STRATEGIYA VA RAQOBATCHILIK USTUNLIGI
Reja :
1.Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.
2.Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan
foydalanish.
3.Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan
foydalanish.
4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi.
5.Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.
1. Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni
jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani
mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni
urushga o‘xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo‘lishi, zarar ko‘rishi
mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning
raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va
uzoq muddatli xarakatlarni o‘z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo‘lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari
va ko‘rinishlari shuncha bo‘ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko‘p bo‘lmasin,
ularning o‘xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta
varianti mavjud bulib ular quyida keltirilgan:
1. Xarajatlar buyicha ilgorlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab
chikarishda tula xarajatlarini pasaytirishni kuzda tutadi. Bu esa kup sonli xaridorni
jalb kiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga rakobatchi
firmalar tovarlaridan fark kildiradigan uziga xos chizgilarni berishga karatilgan. Bu
xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va maxsulotni
keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini
beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chikaruvchilarga nisbatan optimal
xarajat va past baxolarni ta’minlashdan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bulib,
xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda firma uz rakobatchilaridan
ancha past baxolar xisobiga utib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki maxsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor
uyasi strategiyasi. Uning maksadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini
ularning did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan
ta’minlashdir.
2.Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan
foydalanish.
Rakobat ustunligiga deyarli xar doim muvaffakiyatli xujumkor strategik
xarakatlar
xisobiga
erishiladi.
Ustunlikka
erishishni
ta’minlash
uchun
muvaffakiyatli xujumkor strategiyaga kancha vakt talab etilishi tarmokdagi rakobat
tavsifiga boglik. Ustunlikni ta’minlash vakti kiska bulishi, xizmat kursatish
soxasidagi kabi, murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan
tarmoklardagi kabi ancha davomli bulishi xam mumkin. Ideal darajada sozlangan
xarakatlar mikyosi ancha katta bulgan ( masalan, yangi kimmatbaxo dorining
patentiga farmatsevtikada ega bulish sezilarli ustunlikni ta’minlaydi) yoki uncha
katta bulmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlarning yangi
modadagi fasonlari osongina uzlashtirilishi mumkin, nusxa kuchirish orkali)
rakobat ustunligini yaratishi mumkin.
Muvaffakiyatli xujumdan sung «mevalarning samarasini» kurish davri
keladi. Bu davrning davomiyligi esa rakiblarga yukotilgan pozitsiyalarni kaytarib
olish uchun xujumga utishga kancha vakt kerak bulishiga boglikdir.
Rakiblar firma yaratgan ustunlikka karshi jiddiy karshi xujum
boshlashlari bilan uning emirilishi boshlanadi. Egallangan mavkeini saklab kolish
uchun firma ikkinchi strategik xujumni amalga oshirishi kerak. Uning
fundamentini esa rakobatchi ustunlikka erishish maksadida kurashni kuchaytirgan
paytlarida xujumga utishga tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» kurish
davrida kurib kuyish kerak buladi. Rakobat ustunligini saklab turish uchun firma
rakiblardan bir bosh baland bulishi kerak. Bozordagi uzining pozitsiyasini
mustaxkamlash uchun ketma-ket strategik xujumlar uyushtirishi va xaridorlarning
moyilligini saklab turishi lozim.
Xujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi:
1. Rakobatchining kuchli tomonlariga qarshilik kursatish yoki ulardan
o‘zib ketishga qaratilgan xarakatlar.
2. Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan xarakatlar.
3. Bir nechta frontlarda bir vaqtda xujumga o‘tish.
4. Egallanmagan bushliqlarni egallash.
5. Partizan urushi.
6. Zarbalar.
3.Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan
foydalanish.
Rakobat bozorlarida barcha firmalar rakobatchilar uyushtiradigan xujumlarning
ob’ektlari bulishi mumkin. Xujumlar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan
bulganidek, yangi firmalar tomonidan bulganidek, yangi firmalar tomonidan xam
bulishi mumkin. Ximoyaviy strategiyaning maksadi xujumga uchrash xavfini
kamaytirish yoki ularni eng kam yukotish bilan utkazib yuborish. Ximoya
strategiyasi kompaniyaning rakobat ustunligini kuchaytirmasa xam, rakobat
pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va rakobat ustunligini
saklab kolish imkonini beradi.
Rakobat ustunligini ximoya kilishning bir kancha yullari mavjud. Ulardan biri -
rakobatchilarning sozlangan xarakatlarni boshlashlari uchun xalal berish. Bunday
yondoshuv kuyidagi asosiy kadamlarni kuzda tutadi:
1. Bush bozor uyalarini tuldirish uchun maxsulot nomenklaturasini
kengaytirish.
2. Rakobatchilar ega bulgan yoki ega bulishi mumkin bulgan modellar va
maxsulotlar sortlarini ishlab chikish.
3. Pastrok narxlarda rakobatchilarning maxsulotlariga yakin modellarni taklif
etish.
4. Rakobatchilarni vositachi va distribyuterlarning taksimlash tarmogidan sikib
chikarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash.