabi Xiva 
xonligida ham xalq harakatining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati, jadidchilik 
g‘oyalari tashkil etdi. Turkiston va Buxorodan farqli o‘laroq, Xiva xonligidagi 
jadidchilik harakatining shakllanishida, harakatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan 
maktab, maorif ishining taraqqiyotida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz), 
qozikalon Salimoxun va uning o‘g‘li Bobooxun, vazir Islomxo‘ja, mirzaboshi va 
devonbegi lavozimida ishlagan Pahlavonniyoz Komil Xorazmiy, Xonqa hokimi 
Muhammad va boshqalar katta rol o‘ynadilar. Ular o‘z hisoblaridan bir qancha 
maktablar ochishdi. Bobo Oxun Salimov do‘sti Bekjon Rahmonov bilan bu 
maktablar uchun darslik kitoblarini ham yozishgan. Xonlikda jadidchilik 
harakatining shakllanishida Munis, Ogahiylar asos solgan va keyinchalik Bayoniy 
boshchiligida davom ettirilgan tarixchilik va tarjimonlik maktabining mavjudligi, 
tarix va o‘tmishga e’tiborning kuchliligi ham katta rol o‘ynagan. Shuningdek, 
Turkiston va Buxorodagi kabi Xiva xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida 
tashqi omil, ya’ni Rossiyadan kelgan ilg‘or fikrli ziyolilar, inqilobiy ruhdagi surgun 
qilingan yoshlar va Rossiyadagi o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 
Jadidchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matbuot Xiva xonligi hududida 
Ilmiybaza.uz Xiva xonligidagi asosiy shaharlarga Xiva, Urganch, Toshhovuz, Hazorasp, Pitnak va boshqalar kirgan. Xonlik hududi Rossiya bosqinidan keyin 62.236 kv.km bo‘lib, u 20 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat edi. Aholi aniq ro‘yxatga olinmagan bo‘lib, bu davrga oid manbalarda, u 600 mingdan 900 mingga qadar ko‘rsatiladi. Ularning 60 foizdan ko‘prog‘ini o‘zbeklar, 28 foizini turkmanlar, qolganlarini qozoq, qoraqalpoq, fors (eroniy), arab, rus va boshqa millat vakillari tashkil etgan. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda ancha orqada qolgan Xiva xonligida sanoat ishlab chiqarishi yo‘q darajada bo‘lib, bu yerda o‘ndan ortiq paxta, yog‘ zavodlarigina bor edi. Aholining asosiy qismi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kosibchilik va boshqalar bilan shug‘ullangan. Xalq ommasining turmush sharoiti ancha og‘ir bo‘lib, ular hosildor yerlar, sug‘orish manbalarini o‘z qo‘lida to‘plab olgan amaldorlar va ruhoniylarga ko‘plab soliqlar to‘lab turganlar. O‘sha davr manbalarida qayd qilinishicha, Xiva xonligida 20 dan ortiq soliq to‘lovlari va majburiyatlar bo‘lgan. Ayniqsa, Birinchi jahon urushi yillarida soliq va to‘lovlarning miqdori hamda turi yanada oshgan. XX asr birinchi choragida butun Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi kabi Xiva xonligida ham xalq harakatining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati, jadidchilik g‘oyalari tashkil etdi. Turkiston va Buxorodan farqli o‘laroq, Xiva xonligidagi jadidchilik harakatining shakllanishida, harakatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan maktab, maorif ishining taraqqiyotida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz), qozikalon Salimoxun va uning o‘g‘li Bobooxun, vazir Islomxo‘ja, mirzaboshi va devonbegi lavozimida ishlagan Pahlavonniyoz Komil Xorazmiy, Xonqa hokimi Muhammad va boshqalar katta rol o‘ynadilar. Ular o‘z hisoblaridan bir qancha maktablar ochishdi. Bobo Oxun Salimov do‘sti Bekjon Rahmonov bilan bu maktablar uchun darslik kitoblarini ham yozishgan. Xonlikda jadidchilik harakatining shakllanishida Munis, Ogahiylar asos solgan va keyinchalik Bayoniy boshchiligida davom ettirilgan tarixchilik va tarjimonlik maktabining mavjudligi, tarix va o‘tmishga e’tiborning kuchliligi ham katta rol o‘ynagan. Shuningdek, Turkiston va Buxorodagi kabi Xiva xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida tashqi omil, ya’ni Rossiyadan kelgan ilg‘or fikrli ziyolilar, inqilobiy ruhdagi surgun qilingan yoshlar va Rossiyadagi o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Jadidchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matbuot Xiva xonligi hududida
 
Ilmiybaza.uz 
mavjud bo‘lmasa ham xonlikdagi ilg‘or ziyolilar Turkiya, Eron, Rossiya, 
shuningdek, Toshkent Samarqand va Buxoroda chiqadigan jadid gazetalari va 
jurnallari bilan tanishib borganlar. 
