SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

127,0 KB


SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI.
Reja :
1. Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi.
2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
1
Logotip
SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI. Reja : 1. Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. 2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 1
1.Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi.
Sud muzokaralari sud muhokamasining yorqin va hayajonli qismi bo’lib, unda
protsessning tortishuv printsipiga amal qilinishi yaqqol ifodalanadi. 
 
Sud tergovi tamomlanganidan so’ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga
o’tadi. Ayblov va himoya tomonlar sudga murojaat qilib, sud muhokamasini tasavvur
qilinganiday  yakunlab,  ish  bo’yicha  qanday  adolatli  qaror  chiqarish  lozimligi
haqidagi takliflari bilan sudga murojaat qilishadi.
Muzokara  davlat  ayblovchisi  va  jamoat  ayblovchisining  nutqlari  bilan
boshlanadi, undan keyin jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, yoki ularnining vakillari,
himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili
so’zga chiqadi. 
 
  Davlat  ayblovchisi  va  jamoat  ayblovchisining,  himoyachi  va  jamoat
himoyachisining so’zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan
holda belgilaydi (O’zR JPK 449 m.2-q). 
Sud  muzokarasi  fikrlar  kurashi,  manfaatlari  odatda  to’g’ri  kelmaydigan
taraflarning  tortishuvidir.  Shunga  qaramasdan  axloqiy xususiyatning  umumiy
talablari  sud  muzokarasi  ishtirokchilarining  barchasiga  tegishlidir.  А.  F.  Koni
aytganiday bu-sud muzokaralarida  axloqan ruxsat etilgan yoki ruxsat etilmagan
odob-axloq asoslari bilan bog’langan talablardir1.
Sud  muzokarasida  ichtirok  etayotganlar  jamiyatda  qabul  qilingan  axloqiy
normalarni nafaqat hurmat qilishlari, balki ularga og’ishmay rioya qilishlari talab
qilinadi. Aksincha  axloqqa sid qarashlarni targ’ibot qilib o’z pozitsiyasini saqlab
qolishdan  saqlanishlari  kerak.  Sud  muzokarasi  ishtirokchilaridan  birontasi  ishda
ishtirok etayotganlarning, hatto ishning qaysi bir holati bo’yicha eslatib o’tilgan
ammo ishda qatnashmayotgan shaxlarning ham qadr-qimmatini kamsitishga haqli
emas.
1 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч.: В 8 т. Т. 4. М., 1967. С. 66.
2
Logotip
1.Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. Sud muzokaralari sud muhokamasining yorqin va hayajonli qismi bo’lib, unda protsessning tortishuv printsipiga amal qilinishi yaqqol ifodalanadi. Sud tergovi tamomlanganidan so’ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga o’tadi. Ayblov va himoya tomonlar sudga murojaat qilib, sud muhokamasini tasavvur qilinganiday yakunlab, ish bo’yicha qanday adolatli qaror chiqarish lozimligi haqidagi takliflari bilan sudga murojaat qilishadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi, undan keyin jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, yoki ularnining vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so’zga chiqadi. Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, himoyachi va jamoat himoyachisining so’zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi (O’zR JPK 449 m.2-q). Sud muzokarasi fikrlar kurashi, manfaatlari odatda to’g’ri kelmaydigan taraflarning tortishuvidir. Shunga qaramasdan axloqiy xususiyatning umumiy talablari sud muzokarasi ishtirokchilarining barchasiga tegishlidir. А. F. Koni aytganiday bu-sud muzokaralarida axloqan ruxsat etilgan yoki ruxsat etilmagan odob-axloq asoslari bilan bog’langan talablardir1. Sud muzokarasida ichtirok etayotganlar jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarni nafaqat hurmat qilishlari, balki ularga og’ishmay rioya qilishlari talab qilinadi. Aksincha axloqqa sid qarashlarni targ’ibot qilib o’z pozitsiyasini saqlab qolishdan saqlanishlari kerak. Sud muzokarasi ishtirokchilaridan birontasi ishda ishtirok etayotganlarning, hatto ishning qaysi bir holati bo’yicha eslatib o’tilgan ammo ishda qatnashmayotgan shaxlarning ham qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas. 1 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч.: В 8 т. Т. 4. М., 1967. С. 66. 2
Sud  muzokarasida  qatnashayotganlar  bahslarda  odob  saqlashlari, sudda
guvohlar, tarjimonlar, expertlar, mutaxassislarning shaxsi va xatti-harakatlariga baho
berishda  ehtiyot  bolishlari  talab  etiladi.  Sud  muzokarasida  ishtirok  etayotgan
tomonlar
 sudga  hurmat 
bildirishlari,
 sudning  obro’sini  saqlashga
ko’maklasishlari  lozim.  Sud  muzokarasida  ishtirok  etayotganlar  tomonidan
sud’yalarning xatti-harakatiga baho berilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi.
Odatda sud muzokarasida ishtipor etayotganlar ayblovning isbotlatlanganligi,
sudlanuvchi,  jabrlanuvchi  va  boshqa  shaxslarning  xatti-harakatlari  haqida,  sud
tomonidan jazo tayinlanishi mumkin holatlarda hisobga olinishi lozim bolgan holatlar
to’g’risida  har  xil  pozitsiyani  ushlashadi.  Shu  sababli  ham  sudda  muzokaraga
chiquvchining axloqiy erkinligi muammosi, ya’ni u sudga o’zining sud nutqida ham
haqiqatni aytish muammosi yuzaga keladi. Sud muzokarasida sudlanuvchining o’zi,
ya’ni qonuniy asoslarga binoan himoyachining ishtirok etmasligi mumkin holatda,
himoya nutqini  gapirayotganida sudga haqiqatni  gapirmaganligi, ya’ni yolg’onni
gapirganligi uchun unga huquqiy tarzda e’tiroz bildirishlik mumkin emas. Ammo
axloqiy  nuqtai  nazardan sudlanuvchi  to’g’ri  gapirishdan,  yolg’ondan  yiroq
bo’lishdan ozod etilmaydi.2
Sud  muzokarasida  istirok  etayotgan  boshqa  tomonlar,  masalan  davlat
ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi boshqa huquqiy holatda bo’lishadi va ularga
nisbatan yo’naltirilgan axloqiy talablar ham farq qiladi. Bu talabdan kelib chiqqan
holda na prokuror, na advokat va na jabrlanuvchi sudga yolg’on gapirishga, sudga
haqiqatga yaqin bo’lmagan, yo’lg’on ma’lumotlar haqida xabar berishga va shu
asosda o’z nutqlarini tuzishga haqli emaslar.  
P.S.Porovshikov  asosli  yozganiday,  “Sud  tomonlardan  haqiqatni,  hattoki
ochiqchalikni  talab  qilolmaydi:  ular  sud  oldida  faqat  haqqoniylik  uchun
majburdirlar!..”3 
Sud muzokarasi ishtirokchilaridan prokuror va advokatning sud nutqlarining
o’ziga xoslik tomonlari mavjud bo’lib, ular ish holatlariga baho berishda har xil
2 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 
3 Qarang: Сергеич П. Искусство речи на суде. М., 1960. С. 262.
3
Logotip
Sud muzokarasida qatnashayotganlar bahslarda odob saqlashlari, sudda guvohlar, tarjimonlar, expertlar, mutaxassislarning shaxsi va xatti-harakatlariga baho berishda ehtiyot bolishlari talab etiladi. Sud muzokarasida ishtirok etayotgan tomonlar sudga hurmat bildirishlari, sudning obro’sini saqlashga ko’maklasishlari lozim. Sud muzokarasida ishtirok etayotganlar tomonidan sud’yalarning xatti-harakatiga baho berilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Odatda sud muzokarasida ishtipor etayotganlar ayblovning isbotlatlanganligi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlari haqida, sud tomonidan jazo tayinlanishi mumkin holatlarda hisobga olinishi lozim bolgan holatlar to’g’risida har xil pozitsiyani ushlashadi. Shu sababli ham sudda muzokaraga chiquvchining axloqiy erkinligi muammosi, ya’ni u sudga o’zining sud nutqida ham haqiqatni aytish muammosi yuzaga keladi. Sud muzokarasida sudlanuvchining o’zi, ya’ni qonuniy asoslarga binoan himoyachining ishtirok etmasligi mumkin holatda, himoya nutqini gapirayotganida sudga haqiqatni gapirmaganligi, ya’ni yolg’onni gapirganligi uchun unga huquqiy tarzda e’tiroz bildirishlik mumkin emas. Ammo axloqiy nuqtai nazardan sudlanuvchi to’g’ri gapirishdan, yolg’ondan yiroq bo’lishdan ozod etilmaydi.2 Sud muzokarasida istirok etayotgan boshqa tomonlar, masalan davlat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi boshqa huquqiy holatda bo’lishadi va ularga nisbatan yo’naltirilgan axloqiy talablar ham farq qiladi. Bu talabdan kelib chiqqan holda na prokuror, na advokat va na jabrlanuvchi sudga yolg’on gapirishga, sudga haqiqatga yaqin bo’lmagan, yo’lg’on ma’lumotlar haqida xabar berishga va shu asosda o’z nutqlarini tuzishga haqli emaslar. P.S.Porovshikov asosli yozganiday, “Sud tomonlardan haqiqatni, hattoki ochiqchalikni talab qilolmaydi: ular sud oldida faqat haqqoniylik uchun majburdirlar!..”3 Sud muzokarasi ishtirokchilaridan prokuror va advokatning sud nutqlarining o’ziga xoslik tomonlari mavjud bo’lib, ular ish holatlariga baho berishda har xil 2 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 3 Qarang: Сергеич П. Искусство речи на суде. М., 1960. С. 262. 3
yondashadi, bu ularning kasbiy vazifalaridan kelib chiqadi. Agarda ayblob sudda o’z
isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishi va himoya foydasiga gapirishi
mumkin.  Ammo  advokat  faqat  himoyasi  ostidagi  shaxsning  manfaatini  ko’zlab
harakat qiladi va uning pozitsiyasi himoyasi ostidagi shaxsning pozitsiyasi bilan bir
xil bo’ladi. Ayblovni qo’llovchining fikri bilan to’liq rozi bo’lganda ham u himoya
qilishdan voz kechishga haqli emas. 
Sud  muzokarasining  axloqiy  ahamiyati  sudlanuvchini,  jabrlanuvchini,
guvohlarni va sudda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni, shuningdek sud zalida
hozir bo’lganlarni axloqiy tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat. 
Shu boisdan ham sud muzokarasi ishtirokchilari nutqlari xolisona, beg’araz,
haqqoniy bo’lib, bunda tomonlar sud’yalarning sabr-toqatini suiiste’mol qilmagan
holda  odob-axloq  qoidalari doirasidan  chetga  chiqmasdan  o’z  nuqtai  nazarini
ishonchli asoslar, dalillar asosida ifodalashi lozim.
Sud muzokarasi odob-axloq doirasida olib borilishi,  faqat ko’rilayotgan ish
yuzasidangina so’z yuritilishi, muzokara ishtipokchilarining shaxsiyatiga tegmaslik,
bir-birlarini kamsitmaslik,  piching-kesatiqli so’zlarni ishlatmasliklari lozim.  Sud
muzakorasida inson taqdirini adolatli hal qilish,  har bir ish zamirida allaqanday
mavhum bir sud hodisasi emas,  balki ushbu ish ortida tirik jon –  inson turganini
yoddan chiqarmaslik kerak. Sudlanuvchi ham har qanday boshqa shaxs kabi qadr-
qimmati hurmat qilinishi lozim bo’lgan shaxs hisoblanadi. 
