Sport tadbirlarining tomoshaviyligini hamda ta’sirchanligini oshirishda
musiqaning roli.
Reja:
1. Musiqa haqida tushuncha.
2. Tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari
Bugungi kunda butun yer sayyorasi bo‘ylab inson zoti borki hech biri o‘zini
musiqasiz tasavvur qila olmaydi. Biz ushbu mavzu orqali aynan sport tadbirlarida
foydalaniladigan yoki foydalanishi kerak bo‘ladigan qo‘shiqlar va musiqalar
haqida qolaversa musiqalarni o‘z o‘rniga qo‘yish hamda tanlay bilish va ularning
ta’siri o‘rni haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Xo‘sh eng avvalo musiqa o‘zi nima?
Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy
tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Uning
mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy
obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik,
shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni
oʻzida mujassamlashtiradi.
Bundan tashqari, musiqa – shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik,
intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham
yorqin aks ettiradi.
Musiqa 1896 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan beri sport tadbirlarida ishlatilgan.
Qadimgi yunonlar festivallar, turnirlar va sport tadbirlarida musiqadan keng
foydalanganliklari ma’lum. Musiqa bizning hissiyotlarimizga ta’sir qiladi, shuning
uchun ham hayotimizning har bir jabhasida muhim ahamiyatga ega.
Sport - bu ko‘ngil ochishning ajoyib usuli bo‘lib turli xil odamlarni bir joyga
to‘playdi va musiqa yordamida ularning hayajonlarini, ehtiroslarini yanada
ko‘taradi. Yaxshi musiqa, yaxshi sport bayrami va yaxshi muxlislar sport
tadbirlarida katta zavqlanishning asosiy kaliti hisoblanadi! Sportda musiqa haqida
gap ketganda, uning asosiy maqsadi muxlislar va sportchilarni hayajonlantirishdir,
ya’ni ularga bayramona kayfiyat, kuchli ehtiros va emotsional motivatsiya
ulashishdir.
Sport tadbirlarining ochilish va yopilish marosimlari uchun maxsus musiqalar
tanlash va ulardan foydalanish mutaxassislar uchun katta mas’uliyat talab etadi.
Bunda tanlanadigan musiqalar albatta tadbir ruhiga mos bo‘lishi, ayniqsa, milliy
kuy-qo‘shiqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Chunki, milliy musiqa va qo‘shiqlarimiz sport tadbirlarimizning
ta’sirchanligini oshirishi bilan bir qatorda aholiga, ayniqsa, yoshlarimizning
madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va umumbashariy madaniyatning
eng yaxshi nodir durdonalaridan namunalaridan bahramand etish, shu asosda
ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Hozirgacha davlat ahamiyatidagi qolaversa barcha Mustaqillik bayramlari,
Navro‘z umumxalq bayramlarida, ommaviy badiiy tomoshalar, har xil
ko‘rinishdagi sport tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari
hamda qo‘shiqlaridan qo‘ydagi san’atkorlarning kuy- qo‘shiqlarini misol
keltirishimiz mumkin.
Farrux Zokirov (Yalla guruhi) “O‘zbekiston vatanim” qo‘shig‘i.
Ozodbek Nazarbekov Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat
vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan xonandaning “Mendirman” qo‘shig‘i
buyuk ajdodlarimizga hurmat, g'urur va iftixor, mustaqilligimizga shukronalik,
mardlik, jasurlik ruhida yaratilgan bo‘lib, barcha tadbirlarda xususan: sport
tadbirlarida, Navro‘z, Mustaqillik, 14-yanvar vatan himoyachilari kuni, 9-may
Xotira va qadrlash kuniga bag‘shlangan va barcha vatanparvarlik shukuhini
beradigan tadbirlarda, hamda harbiy namoyishlar va paradlarda keng qo'lanilib
kelinmoqda.
Sulton Ali Rahmatov. Bastakor Sulton ali Rahmatovning deyarli barcha
musiqalari ommaviy bayramlarimizda, sport tadbirlarimizda keng qo'llaniladi.
Hosila Rahimova. “Alpomish, To‘maris, Bos-bos, Kurash, O‘tov”
qo‘shiqlari.
Sevara Nazarxon. “Ulug‘imsan vatanim” tadbirlar so'ngida, sportchilarimiz
taqdirlanayotgan paytda ko'pincha ishlatiladi.
Rashid Xoliqov (Shaxzod guruhi) “Ey aziz yurtim” qo‘shig‘i.
Jaxongir Poziljonov (Bojalar guruhi) “O‘zbekiston, Chempion” qo‘shiqlari.
Bundan tashqari: chorlov, fanfar, madhiya, marsh musiqalari, har bir sport
turi bo‘yicha madhiyalar, fonda tadbir boshlanishigacha uning ruhiyatini berib
turuvchi maxsus musiqalar, badiiy qismda esa boshlovchilar uchun musiqalar,
xonandalar, raqqosalar, bolalar chiqishlari uchun, sportchilar va teatrlashtirilgan
tomoshalar, harbiylar chiqishlari hamda final uchun tadbirning ruhiyatidan
g‘oyasidan mazmun mohiyatidan kelib chiqib musiqalar tanlanadi va ijro etiladi.
Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning vazifalari
quyidagilardan iborat:
• musiqa-qatnashuvchilar ishtirokchilar obrazlarini xarakterlaydi;
• harakat vaqti va joyini ifodalashi mumkin;
• tomoshabinga ko'rinmayotgan voqealarni ilg‘ab olishga tez tushuna olishiga
yordam beradi;
• monolog va dialoglarning emotsionalligini (tuyg'u, hayajon) kuchaytiradi;
• so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan daqiqalarni tasvirlay oladi;
• xatti - harakat, voqealarni to'ldirishi, boyitishi mumkin;
• pauzalar o‘rnini to‘ldirishi mumkin;
• vaqtni tejash yoki cho'zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin.
Musiqa hozirgi kunda davlat bayramlari, tadbirlari va spektakllarini
boshqarishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi.