SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI. OTNI O‘RGATISH TIZIMI.OTNING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOSI USTIDA ISHLASH. OTLARDA SON HAQIDA TUSHUNCHANI O‘RGANISH METODIKASI
SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI.
OTNI O‘RGATISH TIZIMI.OTNING LEKSIK VA GRAMMATIK
MA’NOSI USTIDA ISHLASH. OTLARDA SON HAQIDA TUSHUNCHANI
O‘RGANISH METODIKASI
Reja
1. So`z turkumlari haqida umumiy tushuncha.
2. Boshang`ich sinflarda so`z turkumi bo`yicha chegaralangan grammatik
bilimlar.
3. Otni o`rganishda izchillik, otlarda son bilan tanishtirish.
Tayanch so`zlar va iboralar
So`z turkumlari, og`zaki va yozma nutq, ot, sifat, son, fe‘l, grammatik
tushuncha, otlarda son.
Birinchi sinfda: ―Fonetika- bo`limidan tovush va harf unli, undosh harflar,
tutuq belgisi, bo`g`in, bo`g`in ko`chirish; ―Leksikologiya- dan so`z ma`nosi;
―Morfologiya- dan ism bildirgan so`zlar, harakat bildirgan so`zlar, so`roq
bildirgan so`zlar; ―Sintaksis- dan nutq va gap, undov, so`roq, darak gaplar; imlo
va tinish belgilar o`rganishi mo`ljallangan.
Ikkinchi sinfda: birinchi sinfda o`rganilayotgan grammatik bilimlar
takrorlanadi. Shu bilan birga, yozma ish turlaridan ko`chirib yozish, lug`at diktanti,
izohli, rasmlar yuzasidan erkin ijodiy ishlar, nazorat diktanti, ta`limiy bayon va
insholar; nazorat diktanti uchun birinchi yarim yillikda 30-35 so`zli; ikkinchi yarim
yillikda 40-45 so`zli matn; so`roq gapli reja asosida ta`limiy bayon yozishlari
belgilangan. O`quv yili oxirida minutiga 30-35 so`zni o`qishi kerak.
Uchinchi sinfda: so`z yasovchi, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar, o`zak,
o`zakdosh so`zlar; ot, otlarning birlik va ko`pligi, ot yasovchi qo`shimchlar; sifatni
ma`nosi, so`roqlari, sifatning otdan oldin, keyin kelishi, sifat yasovchi
qo`shimchalar; fe`l, fe`lning ma`nosi, so`rog`i, bo`lishli, ma`noli fe`llar; son,
sonning ma`nosi, ta`rifi, so`roqlari, sanoq sonlar, tartib sonlar, yozilishi qiyin
bo`lgan 85 so`z imlosini o`rganishlari kerak.
To`rtinchi sinifda: gap so`z birikmasi, nutq, matn, so`z tarkibi, otlarning
egalik va kelishiklar bilan qo`llanilishi, sifatning ma`no turliri; rang-tus, mazasi,
xajmi, xususiyatlari; son, olmosh, kishilik olmashlari, ularning turlanishi; fe`l,
fe`lllarda shaxs-son, fe`l zamonlari, qo`shma fe`llar; bog`lovchi, gapning uyushiq
bo`laklari, undalma kabi grammatik bilimlar o`rganiladi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, xodisalarning
muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarga nisbatan juda
muhimligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchani boshqacha qilib aytganda
grammatik tushunchalar umumlashtigarlarini yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchani o`zlashtirish uchun mavhum tafakkurni rivojlantirishi
zarur. Mavhum fikrlash dars jarayonida turli mashqlar ishlash jarayonida hosil
qilinadi. Psixologlar fikriga ko`ra mavhum tafakkur tahlil, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish, tadqiqot qilish orqali, ya`ni mavzuni amaliy bilish hisobiga yuzaga
chiqadi. Masalan, fe`l predmetning harakatini bildiradi degan ta`rifga ko`ra
o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri yurish, bir joydan ikkinchi joyga siljishini tushunadilar,
chunki bu qoida so`zning lesik ma`nosiga to`g`ri keladi. Ammo uxlamoq,
o`ylamoq, o`smoq, ko`karmoq so`zlariga harakat boshlang`ich sinf o`quvchisiga
o`ta muhimlik qiladi. O`qitishning psixologik, pedogogik ko`rsatmalarisga ko`ra bu
sinf o`quvchilariga yotmoq, kasal bo`lmoq, uxlamoq, o`smoq kabi fe`llarni
berishga ertalik qiladi.
Tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilarda ob`yektlashtirilgan
ko`nikmasini o`stirish, ularni diqqatini so`zning aniq leksik ma`nosidani
grammatik ma`nosiga qaratish hisobga olinishi darkor.
O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularning belgilari
yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi
so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o`quvchisi
quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda
qo`llanadi – gullar, bu ot; guldor so`zi qanday? so`rog‘iga javob bo`lyapti,
narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so`zi nima qildi? so`rog‘iga
javob bo`lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo`lishsiz shaklda qo`llanadi –
gullamadi, bu – fe‘l.
Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarni so`z turkumlari mustaqil va
yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda
tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy
tanishtiradi. Masalan, o`quvchilar mustaqil so`z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh,
fe‘lning gap bo`lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo`lagi bo`lmasligini
biladilar.
Aksariyat hollarda bir grammatik ma‘no faqat bir grammatik turkumga xos
so’zlardagina yuzaga keladi. Buning asoaiy sababi ko’p so’zlar talaffuzda
theirphonetic formasini o’zgartirishi ( ya‘ni talaffuz etilganda turli yo’llar bilan
o’zgarishlarga uchrashi) mumkin.Nutqda bunday tovush o’zgarishlari so’z,ibora
yoki jumla ichida ham sodir bo’lishi ham mumkin1.
So`z turkumlarini o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zakiva
yozma nutqini o`stirish, lug`atini yangi ot, sifat, son, fe‘llar bilan boyitish,
o`quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma‘nosini aniq
tushunishiga erishish, bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish
malakasini o`stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun
so`z turkumlarini o`rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi)
ustida muntazam ish olib boriladi, o`quvchilar ko`p ma‘noli so`zlar, ularning o`z va
ko`chma ma‘noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o`quvchilarnipg
shaxsiy tajribalari, bevosita ko`rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib
olganlari bilan bog`lash muhim ahamiyatga ega.
O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning
nutqini o`stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p. 111
―Ot- mavzusini o`rganish tizimi maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib,
bunda shu so`z turkumining umumlashtirilgan ma‘nosi va grammatik belgilari aniq
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o`rganiladi, shuningdek,
otdan nutqda to`g`ri foydalanish va to`g`ri yozish malakasini shakllantirish
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o`rganish vazifalari,
o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun
material hajmi, ularni o`rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang`ich sinflarda otni o`rganish vazifalari quyidagilar:
1) ―ot- haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so`rog‘iga javob bo`lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so`rog‘iga
javob bo`lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash
ko`nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo`yilgan nomlar
va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko`nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko`plikda qo`llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo`shimchalari bilan to`g`ri qo`llash ko`nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o`quvchilar lug`atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o`rinli foydalanish malakasini o`stirish;
8) so`zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o`zaro bog‘liq
holda hal etiladi. SHu bilan birga, ―Ot- mavzusini o`rganishning muayyan
bosqichida bajarish lozim bo`lgan bir vazifani hal qilishga ko`proq ahamiyat
beriladi. Masalan, I-II sinflarda so`z turkumi sifatida otning belgilari (nimani
bildirishi, so`roqlari) o`rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va
ko`plikda qo`llanishini o`zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik
qo`shimchalari bilan qo`llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik
qo`shimchalarining yozilishini o`rganishga e‘tibor qaratiladi. O`quvchilarning
nutqi va tafakkurini o`stirish vazifasi esa mavzuni o`rganishning barcha
bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o`rganish va orfografik malaka
hosil qilishning butun jarayoni o`quvchilar lug`atini boyitishga, bog`lanishli nutq
malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga qaratiladi.
