STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH (Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati, Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari, Statistik guruhlash turlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
28,4 KB
Ilmiybaza.uz
STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
Reja:
3.1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati.
3.2. Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari.
3.3. Statistik guruhlash turlari
Ilmiybaza.uz
3.1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan
hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga
asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga)
birlashtirish
yuritiladi.
Masalan,
aksioner
kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab
guruhlarga ajratish.
Agarda
to’plangan
ma’lumotlarni
jamg’arib
umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda
ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi
va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.
Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va
tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan
tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun
asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash,
tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga
tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng
asosiylari quyidagilardan iborat
Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan
maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim
belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub
bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi
kerak. Shu bilan birga guruhlashni konkret
sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga
qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni
bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga
tayanish zarur.
3.2. Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari
Statistik
guruhlash
-
bu
o’rganilayotgan
hodisalarni
muhim
belgilariga qarab bir xil
(turdosh)
guruhlar
birlashtirishdir.
Guruhlashda miqdoriy
o’zgarishlar
orqali
sifat
o’zgarishlarini oydinlashtirish
uchun guruhlarni ta’riflovchi
ko’rsatkichlar tipik va barqaror
bo’lishini ta’minlash zarur.
Ilmiybaza.uz
Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror
bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli
birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam
bo’lmasligi) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy
ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o’zaro
qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon
bo’ladi.
Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash
samarali bo’lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko’pvariantlik qoidaga
tayanib yechish eng yaxshi yo’l hisoblanadi.
Ayrim darsliklarda1[4] guruhlar sonini G.A.
Sterjess formulasi
va G.
Bruks hamda N. Karuzers formulasi Kq5lgN (bu yerda: lg -
o’nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to’plam
birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya
etilgan. Ammo bu formulalar variasion qatorlarni tuzish
uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardan to’plam birliklar soni 100 dan ko’proq N100
va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan
foydalanish uchun yana bir shart- ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli
o’zgaruvchan qiymatlarga ega bo’lishi kerak.
Guruhlar oralig’ining chegarasi masalasiga kelsak,
uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar
uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni
tengmas
shaklda, ko’payib
yoki ozayib
keluvchi
miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig’i
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
1[4] Ё.Абдуллаев. Статистиканинг умумий назарияси. Т.: Ўқитувчи, 1993, 47-бет
Локин Г.Ф. Биометрия. М.: Высшая школа, 1973, 19-бет.
N
N
K
.1 44ln
1
.3 32lg
1
i
X
X
K
max
min
Ayrim guruhlarni
ta’riflovchi ko’rsatkichlar
tipik va barqaror bo’lishi
uchun
ularga
mansubli
birliklar
soni
yetarli
miqdorda bo’lishi kerak.
Guruhlar
soni
ko’p
-
variantli yechim
asosida
belgilanishi ke-
rak.
Guruhlar
oralig’ining chegarasi
- bu ayrim guruhlarga
tegishli
birliklar
sonini
to’g’-ri
aniqlash garovidir.
Ilmiybaza.uz
Bu yerda: Xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;
Xmin -uning eng kichik qiymati, K-tuziladigan guruhlar soni.
Guruhlar oralig’i teng bo’lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng
miqdorda birliklar bilan to’ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan
to’plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo’li bilan ajratiladi, ya’ni m q
N:k
Bu yerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni;
N-umumiy to’plam birliklari soni;
k-tuziladigan guruhlar soni.
Buning uchun dastlab to’plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari
asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo’yicha ularning qatori (ro’yxati) tuziladi,
so’ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar
tuziladi.
3.3. Guruhlash turlari
Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan
to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sosial-iqtisodiy tiplarini
tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo’linadi:
1) tipologik;
2) analitik;
3) tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sosial-
iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga
ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va
o’simliklar sistematikasidagi o’zaro o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy
bo’linma 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan
kishilar kategoriyasi.
Ilmiybaza.uz
Sosial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda
bajaradigan funksiyalari va tutgan o’rni umumiyligiga
asoslangan xo’jalik yurituvchi subyektlar, shaxslar,
qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi
kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga
qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun
dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra
har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi to’plama
ko’rsatkichlar,
masalan
guruhlash
belgisining
guruhlardagi yig’ma hajmi va u bilan yaqindan bog’liq
bo’lgan belgilar to’plama miqdorlari hisoblanadi va
nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to’plamdagi hissalari
aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir
biriga o’xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish
jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda
ko’zlangan maqsad - to’plam tuzilishini o’rganish. Buning
uchun har bir tuzilma bir to’da ko’rsatkichlar yordamida
tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari
oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to’plam
tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash
uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo
jihatidan statistik o’rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun
ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to’plamning ichidagi farqlarni
miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to’plamlar tuzilishi orasidagi
farqlarni baholashga tayanadi.
Sosial iqtisodiy tip
jamiyatda iqtisodiyotda
bajaradigan funksiyalar
va
tutgan
o’rinning
umumiyligi bilan belgi-
lanadi
Tuzilmaviy guruh-
lash - bu bir belgi asosida
to’plam tizilishini tas-
virlovchi taqsimot qatori-
dir.
Tuzilmaviy
guruhlash
taqsimot
qatorlari
bilan
umumiylikka
ega,
ammo ulardan qator
jihatlari bilan farq
qiladi.