“SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIYAGA OID
TADQIQOTLAR”
REJA:
Kirish..............................................................................................3-4-bet
I – bob. O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida tarixni o’rganish yuzasidan
erishilgan ayrim yutuqlar tahlili.
1.1
O‘rta Osiyoda arxeologiya fanining shakllanish jarayoniga
Rus
sharqshunosligining ta‘siri.............................................5-9-bet
1.2
Sovet davrida O’zbekistonda paleolit davriga tegishli tadqiqotlar
............................................10-16-bet
II – bob. Sovetlar davrida O’zbekistondan yetishib chiqan arxeologlar.
2.1
O’zbekistonda arxeologiya fanining shakillanishi.................17-23-bet
2.2
O’zbek arxeologiya olimlari Yahyo Gu‘lomov va Andrey Shishkin
tadqiqotlari ……………………...........24-27-bet
Xulosa.........................................................................................28-29-bet
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................30-bet
1
Kirish
1918 – yilda Moddiy madaniyat tarixi va Rossiya akademiyasi tuzildi . Unga
barcha arxeologik , san’at , madaniyat va memorchilik yodgorliklarini hisobga olib
ularni davlat himoyasiga olish vazifasi qo’yildi. Arxeologik tadqiqotlarni
kengaytirish maqsadida Ruslar O’rta Osiyo hududida 5 ta ekspeditsiya tashkil
etiladi. 1936 – yilda Masson boshchiligida Termiz arxeologik ekspeditsiyasi;1937 –
yilda Bernshtam boshchiligida yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi; 1937 – yilda
Tolstof rahbarligida Xorazm ekspedidsiyasi; 1937 –yilda Masson rahbarligida
Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasi; 1937 – yilda Shishkin rahbarligida quyi
Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi; O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar
anchagina rivojlandi.
Unda sobiq SSR fanlar akademiyasining O’rta Osiyo
respublikalaridagi filiallari, Lelingrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar, moddiy
madaniyat tarixi akademiyasi, sharq madaniyati muzeyi kabi tashkilotlar
O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlarni olib bora boshladi. 1939 – yildan
boshlab fanlar akademiyasi tashkil topgan .Uchinchi bosqich 1945 – yildan keyingi
davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda yuqoridagi ekspeditsiyalar tarkibiga
o’zgartirish kiritildi. Yettisuv eksoeditsiyasina - 1944 – 1949 – yillarda Tyanshan
Oliy ekspeditsiyasi, 1951 – 1955 – yillarda esa Qirg’iziston arxeologik etnografik
ekspeditsiyasi davom ettiradi . 1946 – 1952 – yillarda Farg’ona arxeologiyasini
Bernshtant rahbarligida Pomir oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalarini o’rgandi
1970 – yilda Farg’ona ekspeditsiysi tashkiletildi. O’zbekistonda arxeologiya fani
eng yosh ilmiy sohalardan biridir . Shuni qayd etish lozimki, o’lkani tadqiq etishga
oid birinchi qadamlar XIX asrning oxiridan boshlab qo’yilgan edi.
o’zbek arxeologlarining, balki O’rta Osiyo
qadimshunoslarining fan olamida Yo`qorida darajasiga ko’tarilgan YA.G’.
G’ulomov ning tinimsiz sa`y - harakatlari tufayli o’tgan asrimizning 60 yillarida
birin-ketin o’zbek arxeologlaridan fan nomzodlari chiqa boshladi. Natijada, 1970
2
yilning 1 oktyabriga kelib, katta tashkilotchi o’z xalqining fidoyisi, O’zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining sobiq vitse prezidenti I.M. Mo’minov
homiyligida O’zR FA si tarkibida asosiy o’zagini o’zbek olimlari tashkil qilgan
arxeologiya instituti tashkil etildi. Ana shu ilmiy tekshirish instituti bazasida 10 dan
ortiq fan doktorlari va 50 dai ortiq fan nomzodlari tayyorlanib, ular tomonidan
ibtidoiy jamoa tuzumini barcha jabhalarini yorituvchi o’nlab yirik monografiyalar
va yuzlab muhim muammolar echimiga oid ilmiy maqolalar yuzaga keldi Bunday
ilmiy izlanishlarni yakuni ajdodlarimizni ibtidoiy jamoa tuzumini barcha qirralarini
yoritish uchun poydevor yaratgan bo’lsa, 1991 yilning 1 sentyabrida jonajon
O`zbekistonimizning mustaqillikka yerishuvi barcha fanlar qatori, arxeologiya fani
va uni mutaxassis olimlari uchun ulkan maqsadlarni amalga oshirishlariga juda
katta imkoniyatlarni yaratib byerdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich
Karimov aytganlaridek: «Mustaqillik yillari o’z o’tmishimizni, o’z
madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi
vazifamizni anglab olish davridir... Bu davr ma`naviy uyg’onish va milliy o’zligini
anglashning o’sish davridir» (I.A.Karimov. 1995.)
Shunday ekan, shu kunning talabi mustaqil
O’zbekistonimizdagi xar bir oriyati, vijdoni pok insonning kim bo’lishidan, qaysi
kasbga mansub bo’lishidan qat`iy nazar, imkon qadar mustakilligimizni
mustahkamlash yo’lida fidoiylik qilmog’i lozim. Bu borada tarixchi va arxeolog
olimlarimizning ma`suliyati yanada kuchliroq bo’lishi kerak deb o’ylaymiz. Chunki
tariximizni bor bo’yi - basti bilan oqilona ko’rsatishimiz uchun hech qachon va
hech bir zamonda hozirgidek sharoit yaratilmagan edi. Shuning uchun ham, hozirgi
kunda arxeolog olimlarimiz tomonidan mustaqil O’zbekistonimizni erksevar
fuqarosi, o’zligini anglashga va ma`naviyatini yanada yuksaltirishga hissa qo’shish
maqsadida, juda keng miqyosda ilmiy izlanishar olib borilmoqda. Bu borada
ibtidoiy tuzum tarixini ilk davri haqida keyingi yillarda juda katta arxeologik ishlar
olib borildi.
3
I – bob. O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida tarixni o’rganish
yuzasidan erishilgan ayrim yutuqlar tahlili.
4
1.1 O‘rta Osiyoda arxeologiya fanining shakllanish jarayoniga Rus
sharqshunosligining ta‘siri
O’rta Osiyo tarixini o’rganishda rus sharqshunoslarining roli aytarli darajada
ma’lum. XIX asrning 2-yarmida O’rta Osiyo chor qo’shinlari tomonidan bosib
olingach, bu erga rus olimlari kelib, ko’plab tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Avvalam bor bu ish chor hukumati foydasiga bo’lsada, ammo, bajarilgan ilmiy
ishlarning ahamiyati ham aytarli edi. Shunday murakkab va og’ir sharoitda ham
tarixchilar, sharqshunoslar, arxeologlar o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon
etishga harakat qilganlar, asarlar yaratganlar. Ammo, mustamlaka siyosatmandlari
xalq ommasining milliy ongini o’stirishga yordamlashishni aslo ma’qul
ko’rmasada, fan uchun xizmat qiluvchilar ham bor edi. Ularning foliyatlari ham
mavjud sharoitga nisbatan qiyin kechgan, albatta. Sababi, chor hukumati
amaldorlari omma o’rtasida tarixiy bilimlarni targ’ibot qilish, ular diqqatini
qadimgi zamon yodgorliklarini o’rganishga tortish kabi ishlardan cho’chir edilar.
Binobarin, O’rta Osiyoning yangi-yangi hududlarida Rossiya hukmronligining
o’rnatilishi, ularning Umumrossiya iqtisodiy taraqqiyoti yo’liga qo’shib yuborilishi
tufayli turmushning o’zi ilmiy tadqiqotlar o’tkazish zarurligini taqoza qilardi. O’rta
Osiyoning yaxshiroq o’rganilmaganligi mustamlaka ma’muriyatining maqsadlarini
ro’yobga chiqarishga halaqit berar edi. Ilmiy tadqiqot ishlarining ma’lum bir qismi,
o’zlarining ko’p asrlik tarixiga, o’z urf-odatlari, xususiyatlari, turmush tarziga ega
bo’lgan ko’p sonli O’rta Osiyo xalqlari ommasini ekspulatatsiya qilish tizimini
kuchaytirishga yordam berishi ko’zda tutilar edi. Tabiiy boyliklari, madaniy merosi
g’oyat boy bo’lgan va kam tekshirilgan bu hudud rus ziyolilarining taraqqiyparvar
qismini juda qiziqtirardi. Shuning uchun ham, darvinizmning e’tiqodli
tarafdorlaridan biri bo’lgan mashhur rus olimi – zoolog, zoogeograf va otashin
sayyox, N.A.Severtsov (1827-1886), mashhur rus geografi P.P.Semenov-
Tyanshanskiy (1827-1914), tabiatshunos va sayyox, A.P.Fedchenko (1844-1873),
geolog va gyugraf I.V.Mushketov (1850-1902), mashhur olim, hozirgi zamon ilmiy
5
tuproqshunosligiga asos solgan V.V.Dokuchaev (1846-1903) singari jonkuyar
olimlar O’rta Osiyoni o’rganish borasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar,
boy manbalar to’plashga erishdilar. Bir guruh harbiy topagraflar esa tabiiy
kontrastlari bir-biridan keskin farq qiladigan juda katta hududni keng ko’lamda
suratga tushirish, xaritalashtirishdek mashaqatli vazifalarni bajardi1.
Mamlakatning iqlim sharoiti o’rganildi, metrologik markazlar tashkil qilindi.
Masalan, 1867 yilda Toshkent metrologik markazi tuzildi, so’ngra bunday joylar
mamlakatning boshqa joylarida ham tuzildi. 1874 yili Rossiyadagi eng qadimgi
Pulkovo rasadxonasi ilmiy xodimlarining yordamida Toshkent falakiyotshunoslik
rasadxonasi ochildi, ilmiy tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. To’g’ri, kadrlar
etishmasligi, mablag’ tanqisligi sababli bu ishlar zaruriyatga nisbatan rivojlanmadi,
albatta. O’lkani o’rganishda statistika qo’mitalari ham muhim rol o’ynadi. 1868 yil
Turkiston statistika qo’mitasi tuzildi, statistik ma’lumotlar nashr qilina boshlandi2.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi
A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi) katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Kutubxona o’lkani o’rganish bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar, ayniqsa,
mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kutubxona tashabbuskor
ziyolilar harakati tufayli boyib bordi. Kutubxona fondida saqlanayotgan adabiyot
va manba majmualaridan O’rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o’lkasiga taalluqli
«Turkiston asarlar va maqolalar to’plami» juda qimmatli asar bo’lib, hozir ham u
o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Bu to’plamni tuzish ishlarini taniqli rus olimi,
biblografi V.I.Mejovning xizmatlari kattadir. U Peterburgda 1868 yildan boshlab
20 yil davomida to’plamlarni yaratish ustida ish olib borgan. Masalan, 1888 yilda
«Turkiston to’nlami»ga kirgan katta-kichik jildlarning soni 416 taga etgan edi. Bu
to’plamlar 1867-1887 yillarda yig’ilgan materiallarni o’z ichiga olar edi. Ammo,
o’lkadagi chor ma’muriyatining buyrug’i bilan «mablag’ yo’qligi sababli» bu
1 “O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar jurnali” . 2008-2009. 7-soni. 27-28-b
2 “O‘rta osiyo arxeologiyasi” S.2019. 32-b.
6
faoliyat to’xtatib qo’yilgan edi. V.I.Mejov «Turkiston to’plami»ga 3 kitobdan
iborat sistematik va alfavit ko’rsatkichini ham tuzgan edi.
Eng muhimi shundaki, 1872 yilda A.L.Kun va boshqa Sharqshunoslar
mashhur «Turkiston albomi»ni tuzib tamomladilar. Bu albomda Turkiston
o’lkasining etnografiyasi, arxeologiyasi, kasb-hunar va tarixga doir manbalar suratli
tarzda ifodalangan edi. Bu nodir asar hozirgi qadar ham o’z ilmiy qiymatini saqlab
keladi. Albom 1262 dona rangli va rangsiz fotosuratlar yopishtirilgan 447
kartondan iborat bo’lib, Rossiyada faqat uch kutubxonada - imperator kutubxonasi,
Fanlar Akademiyasi kutubxonasi va Turkiston kutubxonasida saqlanilgan. Bu
albom ilmiy jihatdaya ham qimmatli asardir1.
1917 yilga qadar Turkistondagi ilmiy jamiyatlar tomonidan «Axborot»lar
chiqarila boshlangan edi. Jumladan, Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo’limi
«Axborot»ning 13 jildi (1898-1917), Turkiston havaskor arxeologlari to’garaginiig
majlislar qarorlari va «Fxborot»laridan 21 to’plam (1896-1917) va boshqa
sohalardagi «Axborot»lar singari ma’lumotlari bosib chiqarilgan bo’lib, bu ahvol
ilmiy izlanishlarning bir qator jonlanganligidan dalolat berar edi. Turkiston
o’lkasining qadimiyot yodgorliklari ko’pdan buyon olimlarning diqqatini o’ziga
jalb qilib kelar edi. XIX asr davomida osori-atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar,
qidiruv va qisman qazish ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P.I.Lerx,
N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold va mahalliy turkistonshunoslardan
M.S.Andreev, V.L.Vyatkin, A.L.Kun, A.A.Semenov, I.T.Poslavskiy,
N.P.Ostroumov va boshqalarning nomlari bilan bog’liqdir. Shuningdek, sobiq
turkistonning qadimiy yodgorliklarni hisobga olish va tekshirishga markaz ilmiy
muassalaridan Imperator arxeologiya komissiyasi, ayniqsa Rus arxeologiya
jamiyatining Sharq bo’limi, bundan tashqari, 1903 yilda tashkil qilingan O’rta va
Sharqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o’rganish
qo’mitasi ham e’tibor bilan qaradi.
1 O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi : avlodlar izlanishi va kashfiyotlari”. T:. 2020. 40-b.
7
O’sha vaqtlarda havoskor rus kollektsiyachilaridan Barshchevsiky, Vyatknn,
Kastalskiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terentev, Trafimov,
Likoshin va boshqalarning to’plagan ko’pdan-ko’p ma’lumotlari hammaga
mashhur edi. Bu arxeologik yig’malarning aksariyati 1871, 1874, 1889 yillarda
Toshkent, Samarqand va Farg’onada ochilgan muzeylarda, shuningdek, Sankt-
Peterburg, Moskva muzeylari ko’rgazma va zaxiralarida saqlanadn. Shu bilan bir
qatorda o’lkaning etnografiyasini o’rganishda ham aytarli tadqiqotlar olib borildi,
serob manbalar to’planildi. Bu borada V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.V.Radlov,
A.N.Samoylovich singari mashhur sharqshunoslarning yaratgan asarlari ham
ahamiyatlidir1.
O’lkani, xususan, tarixiy va arxeologik jixatdan o’rganish uchun zarur
mablag’lar ajratilish talab qilinar edi. Biroq, o’lkada davlat ilmiy-tekshirish
muassasalari deyarli yoki butunlay yo’q edi. Bu vaziyat, o’lkadagi olimlarni,
umuman rus ziyolilari namoyondalarini birlashtirib, Moskva, Peterburgdagi yirik
olimlarning qo’llab-quvvatlashi bilan o’lkada ilmiy jamiyatlar tuzaboshlashga
undardi. Ko’pgina ilmiy jamiyatlarning paydo bo’lishi bu erda mahalliy
turkistonshunos xodimlar paydo bo’lganligidan va ularning faoliyatlarini bir qator
o’zaro muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi. Shulardan biri, arxeologiya,
antropologiya, etnografiya havoskorlari jamiyatining Turkiston bo’limi edi.
Shunday qilib, 1870 yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati vujudga keldi. Bu jamiyat
o’z oldiga xususan, O’rta Osiyo tarixi, gergrafiyasi, etnografiyasi, statistikasi,
iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to’plash, ishlash va tarqatishni maqsad qilib
qo’ygan edi. Uning birinchi ochiq majlisi 1971 yil 28 yanvarda bo’ldi. Shu bilan bir
vaqtda A.P.Fedchenkoning faol ishtiroki bilan tabiyot, arxeologiya, ayatropologiya
va etnografiya havoskorlari jamiyatining Turkiston bo’limining ochilishi ahamiyatli
bo’ldi. Bo’lim a’zolari aytilgan sohalar bo’yicha tadqiqotlar olib borish, manbalar
to’plashga kirishdilar. O’lkada ishlab turgan havaskor arxeologlar 1895 yilda
Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagiga birlashdi. O’lkadagi shu singari
1 A.Arsixovskiy – “Arxeologiya asoslari” T:. “O’qituvchi” 1970.
8
boshqa ilmiy to’garaklar ham rejali ishlar olib borgan bo’lmasalarda,
havaskorlarning qiziqishi kuchli edn. Arxeologiya ishlari asosan yozuv manbalarni
to’plashga, ayrim holatlarda arxeologik manbalar yig’ish, qazish ishlari o’tkazish
kabi ishlar ham bo’lib turardi.
Yuqorida aytilganidek, O’rta Osiyoning chor qo’shinlari bosib olishdan
ancha ilgari, hatto imperator Petr I zamonida ham bu o’lkaga nisbatan bo’lgan
qiziqish kuchli bo’lgan. Rus chor hukumati xayolidan O’rta Osiyo hech qachon
ko’tarilmagan. Shu maqsadlarni amalga oshirish ishtiyoqida bu erga bir necha
razvedka ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarning ayrimlari arxeologik tekshiruv
o’tkazish niqobida ham bo’lgan. Shunday arxeologik razvedkali ekapeditsiyalardan
biri 1819 yildagi kapitap N.N.Muravevning tekshirish ishlari edi. Ekspeditsiya
Turkmaniston va Xiva tumanlariga jo’natilgan edi. U aslida harbiy maqsaddagi
ekspeditsiya bo’lsada, bir muncha qimmatli kuzatuvlar olib bordi, ko’pgina
qadimgi yodgorliklarni ro’yxatga oldi, turli turmush buyumlarini to’pladi.