Sudda tomonlarning muzokara nutqlarini olib borish madaniyati sudda raislik
qiluvchiga bog’lik bo’ladi. U muzokara jarayoniga uning ishtirokchilarining o’zini
tutish madaniyati va nutq madaniyatiga ta’sir qiladi. Uning zimmasiga yuklangan
vazifa – ayblov va himoya tomonlarning dalil va mulohazalariga nisbatan e’tiroz va
tanqidiy fikrlar protsessual qonun doirasidagi ma’naviy-axloqiy me’yorlardan chiqib
ketmasligini nazorat qilishdan iborat. 
Sudda raislik qiluvchi sud’ya o’zining protsess ishtirokchilari va sud zalida
yig’ilganlarning hamisha diqqat-e’tiborida turishini anglashi, his qilishi va tabiiyki,
uning barcha fikr-mulohazalari,  imo-ishoralari,  yuzidagi ifodasi atrofdagilar
tomonidan muttasil kuzatib borilishini nazardan qochirmasligi kerak.  Shu o’rinda
4
Logotip
yondashadi, bu ularning kasbiy vazifalaridan kelib chiqadi. Agarda ayblob sudda o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishi va himoya foydasiga gapirishi mumkin. Ammo advokat faqat himoyasi ostidagi shaxsning manfaatini ko’zlab harakat qiladi va uning pozitsiyasi himoyasi ostidagi shaxsning pozitsiyasi bilan bir xil bo’ladi. Ayblovni qo’llovchining fikri bilan to’liq rozi bo’lganda ham u himoya qilishdan voz kechishga haqli emas. Sud muzokarasining axloqiy ahamiyati sudlanuvchini, jabrlanuvchini, guvohlarni va sudda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni, shuningdek sud zalida hozir bo’lganlarni axloqiy tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham sud muzokarasi ishtirokchilari nutqlari xolisona, beg’araz, haqqoniy bo’lib, bunda tomonlar sud’yalarning sabr-toqatini suiiste’mol qilmagan holda odob-axloq qoidalari doirasidan chetga chiqmasdan o’z nuqtai nazarini ishonchli asoslar, dalillar asosida ifodalashi lozim. Sud muzokarasi odob-axloq doirasida olib borilishi, faqat ko’rilayotgan ish yuzasidangina so’z yuritilishi, muzokara ishtipokchilarining shaxsiyatiga tegmaslik, bir-birlarini kamsitmaslik, piching-kesatiqli so’zlarni ishlatmasliklari lozim. Sud muzakorasida inson taqdirini adolatli hal qilish, har bir ish zamirida allaqanday mavhum bir sud hodisasi emas, balki ushbu ish ortida tirik jon – inson turganini yoddan chiqarmaslik kerak. Sudlanuvchi ham har qanday boshqa shaxs kabi qadr- qimmati hurmat qilinishi lozim bo’lgan shaxs hisoblanadi. Sudda tomonlarning muzokara nutqlarini olib borish madaniyati sudda raislik qiluvchiga bog’lik bo’ladi. U muzokara jarayoniga uning ishtirokchilarining o’zini tutish madaniyati va nutq madaniyatiga ta’sir qiladi. Uning zimmasiga yuklangan vazifa – ayblov va himoya tomonlarning dalil va mulohazalariga nisbatan e’tiroz va tanqidiy fikrlar protsessual qonun doirasidagi ma’naviy-axloqiy me’yorlardan chiqib ketmasligini nazorat qilishdan iborat. Sudda raislik qiluvchi sud’ya o’zining protsess ishtirokchilari va sud zalida yig’ilganlarning hamisha diqqat-e’tiborida turishini anglashi, his qilishi va tabiiyki, uning barcha fikr-mulohazalari, imo-ishoralari, yuzidagi ifodasi atrofdagilar tomonidan muttasil kuzatib borilishini nazardan qochirmasligi kerak. Shu o’rinda 4
sud’yaning tinglash qobiliyatini alohida ta’kidlash losim.  Uning bu qobiliyati
muzokaraga chiquvchilarning nutqini og’ir-vazminlik va diqqat bilan tinglay olish
hamda tushunishni taqozo etadi,  uning e’tiborsizligi esa muzokaraga chiqishda
izchillikning yo’qolishiga olib keladi va bu holat protsessual,  axloqiy va madaniy
nutq me’yorlarining buzilishi tariqasida baholanadi.
2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  118-moddasida  O’zbekiston
Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni
O’zbekiston  Respublikasining  Bosh prokurori  va unga bo’ysunuvchi  prokurorlar
amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. O’zR JPK 34-moddasi 2-qismida prokurorning
sud muhokamasida qatnashib ayblovning qonuniy va asoslantirilganligini ta’minlash
vazifasi belgilangan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishini - fuqarolar, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo’li bilan
samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instantsiya sudlarida ishlar
ko’rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etishida ko’ramiz. 
5
Logotip
sud’yaning tinglash qobiliyatini alohida ta’kidlash losim. Uning bu qobiliyati muzokaraga chiquvchilarning nutqini og’ir-vazminlik va diqqat bilan tinglay olish hamda tushunishni taqozo etadi, uning e’tiborsizligi esa muzokaraga chiqishda izchillikning yo’qolishiga olib keladi va bu holat protsessual, axloqiy va madaniy nutq me’yorlarining buzilishi tariqasida baholanadi. 2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. O’zR JPK 34-moddasi 2-qismida prokurorning sud muhokamasida qatnashib ayblovning qonuniy va asoslantirilganligini ta’minlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishini - fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo’li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instantsiya sudlarida ishlar ko’rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etishida ko’ramiz. 5
Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilayotganda prokuror davlat ayblovini quvvatlaydi
va shu sababli prokurorga nisbatan davlat ayblovchisi termini qo’llaniladi. 
Davlat  ayblovchisi  sud  tergovi  yakunlarini  inobatga  olib,  o’z  nutqida
sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risidagi xulosaga keladi. Davlat
ayblovchisi bu vakolatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun muzokara nutqida davlat
ayblovining o’ziga xos nozik tomonlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Bu
borada  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining  1998  yil  12  noyabrdagi
“Sudlarda  jinoyat  ishlari  ko’rilishida  prokuror  vakolatini  ta’minlash  ishini
takomillashtirish  haqida”gi  buyrug’ida:  “Sudlarda  ishtirok  etayotgan  va  davlat
ayblovini  quvvatlayotgan  prokurorlar  notiqlik  mahoratiga  ega  bo’lsinlar,
sud’yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi, o’zaro tortishuv
tamoiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilsinlar, dalil-
isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko’rishda yuzaga kelgan masalalar
bo’yicha asosli xulosalar berib, … jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo’lib, tergov
va suddagi ma’lumotlar aybsizlikdan to’liq dalolat bersa, ayblovdan voz kechib, o’z
faoliyati bilan odil sudlovga ko’maklashsinlar. Davlat ayblovchisining fikri sudda
yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun talabiga rioya qilsinlar” 4, - deb
ta’kidlanganligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi. 
Ba’zi prokurorlar o’zlarining faoliyatlarida himoya qilishdek muqaddas
burchlarini unutib,  ko’pincha jajolash xususiyatlarini namoyon qilib qoymoqdalar.
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi
chaqiriq oltinchi sessiyasida: “Yana bir o’z echimini kutayotgan muammo huquqni
muhofaza qiluvchi idoralarning barchasiga taalluqlidir. U ham bo’lsa, ushbu kasbni
tanlagan ayrim xodimlarning maxsus xizmat libosini kiyishi bilan birdaniga yurish-
turishi, xulq-atvori o’zgarib qoladi. Ularning ongida “Biz davlatning o’ta ishonchli
odamlarimiz, qolganlar esa biz nazorat qilib turishimiz lozim bo’lgan omma, xalos
degan”  kayfiyat paydo bo’ladi.  Bu,  axir,  o’tmishga,  sho’ralar davriga xos bo’lgan
axloqiy tubanlik asorati emasmi? Davlat muassasalari, birinchi navbatda, prokuratura
4 Qarang:  Ўзбекистон  Республикаси  Бош  прокурорининг  амалдаги  буйруқлари,  кўрсатмалари,  низом  ва
йўриқномалари тўплами. Т., 1999, 185-186-бетлар. 
6
Logotip
Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilayotganda prokuror davlat ayblovini quvvatlaydi va shu sababli prokurorga nisbatan davlat ayblovchisi termini qo’llaniladi. Davlat ayblovchisi sud tergovi yakunlarini inobatga olib, o’z nutqida sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risidagi xulosaga keladi. Davlat ayblovchisi bu vakolatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun muzokara nutqida davlat ayblovining o’ziga xos nozik tomonlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1998 yil 12 noyabrdagi “Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilishida prokuror vakolatini ta’minlash ishini takomillashtirish haqida”gi buyrug’ida: “Sudlarda ishtirok etayotgan va davlat ayblovini quvvatlayotgan prokurorlar notiqlik mahoratiga ega bo’lsinlar, sud’yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi, o’zaro tortishuv tamoiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilsinlar, dalil- isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko’rishda yuzaga kelgan masalalar bo’yicha asosli xulosalar berib, … jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo’lib, tergov va suddagi ma’lumotlar aybsizlikdan to’liq dalolat bersa, ayblovdan voz kechib, o’z faoliyati bilan odil sudlovga ko’maklashsinlar. Davlat ayblovchisining fikri sudda yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun talabiga rioya qilsinlar” 4, - deb ta’kidlanganligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Ba’zi prokurorlar o’zlarining faoliyatlarida himoya qilishdek muqaddas burchlarini unutib, ko’pincha jajolash xususiyatlarini namoyon qilib qoymoqdalar. Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida: “Yana bir o’z echimini kutayotgan muammo huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning barchasiga taalluqlidir. U ham bo’lsa, ushbu kasbni tanlagan ayrim xodimlarning maxsus xizmat libosini kiyishi bilan birdaniga yurish- turishi, xulq-atvori o’zgarib qoladi. Ularning ongida “Biz davlatning o’ta ishonchli odamlarimiz, qolganlar esa biz nazorat qilib turishimiz lozim bo’lgan omma, xalos degan” kayfiyat paydo bo’ladi. Bu, axir, o’tmishga, sho’ralar davriga xos bo’lgan axloqiy tubanlik asorati emasmi? Davlat muassasalari, birinchi navbatda, prokuratura 4 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг амалдаги буйруқлари, кўрсатмалари, низом ва йўриқномалари тўплами. Т., 1999, 185-186-бетлар. 6
xodimlari bir haqiqatni qulog’iga quyib olsinki,  ular ham mana shu xalqning bir
qismi, hech kimdan, oddiy odamlardan ortiq joyi yo’q. Prokuratura xodimlari ularni
nazorat qilishi emas,  balki ularga xizmat qilishi kerak”5 degan gaplariga huquqni
muhofaza qiluvchi organlar,  birinchi navbatda prokuratura xodimlari to’liq amal
qilishlari shart.
Prokuror sud muzokarasida ayblov nutqini ifodalar ekan, o’zining madaniyatli,
odob-axloqli ekanligini namoyish eta olishi kerak.  Har qanday sharoitda ham
muzokarada ishtirok etayotgan tomonlardan birontasiga do’q-po’pisa qilishga haqli
emas.  Garchand sudlanuvchi retsidiv jinoyatchi bo’lsa ham,  uni kamsitish,
masxaralash,  unga nisbatan kesatiq,  qochirim so’zlarni aslo ishlatmasligi,
shaxsiyatiga tegadigan so’zlardan saqlanishi kerak. Prokuror odamlar nazdida davlat
odami, davlat ramzi. Prokurorning asosiy quroli bo’lgan qonunni ifodalovchi bu-so’z
ekanligini unutmaslik kerak va u sud muzokarasida davlat ayblovchisi sifatida
ishtirok etganda, o’z nutqini mantiqan izchil, aniq va tiniq, zarur o’rinlarda rasmiylik
ma’nosiga urg’u berib, chiroyli ifodalasa uning nufuzi, obro’-e’tibori yanada oshadi,
ta’sirchan bo’ladi. 
Prokuror ayblov muzokara nutqida fikrni faqat ayblov doirasida emas, balki bir
vaqtning o’zida huquqiy madaniyat,  odob-axloq targ’ibotchisi ekanligini ham
ko’rsata olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.  Prokuror o’z muzokara nutqida
jinoyatning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish bilan birga,  sudlanuvchining
shaxsiga, sodir etilgan jinoyatga siyosiy, huquqiy, axloqiy baho berishi ham ijobiy
holdir. Masalan, sodir etilgan jinoyat inson sog’ligi, hayoti, sha’ni, qadr-qimmatiga
nisbatan xavf solar ekan, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
belgilab qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari haqida to’xtalishi, moboda
jinoyat davlat mulki yoki fuqarolarning xususiy mulkini o’zlashtirish,  talonchilik,
bosqinchilik,  firibgarlik bilan bog’liq bo’lsa,  halol va foydali mehnatning sharafi
haqida to’xtalish maqsadli bo’ladi. 
5 Каримов И.А. Адолат ─ қонун устуворлигида. “Фидокор” газетаси, 2001 йил 30 август
7
Logotip
xodimlari bir haqiqatni qulog’iga quyib olsinki, ular ham mana shu xalqning bir qismi, hech kimdan, oddiy odamlardan ortiq joyi yo’q. Prokuratura xodimlari ularni nazorat qilishi emas, balki ularga xizmat qilishi kerak”5 degan gaplariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, birinchi navbatda prokuratura xodimlari to’liq amal qilishlari shart. Prokuror sud muzokarasida ayblov nutqini ifodalar ekan, o’zining madaniyatli, odob-axloqli ekanligini namoyish eta olishi kerak. Har qanday sharoitda ham muzokarada ishtirok etayotgan tomonlardan birontasiga do’q-po’pisa qilishga haqli emas. Garchand sudlanuvchi retsidiv jinoyatchi bo’lsa ham, uni kamsitish, masxaralash, unga nisbatan kesatiq, qochirim so’zlarni aslo ishlatmasligi, shaxsiyatiga tegadigan so’zlardan saqlanishi kerak. Prokuror odamlar nazdida davlat odami, davlat ramzi. Prokurorning asosiy quroli bo’lgan qonunni ifodalovchi bu-so’z ekanligini unutmaslik kerak va u sud muzokarasida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etganda, o’z nutqini mantiqan izchil, aniq va tiniq, zarur o’rinlarda rasmiylik ma’nosiga urg’u berib, chiroyli ifodalasa uning nufuzi, obro’-e’tibori yanada oshadi, ta’sirchan bo’ladi. Prokuror ayblov muzokara nutqida fikrni faqat ayblov doirasida emas, balki bir vaqtning o’zida huquqiy madaniyat, odob-axloq targ’ibotchisi ekanligini ham ko’rsata olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prokuror o’z muzokara nutqida jinoyatning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish bilan birga, sudlanuvchining shaxsiga, sodir etilgan jinoyatga siyosiy, huquqiy, axloqiy baho berishi ham ijobiy holdir. Masalan, sodir etilgan jinoyat inson sog’ligi, hayoti, sha’ni, qadr-qimmatiga nisbatan xavf solar ekan, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari haqida to’xtalishi, moboda jinoyat davlat mulki yoki fuqarolarning xususiy mulkini o’zlashtirish, talonchilik, bosqinchilik, firibgarlik bilan bog’liq bo’lsa, halol va foydali mehnatning sharafi haqida to’xtalish maqsadli bo’ladi. 5 Каримов И.А. Адолат ─ қонун устуворлигида. “Фидокор” газетаси, 2001 йил 30 август 7
Davlat ayblovchisining barcha xulosalari va sud muhokamasiga taklif
qilayotgan fikrlari qonunga va sud tergovida isbotlangan ishning haqiqiy holatlariga
asoslangan 
bo’lishi 
kerak.
 Yuridik 
baho 
aniqlangan 
haqiqiy 
holatlarga
qo’llanilayotgan qonun normalariga muvofiq bo’lishi, ya’ni prokuror adolatli bo’lishi
lozim.  Davlat ayblovchisining xatti-harakati,  uning tutgan nuqtai nazari axloqiy
normalarga tayangan va ularga mos bo’lishi kerak. Prokuror jamiyat manfaatini
himoya qiladi, davlat nomidan ish yuritadi, shu bilan birgalikda u sudlanuvchining
qonuniy manfaatini,  qadr-qimmatini himoya qilishga ham chaqirilgan. А.  F.
Koni, прокурор “og’ir vazifasini bajara turib,  jamiyatga xizmat qiladi.  Bunday
xizmat qilish unga faqat jiddiy axloqiy intizom joriy qilinganda va jamiyat manfaati
va shaxsning insoniy qadr-qimmati bir xil g’amxo’rlik va qunt bilan
himoyalanganida foydali bo’ladi”6.
Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki,  davlat ayblovchisi -  prokuror
muzokara nutqining axloqiy xususiyatini asosan u tutgan nuqtai nazarning ish holati
bo’yicha to’g’riligi, sud muhokamasiga havola qilayotgan xulosalarining adolatliligi
belgilaydi.  Masalan,  jinoyatni sodir etganlikda aybi isbotlanmagan shaxsni
sudlashlikni talab qilayotgan prokuror axloqsiz harakat qilgan bo’ladi. 
Prokurorning  ayblov  nutqi  odatda  ish  holatlaridan  kelib  chiqqan  holda
mantiqan ketma-ketlikda ifodalanadigan bir necha qismlardan iborat tuziladi. Odatda
u ko’rib chiqilayotgan ishning, sudlanuvchi ayblanayotgan jinoyatning xususiyatli
tomonini  ifodalashdan  boshlanadi.  Yaqin  o’rtalargacha  ayblov  nutqida  jinoyatga
“ijtimoiy-siyosiy” baho berish majburiy holat hisoblanar edi va bu “har bir ayblov
nutqining zaruriy elementi bo’lishi lozim”7 deb hisoblanar edi.  G.A.Vasilyevaning
fikriga qo’shilgan holda bunday siyosatlashtirilgan tushuncha o’rniga ayblov nutqiga
sudda ko’rilayotgan jinoyat ishining  huquqiy  va  axloqiy  xususiyatlariga, jiniyat
ishining  o’ziga  xos  xususiyati  va  jinoyatning  xavfliligiga  baho  berishga
bag’ishlangan  qismni  ajratish  maqsadga  muofiq  bo’ladi.8 Ko’rilayotgan  ishning
6 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч. Т. 4. С. 62-63.
7 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 227.
8 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
8
Logotip
Davlat ayblovchisining barcha xulosalari va sud muhokamasiga taklif qilayotgan fikrlari qonunga va sud tergovida isbotlangan ishning haqiqiy holatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yuridik baho aniqlangan haqiqiy holatlarga qo’llanilayotgan qonun normalariga muvofiq bo’lishi, ya’ni prokuror adolatli bo’lishi lozim. Davlat ayblovchisining xatti-harakati, uning tutgan nuqtai nazari axloqiy normalarga tayangan va ularga mos bo’lishi kerak. Prokuror jamiyat manfaatini himoya qiladi, davlat nomidan ish yuritadi, shu bilan birgalikda u sudlanuvchining qonuniy manfaatini, qadr-qimmatini himoya qilishga ham chaqirilgan. А. F. Koni, прокурор “og’ir vazifasini bajara turib, jamiyatga xizmat qiladi. Bunday xizmat qilish unga faqat jiddiy axloqiy intizom joriy qilinganda va jamiyat manfaati va shaxsning insoniy qadr-qimmati bir xil g’amxo’rlik va qunt bilan himoyalanganida foydali bo’ladi”6. Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat ayblovchisi - prokuror muzokara nutqining axloqiy xususiyatini asosan u tutgan nuqtai nazarning ish holati bo’yicha to’g’riligi, sud muhokamasiga havola qilayotgan xulosalarining adolatliligi belgilaydi. Masalan, jinoyatni sodir etganlikda aybi isbotlanmagan shaxsni sudlashlikni talab qilayotgan prokuror axloqsiz harakat qilgan bo’ladi. Prokurorning ayblov nutqi odatda ish holatlaridan kelib chiqqan holda mantiqan ketma-ketlikda ifodalanadigan bir necha qismlardan iborat tuziladi. Odatda u ko’rib chiqilayotgan ishning, sudlanuvchi ayblanayotgan jinoyatning xususiyatli tomonini ifodalashdan boshlanadi. Yaqin o’rtalargacha ayblov nutqida jinoyatga “ijtimoiy-siyosiy” baho berish majburiy holat hisoblanar edi va bu “har bir ayblov nutqining zaruriy elementi bo’lishi lozim”7 deb hisoblanar edi. G.A.Vasilyevaning fikriga qo’shilgan holda bunday siyosatlashtirilgan tushuncha o’rniga ayblov nutqiga sudda ko’rilayotgan jinoyat ishining huquqiy va axloqiy xususiyatlariga, jiniyat ishining o’ziga xos xususiyati va jinoyatning xavfliligiga baho berishga bag’ishlangan qismni ajratish maqsadga muofiq bo’ladi.8 Ko’rilayotgan ishning 6 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч. Т. 4. С. 62-63. 7 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 227. 8 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине 8
umumiy  tavsifi,  uning  o’ziga  xos  xususiyatlari  ob’ektiv,  o’ziga  mos  bo’lishi,
bo’rttirib ifodalashlardan xoli bo’lishi kerak.
Davlat ayblovchisi o’z nutqida ishning haqiqiy holatini sud tergovi natijasida
aniqlanganligi  tartibida bayon  qiladi  va sudlanuvchi  muayyan  harakatlarni  sodir
qilganligini, unga qo’yilgan aybni tasdiqlaydi, asoslar bo’lganida  ayblovdan voz
kechganligini 
bildiradi.  Prokurorning
 huquqiy  va  axloqiy 
majburiyati
sudlanuvchining nimada aybdorligi haqidagi sudga taklif qilayotgan xulosalarining
haqqoniyligida ifodalanadi.  Agar  sud  muhokamasi  davomida  sudlanuvchiga
qoyilgan ayblov o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishga majbur. 
Ayblov nutqida markaziy o’rinni sudda tekshirilgan dalillarning analizi va
ayblovning  isbotlanganligi  yoki  isbotlanmaganligi  haqidagi  xulosaning
asoslanganligi egallaydi. 
Qilmishga  yuridik  baho  berish  prokuror  ayblov  nutqining  elementlaridan
hisoblanadi  va  u dalillar  bilan  isbotlangan  bo’lishi,  tadbiq  qilinayotgan  moddiy
qonunning mohiyatini chuqur tushunishga asoslangan bo’lishi lozim. 
Prokurorning  nutqida  sudda  aniqlangan  faktlarga  asoslangan  sudlanuvchi
shaxsining tafsiloti beriladi va u ob’ektiv bo’lishi kerak. Prokuror sudlanuvchining
aybini engillashtirishga xizmat qiladigan ijobiy axloqiy tomonlari, oldingi ko’rsatgan
yaxshi xizmatlari, na’munali xulq-atvori haqida gapirmaslikka haqqi yo’q. 
Prokuror  sudlanuvchining  pushaymonda  bo’lmaganini,  o’zini  aybdor  deb
hisoblamasligini,  xoxlamasligi  yoki  eslamasligi  sababli  savollarga  javob
bermaganliklarini ayblovga qo’shishga haqli emas va bunday qo’shishlik axloqqa zid
hisoblanadi. Shuningdek ayblov nutqida sudlanuvchining ustidan kulish, haqoratli
ta’riflash, tashqi ko’rinishi, millati, jismoniy kamchiliklari haqida keltirilishi mumkin
emas.  Prokuror  sudlanuvchini  ta’riflashda  uning  uchun  aybsizlik  prezumptsiyasi
mavjud ekanligidan kelib chiqishi lozim, ya’ni sudlanuvchi oqlanishi, ayblov hukmi
bekor bo’lishi mumkin, shu sababli sudda aniqlangan va yuridik faktga ega bo’lgan
faktlargagina asoslanib ayblov nutqini tuzishi va jazo choralarini asoslashda nafaqat
Челябинск, 2005. 
9
Logotip
umumiy tavsifi, uning o’ziga xos xususiyatlari ob’ektiv, o’ziga mos bo’lishi, bo’rttirib ifodalashlardan xoli bo’lishi kerak. Davlat ayblovchisi o’z nutqida ishning haqiqiy holatini sud tergovi natijasida aniqlanganligi tartibida bayon qiladi va sudlanuvchi muayyan harakatlarni sodir qilganligini, unga qo’yilgan aybni tasdiqlaydi, asoslar bo’lganida ayblovdan voz kechganligini bildiradi. Prokurorning huquqiy va axloqiy majburiyati sudlanuvchining nimada aybdorligi haqidagi sudga taklif qilayotgan xulosalarining haqqoniyligida ifodalanadi. Agar sud muhokamasi davomida sudlanuvchiga qoyilgan ayblov o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishga majbur. Ayblov nutqida markaziy o’rinni sudda tekshirilgan dalillarning analizi va ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi haqidagi xulosaning asoslanganligi egallaydi. Qilmishga yuridik baho berish prokuror ayblov nutqining elementlaridan hisoblanadi va u dalillar bilan isbotlangan bo’lishi, tadbiq qilinayotgan moddiy qonunning mohiyatini chuqur tushunishga asoslangan bo’lishi lozim. Prokurorning nutqida sudda aniqlangan faktlarga asoslangan sudlanuvchi shaxsining tafsiloti beriladi va u ob’ektiv bo’lishi kerak. Prokuror sudlanuvchining aybini engillashtirishga xizmat qiladigan ijobiy axloqiy tomonlari, oldingi ko’rsatgan yaxshi xizmatlari, na’munali xulq-atvori haqida gapirmaslikka haqqi yo’q. Prokuror sudlanuvchining pushaymonda bo’lmaganini, o’zini aybdor deb hisoblamasligini, xoxlamasligi yoki eslamasligi sababli savollarga javob bermaganliklarini ayblovga qo’shishga haqli emas va bunday qo’shishlik axloqqa zid hisoblanadi. Shuningdek ayblov nutqida sudlanuvchining ustidan kulish, haqoratli ta’riflash, tashqi ko’rinishi, millati, jismoniy kamchiliklari haqida keltirilishi mumkin emas. Prokuror sudlanuvchini ta’riflashda uning uchun aybsizlik prezumptsiyasi mavjud ekanligidan kelib chiqishi lozim, ya’ni sudlanuvchi oqlanishi, ayblov hukmi bekor bo’lishi mumkin, shu sababli sudda aniqlangan va yuridik faktga ega bo’lgan faktlargagina asoslanib ayblov nutqini tuzishi va jazo choralarini asoslashda nafaqat Челябинск, 2005. 9
sudlanuvchining aybini og’irlashtiradigan balki engillashtiradigan holatlarni ham
keltirishi lozim. 
3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
Mamkatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan davlatimiz va jamiyatimiz
talablariga javob beradigan,  inson huquqlarini qonuniy himoya qila oladigan
zamonoviy advakatura institutini yaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Ma’lumki, sobiq sovet tuzumi davrida advokatning vazifasi sotsialistik qonunchilikni
mustahkamlash,  sotsialistik odil sudlovga xizmat qilish bo’lib,  inson huquqlari va
qonuniy manfaatlari, inson omili ikkinchi darajaga tushib qolgan edi va advokaturaga
nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kela boshlagan edi. 
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida: “Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning
chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura
maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida
ham ko’pgina chora-tadbirlar ko’rmoqdamiz” deganlarida nechog’lik haq ekanligini
vaqt ko’rsatdi. Ko’p o’tmay 1996 yilning 27 dekabrida O’zbekiston Respublikasining
“Аdvokatura  to’g’risida”gi  hamda  1998  yilning  25  dekabrida  esa O’zbekiston
Respublikasining “Аdvokatlik  faoliyatining  kafolatlari,  аdvokatlarning  ijtimoiy
himoyasi  to’g’risida”gi  qonunlarining  qabul  qilinishi  zamonaviy  advokaturaning
10
Logotip
sudlanuvchining aybini og’irlashtiradigan balki engillashtiradigan holatlarni ham keltirishi lozim. 3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. Mamkatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan davlatimiz va jamiyatimiz talablariga javob beradigan, inson huquqlarini qonuniy himoya qila oladigan zamonoviy advakatura institutini yaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’lumki, sobiq sovet tuzumi davrida advokatning vazifasi sotsialistik qonunchilikni mustahkamlash, sotsialistik odil sudlovga xizmat qilish bo’lib, inson huquqlari va qonuniy manfaatlari, inson omili ikkinchi darajaga tushib qolgan edi va advokaturaga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kela boshlagan edi. Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida: “Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko’pgina chora-tadbirlar ko’rmoqdamiz” deganlarida nechog’lik haq ekanligini vaqt ko’rsatdi. Ko’p o’tmay 1996 yilning 27 dekabrida O’zbekiston Respublikasining “Аdvokatura to’g’risida”gi hamda 1998 yilning 25 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasining “Аdvokatlik faoliyatining kafolatlari, аdvokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi qonunlarining qabul qilinishi zamonaviy advokaturaning 10
barpo etilishidagi muhim bosqich bo’ldi. Ushbu qonunlarda advokatlarning huquq va
vazifalari, ular oldiga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yildi. Аdvokatlik faoliyatining
asosiy printsiplari,  advokatning vakolatlari,  аdvokatning daxlsizligi,  аdvokatlik
faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik,  advokatlik faoliyati himoyalanishining
ta’minlanishi hamda advokatning ijtimoiy himoyasi kabi masalalarning qonun yo’li
bilan belgilanganligi advokatlarning tom ma’nodagi nufuzining oshishiga sabab
bo’lmoqda.
Advokatlarga 
bunday 
imtiyozlarning 
berilishi 
ular 
zimmasiga 
katta
mas’uliyatlar ham yuklaydi.  Ayni chog’da advokatlarning sud muzokarasidagi
ishtiroki, uning himoya nutqi yuzaki emas, balki yuqori darajada bo’lishi talab etiladi.
Albatta,  buning majburiyat yuki juda katta,  chunki buning uchun advokatlar
yurisprudentsiyani qanday yuqori darajada o’zlashtirgan bo’lsalar, adabiy til va uning
tarkibiy qismi bo’lgan yuridik til me’yorlari va talablarini ham xuddi shunday yuqori
darajada bilishlari shart bo’ladi.  Chunki yuridik til me’yorlari va talablariga rioya
qilgan holda yaxshi o’ylab tuzilgan advokatning himoya nutqi sudda ko’rib
chiqilayotgan ishning pirovard natijasiga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. Atoqli olim
M.S Strogovich “advokatning himoya nutqi jinoyat ishi bo’yicha suddagi
chiqishlarining yuqori cho’qqisidir”, deb alohida ta’kidlagan edi.9
Advokatning himoya nutqi ifodalanayotgan fikrni dalillar bilan isbotlashga
asoslanadi. Advokat muayyan ish yuzasidan etarli dalillar to’play olmasa, sudda
jinoyatni  sodir  qilganlikda  gumon  qilinayotgan  himoyasi  ostidagi  shaxsning
aybsizligini  isbotlay  olmaydi,  oqibatda  himoya  nutqi  ham  talab  darajasida
shakllanmaydi va ko’zlangan maqadga erisholmaydi. Xolbuki aybi sudda aniqlangan
dalillar bilan isbotini topib turgan shaxsni aybi yo’q deb sudni ishontirishga harakat
qilinishi ham advokatning nufuziga, axloqiga putur etkazadi. 
Аdvokat,  odatda,  davlat ayblovchsidan keyin muzokaraga chiqqanda davlat
ayblovchisi-prokuror aybloviga javoban dalillar keltirishi,  himoyasi ostidagi
shaxsning tavsifini ochib berishi kerak va uning himoya nutqi agarda sudlanuvchi
9 Qarang: Защитительные речи советских адвокатов. Под.ред. М.С.Строговича, М.: Госюриздат, 1956.-С.13.
11
Logotip
barpo etilishidagi muhim bosqich bo’ldi. Ushbu qonunlarda advokatlarning huquq va vazifalari, ular oldiga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yildi. Аdvokatlik faoliyatining asosiy printsiplari, advokatning vakolatlari, аdvokatning daxlsizligi, аdvokatlik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik, advokatlik faoliyati himoyalanishining ta’minlanishi hamda advokatning ijtimoiy himoyasi kabi masalalarning qonun yo’li bilan belgilanganligi advokatlarning tom ma’nodagi nufuzining oshishiga sabab bo’lmoqda. Advokatlarga bunday imtiyozlarning berilishi ular zimmasiga katta mas’uliyatlar ham yuklaydi. Ayni chog’da advokatlarning sud muzokarasidagi ishtiroki, uning himoya nutqi yuzaki emas, balki yuqori darajada bo’lishi talab etiladi. Albatta, buning majburiyat yuki juda katta, chunki buning uchun advokatlar yurisprudentsiyani qanday yuqori darajada o’zlashtirgan bo’lsalar, adabiy til va uning tarkibiy qismi bo’lgan yuridik til me’yorlari va talablarini ham xuddi shunday yuqori darajada bilishlari shart bo’ladi. Chunki yuridik til me’yorlari va talablariga rioya qilgan holda yaxshi o’ylab tuzilgan advokatning himoya nutqi sudda ko’rib chiqilayotgan ishning pirovard natijasiga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. Atoqli olim M.S Strogovich “advokatning himoya nutqi jinoyat ishi bo’yicha suddagi chiqishlarining yuqori cho’qqisidir”, deb alohida ta’kidlagan edi.9 Advokatning himoya nutqi ifodalanayotgan fikrni dalillar bilan isbotlashga asoslanadi. Advokat muayyan ish yuzasidan etarli dalillar to’play olmasa, sudda jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinayotgan himoyasi ostidagi shaxsning aybsizligini isbotlay olmaydi, oqibatda himoya nutqi ham talab darajasida shakllanmaydi va ko’zlangan maqadga erisholmaydi. Xolbuki aybi sudda aniqlangan dalillar bilan isbotini topib turgan shaxsni aybi yo’q deb sudni ishontirishga harakat qilinishi ham advokatning nufuziga, axloqiga putur etkazadi. Аdvokat, odatda, davlat ayblovchsidan keyin muzokaraga chiqqanda davlat ayblovchisi-prokuror aybloviga javoban dalillar keltirishi, himoyasi ostidagi shaxsning tavsifini ochib berishi kerak va uning himoya nutqi agarda sudlanuvchi 9 Qarang: Защитительные речи советских адвокатов. Под.ред. М.С.Строговича, М.: Госюриздат, 1956.-С.13. 11