STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI (Statistik kuzatish dastur – metodologik va tashkiliy masalalari, Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari, Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
22,0 KB
ilmiybaza.uz
STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI
Reja:
2.1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati.
2.2. Statistik kuzatish dastur – metodologik va tashkiliy masalalari.
2.3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari.
ilmiybaza.uz
2.1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan
o’rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning
belgilari orasidagi bog’lanishlarni miqdoriy ifodalab
ularning to’plarida namoyon bo’ladigan statistik
qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida,
o’rganilayotgan obyektlar to’g’risida boshlang’ich
ma’lumotlar yoki boshqa so’z bilan aytganda xom statistik materiallarni to’plash
kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
1) biror narsa ( predmet, obyekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab
ko’zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqyealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda
tutish.
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish
uchun ular haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan
obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq. Hisob – bu biror
predmet miqdorini sanab yoki o’lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud
miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqyealarining hisobiga asoslanadi. Turli
shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqyealari buxgalteriya va
operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob
turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish
masalalarini o’rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik kuzatish va uning natijasida to’planadigan
ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1)
aniqlik va to’g’rilik; 2) to’lalik va har taraflamalik; 3)
Taqqoslamalik, solishtirmalik.
Statistik kuzatish - bu
o’rganilayotgan ommaviy
hodisalar
haqida
bosh-
lang’ich
ma’lumotlarni
to’plash jarayonidir
Statistik
kuzatishga talablar:
aniqlik,
to’lalik,
taqqosla-malik
ilmiybaza.uz
Iqtisodiy
ma’lumotlarning
taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va
xalqaro
standartlarni
(andozalarni)
ishlab
chiqish va ularga to’la amal qilish muhim rol
o’ynaydi.
Milliy
standartlar
mamlakat
miqyosida
obyektlarni
tasniflash,
ko’rsatkichlarni
tuzish
va
hisoblash,
ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya
qilinishi zarur bo’lgan talablar, tartib qoidalar,
konsepsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro
standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar
deganda o’rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko’rsatkichlarni tuzish va
hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va olish jarayonida butun dunyo miqyosida
yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo’llash uchun tavsiya etiladigan
umumiy tartib qoidalar, talabla,r konsepsiyalar majmuasi tushiniladi. Milliy
standartlarga rioya qilish majburiydir.
2.2. Statistik kuzatishni dastur – metodologik va tashkiliy masalalari
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko’zlab
qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday
qilib?, qancha? va qayerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob
axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug’iladi va o’z
yechimini kutadi.
Statistik kuzatishda nima uchun ? degan savolga kuzatish maqsadi va
vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi,
statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo’riqnomalar javob beradi. Kim?
kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qayerda? deganda kuzatish joyi,
qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish
belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning
dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi
Milliy standart - muayyan
mamlakat
miqyosida,
xalqaro
standart
esa-butun
jahon
yoki
mamlakatlar birlashmasi miqyosida
hodisalarni
tasniflash,
ko’rsatkichlarni
tuzish
va
hisoblash,
ma’lumotlarni
qayd
qilishda
qo’llanadigan
umumiy
talab,
tartib
va
umumiy
konsepsiyalar majmuasidir
ilmiybaza.uz
Kuzatish obyekti - bu o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya’ni
korxonalar va tashkilotlar, xo’jaliklar, kishilar, oilalar, uy xo’jaliklari, va
hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to’plami. Ularning muhim belgilari
haqida ma’lumotlar to’planadi va ular asosida to’plamni ta’riflaydigan
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini,
ko’lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o’lchov birligi jihatidan
uning o’lchamlarini aniqlashimiz lozim.
Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning subyekti
mavjud. Kuzatish subyekti deb o’rganilayotgan hodisalar
haqidagi ma’lumotlarni qayd qiladigan va to’playdigan
yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Mikroiqtisodiy
statistikada, masalan, kuzatish subyekti - bu har bir korxona,
tashkilot va muassasa. Xo’jalik yurituvchi subyekt sifatida
ular o’z faoliyatlaridagi hodisalarni qayd qiladi, ma’lumotlar
to’playdi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish
subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro’yxatlarda ular boshlang’ich
ma’lumotlarni qayd qiladi va to’playdi. Hisobotda esa boshlang’ich ma’lumotlarni
qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish ayrim xo’jalik
yurituvchi subyektlar vazifasi bo’lsa, ularni qabul qilib olish va o’z hududi
chegarasida umumlashtirish bilan statistika tashkilotlari shug’ullanadi. Bu holda
xo’jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va
muassasalar hisobot birliklari deb ataladi.
Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning
mustaqil bo’linmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi.
Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida
ma’lumotlar
olinadi.
Masalan,
sanoat
faoliyati
tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq
xo’jaligini o’rganilayotganda har bir shirkat xo’jaligi,
dehqon va fermer xo’jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.
Kuzatish subyekti -
bu o’rganilayotgan hodi-
salar haqidagi ma’lu-
motlarni qayd qiluvchi
va to’plovchi yuridik
yoki jismoniy shaxs
Kuzatish birligi - bu
kuzatish obyektining mus-
taqil
bo’linmas tarkibiy
qismi
(birligi),
uning
muhim
belgilari
haqida
ma’lumotlar olinadi.
ilmiybaza.uz
Ayrim masalalarni kuzatishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham
belgilanadi. Masalan, chorva ro’yxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar
ro’yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob- uskunalar haqida, ko’p yillik
daraxtlar ro’yxatida har bir daraxt turi haqida batafsil ma’lumotlar to’planadi. Bu
holda xo’jalik, korxona kuzatish birligi bo’lsa, uning o’rganilayotgan har bir
predmeti hisob birligidir.
Kuzatish
dasturi
(programmasi)
deb
o’rganilayotgan hodisa, obyekt haqida ma’lumot
to’planadigan
belgilar
ro’yxati
yuritiladi.
Boshqacharoq aytganda, kuzatish dasturi kuzatish
jarayonida javoblar olinishi lozim bo’lgan savollar
to’plami (ro’yxati)dir. U qanchalik to’g’ri tuzilsa,
tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi.
Yo’riqnoma
kuzatish
dasturida
ko’zlangan belgilarni bir xil tashkil etish va
tushunishni ta’minlash maqsadida tuziladi.
Unda kuzatish maqsadi va vazifalari, uning
obyekti va birligi, ma’lumotni qayerdan va
kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarni
rasmiylashtirish tartibi, ma’lumotlar tegishli
bo’lgan davr (hisobot davri) ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o’xshash
kuzatilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalar yoritiladi.
Yo’riqnomalar odatda ko’p mutaxassislar ishtirokida puxta tuziladi.
Yo’riqnoma har bir statistik formulyar uchun
alohida
tuziladi. Kuzatish
ma’lumotlari
qayd
qilinadigan hujjat statistik formulyar deb ataladi. U
har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot
formasi, ro’yxatga olish varaqasi, so’roqnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yo’l
varaqasi va hokazolar.
Statistik formulyar ikki xil bo’ladi:
Kuzatish dasturi - bu
kuzatish
jarayonida
ma’lumotlari
to’plani-shi
lozim bo’lgan kuzatish va
hisob birligining asosiy
belgilaridir.
Yo’riqnoma (instruksiya)
deb
kuzatish
dasturida
ko’zlangan belgilarni bir xil
talqin
etishva
tushunishni
ta’minlaydi-gan
ko’rsatmalar
majmuasiga aytiladi.
Statistik formulyar -
kuzatish ma’lumotlari qayd
qilinadigan hujjat.
ilmiybaza.uz
1) yakka predmetli formulyar.
2) ko’p predmetli formulyar.
Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa so’z bilan
aytganda o’rganilayotgan hodisa ro’y berayotgan joy
tushuniladi.
Hisobotda, asbob-uskunalar ro’yxatida va boshqa
iqtisodiy resurslarni har xil shakl va usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va
muassasa joylashgan joy kuzatish joyi hisoblanadi.
Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish
vaqti hodisani o’rganish davridir, ya’ni uni tekshirish
boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nixoyasiga
yetguncha o’tgan vaqt oralig’i (davr)dir. Bu holda u
ma’lumotlar tegishli bo’lgan vaqtni ham, ularni
to’plash vaqtini ham o’z ichiga oladi. Statistik kuzatish
tor mazmunga ega bo’lib, faqat ma’lumotlarni to’plash jarayonini anglatgani uchun,
uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar to’plash)ni bajarish uchun
belgilangan vaqt oralig’i tushuniladi. U hodisani o’rganish, ro’yobga chiqish davrini
ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo’lgan vaqt oralig’ini o’z ichiga olmaydi.
Hisobotda bu vaqt oralig’i hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri uning birinchi
kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 24 00 soatgacha o’tgan vaqt uzunligi bilan
o’lchanadi. Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda bunday davrni belgilab
bo’lmaydi, chunki uning davomida, hodisa holatida, demak mavjud sonida katta
o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu holda suratga olish jarayonida
qo’llaniladigan usuldan foydalanish kerak. Ma’lumki, surat fotoapparat obyektivi
ochilish onida (paytida) fotoobyekt (masalan, biror kimsa) ega bo’lgan qiyofani aks
ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham shunday
qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bo’lgan
hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi.
Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat
(kritik moment) deb ataladi. Aholi ro’yxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar
Kuzatish joyi -
bu kuzatish birligi
joylashgan makon.
Statistik
kuzatish
vaqti
-
bu
kuzatish
tenglashtirilgan
fursat
(payt) va o’tkaziladigan
muddat.
ilmiybaza.uz
ro’yxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin
fursat belgilanadi. 1989 yil aholi ro’yxatida keskin fursat kilib 11 yanvardan 12
yanvarga o’tar kechasi 24 00 soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida
mavjud bo’lgan shaxslar ro’yxatga olindi, ya’ni 12 yanvar 00 soatgacha tug’ilgan
bolalar ro’yxatga olingan, undan keyin tug’ilganlar esa ro’yxatga olinmagan, shu
vaqtgacha o’lgan shaxslar ro’yxatdan o’tmagan, oldin o’lganlar esa mavjud aholi
sifatida ro’yxatga olingan.
Kuzatishni o’tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan
bog’liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro’yxati tuziladi va
kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro’yxatga olish uchun dastavval aholi
yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi.
Bular ro’yxat o’tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro’yxat
o’tkazish uchun zarur mablag’lar miqdorini va kadrlr sonini aniqlash uchun kerak.
Ikkinchidan,
kuzatish
formulyarlari,
blankalar,
varaqalar,
ularni
tuzish
yo’riqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan,
kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo’linadi, kerakli kadrlar soni
va aniq shaxslar belgilanadi. To’rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan ma’sul shaxslar
bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi.
2.3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq
belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni
olish usuli, kuzatish birliklarini o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan
statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga
bo’lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar;
4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqyealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch
turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish.