SUG‘ORISH SHAHOBCHALARINI JOYLASHTIRISH SXEMASI VA ULARNI SUV O‘TKAZISH QOBILYATINI ANIQLASH
Yuklangan vaqt
2024-04-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
3,5 MB
SUG‘ORISH SHAHOBCHALARINI JOYLASHTIRISH SXEMASI
VA ULARNI SUV O‘TKAZISH QOBILYATINI ANIQLASH
Qishloq xo‘jalik ekinlarni suv bilan ta’minlashda dalalarda olingan
sug‘orish
shaxobchalariga
alohida
e’tibor
beriladi.
Sug‘orish
shaxobchalarining talabga javob berishi ko‘p jihatdan uni joylashtirilish
tartibiga ham bog‘liq. Sug‘orish shahobchasi dalaning kattaligidan kelib
chiqib, uni suv bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir
qatorda sug‘orish shahobchasida suvning isrofgarchiligini juda kam va uni
etkazib berish imkoniyati yuqori bo‘lishi kerak. Sug‘orish shahobchalari
olishda yerdan foydalanish darajasi va texnika vositalarini ishlashi, harakati
kabi jarayonlar hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Sug‘orish shahobchalarini joylashtirish dalalar maydoni, uning re’lefi,
tuproq va xo‘jalikdagi mavjud sharoitdan kelib chiqib belgilanadi. Sug‘orish
shahobchalari foydalanishga qarab muvaqqat (o‘q ariqlar, beshamaklar,
egatlar, pollar, jo‘yaklar va cheklar) va doimiy (beton novlar, beton
qoplamali kanallar, yer o‘zanli ariqlar) turlarga bo‘linadi (5-rasm).
5-rasm. Lotoklar va ulardagi suv sathi: a-eleps shaklidagi; b-parabola
shaklidagi.
Qishloq xo‘jalik texnikasini yaxshi ishlashi uchun sug‘oriladigan dalalar
uzunligi 500 dan 1200 metrgacha va eni 500-700 metr qilib olinishi kerak.
Muvaqqat sug‘orish shahobchalari sug‘oriladigan dalaga nisbatan
uzunasiga yoki ko‘ndalangiga olinishi mumkin. Agar sug‘orish shahobchasi
dalaning uzunasiga olinsa bunda bo‘ylama sxema hosil bo‘ladi,
ko‘ndalangiga olinsa ko‘ndalang sxema hosil bo‘ladi. Muvaqqat sug‘orish
shahobchalarni bo‘ylama (5-rasm) yoki ko‘ndalang (6-rasm) sxemada
joylashtirda joyning nishabligi katta ahamiyatga ega. Кichik nishablikka ega
bo‘lgan dalalarda sug‘orish shahobchalari bo‘ylama sxemada joylashtiriladi.
6-rasm. Muvaqqat sug‘orish shahobchasini bo‘ylama joylashtirish
sxemasi
O’rtacha qiyalikdagi dalalarda (i0,002-0,008) sug‘orish shahobchalarini
bo‘ylama va ko‘ndalang sxemalarda joylashtiriladi. Bunday xolatda sug‘orish
shahobchalarini o‘rniga yopiq sug‘orish tarmoqlaridan ham foydalanish yaxshi
natija beradi. Nishabligi katta dalalarda (i0,008) sug‘orish shahobchalari
ko‘ndalang holda joylashtiriladi.
Sug‘orish shahobchari bo‘ylama joylashtirilgan suv muvaqqat ariqdan o‘qariqlarga
va undan egatlarga taqsimlanadi, ko‘ndalangda esa suv o‘qariqdan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri egatlarga taqsimlanadi.
7-rasm. Muvaqqat sug‘orish shahobchasini ko‘ndalang
joylashtirish sxemasi
Sug‘orish shahobchasi ko‘ndalang ko‘rinishda joylashti-rilganda o‘qariqlar soni
egat uzunligiga qarab belgilanadi va ularni uzunligi sug‘oriladigan dalaning eniga
teng qilib olinadi.
Sug‘orish shahobchalari bo‘ylama sxemada joylashtirilganda muvaqqt ariqlar
orasidagi masofa 70-200 metr qilib olinadi va uning suv sarfi 40-60 l/sek, atrofida
bo‘lish kerak. Sug‘orish shahobchasi ko‘ndalang joylashtirilganda o‘qariqdagi suv
sarfi 40 l/sek va ba’zan undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Doimiy sug‘orish tarmog‘idan (beton novlar, beton qoplamali kanallar, er
o‘zanli ariqlar) o‘tayotgan suvning sathini hisoblashning bir necha usuli mavjud
bo‘lib, ulardan gidrometrik parrak (vertushka) va pukak ususli keng ko‘lamda
qo‘llaniladi.
Sug‘orish tarmog‘idan o‘tayotgan suv sathini aniqlashda gidrometrik parrak
(vertushka) bo‘lmaganda pukak usulidan foydalanish mumkin. Bu usulda yo‘l
qo‘yiladigan xato 7-10 foizni tashkil qiladi.
a) Parabola shaklidagi sug‘orish tarmoqlardan suv sarfini aniqlash.
Pukak yordamida suvning tezligini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Dastlab suvni tezligini o‘lchash uchun kuzatish joyi tanlab olinadi. Bu yuqori va
qo‘yi kuzatish nuqtasidan iborat bo‘ladi. Кuzatish nuqtasi masofasini tanlash
suvning oqish tezligiga bog‘liq.
Agar ariqdagi suvning tezligi 0,5 l/sek. dan kichik bo‘lsa suvni tezligini o‘lchash
uchun talab qilingan masofa 12 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, 0,5 l/sek. dan – 3
m/sek. gacha bo‘lsa 18 metrdan kam bo‘lmagan masofa talab qilinadi.
Yuqori kuzatish nuqtasidan 3-4 pukak (diametri 6-8 sm bo‘lgan yog‘och
halqachalar) suvga birin-ketin tushiriladi va sekundomer yordamida tushirilgan
vaqt qayd etiladi hamda 7-jadvalga yoziladi. Ariq yoki lotokning 2-3 joyidan uning
chuqurligi o‘lchanadi va quyidagi formula yordamida o‘rtacha chuqurligi
hisoblanadi:
1
2
3
'
,
3
o rt
h
h
h
h
m
bu yerda:: h1–birinchi o‘lchashdagi suvning sathi,m;
h2 – ikkinchi o‘lchashdagi suvning sathi, m;
h3 - uchinchi o‘lchashdagi suvning sathi, m.