SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

30,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI 
 
 
Reja: 
1. Nutqiy so‘z birikmasi (SO‘Z BIRIKMASI) haqida tushuncha. 
2. So‘z birikmasi va so‘z. 
3. So‘z birikmasi va ibora. 
4. So‘z birikmasida bog`lanish usuli. 
5. So‘z birikmasida bog`lanish omili. 
6. So‘z birikmasi tasnifi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI Reja: 1. Nutqiy so‘z birikmasi (SO‘Z BIRIKMASI) haqida tushuncha. 2. So‘z birikmasi va so‘z. 3. So‘z birikmasi va ibora. 4. So‘z birikmasida bog`lanish usuli. 5. So‘z birikmasida bog`lanish omili. 6. So‘z birikmasi tasnifi. Ilmiybaza.uz 
 
 
Tayanch tushunchalar: Lison, nutq, valentlik, sintaktik aloqa, sintaktik 
birlik, tobe aloqa, teng aloqa, kengaytiruvchi, kengayuvchi, birikish usullari, 
birikish omillari, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, joylashuv, shakliy, ma`noviy 
bog`lanish. 
 
Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug`iladi. Bu 
esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so‘zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi 
so‘z birikmasini afzal qilib qo‘yadi. Qiyoslang: o‘qimoq - tez o‘qimoq. Keyingi 
nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma`nosini tushunish» harakati (o‘qimoq) 
so‘zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga tez so‘zi ko‘maklashgan. Ko‘rinadiki, 
so‘z ham, so‘z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So‘z ifodalaydigan tushuncha 
noaniq va, demak, kengroq (masalan, o‘qimoq fe`lida harakat tez ham, sekin ham 
bo‘lishi mumkin), so‘z birikmasida. esa ikki tushuncha o‘z mustaqilliklarini 
saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakat («harflarni tez urishtirib, ma`nosini 
tushunish») ifodalangan. Demak, so‘z o‘z ma`noviy imkoniyatini to‘laroq va 
ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so‘zga ehtiyoj sezadi. Bu 
so‘z uning ma`noviy ehtiyojini qondirmog`i uchun ham ma`noviy, ham grammatik 
jihatdan unga muvofiq bo‘lmog`i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi 
hosilalarga diqqat qilaylik: 
olmaning termoq        
osmonni tishlamoq      
 Halim keldi       
 kitobni o‘qimoq 
Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so‘zlari ma`noviy jihatdan 
muvofiq bo‘lib, biroq ularning Grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. 
Ikkinchi birikuv (osmonni tishlamoq)da so‘zlar grammatik shakli jihatdan mos 
bo‘lsa-da, ma`noviy tabiatining «beo‘xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Uchinchi birikuvda a`zolar ham ma`noviy, ham shakliy jihatdan 
muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To‘rtinchi birikuv (kitobni 
Ilmiybaza.uz Tayanch tushunchalar: Lison, nutq, valentlik, sintaktik aloqa, sintaktik birlik, tobe aloqa, teng aloqa, kengaytiruvchi, kengayuvchi, birikish usullari, birikish omillari, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, joylashuv, shakliy, ma`noviy bog`lanish. Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug`iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so‘zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so‘z birikmasini afzal qilib qo‘yadi. Qiyoslang: o‘qimoq - tez o‘qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma`nosini tushunish» harakati (o‘qimoq) so‘zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga tez so‘zi ko‘maklashgan. Ko‘rinadiki, so‘z ham, so‘z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So‘z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq (masalan, o‘qimoq fe`lida harakat tez ham, sekin ham bo‘lishi mumkin), so‘z birikmasida. esa ikki tushuncha o‘z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakat («harflarni tez urishtirib, ma`nosini tushunish») ifodalangan. Demak, so‘z o‘z ma`noviy imkoniyatini to‘laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so‘zga ehtiyoj sezadi. Bu so‘z uning ma`noviy ehtiyojini qondirmog`i uchun ham ma`noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo‘lmog`i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik: olmaning termoq osmonni tishlamoq Halim keldi kitobni o‘qimoq Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so‘zlari ma`noviy jihatdan muvofiq bo‘lib, biroq ularning Grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (osmonni tishlamoq)da so‘zlar grammatik shakli jihatdan mos bo‘lsa-da, ma`noviy tabiatining «beo‘xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uchinchi birikuvda a`zolar ham ma`noviy, ham shakliy jihatdan muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To‘rtinchi birikuv (kitobni Ilmiybaza.uz 
 
o‘qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so‘zning ma`no 
va grammatik jihatdan hokim-tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga 
xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so‘z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va 
hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu - ularning ma`noviy mosligi va tobeligi 
(hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyati. 
Demak, nutqiy so‘z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin: 
a) birdan ortiq mustaqil so‘z; 
b) a`zolarning ma`noviy va grammatik jihatdan mosligi; 
d) tobelik; 
e) tushuncha ifodalash. 
So‘z birikmasi bu to‘rt belgisining har biri bilan o‘ziga yondosh hodisalarga 
o‘xshaydi va bir vaqtning o‘zida farqlanadi ham. Masalan, birdan ortiq mustaqil 
so‘zdan tashkil topganligi bilan so‘zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan 
o‘xshashlik kasb etadi. Gap birdan ortiq mustaqil so‘zning ma`noviy va grammatik 
jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SBdan farqli o‘laroq, fikr 
ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o‘xshashlari munosabatiga alohida-alohida 
to‘xtalish lozim bo‘ladi. 
SB va so‘z. So‘z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha 
munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‘z asosida leksema va morfema hamda 
ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga leksemalar birikuvini tartibga soluvchi LSQ 
asos bo‘ladi. Aytilganidek, so‘zda tushuncha, ma`no keng va mavhum bo‘ladi. So‘z 
birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo‘ladi. Masalan, 
qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo‘lgan. Shu jihatdan u 
muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning 
badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. Qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi 
ham muayyanlik kasb etadi. So‘z birikmasida so‘z boshqa so‘zni o‘ziga biriktirib 
kengayishi bilan ma`noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish 
ma`noviy torayishni keltirib chiqarsa (so‘z birikmasida), shakliy torlik (so‘zda) 
ma`noviy kenglik bilan munosib. 
Ilmiybaza.uz o‘qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so‘zning ma`no va grammatik jihatdan hokim-tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so‘z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu - ularning ma`noviy mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyati. Demak, nutqiy so‘z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin: a) birdan ortiq mustaqil so‘z; b) a`zolarning ma`noviy va grammatik jihatdan mosligi; d) tobelik; e) tushuncha ifodalash. So‘z birikmasi bu to‘rt belgisining har biri bilan o‘ziga yondosh hodisalarga o‘xshaydi va bir vaqtning o‘zida farqlanadi ham. Masalan, birdan ortiq mustaqil so‘zdan tashkil topganligi bilan so‘zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan o‘xshashlik kasb etadi. Gap birdan ortiq mustaqil so‘zning ma`noviy va grammatik jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SBdan farqli o‘laroq, fikr ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o‘xshashlari munosabatiga alohida-alohida to‘xtalish lozim bo‘ladi. SB va so‘z. So‘z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‘z asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga leksemalar birikuvini tartibga soluvchi LSQ asos bo‘ladi. Aytilganidek, so‘zda tushuncha, ma`no keng va mavhum bo‘ladi. So‘z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo‘ladi. Masalan, qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo‘lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. Qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. So‘z birikmasida so‘z boshqa so‘zni o‘ziga biriktirib kengayishi bilan ma`noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma`noviy torayishni keltirib chiqarsa (so‘z birikmasida), shakliy torlik (so‘zda) ma`noviy kenglik bilan munosib. Ilmiybaza.uz 
 
SBda ma`nolar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir 
«vujud»ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o‘z 
mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir ma`no 
ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchun xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki 
tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma`lum bir me`yor 
chizig`idan o‘tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma`no 
anglatadi. Masalan, belbog` so‘zi dastlab belning bog`i birikuvi shaklida bo‘lib, 
bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu ularning 
yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (Belbog`) so‘zida esa munosabatning me`yor 
chizig`idan keyingi holatiga duch kelamiz. So‘zlarning alohida ko‘rinishi bo‘lgan 
qo‘shma so‘zlar aslida so‘z birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi - so‘z birikmasining 
ma`noviy taraqqiyoti mahsuli. 
SB va ibora. SB a`zolari tobe munosabatli mustaqil so‘z bo‘lsa, ibora ham 
mustaqil so‘zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so‘ngan, bu 
so‘zlar o‘zaro yaxlitlanib, ibora o‘zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi 
belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari 
(zohiriy) jihatidan SBga o‘xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, 
tarvuzi qo‘ltig`idan tushdi iborasi bilan bo‘shashmoq so‘zining ma`noviy mohiyati 
yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So‘z birikmasi esa vaqtincha 
va o‘zgaruvchan. So‘z birikmasini tashkil etgan so‘zlar nutqda o‘z mustaqil 
ma`nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so‘zlar o‘zlarining xos 
ma`nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo‘ltig`idan tushdi iborasida tarvuz, qo‘ltiq, 
tushmoq so‘zlari o‘zlarining xos ma`nolariga ega emas). 
SBda hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘z. SBda ma`nosi 
muayyanlashtirilayotgan so‘z hokim va uning ma`nosini muayyanlashtiruvchi so‘z 
tobe a`zo deyiladi (masalan, kitobni o `qimoq birikmasida kitobni tobe va o‘qimoq 
hokim a`zo). Bir so‘z bir nechta so‘zni o‘ziga tobe a`zo sifatida biriktirishi mumkin. 
Lekin SBda bir so‘z faqat bir a`zogagina tobe a`zo sifatida bog`lanishi mumkin, 
xolos. Masalan, katta, chiroyli gulchambar birikmasida gulchambar so‘zi ikkita 
so‘zga hokim. Lekin chiroyli so‘zi bir so‘zgagina tobe. Hokim mavqeda yuzaga 
Ilmiybaza.uz SBda ma`nolar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir «vujud»ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir ma`no ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchun xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma`lum bir me`yor chizig`idan o‘tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma`no anglatadi. Masalan, belbog` so‘zi dastlab belning bog`i birikuvi shaklida bo‘lib, bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu ularning yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (Belbog`) so‘zida esa munosabatning me`yor chizig`idan keyingi holatiga duch kelamiz. So‘zlarning alohida ko‘rinishi bo‘lgan qo‘shma so‘zlar aslida so‘z birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi - so‘z birikmasining ma`noviy taraqqiyoti mahsuli. SB va ibora. SB a`zolari tobe munosabatli mustaqil so‘z bo‘lsa, ibora ham mustaqil so‘zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so‘ngan, bu so‘zlar o‘zaro yaxlitlanib, ibora o‘zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga o‘xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qo‘ltig`idan tushdi iborasi bilan bo‘shashmoq so‘zining ma`noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So‘z birikmasi esa vaqtincha va o‘zgaruvchan. So‘z birikmasini tashkil etgan so‘zlar nutqda o‘z mustaqil ma`nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so‘zlar o‘zlarining xos ma`nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo‘ltig`idan tushdi iborasida tarvuz, qo‘ltiq, tushmoq so‘zlari o‘zlarining xos ma`nolariga ega emas). SBda hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘z. SBda ma`nosi muayyanlashtirilayotgan so‘z hokim va uning ma`nosini muayyanlashtiruvchi so‘z tobe a`zo deyiladi (masalan, kitobni o `qimoq birikmasida kitobni tobe va o‘qimoq hokim a`zo). Bir so‘z bir nechta so‘zni o‘ziga tobe a`zo sifatida biriktirishi mumkin. Lekin SBda bir so‘z faqat bir a`zogagina tobe a`zo sifatida bog`lanishi mumkin, xolos. Masalan, katta, chiroyli gulchambar birikmasida gulchambar so‘zi ikkita so‘zga hokim. Lekin chiroyli so‘zi bir so‘zgagina tobe. Hokim mavqeda yuzaga Ilmiybaza.uz 
 
chiqayotgan leksema o‘zining hokim, tobe vazifada yuzaga chiqayotgan leksema esa 
o‘zining tobe valentligini namoyon qiladi. Hokim va tobe a`zo vazifalari, grammatik 
shakli va sintaktik o‘rni asosida belgilanadi. Tobe a`zo oldin kelib, keyingisining 
ma`nosini izohlashga xoslangan bo‘ladi va bunga mos grammatik ko‘rsatkich bilan 
shakllanadi, ma`lum sintaktik o‘ringa ega bo‘ladi. O‘zbek nutqida, odatda, hokim 
so‘z keyin tobe so‘z oldin keladi. Nutqiy inversiya (hokim va tobe so‘z tartibining 
buzilishi) asosidagi so‘z birikmalarigina bundan mustasno: o‘qidim kitobni, 
Dilshoda, hamshira kabi. Hokim so‘z kengayuvchi va tobe so‘z kengaytiruvchi so‘z 
deb ham yuritiladi. Kengayuvchi va kengaytiruvchi atamalari nisbiy mohiyatga ega 
bo‘lib, shaklga nisbatan aytilgandagina to‘g`ri bo‘ladi. Masalan, kitobni o‘qimoq 
birikmasida (o‘qimoq) so‘ziga yana bir so‘z birikadi va so‘zlar soni ikkita bo‘lib, 
shakliy «yoyilish», ya`ni kengayish yuz berdi. Shakliy kengayish esa ma`noviy 
torayishni vujudga keltiradi. Bunda shakl va mazmun dialektikasi yanada yaqqolroq 
namoyon bo‘ladi. Chunki o‘qimoq leksemasining ma`nosi keng, u o‘qiladigan 
barcha narsalar ustida yuz beradigan tegishli harakatni ifodalaydi. Kitobni o‘qimoq 
birikmasida. Esa aytilgan «barcha narsalar»dan asosan «kitob ustida bajariladigan 
harakat» mohiyatli toraygan ma`nosi qoladi. Kengayuvchi atamasini faqat bosh 
so‘zga, kengaytiruvchi atamasini faqat ergash so‘zgagina xos qilib qo‘yish ham 
biryoqlamalik. Zero, kitobni o‘qimoq birikmasida kitob leksemasi tobe, o‘qi 
leksemasi hokim valentligini namoyon qilganligi kabi unda o‘qimoq so‘zi kitobni 
so‘zshakli uchun ma`noviy toraytiruvchi va shakily kengaytiruvchi vazifani 
namoyon qiladi. Zero, kitobni so‘zshakli o‘timli harakatni ifodalovchi cheksiz 
leksema bilan bog`lanish imkoniyatiga ega. O‘qimoq so‘zshakli bilan birikish 
asosida unda ma`noviy torayish, shakliy kengayish yuz beradi. 
SBda bog`lanish usuli. SB a`zolari orasidagi bog`lanish, ya`ni tobelanish uch xil: 
bitishuv, moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o‘ziga xos xususiyati va farqi 
a`zolarni biriktiruvchi ko‘rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez 
yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag`i birikmalarida tobe so‘zning qaysi 
shaklda kelishi ko‘pincha, uning hokim so‘ziga (qalamni olmoq) bog`liq bo‘lsa, 
Ilmiybaza.uz chiqayotgan leksema o‘zining hokim, tobe vazifada yuzaga chiqayotgan leksema esa o‘zining tobe valentligini namoyon qiladi. Hokim va tobe a`zo vazifalari, grammatik shakli va sintaktik o‘rni asosida belgilanadi. Tobe a`zo oldin kelib, keyingisining ma`nosini izohlashga xoslangan bo‘ladi va bunga mos grammatik ko‘rsatkich bilan shakllanadi, ma`lum sintaktik o‘ringa ega bo‘ladi. O‘zbek nutqida, odatda, hokim so‘z keyin tobe so‘z oldin keladi. Nutqiy inversiya (hokim va tobe so‘z tartibining buzilishi) asosidagi so‘z birikmalarigina bundan mustasno: o‘qidim kitobni, Dilshoda, hamshira kabi. Hokim so‘z kengayuvchi va tobe so‘z kengaytiruvchi so‘z deb ham yuritiladi. Kengayuvchi va kengaytiruvchi atamalari nisbiy mohiyatga ega bo‘lib, shaklga nisbatan aytilgandagina to‘g`ri bo‘ladi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida (o‘qimoq) so‘ziga yana bir so‘z birikadi va so‘zlar soni ikkita bo‘lib, shakliy «yoyilish», ya`ni kengayish yuz berdi. Shakliy kengayish esa ma`noviy torayishni vujudga keltiradi. Bunda shakl va mazmun dialektikasi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki o‘qimoq leksemasining ma`nosi keng, u o‘qiladigan barcha narsalar ustida yuz beradigan tegishli harakatni ifodalaydi. Kitobni o‘qimoq birikmasida. Esa aytilgan «barcha narsalar»dan asosan «kitob ustida bajariladigan harakat» mohiyatli toraygan ma`nosi qoladi. Kengayuvchi atamasini faqat bosh so‘zga, kengaytiruvchi atamasini faqat ergash so‘zgagina xos qilib qo‘yish ham biryoqlamalik. Zero, kitobni o‘qimoq birikmasida kitob leksemasi tobe, o‘qi leksemasi hokim valentligini namoyon qilganligi kabi unda o‘qimoq so‘zi kitobni so‘zshakli uchun ma`noviy toraytiruvchi va shakily kengaytiruvchi vazifani namoyon qiladi. Zero, kitobni so‘zshakli o‘timli harakatni ifodalovchi cheksiz leksema bilan bog`lanish imkoniyatiga ega. O‘qimoq so‘zshakli bilan birikish asosida unda ma`noviy torayish, shakliy kengayish yuz beradi. SBda bog`lanish usuli. SB a`zolari orasidagi bog`lanish, ya`ni tobelanish uch xil: bitishuv, moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o‘ziga xos xususiyati va farqi a`zolarni biriktiruvchi ko‘rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag`i birikmalarida tobe so‘zning qaysi shaklda kelishi ko‘pincha, uning hokim so‘ziga (qalamni olmoq) bog`liq bo‘lsa, Ilmiybaza.uz 
 
ba`zan har ikkala a`zo bir-birining qanday shaklda bo‘lishini belgilab qo‘yadi 
(kitobning varag`i). 
Bitishuvda birikkan so‘zlarning o‘zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan 
belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, tartib muhim 
vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish uchun 
shakily jihatdan o‘zgarmaydi. Zero, tobe a`zo sifatida namoyon bo‘layotgan so‘z 
ma`noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo‘ladi. Misollar: qizil gul, oq 
qog`oz. Ba`zan ot turkumidagi so‘zlar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela 
oladi: oltin soat, tosh yo‘l kabi. Bunda ular mohiyatan tobe a`zolik doimiy belgisi 
bo‘lgan sifat, son, ravish turkumiga yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo‘lib, oltin, tosh 
leksemasining lisoniy mohiyati bilan belgilanmagan. Quyidagi so‘zlar bitishuv yo‘li 
bilan bog`langan: 
1) ravish +fe`l: o‘z-o‘zidan gapirmoq; 
2) sifat+fe`l: yaxshi so‘zlamoq; 
3) son+ot: o‘nta qalam, sakkiz daftar; 
4) ot+ot: kumush qoshiq, changyo‘l; 
5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob. 
Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdi), 
sifatdosh (o‘qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida 
qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko‘rsatkichi -ib fe`lni fe`lga (shoshilib 
gapirdi), sifatdosh shakli -gan fe`lni otga (o‘qigan bola) bog`lash uchun xizmat 
qiladi. Shuningdek, bularning morfologiyada lug`aviy-sintaktik shakl sifatida 
qaralishi ham ular hosil qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv 
sifatida baholashni taqozo etadi. 
Bitishuvda a`zolarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili 
asosida belgilanadi: (tobe a`zo + hokim a`zo), ya`ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z 
keyin keladi hamda a`zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi, (kumush qoshiq 
birikmasini kumush o `nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi). Ba`zan bitishuvda ham 
tartib ikkinchi o‘ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi - Majlis kechqurun 
Ilmiybaza.uz ba`zan har ikkala a`zo bir-birining qanday shaklda bo‘lishini belgilab qo‘yadi (kitobning varag`i). Bitishuvda birikkan so‘zlarning o‘zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, tartib muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish uchun shakily jihatdan o‘zgarmaydi. Zero, tobe a`zo sifatida namoyon bo‘layotgan so‘z ma`noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo‘ladi. Misollar: qizil gul, oq qog`oz. Ba`zan ot turkumidagi so‘zlar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela oladi: oltin soat, tosh yo‘l kabi. Bunda ular mohiyatan tobe a`zolik doimiy belgisi bo‘lgan sifat, son, ravish turkumiga yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo‘lib, oltin, tosh leksemasining lisoniy mohiyati bilan belgilanmagan. Quyidagi so‘zlar bitishuv yo‘li bilan bog`langan: 1) ravish +fe`l: o‘z-o‘zidan gapirmoq; 2) sifat+fe`l: yaxshi so‘zlamoq; 3) son+ot: o‘nta qalam, sakkiz daftar; 4) ot+ot: kumush qoshiq, changyo‘l; 5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob. Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdi), sifatdosh (o‘qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko‘rsatkichi -ib fe`lni fe`lga (shoshilib gapirdi), sifatdosh shakli -gan fe`lni otga (o‘qigan bola) bog`lash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, bularning morfologiyada lug`aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi ham ular hosil qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv sifatida baholashni taqozo etadi. Bitishuvda a`zolarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili asosida belgilanadi: (tobe a`zo + hokim a`zo), ya`ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda a`zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi, (kumush qoshiq birikmasini kumush o `nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi). Ba`zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o‘ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi - Majlis kechqurun Ilmiybaza.uz 
 
bo‘ladi. Lekin bunda majlis so‘zi fe`lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda 
bog`lanayotganligini esdan chiqarmaslik lozim. 
Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik 
tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma`nosidan anglashilishi 
ayon bo‘lib turadi. Kelishik affiksi o‘z ma`nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-
o‘zidan raqsga tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi 
sifatida qaramoq lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib, 
so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular - kelishik qo‘shimchasini olgan holda ravishga 
ko‘chgan so‘z. 
Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi. 
Faqat tobe a`zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan SB boshqaruv yo‘li 
bilan bog`langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda 
bo‘lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum 
kelishigi shaklida kelishi o‘qimoq fe`lining o‘timliligi bilan belgilangan. Agar bu 
fe`l o‘timsiz fe`lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o‘z-
o‘zidan g`oyib bo‘ladi: kitobni o‘qimoq-kitob o‘qildi. 
Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin. 
Misollar: uyga bormoq (fe`lli boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), 
tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o‘qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola 
(otli boshqaruv). Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog`liq ravishda 
kelishikli boshqaruv, ko‘makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli 
boshqaruv kabi turga ajraladi. 
Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo‘lib, bunda 
tobe a`zo hokim a`zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a`zo tobe a`zoga muvofiq 
ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, 
sizning uyingiz, Fuzuliy g`azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a`zo bir-birini 
taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe 
a`zo qaratuvchi, hokim a`zo qaralmish deb yuritiladi. 
Moslashuv aloqasida tobe a`zo (Fuzuliy g`azali) 0 shaklli bo‘lganligi kabi, 
hokim a`zo ham ko‘rsatkichsiz qo‘llanishi mumkin: sizning uyingiz - sizning uy, 
Ilmiybaza.uz bo‘ladi. Lekin bunda majlis so‘zi fe`lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda bog`lanayotganligini esdan chiqarmaslik lozim. Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma`nosidan anglashilishi ayon bo‘lib turadi. Kelishik affiksi o‘z ma`nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z- o‘zidan raqsga tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib, so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular - kelishik qo‘shimchasini olgan holda ravishga ko‘chgan so‘z. Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a`zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan SB boshqaruv yo‘li bilan bog`langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda bo‘lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum kelishigi shaklida kelishi o‘qimoq fe`lining o‘timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe`l o‘timsiz fe`lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o‘z- o‘zidan g`oyib bo‘ladi: kitobni o‘qimoq-kitob o‘qildi. Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe`lli boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o‘qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv). Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog`liq ravishda kelishikli boshqaruv, ko‘makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv kabi turga ajraladi. Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo‘lib, bunda tobe a`zo hokim a`zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a`zo tobe a`zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g`azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a`zo bir-birini taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a`zo qaratuvchi, hokim a`zo qaralmish deb yuritiladi. Moslashuv aloqasida tobe a`zo (Fuzuliy g`azali) 0 shaklli bo‘lganligi kabi, hokim a`zo ham ko‘rsatkichsiz qo‘llanishi mumkin: sizning uyingiz - sizning uy, Ilmiybaza.uz 
 
bizning kitobimiz – bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda -ngiz va –miz 
ko‘rsatkichining tarixiy genetik bog`lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi 
birikmasini ularning kitob tarzida qo‘llab bo‘lmaydi. 
SBda bog`lanish omili. SBning tuzilishi, tashkil etuvchi a`zolarning o‘zaro 
munosabatini o‘rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. SBda 
bog`lanish a`zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a`zoning ham bir-
biriga, avvalo, ma`noviy, qolaversa, shakliy, joylashuv jihatdan moslashishi asosida 
yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, 
hokim a`zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. SBdagi a`zolarning goh 
bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog`i) 
grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki xil - bir tomonlama aloqa, 
ikki tomonlama aloqa turini farqlash ma`qul emas. Unda bitishuvli (keng dala) 
birikmalarni hech qanday aloqasiz birikma deyishga to‘g`ri kelgan bo‘lar edi. 
Yuqoridagi aloqaning ikki ko‘rinishi bog`lovchi vositaga qarab belgilangan, xolos. 
So‘z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a`zolarining ikki 
yoqlama birikish imkoniyati (tobe a`zo) va biriktirish talabi (hokim a`zo) 
aloqadorligi bevosita a`zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi. SB 
a`zolari orasidagi bog`lanish har bir so‘zda yaxlit holda mavjud bo‘lgan ma`noviy 
(M), shakliy (Sh), joylashuv (J) omillarining o‘zaro muvofiqligiga tayanadi. 
Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasidagi kitobni so‘zshaklida hokim so‘zga 
birikishini ta`minlaydigan M, Sh, J omillari bo‘lganligi kabi o‘qimoq so‘zshaklining 
ham tobe a`zoga bog`lanishini ta`minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. Xatni 
yozmoq birikmasida tobe so‘z (xatni)ning hokim so‘z (yozmoq) bilan birikishini 
uning shakli -ni, ma`nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) ko‘rsatsa, hokim 
so‘zning tobe so‘z bilan bog`lanishini ma`nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin 
kelishi) ko‘rsatadi.  
So‘zda bu uch omil yaxlit bo‘lib, ma`lum birikish jarayonida birortasi ustunlik 
qilsa, boshqalari kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so‘z 
(xatni)da shakliy omil –ni tobelikni ko‘rsatuvchi yetakchi omil bo‘lsa, hokim so‘z 
(yozmoq)da ma`noviy omil ustunlik qilgan. Ma`noviy omil deganda so‘zlarning 
Ilmiybaza.uz bizning kitobimiz – bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda -ngiz va –miz ko‘rsatkichining tarixiy genetik bog`lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo‘llab bo‘lmaydi. SBda bog`lanish omili. SBning tuzilishi, tashkil etuvchi a`zolarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. SBda bog`lanish a`zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a`zoning ham bir- biriga, avvalo, ma`noviy, qolaversa, shakliy, joylashuv jihatdan moslashishi asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a`zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. SBdagi a`zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog`i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki xil - bir tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turini farqlash ma`qul emas. Unda bitishuvli (keng dala) birikmalarni hech qanday aloqasiz birikma deyishga to‘g`ri kelgan bo‘lar edi. Yuqoridagi aloqaning ikki ko‘rinishi bog`lovchi vositaga qarab belgilangan, xolos. So‘z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a`zolarining ikki yoqlama birikish imkoniyati (tobe a`zo) va biriktirish talabi (hokim a`zo) aloqadorligi bevosita a`zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi. SB a`zolari orasidagi bog`lanish har bir so‘zda yaxlit holda mavjud bo‘lgan ma`noviy (M), shakliy (Sh), joylashuv (J) omillarining o‘zaro muvofiqligiga tayanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasidagi kitobni so‘zshaklida hokim so‘zga birikishini ta`minlaydigan M, Sh, J omillari bo‘lganligi kabi o‘qimoq so‘zshaklining ham tobe a`zoga bog`lanishini ta`minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. Xatni yozmoq birikmasida tobe so‘z (xatni)ning hokim so‘z (yozmoq) bilan birikishini uning shakli -ni, ma`nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) ko‘rsatsa, hokim so‘zning tobe so‘z bilan bog`lanishini ma`nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) ko‘rsatadi. So‘zda bu uch omil yaxlit bo‘lib, ma`lum birikish jarayonida birortasi ustunlik qilsa, boshqalari kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so‘z (xatni)da shakliy omil –ni tobelikni ko‘rsatuvchi yetakchi omil bo‘lsa, hokim so‘z (yozmoq)da ma`noviy omil ustunlik qilgan. Ma`noviy omil deganda so‘zlarning Ilmiybaza.uz 
 
bog`lanishi uchun muhim sanalgan lug`aviy ma`nosi, qaysi turkumga xosligi 
tushuniladi. Lug`aviy ma`no ayon bo‘lib, so‘zning Grammatik ma`noviy 
xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So‘zlarning muayyan turkumga xosligi keng 
ko‘lamli tushuncha, mustaqil so‘z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi 
(sifat), miqdor (son), harakat (fe`l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik 
(olmoshlar) kabi turkumlik ma`nolarini qamrab oladi. Bu ma`nolar so‘z turkumi 
(masalan, ot), uning ichki bo‘linishlari (masalan, modda-ma`dan oti, o‘rin-joy oti 
kabi) bilan bog`liq. Shuning uchun tosh ko‘prik birikmasida (tosh) so‘zining ot 
turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko‘prik) so‘zining ma`lum bir 
harakatning mahsuli bo‘lmish predmetni ifodalashi, so‘rida yotmoq birikmasida esa 
(so‘ri) so‘zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe`lining o‘timsizligi kabilar 
ma`noviy omilni tashkil etadi. 
Shakliy omil deganda so‘zlarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan 
aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakl birikmadagi 
qaysi a`zoni shakllantirishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
1) tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko‘rsatkichi va ko‘makchi); 
2) hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko‘rsatkichi). 
Joylashuv omili so‘zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida 
jipslashuvidan (2) iborat. O‘zbek tilining me`yoriy nutqida tartib qat`iy, tobe a`zo 
oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a`zoni 
bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo‘laklarni kiritish imkoniyati 
mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha kelmoq, kitobni 
o‘qimoq, 
shahrimizning ko‘chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va 
hokim a`zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o‘qidi, 
shahrimizning keng ko‘chalari), hatto teskari joylashtirish (kelmoq kecha, ko‘chalari 
shahrimizning) mumkin. 
Jipslashuv deganda tobe va hokim a`zoni bir-biridan «uzish» mumkin 
emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko‘prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o‘qimoq 
birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko‘prik birikmasidagi 
so‘zlarning o‘rni almashtirilsa, birikma mohiyati o‘zgarib ketadi: Ko‘prik - tosh. 
Ilmiybaza.uz bog`lanishi uchun muhim sanalgan lug`aviy ma`nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug`aviy ma`no ayon bo‘lib, so‘zning Grammatik ma`noviy xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So‘zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko‘lamli tushuncha, mustaqil so‘z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe`l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik ma`nolarini qamrab oladi. Bu ma`nolar so‘z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo‘linishlari (masalan, modda-ma`dan oti, o‘rin-joy oti kabi) bilan bog`liq. Shuning uchun tosh ko‘prik birikmasida (tosh) so‘zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko‘prik) so‘zining ma`lum bir harakatning mahsuli bo‘lmish predmetni ifodalashi, so‘rida yotmoq birikmasida esa (so‘ri) so‘zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe`lining o‘timsizligi kabilar ma`noviy omilni tashkil etadi. Shakliy omil deganda so‘zlarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakl birikmadagi qaysi a`zoni shakllantirishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko‘rsatkichi va ko‘makchi); 2) hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko‘rsatkichi). Joylashuv omili so‘zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida jipslashuvidan (2) iborat. O‘zbek tilining me`yoriy nutqida tartib qat`iy, tobe a`zo oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a`zoni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo‘laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha kelmoq, kitobni o‘qimoq, shahrimizning ko‘chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a`zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o‘qidi, shahrimizning keng ko‘chalari), hatto teskari joylashtirish (kelmoq kecha, ko‘chalari shahrimizning) mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a`zoni bir-biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko‘prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o‘qimoq birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko‘prik birikmasidagi so‘zlarning o‘rni almashtirilsa, birikma mohiyati o‘zgarib ketadi: Ko‘prik - tosh. Ilmiybaza.uz 
 
Demak, bu so‘zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor 
ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa EJ 
kuchliligini bildiradi. Har qanday SBda so‘zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi. 
Bunda har bir a`zodagi mazkur (M, J, Sh) omillar o‘zaro va boshqa a`zodagi shunday 
omillar bilan muvofiqlashadi. So‘zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omilning 
kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Buni uchburchak burchaklariga qiyoslash 
mumkin. Uchburchak burchaklarining yig`indisi 180 gradusga teng. Bir burchak 
kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy 
yig`indisi 180 gradusga teng bo‘lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim 
so‘zdagi bir omil kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo‘ladi. 
Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to‘la voqelanishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: 
Shakliy Manoviy Joylashuv+ShMJ. Chunki har ikki a`zo ham - biriktiruvchi-tobe 
a`zo tobega xos, hokim a`zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim 
va tobeligini ana shu shakllar ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a`zoda ham 
shakliy omil ustuvor. Birikma a`zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), 
teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta`sir qilmaydi. 
Bu esa joylashuv omilining o‘ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma`noviy omil esa 
shakliy va joylashuv omillari oralig`ida bo‘ladi. 
Shoshilib gapirmoq birikmasidagi a`zolarning birikuv omillari quyidagicha: 
ShMJ-MShJ. Birinchi uzvda shakliy omilning oldingi o‘ringa chiqishi sababi uning 
ravishdosh shaklidaligi. Ravishdosh shakli shoshilib so‘zshaklining tobeligini 
ta`minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a`zoda ham oxirgi o‘ringa o‘tishi esa 
tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligi. Ikkinchi a`zo 
(o‘qimoq)da ma`noviy omilning kuchayishi uning hokimlik grammatik shakliga ega 
emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evaziga. Mart oyi birikmasidagi 
a`zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMSh+ShMJ. SB 
a`zolarida ma`noviy omilning oxirgi o‘ringa o‘tishi mumkin emas. Chunki SB uchun 
dastlabki talab - a`zolarning ma`noviy muvofiqligi. 
Ilmiybaza.uz Demak, bu so‘zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa EJ kuchliligini bildiradi. Har qanday SBda so‘zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi. Bunda har bir a`zodagi mazkur (M, J, Sh) omillar o‘zaro va boshqa a`zodagi shunday omillar bilan muvofiqlashadi. So‘zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omilning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Buni uchburchak burchaklariga qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig`indisi 180 gradusga teng. Bir burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy yig`indisi 180 gradusga teng bo‘lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim so‘zdagi bir omil kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo‘ladi. Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to‘la voqelanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: Shakliy Manoviy Joylashuv+ShMJ. Chunki har ikki a`zo ham - biriktiruvchi-tobe a`zo tobega xos, hokim a`zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana shu shakllar ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a`zoda ham shakliy omil ustuvor. Birikma a`zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta`sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining o‘ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma`noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari oralig`ida bo‘ladi. Shoshilib gapirmoq birikmasidagi a`zolarning birikuv omillari quyidagicha: ShMJ-MShJ. Birinchi uzvda shakliy omilning oldingi o‘ringa chiqishi sababi uning ravishdosh shaklidaligi. Ravishdosh shakli shoshilib so‘zshaklining tobeligini ta`minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a`zoda ham oxirgi o‘ringa o‘tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligi. Ikkinchi a`zo (o‘qimoq)da ma`noviy omilning kuchayishi uning hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evaziga. Mart oyi birikmasidagi a`zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMSh+ShMJ. SB a`zolarida ma`noviy omilning oxirgi o‘ringa o‘tishi mumkin emas. Chunki SB uchun dastlabki talab - a`zolarning ma`noviy muvofiqligi. Ilmiybaza.uz 
 
O‘zbek tilida har bir a`zo birikuv omillarining o‘rin almashish natijasida 6 xil 
kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a`zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. 
Hokim a`zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Har bir a`zoning 6 xilligi 
asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma`lum bo‘ladi. Olti xil tobe a`zo va 
olti xil hokim a`zoni ko‘paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi. Quyida 
jadval har bir SB turiga ayrim misollar berish bilan keltiriladi (36-jadval). 
Jadvaldagi bo‘sh kataklardan o‘zbekcha birikmalar o‘rin olmaydi. Masalan, 
MShJ-ShJM tuzilishli birikma o‘zbek tiliga xos emas. Zero, aytilganidek, a`zolarda 
ma`noviy omil eng ko‘p darajada kuchsizlangan so‘z birikmalari nutqimizda yo‘q. 
SB tasnifi. Hokim a`zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning turlari. SB o‘z 
tarkibidagi hokim a`zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi 
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ismli birikmada hokim a`zo ot, sifat, son, olmosh 
turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), 
odamlarning biri (son), o `quvchilarning hammasi (olmosh). 
Fe`lli birikmada hokim a`zo fe`ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish, 
uyalgani uyalgan. 
SBning tuzilishiga ko‘ra turlari. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan so‘z birikmalari 
ikki mustaqil so‘zli. So‘z birikmalari uch va undan ortiq mustaqil so‘zli bo‘lishi ham 
mumkin: bepoyon yashil maydon, o‘nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko‘ra so‘z 
birikmasi ikki turga bo‘linadi: 
a) sodda birikma; b) murakkab birikma. 
Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so‘zdan tuziladi: oq qog`oz, ko `m-ko‘k 
osmon kabi. Besh qavatli bino, o `n yashar bola, o‘rta bo‘yli yigit tipidagi qo‘shilish 
ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o‘n yashar, o‘rta 
bo‘yli unsurlari ajralmas birikma bo‘lib, bir butun holda tobe a`zo sifatida namoyon 
bo‘ladi. Shuningdek, SBning a`zolari ibora yoki boshqa turg`un birikma bilan 
ifodalanganda ham birikma soda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi 
uchib ketgan+bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh+ertagi), Qush qo‘nmas o `simligi 
(qush qo‘nmas+o‘simligi). 
Ilmiybaza.uz O‘zbek tilida har bir a`zo birikuv omillarining o‘rin almashish natijasida 6 xil kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a`zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Hokim a`zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Har bir a`zoning 6 xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma`lum bo‘ladi. Olti xil tobe a`zo va olti xil hokim a`zoni ko‘paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi. Quyida jadval har bir SB turiga ayrim misollar berish bilan keltiriladi (36-jadval). Jadvaldagi bo‘sh kataklardan o‘zbekcha birikmalar o‘rin olmaydi. Masalan, MShJ-ShJM tuzilishli birikma o‘zbek tiliga xos emas. Zero, aytilganidek, a`zolarda ma`noviy omil eng ko‘p darajada kuchsizlangan so‘z birikmalari nutqimizda yo‘q. SB tasnifi. Hokim a`zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning turlari. SB o‘z tarkibidagi hokim a`zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ismli birikmada hokim a`zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o `quvchilarning hammasi (olmosh). Fe`lli birikmada hokim a`zo fe`ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish, uyalgani uyalgan. SBning tuzilishiga ko‘ra turlari. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan so‘z birikmalari ikki mustaqil so‘zli. So‘z birikmalari uch va undan ortiq mustaqil so‘zli bo‘lishi ham mumkin: bepoyon yashil maydon, o‘nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikki turga bo‘linadi: a) sodda birikma; b) murakkab birikma. Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so‘zdan tuziladi: oq qog`oz, ko `m-ko‘k osmon kabi. Besh qavatli bino, o `n yashar bola, o‘rta bo‘yli yigit tipidagi qo‘shilish ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o‘n yashar, o‘rta bo‘yli unsurlari ajralmas birikma bo‘lib, bir butun holda tobe a`zo sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, SBning a`zolari ibora yoki boshqa turg`un birikma bilan ifodalanganda ham birikma soda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan+bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh+ertagi), Qush qo‘nmas o `simligi (qush qo‘nmas+o‘simligi). Ilmiybaza.uz 
 
SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari 
nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. 
Masalan: A`lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar 
gapi uchta sintagmaga bo‘linadi: 1)a`lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) 
muvaffaqiyat bilan topshirdilar. 
Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisq to‘xtamdan so‘ng yangi 
sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan 
ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma 
- grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik. 
Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma 
ba`zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, 
ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-
tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim 
so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi 
a`lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a`zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga tobe 
bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar 
so‘ziga tobelanadi. 
Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan 
tobe va hokim a`zolar sintagma hosil qila oladi: a`lochi o‘quvchilar birikuvi ham 
SB, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, 
sintagma emas, chunki a`zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan. Sintagmaning 
SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning 
uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor 
bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim 
gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida unga daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan. 
Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan 
aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir 
sintagmani hosil qiladi. So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim 
rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi 
bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. 
Ilmiybaza.uz SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A`lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘linadi: 1)a`lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar. Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisq to‘xtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma - grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik. Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba`zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim- tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a`lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a`zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga tobe bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi. Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a`zolar sintagma hosil qila oladi: a`lochi o‘quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a`zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan. Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida unga daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan. Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi. So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Ilmiybaza.uz 
 
Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog`i gapini quyidagicha sintagmalash va uni 
turlicha tushunish mumkin;  
1. Halim - shofyor akamning o‘rtog`i. 2. Halim shofyor - akamning o‘rtog`i. 
Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi 
hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin. 
 
Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar 
1. Ne`matov H. va b. O‘zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000. 
2. G`ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T., 1989. 
3. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.  
4. Fanning electron majmuasi. “ZIYO-NET` – o‘збек тили бo‘лими/ 
5. B.Bahriddinova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Nasaf, 2009. 
6. Mengliyev B. O‘zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi.,2003. O‘quv 
qo‘llanma. QDU IK tas. 
7. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T., 2010. 
O‘quv qo‘llanma. O‘zMU IK tas. 
8. Raximov S., Umirqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 
2003. Darslik. O‘z R OTV tas.  
9. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi,  2005. 
Darslik. O‘z R OTV tas.  
10. Mengliyev B.M., Sh.Shoyqulov va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3-qism. -
Qarshi, O‘quv qo‘llanmaning elektron versiyasi. 2004. QDU IK tas. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
l. Sintaktik birliklarni sanang. 
2. Tobe aloqani tavsiflang. 
3. Teng aloqani tavsiflang. 
4. Kengaytiruvchini tavsiflang. 
5. Kengayuvchini tavsiflang. 
6. Birikish usullarini bayon qiling. 
Ilmiybaza.uz Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog`i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1. Halim - shofyor akamning o‘rtog`i. 2. Halim shofyor - akamning o‘rtog`i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin. Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar 1. Ne`matov H. va b. O‘zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000. 2. G`ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T., 1989. 3. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b. 4. Fanning electron majmuasi. “ZIYO-NET` – o‘збек тили бo‘лими/ 5. B.Bahriddinova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Nasaf, 2009. 6. Mengliyev B. O‘zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi.,2003. O‘quv qo‘llanma. QDU IK tas. 7. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T., 2010. O‘quv qo‘llanma. O‘zMU IK tas. 8. Raximov S., Umirqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 2003. Darslik. O‘z R OTV tas. 9. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 2005. Darslik. O‘z R OTV tas. 10. Mengliyev B.M., Sh.Shoyqulov va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3-qism. - Qarshi, O‘quv qo‘llanmaning elektron versiyasi. 2004. QDU IK tas. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: l. Sintaktik birliklarni sanang. 2. Tobe aloqani tavsiflang. 3. Teng aloqani tavsiflang. 4. Kengaytiruvchini tavsiflang. 5. Kengayuvchini tavsiflang. 6. Birikish usullarini bayon qiling. Ilmiybaza.uz 
 
7. Erkin birikish omillarini bayon qiling. 
 
Ilmiybaza.uz 7. Erkin birikish omillarini bayon qiling.