Xorazmdagi jadidchilik harakatidan 1914-yil avgust oyida Yosh xivaliklar 
tashkiloti tuzildi, unga rais qilib Polvonniyoz Hoji Yusupov (1861-1936) saylangan. 
Yosh xivaliklar harakatida bu davrda qozikalon Bobo Oxun Salimov (1874-
1929)ning ham o‘rni bo‘lakcha edi. Yosh xivaliklar dasturining asosini mavjud 
tuzum doirasida islohotlar o‘tkazish, maktab-maorif ishini yaxshilash, xon 
hokimiyatini cheklash kabi masalalar tashkil qilar edi. 
Iqtisodiy qiyin sharoitda yashayotgan xonlik aholisining ahvoli boshlanib 
ketgan birinchi jahon urushi bois yanada og‘irlashdi. Xonlik istibdodiga qarshi 1915-
1916-yillarda turkmanlar Junayidxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 
Turkman, o‘zbek, qozoq aholisining mavjud tuzumga qarshi kurashini Yosh 
xivaliklar partiyasi rahbarlari faol qo‘llab-quvvatlashdi. 
1917-yil fevral inqilobi paytida Xiva xoni Asfandiyorxon Yaltada dam 
olayotgan edi. Shuning uchun ham u Rossiya imperatorining taxtdan voz kechganini 
eshitgan zahoti xonlikka shoshildi. Asfandiyorxonni kutib olishga chiqqan davlat 
arboblari orasida Husaynbek Matmurodov, Polvonniyoz Hoji Yusupovlar ham bor 
edilar. Xiva garnizonidagi soldatlar ham xuddi Rossiyadagi kabi o‘z sovetlarini 
tashkil qilishgan edilar. Ana shu sovetlarning faollaridan Latipov, Tinishev va 
boshqalarning tashviqotlari bilan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 
4-aprelda soldatlarning Muvaqqat hukumatga qasamyod qilishi uchun to‘plangan 
tantanaga kishilarni yig‘ib borib, soldatlardan Xiva xonini ag‘darib tashlashni 
so‘rashdi. Garnizon boshlig‘i xonni taxtdan olib tashlamaslik talabi bilan Yosh 
xivaliklarga yordam berishga ruxsat berdi. 5-aprel kuni Asfandiyorxon rus soldatlari 
himoyasida saroyga kelib, xalq nomidan qo‘yiladigan talab (manifest)ni imzolashga 
majbur bo‘ldi. Manifestga, asosan, xon hokimiyati qoshida qonun chiqaruvchi organ 
– Majlis va Nozirlar kengashi tashkil etildi. Majlisning birinchi yig‘ini 1917-yil 26-
aprelda bo‘lib o‘tdi. Unda Majlis raisi etib, Bobo Oxun Salimov, nozirlar 
kengashining raisi etib Husaynbek Matmurodov saylandilar. Bu tashkil qilingan 
davlat organlari tarkibida Yosh xivaliklarning a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilar edi. 
Lekin keyinchalik Asfandiyorxon Xiva garnizoni boshlig‘i general Mirbadalov va 
Ilmiybaza.uz mavjud bo‘lmasa ham xonlikdagi ilg‘or ziyolilar Turkiya, Eron, Rossiya, shuningdek, Toshkent Samarqand va Buxoroda chiqadigan jadid gazetalari va jurnallari bilan tanishib borganlar. Xorazmdagi jadidchilik harakatidan 1914-yil avgust oyida Yosh xivaliklar tashkiloti tuzildi, unga rais qilib Polvonniyoz Hoji Yusupov (1861-1936) saylangan. Yosh xivaliklar harakatida bu davrda qozikalon Bobo Oxun Salimov (1874- 1929)ning ham o‘rni bo‘lakcha edi. Yosh xivaliklar dasturining asosini mavjud tuzum doirasida islohotlar o‘tkazish, maktab-maorif ishini yaxshilash, xon hokimiyatini cheklash kabi masalalar tashkil qilar edi. Iqtisodiy qiyin sharoitda yashayotgan xonlik aholisining ahvoli boshlanib ketgan birinchi jahon urushi bois yanada og‘irlashdi. Xonlik istibdodiga qarshi 1915- 1916-yillarda turkmanlar Junayidxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Turkman, o‘zbek, qozoq aholisining mavjud tuzumga qarshi kurashini Yosh xivaliklar partiyasi rahbarlari faol qo‘llab-quvvatlashdi. 1917-yil fevral inqilobi paytida Xiva xoni Asfandiyorxon Yaltada dam olayotgan edi. Shuning uchun ham u Rossiya imperatorining taxtdan voz kechganini eshitgan zahoti xonlikka shoshildi. Asfandiyorxonni kutib olishga chiqqan davlat arboblari orasida Husaynbek Matmurodov, Polvonniyoz Hoji Yusupovlar ham bor edilar. Xiva garnizonidagi soldatlar ham xuddi Rossiyadagi kabi o‘z sovetlarini tashkil qilishgan edilar. Ana shu sovetlarning faollaridan Latipov, Tinishev va boshqalarning tashviqotlari bilan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 4-aprelda soldatlarning Muvaqqat hukumatga qasamyod qilishi uchun to‘plangan tantanaga kishilarni yig‘ib borib, soldatlardan Xiva xonini ag‘darib tashlashni so‘rashdi. Garnizon boshlig‘i xonni taxtdan olib tashlamaslik talabi bilan Yosh xivaliklarga yordam berishga ruxsat berdi. 5-aprel kuni Asfandiyorxon rus soldatlari himoyasida saroyga kelib, xalq nomidan qo‘yiladigan talab (manifest)ni imzolashga majbur bo‘ldi. Manifestga, asosan, xon hokimiyati qoshida qonun chiqaruvchi organ – Majlis va Nozirlar kengashi tashkil etildi. Majlisning birinchi yig‘ini 1917-yil 26- aprelda bo‘lib o‘tdi. Unda Majlis raisi etib, Bobo Oxun Salimov, nozirlar kengashining raisi etib Husaynbek Matmurodov saylandilar. Bu tashkil qilingan davlat organlari tarkibida Yosh xivaliklarning a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Lekin keyinchalik Asfandiyorxon Xiva garnizoni boshlig‘i general Mirbadalov va
 
Ilmiybaza.uz 
Zaytsevlarning yordami bilan Majlisdan Yosh xivaliklarning a’zolarini siqib 
chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Turli bahonalar bilan Husaynbek Matmurodov va bir 
qancha Yosh xivaliklarni zindonga tashladi. Polvonniyoz Hoji Yusupov, Nazir 
Sholikorov, Bobo Oxun Salimov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Bobojon Yaqubov va 
boshqalar xonning ta’qibidan qutulish uchun To‘rtko‘l, Chorjo‘y, Toshkent kabi 
shaharlarga qochib ketishdi. Bu paytda To‘rtko‘l va Toshkentda sovet hokimiyati 
o‘rnatilgan edi. Sovet hukumati orqali Yosh xivaliklarning Asfandiyorxon, Zaytsev, 
Junayidxonlarga o‘z hamfikrlarini zindondan ozod qilishni talab qilib, yuborgan bir 
qancha telegrammalari hech qanday natija bergani yo‘q. Aksincha, oktyabr 
to‘ntarishidan keyin Xiva shahridan rus askarlari olib chiqib ketildi va 
Asfandiyorxon o‘zining harbiy tayanchidan mahrum bo‘ldi. Bu 1916-yil 
qo‘zg‘olonidan keyin Eronga qochib ketgan Junayidxonning Xiva xonligiga qaytib 
kelishi va bu yerda katta mavqega ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Chunki mingdan ortiq 
qurollangan sarbozlarga ega bo‘lgan Junayidxon bilan murosa qilmasdan 
Asfandiyorxon va uning atrofidagi a’yonlar bundan keyin hokimiyatni saqlab 
qolishga tayanchlari yo‘q edi. Shuning uchun ham Asfandiyorxon Junayidxonni 
“sardori karim”, ya’ni xonning lashkarboshisi qilib tayinladi. Shu bilan o‘zi 
Junayidxon qo‘lidagi qo‘g‘irchoq xonga aylanib qoldi. Xonlikdagi hokimiyat esa 
to‘la ravishda Junayidxon qo‘liga o‘tdi. Toshkentga yetib kelgan Polvonniyoz Hoji 
Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 1918-yil bahorida sovet hokimiyatining faollaridan 
biri bo‘lgan Yusuf Ibragimovning maslahati bilan o‘zlari to‘rt kishi bo‘lishiga 
qaramasdan Yosh xivaliklar partiyasining Markaziy Qo‘mitasini tashkil qildilar. 
