O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Moliya” Fanidan
KURS ISHI
Mavzu:
SUG'URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent-2023
REJA:
KIRISH
3
1. Sugurta bozorini iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
7
2. Sug’urta bozorining amaldagi xolatini tahlili
16
3.Sug’urta bozorini rivojlantirish yo’llari
28
Xulosa
39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
40
KIRISH
Hozirgi kunda Respublikamizda moliya bozorini yanada rivojlantirish,
aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish,
sug‘urta tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada
iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. So`nggi
yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion
g`oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo`llab-quvvatlash orqali aholiga munosib
hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni
ta‘minlash hamda ularni sug’urta orqali himoya qilish bo`yicha keng ko`lamli ishlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Xalqimizning qadimiy kasb-hunar an‘analari, ishbilarmonlik salohiyati
oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati
turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda
qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va
zaxira mavjudligidan dalolat beradi va ushbu sohani rivojlantirish hamda turli
xildagi kutilishi mumkin bo’lgan zarar miqdorini kamaytirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan turli qonun, qaror, va me’yoriy
hujjatlar qabul qilinib amaliyotga joriy etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori asosida
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi negizida tashkil
etilgan. Agentlik sug‘urta bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli
davlat
organi hisoblanadi
hamda
sug‘urta
munosabatlari barcha
ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi,
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot beradi.
Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari sug‘urta bozorining
barcha professional ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini
rivojlantirish agentligi o’z vazifasi doirasida shaffoflikni ta’minlash, sug‘urta
madaniyatini oshirish, kadrlar tayyorlashga ko’mak, normativ talablarni belgilash,
qonuniy faoliyat nazorati, sug‘urtalovchilar hisobini yuritish, sug‘urta turlarini
kengaytirish, litsenziyalash va sertifikatlash, xalqaro aloqalar o‘rnatish kabi ishlarni
nazoratini amalga oshiradi hamda sug’urta bozori professional ishtirokchilari
o’rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish vazifasini o’z zimmasiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-
sonli qaroriga ko’ra sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining o‘rta-maxsus
ma’lumoti va 2 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarini sohaga ixtisoslashgan
oliy ta’lim muassasalarining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va
kechki bo‘limlarga test sinovlari o‘tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan
tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish belgilangan.Unga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun “Sug‘urta ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
sirtqi shaklida o‘qishga kirish uchun suhbatda qatnashishga tavsiya etilgan sug‘urta
bozori professional ishtirokchilari xodimlari ro‘yxati tasdiqlanib, sohaga
ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga yuborildi.
Agentlik tomonidan sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etiladi va bu kabi amaliy
ishlar doimiy ravishda olib boriladi.
Ma’lumot uchun: belgilangan tartibga muvofiq o‘qishga qabul qilingan
sug‘urta bozori professional ishtirokchilari xodimlarining to‘lov-kontraktlari butun
o‘qish davri uchun sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi hamda xodim
o‘qishini bitirgandan so‘ng mazkur sug‘urta tashkiloti shtatida uch yil ishlab berish
majburiyatini oladigan bo’ldi. Bundan tashqari sug’urta faoliyatiga tegishli quyidagi
qonun hujjatlari qabul qilingan. Ular: «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni 2022-yil 25-fevral; «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor
qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2021-yil 15-
iyul; «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2015-yil 28-noyabr; ««Ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2009-yil 17-aprel; «Transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2008-yil 23-oktabr; va shu kabi qonun va
farmonlarni o’z ichiga oladi. Moliya vazirligi huzuridagi SUG‘URTA BOZORINI
RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI O’zbekiston resspublikasi Prezidentining PF-269
-sonli farmoniga muvofiq veb-sayt tashkil etilib sohadagi yangilik va o’zgarishlar
hamda faoliyat yuzasidan murojatlarni ko’rib chiqadi. 2022-yil davomida
Agentlikka fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning tahliliy natijalari
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-
dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4904-sonli
Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Agentlik tomonidan tasdiqlangan chora-
tadbirlar rejasiga ko‘ra, tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2022-yil
davomida mamlakatimizning barcha hududlaridan jami 1897 ta kelib tushgan
bo‘lib, shulardan 76 tasi yuridik shaxslar va 1821 ta jismoniy shaxslar xissasiga
to‘g‘ri keladi. Murojaatlarning 670 tasi ixtiyoriy sug‘urta, 1144 tasi majburiy
sug‘urta turlariga tegishli bo‘lsa, 83 tasi boshqa masalalarga tegishli ekanligi
aniqlandi.Mazkur murojaatlar Agentlik tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib,
shulardan 910 ta murojaat sug‘urta tashkilotlari tomonidan ijobiy hal qilingan o‘z
vaqtida to‘lanmasdan kelinayotgan holatlar bo‘yicha 8 753,3 mln. so‘m miqdorida
sug‘urta qoplamasi to‘lab berilishi ta’minlandi.Sug‘urta tashkilotlari tomonidan
murojaatlarning 199 tasi yuzasidan shartnoma shartlariga to‘g‘ri kelmaganligi
tufayli qonunchilikda belgilangan tartibda rad javobi berilgan, 703 ta murojaatdagi
masala va muammolar yuzasidan esa huquqiy tushuntirishlar berilgan. Ayni paytda
esa 85 ta murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda. Sug‘urta sohasiga tegishli bo‘lgan har bir
qonun va qarorlarning mazmun mohiyati, uning ijrosi yuzasidan amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan
Agentlik mas’ul xodimlarining intervyulari OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali
muntazam ravishda jamoatchilikka taqdim qilinmoqda. Shuningdek, Agentlik
tomonidan tasdiqlangan reja dasturga asosan sug‘urta tashkilotlarining rahbarlari
ishtirokida Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Andijon,
Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Toshkent, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari aholisi
va tadbirkorlarining sug‘urta masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish,
ularni hal etish va huquqiy maslahatlar berish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 15 ta jismoniy va 14 ta yuridik shaxslarning
murojaatlari ko‘rib chiqilib, sug‘urta kompaniyalari tomonidan turli sabablarga
ko‘ra sug‘urta to‘lovlari kechiktirilayotgan 7 ta holat bo‘yicha jami 87,2 mln
so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lovi amalga oshirildi. Qolgan 19 ta holat bo‘yicha
tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.
1. Sugurta bozorini iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
Sug‘urta bozori – bu sug‘urta holatlari ro‘y berganda jismoniy va yuridik
shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan
himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy
munosabatlar yig‘indisi. Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta
xizmatlariga
ehtiyoj
(talab)
va
bu
ehtiyojlarni
qondirishga
layoqatli
sug‘urtalovchilarning mavjudligidir.
1-jadval SUG'URTA bozorining asosiy ko'rsatkichlari (https://imda.uz/oz/)
Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urtada ikki tendensiya amal qilmoqda:
sug‘urtalovchilarning ixtisoslashuvi va universallashuvi, ya’ni ma’lum sug‘urta
kompaniyalari sug‘urtaning deyarli barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni
yo‘lga qo‘yib o‘z faoliyatlarini kengaytirsalar, boshqa bir kompaniyalar
sug‘urtaning ma’lum bir turlari bo‘yicha ixtisoslashib ushbu xizmat turini
mukammal o‘zlashtirib olmoqdalar. Bu yo‘nalishlarning birinchisi bevosita
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining kuchayishi bilan bog‘liqdir: ushbu jarayon
sug‘urta ishida ham obyektiv zarurat tug‘dirmoqda. Sug‘urtalovchilar faoliyatining
universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi
unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p
bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari
iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni
ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori
endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan
mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish
bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar. Shuning uchun ham ular
mumkin qadar ko‘proq turdagi sug‘urta xizmatlarini amalga oshirib ko‘proq
mijozlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar va shart- sharoit yaratadilar.
2-Jadval
O'zbekiston
Respublikasi
sug'urta
bozorining
tuzilishi
(https://imda.uz/oz/)
Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar
soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday
talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur
bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab
etiladi.Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir
vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib
o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar,
tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada
shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi
sababdir.Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir
vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Yuqoridagilardan kelib
chiqib respublikada sug‘urta bozorini rivojlantirish va mavjud muammolarni
bartaraf etish sug‘urta tizimi xodimlari va hukumatning asosiy vazifalaridan biridir
Respublikamizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun bugungi kunda
avvalo quyidagi muammolar va vazifalarni yechish muhimdir:
- hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtaga va uning
xizmatlariga bo‘lgan talabini har tomonlama shakllantirish zarurdir;
- mamlakatimizda sug‘urta sohasidagi bozor mexanizmlarini talab darajasida
qo‘llanilishiga erishish va shu asosda ixtiyoriy sug‘urtalashga sug‘urtalanuvchilarni
jalb etishni talab darajasiga yetkazish zarur;
- respublikamizda ayni paytda mavjud bo‘lgan sug‘urta zahiralarini
investitsiyaga yo‘naltirish ishlarini yanada rivojlantirish va mukammalllashtirish
zarur.
Ayniqsa mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarida kapitalizatsiyaning talab
darajasida emasligi, hali milliy qayta sug‘urtalash bozorini rivojlantirishga kam
e’tibor
berilayotganligi
tufayli
qayta
sug‘urtalashga
xorijiy
sug‘urta
kompaniyalarini jalb etish tendensiyasi saqlanmoqda. Hozirgacha mamlakatimiz
sug‘urta
bozorida
axborotlar
tizimining
taraqqiy
etmaganligi
natijasida
sug‘urtalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy barqaror va
to‘lovga layoqatli sug‘urta kompaniyalarini tanlab o‘zining mol-mulkini, sog‘ligini
sug‘urtalash imkoniyatlari chegaralanib qolganligi sug‘urta faoliyatining keng
rivojlanishi
hamda
takomillashishigaga
to‘siq
bo‘lib
kelmoqda.
3-Jadval. Sug'urtalovchining investitsion faoliyati (https://imda.uz/oz/)
Sug‘urta bozori amal qilishining asosiy sharti, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan
talabning mavjud bo‘lishi va sug‘urtalovchilar bu talabni qondirish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari bilan xarakterlanadi. Demak, sug‘urta bozorining faoliyat ko‘rsatishi
qiymat qonuni hamda talab va taklif qonuni bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
Sug‘urta bozori subyektlarning mustaqil bo‘lishini, ularning o‘zaro teng
imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug‘urta xizmatlarining
oldi-sotdisi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta mahsulotlarini sotib olish, gorizontal hamda
vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi.
Sug‘urta bozori o‘zining tarkibiy jihati bo‘yicha ikki aspektga bo‘linadi,
bular:
- tashkiliy
- huquqiy aspekt;
- hududiy aspektdir.
Tashkiliy-huquqiy aspekt, bu aksionerlik, o‘zaro hamkorlik asosida,
xususiy
va
davlat
sug‘urta
tashkilotlaridan
iborat
bo‘ladi.
4-Jadval hayotni sug'urta qilish sohasidagi sug'urta mukofotlari to'g'risidagi
ma'lumotlar (https://imda.uz/oz/)
Hududiy aspekt esa mahalliy (regional), milliy (respublika, mamlakat va h.k.),
mintaqaviy va jahon sug‘urta bozori ko‘rinishida shakllanadi. Milliy sug‘urta bozori
biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini
qamrab oladi. Bunga O‘zbekiston sug‘urta bozorini misol qilib olishimiz
mumkin, Bugungi kunga kelib O‘zbekiston sug‘urta bozorida 30 ta sug‘urta
kompaniyasi faoliyat yuritishmoqda, shulardan 29 tasi umumiy sug‘urta turlari bilan
shug‘ullanishsa, 1 tasi hayot sug‘urtasi turlari bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek 1
tasi qayta sug‘urtalashni amalga oshiruvchi kompaniya. Xizmat ko‘rsatish nuqtai
nazaridan sug‘urta bozorlari mahalliy sug‘urta bozori va ichki sug‘urta bozoriga,
hamda tashqi va global, ya’ni dunyo sug‘urta bozorlariga bo‘linadi.
Ichki sug‘urta bozorining asosini ma’lum mamlakat ichidagi sug‘urta
munosabatlari tashkil etadi. Ichki sug‘urta bozorining asosiy vazifasi mamlakat
ichkarisidagi sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish hisoblanadi.
Sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish asosan marketing kuzatishlarini
olib borish orqali sug‘urta bozorini o‘rganish, sug‘urta xizmatlarini reklama qilishni
amalga oshirish, talabni aholi o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida shakllantirish orqali
amalga
oshiriladi.
5-Jadval hayotni sug'urta qilish sohasidagi sug'urta to'lovchilar tug'risidagi
ma'lumot l(https://imda.uz/oz/)
Sug‘urta kompaniyasining bozorga mo‘ljallangan, har tamonlanma qulay,
bozorga moslashgan sug‘urta tariflari uning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Sug‘urta bozorining infratuzilmasini takomillashtirib borish orqali har bir
operatsiyadan bozor ishtirokchilari yaxshigina manfaat ko‘rishadi. Shuni takidlash
kerakki, ixcham kompaniya va foyda keltiradigan tarif siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish ichki sug‘urta bozorining muhim vazifasidir, chunki sug‘urta
kompaniyalari o‘z tarif tizimlariga asosan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan bahoni
belgilashga erishadilar.
Tashqi tomondan sug‘urta bozoriga ta’sir etuvchi omillar va ichki omillar
asosida sug‘urta bozoriga ta’sir ko‘rsatib, uning holatini o‘zgartirish mumkin.
Tashqi omillarga, davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy inflyatsiya, valyuta
kursining o‘zgarishi va boshkalarni kiritish mumkin.
Sug‘urta bozori alohida tizim sifatida ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro
birlashishi, spiral shaklida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab dinamikasining
o‘sishida o‘z aksini topadi. Bu tizim chegaralangan emas, chunki tashqi va jahon
sug‘urta bozori hamda ichki sug‘urta bozori bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,
spiralning har bir tuguni ma’lum bir darajada sug‘urta bozorida sug‘urta
xizmatlariga bo‘lgan potensial talabga ta’sir etadi.
Sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalarining o‘z mijozlarini ko‘paytirib
borishi ularga katta miqdorda foyda keltirishi bilan birga, milliy sug‘urta bozorining
rivojlanishiga olib keladi va natijada sug‘urta kompaniyalari xalqaro sug‘urta
bozorlariga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xuddi shunday imkoniyatga
ega bo‘lgan Angliya, AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya kabi
ko‘pgina mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalari transmilliy kompaniyalarga
aylanib, jahon sug‘urta bozorida yetakchilik qilish bilan birga, dunyodagi yetakchi
banklar bilan bir qatorda kredit beruvchi moliyaviy tashkilotlarga aylanib
bormoqdalar. Sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ixtiyoridagi pul mablag‘larini
ssuda kapitali sifatida, pulga ehtiyoj sezgan talabgorlarga ma’lum foiz to‘lash sharti
bilan, kelishilgan muddatga kreditga bermoqdalar. Ssuda operatsiyalari bo‘yicha
ko‘p mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari banklardan keyingi o‘rinni egallab
kelmoqdalar va yirik moliyaviy tashkilotlarga aylanib, iqtisodiyotda yetakchi o‘rinni
egallashga da’vo qilmoqdalar.
Sug‘urta tashkilotlaridan kredit olish banklarga qaraganda ancha qulay
bo‘lib, sug‘urta kompaniyalari kreditni mijozlarga uzoq muddatga mo‘ljallab
berishyapti,
banklarda
esa
bunday
imkoniyat
deyarli
yo‘q.
Sug‘urta
kompaniyalarining berayotgan uzoq muddatli kreditlari qimmatli qogozlar bilan
bog‘langan bo‘lib, bu aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, veksel va
hokazolarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Sug‘urta kompaniyalariga kelib tushadigan badallar va aktivlar hisobidan
hosil bo‘lgan mablag‘larni turli ko‘rinishdagi investitsiyalarga yo‘naltirish,
homiylik ko‘rsatish va depozitlashtirishdan keladigan pullar, hamda boshqa
daromadlar sug‘urta kompaniyalarining investitsiyaga yo‘naltirayotgan mablag‘lari
hajmini yanada oshirish imkonini bermoqda va kredit bozorida sug‘urta
kompaniyalarining mablag‘lariga talab oshib bormoqda.
Sug‘urta bozorining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borishiga ichki
va tashki omillar ta’sir etishini yuqorida ko‘rsatib o‘tdik. Gap shundaki, sug‘urta
bozori davlat tomonidan boshqarilib va nazorat qilib turilishi zarur. Bu rivojlangan
mamlakatlar sug‘urta bozorlarini o‘rganib chiqarayotgan xulosamiz hisoblanadi.
Sug‘urta bozorida davlat qonunlarning buzilishini nazorat etishi, davlat
tomonidan olib borilayotgan sug‘urta siyosatinining sug‘urta kompaniyalari
tomonidan qanday amalga oshirilayotganligini, sug‘urta tariflarining qanchalik
davlat belgilagan me’yorlarga to‘g‘ri kelishini, ularning bozor talabiga moslashtirib
borilayotganligini nazorat qilib borishi lozim. Demak, sug‘urta bozorini faqat
rivojlantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ichki davlat aralashuvi orqali
boshqarilib turishga sug‘urta bozori talab sezadi.
Yaqin
yillarda
O‘zbekistonda
sug‘urta bozorini
rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin deb o‘ylaymiz:
- milliy sug‘urta bozori a’zolarining bozordagi aktivligini oshirish,
bozorning ishonchliligini ta’minlash, sug‘urta faoliyatini nazorat qilishni xalqaro
andozalar darajasida olib borish, sug‘urta faoliyatini tartibga solish bo‘yicha mavjud
me’yoriy hujjatlarni hamda huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- milliy sug‘urta bozori infratuzilmasini yanada takomillashtirish, sug‘urta
bozorining professional ishtirokchilari hisoblangan sug‘urta vositachilari faoliyatini
aktivlashtirish bilan birga milliy sug‘urta bozorida ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha
xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida aktuariylar, auditorlar, assistans
xizmati, adjasterlar va syurveyerlar faoliyatini kengaytirish;
- milliy sug‘urta bozorining rivojlanish darajasini oshirib borib,
uni xalqaro sug‘urta bozori hamda qayta sug‘urtalash tizimiga qo‘shilishiga sharoit
va imkoniyatlar yaratib berish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Sug‘urta bozoridagi munosabatlarni rivojlangan mamlakatlar sug‘urta
bozorlari
va xalqaro sug‘urta
bozori
tajribalaridan
foydalangan holda rivojlantirishga davlatimiz moddiy va huquqiy yordamlarni
amalga oshirishi zarurdir.
Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar
soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday
talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur
bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab
etiladi.Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir
vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib
o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar,
tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada
shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi
sababdir.
2. Sug’urta bozorining amaldagi xolatini tahlili.
Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan
qatnashchilarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli
qaroriga bilan
“Sug‘urta
bozorining
professional qatnashchilari
to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan bo‘lib, unda sug‘urta bozorining professional
qatnashchilarining tarkibi, ularning faoliyatini tashkil qilish tartib hamda shartlari,
shuningdek asosiy funksiyalari belgilab qo‘yilgan.
Nizomga ko‘ra sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokeri,
qayta sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari,
shuningdek assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta
bozorining professional qatnashchilari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta
brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat
ro‘yxatiga olish esa - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar
hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari
tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar
va
sug‘urta
brokerlarining
faoliyati
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar
(litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari
ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:
sug‘urtalovchi
sifatida
sug‘urtalash
va
qayta
sug‘urtalash
operatsiyalarini o‘tkazish;
sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida qatnashish huquqiga ega emas.
Sug‘urta
bozorining
professional
qatnashchilari
o‘z
faoliyatini
muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash hamda umumiy
vazifalarni hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notijorat
tashkilotlar hisoblangan o‘z uyushmalari va ittifoqlarini tuzishga haqlidir.
Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmalari va ittifoqlaridan
sug‘urta bozorini monopoliya qilishga yo‘naltirilgan bitimlarga erishish uchun
foydalanilishi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy
harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va
qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkorlikdagi muhim omil — bu
tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari. Tadbirkor bo‘lish uchun tashqi holatdan
tashqari faqat shaxsan o‘ziga bog‘liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit
to‘la mavjud bo‘lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo‘la olmaydi. Bu uning
ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Bozorni o‘z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan ko‘ra bilish,
bozorning ertangi talabi darajasida ish ko‘rish, har tomonlama bilimdon, sezgir,
o‘tkir bo‘lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli
tabaqadagi aholi talabining o‘zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab
chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o‘zgarib borishi uchun
intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor har tomonlama bilimdon bo‘lmog‘i zarur.
Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo‘lishi mumkin. U zamonaviy texnika,
texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo‘lmasa, orqada qoladi,
raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga
erisha olmaydi. Tadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqelikka
bir xil munosabatda bo‘lib, hammasini o‘z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga
ega bo‘lishi kerak.
SUG‘URTALOVCHILAR
Sug‘urtalovchi - bu tijorat tashkiloti hisoblanadigan, tegishli turdagi
sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta
shartnomasiga muvofiq sug‘urta to‘lovi (sug‘urta puli) to‘lash majburiyatini o‘z
zimmasiga oladigan yuridik shaxs.
Sug‘urtalovchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy
shakllarda tashkil etiladi. Davlat sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tashkil
etiladi.
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urtalash
(qayta sug‘urtalash) shartnomalarini tuzish va bajarish;
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan
tashqarida qayta sug‘urtalash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan
tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) sohasida mutaxassislarning malakasini
oshirish, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligi bilan bog‘liq
bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan
tartibda va shartlarda sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va
ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
qonun
hujjatlariga
muvofiq
sug‘urtalovchi
tomonidan
amalga
oshirilayotgan sug‘urta turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar)ni belgilash;
huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar, tibbiyot, seysmologiya,
veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan sug‘urta
tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni
belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta agentlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari, sug‘urta
bozorining boshqa professional qatnashchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
qonun
hujjatlarida
va
yoki
sug‘urtalash
(qayta
sug‘urtalash)
shartnomasida belgilangan hollarda va tartibda sug‘urta tovonini tiklashni rad etish,
sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda
sug‘urtalanuvchi tomonidan ma’lum qilingan axborotni tekshirish, sug‘urtalanuvchi
tomonidan sug‘urta shartnomasi talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
xorijiy sug‘urtalovchilarga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga berilgan mol-mulkni
sotish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va xorijiy reyting
tashkilotlari reytingini olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Shuningdek,
sug‘urtalovchi
qonun
hujjatlariga
va
o‘zi
tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchilarning huquqlari bilan bir qatorda tegishli majburiyatlari ham
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda
olingan axborotning mahfiyligini ta’minlash;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlari reestrini yuritish;
‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi bo‘yicha qonun
hujjatlarida belgilangan axborotni taqdim etish;
sug‘urta hodisasi yuz berganda qonun hujjatlarida yoki sug‘urtalash (qayta
sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-
kitoblarni amalga oshirish va sug‘urta tovoni to‘lash;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan joyi o‘zgargan
taqdirda
bu
haqdagi
axborotni
ommaviy
axborot
vositalari
orqali
sug‘urtalanuvchilar e’tiboriga yetkazish, o‘zi bajarayotgan bir yildan ortiq muddatli
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasi bo‘yicha esa - yozma shaklda
yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan
tartibda va shartlarda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tekshiruvdan o‘tish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
shakllar bo‘yicha, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini
yuritish, moliyaviy, statistik, soliq axborotini va boshqa axborotni tuzish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
SUG‘URTA VOSITACHILARI
Vositachilar – bu sug‘urtalanuvchilar bilan yaqin bo‘lgan va sug‘urta
xizmatlari bozori kon’yunkturasi o‘zgarishiga operativ moslashuvchi shaxslar.
Sug‘urtada vositachilardan foydalanish sug‘urtalovchilar raqobatini oshirish,
natijada esa, sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini
beradi.
Sug‘urtalovchining akvizitsion faoliyati sug‘urta marketingining asosiy
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga sug‘urta polisini sotish
bilan birgalikda mijozni shartnoma tuzish yoki uni sotilishiga ko‘maklashishning
zarurligiga ishontirish ham kiradi.
Yangi shartnomalarni tuzish, amaldagilarini uzaytirish, sug‘urta polislarini
sotish bo‘yicha barcha akvizitsion faoliyat marketing xizmati tomonidan
muvofiqlashtiriladi.
Sug‘urta polislari sotuvi (shartnomalar tuzish) shartli ravishda sug‘urta
kompaniyalarida, agentliklarida (filiallar, sho‘’ba korxonalar) bevosita sotuv va
alternativ tarmoq (sug‘urta agentlari, brokerlari (maklerlar), vakolatxona va
boshqalar) orqali tarqatish. Amaliyotda sug‘urtalovchilar va sug‘urtalanuvchilar
o‘rtasidagi aloqaning aralash shakli amal qilmoqda. Sug‘urta polislarini sotishning
eng samarali shakli vositachilar orqali komission asosda sotish hisoblanadi.
Ko‘pchilik hollarda vositachilar sifatida sug‘urta agentlari yoki sug‘urta
kompaniyalarining vakillari hamda brokerlar (Angliya, Fransiya va boshq.) yoki
maklerlar (Germaniya, Avstriya va boshq.), qaysiki asosiy vositachilik funksiyasi
«pablik rileyshnz» (omma bilan munosabat)ni bajaruvchi.
Agar sug‘urta polislarini sotish (shartnomalar tuzish) jarayoni akvizitsion
faoliyat (akvizitsiya) deb nomlanar ekan, u holda bu funksiyani bajaruvchi xodimlar
esa, akvizitorlar deyiladi.
Sug‘urta faoliyatidagi asosiy akvizitor bizning mamlakatimizda sug‘urta
agenti hisoblanadi.
Sug‘urta agentlari
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunini 9-
moddasida
sug‘urta
agentlari
(vakillari)ga
quyidagicha
ta’rif
berilgan:
«Sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining
tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs sug‘urta agenti hisoblandi. Sug‘urtalovchining boshqaruv organlari
rahbarlari sug‘urta agenti bo‘la olmaydilar».
Sug‘urta agentlarining bosh majburiyati yangi shartnomalar tuzish va
amaldagilarini yangilash hamda aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini targ‘ibot va
tashviqot qilish hisoblanadi.
Sug‘urta agentlari jismoniy yoki yuridik shaxslar (turli agentliklar, huquqiy
maslahatxonalar, notarial idoralar, oila markazlari va boshq.) bo‘lishi mumkin
bo‘lib, sug‘urta tashkiloti nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta
shartnomalarini tuzish (polislarni sotish) bilan shug‘ullanadi, sug‘urta hujjatlarini
rasmiylashtiradi, alohida hollarda esa sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilishini nazorat
qiladi va inkassalaydi.
Potensial sug‘urtalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli shartnomalar tuzish
ko‘pincha
sug‘urta
agentining
professional
jihatlari:
yakka
va
jamoa
sug‘urtalanuvchilar bilan umumiy til topa olish, sug‘urta mavzusida suhbatlar
uyushtira olish, ko‘rgazmali tashviqotni tarqatish va reklamada (plakatlar,
kalendarlar, bukletlar, videofilmlar, jurnallar va boshq. tarqatish) qatnashishga
bog‘liqdir.
Sug‘urta agenti sifatida ishlash mazkur lavozimga nomzoddan faqatgina
taklif qilinayotgan sug‘urta turlari sohasida, odamlar psixologiyasida chuqur
bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, mehribonlik, hushmuomalalik, suhbatni qo‘llay
olish va suhbatdoshni o‘ziga moslashtira bilish kabi sifatlarga ham ega bo‘lishi
lozim.
Chet el sug‘urta kompaniyalari ishga nomzodga juda yuqori talablarni
qo‘yadilar. Misol uchun, AQShda professional tanlovning mezonlari quyidagilar
hisoblanadi:
-komunikabellik (kirishimlilik) – turli kasb, yosh va ijtimoiy guruh odamlari
bilan oson, hushmuomala hamda o‘ziga mos muloqot qila olish;
-reaksiyaning tezligi, ya’ni har qanday savolga konkret holatdan kelib chiqib
tez javob berish;
-moliyaviy holat – soliq inspeksiyasi tomonidan deklaratsiya qilingan
daromadlar va ularning manbalari bo‘yicha e’tirozlarning mavjud emasligi;umumiy
madaniyat darajasi – kasbiga norasmiy yondashish, gaplarini nazorat qilish: keraksiz
so‘zlarni (aytaylik, xaligi, menimcha, bo‘lsa kerak va boshq.) ishlatmaslik,
so‘zlardagi to‘g‘ri urg‘ular;zararli (yoqimsiz) odatlarning yo‘qligi va tashqi
ko‘rinish;
-muloyimlik.
Agar rahbariyat bilan suhbat bo‘ladigan bo‘lsa, u holda faqatgina taklifdan
so‘ng o‘tirish. Suhbat paytida suhbatdoshning so‘z va mimikasini ko‘zatib borish,
o‘z vaqtida to‘xtay olish (suhbatni to‘xtatish), suhbatdosh gapini bo‘lmaslik va
boshqa.
Sug‘urta agentining husnixati (pocherk), turli hujjatlarni aniq, ravshan,
savodli va xatosiz tulgaza olish ham alohida rol o‘ynaydi, Sug‘urta agentining
polislar, kvitansiyalar va boshqa hujjatlardagi tushunarsiz yozuvlari ko‘pincha
sug‘urtalanuvchilar bilan mojaroga borishga sabab bo‘ladi va oxir oqibatda
sug‘urtalovchining obro‘si(imidj)ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
g‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida, shu jumladan,
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urtaning har qanday turi bo‘yicha
vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda,
sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va shuningdek,
sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘liq hajmda va sug‘urta
shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lanishida zarur yordam berish;
sug‘urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek
uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlarini
olish;
sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur hujjatlarni (sug‘urta polisini)
tayyorlash va rasmiylashtirish;
sug‘urtalanuvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida
sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida sug‘urtalanuvchining shaxsiy
hayotiga halaqit qilmasdan umumiy ma’lum bo‘lgan manbalardan tavakkalchilik va
sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa huquqlar.
Sug‘urta agenti quyidagi majburiyatlarga ega:
sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovonini to‘lashda hujjatlarni,
shuningdek
sug‘urtaga
oid
boshqa
hujjatlarni
to‘g‘ri
va
o‘z
vaqtida
rasmiylashtirishga ko‘maklashishga;
sug‘urta tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan
sug‘urtalash shartlari, litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek
uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlari
to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lish;
sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi
imkoni bo‘lgan axborotlarga ega bo‘lish, unga sug‘urta tavakkalchiligini
pasaytirishga va sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga
yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif etish;
ishda qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Nizom talablariga qat’iy
amal qilish;
sug‘urtalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha sug‘urtalashning
amaldagi shartlari to‘g‘risida batafsil va to‘g‘ri axborot berish;
sug‘urta hujjatlarida nazarda tutilgan rekvizitlarni o‘chirib yozishga,
tozalashga va tuzatishlarga yo‘l qo‘ymasdan tartibli va aniq to‘ldirgan holda
sug‘urta shartnomalarini yangi muddatga to‘g‘ri tuzish va o‘z vaqtida qayta
rasmiylashtirish;
belgilangan shakllar bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan
sug‘urta mukofoti summalari hisobini yuritish; sug‘urta hujjatlarining saqlanishini
ta’minlash;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan holatlarga nisbatan
mahfiylikni saqlash;
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasi mobaynida tavakkalchilik
shart-sharoitlari jiddiy ravishda o‘zgarishiga tegishli har qanday axborot o‘z vaqtida
olinishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari paydo bo‘lganda va ularni tartibga solish
jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida axborotlarning o‘z vaqtida
va sifatli ayirboshlanishini ta’minlash;
tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining topshirig‘i
bo‘yicha va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etish;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni
bajarish.
Sug‘urta agentlari o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq
shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradilar.
Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini faqat o‘zi shartnoma (agent bitimi) tuzgan
sug‘urtalovchining reestriga kiritilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
Sug‘urta agentlari xizmatlariga haq to‘lash sug‘urta agenti bilan tuzilgan
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (to‘lovlar)dan vositachilik
taqdirlash puli shaklida amalga oshiriladi.
Sug‘urta agentlari - jismoniy shaxslar sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z
nomlariga, to‘lovlar amalga oshirilganda esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini,
eri, o‘g‘li, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga hujjatlarni yozishga,
shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzishga va bunda ushbu sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli emas.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari
Sug‘urta brokeri yoki makleri yuridik shaxs bo‘lib, ular sug‘urtalanuvchi
uchun sug‘urta kompaniyasini uning operatsiyalarini moliyaviy barqarorligi,
sug‘urta shartlarini sug‘urtalanuvchi uchun qulayligi va boshqa omillardan kelib
chiqib tanlashda maslahatchi rolini o‘ynaydilar.
Sug‘urta brokerini sug‘urta agentidan asosiy farqi sug‘urtalanuvchi uchun
uning keyingi harakatlarini aniqlab berishdagi malakali mustaqil maslahatchi
bo‘lishi zarurligidadir.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunini 7-
moddasida
sug‘urta
brokerlariga
quyidagicha
ta’rif
berilgan:
«Sug‘urta
qilidiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va
ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik
shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari
bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati
bundan mustasnodir».
Sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining
operativ-moliyaviy faoliyati to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lib, ularni
tartibga solib, taqqoslab va tahlil qilib, broker sug‘urtalanuvchiga uning istagiga
aynan ko‘proq mos keluvchi sug‘urta kompaniyasini tavsiya qiladi. Agar mazkur
sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgudek bo‘lsa, u holda sug‘urta
kompaniyasi broker mehnatiga komission asosda (sug‘urta summasidan foizda) haq
to‘laydi. Chet el amaliyotida brokerning komission rag‘bati brokeredj deb ataladi.
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda broker sug‘urtalanuvchining maslahatchisi
sifatida sug‘urta summasi yoki sug‘urta qoplamasini olishga yordam beradi.
Qayta sug‘urtalash brokeri - o‘z nomidan va sug‘urtalovchining topshirig‘i
bo‘yicha qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish va bajarishni tashkil etish
faoliyatini amalga oshiradigan, qayta sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalanuvchi sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxs.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari sug‘urtalovchilarning ustav
kapitallarida qatnashishga haqli emas.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har qanday
turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek
uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlarini
olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa huquqlar.
Sug‘urtalash
va
qayta
sug‘urtalash
brokerlari
quyidagilarga
majbur hisoblanadi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzish va bajarish
bo‘yicha to‘liq, ishonchli va xolisona axborotni taqdim etish;
mijozning tijorat siri va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni
oshkor qilmaslik;
sug‘urta bitimlari va operatsiyalarini tuzishda mustaqillik va betaraflikka
rioya qilish;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni
bajarish.
Sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) brokeri o‘zi bilan sug‘urtalanuvchi
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi. Sug‘urtalash (qayta
sug‘urtalash) brokerlari xizmatlariga haq to‘lash vositachilik taqdirlash puli shaklida
amalga oshiriladi, uning miqdori shartnomada belgilanadi.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari sug‘urta turlari bo‘yicha
tushuntirish ishlari olib boradilar, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilgan
dasturlar va sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartlarini ularning samaradorligi
yuzasidan tekshiradilar va ulardan eng maqbul variantni tanlab oladilar.
Yuqorida ta’kidlanganlaridan kelib chiqib, brokerning asosiy funksiyalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) sug‘urta predmetini baholash, ya’ni mijoz aynan qaysi sug‘urta turiga
muxtojlik sezayapti va aynan qaysi tavakkalchiliklardan;
2) qator
sug‘urtalovchilarning
xizmatlari
va
moliyaviy
holatlarini
solishtirma tahlil qilish;
3) mijoz uchun, broker nuqtai nazarida, eng ma’qul sug‘urtalovchini tanlash;
4) sug‘urta shartnomasini hujjatli rasmiylashtirish (sug‘urtalanuvchi roziligi
bilan);
5) sug‘urtalanuvchidan sug‘urtalovchiga sug‘urta badallarini o‘z vaqtida
kelib tushishini nazorat qilish;
6) sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta summasi
yoki sug‘urta qoplamalarini olishda maslahatlar va yordam berish.
Amaliyot guvohlik beradiki, sug‘urta tavakkalini to‘g‘ri baholashni faqatgina
sug‘urta tizimida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislargina
amalga oshirishlari mumkin.
3. Sug’urta bozorini rivojlantirish yo’llari
Iqtisodiy islohotlar sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni
taqozo etmoqdaki, buni e’tiborga olgan holda sug‘urta va lizing hamda boshqa
moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish
hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar
va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond
bozorini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “2022-
2026- yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”1da
qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va
sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish hamada mehnat
migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini
sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish masaalasiga e’tibor qaratilgan. Sug‘urta
kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko‘ra 5 ta turi faoliyat yuritadi. Ular
quyidagilar:
davlat sug‘urta kompaniyalarida davlat sug‘urtachi sifatida ishtirok
etadi
xususiy kapital aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarida jismoniy
shaxslarga tegishli ustav kapitaliga ega turli jamiyatlar ko‘rinishida sug‘urtachi
sifatida ishtirok etadi
o‘zaro sug‘urtalash kompaniyalari, bunda nodavlat tashkiliy shakllari
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ulushli asosda o‘z mulkiy manfaatlarini
sug‘urtali himoya qilish maqsadida yaratiladi
sug‘urta faoliyatining nodavlat nafaqa fondlari tashkiliy shakli aholini
ijtimoiy himoya qilishga mo‘ljallangan ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash
kompaniyalari sug‘urta hodisalarini o‘zaro shartnoma asosida qayta sug‘urtalashni
ta’minlaydi
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va
rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi,
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib
turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan
sug‘urta shug‘ullanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil
27-noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor
sug’urtalovchilarning
ustav
kapitaliga
eng
kam
miqdorlar
belgilandi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash
to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi. Ushbu qaror sug’urta
bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug’urta faoliyatining
zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug’urtalaovchilarning moliyaviy
barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va
sug’urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «Maxsus
elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʼgʼrisidagi
yagona nizomni tasdiqlash haqida»gi 80-son Qarori bilan sugʼurta faoliyati
klassifikatoriga qoʼshimcha sugʼurta klasslarini qoʼshish orqali kengaytirildi,
Hayotni sugʼurta qilish sohasiga V-klass “Majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni
sugʼurtalash”, VI-klass “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʼurtasi”, VII-klass
“Kapitalni qaytarish bilan hayotni sugʼurtalash” klasslari kiritilgan boʼlsa, umumiy
sugʼurta sohasiga 18-klass “Tibbiy sugʼurta” klassi kiritildi. Ma’lumki, jahon
amaliyotida yirik tavakkallarni sug‘urtalashda mamlakatdagi bir necha sug‘urta
tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta
sug‘urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo‘lga qo‘yilgan.
Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti.
Qonunosti hujjatlaridagi turli to‘siq va cheklovlar esa, mazkur mablag‘lardan
samarali foydalanish, jumladan, ularni sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitaliga
jalb etish imkonini bermaydi. Bir so‘z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan
normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun
istiqbol eshiklarini yopib qo‘ygan.
Islohotlarning
hozirgi
bosqichida
iqtisodiyotning
barqaror
o‘sishini
ta`minlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo ‘naltirilgan
moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug’urta bozorining rolini
kuchaytirishni va sug’urta vositalarini keng qo ‘llashni taqozo etmoqdaki, ushbu
xususida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish
masalalari bo ‘yicha o ‘tkazgan yig’ilishida quyidagi fiklarni bildirdilar: “Sohaga
nazoratchi emas, ilg’or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha
ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug’urta bozorini
rivojlantiradigan tuzilma kerak” Shu bois, Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta
nazorati davlat inspektsiyasi tugatilib, Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi
tashkil etildi. Shuningdek, sug’urta sohasini o ‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to ‘g’ri keladigan
sug’urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa
2 barobarr oshirish vazifasi qo ‘yildi.
5-Jadval(https://imda.uz/oz/)
2020 - 2022 yillarda O ‘zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini jadal
rivojlantirishning maqsadli ko ‘rsatkichlari
Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalari o‘rganish natijasida
quyidagi xulosalar shakllandi:
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug‘urta bozori nisbatan tez
rivojlanayotgan bo‘lsada, bugungi kun jahon talablariga to‘liq javob bera olmaydi.
Ikkinchidan, sug‘urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin
bo‘lgan aholining aksariyat qismi, sug‘urta haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.
Holbuki, bu sug‘urta turiga talabning ortishi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalanuvchiga
moliyaviy holatini yaxshilashda o‘zining salmoqli xissasini qo‘shadi.
Yuridik shaxslar sug‘urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch
kerak. Jismoniy shaxslarga esa to‘g‘ri ma’lumot. Ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq
bo‘lishi ularni sug‘urtadan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu
jarayonni amalga oshirish uchun sug‘urta bozoriga malakali mutaxasislar talab
etiladi. Sug‘urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug‘urta
ishining mutaxassisi emas. Bir bo‘lim xodimi ikkinchi bo‘lim xodimining faoliyati,
amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotga ega emas. Agentlar faoliyatida ham
xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug‘urtalanmoqchi bo‘lgan shaxsga
sug‘urta xizmatlari to‘g‘ri va to‘liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lmasdan sug‘urtaga bo‘lgan talabning pasayishi va faoliyatga
nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda.
Sug‘urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug‘urta xizmatlarini keng ko‘lamda
reklama qilish samarali natija beradi talab etiladi. Eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy
tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug‘urta xizmatlari
va uning afzalliklari haqida ma’lumot berib turish. Misol uchun sug‘urta xizmatlari
bo‘yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma’lumot tashlash
orqali, aholini sug‘urta kanaliga a’zo qilish va sug‘urta faoliyatining yangiliklaridan
muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin. Ya’ni, aholining sug‘urtaga
bo‘lgan ishonchini ortishini ta’minlash maqsadida sug‘urtaga nisbatan aholining
huquqiy savodxonligini oshirish, ya’ni sug‘urta to‘g‘risida qabul qilingan qonun,
qarorlar to‘g‘risida va sug‘urta faoliyati qonun bilan himoyalanishi to‘g‘risida
mijozlarga muntazam ravishda ma’lumotlar berib borish mumkin. Turkiya
davlatining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.Ma’lumki,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60 sonli Farmoni”da
rivojlangan xorijiy davlatlarda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga oid amaliy tajribasi
batafsil o‘rganish va hukumatga aniq takliflar tayyorlab, uni amaliyotga tadbiq etish
ko‘zda tutilgan etilgan.Mazkur muhim vazifasini amalga oshirish maqsadida qishloq
xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha dunyoda andoza sifatida tan olingan Ispaniya va
Turkiya davlatlari tajribasini o‘zlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan
o‘rganish ishlari amalga oshirildi.Joriy yilning 11-18-dekabr kunlari O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida
Turkiya davlatining qator tashkilotlarida bo‘ldi.Turkiyada qishloq xo‘jaligi
sug‘urtasi bo‘yicha qonun 2005-yilda qabul qilingan bo‘lib, bu yo‘nalishda 16 yillik
tajribaga ega ekanligi, o‘z o‘rnida ushbu davlatning sug‘urtalash bo‘yicha boy
tajribasi dunyoning qishloq xo‘jaligi rivojlangan boshqa davlatlarida, jumladan,
Ozarbayjon va Makedoniya kabi davlatdarda samarali qo‘llanilib kelinayotganligi
hamda yurtimiz iqlimi bilan mutanosibligi kabi jihatlari ayni shu davlatlar
amaliyotini o‘rganish uchun asos sifatida olindi.Ilk uchrashuv Anqara shahrida
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini
rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Burxan Demirok, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari Bekir Engurulular bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Turkiya qishloq
xo‘jaligi sug‘urtalash tizimi, uni rivojlantirishda davlatning ko‘magi, subsidiyalarni
ajratish mexanizmlari ishchi guruh a’zolariga tushuntirildi.
Uchrashuvda ushbu vazirlik tomonidan sug‘urta shartnomalari shakli, har bir
ekin turlari bo‘yicha tariflari, sug‘urta mukofotlarining davlat tomonidan
subsidiyalanadigan miqdorlari tasdiqlanishi alohida ta’kidlandi.
Yana bir muhim jihat shundan iboratki, Turkiya davlatida Qishloq va o‘rmon
xo‘jaligi
vazirligi
tavsiyasiga
ko‘ra
har
yili
ustuvor
yo‘nalishlardagi
sug‘urtalanadigan hosil turlari va subsidiyalar miqdori Prezident tomonidan
tasdiqlanadi.TARSIM – bu sug‘urta tashkilotlari va davlat ishtirokida sug‘urta
sherikchiligi asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs maqomidagi tashkilot bo‘lib,
unda fermerlar sug‘urta tashkilotlariga to‘lagan sug‘urta mukofotlari hamda davlat
tomonidan ajratilgan subsdiya mablag‘lari jamlanib boriladi. Tashkilotni davlat va
nodavlat organlar vakillaridan iborat 7 kishilik Kuzatuv kengashi boshqaradi. Ushbu
tashkilotga qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi 24 ta sug‘urta
shirkatlari a’zo hisoblanadi.TARSIM – bu sug‘urta tashkilotlari va davlat ishtirokida
sug‘urta sherikchiligi asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs maqomidagi
tashkilot bo‘lib, unda fermerlar sug‘urta tashkilotlariga to‘lagan sug‘urta
mukofotlari hamda davlat tomonidan ajratilgan subsdiya mablag‘lari jamlanib
boriladi. Tashkilotni davlat va nodavlat organlar vakillaridan iborat 7 kishilik
Kuzatuv kengashi boshqaradi. Ushbu tashkilotga qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bilan
shug‘ullanuvchi 24 ta sug‘urta shirkatlari a’zo hisoblanadi.Shuningdek, “Bereket
Sigorta” va “Turkey Sigorta” sug‘urta tashkilotlari ekspertlari bilan ham
uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kompaniya vakillari o‘z tajribalaridan kelib chiqqan
holda, sohada erishilgan natijalar bilan o‘rtoqlashdi.Xizmat safarining so‘nggi
kunida Sug‘urta bozori va Pensiya jamg‘armasini rivojlantirish agentligi vakillari
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan muloqotlar natijasida o‘zaro manfaatli
kelishuvlarga erishildi. Turkiya hukumati tomonidan yurtimizda agrosug‘urtani
rivojlantirish yuzasidan har qanday ko‘makka tayyor ekanliklarini bildirishdi.Ishchi
guruh tomonidan tez kunlarda o‘rganilgan xorijiy tajriba asosida qishloq xo‘jaligi
sug‘urtasini takomillashtirish yuzasidan hukumatga takliflar kiritish ko‘zda tutilgan.
Davlatlararo do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilishi va yurtimizda oqilona siyosat
olib borilishi natijasida, bu kabi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqishida
hamda halqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniya qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tajribasini
o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli
Farmonining 136-bandida qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish
belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, shu
jumladan “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi
qonunini qabul qilish vazifasi tegishli vazirlik mas’ullariga yuklatilgan. Mazkur
Farmon ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun joriy yilning 21-noyabridan 25-
noyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta
bozorini rivojlantirish agentligi boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va
“O‘zagrosug‘urta” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh Ispaniyada bo‘lib,
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida mamlakatning rivojlangan
qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha boy tajribasini o‘rganish maqsadida qator
davlat va nodavlat tashkilotlarida rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Bundan ko‘zlangan
asosiy maqsad, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirib, yurtimiz qishloq xo‘jaligi
sohasida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, zamonaviy standartlarga javob bera
oladigan va sohada faoliyat yurituvchi tadbirkor va fermerlarning yetishtirgan
hosillarini turli xavf-xatarlardan himoyalashning yangicha mexanizmlarini
yaratishdan iborat.
Shuni ta’kidlash muhimki, rivojlangan agrar davlatlar tajribalari o‘rganilganida,
Ispaniya davlati qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida 42 yillik boy tajribaga ega
ekanligi, o‘z o‘rnida ushbu davlatning sug‘urtalash tizimi duyoning qishloq xo‘jaligi
rivojlangan boshqa davlatlarida ham andoza sifatida tan olinganligi hamda yurtimiz
bilan iqlimiy mutanosibligi jihatidan yaqinligi hisobga olindi.
Ilk rasmiy uchrashuv Ispaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar
sug‘urta bo‘yicha davlat agentligi (ENESA) rahbari Migel Peres va ijrochi direktor
Karmen Sancheslar bilan bo‘lib o‘tdi. Unda sug‘urtalash bo‘yicha davlat va xususiy
sektor birgalikda faoliyat olib borish mexanizmi tushuntirildi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va raqamli transformatsiya vazirligi huzuridagi Sug‘urta
Kompensatsiyalari konsorsiumi (CCS) direktori o‘rinbosari Xose Antonio Puerto
bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida Konsorsiumning roli va uning
faoliyati haqida ma’lumotlar olindi. Shuni ta’kidlash o‘rinli-ki, yuqori xatarli
sug‘urta risklarni qayta sug‘urtalash bilan shug‘ullanadigan ushbu tashkilotning
analogini O‘zbekistonda ham tashkil etish orqali davlatning katta miqdordagi
moliyaviy yo‘qotishlarini oldini olish mumkin. Shuningdek, “Agroseguro”
kompaniyasi boshqaruvi, “MAPFRE” sug‘urta kompaniyasi va Qishloq xo‘jaligi
kooperativlari federatsiyasida ham o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama
etildi.Bo‘lib o‘tgan muloqotlar natijasida tomonlararo manfaatli natijalarga erishildi
hamda kelgusida agrosug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
1-rasm
Bu borada Ispaniya hukumati vakillari doimo yordamga tayyor ekanligini
bildirdi. Ishchi guruh o‘rganishlarni davom ettirgan holda, sohaga tegishli
islohotlarni amalga oshirish va hukumat darajasida qonunchilikka takliflar berish
uchun Turkiya davlatining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha to‘plangan
tajribasini o‘rganishni rejalashtirgan.
2022-yilning 2-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida
yangi tahrirda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish
maqsadida, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
hamda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi rahbar va mas’ul xodimlar ishtirokida
matbuot
anjumani
o‘tkazildi.Tadbirda
Agentlik
mutasaddilari
tomonidan
ishtirokchilarga “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan amaliyotga joriy
etilayotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston sug‘urta bozorining moliyaviy ko‘rsatkichlari
hamda sug‘urta sohasida qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida
ma’lumot berildi. Xususan, yangi tahrirdagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor
yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli qaroriga muvofiq ishlab
chiqilgan va qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.
3-rasm
Ushbu Qonunning ishlab chiqilishidan asosiy maqsad – to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat
qoidalarini qonun darajasida belgilash va sug‘urta faoliyati sohasidagi
munosabatlarni boshqarishning yagona mexanizmini yaratish hisoblanadi.“Sug‘urta
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun sug‘urta sohasida tajribadan o‘tgan milliy amaliyot va
xalqaro tamoyillarga asoslangan bo‘lib, 10 ta bob va 72 ta moddani o‘z ichiga oladi.
Qonun bilan quyidagi asosiy o‘zgarishlar amaliyotga joriy etilmoqda:
sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida
yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin;
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) aksiyadorlik jamiyati
shaklida tashkil etiladi;
sug‘urtalovchilarning, sug‘urta brokerlarining hamda ular alohida
bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari malaka talablariga muvofiq bo‘lsa
tayinlanadi;
sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining qonuniy manfaatlarini himoya
qilish maqsadida sug‘urtalovchilar belgilangan prudensial normativlarga rioya etishi
shart.
.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining tuzilishi
6-Jadval(https://imda.uz/oz/)
Shuningdek, sug‘urta zahiralarida ham o‘zgarish amalga oshirilgan bo‘lib,
qonunda ogohlantirish chora-tadbirlari zahirasi olib tashlandi.“Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 23-
noyabrda imzolangan hamda 2022-yil 25-fevraldan boshlab kuchga kirgan.
Ko'pgina hollarda, ayniqsa sug'urta qilish uchun katta tavakkalchiliklarni o'z
zimmasiga olgan holda, sug'urtalovchilarning hamkorligi zarur. Bu hamkorlik
qo'shma sug'urta va qayta sug'urtalash shaklida amalga oshiriladi. Sug'urtani xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning bir qismi sifatida tashkil etishning muhim tamoyili
sug'urta sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'lib, u jahon xo'jalik aloqalarini
chuqurlashtirish va kengaytirish sharoitida ob'ektiv zaruratdan kelib chiqadi.
XULOSA
Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishning yagona
modeli sifatida tan olingan bozor iqtisodiyoti avvalo chuqur tahliliy va ilmiy
asoslangan yechimlarni talab etadi.
Sug'urta bozoridagi raqobat turlari. Sug'urta bozorida raqobatning mohiyati
va roli. Kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlari Bozor islohotlarining boshlanishi
bilan Rossiya bozori sug'urta xizmatlari barqaror o'sish sur'atini ko'rsatmoqda. Faol
o'sish bosqichida bo'lgan Rossiyada sug'urta tizimini rivojlantirish uchun davlatda
ham, sug'urta xizmatlari bozorini faollashtirishning samarali ma'muriy va iqtisodiy
usullari ham zarur. mintaqaviy darajalar, bu, bir tomondan, sug'urta sifatida
foydalanish imkonini beradi moliyaviy vosita aholi, tadbirkorlik sub'ektlari va davlat
manfaatlarini himoya qilish, byudjet yukini kamaytirish, ikkinchi tomondan,
sug'urta kompaniyalari mablag'larini samarali jalb qilish; moliya institutlari
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va
barqaror ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun sug‘urta qoplamasini ta’minlash,
innovatsion
va
investitsiya
faoliyatida
sug‘urtalangan
shaxslarning
pul
mablag‘larini to‘plash.
Zamonaviy davrda sug'urta biznesini tashkil etishning asosiy fundamental
xususiyati (sovet davridan farqli o'laroq) uni monopoliyadan chiqarish va sug'urta
tashkilotlari o'rtasida raqobatni rivojlantirishdir. Davlat sug'urtasi bilan bir qatorda
xususiy sug'urta ham paydo bo'ldi va rivojlanmoqda. Raqobat, qoida tariqasida,
ixtiyoriy sug'urtani anglatadi. Raqobat sug‘urta tashkilotlarini sug‘urtaning yangi
turlarini ishlab chiqish va joriy etishga, ularni doimiy ravishda takomillashtirishga,
assortimentini kengaytirishga va sug‘urta xizmatlari bozorining qo‘shimcha
segmentlarini qamrab olishga undaydi. Sug'urtaning bir xil turlarini amalga
oshirishda sug'urta kompaniyalari o'rtasidagi raqobat shartnoma tuzish va sug'urta
badallarini to'lash, tarif stavkalarini pasaytirish, sug'urta tovonini va sug'urta
qoplamasini o'z vaqtida to'lash uchun qulay shakllarni yaratishda namoyon bo'ladi.
Barcha sohalarda raqobat bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy shartidir.
Shu bilan birga, sug'urta jismoniy va yuridik shaxslarni sug'urta himoyasini
ta'minlashga qaratilgan faoliyatning alohida turidir. Shu bois sug‘urta kompaniyalari
bankrot bo‘lib qolmasligi, o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi uchun sug‘urtani
shunday tashkil etish zarur. Bunga sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solishning maxsus usullari, shuningdek, sug'urtaning huquqiy va iqtisodiy asoslarini
aniq ishlab chiqish orqali erishiladi. Demak, ikkinchi tamoyil - mustahkam huquqiy
va iqtisodiy asosga asoslangan sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
zarurati. Raqobatga xos bo'lgan sug'urta raqobatini mutlaq toifa sifatida ko'rib
chiqish mumkin emas. Ko'pgina hollarda, ayniqsa sug'urta qilish uchun katta
tavakkalchiliklarni o'z zimmasiga olgan holda, sug'urtalovchilarning hamkorligi
zarur. Bu hamkorlik qo'shma sug'urta va qayta sug'urtalash shaklida amalga
oshiriladi. Sug'urtani xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir qismi sifatida tashkil
etishning muhim tamoyili sug'urta sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'lib, u jahon
xo'jalik aloqalarini chuqurlashtirish va kengaytirish sharoitida ob'ektiv zaruratdan
kelib chiqadi. Shunday qilib, sug‘urta tashkilotlarining ham mamlakat ichida, ham
xorijdagi hamkorligi ham sug‘urta faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyilidir
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, O‘zbekiston, 2023
yil.
2. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida» gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni – http://www.lex.uz.
3. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni http://www.lex.uz.;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida» gi PF-4947-sonli Farmoni http://www.lex.uz.;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi
“Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli Qarori http://www.lex.uz.;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3272-
sonli Qarori http://www.lex.uz.;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida» gi PF-5185-sonli Farmoni http://www.lex.uz.;
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 23
martda «Bankxizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori
9.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “2017—
2021 yillаrdа O’zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr
yo’nаlishi bo’yichа Hаrаkаtlаr Strаtеgiyasi to`g`risida”gi Pf 4947-Sonli
Farmoni Toshkent 07.02.2017
10.“Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va
investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-1317
sonli Qarori. 06.04.2010 y.
11.Abdullayeva Sh.A. «Pul, kredit va banklar» T. «Moliya» 2020 y.
12.Abdullayeva Sh.A. «Bank ishi» T. «Moliya» 2018 y.
13.Abdullayeva Sh.A. «Bank risklari», T. «Moliya» 2020 y.
14. Abdullayeva Sh.Z. “Bank ishi” o‘quv qo‘llanma T. “Iqtisod-Moliya”
2019.-341b.
15. Abdullayeva Sh.Z., Omonov A.A. “Tijorat banklari kapitali va uni
boshqarish”. O‘quv qo‘llanma./ –T.: “Iqtisod-Moliya” 2016.-120b.
16.Aymuhamuhamedova N.I.Xalqaro bank ishi.-Toshkent,Toshkent,2010.
17.Burxanov A., Ruzmetov Q. “Ilmiy ijodiyot metodologiyasi”. O‘quv
qo‘llanma. T. 2016
18.Mullajonov F. “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi”, T.: 2021 yil
19.Rashidov O.Yu., Toymuhamedov I.R. “Pul, kredit va banklar”. Darslik.
20.R.R.Tojiyev “Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari”.T.2019y.
21.R.G.
Olxova.
Bankovskoye
delo.Uchebnoye
posobiye.
M.
KNORUS.2018.
22.V.N.Kursov,G.A.Yakovlev. Buxgalterskiy uchet v kommercheskom
banke. Uchebnoye posobiye.M.INFRA-M.2018g.
23.
Qoraliyev
T.M.Qodirov
E.T.Muhamedjanov
K.A.
Xorijiy
mamlakatlarda bank ishi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent-2012
24.O.Iminov va boshq. Bank ishonchli hamkor.T.Akademiya,2015 y.
25. Karlibayeva R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliya lashtirish. T.:
Cho’lpon nomidagi nashr., 2011y.
26. A.Nurullayev “Mutaxassislikka kirish” fanidan mustaqil ishlar majmui.
O‘quv qo‘llanma. T.2015
28.S.V.Galitskaya. Dengi kredit i banki. M. EKSMO 2016 g.
29.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari:
Qo‘shimcha adabiyotlar va internet saytlari
1.«Bank axborotnomasi 2019 y. yil aprel – dekabr sonlari
2.«Bankovskiy vestnik» 2019 yil yanvar –iyun sonlari
3.«Bozor, pul va kredit» 2017y.\2019 yanvar – dekabr sonlari
Internet saytlari
1. Axborot ta’lim tarmog‘i / http://ziyonet.uz/
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim
portali/ http://edu.uz/
3. Masofaviy ta’lim va kitoblar/ http://e-ilm.uz/
4. Posledniye novosti po razvitiyu IKT v O‘zbekistane// http://uzinfocom.uz/
mf5. Jurnal ekonomicheskoye obozreniye// http://rewiev.uz//
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi /http://mf.uz/
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi / http://soliq.uz/