Streptomitsinlar sinfi preparatlari shakllarda retseptlar yozish.
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Antibiotiklar,
ularning sinflari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil
sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha
nomlarini yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar: Streptomitsin sulfat,
digifostreptomitsin sulfat jadvallar, plakatlar.
Antibiotik preparatlarning katta guruhini tashkil qilib, turli mikroblarga
qarshi ta’sir hususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar hisoblanaladi.
O‘simlik dunyosida, glikozidalar keng tarqalgan glikozidlar orasida ko‘plab
biologik faol moddalar–vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar, alkaloidlar va boshqalar
mavjud bo‘lib, ular tibbiyot va veterinariya amaliyotida, kasalliklarni davolovchi
vositalari sifatida qo‘llaniladi.
Birinchi glikozidli antibiotik – streptomitsin bo‘lib, u 1944 yili Vaksman
tomonidan ajratib olingan, streptomitsinning organik asosi glikozid bo‘lib, 4
qismdan iborat:
Streptomitsin va uning unumlari, yuqori mikroblarga qarshi ta’sir etishi
doirasiga ega. Ko‘plab grammusbat va bir qator grammanfiy mikroorganizmlarga,
xususan penitsillinga chidamli bo‘lganlariga ham samarali faol ta’siri mavjud.
Streptomitsinlar asosan sil (tuberkulez) kasalligini davolashda ko‘proq
tavsiya etiladi, chunki ushbu antibiotiklar kislota chidamli bakteriyalarga ham
antimikrob ta’sir ko‘rsatish husiyatiga ega. Sil tayoqchasi ham kislotaga chidamli
hisoblanadi.
Tibbiyot va veterinariya amaliyotida, streptomitsin sulfat; streptosulmitsin
sulfat va boshqa aralashmali preparatlari–streptomitsin tuzini saqlaydi,
digidrostreptomitsin va streptomitsin ta’siriga sinergist bo‘lgan benzilpenitsillin
preparatlari qo‘llaniladi. Ta’sir mehanizmida, mikrob hujayrasidagi oqsil
sintezlanishini, ribosoma darajasida to‘xtatadi. Uning zaharlovchi va allergik salbiy
ta’sirlari mavjud. Bunday hususiyatlaridan eng asosiysi, hayvonda eshitish
qobilyatini buzulishidir. Steptomitsinlarni yuqori dozada, uzoq vaqt mobaynida
qo‘llash natijasida, ovozni eshitmaslik, karlik kelib chiqadi. Yana shuni takidlash
keraki, ushbu guruh preparatlarini ingayasiya usulida qo‘llash paytida, xizmat
ko‘rsatuvchilarni havfsizligini ta’minlashga e’tiborni qaratish lozim.
Preparatlari:
Streptomitsin sulfat (Streptomycini sulfas), Streptomitsinni xlor kalsiyli
yig‘masi-(Streptomycini et Calcii chloridum)
Barcha Streptomitsinlarning faolligi bir hilda bo‘lib, 1 TB = 1 mkg ni tashkil
etadi. Streptomitsinni xlor kalsiyli yig‘masi 1000 TB= 730 mkg.
Streptomitsinlar kolibakterioz, salmanellyoz, mastitlar va pnevmaniya
kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llansada, ushbu preparatlarni
birinchi o‘rinda turuvchi, silga qarshi vositalar ekanligini unutmasligimiz lozim. Iloji
bo‘lsa ularni, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarda qo‘llamagan ma’qul.
Aminoglikozidli antibiotiklar.
Ushbu guruh vositalari ( neomitsin, manomitsin, gentamitsin kanalitsin va
boshqalar) tuzilishi bo‘yicha streptomitsinga o‘xshashdir. Ular molekulalari
tarkibiga amin guruhlari kiradi.
Ushbu guruhga mansub ko‘plab antibiotiklar zamburuhlardan ( Actinomyces
fradiae va boshqalar) olinadi. Yarim sun’iy usulda olingan unumlari ham mavjud.
Barcha aminoglikozidli antibiotiklar yuqori ta’sir doirasiga ega bo‘lib, grammusbat
va asosan grammanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yuqori ta’sir
etish samaradorligiga ega.
Asosiy ta’sir mexanizmida, mikrob xujayrasida, oqsil sintezini, ribosoma
darajasida to‘xtatib, shu bilan birgalikda bir qator ferment tizimiga ham ta’sir etadi.
1 mg da, 680-1000 TB dagi faollik mavjud. Asosan nerrotoksik va ototoksik
salbiy ta’sirlari mavjud.
Neomitsin sulfat (Neomycini sulfas). Zamburug‘larni fermentatsiya
qilinishi natijasida hosil bo‘ladigan va asosini neo‘mitsin tashqi qiluvchi yig‘ma
antibiotik. Oq yoki sariqsimon oq rangdagi, hidsiz kukun suvda yengil spirti kam
eriydi. Uni muskul orasiga yuborilsa, tezda qonga so‘rilib organizmda 8-12
soatgacha o‘z faoligini saqlaydi. Kuchli nerrotoksik va ototoksik, salbiy ta’siri
mavjud. B- ruyxat.
Monomitsin ( Monomycinum). Nurli zamburug‘ mahsulotidan olinadigan,
tarkibini sulfatlar aralashmasi tashkil qiluvchi modda. Mikroblarga qarshi tasiri va
kimyoviy tuzilishi jihatidan neomitsinga yaqinroq. Farqi u bir qator kasallik
chaqiruvchi sodda hayvonlarni, teri leyshmoniyozi, toksoplazmoz, dizentiriya va
bashqa qo‘zg‘atuvchilarni o‘sish va rivojlanishini to‘xtatadi.
Kanomitsin (Kanomycinum). Neomitsinga o‘xshash, yuqori ta’sir doirasiga
ega bo‘lgan antibiotik. Bundan tashqari kislotaga chidamli bakteritslarga, shu
jumladan sil mikobakteriyalarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Tuzli aralashmalari holatida kanomitsin monosulfat (Kanomycini sulfas)
ishlab chiqariladi. Kukun shaklida, suvda yengil eriydi.
Uning birinchi preparati oziq orqali, ichak infeksiyalarida (ichak
tayoqchalari, salmonellyoz va boshqalar) ikkinchisi esa, bunga sezuvchi bo‘lgan,
mikrofloralar chaqiradigan infeksiyalarda, muskul orasiga yuborib, qo‘llaniladi.
Gentamitsin sul’fat (Gentamycini sulfas)
suvda yaxshi, spirtda
erimaydigan, oq kukun. Boshqa aminoglikozidli antibiotiklar kabi, yuqori
mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega preparat.
Uni terapivtik dozada in’eksiya qilinganda organizmda 1 soat ichida ta’siri
namoyon bo‘lib, 8-12 soatgacha davom etadi.
Bronxopnevmaniya, peritonit, septitsemiya, yarali infeksiyalar, nafas yo‘llari
infeksiyasi, salmonellyoz va boshqa shu kabi yuqimli kasalliklarda davolovchi vosita
sifatida qo‘llaniladi.
Sinergist sifatida, ampitsillin va karbenitsillin bilan birgalikda, muntazam
qo‘llanib kelinmoqda. Shuningdek gentamitsinni aerozol shaklida va turli tilozin
yoki farmazin bilan birgalikda inkubatsiya tuxumlarini zararsizlantirish maqsadida
kasalliklarni ( likoplazmoz) oldini olish va davolash maqsadlari ham qo‘llaniladi.
Gentamitsin 4%
Ineksiya uchun eritma
1 ml preparat tarkibi:
Gentamitsin 40 mg
Farmakologiyasi: Gentamitsin keng doiradagi mikroblarga qarshi ta’sirga
ega bo‘lgan preparat. Penitsillin va boshqa antibiotiklarga nisbatan chidamli
stafilokokk shtammlarini nisbatan; ba’zi streptokokklar bo‘lgan, hamda ko‘pgina
gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko‘k yiring tayoqchasi, klebsiella, enterobakter,
salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori, samarali ta’sirga ega. Antibiotik
anaerob bakteriyalar, viruslar, sodda hayvonlar va zamburug‘larga ta’sir etmaydi.
Preparat yuqori bio o‘zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga yuborilganda ko‘pgina
a’zo va to‘qimalar ichiga yaxshi kirib boradi. Preparatning qondagi yuqori miqdori
yuborilgandan so‘ng 30-60 daqiqa o‘tgandan keyin erishiladi. Bir martalik
ineksiyadan so‘ng antibiotikning organizmdagi davolovchi miqdori 8-12 soat
davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqib, siydik tarkibida
uning yuqori miqdori hosil bo‘ladi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma: Gentamitsinning 4% li eritmsi yirik qoramol va
mayda shoxli hayvonlar, ot, cho‘chqa, it va mushuklarning respirator va oshqozon-
ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, pielonefrit, artrit, poliartrit va dermatit hamda
gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan yuzaga keladigan boshqa
hayvon kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi
Qo‘llash tartibi va miqdori: Preparat mushak ichiga quyidagi dozalarda
qo‘llaniladi:
- yirik qoramol, mayda shoxli hayvonlar (qo‘y, echki), ot va cho‘chqalarga:
hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-0,75 ml eritma (1 kg tana vazniga 2-3 mg
gentamitsin) kuniga ikki marta,
- it va mushuklarga: birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml
eritma kuniga ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); ikkinchi va undan
keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga bir marta.
Yangi tug‘ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya etilgan
dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun.
Amikatsin sul’fat (Amikacini sulfas). Kanamitsinni yarim sun’iy unumi.
Yuqori mikroblarga qarshi ta’sir doirasida ega bo‘lgan preparat. Ko‘plab kasallik
chaqiruvchilarga, gentamitsin, sezimitsin va tobromitsin kabi samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Organizmdagi ta’siri 10-12 saotgacha davom etadi. Boshqa
aminoglikozidlar kabi yuqori zaharlilik hususiyatiga ega.
Preparat muskul orasiga vena qon tomiriga va bo‘shliqqa yuborilib
qo‘llaniladi.
Dozasi: bir kunda 5-7,5 mg/ kgdan 2 marta. U 100 va 500 mgli flakonlarda
ishlab chiqariladi.
Oxirga yillarda veterinariyada, aminoglikozidlardan, tobramitsin
(Tobramycinum), sizomitsin sul’fat (Sisomycini sulfas) preparatlari, sinovdan
o‘tkazilmoqda. Bu preparatlarni aralash infeksiyalarga samarali ta’siri namoyon
bo‘lmoqda.
11-Mavzu: Levomitsitin sinfi preparatlari va turli shakllarda retseptlar
yozish.
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Antibiotiklar,
ularning sinflari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil
sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha
nomlarini yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar:Levomitsetin va boshqa
preparatlari jadvallar, plakatlar.
Antibiotiklarning katta gruhi vakillari ichida, hushbiy qator birikmalaridan
xloramfenikol yoki levomitsetin, 1947 yildan boshlab qo‘llanilib kelinmoqda.
Levomisetin birinchi antibiotiklardan bo‘lib, kimyoviy sintez qilish sanoat
asosida yulga qo‘yilgan.
Levomisetin va uning preparatlari hayvonlarning ko‘plab bakteriali
infeksiyalarida, yuqori faolikka ega. Shu bilan birgalikda ularning ko‘zga