STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING NAZORATI
Reja:
1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
2. Taktik rejalashtirishning roli va o’rni.
3. Marketing nazorati va uning turlari.
6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish
va foyda olish ko’rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning
asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda qurish, korxonaning
iqtisodietda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni, rolini bilish va yangi
darajaga erishish yo’llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda
aniq hisoblangan ko’rsatkichlar bo’lmaydi, balki turli bashoratlar asosida
mo’ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yezadi:
«Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi
strategik muvofiqlikni qo’llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish
firmaning aniq ifodalangan dasturiy baenotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni
mo’ljallashiga, sog’lom xo’jalik portfeli va o’sish strategiyasiga tayanadi».
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat
xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar kuyadi. Uz vazifalarining
bajarilishiga har bir xodim javobgardir.
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo’lsa,unga erishish uchun foyda
keltiradigan tovarlarni sotishni ko’paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday
tovarlar sotilishini ko’paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng
samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o’z navbatida qator vazifalar kelib
chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo’lib, marketing strategiyasini ishlab
chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o’rganish, taklif manbalarini o’rganish,
korxonaga tegishli har bir mol bo’yicha konyukturani o’rganish va xulosa chiqarish
jarayoni bajariladi.
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita stretegiyani ishlab chiqish bosqichi
quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriligshi lozim. Dastlabki harakat bosqichi
bo’lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy
tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni vujudga kelish
tendentsiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik ko’rashidagi mavqei tahlil qilinadi.
Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo’lib-firma faoliyatining qaysi yo’nalishida
«raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining
yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi.
Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi.
Bunda firmaning turli faoliyatlari bo’yicha istiqbolini kieslash, tanlangan
strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha resurslarni
taqsimlash asosiy o’rin egallaydi.
Lekin ko’pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol
uchun ma’kul bo’lmaydi. Buning sabablari bo’lib, firmaning ichki faoliyati
doirasida yalpi strategiyani ishlab bo’lmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning
mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish ishlarida tashqi muhit
o’zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi.
Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo’llarini tahlil qilish jarayoni
sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo’lib, amaldagi faoliyatini ko’lami
tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo’lgan
yo’nalishlarni aniqlash hisoblanadi.
6.2. Taktik rejalashtirishning roli va o’rni
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo’lib, unga qo’yilgan
maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik
rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik
rejalashtirishda o’rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo’lib qisqa muddatlilik
hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo’yicha
ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo
uchun zarur jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
6.3. Marketing nazorati va uning turlari
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash,
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash,
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlariga
qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish,
Holat (situatsiya) tahlili
SWOT - tahlil
Taklif
Marketing maqsadlari va strategiyalari
Ko‘zda tutilayotgan natijalarni baholash
Muqobil(alternativ) terma rejalar
Reja-dastur
Baholash, nazorat
qilish
sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing
xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda
tutadi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo’yicha amalga
oshiriladi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishning asosiy qiyinchiliklari va istiqlolini aniqlash
maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o’z
ichiga marketing makro va mikro marketing muhiti marketing xizmatlarini faoliyat
yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx reklama
xodimlarini oladi.
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi:
1.
Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;
2.
Foydadorlikni nazorat qilish;
3.
Strategik nazorat .
Foydani nazorat qilishni maqsadi firma nima hisobiga daromad
topaetganligini va qaysi o’rinlarda uni yo’qotaetganligini aniqlashdan iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o’zidagi marketing
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo’qmi ekanligi
aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda firma
mahsulotiga bo’lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish
tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo’yicha hamda aniq bozorda
firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liqdir.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida
rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati
bo’yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o’rta muddatli va qisqa muddatli bo’ladi.
Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil,
Delfi uslublarini kiritish mumkin.