SO‘Z VA TERMIN. TERMINOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISHI (Terminologiya fani va uning rivojlanishi, Terminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi, Terminlar va ularni o‘rganish masalalari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
36,6 KB
Ilmiybaza.uz
SO‘Z VA TERMIN. TERMINOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISHI
Reja:
1. So‘z va termin.
2. Terminologiya fani va uning rivojlanishi.
3. Terminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Terminlar va ularni o‘rganish masalalari.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so`z va iboralar: so`z, termin, atama, terminologiya, mutaxassilik
teminlari, davlat tili maqomi, tilimiz sofligi, milliy terminologiya, o‘zbek
davlatchiligi, umumiste’moldagi so‘zlar, kasbiy atamalar, ilmiy atamalar.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi buyuk Istiqlol g‘oyasining ilk
g‘alabasi, uning erki, huquqi, to‘liq amal qilishi uchun kurash yurtimiz tarixida
mustaqillik uchun kurashning ramzi sifatida abadiy qoladi. Yosh avlod qalbi va
shuuriga ona-Vatanga cheksiz muhabbat, milliy Istiqlol g‘oyalariga sadoqat
tuyg‘ularining chuqur singdirib borilayotgani shu abadiylikning kafolatidir. Bu
jarayonni davom ettirish, tilimiz sofligi va betakror jozibasi uchun kurashish har
birimizdan jiddiy mas’uliyat talab qiladi. Chunki til milliy ong, milliy g‘oya va
milliy mafkurani shakllantiruvchi, ularning uzviyligini ta’minlovchi yetakchi vosita
sanaladi. Bunda terminologiya va hujjatchilikning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Milliy terminologiya o‘zbek davlatchiligining tarixiy – o‘z taraqqiyot yo‘li,
demokratiya, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, o‘tmish qadriyatlarni
qayta tiklash g‘oyasi va siyosiy yechimi, tizimi, uning shakllanishida muhim rol
o‘ynagan besh asosiy bosqich – 1) islomgacha bo‘lgan o‘zbek milliy davlatchiligi;
2) o‘rta asr o‘zbek davlatchiligi; 3) Turkiston o‘lkasi – mustamlaka mintaqasining
tashkil etilishi; 4) O‘zbekiston SSRning sotsialistik superetnos ichida ajralishi va 5)
Suveren mustaqil davlat - O‘zbekiston Respublikasining tashkil topish – tajribasi
nuqtayi nazaridan o‘rganish asosida yaratish maqsadga muvofiq. Bunda milliy
Istiqlol g‘oyasi tamoyil va talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish alohida ahamiyat
kasb etadi va terminologiyamizning o‘ziga xosligini belgilaydi.
Ko‘rinadiki, terminologiya masalalari bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan tadqiqotchi o‘zbek davlatchiligi tarixi hamda uning yuqorida
qayd etilgan besh bosqichi taraqqiyotidan chuqur xabardor bo‘lishi kerak. Shunda
terminologiyada dublet va ma’nodoshlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi,
mavjudlariga esa sekin-astalik bilan barham beriladi. Bu holat pirovard natijada
terminologiyaning milliylik, bir ma’nolilik, qisqa va mantiqan izchillik kabi asosiy
Ilmiybaza.uz
tamoyillari tarkib topishiga, «millatning buyuk yutug‘i va ajralmas belgisi»
(O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risidagi qonuni») bo‘lmish ona
tilining terminologiya sohasidagi qusurlari barham topishiga, millat yaxlitligini
ta’minlovchi kuch – adabiy tilning chuqur ildiz otishiga olib keladi.
Demak, davlat tilini asrab-avaylash, uning ma’naviy, huquqiy va ilmiy asosini
mustahkamlash, qo‘llanish doirasini kengaytirishda terminologik savodxonlik va
hujjatchilik asoslarini chuqur bilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, so‘zlar nutqimizda qo‘llanish doirasiga ko‘ra faol va nofaol kabi
turlarga bo‘linadi. Kundalik turmushumizda keng qo‘llanishda bo‘lgan so‘zlar faol
so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar sirasiga ota, ona, aka, uka, opa, singil, ish non,
kitob, maktab, muallim, daftar, paxta, uy, meva, gtuz, choy, o‘quvchi, olov, yaxshi,
olov, yomon, yemoq, kiymoq, pishirmoq, bormoq, kelmoq, bir, besh, o‘n, yuz va
boshqa shu kabi so‘lar kiradi. Kundalik turmushda kam qo‘llanadigan, barcha uchun
birdek tushunarli bo‘lmagan ayrim so‘zlar nofaol so‘zlar guruhini tashkil etadi.
