SUN’IY INSHOOTLARNI SINASHNING MAQSAD VA VAZIFALARIHAMDARIVOJLANISH TARIXI. KONSTRUKSIYALAR STATIK SINOVINING USUL VA VOSITALARI (Inshootlarni guvohnomalash va sinashning asosiy tushunchalari, sinflanishi)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
93,6 KB
Ilmiybaza.uz
SUN’IY INSHOOTLARNI SINASHNING MAQSAD VA
VAZIFALARIHAMDARIVOJLANISH TARIXI. KONSTRUKSIYALAR
STATIK SINOVINING USUL VA VOSITALARI
REJA:
1. Sun’iy inshootlarni sinashning maqsadi va turlari.
2. Sun’iy inshootlarni sinashning vazifasi.
3. Sun’iy inshootlar sinovining rivojlanish tarixi.
4. Inshootlarni guvohnomalash va sinashning asosiy tushunchalari, sinflanishi.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
sun’iy inshootlarni sinash; sinov vazifasi; sinov xillari;qabul qiluv sinovlari;
foydalanishdagi inshootlar sinovlari; sinovlarning sinflanishi va uslubi;
inshootlarni guvohnomalash; konstruksiyalar statik sinovi usullari va vositalari;
sinovlar dasturi.
Ilmiybaza.uz
1. Sun’iy inshootlarni sinashning maqsadi va turlari
Har qanday inshootni tekshirish va sinashning maqsad va vazifasi – bu
konstruktiv va ekspluatatsion xossalarini va ishlaydigan ob’ektlarni, ularning
elementlari va materiallarining holatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni sifatli va
miqdoriy baholashga mo‘ljallangan usul va vositalarni ishlab chiqish va ulardan
keyinchalik texnik talablarga muvofiq foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar
tuzishdir.
Sinov maqsadlari. Konstruksiyalarni sinash jarayonida ob’ekt va sinov
maqsadlariga bog‘liq tarzda quyidagilar aniqlanadi [12, 34, 50, 53]:
1) yuk ko‘tarish qobiliyati – sinov ob’ektining mustahkamligi yoki
ustivorligining yo‘qolishi vujudga keladigan yuk bilan tavsiflanadi;
2) bikrlik – ko‘chishlarning, ob’ektning me’yoriy ekspluatatsion imkoniyati
nuqtai nazaridan chegaraviy bo‘lgan qiymatlari bilan tavsiflanadi;
3) yoriqbardoshlik (birinchi navbatda beton va temirbeton konstruksiyalar
uchun) – yoriqlar yo umuman paydo bo‘lmasligi, yoki ularning ochilishi, nam
o‘tkazmaslik qobiliyatining yo‘qolishi, korroziyaning rivojlanishi va h.k. oqibatida
foydalanishning
tugatilishi
yoki
qiyinlashishiga
olib
kelmasligi
kerak;
yoriqbardoshlilikni aniqlash jarayonida yuklarning eksplutatsion shartlariga ko‘ra
ruhsat etiluvchi yoriqlar vujudga keladigan qiymatlari ham aniqlanadi.
Sinovlarning to‘rt xili mavjud: qabul qiluv sinovlari, foydalanishdagi
ob’ektlarning sinovlari, konstruksiyalar va detallarning seriyalab ishlab
chiqarilishidagi sinovlari, ilmiy-tadqiqot sinovlari.
1. Qabul qiluv sinovlari jarayonida (tugallangan inshootlarni foydalanishga
topshirish va qurilish jarayonidagi oraliq qabul qiluvlar jarayonida) ob’ektning
ahvoli hamda uning ishlash qobiliyati ko‘rsatkichlarining loyihaviy va me’yoriy
talablarga mosligi tekshiriladi.
2. Foydalanishdagi inshootlarning sinovlari quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
ob’ektning ekspluatatsion yuklar ostida me’yoriy hizmat qila olish imkoniyatini
tekshirish uchun; sezilarli shikastlanishlar paydo bo‘lganida, masalan, yong‘indan
so‘ng, inshootning ishlash qobiliyatini shubha ostiga qo‘yadigan, shunga o‘xshash
Ilmiybaza.uz
bo‘lak hollarda ob’ektning ekspluatatsion ishonchliligini tekshirish uchun; ob’ektni
rekonstruksiyasi jarayonida yoki undan foydalanish hususiyati o‘zgarganida
ekspluatatsion yukni oshirish imkoniyatini aniqlash uchun.
3. Konstruksiyalar va detallarning seriyalab ishlab chiqarilishidagi sinovlari
ayrim namunalarning (mahsulotning) buzilishgacha etkazib, ularni saylanma
sinovlari yo‘li bilan bajariladi. Mazkur holatda sinovlarning vazifasi sinalayotgan
namunalarni yoki mahsulotning amaldagi yuk ko‘tarish qobiliyatini yoki bo‘lak
tavsiflarini olingan natijalarni yasalgan partiyaga tadbiq qilib aniqlashdir.
4. Ilmiy-tadqiqot sinovlari hamda tajribaga oid ob’ektlarning sinovlari quyidagi
hollarda o‘tkaziladi: yangi konstruktiv echimlarni qo‘llashda va hisob-kitoblarning
yangi usullarini sinashda (aprobatsiya qilishda); yuk ostida tekshirish talab
qilinadigan, tavsiflarga ega bo‘lgan yangi qurilish materiallaridan foydalanishda;
mahsus foydalanish rejim (yo‘sin)larida. Bunday sinovlar bevosita tabiiy
sharoitlarda yoki talab qilinayotgan yo‘sinni ta’minlab, laboratoriyaviy yo‘l bilan
amalga oshirilishi mumkin.
2. Sun’iy inshootlarni sinashning vazifasi
Sinovning asosiy vazifasi – qurilish konstruksiyasining haqiqiy holatini uning
hisobiy sxemasiga to‘g‘ri kelishini aniqlashdan iborat. Muhandislik inshootlari
murakkab kuchlanish-deformatsiya holati sharoitida ishlaydigan va fazoviy
konstruksiyalar tashkil qiladigan ko‘p sonli elementlardan tashkil topgan etarlicha
murakkab mexanik tizimlarni o‘z ichiga oladi. Keng ko‘lamda zamonaviy texnika
hisoblash tizimini qurilish texnikalariga jalb qilinishiga qaramasdan, aniq bir
ob’ektni, jumladan qurilish konstruksiyalarini ko‘rib chiqishda asosiy bosh tarkibni
inobatga oluvchi hisoblash sxemalarini takomillashtirish talab etilmoqda. Bundan
tashqari, qurilish konstruksiyalarining holati unga ta’sir etuvchi tasodifiy omillarga
ham bog‘liq. Masalan, jinsi bir xil bo‘lgan po‘lat ham xattoki kengayganda
shikastlanadi. N. S. Streletskiy tomonidan aniqlangan St3 po‘latning oquvchanlik
chegarasi 200 dan 320MPa gacha o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatdi. YAna yog‘och
va beton mustahkamligining o‘zgaruvchanligi ham katta. Sezilarli o‘zgarish bino,
Ilmiybaza.uz
inshoot va qurilish konstruksiyalarga tushadigan yuk – o‘z og‘irligi, qor va shamol,
kran va b. natijasida yuzaga keladi [12, 34, 50, 53].
Sinash laboratoriya usullarida yoki ob’ektlarning o‘zida olib boriladi.
Foydalanilayotgan ko‘prik va sun’iy inshootni sinashdan maqsad – ularni kelajakda
saqlashda vujudga keladigan masalalarni hal qilish uchun hozirgi holatini
aniqlashdan iborat.
3. Sun’iy inshootlar sinovining rivojlanish tarixi
Qadim zamonlardan qurilish fani va texnikasining vujudga kelishi va
rivojlanishi asta-sekin, yangi-yangi ma’lumotlarning to‘planishi bora kechdi.
Qurilish fani sohasidagi eng birinchi olimlardan biri eramizdan avvalgi II-III
asrlarda Qadimgi YUnonistonda yashab o‘tgan Germogen hisoblanadi. Eramizdan
avvalgi II asrda Arximed materiallar mexanikasining asosi bo‘lmish statikani
yaratdi. U shuningdek materiallarning tavsiflarini ham o‘rgandi. Materiallarni
eksperimental yo‘sinda tadqiq qilishning dastlabki urug‘larini Leonardo da Vinchi
(1452-1519) soldi. “Turli uzunlikdagi temir simlarning qarshiligini sinash”
maqolasida u qayta aloqaga ega bo‘lgan moslamaning eskizini berdi. Unda
cho‘zilgan simga qum bilan to‘ldirilib boruvchi idish ulangan edi (93,a-rasm). Sim
uzilgan taqdirda qumni solib turuvchi qurilma to‘xtar edi. Simlarning uzunligi
turlicha bo‘lgan holatda ularni uzishga ko‘p marotabalik sinovlarni o‘tkazish taklif
etildi. Leonardo da Vinchi shuningdek egiluvchi to‘sinlar oraliqlari ularning yuk
ko‘tarish qobiliyatiga ta’sirini ham tadqiq qildi.
93-rasm. Leonardo da Vinchi (a) va Galileo Galiley (b, v, g) tajribalariga
Ilmiybaza.uz
illyustratsiya
Qurilish mexanikasining dastlabki asoslari Galileo Galiley ishlarida solingan
bo‘lib, u 1638 yilda “Fanning, mexanika va mahalliy harakatga tegishli bo‘lgan,
yangi ikkita sohalariga taalluqli suhbatlar va matematik isbotlar” kitobini nashr qildi.
Ushbu kitobda aytilishicha, mazkur fanlardan biri “qattiq jismlar tomonidan ularni
sindirishga intiluvchi kuchga ko‘rsatadigan qarshiligiga taalluqlidir” yoki,
boshqacha qilib aytganda, bu – materiallar qarshiligi, yoki qurilish mexanikasidir.
Ushbu ishda Galileo Galiley tomonidan qilingan ba’zi kuzatuvlarga ishoratlar bor.
U chorqirra g‘o‘laning oddiy cho‘zilishdagi sinovlarini o‘tkazib, chorqirra
g‘o‘laning mustahkamligi uning ko‘ndalang kesimi yuzasiga mutanosib ekanligini,
hamda uning uzunligiga bog‘liq emasligini aniqladi. Galiley shuningdek bir uchi
qistirib mahkamlangan chorqirra g‘o‘laning egilishga sinovlarini o‘tkazadi, hamda
muayyan miqdoriy bog‘liqliklarni aniqlaydi, qaysilarki egilayotgan chorqirra
g‘o‘laning yuk ko‘tarish qobiliyatini fizik jihatdan tushunishga sezilarli ta’sir
o‘tkazar edi. Qurilish mexanikasining Galiley hal qilgan asosiy masalasi chorqirra
g‘o‘lani egilishda sindiradigan yukni aniqlashdan iborat. Bunda u shuni uqtiradiki,
geometrik jihatdan bir-biriga o‘xshash inshootlarni bunyod qilishda mutloq
o‘lchamlari ortib borgani sari ular bora-bora kuchsizroq bo‘lib qoladilar. Egilishga
o‘tib, Galiley shunday deb yozadi: “ – shisha, po‘lat, yog‘och yoki bo‘lak sinuvchan
materiallardan qilingan qattiq silindrlar yoki prizmalar vertikal tarzda osilganida
judayam katta yukni ko‘targani bilan, huddi shu vaqtning o‘zida gorizontal holatda
ular kichik yuk bilan sinishi mumkin. Bunda silindr yoki prizmaning uzunligi
qalinligiga qaraganda qanchalar yirik bo‘lsa, yukning kattaligi shunchalar kam
bo‘lishi etarli ekanligining sababini tushunish qiyin bo‘lmaydi”.
Materiallar qarshiligi faniga sezilarli ulushni ingliz olimi R.Guk (1635-1703 yy.)
qo‘shdi. Materialning ishi jarayonidagi kuch va ko‘chishning bog‘liqlilik qonuni
uning tomonidan birinchi bora aniq-ravshan ifodalab berildi, u konsolli to‘sinning
uchiga pastga qarab yo‘nalgan mujassamlangan kuch ta’sir etganida to‘sinning tepa
tolalari cho‘zilib, pastkilari esa siqilishini aniqladi. Uning tomonidan elastik tanalar
Ilmiybaza.uz
ustidan yuk olib tashlanganida, dastlabki holatiga qaytishi aniqlandi. E. Mariott
(1620-1684 gg.) ham juda qiziq tadqiqotlar o‘tkazib, zarba hodisasini, to‘sinlarning
egilishdagi ahvolini o‘rgandi, ballistik mayatnikni ihtiro qildi, materiallarni
cho‘zilishga sinash uchun dastlabki moslamalarni yaratdi. O‘tkazilgan tadqiqotlar
asosida E. Mariott G. Galiley mulohazalariga aniqlik kiritadi, biroq, analitik
echimda xatoga yo‘l qo‘yadi. Egilayotgan elementlardagi tolalarning qisqarishi va
uzayishi Moren tomonidan XIX asrning 40-yillarida eksperimental tarzda isbotlandi.