Keyinchalik N.N.Muravevning kundalik daftari frantsuz va nemis tillariga tarjima
qilindi. Unda Xiva xonligi haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plangan edi.
O’rta Osiyoda ibtidoiy kishilar yashaganligi haqida rus olimlari
birinchilardan bo’lib fikr bildirishgan edilar. Jumladan, A.S.Uvarovning
uqtirishicha, agar Ovrupa qitasida mamont davrida ibtidoiy odamlar yashaganligi
aniqlangan ekan, demak, bu jarayon O’rta Osiyoda ham bo’lgan. Xullas, XIX
asrning o’rtalariga, ya’ni Rossiyaning bu o’lkalarni bosib olinishiga qadar ham
O’rta Osiyo ibtidoiy davri tarixidan darak beruvchi qiziqarli manbalar to’plana
borgan. Bu manbalar turli kasbdagi kishilar tomonidan to’plangan va hozir ham
Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Samarqand singari shaharlarning muzey
zaxiralarida saqlanib kelinadi. Ularning aksariyati o’rganilib chiqilgan ham, xullas,
muzeylar manbalarning guvohlik berishicha, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta
Osiyoning tosh asri haqida dastlabki ma’lumotlar to’plana borgan. Masalan,
A.A.Spitsinning ma’lumotiga ko’ra, Qirg’izistonda 1850 yilning yozida qadimgi
mozorlar tekshirilib ko’rilganda, toshdan yasalgan 4 ta kamon o’qi topilgan. Shu
9
yili S.I.Gulyaev qadimgi tog’ konlarida kuzatishlar olib borib, ibtidoiy kishilarning
mehnat qurollarini topadi. U shunday tosh bolg’alarning Qoraqalin o’lkasida ham
topilganligi haqida xabar beradi. Doktor A.Shrenko 1855 yili toshdan yasalgan
bolg’alar topib, antropologiya va etnografiya muzeyiga topshirganligi haqida
ma’lumot beradi. A.Gebel topilmalari ham qiziqarlidir. U, 1864 yili (Hozirgi
Fedcheshso bug’ozi) Mang’ishloq yarim oroli hududidan bir necha tosh parahalari
hamda o’zaklarini topgan va ularni Peterburgdagi antropologiya etnografiya
muzeyga sovg’a qilgan. Bu dalillar O’rta Osiyo hududida ibtidoiy davrning
boshdan kechirganlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar edi. Ammo, mutaxassis
arxeologlarning yo’qligi hamda tekshirish ishlarining hali yo’lga qo’shilmaganligi
tufayli bu topilmalarga nisbatan ilmiy tafsilotlar yaratilmagan, shuningdek, ayrim
topilmalar esa kishilarning shaxsiy kollektsiyalarida qolib ketgan, fan olamiga olib
chiqilmagan. To’g’ri, to’garak a’zolarining o’rtaga qo’ygan masalalari va
mulohazalari dastlab topgan materiallari, undan keyingi tadqiqotchilar uchun
yordamchi ma’lumot bo’lib xizmat qildi. O’tmish yodgorliklari haqida tafsilotlar
yuritish, arxeologik va yozma manbalarni solishtirib o’rganishga imkon berdi. Ayni
vaqtda, hali to’garak a’zolarining xulosalari munozarali va zamon sinoviga bardosh
beraolmagan bo’lsada, xar holda butun davr uchun, shubhasiz katta ahamiyatga ega
edi. Ularning bu boshlagan ishlari tatqiqodchilik fikrlarining rivojlanishiga turtki
bo’ldi, unga ilmiy jamoat diqqatini tortdi. Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold
to’garak ishlariga katta yordam ko’rsatdi. Hammasi bo’lib o’lkada 15 ga yaqin
ilmiy jamiyat ish olib borgan bo’lib, shulardan tarix va arxeologiya jamiyati ham
bor edi1. Ammo, shuni aytish zarurki mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy
jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi o’rtasida yoyilmadi. Ilmiy tibiiyot
jamiyatlari bundan bir qadar mustosnodir. To’g’ri, ilmiy jamiyatlar huzurida faol
o’lkashunoslar, mahalliy muxbirlar pavdo bo’ldi. Bu borada rus tadqiqotchilari,
kollektsionerlari va ilmiy jamiyatlarning ta’siri ostida osori-atiqa havaskorlari
qadimgi yodgorliklarni to’playdigan havaskorlar etishib chiqdi. Bular orasida
1 Lunin B.V.Nauchno’e obshestva Turkestana i ix progressivnaya deyatelnost, Tashkent, Nauka, 1962)
10
samarqandlik Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdulloning nomlari alohida ajralib turadi.
Mirzo Buxoriy boy arxeologik-numizmatik kollektsiyalar tuplashga erishgan va
bularning bir qismi Ermitaj kollektsiyalariga kirgan. Ajoyib san’atkor - xattot
Mirzo Barot Mullo Qosimov Samarqand va uning atroflaridagi ko’pdan-ko’p
qadimgi zamon yodgorliklari suratini chizgan va to’plagan. U, Ulug’bek
madrasasining ham g’oyat aniq eskizini tayyorlagan edi. Mirzo Abdullo
Abduraxmon, A.L.Kunning Iskandarko’l ilmiy safarida qatnashib, qadimgi
toshlarga yozilgan xatlar qayd qilingan ma’lumotlarni to’plagan va uning yuritgan
kundaligi muhim arxeologik manba sanaladi. Turkiston o’lkasida tug’ilib o’sgan
kishilardan bir qanchasi foydali qazilmalar topish va ularni tavsiflash, qadimgi
zamon yodgorliklarini qidirib topish kabi ishlarda ishtirok etganlar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar, shu jumlaladan tarix,
arxeologiya havaskorlari ham aytarli ishlarni bajarishdilar.
1907 yilda bibliograf I.V.Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston
to’plami»ni tuzish ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to’plam jildlariniig
soni 394 ga etkazilgan edi1. Hozir bu to’plam Alisher Navoiy nomli O’zbekiston
milliy kutubxonasida saqlanadi. 1952 yilda Moskvadagi Davlat xalq kutubxonasida
«Turkiston to’plami»ning yana 29 jildi topildi. Bu to’plamlarda O’rta Osiyo va
unga qo’shni bo’lgan Sharq mamlakatlarining tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi,
adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa masalalariga doir keng
ma’lumotlar taqdim qilingan.
1.2
Sovet davrida O’zbekistonda paleolit davriga tegishli tadqiqotlar
Faqat fashistlargina toza qondan yaralgan odamlar bo’lib, ularning kelib
chiqish joylari O’rta Osiyo bo’lgan deb da`vo qilib chiqdilar. Ularning kelib
chiqish joylarining O’rta Osiyo deb ko’rsatishlarini sababi, 1938 yilga qadar O’rta
Osiyo hududidan o’rat paleolit, ya`ni muste davrida yashagan neandertal
1 www.arxiv.uz
11
odamlarini makonlarini topilmagani edi. Aniqrog’i, O’rta Osiyodagi Rossiyaga
qaram bo’lgan respublikalarning birontasida ham arxeolog olimlarni umuman
bo’lmaganligi sababli, bu region mutlaqo o’rganilmagan edi. Shuning uchunham
A.P.Okladnikov tomonidan Teshiktosh g`orini, ya`ni neandertal odamlarini
yashagan makonini topilishi o’z vaqtida juda katta voqea bo’lib, yuqoridagi kabi
g’ayri ilmiy uydirmalarga barham berishga sabab bo’lgan. O’sha vaqtlarda ham
arxeologiya fanidan yaxshi tanilmagan, endigina aspiranturaning 2 kursida
o’qiyotgan aspirant A.P. Okladnikov davlat mukofotining sovrindori bo’lgan edi1.
Shuni aytish kerakki, o’tgan asrimizning 2
yarmidan boshlab, ayniqsa, uning oxirgi choragida O’rta Osiyodagi
respublikalarning milliy kadrlardan tashkil topgan mutaxassislarni ilmiy
izlanishlari natijasida O’rta Osiyo hududlarida 300 dan ortik, o’rta polialitga, ya`ni
muste davriga mansub neandertal odamlarni mehnat qurollari va makonlari borligi
aniqlandi. Bu borada O’zbekiston Respublikasida Arxeologiya institutining tashkil
topgani va unda mutaxassis arxeolog olimlarni jamlangani tufayli, u bosh rolni
o’ynadi. Faqat Toshkent vohasining o’zidagina 30 dan ortiq muste yodgorliklari
topildi va mukammal ravishda o’rganildi. Ammo, O’rta Osiyodagi 300 dan ortiq
muste yodgorliklari orasida Teshiktosh g`orida yashagan neandertal odamlarning
makoni o’zining kadimiyligi va arxeologik matyeriallarini boyligi bilan hamon o’z
hukmronligini davom ettirib kelmoqda. Haqiqatdan ham Teshiktosh G`oridan
topilgan arxeologik topilmalar hozirgacha juda katta ahamiyatga ega bo’lib
kelmoqda. Faqat toshdan yasalgan mahnat qurollarining soni 339 ta bo’lib,
ularning chiqindilari 3000 taga etadi.
Teshiktoshdan
topilgan mehnat qurollarini aksariyati qirquvchi va tarashlovchi vazifalarni
bajarganlar. Bu mehnat qurollari orasida o’rta paleolitni neandertal odamlariga xos
bo’lgan rapydasimon nukleuslar (o’zaklar) bir nechta nusxada bo’lib, o’larning
diametri 10-15 sm bo’lgan. Bu kabi o’zaklardan neandertal odamlari ot-boynik
( vazni 300 gr 0,5 kg bo’lgan qayroq toshlar) yordamida uchburchaksimon
1 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 9-10-b.
12
uchirindilar uchirib olingan. Uchirib olingan uchirindilar o’tkir qirralarga ega
bo’lib, ulardan 9 tyerilarga ishlov byerish, yog’ochlarni kesish, randalash kabi
ishlarda foydalanganlar. Muste madaniyatiga ya`ni, neandertallarga xos bo’lgan
bo’lgan bunday mehnat qurollari Teshiktoshdan boshqa hech qayerda hozirgacha
bunchalik ko’p topilmagan. Teshiktoshda topilgan topilmalarning eng qimmatlisi
bu Teshiktosh neandertal odamining suyak qoldiqlaridir. Bular asosan, kalla
suyagi, elka va o’ng son suyagining parchalari, yo’g’on boldir suyagi va deyarli
saqlanib qolgan ikkala kichik boldir suyagi, diafizi hamda umurtqa pog’onasining
ba`zi bo’laklaridir. A.P.Okladnikov tomonidan topilgan va mukammal ravishda
o’rganilgan Teshiktosh yodg`orligini muhim axamiyatlaridan yana biri shundaki,
neandertal bolani ko’milgan qabrini o’rab, sanchilgan tog’ echkisi shoxlarining
topilganligi-dir. A.P.Okladnikovning xulosasiga ko’ra, ajdodlarimizda ko’mish
marosimini o’rta paleolit ya`ni, neandertallar zamoniga kelib paydo bo’lganini
tasdiqlaydi. Ko’mish marosimidan dalolat byeruvchi bu kabi yodgorliklar
jahonning boshqa joylarida ham topilgan bo’lsada, qabrlarni echki shoxlari bilan
o’rab qo’yish ya`ni, nimagadir ishonish, e`tiqod qilishni aks ettiradigan
neandertallarga xos yodgorliklar bizning O`zbekistonimizdan boshqa jahonning
hech bir yerida topilgani yo’q. Shuning uchun yer yuzida e`tiqod qilish, birinchi
bo’lib bizning ajdodlarimizda paydo bo’lgan desak bo’lavyeradi. Teshiktosh
g`oridan topilgan odamning suyak qoldiqlari antropologlarda o’z vaqtida juda katta
qiziqish uyg’otgan.
Antropolog xulosalariga ko’ra neandertal bolaning bosh
suyagini hajmi 1490 3 sm bo’lib, uni qopqog’i pitekontrop va sinantropnikidan
ancha balandroq bo’lgan. (Debets 1940), (Gremyatsiy 1949). Teshiktosh G`orining
neandertal odamining suyak qoldiqlarini o’rganishga qiziqish antropologlar
tomonidan 1970 yillarda ham davom etdi. Taniqli antropolog olim akademik V.A.
Alekseevni antropologiya fanini keyingi yutuqlariga tayangan holda Teshiktosh
odamini takroriy o’rganipshing natijalari, bu neandertal odamini suyak qolddiqlari,
ilgari aytilganidek 8 yashar o’g’il bolani suyak qoldiqlari bo’lmay balki, ayol 10
13
kishiniki bo’lib, uni inson evolyutsiyasining neandertal vazifasiga mansub va
Evropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini ko’rsatdi. (Alekseev, 1973.) Yuqoridagi
aytilgan fikrlarga xulosa qilib, Shuni aytish joizki, yer sharida yashovchi barcha
xalqlar o’zlarining tarixiy taraqqiyot yo’llarida neandertal odamni bosqichini o’z
boshidan kechirib o’tganlar. Hech qanday oliy irq yoki past irq bo’lmagan.
Dunyoning ko’p joylarida bo’lgani kabi O`rta
Osiyoda ham neandertal yashaganlar. 1938 yilda A.P.Okladnikov tomonidan
Teshiktosh odamini topilishining buyuk ahamiyatlaridan yana biri shu bo’ldiki,
O’rta Osiyoda insoniyatning qadimdan, ya`ni 80-100 ming yillardan byeri yashab
kelganliklarini isbotlab byerdi. Ilgari bizga ma`lum bo’lmagan ajdodlarimizni o’rta
paleolit tarixining sahifalari har tomonlama dalilli ashyolarga suyanilgan holda
yoritildi va ilmiy jihatdan asoslab byerildi. Bunday holat nafaqat O’zbekiston,
balki butun O’rta Osiyo xalqlarining qalblarini faxr-iftixor va g’ururga to’ldirdi.
Shunday bo’lishi tabiiy edi.
Toshkent shahrining sharqiy-shimoli-sharqiy tomonidan 100 km
uzoqlikda joylashgan Bo’stonlik tumanining Burchmulla qishlog’i yaqinida
topilgan Obi-Rahmat paleolit davri manzilgohi A.R.Muhammadjonov tomonidan
1962 yilda ochilgan bo’lib, uning birlamchi qazish ishlari M.M.Gyerasimov va
X.K.Nasriddinovlar rahbarligida olib borilgan, 1964-1965 yillardan boshlab esa
mazkur faoliyatga R.H.Sulaymonov rahbarlik qilgan. 1998 yildan boshlab,
manzilgoh Uz FA Arxeologiya instituti hamda Rossiya FA Sibir bo’limining
Arxeologiya va etnografiya institutlari ko’shma ekspeditsiyasi tomonidan
akademiklar U.I.Islomov va A.P.Dyerevyankolar umumiy raxbarligida tadqiq etib
kelinmoqda. Markaziy Osiyoning tosh davri tarixiga tegishli bo’lgan joylari ichida,
ayniksa, uning o’rta paleolit davri oxiri va yukori palsolit davri boshiga taalluqli
yodgorliklari ichida Obi-Rahmat g`ori nosbligi bilan o’ziga xos ahamiyat kasb
etadi. Ko’p mstrli kalinlikdagi paleolit davrining madaniy qoldiklari hamda yukori
darajada boyitilgan yer katlamlarining mavjudligi kadimgi odamga xos moddiy
madaniyat taraqqiyoti doirasida kechgan evolyutsion o’zgarishlarni bir nscha o’n
14
mingyilliklar davomida kuzatish imkoniyagini yaratadi. Olib borilgan tadqiqot
ishlari natijasida g’orning stratigrafik ketma-ketligining davomiy bir jinsli ekanligi
tasdiqlandi, uning asosida esa so’nggi o’rta paleolit davrining plastiksimon
tsxnologiyasi bilan birgalikda uncha ko’p miqdorda bo’lmagan levalluaz
texnikasining korishmasi mavjudligi aniqlandi. Obi-Rahmat sdg`orligiga tegishli
bo’lgan ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyati uning barcha qatlamlarida
namoyon bo’lgan yuqori paleolit davriga taalluqli xarakteristikalarning ham
texnologik, ham tipologik darajada mavjudligi hisoblanadi. Davrlashtirishning
rang-barang absolyut metodlari ko’llanilishi 12 Obi-Rahmat kompleksining
faoliyat olib borgan davri xududlarini 60 minimum -40 minimum interval orasida
belgilash imkoniyatini yaratdi1. Shunday qilib, Obi-Rahmat yodg`orligining kelib
chiqishi yangi madaniyatning ilk shakllanish davrlariga borib taqaladi. 2003
yilning yoz mavsumida yodgorlikning kariyb 60 minimum yoshga oid katlamida
kadimgi odamning suyak qoldiklari topildi. Buning natijasida o’tish davri
industriyasini anik belgilangan jismoniy odam tipi bilan solishtirish va bog’lash
mumkin bo’ldi, Chunki bugungi kunda dunyo mikyosida mazkur o’tish davriga
xos bo’lgan kadimgi odamga tegishli koldiklar borasida bir necha tarkoq
ma`lumotlargina saqlangan xolos2.
Shunday qilib, Obi-Rahmat yodg`orligida topilgan
odam ko’rinishi neandertal tipidagi odam va zamonaviy odamlar tashqi
kiyofasining qorishma-aralashma tipini namoyon kiladi. Obi-Raxmat odami
qiyofasining ko’pchilik parametrlari esa bugungi kundagi mavjud paleantropologik
ma`lumotlar ichida o’xshashi yo`q va takrorlanmas hisoblanadi. SHu bilan birga,
bugungi kunda bunday o’ziga xoslik va takrorlanmaslik, mavjud xususiyatlarning
korishmaligi nimalar asosida vujudga kelgani va nimalarga asoslanishini xam aniq
izohlashning imkoniyati mavjud emas. Mazkur holat, bir tomondan, zamonaviy
kiyofadagi odamning mustaqil ravishda multiregional shakllanganligini namoyon
1 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 24-b.
2 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 27-b.
15
qilsa, ikkinchi tomondan, neandertal odam bilan zamonaviy odam
gibridlashuvining dalili topilganini namoyon etadi, Chunki bugungi kungacha
ilmda mana shunday metizatsiya jarayonining kelib chiqishi. Obirahmat
yodg`orligi atrofida olib borilgan arxeologik tadqikotlar mazkur xudud tosh
davrida ibtidoiy odamlar tomonidan faol ravishda o’zlashtirilganligini ko’rsatdi.
2005 yildan Paltau daryosining yukori okimida ko’pkatlamli Dodakatim paleolit
davri yodg`orligi o’rganilmoqda. Mazkur yodgorlik O`zbekiston kadimgi
tarixining eng kam o’rganilgan davriga alokador bo’lib, yukori paleolitning o’rta
boskichiga tegishlidir.
Arxiologik kollektsiyaning dastlabki o’rganilishi natijalari, Shuningdek,
uning absolyut yoshini aniklash bo’yicha olingan natijalar (21-23 minimum)
Markaziy Osiyoda mikrolitik an`analar belgilanganidan ancha oldinrok paydo
bo’lganligini, Shuningdek, O’zbekiston xududida mezolit madaniyati
shakllanishiga doir ilk o’choqlarning mavjudligini ilmiy tasdiklaydi. Bu esa
O`zbekiston hududida eng kadimiy madaniyatlar genezisining regional o’chog’i
mavjud bo’lganligini ilmiy asoslash uchun imkoniyat yaratadi. Markaziy Osiyo
hududida madaniyatlar getsezesi jarayonini rekonstruktsiya kilish uchun Markaziy
Osiyoning betakror yodg`orligi bo’lgan Ko’lbulok manzilgoxini o’rganish juda
katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur paleolit davri manzilgohi Chotqol tog’
tizmalarining janubi-sharkiy pastligida Qizil-olma soyining kuyi oqimi chap
soxilida, Angren shahri yakinida joylashgan.
Yodgorlik 1962 yilda O.M.Rostovtsev
tomonidan ochilgan. 1963 yildan 1993 yillargacha statsionar qazishma ishlari O’z
FA Arxeologiya institutining Oxangaron paleolit guruxi tomonidan olib borilgan.
2007 yilda UzFA AI, Rossiya FA SB AEI hamda Belgiyaning San`at va tarix
Qirollik muzeyining o’zaro hamkorligi asosida Ko’lbulok manzilgoxini
o’rganishda yangi izlanishlar davri boshlandi1. Yodgorlikni ilmiy o’rganish
ishlarining boshlanishi natijasida shimoli-g’arbiy Tyan-SHan xududlarida tosh
1 “O’zbekiston Arxeologiyasi”. S:. 2010. 17-b
16
davri ishlab chikarishi (industriyasi), ya`ni ashel davridan boshlab to yukori
paleolit davrigacha bo’lgan ishlab chikarish tarakkiyoti dinamikasi jarayonlarini
qayta shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Bugungi kungacha
tadqiq etilayotgan tarixiy davr bo’yicha axborotlar etishmovchiligi, eng avvalo,
yodgorliklarning aniq statistik ma`lumotlar jarayoniga tortilmaganligi,
Shuningdek, arxeologik matyeriallarning sifatli nashr qilinmaganligida sezilar edi.
Ohangaron daryosi vodiysi, eng avvalo Ko’lbulok manzilgohida tashkil etilgan
yangi ish jarayonlari mana shu etishmovchiliklarni bartaraf etishga xizmat kildi.
Umuman olganda, Ko’lbulok manzilgohida olib borilgan dala ishlari jarayonida 19
m.dan iborat to’rtlamchi qatlamlari ochilgan bo’lib, qazishma ishlarining umumiy
xajmi 600 kv.m.ni tashkil kilgan. Yodgorlikning kuyi, ashel davriga oid qatlamlari
chegaralangan xajmda ochilgan (3 kv.m.). SHu bilan birga, qazishma ishlarini olib
borish jarayonida texnik sabablar (yerosti suvlarining chikishi) ga ko’ra, mavjud
madaniy katlamlarning barchasi o’tilmagan1.
Farg’ona vodiysidagi Selung`ur g`oridan topilgan manbaviy ashyolar 6 ham
Yo`qorida ta`kidlangan bebaho yodgorliklar jumlasidandir va bu yerda aniqlangan
Fyergantrop, ya`ni Farg’ona odami ahamiyati jihatidan ulardan qolishmaydi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo shu jumladan, O’zbekiston hududlari ham ibtidoiy
odam shakllangan va taraqqiy qilgan insoniyat beshiklaridan biridir. Yurtimiz ilk
paleolit davrining boshlaridanoq odamning eng qadimgi fizik tiplaridan bo’lgan
xomo yerektuslar tomonidan o’zlashtirilganligini 1,5 mln. yillar bilan sanalangan
Farg’ona vodiysidagi Selung`ur va 550 ming yillar bilan sanalangan Toshkent
vohasidagi Ko’lbuloqning quyi qatlamlari yorqin misol bo’la oladi. Selung`ur
g`orining 3-madaniy qatlamida oltita alohida tish (3 ta yo`qori qoziq tish va 3 ta
pastki jag’ tish) topilgan bo’lib, bu tishlar bir nechta turli jinsdagi individlarga
mansub bo’lishi mumkin. Shuningdek, Teshiktosh bolasiga Yaqinroq yosh
bolaning o’ng elka suyagi topilgan. A. A. Zubovning ta`kidlashicha, Selung’ir
1 www.ziyo.net
17
odami jag’ tishlarning morfologiyasi qator arxaik belgilarini saqlab qolgan, shu
bilan birga evolyutsion tarqqiyotda anchayin ilgarilab ketgan va zamonaviy
odamga eltuvchi asosiy magistraldan chetlashgan mavjudot ekanligini ko’rsatadi.
Elka suyagi esa, antropologlarning fikricha, Teshiktoshdagi bilan taqqoslanganda
ancha arxaik ko’rinishga ega. Shuningdek, Selung`urda ensa suyagining bo’lagi
ham topilgan, biroq uning ilmiy talqini nashr qilinmagan. 1980-yili Sazag’on 2
makonida 1,2 m chuqurlikdagi madaniy qatlamdan 12-14 yoshlardagi bolaning
qabri topildi. Qabr toshlar bilan yotqizilgan bo’lib, uning Yaqinidan tosh va sopol
buyumlar aniqlangan. Marhum janubiy-sharqqa qaratilib, o’ng yonboshi bilan yuzi
yerga qaratib qo’yilgan. 1981 yilda bu qabrdan 10 m shimolroqda, o’sha
chuqurlikda katta yoshdagi yerkak kishining qabri topildi. Qabrning hajmi
180x100 sm. Marhumning boshi janubiy- g’arbga qaratib qo’yilgan va bu joyda
o’raning pastki qismi 160 sm gacha kengayadi.
Ushbu kengaytirilgan qismining devori
toshlar bilan tyerilgan. Bunday yirik tosh tyerma yer sathidan 70-100 sm
chuqurlikdan boshlab amalga oshirilgan. Qabrning umumiy chuqurligi esa, 1,2 m.
Qabr bosh qismining 50-70 sm chuqurligida toshlar to’planiganligi aniqlangan.
Qabr ustida tosh tyermasining qoldiqlari borligi qayd etilgan. Marhum yuzi yerga
qaratib, biroz bukilgan holatda qo’yilgan. Qabrning ustki qatlamidan ko’mir va kul
qoldiqlari, pastki qatlamidan oxra va tosh buyumlar topilgan. Bosh chanog’ining
antropologik xususiyatlari T. X. Xodjaev tomonidan o’rganilgan. Suyaklar yaxshi
saqlanmagan. Bosh chanog’i 35-40 yoshlardagi yerkak kishiga tegishli bo’lgan.
Uning ayrim xususiyatlari (dolixokraniyasi, uzunchoq va nisbatan kichik yuzi) uni
evropoid irqining janubiy shakllariga xosligini ko’rsatadi. Bu topilma avvalambor,
Janubiy Tojikiston va Janubi-G’arbiy Turkmanistondagi matyeriallar bilan genetik
jihatdan bog’liq. Bu bosh chanog’i Kaltaminor madaniyatiga oid Tumekkichijik
qabri bosh suyagidan farq qiladi.