1918-yil oktyabr oylariga kelganda, Yosh xivaliklar ta’siri bilan Junayidxon 
va Asfandiyorxon o‘rtasiga nizo solindi va buning natijasi o‘laroq Junayidxonning 
o‘g‘li Eshshi tomonidan Asfandiyorxon qatl qilindi. Uning o‘rniga akasi Sayid 
Abdullaxon xon deb e’lon qilindi. Junayidxon Xiva xonligi hududida 
bolsheviklardan mustaqil bo‘lgan davlatni saqlab qolishga harakat qildi. 1918-yil 
noyabr oyida Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlarda tashkil qilingan sovet 
hukumatiga qarshi Junayidxon bir necha marotaba muvaffaqiyatsiz urush olib bordi. 
1919-yil aprel oyida sovet hukumati bilan Junayidxon o‘rtasida Taxta shartnomasi 
tuzildi. Unga sovet hukumati tomonidan Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan 
Junayidxon imzo chekdilar. Bu vaqtinchalik kelishuv bo‘lib, unga ikkala tomon ham 
Ilmiybaza.uz Zaytsevlarning yordami bilan Majlisdan Yosh xivaliklarning a’zolarini siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Turli bahonalar bilan Husaynbek Matmurodov va bir qancha Yosh xivaliklarni zindonga tashladi. Polvonniyoz Hoji Yusupov, Nazir Sholikorov, Bobo Oxun Salimov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Bobojon Yaqubov va boshqalar xonning ta’qibidan qutulish uchun To‘rtko‘l, Chorjo‘y, Toshkent kabi shaharlarga qochib ketishdi. Bu paytda To‘rtko‘l va Toshkentda sovet hokimiyati o‘rnatilgan edi. Sovet hukumati orqali Yosh xivaliklarning Asfandiyorxon, Zaytsev, Junayidxonlarga o‘z hamfikrlarini zindondan ozod qilishni talab qilib, yuborgan bir qancha telegrammalari hech qanday natija bergani yo‘q. Aksincha, oktyabr to‘ntarishidan keyin Xiva shahridan rus askarlari olib chiqib ketildi va Asfandiyorxon o‘zining harbiy tayanchidan mahrum bo‘ldi. Bu 1916-yil qo‘zg‘olonidan keyin Eronga qochib ketgan Junayidxonning Xiva xonligiga qaytib kelishi va bu yerda katta mavqega ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Chunki mingdan ortiq qurollangan sarbozlarga ega bo‘lgan Junayidxon bilan murosa qilmasdan Asfandiyorxon va uning atrofidagi a’yonlar bundan keyin hokimiyatni saqlab qolishga tayanchlari yo‘q edi. Shuning uchun ham Asfandiyorxon Junayidxonni “sardori karim”, ya’ni xonning lashkarboshisi qilib tayinladi. Shu bilan o‘zi Junayidxon qo‘lidagi qo‘g‘irchoq xonga aylanib qoldi. Xonlikdagi hokimiyat esa to‘la ravishda Junayidxon qo‘liga o‘tdi. Toshkentga yetib kelgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 1918-yil bahorida sovet hokimiyatining faollaridan biri bo‘lgan Yusuf Ibragimovning maslahati bilan o‘zlari to‘rt kishi bo‘lishiga qaramasdan Yosh xivaliklar partiyasining Markaziy Qo‘mitasini tashkil qildilar. 1918-yil oktyabr oylariga kelganda, Yosh xivaliklar ta’siri bilan Junayidxon va Asfandiyorxon o‘rtasiga nizo solindi va buning natijasi o‘laroq Junayidxonning o‘g‘li Eshshi tomonidan Asfandiyorxon qatl qilindi. Uning o‘rniga akasi Sayid Abdullaxon xon deb e’lon qilindi. Junayidxon Xiva xonligi hududida bolsheviklardan mustaqil bo‘lgan davlatni saqlab qolishga harakat qildi. 1918-yil noyabr oyida Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlarda tashkil qilingan sovet hukumatiga qarshi Junayidxon bir necha marotaba muvaffaqiyatsiz urush olib bordi. 1919-yil aprel oyida sovet hukumati bilan Junayidxon o‘rtasida Taxta shartnomasi tuzildi. Unga sovet hukumati tomonidan Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan Junayidxon imzo chekdilar. Bu vaqtinchalik kelishuv bo‘lib, unga ikkala tomon ham
 
Ilmiybaza.uz 
amal qilmadi. Bu paytda To‘rtko‘lda mulla Jumaniyoz Sultonmurodov boshliq Yosh 
xivaliklar partiyasining qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, ularning soni Xiva xonligi 
hududidan qochib o‘tganlar hisobiga kundan-kunga ko‘payayotgan edi. Ularni sovet 
hukumati xivalik inqilobchilar deb, bolsheviklar partiyasi safiga qayd qilishgan. 
Mana shu Yosh xivaliklarning talablari va turkman urug‘lari orasida 
Qo‘shmamedxon, G‘ulomalixon kabi urug‘ sardorlarining Junayidxon bilan 
kelishmay qolganligi haqidagi xabarni hisobga olgan bolsheviklar Skalov 
rahbarligida 1919-yil 22 mustaqil davlat Xiva xonligi hududiga bostirib kirdilar. 
1920-yil 1-fevralda Junayidxon qo‘shinlarini tor-mor qilgan qizil armiya Xiva 
shahriga kirib bordi. 2-fevral kuni so‘nggi Xiva xoni Sayid Abdulloxon taxtdan voz 
kechdi. 
Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy qo‘mita 
tashkil etildi. 1920-yil 26-30-aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining birinchi 
qurultoyi bo‘lib o‘tib, unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi 
tashkil etilganligi e’lon qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov raisligida Xalq 
Nozirlar Sho‘roi tuzildi. Bu hukumat tarkibiga, asosan, Yosh xivaliklar partiyasining 
a’zolari kirgan bo‘lib, ular mamlakatda demokratik tuzumni o‘rnatish, mustaqil 
davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdilar. Ana shunday 
ishlarning bittasi sifatida Bobo Oxun Salimov raisligidagi delegatsiyaning uch oy 
davomida Moskva va Petrograd shaharlarida bo‘lib, 1920-yil 13-sentyabrda RSFSR 
bilan XXSR o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Bu 
hujjatga asosan XXSR mustaqil davlat hisoblanib, sovet Rossiyasi bilan o‘zaro teng 
va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olindi. Lekin XXSR 
hukumati rahbarlari olib borgan mustaqil siyosat sovet tuzumi va uning respublika 
hududidagi vakillariga yoqmadi. Chunki Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq 
hukumat xususiy mulk, vaqf yerlarini, diniy muassasalarni tarqatib yuborish o‘rniga 
ularni saqlab qolish va mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. XXSRning 
Konstitutsiyasida ham xususiy mulk e’tirof etilgan edi. Bu narsa o‘sha paytdagi 
sovet hukumatining Xorazmdagi vakillari Skalov, Ioffe, Dubyanskiy, Shokirov va 
boshqalarga yoqmadi. Dubyanskiy va Shokirovlar 1920-yil avgust oyida 
Qo‘shmamedxon va G‘ulomalixonlarni Xivaga chaqirib, ularni yigitlari bilan qatl 
qilishga va bu bilan mahalliy o‘troq aholi va turkman chorvadorlari o‘rtasida nizo 
Ilmiybaza.uz amal qilmadi. Bu paytda To‘rtko‘lda mulla Jumaniyoz Sultonmurodov boshliq Yosh xivaliklar partiyasining qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, ularning soni Xiva xonligi hududidan qochib o‘tganlar hisobiga kundan-kunga ko‘payayotgan edi. Ularni sovet hukumati xivalik inqilobchilar deb, bolsheviklar partiyasi safiga qayd qilishgan. Mana shu Yosh xivaliklarning talablari va turkman urug‘lari orasida Qo‘shmamedxon, G‘ulomalixon kabi urug‘ sardorlarining Junayidxon bilan kelishmay qolganligi haqidagi xabarni hisobga olgan bolsheviklar Skalov rahbarligida 1919-yil 22 mustaqil davlat Xiva xonligi hududiga bostirib kirdilar. 1920-yil 1-fevralda Junayidxon qo‘shinlarini tor-mor qilgan qizil armiya Xiva shahriga kirib bordi. 2-fevral kuni so‘nggi Xiva xoni Sayid Abdulloxon taxtdan voz kechdi. Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tashkil etildi. 1920-yil 26-30-aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tib, unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov raisligida Xalq Nozirlar Sho‘roi tuzildi. Bu hukumat tarkibiga, asosan, Yosh xivaliklar partiyasining a’zolari kirgan bo‘lib, ular mamlakatda demokratik tuzumni o‘rnatish, mustaqil davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdilar. Ana shunday ishlarning bittasi sifatida Bobo Oxun Salimov raisligidagi delegatsiyaning uch oy davomida Moskva va Petrograd shaharlarida bo‘lib, 1920-yil 13-sentyabrda RSFSR bilan XXSR o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Bu hujjatga asosan XXSR mustaqil davlat hisoblanib, sovet Rossiyasi bilan o‘zaro teng va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olindi. Lekin XXSR hukumati rahbarlari olib borgan mustaqil siyosat sovet tuzumi va uning respublika hududidagi vakillariga yoqmadi. Chunki Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat xususiy mulk, vaqf yerlarini, diniy muassasalarni tarqatib yuborish o‘rniga ularni saqlab qolish va mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. XXSRning Konstitutsiyasida ham xususiy mulk e’tirof etilgan edi. Bu narsa o‘sha paytdagi sovet hukumatining Xorazmdagi vakillari Skalov, Ioffe, Dubyanskiy, Shokirov va boshqalarga yoqmadi. Dubyanskiy va Shokirovlar 1920-yil avgust oyida Qo‘shmamedxon va G‘ulomalixonlarni Xivaga chaqirib, ularni yigitlari bilan qatl qilishga va bu bilan mahalliy o‘troq aholi va turkman chorvadorlari o‘rtasida nizo
 
Ilmiybaza.uz 
tug‘dirishga harakat qilishdi. G‘ulomalixon qochib qutilgan bo‘lsa ham, 
Qo‘shmamedxon va uning yigitlari qatl etildi. Biroq bu holatlarning hammasi Yosh 
xivaliklar hukumati zimmasiga yuklatildi. Natijada, 1921-yil 6-martda Xiva shahrida 
qizil askarlar tomonidan namoyish uyushtirilib, inqilobiy qo‘mita tuzildi va 
Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat a’zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz 
Hoji Yusupov va Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurishdi. 
XXSRda kommunistlar olib borgan siyosat mahalliy kadrlarni, ziyolilarni, 
mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni yo‘qotishga qaratilgan edi. Xorazm 
respublikasi mavjud bo‘lgan atigi 5 yilga yaqin muddat ichida respublika hukumati 
Xalq Nozirlar Sho‘rosi va Xorazm MIK raislari o‘n martadan o‘zgartirilganligi 
fikrimizning yaqqol isbotidir. 
1920-1921-yillarda agrar sohada dastlabki o‘zgarishlar amalga oshirilib, 
10000 desyatina yer dehqonlarga bo‘lib berildi. Bundan tashqari, ularga urug‘, 
dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 
5000 chorva mol sotildi. Eski sug‘orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga 
yangilari ham qurildi. Masalan, 1922-yil oxirigacha Xorazm dehqonlari 
Hazoraspdan Xo‘jayligacha bo‘lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922-yilda 
chorakor va kambag‘allarga yer bo‘lib berish uchun davlat yer fondi tuzishga hamda 
dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan sudalar berish uchun davlat 
dehqonlar bankini ta’sis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. so‘m mablag‘ 
ajratilgan. Xullas, 1921-1922-yillarda 400000 tanobdan ortiqroq yer kambag‘al 
dehqonlarga berildi. 
XX asrda iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda 
kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta’siri 
kuchliroq bo‘lganligi uchun sinfiy yondoshuv yaqqol nomoyon bo‘ldi. Soliqning 
og‘ir yuki savdogarlar, sudxo‘rlar va yirik yer egalari zimmasiga to‘g‘ri keldi. 