So`z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma‘nolari va grammatik belgilari
bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma‘nosi shaxs va narsani
ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va
osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o`simliklar (paxta, beda, gul),
voqealar
(yig‘in, majlis),
tabiat hodisalari
(shamol, bo`ron, yomg‘ir,
momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu,
sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik
qo`shimchalari bilan o`zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko`proq ega,
to`ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda
sifat, son, olmosh, fe‘l bilan birika oladi.
Otning ma‘nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham
ot haqidagi bilim o`quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta
shakllantira boriladi.
Otni o`rganishda izchillik. Otni o`rganishga tayyorlov bosqichi savod
o`rgatish davriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda o`quvchilar shaxs-narsalarni va
ularning nomi bo`lgan so`zlarni farqlashga o`rganadilar, so`zning leksik ma‘nosiga
e‘tibor ko`proq qaratiladi, ma‘nolarini hisobga olgan holda so`zlar (qushlar, meva
va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko`nikmasi
shakllantiriladi. So`zlarni leksik ma‘nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni
taqqoslash, o`xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko`nikmasini o`stiradi.
Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilar
so`znnng aniq ma‘nosini yetarli bilmaydilar, so`zning leksik ma‘nosini bilish bilan
birgalikda uning grammatik belgilarini ham o`zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma‘nolari va grammatik belgilari ustida
maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs, narsani
bildirishi tushuntiriladi). O`quvchilar kim? so`rog‘iga javob bo`lgan so`zlarni
nima? so`rog‘iga javob bo`lgan otlardan farqlashga o`rganadilar. Bu bosqichda ular
so`zlarni so`roq berish bilan farqlashni o`rganadilar, o`quvchilarda mavhum
grammatik tafakkur o`sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish
ko`nikmasi shakllana boradi.
II sinfda otlarning leksik ma‘nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi
bilim chuqurlashtiriladi.
―Ot- tushunchasini shakllantirish uchun shu so`z turkumiga kiradigan otlarni
asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo`lgan belgilarni, ularning
nutqimizdagi o`rnini ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni
o`rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan
so`zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o`simliklar va hayvonlarni, tabiat
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so`zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so`zlarning
hammasi uchun umumiy bo`lgan belgilar aniqlanadi: bu so`zlar shaxs, narsalarni
bildirib kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`ladi.
Dasturga ko`ra, boshlang`ich sinf o`quvchilarini sifat va boshqa so`z
turkumlaridan yasalgan mavhum ma‘nodagi (yaxshilik, go`zallik, ishonch, sevinch,
o`kinch, qo`rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo
matnda uchrasa va o`quvchilar qiziqib so`rasalar, otning bolalar o`rgangan belgilari
asosida (nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi)
tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko`rsatish uchun
o`qituvchi o`qish kitobidan matn tanlab, o`quvchilarga matndagi otlarni topishni,
so`ngra matnni shu so`zlarsiz o`qishni topshiradi. O`quvchilar matndagi otlarni
tushirib qoldirib o`qiganda, matn mazmunini tushunib bo`lmasligini anglaydilar.
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o`rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu
so`zlarsiz bir-birimizga o`z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda ―Otlarda son-, ya‘ni otlarning birlik
va ko`plikda qo`llanishi ustida ishlash jarayonida o`quvchilarda: 1) birlik va
ko`plikda qo`llangan otlarning ma‘nosi va qo`shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi
otdan ko`plik shaklidagi va, aksincha, ko`plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil
qilish, 3) gapda so`zlarning bog`lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda
to`g`ri foydalana olish ko`nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi taqqoslash usulidan foydalanib
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni
bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar
kabi. Suhbat asosida daftar so`zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so`zi nechta
(ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so`zlar bilan ham
shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar
otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo`llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs
yoki narsani bildirsa, ko`plikda qo`llanadi. Ko`plikdagi otni yasash uchun
birlikdagi otga –lar qo`shimchasi qo`shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima?
so`rog‘iga, ko`plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so`rog‘iga javob bo`ladi.
Bu sinf o`quvchilariga faqat birlikda qo`llanadigan otlar, birlik shaklida
qo`llangan armiya, qo`shin, xalq kabi otlar ko`plik ma‘nosini bildirishi, bunday
otlarga ko`plik qo`shimchasi qo`shilganda anglatadigan ma‘nosi maxsus
tushuntirilmaydi. Agar o`quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda
tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini kuzatish aslida so`z shakli ustida
ishlashning boshlang`ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o`quvchilar otlarni ko`plik
qo`shimchasi bilan o`zgartirish, ya‘ni otga shakl yasovchi qo`shimcha qo`shish
bilan so`zning leksik ma‘nosi o`zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Bu mavzu boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu
mavzu o`rganilgunga qadar, o`quvchilar ―shaxs- tushunchasi bilan hali
tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o`rganmagan bo`ladilar. O`quvchilarga
egalik qo`shimchasi shaxs, narsa birlik va ko`plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli
ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. SHularni hisobga olib, o`quvchilarni otlarda
egalik qo`shimchalari bilan tanishtirishda o`qituvchi ishni sarlavhadagi ―egalik-
so`zining leksik ma‘nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: ―egalik-
ega bo`lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma‘nolarini bildiradi, demak, egalik
qo`shimchasi deganda biror narsaga ega bo`lishni, shu narsa tegishli, shu
narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo`shimchalar tushuniladi. Otlar egalik
qo`shimchalari bilan qo`llanadi. Otga qo`shilgan egalik qo`shimchasi shu ot
ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi
ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o`qigan kitobim juda qiziqarli
ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra‘noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so`zlari so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi va
o`quvchilar kitob – o`zak, -im, -ing, -i qo`shimcha ekanini aniqlaydilar. O`qituvchi
kitob va kitobim so`zlarini taqqoslashni –im qo`shimchasining ma‘nosi haqida
o`ylab ko`rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o`quvchilar
qo`shimchaning ma‘nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so`zining
ma‘nosiga (mening kitobim – kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib
aytib berolmaydilar. O`qituvchi qisqa tushuntiradi:
– Tilda uchta shaxs mavjud:
I shaxs – so`zlovchi
II shaxs – tinglovchi
III shaxs – o`zga
Hozir men sizga so`zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so`zlovchi,
hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga
qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o`zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va
ko`plik sonda qo`llanishini bilasiz. Ma‘lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va
undan ortiq shaxsga tegishli bo`lishi mumkin. Mana shu ma‘nolarni, ya‘ni biror
shaxs va narsaning birlik yoki ko`plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini
otga qo`shilgan egalik qo`shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so`ziga
qo`shilgan -im qo`shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya‘ni kitobniig
egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo`shimchalari ham shunday tushuntiriladi).
Kitobimiz so`zidagi -imiz qo`shimchasi kitob so`zlovchi shaxsga, shu bilan birga,
ko`p shaxsga (ko`p so`zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i
qo`shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga
qo`shilgan mana shunday qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deyiladi. Egalik
qo`shimchalari tegishlilik, egalik ma‘nosini bildiradi.
