SO`Z YASALISHI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

19,7 KB


 
 
 
 
 
 
SO`Z YASALISHI 
 
 
REJA: 
1. So`z yasalishi haqida umumiy ma’lumot. 
2. O`zbek tilidagi so`z yasash usullar haqida.  
3. So`zlarning tuzilish jihatidan turlari. 
 
So`z yasalishi haqida umumiy ma’lumot 
 
 So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli 
so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi. 
 
“So`z yasalishi” atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi:       1) 
tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini;  2) 
umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi. 
 
 Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi. 
 
Yasovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: 
inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz, hamma, 
ba’zi, bormoq, kelmoq, o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. 
 
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z yasama so`z deb yuritiladi. 
Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, sezgir, zavqli so`zlari o`zakka 
yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo`shish usuli bilan yasalgan 
bo`lsa, Dilorom, Oqtepa, bilaguzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z 
shakllarini qo`shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan. 
 
Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma’lum usullar bilan 
yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. 
O`zbek tilidagi so`z yasash usullar haqida 
SO`Z YASALISHI REJA: 1. So`z yasalishi haqida umumiy ma’lumot. 2. O`zbek tilidagi so`z yasash usullar haqida. 3. So`zlarning tuzilish jihatidan turlari. So`z yasalishi haqida umumiy ma’lumot So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi. “So`z yasalishi” atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi: 1) tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini; 2) umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi. Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi. Yasovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz, hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Oqtepa, bilaguzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan. Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. O`zbek tilidagi so`z yasash usullar haqida
 
 
 
 O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, 
abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy 
va yetakchi usullar hisoblanadi. 
 
Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish 
affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, 
tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, 
ertalab va boshqalar. 
 
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan 
so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi 
ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, 
beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k. 
 
O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga 
juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-
affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, 
qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod. 
 
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so`z yoki so`z shakllarining 
qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash deyiladi. 
Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo`roz, 
asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad 
etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-ket va b. 
 
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma’noli 
turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul 
rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti, MDH - Mustaqil davlatlar hamdo`stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, 
ToshMI – Toshkent meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – 
akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b. 
Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil 
qilinadi. Chunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z 
turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yózma (fe’l) - yozmá (sifat, súzma (fe’l) - 
suzmá (ot), fí́́́zik (ot) fizík (sifat), akadémik (ot), akademí́́́k – (sifat) va b. 
Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma’nosida o`zgarish ro`y berib, ma’nosi 
boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun – sutkaning yorug` qismi, 
O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi. Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, ertalab va boshqalar. So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k. O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z- affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod. Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so`z yoki so`z shakllarining qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-ket va b. Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma’noli turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil davlatlar hamdo`stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b. Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil qilinadi. Chunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yózma (fe’l) - yozmá (sifat, súzma (fe’l) - suzmá (ot), fí́́́zik (ot) fizík (sifat), akadémik (ot), akademí́́́k – (sifat) va b. Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma’nosida o`zgarish ro`y berib, ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun – sutkaning yorug` qismi,