Qishloq xo‘jaligida yagona soliq tizimi (1922-yil dekabr) joriy qilindi. Soliq 
to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil 
qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, 
korxonalar, kullar va to‘qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, daryo 
kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko‘priklar qurildi. Paxta 
maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 1924-yilda 85000 tanobga, 
Ilmiybaza.uz tug‘dirishga harakat qilishdi. G‘ulomalixon qochib qutilgan bo‘lsa ham, Qo‘shmamedxon va uning yigitlari qatl etildi. Biroq bu holatlarning hammasi Yosh xivaliklar hukumati zimmasiga yuklatildi. Natijada, 1921-yil 6-martda Xiva shahrida qizil askarlar tomonidan namoyish uyushtirilib, inqilobiy qo‘mita tuzildi va Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat a’zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz Hoji Yusupov va Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurishdi. XXSRda kommunistlar olib borgan siyosat mahalliy kadrlarni, ziyolilarni, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni yo‘qotishga qaratilgan edi. Xorazm respublikasi mavjud bo‘lgan atigi 5 yilga yaqin muddat ichida respublika hukumati Xalq Nozirlar Sho‘rosi va Xorazm MIK raislari o‘n martadan o‘zgartirilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. 1920-1921-yillarda agrar sohada dastlabki o‘zgarishlar amalga oshirilib, 10000 desyatina yer dehqonlarga bo‘lib berildi. Bundan tashqari, ularga urug‘, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. Eski sug‘orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. Masalan, 1922-yil oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xo‘jayligacha bo‘lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922-yilda chorakor va kambag‘allarga yer bo‘lib berish uchun davlat yer fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan sudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini ta’sis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Xullas, 1921-1922-yillarda 400000 tanobdan ortiqroq yer kambag‘al dehqonlarga berildi. XX asrda iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta’siri kuchliroq bo‘lganligi uchun sinfiy yondoshuv yaqqol nomoyon bo‘ldi. Soliqning og‘ir yuki savdogarlar, sudxo‘rlar va yirik yer egalari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq xo‘jaligida yagona soliq tizimi (1922-yil dekabr) joriy qilindi. Soliq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxonalar, kullar va to‘qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko‘priklar qurildi. Paxta maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 1924-yilda 85000 tanobga,
 
Ilmiybaza.uz 
hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga ko‘tarildi. Umumiy ekin maydonlari 
1913-yildagi darajaning 62 %ni, hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga 
kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g‘isht zavodi, yog‘ zavodi, bosmaxona, 
elektrostansiya tiklandi. Qog‘oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori 
ustivor mavqeni egalladi. 
Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash ishlariga ham katta e’tibor 
qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina 
boshlandi. 1921-yil sentyabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika 
madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. 
Xorazm respublikasi tuzilgan davtlabki oylardan boshlab g‘oyaviy-siyosiy 
vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, demokratik kuchlar mahalliy 
sharoitni tushungan holda aholining urf-odatlari va qadriyatlarini e’zozlab ish olib 
bordilar. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning 
qo‘mondonlari, yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga 
salbiy ta’sir ko‘rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va 
qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga 
oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921-
yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordamchisiga aylandi. 
Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‘oyaviy-siyosiy kurash davom 
etdi. Respublikaning ko‘plab rahbarlari mustaqillik uchun, adolatsizlikka qarshi 
kurashni to‘xtatmadilar. 1923-yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullayev 
Moskvada RSFSR bilan bo‘layotgan muzokaralarda qat’iylik ko‘rsatgani uchun 
Xorazmga chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‘rsatmalari asosida 
1923-yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‘ntarish amalga oshirildi. 
1923-yil oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga 
aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya 
mamlakatni sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. 
Xulosa qilib aytganda, 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi 
demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni 
o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Bu holat 1924-yilning oxirigacha davom etdi. 
Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil 
topishi va undagi siyosiy o‘zgarishlar 
Ilmiybaza.uz hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga ko‘tarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 %ni, hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g‘isht zavodi, yog‘ zavodi, bosmaxona, elektrostansiya tiklandi. Qog‘oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori ustivor mavqeni egalladi. Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash ishlariga ham katta e’tibor qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-yil sentyabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Xorazm respublikasi tuzilgan davtlabki oylardan boshlab g‘oyaviy-siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, demokratik kuchlar mahalliy sharoitni tushungan holda aholining urf-odatlari va qadriyatlarini e’zozlab ish olib bordilar. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo‘mondonlari, yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921- yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordamchisiga aylandi. Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‘oyaviy-siyosiy kurash davom etdi. Respublikaning ko‘plab rahbarlari mustaqillik uchun, adolatsizlikka qarshi kurashni to‘xtatmadilar. 1923-yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullayev Moskvada RSFSR bilan bo‘layotgan muzokaralarda qat’iylik ko‘rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‘rsatmalari asosida 1923-yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‘ntarish amalga oshirildi. 1923-yil oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya mamlakatni sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Xulosa qilib aytganda, 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Bu holat 1924-yilning oxirigacha davom etdi. Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va undagi siyosiy o‘zgarishlar
 
Ilmiybaza.uz 
1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari Muhim o‘zgarishlar 
arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o‘sib chiqqan 
Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910-
yildayoq o‘zlarni alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud 
monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion 
monarxiyani o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori 
bo‘lishgan. 1917-yil 7-aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda islohotlar 
o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro 
shahrida namoyish uyushtirganlaridan so‘ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib 
etish boshlandi. 
Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda konservativ 
kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni 
lavozimidan bo‘shatdi, g‘azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo‘jani olomon 
qilib o‘ldirdilar. Nasrullobek qo‘shbegining buyrug‘i bilan Yosh buxorolik 
jadidlarning mashhur namoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 tayoq urib 
jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan 
yakunlandi. 
