SO‘ZNING MORFEMIK TARKIBI. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI (Morfemika va tilshunoslik bo‘limlari, Morfemaning ifoda va mazmun jihati, So‘zning morfem tarkibi, Morfema turlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
64,0 KB
Ilmiybaza.uz
SO‘ZNING MORFEMIK TARKIBI. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z
YASALISHI.
Reja:
1. Morfemika tilshunoslikning bir bo‘limi.
2. Morfemika va tilshunoslik bo‘limlari.
3. Morfemaning ifoda va mazmun jihati.
4. So‘zning morfem tarkibi.
5.Morfema turlari
Ilmiybaza.uz
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati
Affiksatsiya - Аffixation - Аффиксация
Morf - morph - морф
Morfema, ma’noli qism - morpheme - морфема
Morfemika - morphemics - морфемика
Morfologik
qayta
bo‘linish
-
Morphological
reexpansion
—
Морфологическое переразложение
Асос - the basis of word — Основа
Affiksal sinonimiya - Affixal Synonymy — Аффиксальная синонимия
Affiksal morfema - Morpheme affixal — Аффиксальная морфема
Affiksal antonimiya - Affixal antonymy — Аффиксальная антонимия
Affiksal omonimiya - Affixal homonymy — Аффиксальная омонимия
2-ilova
1. Morfemika nimani o‘rganadi?
2. Morfemikaning boshqa til bo‘limlari bilan aloqasi nimalarda ko‘rinadi?
3. So‘zning morfem strukturasi deganda nimani tushunasiz?
4. Morfemaning qanday turlari bor?
3-ilova
Afsonaviy, asorat, afsunlamoq, bo‘g‘izlamoq, bo‘g‘iz, bichiqchilik,
devonbegi,
jo‘raboshilik,
izlattirmoq,
ilhomlanmoq,
chirmoviq,
kitobxonlik, lalayishmoq, laylaktumshuq, namozshomgul
4-ilova
Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning
morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini
o‘rganadi. Morfemika-so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’lumot.
5-ilova
So‘zning morfem tarkibi
Ilmiybaza.uz
So‘zning morfem tarkibi uni tashkil etuvchi morfemalar
yig‘indisidir.
Masalan:
yoq/moq,
inkichka/la/moq,
ikki/lan/moq,
manfaat/parast, manfaat/dor. So‘z birgina morfemadan iborat bo‘lishi
mumkin:ko‘z, kalla, kalit, non,gul. Bir morfemali so‘zlar faqat o‘zakdan
iborat bo‘lib, odatda tub so‘z hisoblanadi. Eng soda morfem tarkibli
so‘zlar tub so‘zlardir. Ular odatda birgina morrfemadan-o‘zakdan tashkil
topgan. Ovloq, qishloq so‘zlarining morfem tarkibini tahlil qilganda –loq
qismi boshqa so‘zlar (qumloq,o‘tloq) tarkibida morfema sifatida ajralsa
ham bu so‘zlar tarkibida ajratilmaydi. Bu so‘zlar takibidagi morfemalar
tarixan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa ham bugungi kun nuqtayi nazaridan
morfema sifatida ajratilmaydi.
6-ilova
Morfema – so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin
turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli
qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli
qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi.
Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning
qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o‘ziga
hos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko‘ra morfemalar 2
turga bo‘linadi: 1. O‘zak morfema. 2. Affiksal morfema.
Masalan, uzumzor, mevali, bog‘bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan,
bordi, bolalar so‘zlarining uzum, meva, bog‘, ish, bor, bola qismlari
o‘zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -lar qismlari
affiksal morfema hisoblanadi.
So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda
xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi.
Ajratilmoqchi bo‘lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa
so‘zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb bo‘lmaydi. Shunga
Ilmiybaza.uz
ko‘ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so‘z tarkiblarini qiyoslash
asosida aniqlanadi. Masalan, ishchilar so‘zining ish+chi+lar kabi
morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan ish so‘zi o‘z
ma’nosida qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib
turibdi, turli so‘zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla
kabi; -chi, affiksal morfema bo‘lib boshqa so‘zlar tarkibida ham gulchi,
xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema
sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi:
kitoblar, bolalar, binolar kabi.
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan
ikkinchisi qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani
belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak formemani
belgilash bilan tugallanadi.
Masalan;
muzmuz+lamuzla+tmuzlat+ish;
ko‘kko‘k+arko‘kar+tirko‘kartir+ishko‘kartirish+di;
oqoq+laoqla+voqlov+chi;
tomtom+chitomchi+latomchila+t.
7-ilova
O‘zak morfema so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik
ma’noni beruvchi qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun
ham shakl yasalishi uchun ham asos bo‘la oladi. Masalan, mevali,
mevasiz, sermeva kabi tarkibli so‘zlarda meva so‘z yasalishi uchun asos
bo‘lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so‘zlarda meva shakl yasalishi
uchun asos bo‘ladi.
O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy
qism bo‘lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o‘zak bilan
Ilmiybaza.uz
birgalikda, shu orqali qo‘llanganligi uchun ergash morfema yoki
yordamchi morfema terminlari bilan ham ataladi.
O‘zak morfema ifoda etilishiga ko‘ra so‘zga o‘xshaydi, ular
ma’no jihatidan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Lekin o‘zakni so‘zning
tarkibiga kiruvchi morfema sifatida so‘z bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
Masalan, boshliq, mevazor, ishchi, ishla so‘zlaridagi bosh-, meva-, ish
o‘zak morfemalar alohida olingan bosh, meva, ish so‘zlariga aynan teng
emas. Garchi ular fonetik jihatdan teng kelsa ham. Buni biz o‘zaklarning
ma’no doirasi bilan so‘zlarning ma’no doiralari teng kelmaganligidan
ko‘rishimiz mumkin. O‘zakning ma’nosi shu so‘z tarkibi uchun aniq,
cheklangan bo‘ladi. Uning ma’nosi shu so‘z tarkibi (yasalish tarkibi)
doirasida belgilanadi. So‘zning ma’nosi esa nutq, gap doirasida
belgilanadi.
Affiksal morfema. So‘zning tarkibida o‘zakdan keyin kelib,
so‘zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradigan morfemadir.
Affiksal morfema o‘zicha mustaqil qo‘llana olmaydi va ma’no ham
anglatmaydi.
So‘z tarkibida affiksal morfemalar bir nechta bo‘lishi
mumkin. Ular o‘zbek tilida o‘zakka birin-ketin, ma’lum tartibda
qo‘shiladi. Masalan, paxtakorlarimizdan – paxta+kor+ lar+imiz+dan.
Affiksal morfemaning ma’nosi har bir konkret so‘z tarkibi asosida
belgilanadi. Har bir qo‘llanishda u konkret ma’no ifodalaydi. Masalan,
suv-chi, gul-chi, traktor-chi, o‘quv-chi; daftar-im, aql-im, halq-im, ko‘z-
im, o‘z-im kabi so‘z tarkiblarida affiksal morfemalardan (u xoh so‘z
yasovchi, xoh shakl yasovchi bo‘lsin) o‘ziga xos konkret ma’nolarda
kelgan, ular bir-biriga butunlay teng emas.
Qo‘shimcha morfemalarning turlari
So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra
qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
Ilmiybaza.uz
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar;
2. Shakl yasovchi qo‘shimchalar.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil
qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz
kabi so‘zlarda ish o‘zagidan –la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi
qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar
yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari
qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasamaydigan,
so‘zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik
ma’nolarni anglatadigan qo‘shimchalardir. Masalan, talabalarimizning
so‘zida –lar, -imiz, -ning qo‘shimchalari, kelmading so‘zida –ma, -di, -
ng qo‘shimchalari qatnashgan bo‘lib, ulardagi –lar ko‘plik ma’nosini, -
imiz I-shaxs ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini, -ma
fe’lning inkor ma’nosini, -di fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini, -ng
fe’lning shaxs-son (II-shaxs) ma’nosini ifodalaydi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalardan otlardagi egalik, kelishik
fe’llaridagi shaxs-son qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra boshqa shakl
yasovchilardan farqlanadi. Ular sintaktik munosabatni ifodalaydi.