Nofaol so‘zlar sirasiga bugungi kunda iste’moldan chiqqan bilga, ulus, hoqon,
budun, tilmoch, bitik, o‘miz kabi arxaizmlar; yaqin o‘tmishga qadar keng
qo‘llanishda bo‘lgan va tarixiy jarayon tufayli iste’moldan chiqqan mirshab,
yuzboshi, darvesh, qalandar, amir, qul, cho‘ri, kaniz, o‘lpon, sovut, paranjji,
mirza, zindon, qozi kabi istorizmlar; ilm–fan, texnika rivoji bilan bog‘liq tarzda
tilimizda paydo bo‘layotgn, boshqa tillardan kirib ornashayotgan menenjer,
menejment, broker, nou–xou, shou, lizing, kliring, sertifikat, litsenziya kabi
neologizmlarni kiritish mumkin.
Umumiste’moldagi so‘zlar bir yoki bir necha ma’noga egaligi bilan ham bir–
biridan farq qiladi. Chunonchi, bug‘doy, no‘xat, ajriq, terak, piyola, o‘rdak,
qumursqa, qurt, oltmish, men, sen, o‘rik, shaftoli kabi so‘zlar bir ma’noli bo‘lsa,
burun, yuz, ko‘z, qirq, qir, sur, tur, to‘r, bo‘z, tuz, uy, qo‘y, tol, quloq, bo‘l, tor kabi
yuzlab, minglab so‘zlarning har biri bir nechadan qo‘shimcha ma’nolarga ham
egadir. Buyuk so‘z san’atkori Alisher Navoiy asarlarida birgina “shoh” so‘zi, shoh,
podshoh, olloh, tangri, eng go‘zal, sabrli shaxmatning bosh donasi kabi mustaqil
ma’nolardan tashaqari birikma holida yana 54 ma’noda qo‘llanganligi “Alisher
Ilmiybaza.uz
Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” 3-tomida qayd etilgan. Mana shu birgina
misolimizning o‘ziyoq o‘zbek tilining naqadar boyligidan, so‘zlarining serjiloligi,
ko‘pma’noliligidan dalolat beradi. So‘zlar umumxalq tiliga, adabiy tuilga yoki
ma’lum shevagagina xosligi bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ham
so‘zlarning talaffuz etilishi orqali ularning ma’lum shevaga, ma’lum hududga xos
fonetik, leksik yoki morfologik belgilarigina farqlanib qolmasdan, nutq egasining
keksa yoki yoshligi, ayol yoki erkakaligi, ma’lumoti, kasbi–kori, hayotiy tajribasi,
lug‘at boyligi, madaniyatidan ham darak berib turadi.
Tilda shunday so‘zlar ham borki, ular ma’lum bir fan (masalan, tilshunoslikka
oid tovush, fon, fonema, ega, kesim, aniqlovchi, aniqlanmish, sifatlovhi,
sifatlanmish, to‘ldiruvchi, hol, gap, undalma va h.), texnika (kalit, ko‘targich,
qisqich, gayka, shayba, bolt va h.), sport (to‘p, to‘r, darvoza, himoya, hujum,
kurash, yonbosh, chala, halol va h.), madaniyat (sahna, musiqa, qo‘shiq, lapar,
raqs, ijro, soz, nutq va h.)ga oid tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Bunday so‘zlar atamalar (terminlar) deb yuritiladi. Ularni o‘rganuvchi soha esa
atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi.
Atama so‘zini Abdurauf Fitrat 1927-yilda nashr etilgan “Nahf” kitobida
birinchi bo‘lib qo‘llagan bo‘lsa-da, bu so‘z XX asrning 90-yillariga kelibgina keng
ishlatila boshladi. Ilmiy adabiyotlarda asosan “termin” so‘zi qo‘llanishda bo‘ldi.
A.Hojiiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati”da terminga shunday
ta’rif beriladi: “Termin – lotincha termnus – chek, chegara, chegara belgisi. Fan,
texnika va boshqa sohalarga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan,
ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi.
Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressiya va emotsionallikka ega emasligi kabi
belgilari bilan ham umumiste’mol so‘zlaridan farqlanadi”. (9, 88-89-b.)
Keltirilgan ta’rifdan ham ma’lum bo‘ladiki, atamalar o‘zi tegishli sohaga doir
ma’lum bir tushunchani ifodalab, faqat bir ma’nodagina qo‘llanishi lozim. Shuning
uchun ham atamalar nafaqat ma’lum bir soha xodimlari uchun, balki u qo‘llanishda
bo‘lgan til egalari uchun ham umummiy hisolanadi.
Ilmiybaza.uz
Atamaning ko‘p ma’noli bo‘lishi har qanday fan uchun ham ijobiy hol
hisoblanmaydi. Chunki uning ko‘p ma’noda qo‘llanishi ma’lum fan yoki shu atama
tegishli bo‘lgan sohada noaniqliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham atamalar
o‘zining bir ma’noliligi, betarafligi (neytral), ijobiy yoki salbiy bo‘yoqqa ega
bo‘lmasligi, ma’lum fan yoki sohaga xosligi bilan so‘zlardan farq qiladi. To‘g‘ri,
har qanday atama so‘zdir. Shuning uchun ham atama vazifasini bajarayotgan so‘z
ma’lum fan yoki sohadan tashqarida o‘z sinonimlari qatorida yoxud o‘zining bosh
va ko‘chma ma’nolari bilan nutqda faol qo‘llanaverishi mumkin. Masalan, tuproq
so‘zi biologiya, ekologiya, qishloq xo‘jaligiga oid fanlar uchun atama bo‘lsa,
umumxalq tilida tuproq – vatan, yurt, qabr, sig‘inadigan muqaddas joy ma’nolarida
qo‘llanishi mumkin. Tildagi barcha so‘zlar atama bo‘lmasligi mumkin. Chunki
atamalar miqdor jihatidan cheklangan bo‘lsa, tildagi so‘zlar son-sanoqsizdir.
Atamalar, odatda ma’lum bir tilning o‘z ichki imkoniyatlari asosida yoki
tashqi manba, ya’ni boshqa tillardan o‘zlashtirish, tarjima qilish hisobiga paydo
bo‘lishi mumkin. XX asrning o‘rtalaridan boshlab o‘zbek tiliga juda ko‘plab
baynalmilal so‘zlar bilan bir qatorda fan, texnika, sport, madaniyat sohalariga oid
atamalar ham kirib keldi. Buning natijasida tabiiy fanlar, sport va texnika sohasini
o‘zbek tilida o‘rganish qiyin bo‘lib qoldi. O‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilishi
va O‘zbkistonning mustaqillikka erishuvi bilan bu boradagi salbiy yo‘nalishga
barham berila boshladi. Chunki o‘zbek tili ham dunyodagi boshqa tillarning
birortasidan na leksik, na grammatik va na uslubiy jihatdan qolishmaydi. Aksincha,
ona tilimizning, mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatul
lug‘atayn” asarida isbot qilib berganidek, so‘z yasash, ma’no nozikliklarini ifodalash
jihatidan ba’zi bir tillardan imkoniyati kengroq hamdir.
Atamalrni dastlab ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 1. Kasb-hunar
atamalari. 2. Ilmiy atamalar.
Kasb-hunar atamalari uzoq davrlardan beri xalqimiz tomonidan kasb-hunar
sifatida rivojlantirilib kelinayotgan chorvachilik, dehqonchilik, kulolchilik,
temirchilik, duradgorlik, gilamchilik, kashtachilik, oshpazlik, qandolatpazlik,
tabibchilik va boshqa shu kabi ko‘plab kasblarga doir tushunchalarni ifodalash
Ilmiybaza.uz
uchun xizmat qilib kelmoqda. Ilmiy atamalar ham ko‘pasrlik tarixga ega. Chunki
ular qomusiy bilimolar egasi bo‘lgan M.Koshg‘ariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Al-
Xorazmiy, Az-Zamaxshariy, A.Navoiy, Bobur va boshqa qomusiy bilimlar egasi
bo‘lgan bobokalonlarimizning turli fanlarga oid asarlarining yaratilishi bilan bog‘liq
ravishda paydo bo‘lgan. Umuman olganda, ilmiy atamalar bugungi kunda
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, musiqa, tarix, pedagogika, psixologiya, biologiya,
tibbiyot, geografiya, astronomiya, fizika, matematika, huquqshunoslik, kimyo,
geologiya, minerologiya, falsafa, iqtisod kabi yuzlab zamonaviy fanlar sohasida
keng qo‘llanilmoqda.