Sazag’on 2 dan tozalangan qabr qurilmasi yerlik
aholining diniy tasavvurlari haqida fikr yuritish imkonini byeradi. Bu yerdagi
18
qabrning 0,8-1,5 m chuqurligidan yirik ishlov byerilmagan toshlardan tyerilgan
doira shaklidagi qurilma topilgan. 3 diametrdagi bu chuqurlikda doiraning ichidan
qo’y yoki echkilarning suyak qoldiqlari aniqlangan. O’raning janubiy-g’arbiy
qismida, o’sha chuqurlikda qo’y yoki echkining bosh va oyoq suyaklari topilgan.
Ularning joylashuv xususiyatlari bu joyda marosimlar uyushtirilganligi haqida
guvohlik byeradi. O’rada mayda ko’mir bo’laklari va oxra qoldiqlari ham bor.
Ushbu madaniyatga oid dastlabki qabr, yoki odam qoldiqlari 1972-yili SHimoliy
Turkmanistonning SHohsanam qal`asi Yaqinidan topilgan. U fanda Tumekkichijik
qabri nomi bilan mashhurdir. Oradan to’rt yil o’tgandan keyin 1976 -yilda Tolstov
neolit makonini o’rganish jarayonida yana ikkita neolit davri qabri borligini
aniqlanadi. Ular Tolstov makoni uchinchi uyi hamda Jonbos 4 makoni oralig’idagi
taqirda joylashgan. Birinchi qabrning ustki qismi deflyatsiya ta`sirida buzilgan va
qum yuzasida chig’anoqdan ishlangan munchoqlar va chaqmoqtosh buyumlar
sochilib yotganligi kuzatilgan1.
Bu topilmalarning chuqurligi
10-12 sm. ni tashkil qiladi. Odam skletining mayda bo’laklari, chaqmoqtosh
buyumlar va chig’anoqlardan ishlangan taqinchoqlar tartibsiz (140x180 sm)
xolatda yotganligi aniqlandi. Suyaklarning ayrim bo’laklarining joylashuvi
marhumning egilgan holatda va shimol-sharq janub-g’arb yo’nalishida
ko’milganligi haqida taxmin qilish imkonini byeradi. Odam suyaklari bilan birga
yuzga Yaqin chig’anoq munchoqlar, tosh buyumlar va chaplama sopol idishlar
siniqlari topilgan. So’nggi paleolit davri yevropada bundan 35 ming yillar
muqaddam, zamonaviy tipdagi odam, ya`ni xomo sapiens sapiensning paydo
bo’lishi bilan belgilanadi (orinyak yodgorliklari). O’zbekiston hududlarida
paleolitning so’nggi bosqichiga oid yodgorliklar ko’plab topilgan. Ammo, ularning
sanasi yo`qori paleolit davrining ikkinchi yarmi va oxirlari bilan belgilanadi.
Mezolit davriga oid paleoantrapologik topilmalar yurtimiz yodgorliklarida
uchramagan. Biroq neolit davriga oid Kaltaminor va Sazag’on madaniyati
makonlaridan topilgan qabrlardagi topilmalar evropoid irqiga mansub.
1 J.Kabirov, A.Sagdullayev – “O’rta Osiyo arxeologiyasi”. T:. “O’qituvchi”. 1990. 47-b.
19
Olingan barcha ma`lumotlar, ibtidoiy davrlarda
O’zbekiston hududlarida o’zining kelib chiqishiga ko’ra evropoid irqiga mansub
odamlar yashaganligidan dalolat byeradi. Bu masala ibtidoiy davr
arxeologiyasining eng dolzarb, shu bilan birga o’ta munozorali sohalaridan biridir.
O’zbekiston hududidagi eng qadimgi yodg`orligimiz Farg’ona vodiysidagi
Selung’ir g`ori qatlamlari Toshkentdagi kimyo laboratoriyasida kaliy argon usuli
bilan 1,5 mln. yillar bilan sanalangan. Biroq, bir guruh xorijlik tadqiqotchilar hech
qanday yetarlicha asossiz ravishda uning qadimiyligiga shubha bilan
qarashmoqdalar. Ularning fikricha, Selungo`rning sanasi 250-300 ming yildan
oshmaydi. Ular yoshartirilgan ushbu xronologiyaga sabab qilib yodgorlik
industriyasi tip-varaqalarining to’liq tasnifi ishlab chiqilmaganligini ko’rsatadilar.
Toshkentdagi Ko’lbuloq manzilgohining qazishmasidagi 19 m chuqurlikkacha
aniqlangan quyi 22 ta madaniy qatlamlari shubhasiz ilk paleolit davriga oiddir.
Biroq ushbu qatlamlardan olingan tosh buyumlarning tip-varaqalari ishlab
chiqilmagan hamda qatlamlari bo’yicha absolyut sanalar amalga oshirilmagan. Bu
matyeriallar taxminan 550 ming yillar bilan belgilangan. Ammo, ularning geologik
holati masalasida munozoralar mavjud. Ko’lbuloqning quyi qatlamlari
matyeriallari ilk paleolitga xosligi shubha uyg’otmaydi.
Bundan tashqari faqat tipologik jihatdan ilk
paleolit davri industriyalari ko’rinishiga ega Chashma, So’x, Bo’kantog’,
Orolbo’yi va boshqa yig’ma matyeriallar ham aniqlangan. O’rta paleolit davriga
oid yurtimizdagi yodgorliklarning katta qismi ochiq tipda bo’lib, pleystotsen
davrining iqlim sharoitlari ta`sirida madaniy qatlamlari aralashib ketgan va shu
sababli muayyan absolyut sanalash ishlarini amalga oshirishning iloji yo’q.
Bunday komplekslar faqatgina texnik-tipologik usullar yordamida nisbiy
sanalanishi mumkin. Bunday yodgorliklardan Zarafshon vodiysidagi Qo’tirbuloq
manzilgohi o’rta pleystotsenning o’rtalari bilan davrlashtirilgan edi. Biroq 1990 -
yilda yodgorlikning madaniy g`orizontlaridan olingan uran uslubiga oid tahlillar
uning sanasini 32 ming yillar bilan belgiladi. Ushbu dalilga albatta, ishonish qiyin
20
va bu Qo’tirbuloq qatlamlarining aralashib ketganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, qatlamlarning aralashib ketganligini to’plamda mayda tosh
payraxalarning kamligi, tosh buyumlarning tabiiy ta`sirlar tufayli emirilganligi va
o’yib-kyertib ishlangan qurollarning ko’pligi kabi ma`lumotlarham isbotlaydi.
Shunga o’xshash manzaralarni O’zbekistonning o’rta paleolitga oid boshqa ochiq
tipdagi manzilgohlarida ham kuzatish mumkin.
O’zbekistondagi o’rta paleolitga oid g’or manzilgohlari, nisbatan yaxshi
o’rganilgan bo’lishiga qaramasdan, ularning aksariyat qismida absolyut sanalash
ishlari amalga oshirilmagan, faqatgina geologik jihatdangina davrlashtirilgan.
Masalan, Teshiktosh g`ori qatlamlari o’rta pleystotsenga yoki bo’lmasa, o’rta
paleolit davriga oid, deb talqin qilingan. Ammo, o’rta paleolit davri yoki o’rta
pleystotsen geologik bosqichi bir necha o’n ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu
hol tosh asri arxeologiya yodgorliklarini aniq davrlashtirishda, ibtidoiy tarixni
yozishda va talqin qilishda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Toshkent
viloyatidagi Obi Raxmat g`ori nisbatan yaxshi o’rganilgan va uning qatlamlaridan
bir nechta absolyut sanalar olingan. Bu ma`lumotlar yodgorlikning eng qadimgi
sanasi 87 ming yil bilan quyi sanasi esa 36 ming yillar bilan davrlanadi.
21
2.1
O’rta Osiyoda arxeologiya fanining shakillanishi.
Eslasam universitetning tarix fakultetiga o‘qishga kelganimga 50 yil bo‘libdi.
Demak 1970 yili men Toshkentga kelganimda arxeologiya kafedrasi 30 yoshda
bo‘lgan tadqiqotlari keng ko‘lamda O‘zbekiston va qardosh Turkmaniston
respublikalarida olib borilayotgan davr ekan. Men kunduzi bo‘limga ballarim
yetmagani uchun o‘qishni kechkida boshlaganman. Bizga “Arxeologiya asoslari”
fanidan dos. I. Ahrorov dars o‘tgan edilar. Kechki bo‘lim talabalari Qashqadaryoga
bir oylik arxeologik amaliyotga olib borilmaydi, shuning uchun bunday baxtga
musharraf bo‘lmaganman. Armiya safida xizmatni tugatib qaytganimdan so‘ng
men III kurs kunduzgi bo‘lim rus guruhiga (o‘zbek guruhi bo‘lmagani uchun) o‘tib
o‘qishni davom ettirdim. Guruhimizda 35 ta talaba bo‘lsa, ulardan 13 kishi
arxeologiya kafedrasida ixtisoslashar edilar1.
Barchani sanab o‘tirmayman, ammo ulardan G.Bogomolov, K.Burxanov,
O.Papaxristular keyinchalik O‘zbekistonda, Qozog‘istondagi keng ko‘lamli
arxeologik qazishmalarda qatnashib ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Yodimda
V kursda o‘qiganimizda paxtaga 9a sovxozga borganimizda arxeolog
kursdoshlarimiz amaliyotlarini tugallaganlaridan so‘ng paxtaga kelgan edilar. Bir
narsa aniq yodimda, biz tarix fakultetida o‘qiy boshlaganimizda O‘zbekistonda
yashagan ilk odamlar yoshi o‘rta paleolit (Teshiktosh bolasi) bilan belgilanar edi.
Agar hozirda Vatanimizda ilk ajdodlarimiz 1mln yildan buyon yashayotgani ilm
ommasi tomonidan tan olingan bo‘lsa, qadim shaharlarimiz 2200, 2500-2700 yillik
yubileylarini o‘tkazayotgan, o‘tkazgan bo‘lsa bu tadbirlarda yurtimizning eng
keksa arxeologiya muassasi Ye.M.Masson asos solgan arxeologiya kafedrasining
bitiruvchilarining oddiy laborantdan tortib akademik, professorlargacha barcha -
barchalarini hissalari borligi shubhasiz. Men o‘qishni bitirib fakultetda ishda
1 “O‘rta osiyo arxeologiyasi” S.2019. 32-b.
22
qolganimdan so‘ng kafedramizda (Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi
kafedrasida) bugungi kunda taniqli olim O‘zFA akademigi A.S.Sagdullaev bilan
birga 36 ishladik. Keyinchalik kafedraga etnografiya nomi ham qo‘shilgandan
so‘ng, arxeolog A.Kabirov va antropolog T.Q.Xodjayovlar bilan ishlashga to‘g‘ri
keldi. Bizning tarixchi talabalar uyushtirgan ilk etnografik ekspeditsiyalarimiz,
aynan A.Sagdullaev tarix fakulteti dekani bo‘lgan paytlarida tashkil etilgani ham
yodimda1.
Tarix fakulteti so‘nggi 45 yilda 6 ta joyda faoliyat yuritgan bo‘lsa,
(kafedramiz xonalari doim arxeologiya kafedrasi) bilan yonma-yon bo‘lardi.
Shuning uchun 1977 yildan boshlab kafedra mudirlari bo‘lgan t.f.n., dos. Svetlana
Borisovna Lunina, t.f.n., dos. Zamira Ismoilovna Usmonova, kabinet mudiri Vatan
urushi qatnashchisi V.F. Yadikov, o‘qituvchilardan N.I. Krashenennikova, N.P.
Stolyarova, G.Ya. Dresvyanskayalarni, tengdoshlarimiz O.N. Lushpenkolarni doim
yodga olaman, eslayman. Ularning ayrimlari olamdan o‘tdi, lekin men 70-80
yillarni nafaqat arxeologiya, balki etnologiya fanini ham yuksalgan davri bo‘lgan
degan fikrdaman. Ustozlar ajoyib, fidoyi insonlar, benazir ilm sohiblari, betakror
pedagoglar edilar. S.B. Lunina, G.B. Nikolskayalar barcha-barchani sizlab (“Vi”)
deb gapirganlari biz uchun saboq edi. Aynan ularni namunasida biz talabalarga
tengimiz sifatida munosabatda bo‘lishga, ularni bilimlarini yuksaltirishga,
o‘zimizni ustimizda doimo ishlashga o‘rganganmiz harakat qilamiz. Taqdir
taqozosiga ko‘ra A. Sagdullaev bilan uzoq yillar hamkorlikda ishlabgina
qolmasdan, qo‘shni yashadik, oilaviy yaqin bo‘ldik. Faqat ishda emas,
ekspeditsiyalarda, paxta kompaniyalarida birga bo‘lib, oilviy marosimlar,
bayramlarni hamkorlikda o‘tkazdik.
O‘tgan asrning 30-yillari o‘rtalarida O‘rta Osiyo
respublikalarida arxeologiyani rivojlantirish, ekspeditsiyalarni tashkil etish va keng
qamrovli dala tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni
tayyorlash va arxeologiya kafedrasini ochish masalasi ilgari surildi. Shu bois 1940
1 www.fati.uz
23
yili O‘rta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetida (hozirgi Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) professor M.Ye.Masson tomonidan
O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasiga asos solinadi. Shu paytlarda u mintaqada
yagona arxeologiya kafedrasi bo‘lib, sobiq davlat miqyosida bunday kafedralar
faqat Moskva, Leningrad (Sankt-Peterburg) va Kiev universitetlarida mavjud
bo‘lgan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida, son jihatdan nisbatan kam, turli
yillarda har bir kursda o‘rtacha 5-8 ta talaba ta’lim olgan. Arxeologiya uzoq
o‘tmishga murojaat etgan, o‘z xususiyatlariga ega fan sifatida, dala sharoitdagi
ekspeditsiyalar, qazish ishlari va mashaqqatli mehnat bilan uzviy bog‘langan.
Ehtimol, shu sabablar ixtisoslikni tanlab olishda
talabalardan ko‘plarining qiziqishlarini qoniqtirmagan. Talabalar tarkibiga ko‘ra
O‘rta Osiyo arxeologiyasi maktabi baynalminal bo‘lib, kafedrada turli millatlar
vakillari, shuningdek, o‘tgan asrning 80-yillarida xorijiy Osiyo hamda Afrika
mamlakatlaridan yoshlar o‘qishgan. Ularni ilmiy qiziqishlar, izlanish va
kashfiyotlarga intilish birlashtirgan. Kafedrada ixtisoslashgan ta’lim birinchi
kursdan boshlangan. Biroq har o‘quv yili boshida ma’ruzular sentabr oyining
o‘rtalariga qadar davom etgan, keyin esa tarix fakulteti talabalari va professor -
o‘qituvchilari (boshqa fakultetlar va respublika oliygohlarining vakillari singari)
paxta yig‘im-terimiga jo‘nab ketishgan. Faqat II-V kurslar arxeolog talabalarga
avval bir oy mobaynida dala o‘quv arxeologiya amaliyotini (60-70 yillarda
Turkmanistondagi Ko‘hna Marv shahar xarobalarida) o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Undan keyin ular ham paxta dalalarida “amaliyotni” davom etishgan. Paxta terish
mavsumi muddatining yakuni, odatda ko‘ra, respublikada paxta tayyorlash
majburiyatining bajarilishi kunlari bilan belgilangan (misol tariqasida, 1983 yilda
talabalar va o‘qituvchilar paxta yig‘im terimida 23 dekabrgacha kechikib
qolishgan).
Bu jihatlarni hisobga
olgan holda, o‘quv jarayonida auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim, ilmiy
adabiyotlar bilan ishlash va bilim olish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu
paytlarda kitobning qadr-qimmati, kitob o‘qish zarurati yangidan anglangan. O‘rta
24
Osiyo arxeologiyasi kafedrasida umumiy arxeologiya, dala tadqiqot usullari va
to‘rtlamchi geologiya, antropologiya, epigrafika va paleografiya, numizmatika,
etnografiya, shaharlarning tarixiy topografiyasi, O‘rta Osiyoning san’ati va
me’morchiligi tarixi bo‘yicha maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Shuningdek,
talabalar Samarqand va Buxoroda me’moriy - tanishib chiqish amaliyotini
o‘tishgan. Afsuski, hozirda shunday amaliyot olib borilmaydi. Arxeolog kadrlarni
tayyorlash jarayonida M.Ye.Masson rahbarligida 1946 yilda tashkil etilgan Janubiy
Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va 1964 yilda asos solingan
Kesh arxeologiya-topografik ekspeditsiyasi tadqiqotlarida talabalar va
aspirantlarning ishtirok etishi katta ahamiyat kasb etgan1. Bugungi kunda
talabalarning dala arxeologik amaliyoti, yodgorliklar bilan tanishib chiqish,
cheklangan ekskursiya xususiyatga tobora aylanib bormoqda. Arxeologik qazish
ishlari uslublarini ko‘rgazma vositalar yordamida auditoriyalarda o‘rganish, bu
sohada bilimlar va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilmaydi.
Nazariy va amaliy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi, yaqin o‘tmish o‘quv
jarayonining eng muhim omili bo‘lib, tadqiqot ko‘nikmalarini belgilab bergan.
O‘sha paytlarda III kursdan boshlab, talabalar bitiruv (diplom) ishlarini yozish
maqsadida, arxeologik materiallarini yig‘ish, ularga ishlov berish va tahlil qilish
borasida dastlabki tadqiqotlarni amalga oshirishgan.
Shu bilan birga ushbu materiallarni talabalar ekspeditsiyalarda
qazish ishlar orqali o‘z mehnati bilan qo‘lga kiritishgan. O‘rganilgan yodgorliklar
(manzilgohlar va shahar xarobalari) hamda topilgan moddiy manbalarning
xronologik doirasi (tosh davridan so‘nggi o‘rta asrlarga qadar) turlicha bo‘lgan.
Bu, o‘z navbatida, muayyan davr arxeologiyasi va tarixi bo‘yicha kelgusi
ixtisoslikni belgilab bergan. Kafedra talabalarini o‘qitish jarayonida ilmiy bayon
tilni bilishga katta e’tibor berilgan. Arxeologik tushunchalar va atamalar asosida
ilmiy tavsiflash va tushuntirish qoidalarini o‘rganishga o‘quv seminarlardagi bahs-
munozaralar, dala tadqiqotlar hisobotlarini va kurs ishlarini yozish, gazetalar uchun
1 A.Asqarov – “O’zbek xalqining etnogezi va etnologik tarixi”
25
maqolalarni yoritish yordam bergan. Shuningdek, arxeologik ilmiy to‘garak
yig‘ilishlari va talabalar konferensiyalarida ma’ruzalar bilan chiqish, ma’ruza
matnidagi gap ma’nosini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzilishiga ko‘maklashgan. Hozirda
arxeologiya mavzulariga oid ayrim maqolalar va kitoblarda xorijiy ilmiy
adabiyotlardan olib o‘zlashtirilgan atamalardan foydalanish holatlari ko‘payib
bormoqda. Biroq ayniqsa o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarda hamda ilmiy
ommabop adabiyotlarda bunday atamalarga izoh bermasdan, ularni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishlatish o‘quvchilar uchun muammo yaratadi.
Arxeologiya kafedrasida, ehtimol, shunga
o‘xshash holatlarining oldini olish, tushunarli ilmiy tilga amal qilish tartibini
o‘rgatish, bu maktabning arxeologiya oliy ta’limi tizimidagi yorqin
xususiyatlaridan biri bo‘lgan. Kafedra bitiruvchilari ilmiy asarlar bilan bir qatorda
ravon tilda yozilgan va keng kitobxonlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli ilmiy
ommabop kitoblarni yaratishgan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi maktabida mashhur
olimlar bilim olishgan. Ulardan ko‘plari dunyo miqyosidagi olimlar - akademiklar
(6 ta), fan doktorlari va nomzodlari, mintaqa qadimgi va o‘rta asrlar tarixi va
madaniyatini o‘rganishga hamda muzeyshunoslik va oliy ta’lim tizimi rivojiga
katta hissa qo‘shgan va o‘z ilmiy maktablarini yaratgan tadqiqotchilardir. Kafedra
bitiruvchilari O‘rta Osiyoda buyuk arxeologik kashfiyotlarning mualliflari,
ularning faoliyati natijasida mintaqa arxeologiyasining turli yo‘nalishlari tubdan
o‘zgarib, yangicha ilmiy qarashlar va yondashuvlar bilan boyitilgan. Mazkur holat
jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan. Kafedra shogirdlarining Parfiya,
Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘d, Ustrushona, Farg‘ona va Chochdagi talaygina
kashfiyotlar natijalari ko‘p sonli nashrlarda, shu jumladan, dunyoning turli
mamlakatlarida e’lon qilingan monografiyalar va ilmiy to‘plamlarda hamda
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini topgan. Bu borada yorqin
namunalarni keltirish mumkin.
Ular orasida Janubiy Qozog‘iston, Toshkent vohasi va Janubiy Tojikistonda
paleolit davri makonlari, Kopetdog‘ etaklari va quyi Murg‘ob vohasida neolit,
26
eneolit, bronza va ilk temir davrlari yodgorliklarining tadqiq etilishini tilga olish
lozim. Shuningdek, neolit davriga oid Joytun madaniyati, bronza asri Oltintepa va
Gonur sivilizatsiyalariga mansub muhim arxeologik ma’lumotlari ilmiy
muomalaga kiritilgan. Kafedra bitiruvchilari bronza va ilk temir davriga oid
Dashtli, Tillatepa va Qutlug‘tepa (Shimoliy Afg‘oniston), Qizilcha 6, Qiziltepa,
Talashkan va Bandixon (Surxon vohasi), Daratepa, Sangirtepa va Uzunqir
(Qashqadaryo vohasi) hamda Zarafshon vohasida qadimgi ko‘chmanchilarning
mozor qo‘rg‘onlari (Xazara, Qalqonsoy) kabi hozirgi paytda arxeologiya fanida
mashhur yodgorliklarni kashf etishgan. M.Ye.Masson rahbarligida Niso va Ko‘hna
Marv shahar harobalarida ko‘p yillar mobaynida arxeologik qazish ishlari amalga
oshirilgan. Shu bilan birga antik va o‘rta asrlar davri Sug‘d, Choch va Iloq,
Ustrushona va Baqtriya - Toxariston shaharlari va qal’alarida (Yerqo‘rg‘on,
Afrasiyob, Shoshtepa, Kanka, Nurtepa, Dalvarzin, Termiz, Kampirtepa,
Qo‘rg‘onzol, Uzundara va boshqalarida) olib borilgan tadqiqotlarni qayd etish
lozim. Shuningdek, kafedraning sobiq talabalari tomonidan epigrafika va
numizmatika, tasviriy san’at va me’morchilik yodgorliklari hamda qadimiy tog‘
konlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Kafedra
bitiruvchilari
Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistonda arxeologiya fanining rivojlanishiga
katta hissa qo‘shgan. Ularning tadqiqotlari natijasida Shahrisabz, Qarshi, Toshkent
kabi tarixiy shaharlarning yoshi aniqdanib, isbotlangan. Ushbu qisqacha
ma’lumotlar kafedra shogirdlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning
miqdor va sifat jihatlarini hamda amalga oshirilgan ishlarning ulkan ilmiy
ahamiyatini ochib berisholmaydi. Bu alohida maxsus tadqiqot mavzusidir. O‘rta
Osiyo arxeologiyasi maktabining sobiq o‘quvchilari hozirgi paytda Markaziy
Osiyoda hamda Moskva va Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlari akademiyasining
Arxeologiya instituti, Davlat Sharq muzeyi va Davlat Ermitajining yetakchi ilmiy
xodimlari, shuningdek, ular Dog‘iston va Xakasiya, Ozarbayjon, Gresiya va G
yermaniyada tadqiqotlarni olib borishmoqda. Kafedra talablari arxeologiya
ixtisosligi bilan birga umumtarixiy bilimlarga ega bo‘lishgan. Shu bois
27
bitiruvchilardan tarix fanining boshqa sohalarini rivojlantirishda yirik olimlar
yetishib chiqqan. Shu yo‘nalishda etnologiya, O‘zbekistonning XX asr tarixi va
tarixshunosligi, Qo‘qon xonligi tarixi va O‘rta Osiyoning XVII-XIX asrlar
diplomatik munosabatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni qayd etish
mumkin. Bugungi kunda kafedra bitiruvchilari, tanilgan olimlar va tajribali
professor-o‘qituvchilar O‘zFA Arxeologiya Milliy markazi, San’atshunoslik
instituti, Tarix instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda respublikaning
universitetlari va viloyatlar muzeylarida ilmiy-tadqiqotlar, pedagogika-tarbiyaviy
faoliyat va tarixiy-madaniy merosni targ‘iboti sohalarida samarali ishlarni amalga
oshirishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda arxeolog
mutaxassislar va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash akademik Ya.G‘.G‘ulomov
ilmiy maktabida yo‘lga qo‘yilgan. Arxeologiya maktabi Nukusda ham
shakllangan. Uning rivojlanishiga Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi rahbari
S.P.Tolstov katta hissa qo‘shgan1.
Arxeolog kadrlarni tayyorlash Samarqand davlat
universitetida amalga oshirilmokda. Ushbu ishlarni D.N.Lev va M.D.Jo‘raqulovlar
boshlab berishgan. Bir qator O‘zbekiston qadimshunoslari sobiq Leningrad
Arxeologiya instituti bo‘limi va Novosibirskdagi Fanlar akademiyasining Sibir
bo‘limi aspiranturasida o‘qishgan.
O‘zbekistonda arxeologiya fanining
rivojlanishida bu ilmiy maktablar vakillarining xizmati kattadir. Ularning
arxeologik tadqiqotlari tufayli dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniyat
yodgorliklari va qadimiy sivilizatsiyalar markazlari kashf etildi. O‘tgan asrning 90-
yillari - XXI asr boshlarida universitetlar talabalarining dala arxeologik amaliyoti,
o‘quv-tadqiqot jarayonining hal qiluvchi bosh omillaridan biri sifatida o‘z
ahamiyatini bosqichma-bosqich yo‘qotib quydi2. Bu holat arxeolog mutaxassislar,
shu jumladan, ulardan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy
muammolarning kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi. Aksincha, bu davrda xalqaro
1 A.Egamberdiyeva – “Arxeologiya” T:. 2011. 12-13-b.
2 Z.Ibragimov – “Markaziy Osiyo arxeologiyasi”
28