STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT TIZIMI. STANDARTLASHTIRISHNING TURLARI, TOIFALARI VA USULLARI.
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
41,5 KB
STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT TIZIMI.
STANDARTLASHTIRISHNING TURLARI, TOIFALARI VA USULLARI.
REJA:
1Standartlashtirish davlat tizimi.
2.Standartlarning turlari va toifalari.
3.Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-
qoidalari.
1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
− atamalarni standartlashtirish;
− o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va
mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
− mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
− ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining
yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
− standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
− harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga
to‘plamoq;
− bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini
shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali
ishlarni yaratish;
− etakchi
mutaxassislar
boshchiligidagi
o‘tkaziladigan seminarlar,
ilmiy
ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
− sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni
qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir erga to‘plamoq, ular
asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgikunning
talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalarihisoblanadi.
SHu
maqsadda
standartlashtirish
sohasidagi
atamalarni
to‘plashda
xalqarostandartlashtirish
tashkilotining
hujjatlariga,
sobiq
Ittifoqdagi
ma’lumotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan
hujjatlarga murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati
ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan
O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi.
Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart
agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti
(SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z
RST 1.1-92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi.
Asosiy qoidalar” bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari
hamda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma’ruzamizda tanishib
chiqdik.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini,
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy
hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy
qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va
o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
2. Standartlarning turlari va toifalari
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
standartlashtirish
ob’ektlariga
qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal
qiladi:
− Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
− O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
− Tarmoq standartlari;
− Texnikaviy shartlari;
− Korxona standartlari;
− Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha)
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning
keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy
standart
esa,
standartlashtirish
bilan
shug‘ullanadigan
mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga
yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan,
bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart- bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora
tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan
standartdir.
Korxona standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning
tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida
standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro,mintaqaviy va davlatlararo
standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
Standartlardan
tashqari
rahbariy
hujjatlar,
texnikaviy
shartlar,
standartlashtirish
bo‘yicha
tavsiyanomalar,
yo‘riqnomalar
(qoidalar)
ham
mavjuddir.
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning
vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim
bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat
tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O’ZTSH) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda,
ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq
mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Yo‘riqnoma (qoidalar) - instruksiya (pravila) - bu ishlarni yoki ularning ayrim
bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish ob’ektlariga o‘z navbatida quyidagilar kiradi:
− yagona texnikaviy tilni qo‘shib hisoblaganda umumtexnikaviy ob’ektlar,
umumiy
mashinasozlikda
qo‘llaniladigan
buyumlarning
namunaviy
Ўзбекистон Давлат стандарлаштириш тизими
(Ўз ДСТ)
Стандарт
поғоналари
Давлатлараро
стандартлар
Узлуксиз
таълимнинг
Ўзбекистон Давлат
стандартлари
Ўзбекистон Давлат
стандартлари
Тармоқ
стандартлари
Раҳбарий
ҳужжатлар,
тавсияномалар
Маъмурий-ҳудудий
стандартлар
Корхоналар
стандартлари
Тасдиқланиш
даражаси
Евроосиё
Давлатлараро
кенгаш (ЕОВК)
“Ўзстандарт”
Агентлиги,Ҳокимия
тлар, Иқтисод
тармоқлари,
корхоналар
“Ўзстандарт”
Агентлиги, Иқтисод
тармоқлари
“Ўзстандарт”
Агентлиги, Ўздав-
архитектқурқўм, Таб.
муҳ. қил. дав.
қўмитаси, Соғлиқни
сақлаш вазирлиги
Вазирлар
маҳкамаси
Ҳокимиятлар
Корхона ва
ташкилотлар
Стандарт турлари
Асосий стандартлар
Ташкилий-услубий
стандартлар
Умумтехникавий
стандартлар
Маҳсулот (хизмат)
стандартлари
Жараёнлар
стандартлари
Назорат усуллари (синов
ва ўлчашлар, анализ
қилиш) стандартлари.
konstruksiyalari (mahkamlash vositalari, asboblar va boshqalar), materiallar va
moddalarning xususiyati haqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy
axborotning tavsiflash va kodlash;
− aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlar va loyiha ob’ektlari;
− Respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot yoki texnologiyasining
raqobat qilish qobiliyatini oshirishini ta’minlash imkoniyatini beradigan fan va
texnika yutuqlari;
− Respublikada ichki ehtiyojini qondirish uchun, shuningdek, boshqa davlatlarga
eksport sifatida etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlari;
− standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, mintaqaviy va sanoati
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan
uyg‘unlashtirilishi.
“O‘zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi standartlashtirish
bo‘yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun o‘z
huquqlari doirasida yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko‘rsatmalar,
rahbariy hujjatlarni (RH) va tavsiyalarni (T) ishlab chiqadilar va manfaatdor
tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish,
tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi O‘z RST 1.1-92 standarti bilan belgilanadi.
Standartlashtirish
ob’ektining
o‘ziga
xos
xususiyatlariga
va
unga
belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi
standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi:
- asos bo‘luvchi standartlar;
- umumtexnikaviy standartlar;
- texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) standartlari;
- texnikaviy talablar standartlari;
- nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o‘lchashlar, ta’riflar) standartlari.