Oliy o‘quv yurtini ma’lum mutaxassislik bo‘yicha tamomlayotgan
talabalarimiz
ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy
sohalarga
hamda
o‘z
mutaxassisliklariga doir atamalarni yaxshi o‘zlashtirishlari, ular haqida yetarlicha
tasavvurga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Atamalar tanlash va qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishguncha bo‘lgan davrda bir oz biryoqlamalikka yo‘l qo‘yildikim, buning
natijasida respublikamizdagi oliy va o‘rta–maxsus o‘quv yurtlarida nafaqat tabiiy,
texnika fanlari hatto ayrim ijtimoiy–siyosiy fanlarda ham asosan ruscha-baynalmilal
atamalrdan foydalanilganligi oqibatida o‘qish-o‘qitish rus tilida olib boriladigan
bo‘lib qoldi.
O‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilishi va mamlakatimizning mustaqil deb
e’lon qilinishi bilan bu boradagi kamchiliklarni tuzatishga kirishildi. Darhaqiqat,
“Davlat tili haqida”gi qonunning 7-moddasida ”Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va
takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-
texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi
ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis tegishli
qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi”, – deyilishi bejiz emas. (1, 16-
18-b.)
Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1996-yilda chiqarilgan
267-sonli buyrug‘i bilan oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek tili va adabiyuoti”
(nofilologik
fakultetlarda),
“Davlat
tilida
ish
yuritish,
hujjatchilik
va
Ilmiybaza.uz
atamashunoslik” kurslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yilishi bilan bu fanlardan dasturlar
tuzilib, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar ham yaratila boshladi.(2, 83-103, 122-182-
betlar) Ularda o‘zbek tilining xoslangan uslublari, ish qog‘ozlari yuritish va ularning
tili, atamashunoslik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlarida ixtisoslik sifatida yoki umumnazariy
yo‘nalish sifatida o‘rganilayotgan barcha fanlar aniq tushuncha ifodalovchi
atamalarga tayanadi. Atamalar tanlash, yangi atamalar yaratish, yasash, ularni
birxillashtirish va standartlash barcha fanlar uchun xos muhim talabdir. Atamalar,
avvalam bor, o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yasalishi,
umumxalq tilidan, xalq shevalajridan tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Agar buning
iloji bo‘lmasa, boshqa tillardan tarjima qilish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirish
orqali ham yangi tushunchalarni ifodalovchi atamalarni ko‘paytirib borish mumkin.
Atamalar tanlash va ulardan foydalanishda akademik G‘.Abdurahmonov taklif etgan
quyidagi qoidalarga rioya etilishi maqsadga muvofiqdir:
1) atamalarning bir ma’noli bo‘lishi;
2) ayni bir tushunchani ifodalash uchun ikki xil atamani qo‘llamaslik;
3) atamaning tushunchani aniq ifodalashi (vazifa, shakl, rangi va boshqalarga
qarab);
4) atama ixcham bo‘lishi, ortiqcha keng iboralarning qo‘llanmasligi;
5) ona tilida so‘z turib, chet til atamalarini qo‘llamaslik;
6) atama ona tili tizimiga mos bo‘lishi (yasash va birikma tashkil eta olish xususiyati,
talaffuzga mosligi va boshqalar.(2, 95-b.)
Bu qoidalarga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, atama yasash yoki
yaratishda ortiqcha sun’iylikka berilmaslik lozim. Chunki sun’iy yaratilgan,
tushuncha mohiyatiga mos bo‘lmagan atama fanga ham, tilga ham singmaydi.
1959-yilning may oyi oxilarida Moskvada ijtimoiy-siyosiy, ilmiy–texnikaviy,
o‘quv-pedagogik va lingvistik terminologiya masalalariga bag‘ishlangan anjuman
bo‘lib o‘tdi. Unda ittifoqdosh xalqlarning 60 tili bo‘yicha yetuk mutaxassislar
ishtirok etishdi.
Ilmiybaza.uz
Anjumanda adabiy leksikaning mustaqil qatlami hisoblanmish terminlar
tabiati va vazifasiga doir ma’ruzalar tinglandi va milliy respublikalarda
terminologiyaning ahvoli va taraqqiyoti, terminlarni me’yorlashtirishning tashkiliy
va metodologik masalalari muhokama etildi.
1961-yilda ushbu yig‘ilish materiallari «Terminologiya masalalari» nomi
bilan e’lon qilindi.
30-yillardayoq (20-asrning tarjimon) akdemik Sergey Alekseyevich
Chapligin va Dmitriy Semyonovich Lote rahbarligida butunittifoq ilmiy
terminologik
markazi
tashkil
qilinadi.
Bu
markaz
ilmiy-texnikaviy
terminologiyaning nazariy va metodologik asoslarini yaratishda poydevor
vazifasini o‘tadi. Markaz o‘zining ilmiy tamoyillarini fan va texnikaning turli
sohalari terminologiyasiga bag‘ishlangan bulletenlarda e’lon qilib kelmoqda. Bu
bulleten-to‘plamlarning ham, ilmiy–texnik qo‘mita faoliyati ahamiyatini ham bir
so‘z bilan ifodalash qiyin. Yillar o‘tishi bilan mazkur qo‘mitaning ish hajmi ham
kengayib bordi, soha mutaxassislarining e’tiborini qozondi, ilmiy tamoyillarga
aniqliklar kiritildi, metodologiya boyidi. Hozir terminologiya sohasida qo‘mitaning
maslahatlarisiz mustaqil ish ko‘radigan korxonani uchratish amri mahol.
Fan va texnika olamida doimo muhim o‘rin egallab kelgan axborotdan
foydalanish masalasi bugun ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Aytish mumkinki, ko‘z
o‘ngimizda axborotning umumiy nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanmoqda.
Binobarin, terminning unda tutgan o‘rni hamda vazifasini aniqlash vaqti yetdi.
Zamonaviy bilimning har bir sohasiga kelayotgan axborot oqimi va
tadqiqotning o‘ta murakkab vazifalari deyarli har bir fanni nisbatan xususiy ilmiy
tarmoqlarga bo‘linishga majbur qilmoqda. Ikkinchi tomondan, olamni butun holda
tushunish istagi olimlarni kompleks tadqiqotlar, turli fanlar imkoniyatini
birlashtirish tomon yetaklamoqda.
Natijada fanlarning tutashib, hatto, qo‘shilib ham ketishi sodir bo‘lmoqda.
Misol uchun bioximiya, geofizika kabi fanlarni qiyoslang. Bunga matematik
metodlarning tibbiyot, tarix, tilshunoslik singari aniq fanlardan juda uzoq sohalarga
kirib borayotganini ham qo‘shish kerak. O‘zaro ta’sir, bir-biriga o‘tish, birlashish
Ilmiybaza.uz
jarayoni termin va fanlarning, maxsus so‘zlarning muqarrar ravishda boshqa
sohalarga ko‘chishiga, ularning umumilmiy, «sohalararo» terminlarga aylanishiga
olib kelmoqda.
Maxsus leksikaning hozirgi adabiy tilga keng ko‘lamda kirib kelish jarayoni
ham diqqatga sazovor. Chexiyalik tilshunos K.Soxorning hisob-kitoblariga
qaraganda, 900 ta so‘z ilmiy va texnikaviy terminlarga taalluqli ekan. Bunday
manzara hozirgi rus tilida ham kuzatiladi, deb taxmin qilish uchun asos bor.
O‘z-o‘zidan ayonki, maxsus leksika doimo mutaxassislar nutqida qo‘llanadi.
Shuningdek, leksikaning miqdor nuqtayi nazardan kamroq, ammo mohiyatan juda
salmoqli boshqa qismi vaqt o‘tishi bilan butun jamiyatning mulkiga, umummilliy
tilning tarkibiy qismiga aylanadi. Aynan shu yerda maxsus va umumadabiy
leksikaning o‘zaro ta’siri muammosi paydo bo‘ladi..
Ma’lumki, terminologiyani turli nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin.
Anjumanning «Terminologiyaning lingvistik masalalari» deb nomlanganining
o‘ziyoq nima bilan shug‘ullanishimiz lozimligini ko‘rsatib turibdi. Kartalogik,
psixologik va tarixiy aspektlar terminologiyaning lingvistik muammolarini chuqur
o‘rganishga va pirovard natijada, terminologiyani yaratish va tartibga solish ishlari
bilan uzviy bog‘langan.
Hozirgi paytda go‘yo bilim va faoliyatning biror sohasiga taalluqli tushuncha
bilan bog‘liq terminni so‘z yoki so‘z brikmasi sifatida tushunish masalasida
leksikologlar
orasida
kelishmovchiliklar
deyarli
yo‘q.
