Spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchi oʻsmirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-
pedagogik faoliyat
Reja:
1. Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish muammosi
2. Bolalarning spirtli ichimliklar ichishining sabab va oqibatlari.
3. Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy
pedagogning yordam berish shakllari.
Tayanch tushunchalar: Spirtli ichimlik, deviant patologik ruju, istisno,
Adaptatsion, Profilaktik, Vositachilik, Reabilitatsion.
23.1. Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish muammosi. Bolalar ichkilikbozligi
va ayniqsa uning yoshlar oʻrtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy pedagogik
muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki oʻrinda
aniqlanadi. Tibbiy nuqtayi nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar isteʼmol
qilishga yengib boʻlmas ehtiyoj tugʻilishida namoyon boʻladigan surunkali
kasallikdir. ijtimoiy pedagogik nuqtayi nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimlikka
deviant patologik ruju qoʻyish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor
shaxslaridan biridir.
Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan
bevosita bogʻliq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli
kelib chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi gʻayri ijtimoiy
hislatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Ichkilikbozlik namoyon boʻlishining
ijtimoiypsixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy
omillarni ajratsak boʻladi. Shaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va xaraktereologik
xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv
koʻrsatkichlari (ichkilik isteʼmol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda
alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi. Ijtimoiy
psixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga
taʼsir koʻrsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda oʻrganilishi lozim.Yuqorida
alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta isteʼmol qilish) ega oʻsmirlar
guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini
taʼminlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.
Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:
1) spirtli ichimliklarga tez koʻnikish.
2) ichkilikbozlikning tez rivojlanishi.
3) davolashning samaradorligi.
4) organizmning tez buzilishi jarayoni.
23.2. Bolalarning spirtli ichimliklar ichishining sabab va oqibatlari.
Bolalarning spirtli ichimliklarga koʻnikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk
davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, oʻsmirlik davrida jadal
kechadi.
Birinchi davr-bolalikning ilk davri boʻlib, unda bolalarning alkogollashuvi
ixtiyorsiz xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga koʻra roʻy beradi-homiladorlik
va emizish davria spirtli ichimlik isteʼmol qilish, mast holatda homilador boʻlish.
Ichki organ va aʼzolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning
zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qoʻllarning
rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy aʼzolardagi nuqsonlar, bosh
hajmining kichiklashishi va boshqalar. Homila alkogol oldida himoyasiz boʻlgani
sababli u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida
istisqo, aqli norasolikni kuzatsak boʻladi. Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot
bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli noraso boʻlib oʻtadilar.
Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng
ahamiyatli sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka
qiziqish paydo boʻlishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik anʼanalaridir.
Biologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-
avlodga oʻtmaydi, faqatgina unga mayl oʻtadi. Bolalarda ichkilikbozlikning
rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-
onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga nisbatan
salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, uning maktab hayotiga doimiy eʼtibor
qaratish, maktabda va oilada gigiyenik normalarga amal qilishdir.
Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga
qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola toʻliqsizlik
xissini boshdan ogʻir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi,
soʻngra bolada taʼlim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u oʻzini
namoyon qilishning boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola koʻcha
guruhlariga qoʻshilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga
oʻrganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan tanish boʻlsa va bu “tanishuv” oilada
sodir boʻlgan boʻlsa, bu oʻrganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada
maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola oʻziga
oʻxshagan bolalarning koʻcha guruhini afzal koʻra boshlaydi.
Uchinchi bosqich-oʻspirinlik va oʻsmirlik davri. Bu davrdagi asosiy
sabablarga oiladagi nomaqbul holat, oʻzini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama,
muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik
oqibatlari haqidagi bilimlarning yoʻqligi kiradi. Bu davrda ichkilikka ruju qoʻyish
roʻy beradi. ijtimoiy adabiyotlarda ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi
aniqlangan:
1. oʻziga yuqori baho bergan bolalar
2. shafqatsiz va agressiv xulq-atvorli bolalar
3. amaliy hayotga koʻnikmagan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan judo boʻlgan
bolalar
4. turgʻunlikka tushgan bolalar
23.3. Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir
darajada ijtimoiy pedagogning yordam berish shakllari. Bolalarning spirtli
ichimlik isteʼmol qilishiga tortilganliklarining bir nechta darajalari mavjud:
1. Nolga teng daraja-juda kamdan-kam isteʼmol qilish;
2. Epizodik isteʼmol darajasi-turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3. Yuqori daraja-1 oyda ikki martadan ortiq isteʼmol qilish;
4. Namoyon boʻlgan ruhiy tobelik darajasi-mast boʻlishning ruhiy holatning
istalgan holatga aylanishi, ichimlikka ruhiy qaram boʻlishning yuzaga kelishi;
5. Ichimlikka jism tobe boʻlish darajasi-spirtli ichimlikni nazoratsiz isteʼmol qilish;
Shaxsning alkogollashuvi-aroqxoʻrga aylanishi. Ijtimoiy pedagogikaning ichimlik
isteʼmol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishning asosiy
yoʻnalishlari:
1. Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning
adaptativ xususiyatlarini toʻgʻirlash.
2. Oilaviy- ota-onalarning sharoitlarini mo‘tadillashtirish
3. Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik isteʼmol qilishga salbiy munosabat
shakllantirish.
4. Vositachilik-bola va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
5. Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish.
Oʻz faoliyatida ijtimoiy pedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Ijtimoiy
pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashxis qoʻyish boʻlib, bolaning spirtli
ichimlik ichishga ruju qoʻyishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli
ichimlik isteʼmol qilishga mayli bor bola haqida axborot toʻplash, uning real
shaxsiy xususiyatlarini oʻrganish, bola oilasi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash,
bolaga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan manbalarni oʻrganish, ichkilikbozlikning
yetakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni
oʻrganish, bolaga mikromuhit taʼsirini oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qoʻyilgan tashhiz
asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy
pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib,
ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi taʼlim-tarbiya boʻlib, bolada uning ijtimoiy pedagogik
reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim boʻlgan xislatlarni, bolalar va kattalar
xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik taʼsirni oshirish, bola tarbiyasidagi
boʻshliqlarni toʻldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib oʻtish uchun lozim
boʻlgan malaka va koʻnikmalarni shakllantirishni koʻzda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning toʻrtinchi vazifasi-huquqiy himoya boʻlib, uning
mohiyati shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda koʻriladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola
bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab
qiladi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar
uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda koʻzga ijtimoiy pedagogik faoliyatni
amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida koʻpgina aloqalar
oʻrnatiladi.
Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya boʻlib, u erishilgan ijobiy natijalarni
mustahkamlashni koʻzda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo boʻlishini
bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish
tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab oʻz xususiyatlariga ega. Maktabgacha va
kichik maktab yoshi.
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi
taʼsirni ota-onalar koʻrsatishadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning
oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish,
chunki faqatgina uygʻun oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol
odatlar paydo boʻlishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning
paydo boʻlishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hayotiy faoliyatining sogʻlom muhitini shakllantirish.
Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sogʻlom ijtimoiypsixologik yoʻl-
yoʻriqlarni shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik isteʼmol qilgani uchun
ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim.
Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga
oshirilishi lozim. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka
qarshi tarbiyasiga qoʻshilishlari kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi
tarbiyasi haqida bilimlar targʻiboti quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning toʻliq shakllanmagan
organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik isteʼmol qilishlarining yomon
oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga oʻrgatishning
axloqiy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik,
psixofiziologik xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda taʼlim olishning birinchi
bosqichiga bola hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida taʼrif berish,
boshlangʻich bosqichga koʻnikish qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol
ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, taʼlim muhitining ijtimoiy va psixologik
sharoitlari haqida maʼlumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sogʻlom hayot tarziga intilishni
shakllantirish uchun ota-onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning
ichkibozlik anʼanalarini kichik maktab yoshiga xos boʻlgan taqlidiy xulq-atvorni
inobatga olgan holda koʻrib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga eʼtiborli
boʻlish, bolalarning boʻsh vaqtlarini oʻtkazishlariga yordam berish, uni noxush
oilaviy maishiy nizolardan holiroq qilish.
Shuningdek, ijtimoiy pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda boʻsh vaqt,
bayramlarni spirtli ichimliksiz oʻtkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim.
Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida oʻtkaziladigan
oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy
xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi
lozim. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini toʻgʻirlashga, ularni ijobiy
faoliyatga jalb etishga, oilada oʻz maqomini tiklashga qaratilishi lozim.
Oʻspirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab
davrlaridan biridir. Bu davrda uygʻun faoliyatning faollashuvi fanida organizmning
barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning
kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan
davom etadi. Bola u uchun obroʻli boʻlgan kattalarning koʻrsatmalariga amal
qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda oʻspirin oʻz xulq-atvor
tamoyillariga, oʻz qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj
tugʻiladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy
munosabat shakllanadi.
Aynan oʻspirinlik davrida ichkilikka ruju qoʻyishning ilk bosqichining
shakllanishi boshlanishi mumkin. Chunki u oʻspirin guruhlari sharoitida namoyon
boʻladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega boʻladi. Bu
yoshdagi bola katta boʻlishga yoki kattalardek koʻrinishga harakat qiladi. Bu ham
ijobiy ham salbiy maʼnoda namoyon boʻlishi mumkin.
Katta boʻlish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga
asoslanmasa ijtimoiy salbiy maʼnoda: chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish,
jinsiy masʼuliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon boʻladi.
Oʻspirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek
taʼsirlarini oʻtkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda boʻlish
katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oʻspirinning ijtimoiy maqomi qancha past
boʻlsa, uning guruhga taʼsiri shuncha kam boʻladi.
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy-pedagog faoliyatida asosiy urgʻu guruh
bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yoʻnalishlari orqali amalga
oshiriladi: