Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Gregarinalar va Koksidiysimonlar sinfi vakillarini tuzilishi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

34,0 KB


Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Gregarinalar va
Koksidiysimonlar sinfi vakillarini tuzilishi
R E J A
 1. Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari.
 2. Gregarinalar sinfi vakillarini tuzilishi.
 3. Koksidiyasimonlar sinfi va unga mansub hayvonlar.
Sporalilar tipida gregarinalar va koksidiylar sinflari mavjud.
 1-sinf. Gregarinalar-Gregarinina.
 Bu  sinfga  umurtqasiz  hayvonlar  tanasida  tekinxo’rlik  bilan  yashovchi,
gavdasining  uzunligi  10  mkm.dan  16  mm.ga  qadar  bo’lgan  bir  hujayrali
hayvonlarning maxsus guruhlari kiradi. Mazkur sinfning 500-1000 turi borligi qayd
etilgan. Ko’pchilik gregarinalar umurtqasiz hayvonlardan halqali chuvalchanglar,
bo’g’imoyoqlilar tanasida tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi. 
 Gregarinalar  tanasi  chuvalchangsimon  shaklda  bo’lib  unda  epimerit,
protomerit va deytomerit deb ataladigan qismlari bo’ladi. Tanasi 3 bo’lakdan iborat
gregarinalar asosan ichakda yashaydi. Gregarina tanasi mustaxkam pellikula bilan
o’ralgan  bo’ladi.  Ektoplazmasi  tiniq,  endoplazmasi  esa  qo’ng’ir-qoramtir
endoplazmaga ajralib turadi. Endoplazmada zapas ozuqa-glikogen zaxirasi bo’ladi. 
 Ko’payishi:  Aksariyat  gregarinalar  jinsiy  yo’l  bilan  ko’payadi.  Voyaga
yetgan  gregarinalar  epimerit  qismini  yo’qotib  bir-birlari  bilan  qo’shilib  oladi.
Juftlashgan  gregarinalarga  sizigiy  deyiladi.  Sizigiy  atrof  maxsus  qobiq  bilan
o’ralgan  har  ikki  gregarina  sista  ichida  qoladi.  Sizigiyadan  gregarinalarning
yadrolari bir necha bo’lakka maydalanadi. Bu yadro bo’laklari atrofi sitoplazma
bilan o’ralib, ulardan gametalar paydo bo’ladi. Sizigiy ichidagi  gametalarning
Logotip
Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Gregarinalar va Koksidiysimonlar sinfi vakillarini tuzilishi R E J A 1. Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. 2. Gregarinalar sinfi vakillarini tuzilishi. 3. Koksidiyasimonlar sinfi va unga mansub hayvonlar. Sporalilar tipida gregarinalar va koksidiylar sinflari mavjud. 1-sinf. Gregarinalar-Gregarinina. Bu sinfga umurtqasiz hayvonlar tanasida tekinxo’rlik bilan yashovchi, gavdasining uzunligi 10 mkm.dan 16 mm.ga qadar bo’lgan bir hujayrali hayvonlarning maxsus guruhlari kiradi. Mazkur sinfning 500-1000 turi borligi qayd etilgan. Ko’pchilik gregarinalar umurtqasiz hayvonlardan halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar tanasida tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi. Gregarinalar tanasi chuvalchangsimon shaklda bo’lib unda epimerit, protomerit va deytomerit deb ataladigan qismlari bo’ladi. Tanasi 3 bo’lakdan iborat gregarinalar asosan ichakda yashaydi. Gregarina tanasi mustaxkam pellikula bilan o’ralgan bo’ladi. Ektoplazmasi tiniq, endoplazmasi esa qo’ng’ir-qoramtir endoplazmaga ajralib turadi. Endoplazmada zapas ozuqa-glikogen zaxirasi bo’ladi. Ko’payishi: Aksariyat gregarinalar jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Voyaga yetgan gregarinalar epimerit qismini yo’qotib bir-birlari bilan qo’shilib oladi. Juftlashgan gregarinalarga sizigiy deyiladi. Sizigiy atrof maxsus qobiq bilan o’ralgan har ikki gregarina sista ichida qoladi. Sizigiyadan gregarinalarning yadrolari bir necha bo’lakka maydalanadi. Bu yadro bo’laklari atrofi sitoplazma bilan o’ralib, ulardan gametalar paydo bo’ladi. Sizigiy ichidagi gametalarning
yadrosidan paydo bo’lgan gametalar o’zaro qo’shiladi. Qo’shilish natijasida zigota
hosil bo’lib u qattiq po’stga o’ralib oosistaga aylanadi. 
Oosista ichida yadro 8 bo’lakka maydalanadi. Dastlabki ikki bo’linishi-meyoz
usulida o’ta hosil bo’lgan yadrolar ustki tomoni sitoplazma bilan o’ralib kichik
chuvalchangsimon  tanachalar-sporozoitlar  paydo  bo’ladi.  Oosista  ichida
sporozoitlar  paydo  bo’lgan  davr,  ya’ni  boshqa  hayvonlarga  yuqadigan  davr
hisoblanadi. 
Yetilgan  sistalar  hayvon  axlati  bilan  tashqariga  chiqib,  boshqa  hayvon
tomonidan yutib yuborilgach, ikkinchi hayvon ichida spora yorilib uning ichidagi
sporozoitlar hayvon ichak devori hujayralari
ichiga kirib oladi va o’sha yerda
o’sib  rivojlanadi.  Undan  asta  epimerit,  protomerit,  deytomerit  qismlari  paydo
bo’ladi.
Gregarinalar  rivojlanishida  3  davr:  voyaga  etish,  jinsiy  hujayralar  hosil
bo’lishi va urug’lanishi, zigota hosil bo’lib undan sporozoitlar shakllanishi davrlari
kuzatiladi. Gregarinalar ayrim umurtqasiz hayvonlarda yashaydi. Corycella armata,
Gregarina blattarum gregarinalar vakilidir.
 2-sinf. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfi 
 Koksidiyasimonlar  halqali  chuvalchanglar,  bo’g’imoyoqlilar,  umurtqali
hayvonlarda  tekinxo’rlik  qilib  yashaydi.  Bularning  aksariyati  hujayra  ichida
tekinxo’rlik qilishi bilan gregarinalardan farqlanadi. Ko’pchilik turlarining hayoti
jinssiz va jinsiy ko’payish, sporogoniyaning qonuniy navbatlashuvi orqali o’tadi.
Xo’jayin  almashtirmasdan  rivojlanadigan  vakillarining  sporogoniyasi  tashqi
muhitda, xo’jayin almashtirib rivojlandiganlariniki esa boshqa hayvonlar tanasida
kechadi.
 Rivojlanishida  jinssiz  ko’payishi  jinsiy  ko’payish  bilan  navbatlashuvi
kuzatiladi. Jinsiy ko’payish har-xil kattalikdagi gametalarning qo’shilishidan sodir
bo’ladi.  Koksidiysimonlar  sinfi  koksidiyalar  qon  sporalilar  va  piroplazmidlar
turkumlarini o’z ichiga oladi.
 1 turkum. Koksidiyalar (Coccidiida).
 Koksidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi, ular hayvonlarning ichagi,
jigari, buyragi, epiteliy hujayralarida tekinxo’rlik qilishadigan, tanasi ovalsimon
ko’rinishda bo’lgan jonivorlardir. 
Logotip
yadrosidan paydo bo’lgan gametalar o’zaro qo’shiladi. Qo’shilish natijasida zigota hosil bo’lib u qattiq po’stga o’ralib oosistaga aylanadi. Oosista ichida yadro 8 bo’lakka maydalanadi. Dastlabki ikki bo’linishi-meyoz usulida o’ta hosil bo’lgan yadrolar ustki tomoni sitoplazma bilan o’ralib kichik chuvalchangsimon tanachalar-sporozoitlar paydo bo’ladi. Oosista ichida sporozoitlar paydo bo’lgan davr, ya’ni boshqa hayvonlarga yuqadigan davr hisoblanadi. Yetilgan sistalar hayvon axlati bilan tashqariga chiqib, boshqa hayvon tomonidan yutib yuborilgach, ikkinchi hayvon ichida spora yorilib uning ichidagi sporozoitlar hayvon ichak devori hujayralari ichiga kirib oladi va o’sha yerda o’sib rivojlanadi. Undan asta epimerit, protomerit, deytomerit qismlari paydo bo’ladi. Gregarinalar rivojlanishida 3 davr: voyaga etish, jinsiy hujayralar hosil bo’lishi va urug’lanishi, zigota hosil bo’lib undan sporozoitlar shakllanishi davrlari kuzatiladi. Gregarinalar ayrim umurtqasiz hayvonlarda yashaydi. Corycella armata, Gregarina blattarum gregarinalar vakilidir. 2-sinf. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfi Koksidiyasimonlar halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, umurtqali hayvonlarda tekinxo’rlik qilib yashaydi. Bularning aksariyati hujayra ichida tekinxo’rlik qilishi bilan gregarinalardan farqlanadi. Ko’pchilik turlarining hayoti jinssiz va jinsiy ko’payish, sporogoniyaning qonuniy navbatlashuvi orqali o’tadi. Xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadigan vakillarining sporogoniyasi tashqi muhitda, xo’jayin almashtirib rivojlandiganlariniki esa boshqa hayvonlar tanasida kechadi. Rivojlanishida jinssiz ko’payishi jinsiy ko’payish bilan navbatlashuvi kuzatiladi. Jinsiy ko’payish har-xil kattalikdagi gametalarning qo’shilishidan sodir bo’ladi. Koksidiysimonlar sinfi koksidiyalar qon sporalilar va piroplazmidlar turkumlarini o’z ichiga oladi. 1 turkum. Koksidiyalar (Coccidiida). Koksidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi, ular hayvonlarning ichagi, jigari, buyragi, epiteliy hujayralarida tekinxo’rlik qilishadigan, tanasi ovalsimon ko’rinishda bo’lgan jonivorlardir.
 Koksidiylar taraqqiyotini o’rganish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Koksiydilarning taraqqiyotini  quyon ichagida yashovchi  Eimeria misolida
ko’rib chiqamiz. Quyon eymeriyaning oosistasini ovqatlik bilan yutib yuboradi.
Har bir oosista ichida 4 tadan sporoblast (sporosista) bo’ladi. Har qaysi sporosista
ichida ikkitadan ingichka chuvalchangsimon sporozoit bo’ladi. Ichagida oosista va
sporosistalar  qobig’i  yorilib  uning  ichagidagi  sporozoitlar  ichak  bo’shlig’iga,
undan ichak devori, jigar, oshqozon osti bez hujayra devorlariga kirib oladi. Bu
yerda sporozoit o’sib trofozoitga, so’ng shizontga aylanadi.
 Shizont  yadrosi  32  taga  bo’lakka  maydalanadi.  Har  bir  yadro  atrofi
sitoplazma  bilan  o’ralib  undan  hosil  bo’lgan  yangi  individ-merozoit  deyiladi.
Shizogoniya oddiy jinsiy ko’payishdir. Bunda tekinxo’r o’z xo’jayin tanasida son
jihatdan ko’payadi. Shizogoniya 4-5 marta takrorlanadi. Oxirgi jinsiy ko’payishdan
hosil bo’lgan merozoitlar endi jinsiy hujayralar gametalar hosil qiladi, ya’ni yangi
hujayralarga kirib ona merozoitlar gamontlar hosil qiladi. Gamontlarning ayrimlari
o’sib etiladi. Biroq ularning yadrosi bo’linmay qoladi. Bulardan makrogametalar,
ikkinchi xil gamont yadrosi bir necha bor bo’linib unda mikrogametalar paydo
bo’ladi. Mikrogametalar cho’zinchoq, o’zida xivchin hosil qilib shu xivchinlar
yordamida harakatlanib mikrogameta bilan qo’shiladi. Natijada makrogameta va
mikrogameta yadrolari  qo’shilishidan  zigota hosil  bo’ladi. Zigota o’zida ichki
qavat mustahkam po’st ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Oosistaning keyingi
rivojlanishi tashqarida ochiq havoda o’tadi. 
Quyon tezagi bilan oosistalar tashqariga chiqgach oosista yadrosi ikki marta
bo’linadi.  Har qaysi yadro bo’lagi sitoplazma bilan o’ralib 4 ta sporoblast hosil
qiladi. Po’st bilan o’ralgan sporoblastlar sporalar deyiladi. Har qaysi sporaning
yadrosi yana ikkiga bo’linib ikkitadan sporozoitni hosil qiladi. Oosista shu davrda
yuqumli hisoblanadi.
 Sporozoit tuzilishini elektron mikroskop ostida ko’rilganda unda tanasi uch
kameradan  tashkil  topgan  pellikula,  uning  ostida  naysimon  fibrillar  borligi
ko’rinadi. 
Merozoit  va  sporozoitlar  juda  kichik  (8  mkm)  bir-biriga  o’xshash
hujayralardan  iborat.  U  yerda  ham  barcha  hujayralarda  bo’ladigan  yadro,
Logotip
Koksidiylar taraqqiyotini o’rganish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiq. Koksiydilarning taraqqiyotini quyon ichagida yashovchi Eimeria misolida ko’rib chiqamiz. Quyon eymeriyaning oosistasini ovqatlik bilan yutib yuboradi. Har bir oosista ichida 4 tadan sporoblast (sporosista) bo’ladi. Har qaysi sporosista ichida ikkitadan ingichka chuvalchangsimon sporozoit bo’ladi. Ichagida oosista va sporosistalar qobig’i yorilib uning ichagidagi sporozoitlar ichak bo’shlig’iga, undan ichak devori, jigar, oshqozon osti bez hujayra devorlariga kirib oladi. Bu yerda sporozoit o’sib trofozoitga, so’ng shizontga aylanadi. Shizont yadrosi 32 taga bo’lakka maydalanadi. Har bir yadro atrofi sitoplazma bilan o’ralib undan hosil bo’lgan yangi individ-merozoit deyiladi. Shizogoniya oddiy jinsiy ko’payishdir. Bunda tekinxo’r o’z xo’jayin tanasida son jihatdan ko’payadi. Shizogoniya 4-5 marta takrorlanadi. Oxirgi jinsiy ko’payishdan hosil bo’lgan merozoitlar endi jinsiy hujayralar gametalar hosil qiladi, ya’ni yangi hujayralarga kirib ona merozoitlar gamontlar hosil qiladi. Gamontlarning ayrimlari o’sib etiladi. Biroq ularning yadrosi bo’linmay qoladi. Bulardan makrogametalar, ikkinchi xil gamont yadrosi bir necha bor bo’linib unda mikrogametalar paydo bo’ladi. Mikrogametalar cho’zinchoq, o’zida xivchin hosil qilib shu xivchinlar yordamida harakatlanib mikrogameta bilan qo’shiladi. Natijada makrogameta va mikrogameta yadrolari qo’shilishidan zigota hosil bo’ladi. Zigota o’zida ichki qavat mustahkam po’st ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Oosistaning keyingi rivojlanishi tashqarida ochiq havoda o’tadi. Quyon tezagi bilan oosistalar tashqariga chiqgach oosista yadrosi ikki marta bo’linadi. Har qaysi yadro bo’lagi sitoplazma bilan o’ralib 4 ta sporoblast hosil qiladi. Po’st bilan o’ralgan sporoblastlar sporalar deyiladi. Har qaysi sporaning yadrosi yana ikkiga bo’linib ikkitadan sporozoitni hosil qiladi. Oosista shu davrda yuqumli hisoblanadi. Sporozoit tuzilishini elektron mikroskop ostida ko’rilganda unda tanasi uch kameradan tashkil topgan pellikula, uning ostida naysimon fibrillar borligi ko’rinadi. Merozoit va sporozoitlar juda kichik (8 mkm) bir-biriga o’xshash hujayralardan iborat. U yerda ham barcha hujayralarda bo’ladigan yadro,
endoplazmatik to’r, golji kompleksi bilan bir qatorda quyidagi tuzilmalari ham
bo’ladi. Konoid - hujayraning oldida keng halqasi  bo’lib, bu tekinxo’rlikning
xo’jayin tanasi ichiga kirib olishiga xizmat qiladi. Roptriylar xo’jayin tanasi ichiga
kirishiga yordam beruvchi suyuqlik xaltasidir.
 Roptriylar 2-14 tagacha bo’ladi. Mikronemalar roptriylar bilan bog’langan
tolachalardir. Ularning vazifasi yaxshi aniqlangan emas. Mikrosporalar hujayra
og’izchasi bo’lib ular orqali xo’jayin tanasidan tekinxo’rga ovqatlik kiradi.
 Koksidiyalar-koksidioz kasalini keltirib chiqaradi. Eimeria tenella quyonlarda
tekinxo’rlik  qiladi.  E.bovis  qoramollarda  ichburug’  kasalini  chiqaradi.
Eymeriyadan farq qilib, taksoplazma xo’jayin almashtirib yashaydi.
 Jinsiy jarayon mushuklar ichagida o’tib, u yerda taksoplazma oosistalari hosil
bo’ladi.  Mushuklar  taksoplazmalarning  asosiy  xo’jayini  hisoblanadi.  Jinssiz
ko’payish qushlar va boshqa hayvonlar tanasida o’tadi.
 Taksoplazmalarning jinssiz bo’g’ini yarim oysimon shaklda bo’lib, 4-7 mkm
uzunlikdadir. Jinssiz bo’g’imning oddiyligi, elektron mikroskop ostida ko’rinishi
xuddi  koksidiyalar  merozoitining  tuzilishiga  o’xshaydi.  Ko’plarida  yosh
parazitlarning organoidlari (konoidi, halqasi, roptriysi mikronemalari) yadroning
bo’linishi bilan bir vaqtda hosil bo’ladi. Yosh hujayralar pellikulasi ona hujayra
pellikulasidan hosil bo’ladi. Bo’linish naychasida merozoitlar sistalarga o’ralib
hayvon chiqindilari bilan tashqariga chiqadi. Odamlar ham toksoplazmalar bilan
zararlanadi.  Bunda limfatik  tugunlar  nerv  sistemalari,  ko’z  kasallanadi.
Toksoplazmaga toxoplasmua gondii misol bo’ladi.
 2-turkum. Qon sporalilar-(Haemosporidia).
 Bu turkumga mansub koksidlar xo’jayin almashtirib yashaydigan turlarini o’z
ichiga  oladi.  Qon  sporalilarning  taraqqiyoti,  ahamiyatini  bezgak  plazmodiysi-
Plasmodium vivax ning misolida beriladi.
 Odamdagi bezgak kasali qon sporalilarning Plasmodium malariae (4 kunlik
bezgak) P.vivax (48 soat) P.palciparum (24 soat) da kasallanib, bezgak xurujini
hosil  qiladigan  turlari  bilan  bog’liqdir.  Bezgak  parazitlarining  tana  tuzilishi
koksidiylar sporozoiti tana tuzilishiga o’xshash bo’lib 5-8 mkm uzunlikda bo’ladi.
Bezgak  tekinxo’ri  sog’lom  odamga  bezgak  bilan  kasallangan  odam  qonidan
sporozoitlarni yuqishidan boshlanadi. Bezgak tekinxo’rini kasal odamdan sog’lom
Logotip
endoplazmatik to’r, golji kompleksi bilan bir qatorda quyidagi tuzilmalari ham bo’ladi. Konoid - hujayraning oldida keng halqasi bo’lib, bu tekinxo’rlikning xo’jayin tanasi ichiga kirib olishiga xizmat qiladi. Roptriylar xo’jayin tanasi ichiga kirishiga yordam beruvchi suyuqlik xaltasidir. Roptriylar 2-14 tagacha bo’ladi. Mikronemalar roptriylar bilan bog’langan tolachalardir. Ularning vazifasi yaxshi aniqlangan emas. Mikrosporalar hujayra og’izchasi bo’lib ular orqali xo’jayin tanasidan tekinxo’rga ovqatlik kiradi. Koksidiyalar-koksidioz kasalini keltirib chiqaradi. Eimeria tenella quyonlarda tekinxo’rlik qiladi. E.bovis qoramollarda ichburug’ kasalini chiqaradi. Eymeriyadan farq qilib, taksoplazma xo’jayin almashtirib yashaydi. Jinsiy jarayon mushuklar ichagida o’tib, u yerda taksoplazma oosistalari hosil bo’ladi. Mushuklar taksoplazmalarning asosiy xo’jayini hisoblanadi. Jinssiz ko’payish qushlar va boshqa hayvonlar tanasida o’tadi. Taksoplazmalarning jinssiz bo’g’ini yarim oysimon shaklda bo’lib, 4-7 mkm uzunlikdadir. Jinssiz bo’g’imning oddiyligi, elektron mikroskop ostida ko’rinishi xuddi koksidiyalar merozoitining tuzilishiga o’xshaydi. Ko’plarida yosh parazitlarning organoidlari (konoidi, halqasi, roptriysi mikronemalari) yadroning bo’linishi bilan bir vaqtda hosil bo’ladi. Yosh hujayralar pellikulasi ona hujayra pellikulasidan hosil bo’ladi. Bo’linish naychasida merozoitlar sistalarga o’ralib hayvon chiqindilari bilan tashqariga chiqadi. Odamlar ham toksoplazmalar bilan zararlanadi. Bunda limfatik tugunlar nerv sistemalari, ko’z kasallanadi. Toksoplazmaga toxoplasmua gondii misol bo’ladi. 2-turkum. Qon sporalilar-(Haemosporidia). Bu turkumga mansub koksidlar xo’jayin almashtirib yashaydigan turlarini o’z ichiga oladi. Qon sporalilarning taraqqiyoti, ahamiyatini bezgak plazmodiysi- Plasmodium vivax ning misolida beriladi. Odamdagi bezgak kasali qon sporalilarning Plasmodium malariae (4 kunlik bezgak) P.vivax (48 soat) P.palciparum (24 soat) da kasallanib, bezgak xurujini hosil qiladigan turlari bilan bog’liqdir. Bezgak parazitlarining tana tuzilishi koksidiylar sporozoiti tana tuzilishiga o’xshash bo’lib 5-8 mkm uzunlikda bo’ladi. Bezgak tekinxo’ri sog’lom odamga bezgak bilan kasallangan odam qonidan sporozoitlarni yuqishidan boshlanadi. Bezgak tekinxo’rini kasal odamdan sog’lom
odamga Anofeles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradi.
 Chivin so’lagida bo’lgan sporozoitlar sog’lom odam tanasiga o’tgach (chivin
sog’lom odam qonini so’rayotganda), sporozoit qon oqimi bilan jigarga, qon tomir
devorlariga kirib oladi. Jigarda sporozoitlar trofozoit va shizontlarga aylanadi.
Shizont  yadrosini  bir  necha  bor  bo’linishi  natijasida  yangi  merozoitlar  paydo
bo’ladi. Bu merozoitlar endi qizil qon hujayrasi ichiga kirib o’z taraqqiyotini
davom ettiradi. Tekinxo’r qizil qon hujayrasi eritrotsitini yeb kattalashadi. Har-bir
eritrotsit ichida 10-20 ta parazit hosil bo’ladi. Merozoitlar eritrotsitlarni yemirib
qon suyuqligiga chiqadi. U yerdan yangi eritrotsitlar ichiga kiradi. Eritrotsitlar
ichida tekinxo’rlar bir necha marta jinssiz ko’payib chiqqanidan so’ng ko’payish
to’xtaydi. Ulardan makrogameta va mikrogametalar hosil bo’ladi.
 Eritrotsit  ichida  makro  va  mikrogametalar  chivin  tanasiga  o’tgach  ular
qo’shilishidan zigota paydo bo’ladi. Mikrogametalar harakatchan tanachalardir.
Ular makrogametalarni topib ichiga kiradi, bo’linish sodir bo’lib hosil bo’lgan
zigota chuvalchangsimon harakat qiladi. Shuning uchun uni ookineta deb ataladi.
Zigota pashsha ichida po’st bilan o’ralib oosistaga aylanadi. Oosista yadrosi tez
maydalanib  undan  ko’p  sonli  sporozoitlar  shakllanadi.  Oosista  devori  yorilib
sporozoit pashsha so’lagiga o’tadi. 
Chivin boshqa odamni chaqqanda endi u o’z taraqqiyotini boshlaydi. Bezgak
plazmodiysi odam qoniga o’tgandan so’ng kasallik alomati paydo bo’lishigacha
bo’lgan davr inkubatsiya davri deyiladi. Bu odatda ikki haftaga cho’ziladi. Bezgak
xuruji eritrotsitlarni buzib undan merozoitlar qon suyuqligiga o’tayotgan paytda
namoyon  bo’ladi.  Bezgakka  qarshi  olib  borilgan  kurash  tadbirlari  tufayli
kamaygan. 1984 yili yer yuzida 400 ming odam bezgak bilan og’rigan. 
 Miksosporidiyalar tipiga umurtqasiz va ba’zi umurtqali hayvonlar tanasida
tekinxo’rlik bilan yashaydigon jonivorlar kiradi. Hayot tarzi tekinxo’rlik qiladigan
vegetativ va boshqa hayvonlarga tarqalishga xizmat qiluvchi sporalik stadiyalari
orqali o’tadi. 
Tekinxo’rlik qiluvchi davri vegetativ va generativ hujayralardan tarkib topadi.
Bu tip vakillar asosan jinssiz ko’payadi. Generativ hujayralardan meyoz orqali juda
ko’p  sonli  sporalar  hosil  bo’ladi.  Bu  tip  vakillarining  sporalari  bir  necha
hujayralardan  iborat  bo’lib,  uning  ichida  ikki  yadroli  amyobasimon  murtak
Logotip
odamga Anofeles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradi. Chivin so’lagida bo’lgan sporozoitlar sog’lom odam tanasiga o’tgach (chivin sog’lom odam qonini so’rayotganda), sporozoit qon oqimi bilan jigarga, qon tomir devorlariga kirib oladi. Jigarda sporozoitlar trofozoit va shizontlarga aylanadi. Shizont yadrosini bir necha bor bo’linishi natijasida yangi merozoitlar paydo bo’ladi. Bu merozoitlar endi qizil qon hujayrasi ichiga kirib o’z taraqqiyotini davom ettiradi. Tekinxo’r qizil qon hujayrasi eritrotsitini yeb kattalashadi. Har-bir eritrotsit ichida 10-20 ta parazit hosil bo’ladi. Merozoitlar eritrotsitlarni yemirib qon suyuqligiga chiqadi. U yerdan yangi eritrotsitlar ichiga kiradi. Eritrotsitlar ichida tekinxo’rlar bir necha marta jinssiz ko’payib chiqqanidan so’ng ko’payish to’xtaydi. Ulardan makrogameta va mikrogametalar hosil bo’ladi. Eritrotsit ichida makro va mikrogametalar chivin tanasiga o’tgach ular qo’shilishidan zigota paydo bo’ladi. Mikrogametalar harakatchan tanachalardir. Ular makrogametalarni topib ichiga kiradi, bo’linish sodir bo’lib hosil bo’lgan zigota chuvalchangsimon harakat qiladi. Shuning uchun uni ookineta deb ataladi. Zigota pashsha ichida po’st bilan o’ralib oosistaga aylanadi. Oosista yadrosi tez maydalanib undan ko’p sonli sporozoitlar shakllanadi. Oosista devori yorilib sporozoit pashsha so’lagiga o’tadi. Chivin boshqa odamni chaqqanda endi u o’z taraqqiyotini boshlaydi. Bezgak plazmodiysi odam qoniga o’tgandan so’ng kasallik alomati paydo bo’lishigacha bo’lgan davr inkubatsiya davri deyiladi. Bu odatda ikki haftaga cho’ziladi. Bezgak xuruji eritrotsitlarni buzib undan merozoitlar qon suyuqligiga o’tayotgan paytda namoyon bo’ladi. Bezgakka qarshi olib borilgan kurash tadbirlari tufayli kamaygan. 1984 yili yer yuzida 400 ming odam bezgak bilan og’rigan. Miksosporidiyalar tipiga umurtqasiz va ba’zi umurtqali hayvonlar tanasida tekinxo’rlik bilan yashaydigon jonivorlar kiradi. Hayot tarzi tekinxo’rlik qiladigan vegetativ va boshqa hayvonlarga tarqalishga xizmat qiluvchi sporalik stadiyalari orqali o’tadi. Tekinxo’rlik qiluvchi davri vegetativ va generativ hujayralardan tarkib topadi. Bu tip vakillar asosan jinssiz ko’payadi. Generativ hujayralardan meyoz orqali juda ko’p sonli sporalar hosil bo’ladi. Bu tip vakillarining sporalari bir necha hujayralardan iborat bo’lib, uning ichida ikki yadroli amyobasimon murtak
joylashadi. Spora ichida otiluvchi ipcha bo’ladi. Otiluvchi iplar parazitni boshqa
hayvonlarga  yopishishiga  va  tarqalishiga  xizmat  qiladi.  Miksosporidiyalar
hayotining  boshlang’ich  davrida  amyobasimon  kichik  bir  hujayrali  organizm
hisoblanadi, amyobasimon tanasi umurtqali hayvon to’qimalarida parazitlik qilib
yashaydi. Miksosporidiyalar tipi ichida miksosporalilar va aktinomiksidlar sinflari
mavjud. 
 Tip. Miksosporalilar (Mixosporea) 
 Bu sinf vakillari odatda dengiz va chuchuk suvlardagi baliqlarda parazitlik
bilan hayot kechiradi. Bularning 700 ga yaqin turi ma’lum. Miksosporalilar yoki
ikkinchi xil qilib aytilganda shilimshiq sporalilar baliqlarning jabralarida, teri va
muskullarida, nerv sistemasi va tog’ay to’qimasida parazitlik bilan yashaydilar.
Hayvonlarning to’qimalarida miksosporidiyalar ko’payib baliqlarga ancha katta
ziyon etkazadi.
 Masalan, Myxobolus pfeiferi karpsimon baliqlarda turlicha shishlarni hosil
qiladi. Miksosporidiyalarning hosil qiladigan bunday sistalarining ichida juda ko’p
yadrolar  bo’lib ular  a)  vegetativ, b)  generativ yadrolarga bo’linadi. Vegetativ
yadrolar  plazmodiyning  barcha  hayotiy  funksiyalari:  moddalar  almashinuvi,
oqsillar  sintezi,  o’sish  kabi  vazifalarni  bajarsa,  generativ  yadro  -  ko’payish
protsessida ishtirok etadi. Kasal baliqlardan sporalar tashqariga chiqqach u boshqa
baliqlar tomonidan yutib yuboriladi. 
Baliqning ichagida spora yorilib undan otilib chiqqan hujayra ichak epiteliysi
ichiga yorib kiradi. Bu spora keyinchalik qon oqimi bilan turli to’qimalarga borib u
yerda yangi koloniyani tashkil etadi. Koloniyalar to’qimalarda kattalashib 1-2 sm
kattalikda  sistalar  hosil  qiladi.  Miksosporalilar  generativ  yadrosini  bo’linishi
natijasida undan sporalar hosil bo’ladi. Spora ichida otiluvchi kapsula, hamda ikki
yadroli amyobasimon murtagi joylashadi. Spora tashqi tomondan qattiq po’st bilan
o’ralgan, uzun o’simtalari bo’ladi. Baliqlar tanasidan suvga tushgan sporani boshqa
baliqlar yutib yuborish orqali tekinxo’rni o’ziga yuqtirib oladi. Baliq tanasi ichida
spora qobig’i yorilib undan otiluvchi ipchalar ichak devoriga sanchiladi. Spora
tavaqalari ochilib undan endi amyobasimon parazit chiqib u qonga o’tadi, qon
orqali  tekinxo’r  baliqning  turli  organlariga  tarqaladi.  Bu  tanachaning  o’sib
rivojlanishi natijasida ko’p yadroli yangi plazmodiy hosil bo’ladi. Plazmodiyda
Logotip
joylashadi. Spora ichida otiluvchi ipcha bo’ladi. Otiluvchi iplar parazitni boshqa hayvonlarga yopishishiga va tarqalishiga xizmat qiladi. Miksosporidiyalar hayotining boshlang’ich davrida amyobasimon kichik bir hujayrali organizm hisoblanadi, amyobasimon tanasi umurtqali hayvon to’qimalarida parazitlik qilib yashaydi. Miksosporidiyalar tipi ichida miksosporalilar va aktinomiksidlar sinflari mavjud. Tip. Miksosporalilar (Mixosporea) Bu sinf vakillari odatda dengiz va chuchuk suvlardagi baliqlarda parazitlik bilan hayot kechiradi. Bularning 700 ga yaqin turi ma’lum. Miksosporalilar yoki ikkinchi xil qilib aytilganda shilimshiq sporalilar baliqlarning jabralarida, teri va muskullarida, nerv sistemasi va tog’ay to’qimasida parazitlik bilan yashaydilar. Hayvonlarning to’qimalarida miksosporidiyalar ko’payib baliqlarga ancha katta ziyon etkazadi. Masalan, Myxobolus pfeiferi karpsimon baliqlarda turlicha shishlarni hosil qiladi. Miksosporidiyalarning hosil qiladigan bunday sistalarining ichida juda ko’p yadrolar bo’lib ular a) vegetativ, b) generativ yadrolarga bo’linadi. Vegetativ yadrolar plazmodiyning barcha hayotiy funksiyalari: moddalar almashinuvi, oqsillar sintezi, o’sish kabi vazifalarni bajarsa, generativ yadro - ko’payish protsessida ishtirok etadi. Kasal baliqlardan sporalar tashqariga chiqqach u boshqa baliqlar tomonidan yutib yuboriladi. Baliqning ichagida spora yorilib undan otilib chiqqan hujayra ichak epiteliysi ichiga yorib kiradi. Bu spora keyinchalik qon oqimi bilan turli to’qimalarga borib u yerda yangi koloniyani tashkil etadi. Koloniyalar to’qimalarda kattalashib 1-2 sm kattalikda sistalar hosil qiladi. Miksosporalilar generativ yadrosini bo’linishi natijasida undan sporalar hosil bo’ladi. Spora ichida otiluvchi kapsula, hamda ikki yadroli amyobasimon murtagi joylashadi. Spora tashqi tomondan qattiq po’st bilan o’ralgan, uzun o’simtalari bo’ladi. Baliqlar tanasidan suvga tushgan sporani boshqa baliqlar yutib yuborish orqali tekinxo’rni o’ziga yuqtirib oladi. Baliq tanasi ichida spora qobig’i yorilib undan otiluvchi ipchalar ichak devoriga sanchiladi. Spora tavaqalari ochilib undan endi amyobasimon parazit chiqib u qonga o’tadi, qon orqali tekinxo’r baliqning turli organlariga tarqaladi. Bu tanachaning o’sib rivojlanishi natijasida ko’p yadroli yangi plazmodiy hosil bo’ladi. Plazmodiyda
yana generativ va vegetativ yadrolar shakllanadi.  Miksosporidiyalar  baliqlarda
tekinxo’rlik qilib ayniqsa baliq chavoqlarini ko’plab nobud bo’lishiga olib keladi.
Forel  balig’ining  tog’ay  to’qimalarida  parazlik  qiluvchi  Myxosoma  serebralis
jonivorning  umurtqasini  qiyshayib  qolishiga  sabab  bo’ladi.  Oqibatda  baliqlar
yaxshi harakat qila olmasligi tufayli Kudoa urug’iga kiruvchi miksosporidiyalar
esa ovlanadigan dengiz baliqlarining muskullarini yemirilishiga ta’sir qiladi. 
 Aktinomiksidlar sinfi vakillari halqali chuvalchanglar tanasida tekinxo’rlik
qilishadi. Sporasining ancha murakkabligi bilan miksosporalilardan farq qiladi.
 Tip. Mikrosporidiya (Microsporidia).
Mikrosporidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi jonivorlardan bo’lib
ko’proq bo’g’imoyoqlilar, baliqlarda yashaydi.  Sporasida  otiluvchi  ipi  bo’lishi
bilan ular miksosporalilarga o’xshab ketadi. Biroq mikrosporidiyalar sporasi ichida
faqat birgina hujayrasi bo’lishi bilan ulardan farq qiladi. Mikrosporidiyalarning
sporasi  juda  kichik,  qalin  po’st  bilan  o’ralgan  bo’ladi.  Mikrosporidiyalarning
hayoti ham xuddi miksosporidiyalarnikiga o’xshab ketadi. Kasal hasharotdan sog’
hasharotga tushgan sporadan otiluvchi kapsula tashqariga chiqadi va o’zi bilan
murtakni  olib  yangi  xo’jayinini  to’qimasiga  yopishtrib  qo’yadi.  Bu  yerda
amyobasimon tanacha yadrosi bo’linib ko’paya boshlaydi va mikrosporidiyalarga
xos  zanjirsimon  ketma-ket  keluvchi  koloniyani  hosil  qiladi  va tez orada ular
sporalarni hosil qiladi. Tut ipak qurtini Nosema bombycis zararlaydi. 
 Bu  parazit  ipak  qurtida  pebrina  kasalligini  chaqiradi.  Tut  ipak  qurti
lichinkalari Nosema bilan  uni sporalarini yeb yuborishi orqali ularni yuqtirib
oladi. Kasallangan qurtlar kam harakat bo’lib, ularning tanalarida qo’ng’ir dog’lar
hosil  bo’ladi. Agar  zararlangan lichinka  g’umbakka aylanib  qolgan bo’lsa  bu
g’umbakdan Nosema bilan kasallangan kapalak uchib chiqadi. Bu kapalak Nosema
bilan  kasallangan  tuxum  qo’yadi  va  yangi  avlodda  ham  mikrosporidiyalarni
rivojlanishi davom etadi.
 Mikrosporidiyalar asalarilarda Nosema aris ich ketish kasalligini chaqiradi.
Asalari va tut ipak qurtining bu tekinxo’rlariga qarshi kurash asosan profilaktika
tadbirlaridan iboratdir. Zararlangan asalari oilalari, uyalari dezinfeksiya qilinadi.
Tut  ipak  qurtining  tuxumlari  doimo  tekinxo’r  bilan  kasallangan  yoki
kasallanmaganligini aniqlash bo’yicha tekshiruvlar o’tkazib turiladi.
Logotip
yana generativ va vegetativ yadrolar shakllanadi. Miksosporidiyalar baliqlarda tekinxo’rlik qilib ayniqsa baliq chavoqlarini ko’plab nobud bo’lishiga olib keladi. Forel balig’ining tog’ay to’qimalarida parazlik qiluvchi Myxosoma serebralis jonivorning umurtqasini qiyshayib qolishiga sabab bo’ladi. Oqibatda baliqlar yaxshi harakat qila olmasligi tufayli Kudoa urug’iga kiruvchi miksosporidiyalar esa ovlanadigan dengiz baliqlarining muskullarini yemirilishiga ta’sir qiladi. Aktinomiksidlar sinfi vakillari halqali chuvalchanglar tanasida tekinxo’rlik qilishadi. Sporasining ancha murakkabligi bilan miksosporalilardan farq qiladi. Tip. Mikrosporidiya (Microsporidia). Mikrosporidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi jonivorlardan bo’lib ko’proq bo’g’imoyoqlilar, baliqlarda yashaydi. Sporasida otiluvchi ipi bo’lishi bilan ular miksosporalilarga o’xshab ketadi. Biroq mikrosporidiyalar sporasi ichida faqat birgina hujayrasi bo’lishi bilan ulardan farq qiladi. Mikrosporidiyalarning sporasi juda kichik, qalin po’st bilan o’ralgan bo’ladi. Mikrosporidiyalarning hayoti ham xuddi miksosporidiyalarnikiga o’xshab ketadi. Kasal hasharotdan sog’ hasharotga tushgan sporadan otiluvchi kapsula tashqariga chiqadi va o’zi bilan murtakni olib yangi xo’jayinini to’qimasiga yopishtrib qo’yadi. Bu yerda amyobasimon tanacha yadrosi bo’linib ko’paya boshlaydi va mikrosporidiyalarga xos zanjirsimon ketma-ket keluvchi koloniyani hosil qiladi va tez orada ular sporalarni hosil qiladi. Tut ipak qurtini Nosema bombycis zararlaydi. Bu parazit ipak qurtida pebrina kasalligini chaqiradi. Tut ipak qurti lichinkalari Nosema bilan uni sporalarini yeb yuborishi orqali ularni yuqtirib oladi. Kasallangan qurtlar kam harakat bo’lib, ularning tanalarida qo’ng’ir dog’lar hosil bo’ladi. Agar zararlangan lichinka g’umbakka aylanib qolgan bo’lsa bu g’umbakdan Nosema bilan kasallangan kapalak uchib chiqadi. Bu kapalak Nosema bilan kasallangan tuxum qo’yadi va yangi avlodda ham mikrosporidiyalarni rivojlanishi davom etadi. Mikrosporidiyalar asalarilarda Nosema aris ich ketish kasalligini chaqiradi. Asalari va tut ipak qurtining bu tekinxo’rlariga qarshi kurash asosan profilaktika tadbirlaridan iboratdir. Zararlangan asalari oilalari, uyalari dezinfeksiya qilinadi. Tut ipak qurtining tuxumlari doimo tekinxo’r bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash bo’yicha tekshiruvlar o’tkazib turiladi.