Masalan, Men do‘stimni ko‘rdim gapida so‘zlarning sintaktik munosabati,
so‘zlarning o‘zaro bir-biriga bog‘lanishi I-shaxs egalik qo‘shimchasi –im,
tushum kelishigining qo‘shimchasi –ni va shaxs-son qo‘shimchasi –m
yordamida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan 3
turli
qo‘shimchalarni
ba’zi
darsliklarda
so‘z
o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalar deb yuritib kelinmoqda. Bu uch turli affikslardan boshqa
qo‘shimchalar esa sintaktik munosabatni ifodalamaydi. Lekin ulardagi
grammatik ma’no so‘zlovchining narsa, hodisa, voqelikka munosabatini
aks ettirish asosida yuzaga keladi. Masalan, yigitcha, qo‘zichoq,
kelinchak, talabalar, kengroq so‘zlaridagi –cha, -choq, -chak, -lar, -roq,
Ilmiybaza.uz
qo‘shimchalari voqelikka bo‘lgan turlicha munosabatlarni ifodalovchi
grammatik ma’nolarni bildiradi: -cha, -choq, -chak «erkalash,
kichraytirish», -lar ko‘plik, -roq belgi miqdorining kamligi grammatik
ma’nolarida kelgan.
Shakl yasovchilar kategorial va nokategorial shakl yasovchi
turlariga bo‘lib ham o‘rganiladi.
Kategorial shakl yasovchilar so‘z turkumlaridagi grammatik
kategoriyalarga xos shakl yasaydi. Bunday shakl yasovchilarga otlardagi
egalik, kelishik, ko‘plik; fe’llardagi zamon, mayl, nisbat, shaxs-son;
sifatlardagi daraja shakllarini yasovchi qo‘shimchalar kiradi.
Nokategorial shakl yasovchilar grammatik kategoriyalarga xos
bo‘lmagan grammatik shakllarni yasaydi. Bularga otlardagi erkalash,
kichraytirish (kitobcha, toychoq, bo‘taloq, kelinchak); fe’llardagi
sifatdosh (o‘qigan), ravishdosh (o‘qib, yugurib) shakllarini yasovchilar
kiradi.
So‘zlarda bo‘lgani kabi affikslarda ham polisemiya, omonimiya
va antonimiya hodisalari uchraydi.
Affiksal polisemiya. Affikslar ham xuddi so‘zlar kabi ko‘p
ma’noli (polisemantik) bo‘lishi mumkin. Bir turkumga tegishli bo‘lgan
har xil ma’noni bildiradigan birgina affiksga polisemantik affiks deyiladi.
Masalan, -chi, affiksi turlicha shaxs oti ma’nolarini bildirib kela oladi:
ishchi, traktorchi, o‘yinchi, gulchi, tarixchi, hikoyachi, sportchi,
paxtakorchi kabilar; -li, affiksi bir o‘rinda ega ekanlik ma’nosini (mevali,
bolali, aqlli, kitobli) bildirsa, ikkinchi o‘rinda ortiq darajada ega ekanlik
ma’nosini (yog‘li, suvli, shirali) bildiradi.
Affiksal omonimiya. Ma’no va vazifasiga ko‘ra turlicha
affikslarning shaklan teng kelib qolishiga affiksal omonimiya deyiladi.
Affiksal omonimiyaning qo‘yidagi ko‘rinishlari mavjud:
Ilmiybaza.uz
1. So‘z yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi. Bunda omonim
affikslar bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi ham, turli so‘z turkumlari
doirasida bo‘lishi ham mumkin. Masalan, o‘r+oq (ot) – qo‘rq+oq (sifat),
yashir+in (sifat) – erk+in (sifat), yon+g‘in (ot) – oz+g‘in (sifat),
bilim+don (sifat) – qadr+don (sifat), soch+iq (ot) – chin+iq (fe’l) kabi.
2. So‘z yasovchi affiks bilan shakl yasovchi affiks shaklan teng kelib
qoladi. Masalan, maqtan+choq (sifat yasovchi) – qo‘zi+choq (otning
kichraytish – erkalash shakli), o‘s+ma (ot yasovchi) – qovur+ma (sifat
yasovchi) – o‘qi+ma (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi.
3. Shakl yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi. Masalan,
mashina+m, mashina+ng (otning egalik shakli), o‘qidi+m, o‘qidi+ng
(fe’lning shaxs-son shakli), o‘qi+sh, yoz+ish (fe’lning harakat nomi
shakli), ishla+sh+di, kul+ish+di (fe’lning birgalik daraja shakli) kabi.
Affiksal sinonimiya. Bir turkum doirasidagi affikslarning biror
ma’nosida teng kelib qolishiga affiksal sinonimiya deyiladi. Affiksal
sinonimiya boshqa-boshqa affikslarning bir asosga qo‘shilishi natijasida
sodir bo‘ladi. Masalan, savlat+li–ser+savlat, mahsul+dor – ser+mahsul
kabi.
Affikslar sinonimiyasi vazifasi bir xil bo‘lgan affikslar doirasida
bo‘ladi. So‘z yasovchi bilan so‘z yasovchi (unum+dor – ser+unum,
til+chi – til+shunos), shakl yasovchi bilan shakl yasovchi (ayt+giz –
ayt+dir, o‘zgar+t – o‘zgar+tir) sinonimik munosabatga kirishadi.
Affikslar sinonimiyasi ko‘pincha o‘zbek tilidagi affikslarning
boshqa tillardan o‘zlashgan affikslarning biror ma’nosida umumiylikka
ega bo‘lishlari asosida kelib chiqadi. Masalan, -chi affiksi bir ma’nosida
tojikcha –shunos affiksi bilan (til+chi – til+shunos), ikkinchi ma’nosida
tojikcha –kor affiksi bilan (xizmat+chi – xizmat+kor), uchinchi
ma’nosida tojikcha –kash affiksi bilan (childirma+chi – childirma+kash)
sinonimik munosabatga kirishadi.
Ilmiybaza.uz
Affiksal antonimiya. Bir turkum doirasidagi affikslarning zid
ma’no bildirishi hodisasiga affiksal antonimiya deyiladi. Masalan, -li va
–siz: kuchli – kuchsiz, unumli – unumsiz; - li va –be: barakali – bebaraka,
nuqsonli – benuqson kabi.
Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar
1. Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z
yasalishining nazariy masalalari.-Toshkent: Fan, 2010
2. G‘ulomov A.,TixonovA.N.,Qo‘ng‘urov.R.O‘zbek tili morfem lug‘ati.-
Toshkent: O‘qituvchi, 1977.
7-ilova
So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar
Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz
beradi. Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi
o‘zgarishlar, asosan qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog‘liqdir,
Masalan, ong+la-angla, son+a-sana, ikki+ov-ikkov kabi.
Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi.
Qo‘shimchadagi o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog‘liqdir.
Masalan, qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi.
Davrlar o‘tishi bilan bir nechta affiks birikib bitta affiks morfema
holatiga kelib qolishi mumkin. Masalan, zargarlik, dehqonchilik so‘zlari
morfemalarga zar+gar+lik, dehqon+chilik tarzida ajratiladi. Ko‘rinadiki,
birinchi so‘zda –lik alohida morfema bo‘la oladi, ikkinchi so‘zda esa u
alohida morfema bo‘la olmaydi. Sababi ikkinchi so‘zdagi qolgan
dehqonchi qism ma’no anglatmaydi, ilde shu shaklda qo‘llanmaydigan
bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra dehqon- o‘zak morfema – chilik yaxlit xolda
bitta affiksal morfema sanaladi.
Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Sodda affikslar.
2. Qo‘shma affikslar.
Ilmiybaza.uz
Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi
– ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik
kabi.
Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan,
kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik – odam+garchilik, yordamlash
– yordam+lash kabi.
4-ilova
Oydinlashtirmoq, ozg‘inlik, ravshanlashtirmoq, po‘rsildoq,
sensiramoq, tutqunlik, charmlattirmoq, shakarguftorlik, egiluvchanlik,
egovlanmoq, qantarilmoq, qappaytirmoq, qultum, qo‘rqinqiramoq.
Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar:
1. Hojiyev A.O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z
yasalishining nazariy masalalari.-Toshkent:Fan, 2010
2. G‘ulomov A.,TixonovA.N.,Qo‘ng‘urov.R.O‘zbek tili morfem lug‘ati.-
Toshkent: O‘qituvchi,1977.