Egalik qo`shimchalari otlarga ikki variantda qo`shiladi. Akam va kitobim,
akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan
tugagan otlar so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi, qo`shimchalar taqqoslanadi,
suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -
si, -miz, -ngiz, -si egalik qo`shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan
otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo`shimchalari qo`shiladi. SHundan
so`ng o`quvchilar ―Ona tili- darsligidagi qoidani o`rganadilar, jadvalni tahlil
qiladilar.
O`quvchilarga egalik qo`shimchalari haqidagi ko`nikmani shakllantirish
uchun matndan egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan otni topish, uni tarkibiga
ko`ra tahlil qilib, egalik qo`shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan
otga tushirib qoldirilgan egalik qo`shimchasini qo`shish, narsa qaysi shaxs yoki
shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo`shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar
bilan turlanishini o`rganish jarayonida egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan ot
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning
kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o`rganish jarayonida
esa egalik qo`shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi
bilan bog`lanib, so`z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik
otlarning gapda boshqa so`zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni
o`rgatishda o`quvchilarning gapda so`zlarning bog`lanishini bilishlari nazarda
tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o`quvchilar gapda ma‘no va grammatik
tomondan bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini) ajratishga o`rganganlaridan
so`ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so`zlarning bog`lanishi ustida
ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o`quvchi ot gapda qaysi so`z bilan
bog`langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so`zlar bilan bog`langanda
qo`shimchalar bilan o`zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o`quvchilar
1-sinfdayoq, so`z shakllarining o`zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular
so`z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O`quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi
(so`z o`zgartuvchi) qo`shimchalar bilan tanishadilar, bu qo`shimchalar gapda
so`zlarni bog`lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning
kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri
yozishga o`rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o`rganiladi:
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko`plikdagi otlarning turlanishini o`rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o`rganish va u bilan bog‘liq
holda kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqida ko`nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi – turlanish haqida
tushuncha berish bilan o`quvchilarga kelishik qo`shimchalari gapda so`zlarni
bog`lash uchun xizmat qilishi, o`zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi,
so`roqlari, qo`shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O`quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so`z
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so`zlar bilan shakl
yasovchi qo`shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog`lanishini
kuzatadilar, bu qo`shimchalar kelishik qo`shimchalari ekanini, otlarning kelishik
qo`shimchalari bilan o`zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga
kelishiklarning joylashish tartibi, so`roqlari va bosh kelishikdan boshqa
kelishiklarning aniq qo`shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida
tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar
esa ikkinchi darajali bo`lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.
O`quvchilar o`zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o`zlashtirishda
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi.
Bajarilgan ish yozib boriladi: o`quvchilar avval gapda ot bog`langan so`zdan shu
otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so`roqqa qarab
kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o`qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular
buni yaxshi o`zlashtirganlaridan so`ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko`plikdagi otlarnnng turlanishini o`rganishda nutqda ko`plikdagi otlardan
to`g`ri foydalanish ko`nikmasini takomillashtirish maqsadi ko`zda tutiladi.
O`quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so`rog‘ini va bitta shaxs,
narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o`quvchi); o`qituvchi agar shu
ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so`roqqa javob
bo`lishini, qaysi kelishikni bildirishini so`raydi, ular qinalmay javob beradilar
(nimalar? – kitoblar, kimlar? – o`quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko`plikdagi otlar
bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so`rog‘iga javob bo`ladi. O`quvchilar
otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko`plikda
turlaydilar va ko`plik qo`shimchasi doim kelishik qo`shimchasidan oldin
qo`shilishini, so`roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o`rganishnipg vazifasi kelishikni o`rganish bilan
bog‘liq holda kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqidagi malakani
shakllantirish va o`quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli
foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so`roqlardan foydalaniladi. Buning uchun
o`quvchilar, birinchidan, so`roqni otning yakka o`ziga emas, balki gapda ot ma‘no
tomondan bog`langan so`zdan shu otga berishni o`rganishlari, ikkinchidan,
kelishiklarning so`roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o`zlashtirishda
gapning asosini aniqlagach, gapda o`zaro bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini)
belgilash, ot bog`langan so`zni topish, so`roq berib, qaysi kelishik bilan
turlanganini, birlik yoki ko`plikda qo`llanganini aniqlash izchilligida ishni
uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap
Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher
(nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum
kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo`nalish
kelishigida, birlik).
Kelishiklarning xususiyatlarini o`rganishga qulaylik yaratish uchun har bir
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o`rganish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma‘nosi.
2. So`roqlari.
3. Qo`shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o`rganish ularni o`zaro taqqoslashni yengillashtiradi
va ongli o`zlashtirishni ta‘minlaydi.
Bir kelishik o`zining muhim belgilari (ma‘nosi, so`rog‘i, qo`shimchasi,
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi
otdan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish uchun
o`quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o`zlashtirishi talab etiladi,
shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o`zlashtirib, bir kelishikni
ikkinchisidan farqlash ko`nikmasini shakllantirishga katta o`rin beriladi.
Bosh kelishikning xususnyatlarini o`rganish bilan otning kelishik
qo`shimchasi yo`q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so`zni
o`ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so`roqlariga javob bo`lishi,
gapda ega vazifasida kelishi haqida o`quvchilarda ko`nikma hosil qilinadi;
lug`atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba‘zan
egalik qo`shimchasi olib qo`llanishi bilan tanishtiriladi.
O`quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir
qo`shimcha o`rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini
o`rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o`quvchilarda kelishiklardan
to`g`ri foydalanish ko`nikmasini hosil qilish maqsadi ko`zda tutiladi. Bu maqsadga
erishish uchun bu ikki kelishikning ma‘nosi, so`roqlari, qo`shimchasi va gapdagi
vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma‘nosini bildirib, gapda
boshqa otga bog`lanadi, u bog`langan ot egalik qo`shimchasi bilan qo`llanadi
(o`quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?,
ba‘zan qaerning? so`roqlariga javob bo`ladi; 3) -ning qo`shimchasi bilan
qo`llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o`ziga olgan shaxs, narsa
ma‘nosini bildiradi, gapda doim fe‘lga bog`lanadi (vazifani bajardim, kitobni
o`qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba‘zan qaerni? so`roqlariga javob
bo`ladi; 3) -ni qo`shimchasi bilan qo`llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo`lak
vazifasini bajaradi.
O`quvchilarning bu ikki kelishik qo`shimchasidan nutqda to`g`ri foydalanish
va ularni to`g`ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning
qaysi so`z bilan bog`langanini aniqlash, so`roqlar o`rniga gapning mazmuniga mos
so`zni kelishik bilan turlab qo`yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo`shimchalaridan
mosini qo`yib ko`chirish, tanlab ko`chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish
diktantlaridan ko`proq foydalaniladi.
Boshlangich sinflar dasturiga ko`ra, o`quvchilarni qaratqich va tushum
kelishigida otning belgisiz qo`llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.
O`quvchilar jo`nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach,
jo`nalish kelishigi qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz
undosh tovush bilan tugagan so`zlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga
qo`shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga,
SHavkatga kabi so`zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b)
o`quvchilar ―Mehnat yetkazar har tilakka- kabi gapni o`qib, tilak so`zining
o`zgarishini kuzatadilar; gapdagi tilakka bog`langan so`zni topadilar va shu
so`zdan otga so`roq beradilar (etkazar (nimaga?) tilakka); bu jo`nalish
kelishigining so`rog‘i ekanini aytadilar; tilakka so`zi so`z tarkibiga ko`ra tahlil
qilinadi va tilak – o`zak, -ka qo`shimcha ekani aniqlanadi; so`ng uni tovush-harf
jihatidan tahlil qilinib, o`zakning oxiri -k undoshi bilan tugagani, qo`shimcha ham
k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi:
jo`nalish kelishigi qo`shimchasi oxiri k undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida
qo`shiladi. ―Baliq qarmoqqa ilindi- gapidagi qarmoqqa so`zi ustida ham
yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning o`zlari
chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi
-qa shaklida qo`shiladi.
O`quvchilar o`rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach,
kelishik qo`shimchasi -da ning -ta bo`lib eshitilsa ham -da shaklida yozilishi
tushuntiriladi. Ba‘zi o`quvchilar o`rin-payt kelishigi o`rniga jo`nalish kelishigi
qo`shimchasini ishlatib, xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xatoning oldini olish
uchun o`quvchilar bilan fe‘ldan jo`nalish va o`rin-payt kelishigida qo`llangan otga
so`roq berib, so`z birikmasini topishni ko`proq mashq qilish va kelishiklarning
so`rog‘i va ma‘nosiga qarab farqlashga o`rgatiladi. Masalan, bordi (qaerga?) –
maktabga, bo`ldi (qaerda?) – maktabda; oldim (kimga?) – ukamga, ko`rdim
(kimda?) – ukamda.
O`quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida
tanishtirilib, ularga kelishik qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi.
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini
ta‘minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq
materialini asta murakkablashtirib borish bilan o`quvchilarning mustaqqlligini
oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va
o`quvchilarning nutqini o`stirish bilan bog`lab o`rgatishdir.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ot yaxlit holda o`rganiladi va uni
o`rganish o`quvchilar shu so`z turkumining belgilarini, vazifasini o`zlashtirishiga,
shuningdek, ularda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish ko`nikmasini
shakllantirishga qaratiladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Grammatik tushunchani o`rgatish jarayonida o`qituvchi qanday qilib
o`quvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtiradi?
2. Grammatik materialni o`rganishning har xil bosqichida darslik, bilan
qanday ishlaysiz? Aniq misollar keltiring.
3. Grammatik, leksik va so`z yasalishiga oid mashqlarni ayting.
4. O`zbek tilini o`rganish jarayonida bilimda izchillik qanday ta`minlanadi?
Sifatni o`rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik
bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko`zda tutadi. O`quvchilar I va II sinfda
sifatning leksik ma‘nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so`rog‘ini
berishga o`rganadilar; III sinfda sifat so`z turkumi sifatida o`rganiladi; IV sinfda
ilgari o`rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil,
yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi
o`rgatiladi. Ona tili va o`qish darslarida o`quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan
boyitiladi, ularga oldindan ma‘lum bo`lgan sifatlarning ma‘nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o`rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat
predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko`rinishi, maza-ta‘mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o`rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma‘nosi uni ot bilan bog‘liq holda o`rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
I sinfdanoq o`quvchilar e‘tibori sifatning otga bog`lanishini aniqlashga qaratiladi.
O`quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so`roq yordamida gapda
so`zlarning bog`lanishini aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi, ya‘ni ular gapdagi sifat va
otdan tuzilgan so`z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu
bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik
xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik)
ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang`ich sinflarda ―Sifat- mavzusi quyidagi izchillikda o`rganiladi: 1)
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III
sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o`zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik
ma‘nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning
belgilari xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan
tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning
ma‘nolarini aniqlash talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini
ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?)
olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko`k ip. Albatta, suhbat
asosida o`quvchilar olma, ip so`zlari nima? so`rog‘iga javob bo`lib, predmet
nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so`zlar qanday? so`rog‘iga javob
bo`lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar.
O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir-
biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi
(Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko`m-ko`k daraxt. Qanaqa shkaf? –
Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob
bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi.
O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi ahamiyatini
anglashlari uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib
qoldirib, so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko`rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan
foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar,
predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O`quvchilar qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan (predmet belgisini
bildirgan) so`zlarni o`zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali
hisoblanadi: 1) so`roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so`zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so`zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so`rog‘iga
javob bo`lgan so`zni va unga bog`langan qanday? va qanaqa? so`rog‘iga javob
bo`lgan so`zni tanlab (so`z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) Tayanch so`zlar
va iboralar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: ―sifat- tushunchasini shakllantirish
hamda o`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish
hal qilinadi.
―Sifat- tushunchasini shakllantirish o`quvchilarning ―predmet belgisi-
degan umumlashtirilgan kategoriyani o`zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. SHu
maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so`zlar guruhlanadi
va shu so`zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma‘nosi bilan
birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o`quvchilar uning so`z turkumi sifatidagi
o`ziga xos ko`rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday?
yoki qanaqa? so`rog‘iga javob bo`ladi, v) gapda otga bog`lanib, shu ot bilan so`z
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og`zakiva yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish
kabilar)ga katta o`rin beriladi.
O`quvchilarning sifatning leksik ma‘nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o`stirish uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday kitob?
Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash:
Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3)
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan
foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o`rnini puxta
o`zlashtirishga erishish uchun ma‘nodosh va zid ma‘noli sifatlar ustida ishlash,
o`qish darslarida sifatning o`z va ko`chma ma‘noda ishlatilishini kuzatish
maqsadga muvofiq. Sifatni o`rganish jarayonida so`z yasashga oid mashqlarni
muntazam o`tkazib borish o`quvchilarda u yoki bu so`z turkumini yasash uchun
so`z yasovchi qo`shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og`zakiva
yozma nutqda sifatlardan aniq, o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish bilan
bog‘liq holda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan sifatlarni va ko`m-ko`k, yam-
yashil kabi sifatlarni to`g`ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu
vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o`quvchilar nutqini o`stirishga
qaratiladi.
Nazariy ma‘lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo`yish, gapda sifat bog`langan otni (so`z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan
sifatlar yoki so`z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq
materialini tanlashda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi,
shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko`proq bo`lishiga e‘tibor beriladi.
O`quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-
sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o`zlashtirishda uni ot bilan
o`zaro bog‘liq holda o`rganishga asoslaniladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Boshlang`ich sinflarda qanday so`z turkumlari o`rganiladi? Ularni
o`rganishdagi izchillikni tushuntiring.
2. O`quvchilarga sifatni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz?
Sifatga oid bironta dars ishlanmasini yozing.
3. Boshlang`ich sinfda sifat so`z turkumi yuzasidan o`quvchilarga qanday
bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi?
4. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilarda qanday imloviy bilimlar hosil
qilinadi?
5. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish yuzasidan qanday
mashqlar o`tkazasiz?
6. Son so`z turkumini mustaqil ravishda tushuntirishga tayyorlaning.
Predmetning miqdoriy belgisini anglatadigan leksemalarga son leksemalar
deyiladi. O’zbek tilida son leksemaga shakl o’zgarishi xos emas, shunga ko’ra son
leksema ot leksemaga shakl o’zgartiruvchisiz to’g’ridan to’g’ri bog’lanadi: ikki
kishi-, to’rt shahar-, besh yil- kabi. Son leksemalar miqdor son va tartib son deb
ajratiladi. Miqdor son predmetning umuman ko’p-ozligini emas, balki ma'lum bir
aniq yoki chamali miqdorini anglatishga xizmat qiladi. Miqdor sonlardan dastlab
sanoq sonlar ajratiladi. Lisoniy birlik deb avvalo asosiy sanoq sonlarga aytiladi;
son leksemalarning boshqa turlari sanoq son asosida hosil qilinadi. Ma'lum tizim
hosil etuvchi quyidagi 22 sanoq son son birliklari deyiladi: 1) birlik sonlari: bir-, ..
to’qqiz-; 2) o’nlik sonlar: o’n-, .. to’qson-; 3) yuqori miqdor sonlari: yuz-, ming-,
million-, milliard-. Tarixan yuqori miqdor sonlari tarkibida quyidagicha o’zgarish
voqe bo’lgan: a) yuz-, ming- qatorida ilgari tuman- (10000), lak- (100000) sonlari
ishlatilgan; bu yerda keyingi son oldingi sondan o’n karra ko’p miqdorni
anglatgan; b) ijtimoiy taraqqiyot natijasida tuman-, lak- sonlari iste'moldan chiqqan
(tuman- soni – turkiy, lak- soni asli hindcha); bular o’rnini million-, milliard-
sonlari egallagan; bu yerda keyigi son oldingi sondan ming karra ko’p miqdorni
anglatadi; ming- (1000), million- (1000000), milliard- (1000000000). Million- soni
fransuzcha bo’lib, «mingta ming» ma'nosini, milliard- soni ham fransuzcha bo’lib,
«mingta million» ma'nosini anglatadi. Zarurat tug’ilsa, trillion- soni ham
ishlatiladi; bu son asli lotincha bo’lib, "mingta milliard» ma'nosini anglatadi.
Ko’rinadiki, «o’n karralab» ko’payish «ming karralab « ko’payishga almashgan.
Yuz-, ming- sonlari oldidan sifatlovchi keltirilishi bu leksemalar asli ot leksema
ekanini ko’rsatadi. Hatto o’n- soni ham shunday xususiyatga ega bo’lgan: sakson-,
to’qson- sonlari asli sakkiz-, to’qqiz- birlik sonlarini sifatlovchi vazifasida o’n-
leksemasiga bog’lab tuzilgan: sakkiz o’n- saksonkabi. Oltmish-, yetmish- o’nliklari
ham asli «o’n» ma'nosini bildirgan mishleksemasiga olti-, yetti- birlik sonlari
sifatlovchi tariqasida bog’lab tuzilgan deb taxmin qilinadi. Hozirgi o’zbek tilida
yuqorida tilga olingan son leksemalar sodda son, tub son hisoblanadi. Sanoq son
matematikada ma'lum miqdorning nomi sifatida ishlatiladi, shunga ko’ra ot
leksema kabi turlanadi: Besh (5) ikkiga (2ga) bo’linmaydi. To’qqizdan (9dan)
ikkini (2ni) olsak, yetti (7) qoladi kabi. Sanoq son kishi-, farzand-, o’g’il-, qiz-, ota-
ona- kabi kishi otlariga bevosita birikadi: besh kishi- (farzand-, o’g’il-) kabi. Sanoq
son narsani anglatadigan otga birikkanida orada o’sha narsa uchun o’lchov birligi
bo’lib xizmat qiladigan ot leksema qatnashadi. Masalan, daraxt, ko’chat kabilar
uchun o’lchov birligi vazifasini tup- leksemasi, qo’y, sigir kabilar uchun esa
boshleksemasi bajaradi: uch tup olma-, ellik bosh qo’y- kabi. Bunday vazifada
keladigan ot leksemaga numerativ deyiladi (lot. numeratio - «sanash», «hisob»).
Bunday vazifada idish nomlari, vaqt o’lchovini, og’irlik o’lchovini, hajm
o’lchovini, sath o’lchovini, uzunlik o’lchovini, pul o’lchovini bildiradigan va
boshqa tur leksemalar keladi. 22 son birligi bilan 1tadan tortib 999999999999
tagacha bo’lgan miqdor ifodalanadi. Bu qadar ko’p miqdorni ifodalashga sodda
sonlar bilan ma'lum qoliplar asosida hosil qilinadigan tuzma sonlar yordamida
erishiladi. Bunday tuzma sonlarni tuzish qoliplari lisonda mavjud bo’lib, har gal
nutqda bu qoliplar miqdor birliklari bilan to’ldiriladi. Tuzma sonlarning turlari va
qoliplari quyidagicha:
1. O’nliklar orasidagi miqdorni ifodalovchi tuzma sonlar "o’nlik son + birlik
son" qolipi bilan tuziladi: o’n bir-, .. to’qson to’qqiz- kabi. Bunda o’nlik songa
birlik son qo’shiladi: o’n va bir, o’n-u bir, o’n + bir; shunga ko’ra bu son turini
qo’shuvga asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin.
2. Yuzliklarni ifodalovchi tuzma son bunday miqdor soni oldidan birlik sonni
keltirish bilan ifodalanadi: bir yuz-, .. to’qqiz yuz- kabi. Bunda yuzlik son ot
hukmida bo’lib, unga birlik son sifatlovchi vazifasida keladi; mohiyati jihatidan
«karra» ma'nosi ifodalanadi: ikki yuz- «ikki karra yuz» kabi. Shunga ko’ra bu son
turini ko’paytiruvga asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin: ikki yuz- «ikki X
yuz» kabi.
3. Yuzliklar orasidagi miqdorning ifodalanishi o’nliklar orasidagi miqdorni
ifodalash qolipi bilan tuziladi: a) "yuzlik + birlik": ikki yuz uch- kabi; b) "yuzlik +
o’nlik": ikki yuz o’n- kabi; v) "yuzlik + o’nlik orasidagi birlik": ikki yuz to’qson
to’qqiz- kabi.
4. Mingliklar (va undan yuqori miqdor birliklari) bunday son oldidan quyidagi
son turlarini keltirib ifodalanadi: a) birlik sonni: ikki ming-, .. to’qqiz milliard-
kabi; b) o’nlik sonni: yigirma ming-, .. to’qson milliard- kabi; d) o’nliklar orasilagi
sonni: yigirma bir ming-, .. to’qson to’qqiz milliard- kabi; e) yuzlik sonni: ikki yuz
ming-, .. to’qqiz yuz milliard- kabi; f) yuzliklar orasidagi miqdor sonni: ikki yuz
besh ming-, .. ikki yuz to’qson to’qqiz milliardkabi; g) yuqoridagi bandlarda
ta'kidlangan barcha tur sonlarni: to’qqiz yuz to’qson to’qqiz milliard to’qqiz yuz
to’qson to’qqiz million to’qqiz yuz to’qson to’qqiz ming to’qqiz yuz to’qson
to’qqiz-. Ko’rinadiki, tuzma sonlarni tarkiblashda tenglik aloqasidan ham, tobelik
aloqasidan ham foydalanilgan. Miqdor sonlarining sanoq sondan tashqari donalik
son, chama son, taqsim son, jamlovchi son turlari mavjud; bular affiks bilan va
boshqa usul bilan hosil qilinadi. Donalik son sanoq songa shakl yasovchi -ta
affiksini qo’shib hosil qilinadi: bitta-, .. millionta- kabi. «Dona» ma'nosi -ta
affiksidan tashqari dona, nafar kabi leksemalar bilan ham ifodalanadi; dona
leksemasi narsalarning sanog’ini bildirishda, nafar leksemasi esa kishilarning
sanog’ini bildirishda ishlatiladi: ikki dona qalam-, uch nafar otliq askar- kabi.
Chama son predmetning miqdorini taxminlab bildiradi. Bunda miqdor asosan oz
tomonga, ba'zan-gina ko’p tomonga chamalanadi. Chama ma'nosi sintetik usul –
affiks bilan va analitik usul – son birliklarini juftlash bilan ifodalanadi.
1. Chama son quyidagi affikslar bilan yasaladi: 1) Donalik songa chama
ma'nosini ifodalovchi -cha affiksini qo’shib yasaladi (odatda eng kichik donalik
sondan-gina yasalmaydi): uchtacha-, yuztacha- kabi. Bunday yasalishda «donalab»
chamalash ma'nosi ifodalanadi: o’ntacha yo to’qqizta, yo o’nta, yo o’n bitta kabi.
Buni raqam bilan -/10 deb ko’rsatish mumkin. Bu tur chama sonni donalovchi
chama son deb atash mumkin. 2) Yuz-, ming- kabi yuqori miqdorni anglatuvchi
sanoq songa -larcha affiksini qo’shib yasaladi; bu affiks tarkibidagi -lar qismi
«chegaralash» ma'nosini, -cha qismi «chama» ma'nosini ifodalaydi: yuzlarcha-
«yuzga yaqin», «yuzga yetar-yetmas». Buni raqam bilan -100 deb ko’rsatish
mumkin. 3) O’n-, yuz-, ming- va undan yuqori miqdorni anglatadigan son
birliklaridan -lab affiksi bilan yasaladi: yuzlab-, .. millionlab- kabi. Bunday
yasalishda chama «bir necha» tarzida ifodalanadi: yuzlab- «bir necha yuzlarcha»
kabi. Ko’paytiruv amalini eslatadigan bu chama son turini karralovchi chama son
deb atash mumkin.
2. Chama son analitik usul bilan quyidagicha tuziladi:
1) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan birlik sonlari o’zaro juft holda
ishlatiladi: uch-to’rt- kabi. Bunda oz miqdorni ifodalovchi birlik son oldin, ko’p
miqdorni ifodalovchi birlik son keyin joylashadi; shunga ko’ra «ko’payuvchi
chama» ma'nosi ifodalanadi: uch-to’rt «uch yo to’rt, yo besh» kabi. Ba'zan oz
miqdorni ifodalovchi birlik son keyin keladi: besh-to’rt- kabi. Bunda «kamayuvchi
chama» ma'nosi ifodalanadi: besh-to’rt- «besh yo to’rt, yo uch» kabi.
O’n-o’n ikki, uch-besh kabi ishlatishda asli chama emas, balki «eng ozi – eng
ko’pi», «ma'lum miqdor oralig’ida» kabi ma'no ifodalanadi.
2) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan ikki donalik son juft holda ishlatiladi:
uchta-to’rtta- kabi. Bu yerda chama ma'nosi «dona» ma'nosi qo’shilgan holda
ifodalanadi.
3) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan o’nlik sonlar juft holda ishlatiladi:
o’ttiz-qirq- kabi (Bunday juft son o’n-yigirma- tarzida tuzilmaydi). Bu yerda
miqdor «o’nlab» chamalanadi.
4) O’nlik son shu o’nlik sonni besh- soni bilan birga juftlab tuziladi: o’ttiz-
o’ttiz besh- kabi. Bunda miqdor «beshlab» chamalanadi. Bunday chama son o’ttiz
besh-qirq- tarzida ham tuziladi. Yuqori miqdor sonlarida «ketma-ket»lik talabidan
ba'zan chetga chiqiladi: yuz-ikki yuz- deb ham, yuz-uch yuz- deb ham tuzish
mumkin.
3. Vaqtni chamalab ifolalash uchun soat birda kabi qurilmaga kelishikdan
oldin, -lar affiksi qo’shiladi: soat birlarda kabi. Bunda «yaqin», «yetaryetmas «
kabi chama ma'nosi ifodalanadi. Taqsim son miqdor sonlarining alohida turi bo’lib,
quyidagicha hosil qilinadi:
1) Donalik songa -dan affiksini qo’shib: ikkitadan, uchtadan, bir yuz o’ntadan
kabi.
2) Donalik sonni takrorlab, keyin -dan affiksini qo’shib: ikkita-ikkitadan kabi;
ba'zan -dan affiksi har ikki dona songa qo’shiladi: ikkitadan-ikkitadan kabi.
3) Oldingi tur ifodalanishdan keyin bo’lib yordamchisini qo’shib: ikkitadan-
ikkitadan bo’lib kabi.
4) -ov affiksi bilan yasalgan jamlovchi sonni takrorlab, keyin bo’lib
yordamchisini qo’shib: ikkov-ikkov bo’lib kabi. Jamlovchi son predmetning
miqdorini to’dalab ifodalaydi, ayrim birlik sonlaridan-gina -ov, -ala affiksi bilan
yasaladi:
1) Ikkidan sakkizgacha bo’lgan olti sanoq sondan (ba'zangina o’n- sanoq
sonidan) -ov affiksi bilan yasaladi: ikki + ov > ikkov-, uch + ov uchov- kabi. Bir-
sonidan -ov affiksi bilan yasalgan birov- leksemasi ikki xil ma'noni ifodalaydi: a)
qiz bolalarning o’yinida birov, ikkov kabi sanoqni bildiradi; b)»kimdir notanish
kishi» ma'nosini bildiradi, bunda gumon olmoshi bo’ladi. -ov affiksi bilan yasalgan
jamlovchi son ot tabiatli bo’lib, odatda ko’plik nisbatlovchisi qo’shilgan holda
ishlatiladi, nisbatlovchidan keyin kelishik morfemasi qo’shiladi: ikkov + imiz + ni
kabi.
2) Ikkidan oltigacha bo’lgan to’rt sanoq sondan -ala affiksi bilan yasaladi: ikki
+ ala > ikkala-, uch + ala > uchchala- kabi. Jamlovchi sonning bu turi ham ot
tabiatli bo’lib, asosan ko’plik nisbatlovchisi va kelishik morfemasi qo’shilgan
holda ishlatiladi: ikkalamizni, beshalamiz kabi. Bu tur jamlovchi son sifatlovchi
vazifasida ham ishlatiladi, bunda nisbatlovchi va kelishik ko’rsatkichlari o’z-
o’zidan qatnashmaydi: ikkala talaba-, ikkala xona- kabi. Son birliklari bilan butun
miqdor-gina emas, butunning qismiga teng miqdor ham ifodalanadi. Butun songa
zid qo’yib bunday son turi kasr son deyiladi: o’ndan ikki-, sakkizdan bir- kabi.
Bunday qurilmaning to’liq shakli asli o’n bo’lakdan ikki bo’lak shaklida tuzilgan,
keyinchalik ixchamlikka intilib, bo’lak qismlari tashlangan, birinchi bo’lak-
leksemasiga qo’shiladigan -dan affiksi sanoq songa qo’shiladigan bo’lgan: o’n
bo’lakdan o’ndan kabi. O’n bo’lakdan ikki bo’lak- ot tabiatli qurilma bo’lib, unga
nutqda kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak ot tabiatli qurilma bo’lib, unga nutqda
kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak leksemasi tashlanganidan keyin kelishik
morfemasi sanoq songa (asli ushbu qurilmaga yaxlitligicha) qo’shiladigan bo’lgan:
(o’n bo’lak)dan (ikki bo’lak)ni (o’ndan ikki)ni kabi. Butun son bilan kasr sondan
tuzilgan songa kasrli son (matematikada aralash son) deyiladi: ikki butun o’ndan
ikki- kabi. Kasr son ham, kasrli son ham – tuzma son. Sanoq sondan -nchi affiksi
bilan yasalgan son turiga tartib son deyiladi: ikkinchi-, yigirmanchi- kabi. Son
leksemalarning boshqa turlari miqdor ma'nosini anglatsa, tartib son predmetning
boshqa predmetlar qatorida nechanchi o’rinda ekanini ifodalaydi: uchinchi- soni
«ikkidan keyingi» ma'nosini bildiradi. Tartib son sifat tabiatli bo’lib,
sifatlovchi vazifasida keladi: to’qqizinchi sinf- kabi. Birinchi-, ikkinchi- tartib
sonlari oliy nav- kabi birikmalar qatorida ishlatilib, belgi (sifat) ma'nosini kashf
etgan: oliy nav-, birinchi nav- kabi. Tartib songa -dan affiksini qo’shib
birinchidan, ikkinchidan kabi hosil qilingan leksemalar sira ma'nosini ifodalab,
kirish bo’lak vazifasida keladi. Son leksemalar turlarini quyidagicha jadval tuzib
ko’rsatish mumkin:
Son leksemalar
Miqdor sonlar Tartib son
Butun sonlar Kasr son
Sanoq son Kasrli son
Donalik son Chama son Taqsim son Jamlovchi son
Boshlang`ich sinf darsliklarida berilgan mashqlarni ko`rib chiqamiz. 3-sinf
ona tili darsligidagi mavzularda quyidagicha topshiriqlar berilgan.336-
mashq.Sonlarni o`zi bog`langan ot bilan ko`chiring.
