Stomatologik qurilmalar. Stomatologiyada qo’llaniladigan dastalar va dastaklar turlari. Ularni o’rnatish qoidalari.

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

26,9 KB


Stomatologik qurilmalar. Stomatologiyada qo’llaniladigan dastalar va 
dastaklar turlari. Ularni o’rnatish qoidalari. 
 
Stomatologik qurilma texnikaning estetika talablariga, texnika xavfsizlik 
qoidalariga, vrach-stomatologning mehnat-gigiena talablariga javob berishi lozim. 
Stomatologik qurilmalar yil sayin takomillashmokda. Universal stomatologik 
qurilmalar, kreslolar, yoritgichlar, fizioterapevtik usulda tashhislash va davolash 
uchun qurilmalar soni ortib bormoqda. Bu holat vrach-stomatolog va tibbiy 
hamshira oldida ekspluatasiya uchun bir qancha talablarni qo'yadi. Ko'pgina 
stomatologik poliklinika va klinikalarda - "Chirana", "Chiradent", "Probodul", 
"AIDEC" va boshqa turdagi stomatologik qurilmalardan foydalaniladi. 
 
 
 
Elektrik stomatologik qurilma usu-3-M tuzilishini ko'rib chiqaylik. Bu qurilma bir 
necha bloklar orqali bir funktsional yagona blokka ulangandir. Qurilmaning asosiy 
qismi - staninali qoplamadan iborat bo'lib, unda suv bilan ta'minlash, suvni to'kish, 
elektr ta'minot, siqilgan havoni uzatish kompressor dastaklari o'rnatilgandir. Korpus 
qoplamasi polga boltlar yordamida mahkamlangandir. Korpusning yuqori qismida 
yoritgich reflektori joylashgan. Yoritgichning ushlovchi qismi bir qancha sharnirli 
birlashmalar bilan mahkamlangan bo'lib, bu yoritgichni turli tarafga surish 
imkoniyatini beradi. Yoritgich dastasiga ventilyator biriktirilgandir. Korpus 
panelining yuqori qismiga aylana disk va boltlar yordamida qattiq dasta 
Stomatologik qurilmalar. Stomatologiyada qo’llaniladigan dastalar va dastaklar turlari. Ularni o’rnatish qoidalari. Stomatologik qurilma texnikaning estetika talablariga, texnika xavfsizlik qoidalariga, vrach-stomatologning mehnat-gigiena talablariga javob berishi lozim. Stomatologik qurilmalar yil sayin takomillashmokda. Universal stomatologik qurilmalar, kreslolar, yoritgichlar, fizioterapevtik usulda tashhislash va davolash uchun qurilmalar soni ortib bormoqda. Bu holat vrach-stomatolog va tibbiy hamshira oldida ekspluatasiya uchun bir qancha talablarni qo'yadi. Ko'pgina stomatologik poliklinika va klinikalarda - "Chirana", "Chiradent", "Probodul", "AIDEC" va boshqa turdagi stomatologik qurilmalardan foydalaniladi. Elektrik stomatologik qurilma usu-3-M tuzilishini ko'rib chiqaylik. Bu qurilma bir necha bloklar orqali bir funktsional yagona blokka ulangandir. Qurilmaning asosiy qismi - staninali qoplamadan iborat bo'lib, unda suv bilan ta'minlash, suvni to'kish, elektr ta'minot, siqilgan havoni uzatish kompressor dastaklari o'rnatilgandir. Korpus qoplamasi polga boltlar yordamida mahkamlangandir. Korpusning yuqori qismida yoritgich reflektori joylashgan. Yoritgichning ushlovchi qismi bir qancha sharnirli birlashmalar bilan mahkamlangan bo'lib, bu yoritgichni turli tarafga surish imkoniyatini beradi. Yoritgich dastasiga ventilyator biriktirilgandir. Korpus panelining yuqori qismiga aylana disk va boltlar yordamida qattiq dasta
birlashgandir. Bu dasta bir qancha tirsak va roliklardan iboratdir. Bu dasta roliklari 
orqali qurilmaning elektrmotoridan harakat dastakka mahsus shnur orqali uzatiladi. 
Tibbiyot hamshirasi doimo shu shnurga ahamiyat berishi lozim. Shnur doimo tarang 
holda turishi lozim. Shnurning tarangligi dastaning birinchi tirsagidagi mahsus 
shayba yordamida boshqariladi, soat strelkasi bo'yicha buralganda shnur 
taranglashadi, qarama-qarshi yo'nalishda buralganda shnur bo'shashadi. Shnur 
aylanib qolmasligi va uning ustki yuzasining butunligi buzilmasligi kerak. Nuqsonli 
shnurlar darhol o'zgartirilishi lozim, chunki ular borning harakatiga halal beradi, 
natijada vrachga va bemorlarga noqulaylik yaratadi. Har bir tirsak sohasida mahsus 
moy tomizgich sohasi bo'lib, shu erga tibbiyot hamshirasi tarafidan xaftasiga bir 
marotaba yog’ tomizilishi kerak. Qurilmaning elektrdvigateli korpusning yuqori 
qismida joylashgan bo'lib, dvigatelni yoqish, tezlikni boshqarish o'tuvchan reostat 
yordamida boshqarilib turiladi. Korpusning old panelida egiluvchi shlangda ikkita 
pistolet joylashgan. Biri siqilgan havoni uzatish uchun, biri esa suv uzatish uchun 
mo'ljallangandir. Ba'zi qurilmalarga elektrodontometriya uchun asbob ham 
o'rnatilgandir. Korpusning chap tarafiga kronshteynga tufdon biriktirilgan bo'lib, 
unga doimiy ravishda yuvib turuvchi tizim biriktirilgandir. Shu erning o'zida 
so'laktortgich ham joylashgan bo'lib, u bemor og’zidan so'lak mahsulotlarini 
tortishga mo'ljallangan. So'laktortgichning ishlash tezligi, suv yuvuvchi tizimning 
ishlash tezligiga bog’liq. Korpus qurilmasiga yaqin sohada stakan uchun moslama, 
uning ustida suv uchun mahsus jo'mrak joylashgandir. Xonaning tibbiy hamshirasi 
sanitarka tarafidan har bir bemor qabulidan so'ng bajargan tozalash ishlarini nazorat 
qilishi lozim. Ayniqsa, har bir bemor qabulidan so'ng tufdon tozaligi nazorat ostida 
bo'lishi kerak. Tufdonda amalgama qoldiqlari bo'lmasligi kerak, u tufdon metallini 
va qurilma suv chiqarish tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Qurilmaga o'ng 
tarafda kronshteynga harakatchan stolik biriktirilgan bo'lib, unda vrachning 
ixtiyoriga binoan, asboblar, davolash-tashxislash uchun qurilmalar yoki boshqa 
narsalar joylashtirish mumkin. Tibbiyot hamshirasi ish boshlashdan yarim soat avval 
suv bilan ta'minlash, elektr bilan ta'minlash tizimini nazorat qilishi lozim. Bu 
tizimlar nosoz bo'lsa, hamshira darhol qurilmaning texnik daftarida bu narsani qayd 
birlashgandir. Bu dasta bir qancha tirsak va roliklardan iboratdir. Bu dasta roliklari orqali qurilmaning elektrmotoridan harakat dastakka mahsus shnur orqali uzatiladi. Tibbiyot hamshirasi doimo shu shnurga ahamiyat berishi lozim. Shnur doimo tarang holda turishi lozim. Shnurning tarangligi dastaning birinchi tirsagidagi mahsus shayba yordamida boshqariladi, soat strelkasi bo'yicha buralganda shnur taranglashadi, qarama-qarshi yo'nalishda buralganda shnur bo'shashadi. Shnur aylanib qolmasligi va uning ustki yuzasining butunligi buzilmasligi kerak. Nuqsonli shnurlar darhol o'zgartirilishi lozim, chunki ular borning harakatiga halal beradi, natijada vrachga va bemorlarga noqulaylik yaratadi. Har bir tirsak sohasida mahsus moy tomizgich sohasi bo'lib, shu erga tibbiyot hamshirasi tarafidan xaftasiga bir marotaba yog’ tomizilishi kerak. Qurilmaning elektrdvigateli korpusning yuqori qismida joylashgan bo'lib, dvigatelni yoqish, tezlikni boshqarish o'tuvchan reostat yordamida boshqarilib turiladi. Korpusning old panelida egiluvchi shlangda ikkita pistolet joylashgan. Biri siqilgan havoni uzatish uchun, biri esa suv uzatish uchun mo'ljallangandir. Ba'zi qurilmalarga elektrodontometriya uchun asbob ham o'rnatilgandir. Korpusning chap tarafiga kronshteynga tufdon biriktirilgan bo'lib, unga doimiy ravishda yuvib turuvchi tizim biriktirilgandir. Shu erning o'zida so'laktortgich ham joylashgan bo'lib, u bemor og’zidan so'lak mahsulotlarini tortishga mo'ljallangan. So'laktortgichning ishlash tezligi, suv yuvuvchi tizimning ishlash tezligiga bog’liq. Korpus qurilmasiga yaqin sohada stakan uchun moslama, uning ustida suv uchun mahsus jo'mrak joylashgandir. Xonaning tibbiy hamshirasi sanitarka tarafidan har bir bemor qabulidan so'ng bajargan tozalash ishlarini nazorat qilishi lozim. Ayniqsa, har bir bemor qabulidan so'ng tufdon tozaligi nazorat ostida bo'lishi kerak. Tufdonda amalgama qoldiqlari bo'lmasligi kerak, u tufdon metallini va qurilma suv chiqarish tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Qurilmaga o'ng tarafda kronshteynga harakatchan stolik biriktirilgan bo'lib, unda vrachning ixtiyoriga binoan, asboblar, davolash-tashxislash uchun qurilmalar yoki boshqa narsalar joylashtirish mumkin. Tibbiyot hamshirasi ish boshlashdan yarim soat avval suv bilan ta'minlash, elektr bilan ta'minlash tizimini nazorat qilishi lozim. Bu tizimlar nosoz bo'lsa, hamshira darhol qurilmaning texnik daftarida bu narsani qayd