Ammo
terminlar
tushunchalarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sirining rang-barang ko‘rinishlarini
aks ettiradi. Ularning aynan shu funksiyalari terminologiyani tartibga solish ishlarini
uzluksiz ravishda olib borish lozimligini ko‘rsatadi. Chunki terminologiya
leksikologiyaning ongli ta’sirga, boshqarish va tartibga solishga nisbatan oson
beriladigan sohasidir.
Albatta, me’yorlashtirishni mantiq va tilshunoslik tushunchalariga
asoslangan nazariy zaminsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlarning cheklanmagan
ko‘lami aynan shu yerda boshlanadi. Tilshunoslik uchun juda dolzarb terminologik
muammolar doirasini belgilab olish vaqti keldi.
Ilmiybaza.uz
Modomiki, termin tizimning o‘ziga xos unsuri ekan, uning o‘zi ham tizimli
xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, so‘z qoliplari qurilma va so‘z
birikmalarining sintaktik tavsifi bilan bog‘liq qator masalalarni hal qilishni taqozo
etadi.
Tilda yasovchi qoliplar va so‘z sintaktik aloqalarining ko‘pligi terminologik
leksikada bir qolip va sintaktik qurilmaga nisbatan samarali, mantiqan asosli va afzal
ekanligini aniqlash muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Bizning atrof-muhit haqidagi bilimlarimizning takomillashib borishi bilan
fan va texnikadagi tushunchalar ham rivojlanib va chuqurlashib boradi. Shuning
uchun tilshunoslar yangidan yaratilayotgan terminlarning faol me’yorlashtiruvchi
ta’sirini tahlil qilishdan chetda turmasliklari kerak.
Tilshunoslar aralashuvisiz yaratilgan terminlar, ko‘pincha, yaroqsiz bo‘lib
qolayotgannini hayot ko‘rsatmoqda. Shunga qaramasdan, ular tartibsiz ravishda
tilga chuqur singib ketmoqda. Tarixan tarkib tolgan terminologiyada kuzatiladigan
ziddiyatlar ham jiddiy e’tiborni talab qiladi.
Chet tillardan termin olish va baynalmilal atamalardan foydalanish doimo
terminologlar e’tiborida bo‘lgan. Biroq biz baholash mezonlarining u yoki bu chet
terminining kelib chiqishi bilan bog‘liq emasligini, balki tizimlilik, mantiqiy-lisoniy
asoslanganlik, qisqalik, yasalish mahsuldorligi talabalariga va, eng avvalo, qabul
qilib olayotgan til – reseptorga singib ketish talabiga mosligi bilan belgilanishini
ham bilamiz.
Qisqartma terminlar zahirasining kundan-kunga ortib borayotgani ko‘plab
omonimlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holat ham me’yorlashtiruvchi
faoliyatga ongli yondashishni talab qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, terminologiyaning umumiy va xususiy lingvistik
muammolari juda ko‘p va ular tilshunoslarga yaxshi tanish. Shu munosabat bilan
tilshunoslar e’tiborini maxsus leksikani chuqur o‘rganishni taqozo etadigan qator
bo‘limlarga qaratishni istardik. Masalan, «nomenklatura» tushunchasi nazariy
jihatdan yetarli darajada o‘rganilmagan. Holbuki, u bilan bog‘liq nomlar davlat
ahamiyatiga molik muammodir.
Ilmiybaza.uz
Mahsulotlarning firma (yoki savdo) nomlarini ham inkor etmaslik
kerak.Ularni terminolog va leksikolog olimlar qanday nomlashmasin, xalq iste’mol
mollari turlarining keskin ko‘payib borayotganini yangi iqtisodiy vaziyat va boshqa
ijtimoiy omillar bilan bog‘liq holda «firma nomlari»ning ortib borayotgani ham
aynan haqiqatdir. Bunday «nomlar» termin va nomenklatur belgilar bilan raqobat
qilmoqda, ularni jonli nutq va publitsistikadan siqib chiqarmoqda.
Terminologiya, eng avvalo, sinxron aspektda o‘rganilishi kerak. Bu
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan haqiqat bo‘lib, fan va texnikaning uzluksiz
taraqqiyoti bilan izohlanadi. Ammo shu haqiqat terminologiyani tarixiy (diaxron)
aspektda o‘rganish lozimligini ham inkor etmaydi, chunki o‘tmish tajribasi bizning
bugungi ishlarimiz uchun «ratsional urug‘» vazifasini bajaradi. Terminologiyaning
hozirgi ko‘plab muammolari o‘tmish olimlarini ham bizdan kam darajada
qiziqtirmagan va doim o‘z yechimini topib kelgan.
Terminologiya lug‘aviy nominatsiya sohasida olib boriladigan tadqiqotlar
nazariyasi va amaliyotida eng muhim masalalar sirasiga kiradi. Termin va,
umuman, terminologiyaning mohiyati, terminlarning yasalishi, tarkibiy tuzilishi,
tasnifi, ularning noterminlarga munosabati masalasini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishning kundan-kunga ortib borayotgani shundan. Buning ustiga, tilning
nominativ funksiyasi mexanizimini tushunish terminologiyani jiddiy va izchil
o‘rganishni talab qiladi. Termin tadqiqi bizning so‘z, so‘z brikmasi va gap singari
nominativ birliklar haqidagi tasavvurmizni boyitadi, so‘z tuzilishining lug‘aviy
hamda mantiqiy asoslarni teranroq idrok etishga imkon beradi.
Ma’lumki, termin bilan notermin (so‘z, so‘z brikmasi va sh .k.)ni o‘zaro
farqlash juda qiyin kechadigan jarayondir. Chunki umumtilda amal qiladigan barcha
so‘z va so‘z brikmasi ayni paytda tegishli sohalarning terminlari hamdir. Bunga
ishonch hosil qilish uchun terminga berilgan ta’riflardan ayrim namunalar
keltiramiz:
Ilmiybaza.uz
«Термин [п<лат терминус предел, граница] -1) слово или сочетание слов,
точно обозначающее определенное понятие, применяемое в науке, технике,
искусстве» [Словарь иностр. слов, 492].1
Terminga
berilgan
yana
bir
ta’rifni
keltiraylik:
«K
лексике
терминогической относятся слова или словосочетания, используемые для
логически точного определения специальных понятий или предметов какой-
либо области науки, техники, сельского хозяйства, искусства и т.д.» 2
[совр.рус.яз.,32]
Bu ta’riflarga munosabat bildirishdan oldin o‘zbek tilidagi manbalardan
biriga murojaat etaylik: «Termin[ p<lot.] Fan, texnika, kasb-hunarning biror
sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki
so‘z brikmasi; atama (O‘zbek tilining izohli lug‘ati 4 ,1981, 2-jild, 165)
Ruscha сочетание слов va словосочетание istilohlari o‘zbek tiliga so‘z
birikmasi tarzida tarjima qilingan [Masalan, qarang: ruscha-o‘zbekcha lug‘at, 2
jildlik, 442, 486; O‘zbek tilining izohli lug‘ati 1981, 2-jild, 165]. Bu- birinchidan.
Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan ruscha ta’riflarda terminologiya va
nomenklatura o‘zaro farqlanmagan. Termin va nomen orasidagi asosiy farq
shundaki, termin umumiy tushunchani, nomen esa yakka tushunchani ifodalaydi.
Shu munosabat bilan quyidagi iqtibosni keltiramiz: «В рамках номенклатуры
под номеном понимается обозначение эдиного понятия. Номены обозначают
конкретные денотаты в рамках спецализированного номинативного поля, и в
этом случае они рассматриваются как разновидности терминов, однако
существует и другой подход, при котором номнклатура интдерпретируется
*Теrminologiya va atamashunoslik teng qiymatli terminlar emas, chunki terminologiya deganda terminlar majmuyi va ularni
o‘rganadigan fan tushuniladi. Atamashunoslik deganda esa faqat terminlarni o‘rganadigan fan tushuniladi. Unda terminologiyaning
birinchi ma’nosi yo‘q. Shuning uchun biz «terminologiya» terminidan foydalanamiz.
1. Tarjimasi: Теrmin [ r<lot.terminius chek, chegara]-1) fan, texnika, san’atda qo‘llanadigan tushunchani aniq ifodalovchi so‘z,
so‘zlar birikmasi, e’tibor qiling: so‘z birikmasi emas.
2 «Terminologik leksikaga fan, texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va shu kabilarning biror sohasiga oid so‘zlar birikmasi maxsus
tushuncha yoki narsa-buyumlarni mantiqan lo‘nda ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘z yoki so‘z birikmalari kiradi».