STRATEGIK BOSHQARUV JARAYONI
Reja:
1. Strategiya va strategik menejmentning mazmuni. Strategik menejmentning
besh vazifasi
2. Strategik boshkarish jarayonining ta’rifi. Strategik boshkarish ijrochilari.
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari.
3. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o‘rni va
vazifalari.Strategik fikrlash va uning afzalliklari.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida strategik menejmentning
ahamiyati.
1.Strategiya va strategik menejmentning mazmuni. Strategik
menejmentning beshta vazifasi.
Strategiya
umumiy
tarzda
firmaning
mavqeini
mustaxkamlash,
iste’molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga
qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin
bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Firmani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo‘linmalarni o‘z ichiga
oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar. Strategik tanlash - bu biznes echimlar va raqobatga bardoshlilik
xarakatlarini yagona tizimga boglash demakdir.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funksiyalaridan biridir. Ba’zi
menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta
olmaydilar. Boshqalari o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona
amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o‘ylangan va moxirona amalga
oshirilgan bo‘lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi
tashkil etilgan kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi.
Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan
xolatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli
ishlashga zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni
aniqlashdan iboratdir:
-«biz qaerdamiz?»
- «qayoqqa ketyapmiz?»
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?»
- maqsadga erishish yo‘llari qanday ?»
- optimal yo‘lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
- pirovard natija qanday bo‘lishi kerak?
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv sikllarida foydalanish uchun
maqsad va natijalarni aniqlash uchun o‘ta muximdir.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq
vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada
menejmentning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi eng to‘g‘ri belgi bo‘lib
xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- firma yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
- diversiyalangan firmaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor
me’yorlarni belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Bularning barchasi 1-rasmda keltirilgan.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes soxasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli
vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish
strategik rejani tashkil qiladi.
Firma strategiyasini yaratish o‘zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:
1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va firma rivojlanishining yo‘nalishini
belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab uzoq muddatli istiqbolni belgilash;
2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo‘nalishlariga aylantirish;
3) ko‘zlangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona
amalga oshirish;
4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
5) bajarilgan ishni baxolash, bozordagi vaziyatni taxlil qilish, faoliyatning uzoq
muddatli asosiy yo‘nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga
oshirish usullariga tuzatishlar, yangi g‘oyalar kiritish .
A)
Kompaniya
strategiyasining
asosiy
masalasi
quyidagicha:
«Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga
erishmoqchimiz ?»
«Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi
firmaning yo‘nalishini belgilab, kuchli o‘ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini
beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning
missiyasini anglatadi. Menejer o‘z kompaniyasining bozordagi o‘rnini qanday
tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko‘rishini shakllantiradi.
Menejerlarning asosiy funksiyasi quyidagilardan iborat:
rejalashtirish tashkil etish motivatsiya nazorat qilish
B) Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy ta’rifidan
ishning aniq rejalariga o‘tish imkonini beradi.
Qo‘yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo‘ladi. Agar yaxshi natijalarga
erishmoqchi bo‘lsangiz o‘z oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘ying. Maqsadlar qisqa
muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Maqsadlar yana moliyaviy va strategik bo‘ladi.
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki, moliyaviy mablag‘lar etishmasa
kompaniya tang axvolga tushib qoladi.
Strategik
maqsadlar
kompaniyaning
bozordagi
raqobat
mavqeini
kuchaytirishga qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda xajmi, sarmoyalardan
qaytim, naqd pul tushumi, dividendlar kabi ko‘rsatkichlarni ko‘paytirishga
qaratiladi. Strategik maqsadlarga esa firmaning raqobatga bardoshliligini oshirish,
buning natijasida rivojlanishning yuqoriroq sur’atlariga, bozordagi salmogini
oshirishga , past xarajatlarga erishishga, firmaning obro‘sini oshirishga qaratilgan
bo‘ladi.
V) Maqsadlar - bu natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo‘llaridir.
Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki xolati va tashqi omillar o‘rganilishi
lozim. Kompaniyaning strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1)chuqur o‘ylangan, maqsadga qaratilgan xarakatlar;
2)voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish;
Strategiya - bu faqatgina menejerlar avvalroq o‘ylab chiqqan xarakatlar emas ,
balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilshi lozim bo‘lgan tuzatishlardir.
Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik iste’dodi va fikrlashning
strategik tarzi bo‘lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish maxorati menejerning
tadbirkorlik iste’dodiga bogliq.
Menejerning tadbirkorlik maxoratini belgilash mezoni uning yangi strategik
imkoniyatlarni ko‘ra bilishi va yangiliklarga o‘chliligidir. Tadbirkorlik iste’dodiga
ega bo‘lgan menejerlar odatda birinchi qaldirgochlar bo‘ladilar. Ular yangiliklarni
tez o‘zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo‘ladilar va keskin yangi strategiyalar
yaratadilar.
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish me’yordagi oddiy xolat
xisoblanadi. Ba’zan strategiyaga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lib qoladi.
Kamdan-kam xollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o‘ta oladi.
Strategiyani qanday qilib yaxshilash mumkin , degan savol menejerni xech qachon
tark etmasligi lozim. SHuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik
jarayondir.
Kompaniya strategiyasi qator savollarga javoblardan iborat bo‘ladi. Bu savollar
quyidagilardan iborat:
-ishni qanday rivojlantirish kerak ?
-mijozlarni qanday qilib qanoatlantirish kerak ?
-raqiblardan qanday qilib o‘zib ketish mumkin ?
-o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim ?
-kompaniyaning ayrim funksional bo‘linmalarini qanday boshkarish kerak?
-moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin ?
Strategik ko‘rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni
aniqlash va va strategiyani tanlash - bu kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishini
belgilashdagi asosiy vazifalardir. Kechikib tuzilgan strategik rejalar yoki o‘z
vaqtida kiritilmagan tuzatishlar xech qanday natija bermaydi.
G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib,
quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy
imkoniyatlar yaratish;
-mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;
-firma strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;
-xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
-erishiladigan natijalar va mukofotlar xajmini bir-biriga bog‘lash;
-kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish;
-kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir
personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
-ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
-ichki raxbarlikni ta’minlash;
D) YUqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor kayta ko‘rib chiqiladi, chunki yangi
yuzaga keladigan xolatlar tuzatishlar kiritishni talab qiladi. O‘tgan tajribalar va
kompaniyaning istiqbol maqsadlari o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani
muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘llarini axtarish doimiy xisoblanadi. Strategiyani
amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo‘lib, ularni o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
2. Strategik boshkarish jarayonining ta’rifi.
Strategik boshkarish ijrochilari.
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy
taxlil va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo‘nalishda davom
ettirish kerakmi yoki unga o‘zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik
menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.
1)Bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo‘lmay , ular o‘zaro uzviy
boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan
maqsadlar bilan jips boglangan;
2)bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;
3)strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va
menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;
4)strategik
menejmentga
doimiy
etarli
e’tibor
berish
strategiyani
takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash
strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab
qilinadi.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Biznes soxasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.
2. Firmaning asl maqsadini aloxida uzoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat
maqsadlariga aylantirish.
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish
5. Faoliyatni baxolash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish.
Strategik boshqarish ijrochilari.
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo‘yicha eng ta’sirli va javobgar menejer
bo‘lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo‘yuvchi funksiyalarni
bajarishni ko‘zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish
yo‘llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funksiyalar bo‘yicha
vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo‘yicha
javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o‘zining javobgarlik soxasi bo‘yicha
strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib,
strategiya bo‘yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo‘ladi:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
-aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo‘linmasi bo‘yicha funksional menejerlar;
-asosiy operativ bo‘linmalar va regional bo‘limlar menejerlari;
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo‘yicha bitta yoki
ikkita menejer mavjud bo‘ladi.
Strategik menejerga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez o‘zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish
uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni
aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir
yo‘nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko‘pincha kompleks menejerlar deb
ataladi). Ular biznesning ayrim funksiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab
chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan
funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan
boshqarib, kompaniyada o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (CHikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar
quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak:
- ko‘p narsadan yaxshi xabardor bo‘lishlari,
- o‘z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,
-yaxshi siyosatchi bo‘lishlari (konsensus topa olishlari),
-ekspertlarga o‘xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
-dasturni xususiy yo‘nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko‘p narsadan xabardor bo‘lish boshqaruvning turli pog‘onalarida keng
ko‘lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar
tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog‘ini tashkil qilishlari kerak,
bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo‘lib turishga imkon beradi.
Ular o‘z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o‘rtasida
to‘gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi,
qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
YAxshi siyosatchi o‘z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan
bo‘lishi, ularni o‘z obro‘si bilan ilgari surish uchun bosim ko‘rsatmasligi kerak. U
diktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
O‘zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U
manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu
esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o‘zgartirishga tayyor
turishi kerakligini anglatadi.
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari.
Strategik rejalashtirish bulimining roli va vazifalari axborotlar tuplash va ularni
ishlash, strategiyani xar yili kayta kurib chikish tizimini yaratish va kelajakda uni
boshkarishdan iborat buladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yunalishlarni
kurib chikadi va yukori boshkaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy
jixatdan tasdiklaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-okibatda kabul
kilingan strategiya uchun javobgar buladi.
Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar etarli darajada taxlil
kilib va kurib chikilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud
variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil kilishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirishning afzalliklari:
1.Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima kilish uchun xarakat kilayapmiz
va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yunaltirilganligini ta’minlash;
2.Vujudga kelayotgan uzgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan
tendensiyalarga menejerlarning yanada anik reaksiya kursatish zaruriyati;
3.Kapital kuyilmalar va personal sonini kengaytirishning mukobil variantlarini
baxolash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yukori rentabelli loyixalarga
okilona yunaltirish imkoniyati;
4.Boshkarishning barcha darajalari raxbarlarini karorlarini birlashtirish
imkoniyati;
5.Faol raxbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va uzgarishlarga passiv
reaksiya kursatish tendensiyalariga karshilik kiladigan muxitni yaratish.