Bir tup, bir soat, bir kilogram,yeti yuz gramm,oltmish to`rt kishi.
339-mashq. Quyidagi so`zlarni sanoq va tartibni bildirgan sonlar bilan qo`llab,
birikma tuzing. Sonlarni raqamlar bilan yozing.
3-uy,4-qavat,5-sahifa, uchta maktab, II asr, besh qism.
340-mashq. Sonlarning gapdagi vazifasini ayting. Ularni o`zi bog`langan so`z
bilan ko`chiring.
Uchinchi qorishma, birinchi sinf, ikkita chelak, to`rtinchi sinf.
Aniqlovchi bo`lib kelyapti.
Vazifa:341-mashq.
Topishmoq javobini ayting. Raqamlarni harflar bilan ifodalab
ko`chiring.Sonning turini aniqlang.
Qirq o`rtoqqa bitta uy,
Bir qiyofa, bir xil bo`y,
Ketma-ket chiqishar,
Chars-churs olov yoqishar.
(Gugurt)
Bir otasi, bir bolasi,
Necha yuz ming bolasi.
(Oy, yulduzlar)
Supacha, supachada besh bola.
(qo`l)
Miqdor sonlar qatnashgan.
343-mashq. Raqamlarni harfiy ifodalar bilan yozing. Sonlarni otlar bilan
bog`lab birikma tuzing. Chizmada yozing.
Namuna: ikki o`quvchi.
To`rt askar, yettinchi bino,sakkizta qo`y,to`qqiz o`g`il,yigirmatta tovuq,o`ttizta
stul, qirq eshak, ellikta daftar, oltmishta sigir,mingta buloq,bir million so`m.
346-mashq. Katakcha o`rniga ertaklarda ko`p qo`llanadigan sonlarni
topib,birikma tuzing va yozing.
Yetti iqlim, yeti xazina, qirq kun, yetmish hunar, qirq kecha-kunduz, uch qiz.
Xulosa
Son narsa-buyumning miqdorini, sanog`ini bildirgan so`z turkumi
hisoblanadi. Bunda son so`z turkumiga oid mashqlar soddadan murakkabga tomon
berilgan. Masalan, 1-sinf ona tili darsligidagi 137-mashqda so`zlarga so`roq
berilishi aytilgan bo`lsa,138-mashqda esa ham so`roq berilishi, ham songa oid
so`zlarni nechta ekanligini topish haqida berilgan. Bu orqali o`quvchilarning aqli
charxlanadi, son so`z turkumini tushunishi osonlashadi, hisob so`zlarni bilib olish
ko`nikmasi hosil bo`ladi. 1-sinf darsligida matn ichidagi so`zlarga nechta? va
nechanchi? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni topib kelish bo`lsa,2-sinf ona tili
darsligida esa ham bu so`zlarni topish, ham u bilan bog`langan so`zlar bilan
ko`chirish lozimligi eslatib o`tilgan. Hamda juft sonlar ham berib o`tilgan. Ikkala
darslikdagi o`xshashliklar son so`roqlarining bir xilligida hamda narsalar sanog`ini
bildirgan so`zlar tagiga to`lqinli chiziq chizilishi kerakligi aytilganligida
hisoblanadi. 2-sinf darsligida matn ichida so`roqlarga to`g`ri misol yozilishi ham
aytilgan. 3-sinf darsligida sonlar raqam bilan yozilganda -inchi, -nchi,
qo`shimchasi o`rniga chiziqcha ishlatilishi, matn ichidan tartib sonlarni va sanoq
sonlarni alohida ustun shaklda yozish kerakligi berilgan. Sonlar badiiy asarlarda
so`z-harf bilan yozilishi ham o`rgatilgan. Hatto namuna bilan tushuntirib qo`yilgan.
4-sinfda ancha murakkablashtirilgan. Masalan: tartib sonlarni o`zak va
qo`shimchaga ajratish lozimligi, sanoq sonlarni o`zi bilan bog`langan ot bilan birga
ko`chirish kerakligi, topishmoqlarni topish sharti so`ralgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Son deb nimaga aytiladi?
2. Son nechanchi sinf darsliklarida berilgan?
3. Son necha turga bo`linadi, sanab bering.
4. Sonning turlariga misollar keltiring.
5. Boshlang`ich sinflarda sonning o`rganilishini navbat bilan sanab o`ting,
misollar keltiring.
Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so’roqni bildiruvchi va shunday
leksemalar o’rnida ishlatiluvchi birliklarga olmosh leksemalar turkumi deyiladi.
Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi.
Har bir lug’aviy leksemalar turkumining o’z so’roq olmoshlari bo’ladi:
1) ot so’roq olmoshlari: kim−, nima−;
2) sifat so’roq olmoshlari: qanday, qanaqa, qaysi;
3) son so’roq olmoshlari: necha, qancha, nechtadan, nechanchi;
4) ravish so’roq olmoshlari: qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay
tarzda;
5) fe'l so’roq olmoshlari: nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir.
Olmoshlarning quyidagi ma'no turlari so’roq olmoshlari asosida hosil qilingan:
1. Gumon olmoshlari:
1) so’roq olmoshi oldiga alla- affiksoidini qo’shib: a) ot so’roq olmoshiga:
allakim−, allanima−, b) sifat so’roq olmoshiga: allaqanday, allaqaysi, d)son
so’roq olmoshiga: allaqancha, allanechanchi, e) ravish so’roq olmoshiga:
allaqachon kabi;
2) so’roq olmoshi oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qo’shib: a) ot so’roq
olmoshiga: kimdir, nimadir, b) sifat so’roq olmoshiga: qandaydir, qaysidir, d) son
so’roq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir; e) ravish so’roq olmoshiga:
qachondir, negadir, nimagadir kabi. -dir asli gumon yuklamasi bo’lgani sababli ot
so’roq olmoshiga sonlovchi va turlovchi affiksdan keyin qo’shiladi: kimlargadir
kabi. 2. Belgilash olmoshlari so’roq olmoshlaridan oldin har ta'kidlov affiksoidini
keltirib hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: har kim−, har nima−, b) sifat
so’roq olmoshi oldidan: har qanday, har qaysi, d) son so’roq olmoshi oldidan: har
qancha, e) ravish so’roq olmoshi oldidan: har qachon kabi. I z o h. Hamma,
barcha, bari kabi leksemalarni olmoshlar qatoridan chiqarib, ko’p, bir talay kabi
miqdor ravishlari qatoriga qo’shish to’g’ri, chunki bular «mavjud miqdordagi» kabi
leksik ma'noni anglatadi. 3. Bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlari oldidan
hech inkor affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: hech
kim−, hech nima−, b) sifat so’roq olmoshi oldidan: hech qanday, hech qaysi, d)
son so’roq olmoshi oldidan: hech qancha, e) ravish so’roq olmoshi oldidan: hech
qachon kabi. Yuqoridagi tasvirdan anglashiladiki, gumon olmoshlari, belgilash
olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari o’z ichida ot olmosh, sifat olmosh, son olmosh,
ravish olmosh turlariga ajratiladi. Olmoshlarning grammatik tabiati qaysi turkum
olmoshi ekaniga bog’liq. Kishilik olmoshlari ot olmoshlarning maxsus turi bo’lib,
shaxs, son, o’rni bilan modal ma'nolarni ifodalaydigan quyidagicha paradigmani
hosil qiladi: men− biz 1−, bizlar− biz 2 −sen− senlar−, siz 1−, sizlar− siz 2 − u −
ular 1− ular 2−Kishilik olmoshlarining bu paradigmasida shaxs, son, o’rni bilan
modal ma'nolarning ifodalanishi quyidagicha: 1) men−, sen− olmoshlarida shaxs
va son ma'nosini olmosh asosining o’zi ifodalaydi. Tarixan shaxs ma'nosini bu
olmoshlarning m-, s- qismi, son ma'nosini -n qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi
o’zbek tilida bu olmoshlar tarkibi ma'noli qismlarga ajratilmaydi. 2) biz−, siz−
olmoshlari ham xuddi shunday baholanadi: Tarixan shaxs ma'nosini b-, s- qismi,
son ma'nosini -z qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi o’zbek tilida bu olmoshlar
ma'noli qismlarga ajratilmaydi. 3) biz−, siz− olmoshlari birlikni ifodalash uchun
ham ishlatila boshlagani sababli, ko’plikni ochiq ifodalash maqsadi bilan bo’lsa
kerak, bu olmoshlarga -lar ko’plik affiksini qo’shib ishlatish yuzaga kelgan.
Bunday ishlatishda (bizlar−, sizlar−) biz-, siz- asoslari shaxs ma'nosini, -lar affiksi
esa son ma'nosini ifodalaydi, demak, bu ma'nolarni olmosh tarkibidagi boshqa-
boshqa qismlar bildiradi. 4) I, II shaxs olmoshlaridan farqli holda III shaxs olmoshi
u− kishiliknarsa olmoshi deyiladi. Bu olmosh asli ko’rsatish olmoshidan o’sib
chiqqanini hisobga olib, uni kishilik-ko’rsatish olmoshi deb baholash ham mavjud.
Hozirgi o’zbek tilida u− II kishilik-narsa olmoshi bilan u− I ko’rsatish olmoshini
omoifodalar deb qarash to’g’ri. u− kishilik-narsa olmoshining asosi I, II shaxs
birlik kishilik olmoshlaridan farqli holda faqat shaxs ma'nosini bildiradi, son
ma'nosini unga qo’shiladigan nol ko’rsatkichli morfema ifodalaydi; bu yerda nol
ko’rsatkichli morfema shu olmosh asosiga ko’plik ma'nosini ifodalash uchun
qo’shiladigan -lar affiksi bilan zidlashda belgilanadi: u + − u + lar−. Demak, III
shaxs kishilik-narsa olmoshida shaxs ma'nosini asos, son ma'nosini esa grammatik
ko’rsatkich ifodalaydi. 5) biz− 2 – bizlar−, siz− 2 – sizlar− munosabatida ham
yuqoridagi kabi hodisani ko’ramiz: biz 2 + − biz + lar−, siz 2 + − siz + lar−.
Xullas: a) men− olmoshi-gina -lar affiksini olmaydi, demak, son shakllarida
zidlanish yo’q, shunga ko’ra shaxs va son ma'nosini bu olmoshning asosi bildiradi;
b) sen− – senlar−, u− – ular− 1, biz 2 + − - bizlar−, siz 2 + −- sizlar−
zidlanishida shaxs ma'nosini olmoshning asosi, son ma'nosini morfema ifodalaydi;
d) senlar – sizlar zidlanishida son (ko’plik) ma'nosi affiks yordamida ifodalanadi,
modal ma'nodagi zidlanish («senlash» - «sizlash») olmosh asosidan anglashiladi; e)
biz− 1 – biz− 2, siz− 1 – siz− 2, ular− 1 – ular− 2 zidlanishida «ko’plik» ma'nosi
bilan ishlatilish birlamchi bo’lib, «ko’plik» yakka shaxsga ko’chirib ishlatilishi
natijasida «birlik» ma'nosi yuzaga kelgan, bu «birlik» ma'nosi modal ma'no bilan
birgalikda ifodalangan: biz− 1(«ko’plik») – biz− 2 («birlik + kamtarlik»), siz− 1
(«ko’plik») – siz− 2 («birlik+ sizlash»), ular− 1 («ko’plik») – ular− 2 («birlik +
sizlash»); d) biz− 1 – bizlar−, siz− 1 – sizlar− – senlar− qatori sinonimiyaga –
ko’plikning har xil ifodasiga teng. Kishilik olmoshi ot olmosh sifatida turlanadi.
Bunda men, sen olmoshlariga qaratqich kelishigi affiksi -ing shaklida, tushum
kelishigi affiksi -i shaklida qo’shiladi. Makon kelishiklari affiksi u− olmoshining
un- (< ul−) shakliga qo’shiladi. Hozirgi o’zbek tilida kishilik olmoshlariga
nisbatlovchi qo’shilmaydi. Kishilik olmoshlarining so’zlashuv tilida saqlanib
kelayotgan manim, saning, uni (shuningdek bizim, sizing) shakllari oxiridagi
qo’shimchalarni nisbatlovchilar deb talqin qilish ham mumkin. Unda menim
kitobim kabi birikmaning har ikki a'zosiga aslida ayni bir nisbatlovchi qo’shilgan
bo’lib chiqadi. Adabiyotlarda ko’rsatish olmoshlari nomi bilan bu, shu, u, o’sha,
mana, ana birliklari keltiriladi. Bular haqiqatda ko’rsatish ma'nosini ifodalaydi,
lekin biror leksemaga olmosh bo’lib kelmaydi. Shunga ko’ra bularni olmosh deyish
to’g’ri bo’lmaydi, shartli ravishda ko’rsatish birliklari deb nomlash mumkin.
Ko’rsatish birliklari o’zaro quyidagicha oppozitiv munosabat hosil qiladi: bu shu
mana mana bu mana shu u o’sha ana ana u ana o’sha. Ko’rsatish birliklari
tizimining asosini bu, shu, u, o’sha tashkil qiladi; bu, shu oldidan mana birligini, u,
o’sha oldidan ana birligini keltirish bilan ko’rsatish ma'nosi ta'kidlanadi. Mana,
bu, shu qatori odatda yaqin masofadagi predmetni, ana, u, o’sha qatori uzoqroq
masofadagi predmetni ko’rsatish uchun ishlatiladi; ana, ana u oldidan hov, huv
birliklarini keltirish bilan masofaning yana−da uzoqroq ekanligi ifodalanadi. Bu,
shu qatorida bu odatda birlamchi ko’rsatishda, shu esa ikkilamchi ko’rsatishda,
shuningdek u birlamchi ko’rsatishda, o’sha ikkilamchi (oldin ham ta'kidlangan)