Oktyabr to‘ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi 
munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat 
rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga 
qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. 
Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya 
ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur 
tuzishga ehtiyoj tug‘ildi. Markaziy qo‘mita bu vazifani 1917-yil noyabrda Fitratga 
topshirdi. Fitrat tomonidan 1918-yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar 
partiyasining dasturi (programmasi) Markaziy qo‘mita tomonidan tasdiqlandi va 
islohot loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoro mamlakatida konstitutsiyaviy 
monarxiya o‘rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini 
ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga 
alohida e’tibor berildi. Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy 
harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o‘quv yurtlari ochish 
zarurligi aytildi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar Sho‘rosi tuzish 
Ilmiybaza.uz 1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari Muhim o‘zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910- yildayoq o‘zlarni alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion monarxiyani o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. 1917-yil 7-aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so‘ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi. Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo‘shatdi, g‘azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo‘jani olomon qilib o‘ldirdilar. Nasrullobek qo‘shbegining buyrug‘i bilan Yosh buxorolik jadidlarning mashhur namoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 tayoq urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug‘ildi. Markaziy qo‘mita bu vazifani 1917-yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918-yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar partiyasining dasturi (programmasi) Markaziy qo‘mita tomonidan tasdiqlandi va islohot loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoro mamlakatida konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida e’tibor berildi. Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o‘quv yurtlari ochish zarurligi aytildi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar Sho‘rosi tuzish
 
Ilmiybaza.uz 
taklif 
etildi. 
Keyinchalik 
Fayzulla 
Xo‘jayev 
Fitrat 
loyihasining 
ancha 
cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab 
qilinmaganligini ko‘rsatgan edi. 
Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan 
ag‘darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda Yosh buxorolik jadidlarni qo‘llab-
quvvatlashdi. 1918-yil mart oyida Turkiston o‘lkasi XKS raisi F. Kolesov 
qo‘mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum 
uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, Buxorodagi 
siyosiy tuzumni o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon 
mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi Yosh buxoroliklar 
partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitutsion monarxiya 
va demokratik tartibotlarni o‘rnatmoqchi bo‘lgan jadidlar-Yosh buxoroliklarni 
yo‘qotish yo‘lini tutdi. Fayzulla Xo‘jayevning ta’kidlashicha, Kolesov voqeasidan 
keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, 
faqat poytaxt Eski Buxoro emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako‘l, 
Chorjo‘y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar 
jadidlikda ayblanib, nohaq o‘ldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari 
Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lishdi. Yosh 
buxoroliklarning bir qismi 1918-yilning yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini 
tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev Moskvadagi muhojirlik davrida 1918-yil oktyabrda 
Turkiston respubli- kasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi 
qoshida Yosh buxoroliklar partiyasining bo‘limini tashkil qildi. 1920-yil yanvarda 
Toshkentda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi inqilobchi Yosh buxoroliklar 
partiyasining 
Turkiston 
Markaziy 
byurosi 
tuzildi. 
Bolsheviklar 
Yosh 
buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda foydalandilar. Ular ham taktik 
maqsadlarni ko‘zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920-yil 13-14-
iyunda bo‘lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‘jayev tuzgan dastur 
(programma)ni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi birlashingiz!” degan shior va 
kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yosh 
buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa Yosh buxoroliklarning 
amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon 
Ilmiybaza.uz taklif etildi. Keyinchalik Fayzulla Xo‘jayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini ko‘rsatgan edi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan ag‘darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda Yosh buxorolik jadidlarni qo‘llab- quvvatlashdi. 1918-yil mart oyida Turkiston o‘lkasi XKS raisi F. Kolesov qo‘mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi Yosh buxoroliklar partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni o‘rnatmoqchi bo‘lgan jadidlar-Yosh buxoroliklarni yo‘qotish yo‘lini tutdi. Fayzulla Xo‘jayevning ta’kidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt Eski Buxoro emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako‘l, Chorjo‘y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib, nohaq o‘ldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lishdi. Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918-yilning yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev Moskvadagi muhojirlik davrida 1918-yil oktyabrda Turkiston respubli- kasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida Yosh buxoroliklar partiyasining bo‘limini tashkil qildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi inqilobchi Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar Yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko‘zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920-yil 13-14- iyunda bo‘lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‘jayev tuzgan dastur (programma)ni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa Yosh buxoroliklarning amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon