STATISTIK JADVALLAR (Jadval turlari va tuzish qoidalari, Gruppaviy jadval, oddiy jadval, kombinatsion jadval)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
521,8 KB
Ilmiybaza.uz
STATISTIK JADVALLAR
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan
bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni
ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa
jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy
hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va
ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini
oydinlashtiradi.
Demak, O‘zbekiston aholisi, uning mehnatga qobiliyatli va iqtisodiy faol
qismi yil sayin ko‘payib bormoqda. Ammo umumiy aholi o‘sish sur’atiga nisbatan
mehnatga qobiliyatli kishilar soni tezroq ko‘paymoqda va unga nisbatan iqtisodiy
faol aholi soni esa biroz sekin ortmoqda. Natijada aholining mehnatga layoqatlik
darajasi o‘sishi bilan bir qatorda iqtisodiy faollik darajasi biroz pasayish
tendensiyasiga ega.
Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl
bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan obyektlar va
ularning ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa
umumiy sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga
ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir
jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini
oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi
ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi
ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
Jadval
statistik
ma’lumotlarni
yaqqol,
ixcham va umumlashtirib
taqdim etish usulidir
Ilmiybaza.uz
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy
voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos
mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har
bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har
xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik
to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning
kesimi
hisoblanadi.
Jadvalning
egasi,
odatda,
jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha
joylanishi ham mumkin.
4.2. Jadval turlari va tuzish qoidalari.
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo‘llaniladi. Eganing
tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, gruppaviy va
kombinatsion.
Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-
bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida o‘rganilayotgan obyektlarning nomlari yoki
ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo‘ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo‘la oladi.
Bu jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo‘lib, ko‘rsatkichlar keltirilgan qatorlar
kesimdir.
Jadvalning ega qismida o‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo‘yicha
gruppalash amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5
jadvalga qaralsin).
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo‘yicha guruhlaganda ularni
to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va
undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Buning uchun, avval
o‘rganilayotgan hodisa to‘plami bir belgisi bo‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa
belgi bo‘yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida
kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va
hodisalarning o‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va to‘la yoritishga
yordam beradi.
Gruppaviy
jadval
deganda
o‘rganilayotgan
obyektlarni
bir
belgi
asosida
guruhlash
natijalarini ifodalaydigan
jadval nazarda tutiladi.
Ilmiybaza.uz
Voqea va hodisalarni o‘rganish jarayonida va qo‘yilgan vazifalarga qarab ega va
kesim o‘z o‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko‘rimli
chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak :
1. Jadvallar hajmi katta bo‘lmasligi kerak. Murakkab to‘plamlarni o‘rganishda
jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan
jadvallar bo‘lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o‘qishga oson ko‘rinishda
tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o‘rganilayotgan obyektning nomi,
ma’lumotlar tegishli vaqt oralig‘i hamda joyi ko‘rsatilishi lozim.
3. Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar birin-ketin, soddadan
murakkabga o‘tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo‘lishi uchun ularni bir
xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim.
5. Shartli alomatlarga e’tibor berish kerak. Zarur
bo‘lganda ayrim ko‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar
qo‘yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova
tarzida berilishi kerak.
6. Hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar
bo‘lmasa, jadvalda shu ko‘rsatkich o‘rniga “ma’lumot yo‘q”
yoki nuqtalar (...) qo‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir
bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi
yaxshi egallansa, ularni o‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.
4.3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli,
ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo‘nda qilib bayon etish juda
muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib,
amalda keng qo‘llanadi.
Grafik
–
bu
statistik
ma’lumotlarni
ta’sirchan
va
jozibali
qilib
tasvirlaydigan
geometrik shakldir
Kombinatsion jadval –
bu ega qismida obyektlarni
ikkita
va
undan
ortiq
belgilari asosida guruhlash
natijalarini aks ettiradigan
jadvaldir
Ilmiybaza.uz
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli
olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning
tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar
yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan
birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to‘laroq va chuqurroq tasavvur qilishga
imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy
taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda
muhim qurol vazifasini o‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni
soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida
tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o‘zaro
bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan
nazoratni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan murakkab to‘plamlarning tuzilishini
tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko‘lamini tasvirlashda qo‘llanadi
4.4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil
turlarga, tasnifiy guruhlarga bo‘linadi. Quyida ularning turlari tasvirlangan.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida
tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga
tushirish yo‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi.
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil
topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab
konturlarga (bo‘laklarga) bo‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi
diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning
makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo‘llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko‘pincha
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul
qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Ilmiybaza.uz
Masshtab
deb
sonlar
bilan
ifodalangan
ko‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga
aylantiruvchi
shartli
me’yorga
aytiladi.
U
o‘rganilayotgan
hodisaning
qanday
miqdori
tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli
ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan,
O‘zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1
santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi
hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki,
uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning
ma’lum miqdorlariga teng bo‘ladi va, demak, shu
miqdor deb o‘qilishi mumkin. U uchta elementdan
iboratdir (4.2-tarh).
0 10 20 30 40 50
4.2-tarh. Shkala (teng me’yorli).
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
2) chiziqchalar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga
joylashgan nuqtalar;
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga o‘rganilayotgan hodisaning ma’lum
miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum
nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil O‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili
olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng
deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq boshlanadigan “0” nuqtasidan
3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha,
3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa
o‘lchami bilan tasvirlanadi.
Masshtab
–
bu
ko‘rsatkichlarni
tekislikdagi
tasviriy
nisbatlarga
aylantiruvchi
shartli me’yordir.
Shkala - bu shunday
chiziqki,
uning
ayrim
nuqtalari tasvirlanayotgan
hodisaning
ma’lum
miqdorlarini anglatadi.
Ilmiybaza.uz
Shkala tayanchi to‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo‘lishi mumkin.
Shunga qarab shkalalar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo‘linadi. To‘g‘ri
chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol bo‘la oladi. Soatning
siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko‘p o‘lchov asboblari yoysimon egri
chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng me’yorli va o‘zgaruvchan
me’yorli bo‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada qo‘llayotganda odatda teng
me’yorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng
ko‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda o‘zgaruvchan me’yorli shkalalar ishlatiladi.
Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogarifmik shkala kiradi. Unda
shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga
proporsionaldir.
Chiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sistemasi yoki
maydonidan
foydalaniladi.
Buning
uchun
koordinat
o‘qlariga
shkalalar
joylashtiriladi. Ayrim paytlarda shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan
(ingichka) to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va natijada raqamli setka hosil bo‘ladi.
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli
diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy
usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi
va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun
(yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal
joylashtirilgan
to‘g‘ri
to‘rtburchak
ko‘rinishida
tasvirlanadi.
Bunday
diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.3.1-jadval
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish
sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)
Yillar
1992
1993
1994
4995
1996
1997
1998
1999
YaIM
-11,1
-2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Sanoat
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Ilmiybaza.uz
Qishloq
xo‘jaligi
-6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4,0
5,9
Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak,
38-bet.
Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik,
masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar
bilan ifodalanadi(sm):
1992 1993 1994
1995
1996
1997
1998
1999
YaIM
-11,1 -2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Sanoat
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Qishloq xo‘jaligi -6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4,0
5,9
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga
asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillarni
joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi
jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz(4.6-grafik).
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
1999
ЯИМ
-11,1
-2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Саноат
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Кишлок
хужалиги
-6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4
5,9
-15
-10
-5
0
5
10
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
1999
ЯИМ
Саноат
Кишлок хужалиги
Ilmiybaza.uz
4.6-grafik. O‘zbekistonda 1992-1999 yillarda yalpi ichki mahsulot va uning
tarkibiy qismlari – sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotining yillik qo‘shimcha
o‘sish sur’ati (oldingi yilga nisbatan foiz hisobida)
Turli mamlakatlarni tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun
ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham
mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. Ularga tegishli
ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma obyektlar
va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart. Ustun shaklli diagrammada murakkab
hodisalarning strukturasini tasvirlash mumkin(4.7-grafik).
Ташки савдо айланмаси
Экспорт
Импорт
1998й
1999й
1998й
1999й
1998й
1999й
МДХ
26,9
28,2
26
30,4
27,8
26
Хорижий мамлакатлар
73,1
71,8
74
69,6
72,2
74
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
1998й
1999й
1998й
1999й
1998й
1999й
Ташки савдо айланмаси
Экспорт
Импорт
МДХ
Хорижий мамлакатлар
4.7-grafik. O‘zbekiston tashqi savdosida 1998-1999 yillarda MDH va xorijiy
mamlakatlarning salmog‘i (yakunga nisbatan foiz hisobida)
Tasmasimon diagramma ham ustun diagrammaga o‘xshab tuziladi. Bu holda
ustunlar yotqizilgan holda tasvirlanadi. Tasmasimon diagrammalar orqali aholining
yosh-jinsiy tuzilishini piramida shaklida tasvirlash mumkin. Quyida O‘zbekiston
aholisining jinsiy-yosh tarkibi 1991-1997 yillar uchun piramida shaklida
tasvirlangan.
Ilmiybaza.uz
1997 1991
4.7a-grafik. 1991-1997 yillarda O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi
piramidasi.
4.6. Sektorli diagrammalar.
Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning
kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida
murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi
tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan
to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy
qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun
sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada
belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan bo‘lsa,
markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab
belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning
tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam
100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda
masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da
hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir-
biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va
shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini
-1800
-1350
-900
-450
0
450
900
1350
1800
0-4
10-14.
20-24.
30-34.
40-44
50-54
60-64
70-74
80-84
90-94
Аёллар
Эркаклар
-1800
-1350
-900
-450
0
450
900
1350
1800
0-4
15-19.
30-34.
45-49
60-64
75-79
90-94
Аёллар
Эркаклар
Ilmiybaza.uz
ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil
ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.
1999 foizda 2000
4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki
doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa
miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir
vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli
diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan
chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar
chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda
radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan
miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi. Quyidagi ma’lumotlarni
kvadrat va doirali diagramma shaklida tasvirlaylik.
4.5-jadval
O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklarining rivojlanishi
Yillar
1994 1996
1998
2000
Ho‘jalik soni (ming)
5,9
14,2
21,4
31,1
Umumiy maydoni (ming ga)
45
193
413
666
1 ho‘jalik o‘rtacha yer maydoni (ga)
7,6
13,6
19,8
21,4
Ilmiybaza.uz
Umumiy maydon haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarib quyidagi
natijalarga ega bo‘lamiz:
666 = 25,8.
413 = 20,3;
193 =13,9;
;7,6
45
Masshtab qilib 1 sm ni 4 deb olsak, u holda tomonlari 1,68 sm; 3,48sm; 5,08
sm va 6,45 sm ga teng kvadratlar chizamiz (4.9-grafik).
1994 1996 1998 2000
4.9-grafik. O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonining
o‘sishi.
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligi yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni kvadrat
ildizdan chiqarsak:
7 6
2 76
,
,
13,6 = 3,69 19,3 = 4,39 21,4 = 4,63.
Masshtab qilib 1 sm:2 olsak, u holda radiusini 1,38 sm; 1,85 sm; 2,20 sm va
2,32 sm qilib doiralar chizamiz (4.10-grafik).
1994 1996 1998 2000
4.10-grafik. O‘zbekistonda o‘rtacha 1 fermerga biriktirilgan maydonning
o‘sishi.
4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar
Grafiklarning
ta’sirchanligini
kuchaytirish
uchun
diagrammalar
o‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi.
666.0
413
193
45
21.4
19.3
13.6
7.
6