SUD XARAJATLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

37,7 KB


MUSTAQIL ISH
“FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQ” 
Fаnidan
SUD XARAJATLARI
REJA:
I.
Kirish.
II.
Asosiy qism:  
1. Davlat boji;
2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar;
3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar;
4. Janubiy Koreya Respublikasi.
III.
Xulosa.
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Logotip
MUSTAQIL ISH “FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQ” Fаnidan SUD XARAJATLARI REJA: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Davlat boji; 2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar; 3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar; 4. Janubiy Koreya Respublikasi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I.
Kirish
 
 
Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha,  sudlov  faoliyatini  tashkil  etish,  davlat
byudjetini shaklllantirish, sud ishlarini yuritishni og‘ishmay amalga oshirish, sud
hujjatlari aylanmasini tashkil  etish, shuningdek, sudga murojaat qiluvchlarning
protsessual  majburiyatlari  bajarilishini  ta’minlash,  ishda  ishtirok  etuvchi
shaxslarning  protsessual  mas’uliyatini  yanada  oshirish,  odil  sudlovni  amalga
oshirishga ko‘maklashuvchi  shaxslarni  amalga oshirilgan protsessual  harakatlari
uchun  moddiy  rag‘batlantirish  va  boshqa  sudga  oid  harakatlari  uchun  tushum
bo‘ladigan,  undiriladiga,  to‘lanadigan,  taqsimlanadigan  va  sarflanadigan
mablag‘larga sud xarajatlari deyiladi.
Qisqacha qilib ayganda, sud xarajatlari bu fuqarolik ishlarini ko‘rish va
hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qonunda
belgilangan tartibda to‘lanadigan xarajatlarga aytiladi.
Fuqarolik  protsessual  kodeksining  13-bobi  “Sud  xarajatlari”  deb
nomlanib,
 
127-moddadan boshlab 142-moddalarni o‘z ichiga oladi.
Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan
iboratdir.
Davlat boji “Fuqarolik protsessual kodeksi”ga binoan:
“Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat
bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.”1
1 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 128-moddasi
Logotip
I. Kirish Fuqarolik ishlari bo‘yicha, sudlov faoliyatini tashkil etish, davlat byudjetini shaklllantirish, sud ishlarini yuritishni og‘ishmay amalga oshirish, sud hujjatlari aylanmasini tashkil etish, shuningdek, sudga murojaat qiluvchlarning protsessual majburiyatlari bajarilishini ta’minlash, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual mas’uliyatini yanada oshirish, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarni amalga oshirilgan protsessual harakatlari uchun moddiy rag‘batlantirish va boshqa sudga oid harakatlari uchun tushum bo‘ladigan, undiriladiga, to‘lanadigan, taqsimlanadigan va sarflanadigan mablag‘larga sud xarajatlari deyiladi. Qisqacha qilib ayganda, sud xarajatlari bu fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qonunda belgilangan tartibda to‘lanadigan xarajatlarga aytiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 13-bobi “Sud xarajatlari” deb nomlanib, 127-moddadan boshlab 142-moddalarni o‘z ichiga oladi. Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iboratdir. Davlat boji “Fuqarolik protsessual kodeksi”ga binoan: “Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.”1 1 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 128-moddasi
II.
Asosiy qism:
 
 
1.Davlat boji
Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik
va (yoki)  bunday  harakatlar  uchun  vakolatli  muassasalar  va (yoki)  mansabdor
shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.2
Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
I.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan;
II.
Davlat  boshqaruv  organlarining,  ma’muriy-huquqiy  faoliyatni  amalga
oshirishga  vakolatli  bo‘lgan  boshqa  organlarining,  va  ular  mansabdor
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan
(shikoyatlardan);
III.
Alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan;
IV.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish
to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish
to‘g‘risidagi  ajrimlar  ustidan  beriladigan  apellyatsiya,  kassatsiya
shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan;
V.
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorlari  yuzasidan  nizolashish  haqidagi
arizalardan;
VI.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berish to‘g‘risidagi arizalardan;
VII.
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorlari  yuzasidan  nizolashish  haqidagi,
hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari
ustidan  beriladigan   apellyatsiya,  kassatsiya  shikoyatlaridan  va  nazorat
tartibidagi shikoyatlardan;
VIII.
Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal
qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;
IX.
Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal
qiluv  qarorinin  tan  olish  va  ijroga  qaratish  to‘g‘risidagi  ishlar  yuzasidan
2 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 3-
moddasi
Logotip
II. Asosiy qism: 1.Davlat boji Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.2 Davlat boji quyidagilardan undiriladi: I. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan; II. Davlat boshqaruv organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarining, va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan); III. Alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan; IV. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; V. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan; VI. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan; VII. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; VIII. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan; IX. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan 2 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 3- moddasi
fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  ajrimlari  ustidan  beriladigan   apellyatsiya,
kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan;
X.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini  va
ko‘chrma nusxalarini berganlik uchun va boshqalar.
Davlat boji ariza, da’vo arizasi shikoyat sudga berilgunga qadar to‘lanadi,
agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini
to‘lashdan  ozod  qilingan,  davlat  boji  to‘lash  kechiktirilgan  yoki  bo‘lib-bo‘lib
to‘lanadigan hollarda).    
Davlat  bojini  naqd  pulsiz  shaklda  to‘laganligi  fakti  qog‘ozdagi  yoki
elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tadiqlanadi.
Davlat bojini naqd pulsiz shaklida to‘laganligi fakti:
 Bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi  kvitansiya
bilan;
 Belgilangan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat
organi va tashkilotning kvitansiya bilan tadiqlanadi.
Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo‘yiocha sudga
ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada
belgilanadi va undiriladi.
Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir necha arizalar bo‘yicha
davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi
ishlardan  biriga  ilova  qilinadi.  Qolgan  ishlarga  sudya  tomonidan  to‘lov
topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan asosda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib
qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida belgi
qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi).
Davlat boji quyidagi umumiy asoslarda undiriladi:3 
1) Qarshi da’vo arizalaridan;
2) Uchinchi  shaxslarning  ishga  mustaqil  da’vo  talablari  bilan  kirishganligi
to‘g‘risidagin arizalardan;
3 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 19-
moddasi
Logotip
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; X. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chrma nusxalarini berganlik uchun va boshqalar. Davlat boji ariza, da’vo arizasi shikoyat sudga berilgunga qadar to‘lanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan, davlat boji to‘lash kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan hollarda). Davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tadiqlanadi. Davlat bojini naqd pulsiz shaklida to‘laganligi fakti:  Bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan;  Belgilangan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kvitansiya bilan tadiqlanadi. Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo‘yiocha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi. Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir necha arizalar bo‘yicha davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan to‘lov topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan asosda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi). Davlat boji quyidagi umumiy asoslarda undiriladi:3 1) Qarshi da’vo arizalaridan; 2) Uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan kirishganligi to‘g‘risidagin arizalardan; 3 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 19- moddasi
3) Ishga kirishgan da’vogarning huquqiy vorisidan, agar da’vogar tomonidan boj
to‘lanmagan bo‘lsa.
Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji rekvizitlari Toshkent shahri
Shayxontoxur  tumani  kodi  26277,  shaxsiy  g‘azna  hisobvarag‘i
4014108600262773422956011.
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan
baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol
bo‘lsa da’voning bahosini sudya belgilaydi.
Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat
bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish
chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi
undiriladi yoki tamomlagan hollarda qaytarilmaydi.
To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan
talablaridan voch kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda
qaytarilmaydi.
Arz qilingan talablar ko‘paytirilgandayetishmayotgan summa da’voning
ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi.
Masalan, Da’voning bahosi quyidagicha belgilanadi:
1) pul undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - undiriladigan summaga
qarab;
2)  mol-mulkni  talab  qilib  olish  to‘g‘risidagi  da’volar  bo‘yicha  -  talab
qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab;
3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da’volar bo‘yicha - barcha talablarning
umumiy summasiga qarab;
4) aliment undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 1 yillik to‘lovlarning
yig‘indisiga qarab;
5)  muddatli  to‘lovlar  va  pul  berish  to‘g‘risidagi  da’volar  bo‘yicha  -
to‘lovlarning yoki beriladigan pullarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yillik
yig‘indisiga qarab;
Logotip
3) Ishga kirishgan da’vogarning huquqiy vorisidan, agar da’vogar tomonidan boj to‘lanmagan bo‘lsa. Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji rekvizitlari Toshkent shahri Shayxontoxur tumani kodi 26277, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i 4014108600262773422956011. Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa da’voning bahosini sudya belgilaydi. Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi undiriladi yoki tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voch kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. Arz qilingan talablar ko‘paytirilgandayetishmayotgan summa da’voning ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. Masalan, Da’voning bahosi quyidagicha belgilanadi: 1) pul undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - undiriladigan summaga qarab; 2) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; 3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da’volar bo‘yicha - barcha talablarning umumiy summasiga qarab; 4) aliment undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 1 yillik to‘lovlarning yig‘indisiga qarab; 5) muddatli to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlarning yoki beriladigan pullarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yillik yig‘indisiga qarab;
6) muddatsiz yoki umrbod to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar
bo‘yicha - to‘lovlarning yoki pullarning 3 yil ichidagi yig‘indisiga qarab;
7) to‘lovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud ko‘paytirish to‘g‘risidagi
da’volar  bo‘yicha  -  to‘lovlar  yoki  beriladigan  pullar  kamaytiriladigan  yoki
ko‘paytiriladigan summaga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik summaga qarab;
8) to‘lovlarni yoki pul berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha -
qolgan to‘lovlar yoki pullar yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik yig‘indisiga
qarab;
9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi
da’volar  bo‘yicha  -  shartnoma  amal  qilishining  qolgan  muddatida  mulkdan
foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yil
ichidagi to‘lovlarning yig‘indisiga qarab;
10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik
huquqi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu
miqdor  kadastr  qiymatidan,  bunday  baho  bo‘lmaganida  esa,  majburiy  sug‘urta
bahosidan kam bo‘lmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar bo‘yicha esa -
imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar arizachi qonunga ko‘ra davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan va
arizda uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib – bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mabjud
bo‘lmasa, shuningdek, pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya arziani qayarish
haqida ajrim chiqarishi shart.4 Ajrimda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta
xarajatlari summasi ko‘rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng
takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi shart.
2.   Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar
 
 
Sudda  ishlar  ko‘rilishida  faqat  davlat  boji  emas,  balki  ish  ko‘rish
davomida vujudga keladigan chiqimlar ham undiriladi. Davlat boji sudga murojaat
qilish jarayonida undirilsa va qonunda belgilangan imtiyozli holatlardan tashqari,
undirilishi majburiy bo‘lgan (hattoki da’vogar ozod qilingan bo‘lsa, javobgardan
undirishga yo‘l qo‘yiladi) bo‘lgan xarajat turi sanaladi.
4 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 195-moddasi
Logotip
6) muddatsiz yoki umrbod to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlarning yoki pullarning 3 yil ichidagi yig‘indisiga qarab; 7) to‘lovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud ko‘paytirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki ko‘paytiriladigan summaga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik summaga qarab; 8) to‘lovlarni yoki pul berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - qolgan to‘lovlar yoki pullar yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik yig‘indisiga qarab; 9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi da’volar bo‘yicha - shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yil ichidagi to‘lovlarning yig‘indisiga qarab; 10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho bo‘lmaganida esa, majburiy sug‘urta bahosidan kam bo‘lmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar bo‘yicha esa - imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar arizachi qonunga ko‘ra davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan va arizda uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib – bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mabjud bo‘lmasa, shuningdek, pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya arziani qayarish haqida ajrim chiqarishi shart.4 Ajrimda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi ko‘rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi shart. 2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar Sudda ishlar ko‘rilishida faqat davlat boji emas, balki ish ko‘rish davomida vujudga keladigan chiqimlar ham undiriladi. Davlat boji sudga murojaat qilish jarayonida undirilsa va qonunda belgilangan imtiyozli holatlardan tashqari, undirilishi majburiy bo‘lgan (hattoki da’vogar ozod qilingan bo‘lsa, javobgardan undirishga yo‘l qo‘yiladi) bo‘lgan xarajat turi sanaladi. 4 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 195-moddasi
Davlat  boji  hamma  da’vo  talablari  (mulkiy  va  nomulkiy  turlari)ga
nisbatan qat’i belgilangan bo‘lib, uni undirish shart.  Ishni ko‘rish bilan bog‘liq
bo‘lgan chiqimlar ham Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda undirishga yo‘l
qo‘yil;adi. Agar ishni ko‘rish davomida ko‘rsatilgan chiqimar sarflangan bo‘lsa,
umda undirishga yo‘l qo‘yiladi.
Masalan,  Hamma  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  sud  majlisini  videokonferensaloqa
rejimida  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  vujudga  kelmaydi.  Ammo  sud
xabarnomalarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari deyarli barcha fuqarolik
ishlari bo‘yicha amalga oshiriladi va undiriladi. 
Ishni  ko‘rish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  chiqimlar  jumlasiga  quyidagilar
kiradi:5
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim
bo‘lgan summalar;
2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
3)  Fuqarolik  Protsessual  Kodeksning 165-moddasida nazarda  tutilgan
hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta
xarajatlari;
4)  sud  majlisini  videokonferensaloqa  rejimida  o‘tkazish  bilan  bog‘liq
xarajatlar;
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Pochta  xarajatlarining  summasi  sud  tomonidan  belgilanadi,  biroq  bu
summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va
sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
Sud  majlisini  videokonferensaloqa  rejimida  o‘tkazish  bilan  bog‘liq
xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan
ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra Fuqarolik Protsessual Kodeksga muvofiq undiriladi.
3.   Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar
 
 
5 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 132-moddasi
Logotip
Davlat boji hamma da’vo talablari (mulkiy va nomulkiy turlari)ga nisbatan qat’i belgilangan bo‘lib, uni undirish shart. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar ham Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda undirishga yo‘l qo‘yil;adi. Agar ishni ko‘rish davomida ko‘rsatilgan chiqimar sarflangan bo‘lsa, umda undirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, Hamma fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar vujudga kelmaydi. Ammo sud xabarnomalarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari deyarli barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha amalga oshiriladi va undiriladi. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:5 1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; 2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; 3) Fuqarolik Protsessual Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; 31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari; 4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; 5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim. Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra Fuqarolik Protsessual Kodeksga muvofiq undiriladi. 3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar 5 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 132-moddasi
①  Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish;
② Sud xarajatlarini bo‘lib - bo‘lib to‘lash;
③ Sud xarajatlari miqdorlarini kamaytirish;
④ Depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritish;
⑤ Qonunda belgilangan hollarda davlat bojini to‘lashni kechiktirish;
⑥ Davlat bojidan ozod qilish
⑦ Davlat bojini qaytarish;
⑧ Yo‘qotilgan vaqt uchun haq undirish;
⑨ Xarajatlar o‘rnini qoplash;
⑩ Sud xarajatlarini taqsimlash.
Sud xarajatlarga doir imtiyozlarni qo‘llashda e’tibor qaratiladi:
Oilaviy ahvoli:
1. Voyaga yetmagan farzandlari;
2. Qaramog‘idagi boshqa 
boqimandalari.
Mulkiy ahvoli:
1. Ish haqi (daromadi);
2. Bankda mablag‘lari mavjudligi;
3. Egaligidagi mulklar.
Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning
miqdorlarini kamaytirish:6
Davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda
yo‘l qo‘yiladi.
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining
davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki  
bo‘lib-bo‘lib  to‘lashga  yo‘l  qo‘yishi,  shuningdek  bu  xarajatlarning  miqdorini
kamaytirishi mumkin.
Masalan,  Da’vogar  tuman  fermer,  dehqon  xo‘jaligi  va  tomorqa  yer  egalari
kengashining javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘liga nisbatab o‘zboshimchalik
bilan qurilgan bino-inshootlarni buzish va yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoriga
qaytarish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  fuqarolik  ishi  bo‘yicha
chiqarilgan hal qiluv qarorida keltirilgan:
6 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 133-moddasi
Logotip
① Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish; ② Sud xarajatlarini bo‘lib - bo‘lib to‘lash; ③ Sud xarajatlari miqdorlarini kamaytirish; ④ Depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritish; ⑤ Qonunda belgilangan hollarda davlat bojini to‘lashni kechiktirish; ⑥ Davlat bojidan ozod qilish ⑦ Davlat bojini qaytarish; ⑧ Yo‘qotilgan vaqt uchun haq undirish; ⑨ Xarajatlar o‘rnini qoplash; ⑩ Sud xarajatlarini taqsimlash. Sud xarajatlarga doir imtiyozlarni qo‘llashda e’tibor qaratiladi: Oilaviy ahvoli: 1. Voyaga yetmagan farzandlari; 2. Qaramog‘idagi boshqa boqimandalari. Mulkiy ahvoli: 1. Ish haqi (daromadi); 2. Bankda mablag‘lari mavjudligi; 3. Egaligidagi mulklar. Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning miqdorlarini kamaytirish:6 Davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin. Masalan, Da’vogar tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘liga nisbatab o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni buzish va yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoriga qaytarish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorida keltirilgan: 6 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 133-moddasi
3. Javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘lidan da’vogar tuman fermer, dehqon
xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining foydasiga dastlab pochta xarajatlari
uchun to‘langan 15 610 so‘m undirilsin.
Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi:7
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim
bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun
zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan
sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf
tomonidan  berilgan  bo‘lsa  yoki  guvohlarni,  ekspertlarni,  mutaxassislarni,
tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga
oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza
sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud
tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok
etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga
o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga quyidagilar davlat bojini to‘lashdan
ozod qilinadi:8
1) Da’vogarlar - ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari
munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) Da’vogarlar - alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
3) Da’vogarlar -  mehnatga mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan...
Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:9
i. Davlat  boji  qonun  hujjatlarida  talab  qilinganidan  ortiqcha  miqdorda
to‘langanmida;
7 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 135-moddasi
8 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 
8-moddasi;
9 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 
18-moddasi;
Logotip
3. Javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘lidan da’vogar tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining foydasiga dastlab pochta xarajatlari uchun to‘langan 15 610 so‘m undirilsin. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi:7 Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo‘lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga quyidagilar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:8 1) Da’vogarlar - ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 2) Da’vogarlar - alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan; 3) Da’vogarlar - mehnatga mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan... Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:9 i. Davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanmida; 7 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 135-moddasi 8 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 8-moddasi; 9 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 18-moddasi;
ii. Sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad
etganda,  shuningdek,  notarius  notariat  harakatlarni  amalga  oshirishni  rad
etganda;
iii. Apellyatsiya,  kassatsiya  va  nazorat  shikoyati  qaytarilganda  yoki  uni  qabul
qilishni rad etganda...
Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash:10
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu
tarafga  ikkinchi  tarafdan,  garchi  bu  taraf  davlat  daromadiga  tushadigan  sud
xarajatlarini  to‘lashdan  ozod  etilgan  bo‘lsa-da,  ish  bo‘yicha  qilingan  hamma
xarajatlarni undirib beradi.
Agar  arz  qilingan  talablar  qisman  qanoatlantirilgan  bo‘lsa,  ushbu
moddada  ko‘rsatilgan  summalar  javobgardan  da’vogarga  talablarning  sud
tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar
arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.
Da’vogarning  talablari  u  sudga  murojaat  qilganidan  so‘ng  javobgar
tomonidan  ixtiyoriy  ravishda  qanoatlantirilganda  sud  xarajatlari  javobgarning
zimmasiga yuklatiladi.
Agar  da’vogar  tomonidan  neustoykani  undirish  haqidagi  talab  asosli
ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud
xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim
bo‘lgan  neustoyka  summasidan  kelib  chiqqan  holda,  javobgarning  zimmasiga
yuklatiladi.
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar,
shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini
ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman
qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan
shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib
ravishda undiriladi.
10 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 138-moddasi.
Logotip
ii. Sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek, notarius notariat harakatlarni amalga oshirishni rad etganda; iii. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilishni rad etganda... Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash:10 Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. 10 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 138-moddasi.