KURS ISHI
SUD TARKIBI
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qismi
2.1 Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi
2.2 Sud tarkibining o‘zgarmasligi
2.3 Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi
2.4 Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
2.5 Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
III. Xulosa
I. Kirish
Bugun mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanishlarning yangi
bosqichida xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, barchaning fikrini bilish,
dardini eshitish va haqiqiy hayotga mos bo‘lgan xalqchil strategiyani amalga
oshirishning hosilasi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan adolat
tamoyili kun tartibidagi eng ustuvor masalalardan biri sifatida ilgari surilmoqda.
Zero, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday
davlat fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun joni-
jahonini fido qilishga doimo tayyor bo‘ladi. Davlatimiz rahbari sud tizimi vakillari
bilan uchrashuvdagi nutqidasohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni, ta’bir joiz bo‘lsa, adolat tarozisida tortib, xatolarni ro‘y-
rost ko‘rsatgan holda istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi hamda jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash jarayonlarining izchil davom ettirilishi, o‘z
navbatida har bir shaxsning huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini
ta’minlashga qaratilgan huquqiy tizimni takomillashtirish zaruratini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson, uning
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanishi hamda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar
bilan himoya qilinishi kafolatlandi.
Bu esa fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng
samarali, ta’sirchan va demokratik usullaridan biri bo‘lgan sud orqali himoyani
mumkin qadar kengaytirish, sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va
yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini
ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va
erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan sud
huquq islohotlarini amalga oshirishni taqozo etdi. Davlatimiz rahbari tomonidan
2017 yilning 22 dekabr kunidagi “2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar
yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Oliy Majlisga
Murojaatnomasida keltirilgan fikr-mulohazalar bu boradagi ishlarimizning
qanchalik muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatib berdi. O‘zbekiston
Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida” gi qonuni hamda amaldagi protsessul
qonunchilikka asosan ishlar taalluqliligi ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar,
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlar hamda harbiy
sudlar tomonidan ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari
to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va
erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat
etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi
va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov
faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiq, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
davlat
organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari
ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi (44-modda). Bu esa huquqni sud
orqali himoya qilishning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi. Har bir shaxsga o‘z
huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor
shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi haqidagi konstitutsiyaviy qoida
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida ham o‘z
ifodasini topgan. Unga ko‘ra, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki
nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya
qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Sud-
huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashti-rish, sud, huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish,
aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini
ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktyabr kuni “Sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Farmon
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining
ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini
oshirish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish
maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim
vazifalarini belgilab bergan.
II. Asosiy qismi
2.1 Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida
sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka tartibda
ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.Muayyan ishni ko‘rish
uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda,
sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan
shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan
axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.Ishni apellyatsiya, kassatsiya
va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda
hay’atda amalga oshiriladi.Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Rayosatida taftish tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir
bo‘lganda amalga oshiriladi.Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud
majlisida raislik qiladi.
Ishni ko‘rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi.
Muqaddam har qanday ishlarni sud birinchi instantsiya tariqasida xalq
maslahatchilarining ishtirokida koʼrishi belgilangan edi. Аmaldagi fuqarolik
protsessual qonunchiligiga koʼra, birinchi instantsiya sudlarida ishlar sudiyaning
yakka oʼzi tomonidan koʼriladi.
Fuqarolik ishlarining hamma sudlarda birinchi instantsiya tariqasida yakka sudya
tomonidan koʼrilishi jihatlaridan hisoblanadi.
Hayʼat tartibida esa apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ish koʼrish nazarda
tutilgan Ishlarni yakka tartibda sudyaning oʼzi koʼrishi sudyalarga boʼlgan ishonch
va ularning yetukligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi qoida hamisha fuqarolik ishlari faqat sudyalar yakka tartibida koʼradi
degan xulosani bermaydi.
Аmaldagi FPKning yangi jihatlaridan biri shuki, ishning mohiyatiga qarab yuqori
sudlar, jumladan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent
shahar sudi raisining qaroriga muvofiq, har qanday ish hayʼat tomonidan koʼrilishi
mumkinligi belgilangan.
Ishni koʼrish paytida kelib chiqadigan hamma masalalar sudyaning oʼzi tomonidan,
ishni koʼrayotgan hayʼat tarkibida koʼrayotgan hollarda esa, sudyalarning
koʼpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Har bir masala hayʼat tomonidan hal
qilinganida sudyalarning birontasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Ozchilik tomonida qolgan sudya oʼzining alohida fikrini yozma ravishda bayon
qilishga haqli, uning bu fikri ishga qoʼshib qoʼyiladi, biroq eʼlon qilinmaydi. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslarni sudyaning alohida fikri bilan tanishtirmasligi yuqoridagi
qonunlarda oʼz aksini topgan.
Odil sudlovni hayʼat tartibida amalga oshirishda sudyalar teng huquqlardan
foydalanadilar.
Fuqarolik ishlarini hayʼat tartibida koʼrishda har qaysi sudiyaning bilimi va
tajribasi hisobga olingan holda fuqarolik ishi toʼgʼri va asosli hal qilinishi mumkin.
Fuqarolik ishlarini hayʼat tarkibida koʼrishning zaminida xalq maslahatchilarning
ishtiroki nazarda tutilmasdan, bir necha sudyalar tarkibi tushunilishi lozim,
masalan, fuqarolik ishlarini, yaʼni apellyatsiya, kassatsiya tartibida sud, uch nafar
sudyadan iborat tarkibda, nazorat instantsiyasi sudida esa Rayosat aʼzolarining
koʼpchilik tarkibida hayʼat tartibida koʼriladi. Maslahatxonada qaror chiqarilishida
sudyalar teng huquqqa ega boʼlib, masalalarni koʼpchilik ovoz bilan hal qiladilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy sud ishlarini
yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul
qilingan hujjatlar qatʼiy va Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududida
bajarilishi majburiy. Oliy sudning fuqarolik ishlari boʼyicha sudlov hayʼati ishlarni
apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʼradi.
Hayʼat tarkibida ish koʼrish bilan sudyalarni chetlatish huquqi toʼgʼrisidagi masala
oʼzaro uzviy bogʼliqdir. Ushbu printsip fuqarolik ishlarini sudda toʼgʼri, begʼaraz
koʼrilishini taʼminlash imkoniyatini berish bilan birga, sud tarkibidan sudyalarning
asossiz chetlatilishining oldini oladi.
Sudyaning yakka oʼzi tomonidan bajarilgan protsessual harakatlar baʼzi hollarda
sud tomonidan hayʼat tartibida tekshirilishi ham mumkin. Xususan, sudya
tomonidan notoʼgʼri qabul qilingan ariza yuzasidan qoʼzgʼatilgan fuqarolik ishi
yuqori sudlarda bekor qilinishi yoinki butunlay koʼrilmasdan qoldirilishi ham
mumkin.
2.2 Sud tarkibining o‘zgarmasligi
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud
tarkibi tomonidan ko‘rib tugatilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin:
o‘zini o‘zi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda
arz qilingan va qanoatlantirilganda;
sudya yo‘qligi tufayli ishni o‘z vaqtida ko‘rishning imkoniyati bo‘lmaganda.
Fuqarolik ishlarini sudda koʼrishda fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan
printsiplarga amal qilgan holda odilona hal qiluv qarori, ajrim va qarorlarni
chiqarish uchun ish yuritish bilan bogʼliq boʼlgan protsessual normalarni toʼgʼri
tatbiq qilish lozimligi yuqorida bayon qilingan edi.
Sud (sudya) ishni tayyorlov bosqichida koʼrish jarayonida boshqa protsessual
masalalar bilan bir qatorda sud tarkibi, unda taraflar va ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning munosabatlarini aniqlashi lozim. Аgar sud tarkibi boʼyicha uning
qonuniyligi yuzasidan sudyaning fikr-mulohazalari boʼlgan taqdirda ishni
mazmunan koʼrishga qadar ularni hal etish uchun imkoniyat boʼladi.
Sud amaliyotida sudyani ishni koʼrishdan chetlatish (rad qilish) uchun asoslar
qatoriga ular ishning hal etilishidan har tomonlama manfaatdor boʼlish yoki
xolislik qoidalarining buzilishiga shubha tugʼdiradigan holatlar boʼlganida taraflar
va boshqa shaxslarda ana shunday huquqlardan foydalanish imkoniyati vujudga
keladi.
Qonunda sudyaning ish yuzasidan qaysi hollarda va qanday hajmda bevosita yoki
bilvosita manfaatdor boʼlishining hamma holatlarini yoritib berish imkoniyati
boʼlmaganligi tufayli bunday ishlarni mazmuniga eʼtibor berishi hamda sudya
oʼzining vijdoniga havola qilgan holda hal etishi lozim boʼladi.
Ishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning sudyani ishni koʼrishdan
chetlatish uchun turli asossiz bahona-sabablarni emas, balki talabning jiddiy
holatlarini inobatga olishi kerak. Sudyaning bunday harakatlari ish boʼyicha
bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʼlishiga shubha tugʼdirmasligi mumkin emas.
Аyrim hollarda ishni toʼgʼri hal qilishga turli yoʼllar bilan toʼsqinlik qiladigan va
ishni asossiz choʼzishga qaratilgan harakatlarni insofsizlarcha taraflar va boshqa
shaxslar sudьyaga nisbatan boʼxton, uydirma, bahonalar bilan chetlatishga harakat
qiladilar. Bunday hollarda sudya, ish boʼyicha chetlatish haqidagi arizani atroflicha
oʼrganib, asossiz talablarni rad etishlari va ishni mazmunan koʼrishga kirishishlari
lozim.
Ishni koʼrishdan chetlatishda shaxsni bevosita va bilvosita manfaatdorlik
masalasiga atroflicha yondashish talab etiladi.
Chetlatish (rad etish) uchun asoslar deganimizda, kimga nisbatan chetlatish
toʼgʼrisida arz qilingan boʼlsa, shu shaxsning ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan
doʼstlik, qarindoshlik munosabatlarida boʼlishi, xizmat jihatidan yoki boshqacha
manfaatdor boʼlishligi tushuniladi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, ishni koʼrishga qadar sudyalarni rad etish masalasi
maʼlum boʼlgan hollarda bunday talab sinchkovlik bilan tekshirgan holdagina sud
tarkibini oʼzgartirish choralarini koʼrish maqsadga muvofiq boʼladi.
Rad qilish asoslari qatoriga sudyaning manfaatdorligidan tashqari, FPKning 25-
moddasi 2-bandida belgilangan holatlar boʼlishi mumkin. Jumladan, sudya ishda
shaxsan guvoh sifatida qatnashmasa ham biroq, u muqaddam ish yuzasidan tegishli
maʼlumotlarga ega boʼlishi, hodisa sodir boʼlgan joydan xabardorligi va boshqa
holatlar nazarda tutiladi.
Qonunda belgilanganidek, rad etish uchun qarindoshlik munosabatlari ham asos
boʼladi. Buning uchun Oila kodeksining 57-moddasida koʼrsatilgan shaxslar
qarindoshlar qatoriga kirishiga eʼtibor berish lozim. Аgar ishni mazmunan
koʼrishda ish yuzasidan vakilning manfaatdorligi aniqlangan taqdirda, uni
chetlatish toʼgʼrisidagi talabga sudya atroflicha baho berishi lozim.
Аgar sud ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflar, ularning vakillari yoki ijro
ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari boʼlsalar
yoxud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor boʼlsalar yoki ularning
begʼarazligiga shubha tugʼdiradigan boshqa holatlar mavjud boʼlsa, ular ijro ishi
yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
Xuddi shu asoslar boʼyicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur
shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan boʼlishi, yozma ravishda
bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar maʼlum
qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga
oshirish boshlanganidan keyin maʼlum boʼlib qolgan holatlar bundan mustasno
2.3 Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi
Ishning muhokamasi chog‘ida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya
tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hay’ati ko‘rayotganda esa sudyalarning
ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi.
Masala hay’at tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz
berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz
beradi.
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini
yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib
muhrlangan holda ishga qo‘shib qo‘yiladi, biroq o‘qib eshittirilmaydi. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori
instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
Ishni koʼrish jarayonida vujudga kelgan masalalarni qonunga asoslanib, toʼgʼri hal
qilish manfaatdor shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashga imkon beradi.
Аmaldagi qonunlarga asosan fuqarolik ishlari sudlarda yakka sudya tomonidan
koʼrib hal etiladi. Ishni sudьyaning oʼzi koʼrganda va hal etganda sud nomidan ish
yuritiladi.
Аgar ish shu moddada belgilanganidek, hayʼat tarkibida koʼriladigan boʼlsa, raislik
qiluvchi oʼz fikrini oxirida bildirib ovoz beradi. Sudyalar hal qiluv qarorini
chiqarish vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emaslar.
Sud hayʼat tarkibida maslahatxonada, ishni yakka tartibda koʼrgan hollarda esa
alohida xonaga hal qiluv qarori, ajrim chiqarish uchun kiradilar. Sudyalar qaror
chiqarish vaqtida aytilgan fikr va mulohazalarini oshkor qilishga haqli emaslar.
Fuqarolik ishi yuzasidan hal qiluv qarorini chiqarishda sud tarkibi toʼliq ovoz
berishlari lozim. Bordi-yu, sudyalardan biri umumiy xulosaga qarshi chiqqan
hollarda oʼzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli boʼlib, bu
fikr sud majlisida oʼqib eshittirilmaydi, biroq yozilgan fikr ishga qoʼshib qoʼyiladi.
Ozchilikda qolgan sudya ham koʼpchilik tomonidan qabul qilingan hal qiluv
qaroriga imzo qoʼyadi.
Аgar alohida fikr bayon qilingan sud qarori yuqori sud instantsiyasida koʼrilsa,
yuqori sud boshqa masalalar bilan alohida tuzilgan fikrdagi holatlarning qanchalik
asosli ekanligini tekshirishi kerak.
Sudya faqat hal qiluv qarorini chiqarish jarayonidagina emas, shu bilan birga ish
koʼrish jarayonida barcha masalalar boʼyicha alohida fikrda boʼlishi ham mumkin.
Sharhlanayotgan moddada alohida fikr bayon qilingan sud qarori yuqori sud
instantsiyasida koʼrilmagan boʼlsa, u qonuniy kuchga kirgandan keyin ish bilan
birga qoʼshib qarorga nisbatan protest keltirish masalasini hal qilish uchun tegishli
sud raisiga yuborilishi koʼrsatilgan.
2.4 Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori
apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan
bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar
bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan
hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya
yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni
birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok
etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni
birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok
etishi mumkin emas.
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi
instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni
yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin
emas.
fuqarolik ishini koʼrgan sudьya yana shu ishni takroran koʼrishda ishtirok etmaydi.
Bu esa ish boʼyicha sud tomonidan ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va
majburiyatlarini har taraflama, toʼliq va xolisona aniqlashga, ish boʼyicha qonuniy,
adolatli va asosli hal qiluv qarori chiqarishni taʼminlaydi. Sudьyaning ishni
koʼrishda takror ishtirok etishiga yoʼl qoʼyilmasligi, ularning oʼz harakatlari
ustidan nazoratni amalga oshirmasliklarini kafolatlaydi.
2.5 Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
Sudyani rad qilish asoslari
Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks
talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud
uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud
bo‘lsa;
3) shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert,
mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan
bo‘lsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish asoslari
Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan rad qilish asoslari
prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq
etiladi.
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa
shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo‘lsa, agar ekspert va
mutaxassis ham taftish o‘tkazgan yoxud xulosa bergan bo‘lib, ularning materiallari
mazkur ishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ularni rad qilish
to‘g‘risida ariza berilishi mumkin.
Rad etish haqida FPKning 25-moddasida belgilangan qoidalar prokuror, ekspert,
mutaxassis, tarjimon va sud majlisining kotibiga ham tatbiq etilishi mumkin.
Sudya (sud)ni rad etish toʼgʼrisidagi arizani koʼrishda qonunda talab qilingan
qoidalarni qanchalik mavjudligiga eʼtibor berish lozim.
Fuqarolik ishlarini sudda koʼrishda prokurorning protsessda ishtirokiga nisbatan
bildirilgan norozilikka sudya alohida ahamiyat bilan qarashi lozim, chunki
prokurorning asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni
mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning
qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini himoya
qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqalar “Prokuratura toʼgʼrisida”gi
2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonunda ifodalangan. Prokuror
oʼziga yuklatilgan vazifani xolisona, begʼaraz, faqat qonunga amal qilgan holda ish
tutish kerak boʼlganligi tufayli har qanday ish koʼrish bilan bogʼliq boʼlgan
shubhalarga yoʼl qoʼyilmasligi lozim.
Odil sudlovni amalga oshirish uchun muhim asoslardan boʼlib ishda ishtirok
etuvchi shaxslar ish materiallari bilan atroflicha toʼliq tanishgan va protsessda
qatnashganlarning bayonotlarini toʼliq anglab olgan boʼlishi lozim. Shu maqsadda
protsessda ishtirok etayotgan boshqa millatga mansub har qanday fuqaro tarjimon
talab qilishga haqli, sud esa, bunday talabni qanoatlantirishga majbur.
Tarjimonni fuqarolik ishini koʼrishda qatnashishi va uning ish boʼyicha xolisligi va
begʼarazligi protsess ishtirokchilarining protsessual huquqlarini toʼliq anglab
olishga, dalillarni isbotlanganligi va unga toʼgʼri baho berilganligini tushuntirib
berishga yordam koʼrsatadi.
Tarjima tufayli taraflarda ish koʼrish jarayonida qonunda belgilangan qator
protsessual harakatlarni amalga oshirishga imkoniyat tugʼiladi.
Ishni mazmunan koʼrish jarayonida tarjimon biror bir shaxsning foydasini koʼzlab,
uning manfaati uchun notoʼgʼri tarjima qilgan taqdirda uni javobgarlikka tortish,
ishni koʼrishdan chetlatish (rad etish) masalasini ishni koʼrayotgan sud hal etishi
lozim.