T. Yung (1773-1829 y.y.) birinchi bora tajriba yo‘li bilan materialning
siqilishida namunalarning ko‘ndalang o‘lchamlari o‘zgarishini aniqladi, Guk
qonunini qo‘llanishining cheklanganligiga e’tibor berdi, siqilgan kolonnalarning
ko‘ndalang yo‘nalishda ko‘pirishidagi katta sochilishlarni aniqladi va buni o‘qqa oid
kuchning element geometrik o‘qidan chetlanishi bilan tushuntirdi. U zarba bo‘yicha
tajribalar ham qo‘ydi. G. Lam’e (1795-1870 y.y.) yukni vujudga keltirish uchun
birinchi bora gidravlik nasosdan foydalanib, sinov mashinasini yaratdi.
Temir yo‘l transportining rivojlanishi hamda temir yo‘l ko‘priklarini qurish
zarurati tufayli qo‘llanilayotgan materiallarning mexanik tavsiflarini aniqlash
ehtiyoji tug‘ildi. SHu tufayli keng miqyosdagi yanada izchilroq tadqiqotlarni
o‘tkazish imkonini beradigan, sinov mashinalari va asbob-anjomlari majmui bilan
jihozlangan, mexanik laboratoriyalar barpo qilindi. Bunday dastlabki laboratoriyalar
oliy o‘quv muassasalari qoshida paydo bo‘ldi. Biroq, XIX asrning 60–70-yillarida
shunday laboratoriyalar zavodlar qoshida ham barpo qilina boshladi. Ular
zavodlarda qo‘llanilayotgan materiallar sifatini nazorat qilar edi. Xuddi shu xildagi
mexanik laboratoriya 1847 yilda London universitetida tashkil etilgan edi. 1852
yilda Berlin Sanoat akademiyasida metallarni qayta yuklash jarayonida sinash
bo‘yicha stansiya yaratildi. Rossiyada dastlabki mexanik laboratoriya prof. Sobko
tomonidan Peterburg aloqa yo‘llari muhandislari instituti qoshida tashkil etildi.
Qisqa vaqt ichida prof. N.A.Belolyubskiy mazkur laboratoriyaning rahbari bo‘ldi.
1875–76 yillar ichida uni qurilish materiallari bo‘yicha sinov stansiyasiga
o‘zgartirdi. N.A. Belolyubskiy dunyoda birinchi bo‘lib ko‘prik qurilishi uchun
quyma temirni qo‘lladi. Uning tashabbusi bilan hamda uning ishtirokida prokat
Ilmiybaza.uz
temirining dastlabki metrik sortamenti yaratildi. U temirbeton konstruksiyalarning
bir qator sinovlarini o‘tkazdiki, bu Rossiyada temirbetonning ommaviy tarzda
qo‘llanishiga ko‘mak berdi.
Rostmana konstruksiyalarni sinash istalgan to‘liqlikdagi axborotni har doim ham
beravermaydi. Ular, qoidaga ko‘ra, juda murakkab bo‘lib, vaqt va mablag‘ning yirik
sarf-harajatlariga olib keladi. Ko‘pchilik hollarda, ayniqsa ilmiy maqsadlardagi
sinovlarda, modellar qo‘llaniladi. Modellar ustidagi sinovlar konstruksiyalarning
haqiqiy kuchlanishli-deformatsion holati hamda ishonchliligini nazariy hisob-
kitoblarni amalga oshirmay aniqlash, qabul qilingan hisobiy sxemani yanada
sayqallash yoki yangi qonuniyatlarni topish imkonini beradi. CHamasi, modellar
ustida dastlabki sinovlar 1732 yilda fransuz olimi Danizi tomonidan bajarilgan
bo‘lib, u arkalarning unchalik katta bo‘lmagan modellarida tajribalar o‘tkazdi,
hamda ularning buzilishi haqiqiy tafsilotini aniqladi. I.P. Kulibin 1772-1776 yillarda
Neva daryosi ustidan o‘tgan oralig‘i 298 m bo‘lgan ko‘prikning 0,1 natural
kattaligida bajarilgan modelli sinovini o‘tkazdi. SHu o‘rindagi Kulibinning hizmati
shundan iboratki, u birinchi bo‘lib konstruksiya modelini sinashni qo‘lladi va,
shunday qilib, inshootlar mustahkamligini modellarni sinash bo‘yicha tajribaviy
tekshirishning
katta
imkoniyatlari
borligini
uqtirdi.
Modellashtirishda
deformatsiyalarni o‘lchash uchun polyarizatsion-optik usulni, tenzoto‘rlar usulini,
stereofotogrammetrik usulni va h.k. lardan foydalaniladi. Ham mamlakatimizdagi,
ham chet eldagi ko‘pchilik ilmiy-tadqiqot institutlari konstruksiyalarni loyihalashda
va tadqiq qilishda modellashtirishni keng qo‘llaydilar. Italiya, AQSh, Angliya,
Fransiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda turli-tuman murakkab
konstruksiyalarni, jumladan, noyob inshootlar, ko‘priklar, to‘g‘onlar, haybatli
binolar va minoralarni loyihalashda modellashtirish keng ishlatiladi. Modellardagi
tadqiqotlarning
ochiq-oydin
afzalliklariga
qaramay,
amaliyotda
rostmana
konstruksiyalarni tatima (sinov-probnыy) yuklar bilan sinashni tez-tez o‘tkazib
turishga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, qurilish konstruksiyasiga o‘hshash modelni
yasash imkoniyati har doim ham mavjud bo‘lavermaydi.
Eksperimental tadqiqotlar doimo sayqallanib boraveradi. Ularni o‘tkazish uchun
Ilmiybaza.uz
yanada aniqroq va sezgirroq asbob-anjomlar talab qilinadi. MDH mamlakatlarida
o‘lchov apparaturasini konstruksiyalash va yasash zamonaviy industrial darajada
yoyilgan edi. Original o‘lchov va sinov asboblar bilan ta’minlanishga N.N. Aistov,
A.G. Gagarin, N.N.Davidenkov, L.M.Emelyanov, K.P. Kashkarov, N.N.
Maksimov, G.YA. Pochtovik, I.A. Fizdel, G.L. Xesin va boshqa ko‘pchilik o‘zining
katta hissasini qo‘shdi.
Hozirgi kunda sinov ishlarining texnikasi shunchalar darajada rivojlanganki, u
yirik o‘lchamli murakkab konstruksiyalarning rostmana sinovlarini o‘tkazish
imkonini beradi. Temirbeton konstruksiyalar zavodlarida seriyalab ishlab
chiqariladigan, konstruksiyalarning nazorat sinovlari texnologik jarayonning
majburiy tarkibiy qismidir. SHunday qilib, tadqiqotning eksperimental usullari
zamonaviy fan va amaliyotning ishonchli material negizini tashkil etadi.
4. Inshootlarni guvohnomalash va sinashning asosiy tushunchalari,
sinflanishi
Inshootlarni sinash deganda, tekshirilayotgan qurilish ob’ektlari hamda ularning
ayrim elementlarini ahvolini, shuningdek ishlay olish qobiliyatini oshkor qilish va
tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muolaja (operatsiya)lar majmuini tushuniladi.
Ushbu muolajalar quyidagi asosiy majmualarga ajratilishi mumkin:
1) ko‘zdan kechiruv, o‘lchamlarini tekshiruv, materiallar sifatini yoritish,
defektoskopiya va inshootning ahvolini belgilaydigan bo‘lak omillarga aniqlik
kiritish bo‘yicha muolajalarni o‘z ichiga oluvchi guvohnomalar;
2) ob’ektga tashqi (statik va dinamik) yuklarni qo‘yilganida, tashqi muhit
harorati hamda namligi va h.k. o‘zgarganida tadqiq qilinayotgan ob’ektning
ahvolidagi o‘zgarishlarni tekshirishga sinovlar;
3) guvohnomalash va sinash natijasida olingan amaliy ma’lumotlar asosida
o‘tkaziladigan, ham inshoot tarkibiga kiruvchi ayrim konstruksiyalarni, ham butkul
ob’ektni butunligicha mustahkamlikka, deformatsiyalanishga, yoriqbardoshlilikka
qayta hisoblari.
Guvohnomalashlar va sinovlarning sinflanishi turli alomatlarga ko‘ra amalga
Ilmiybaza.uz
oshirilishi mumkin. Ulardan eng asosiylarini keltiramiz.
Tadqiqot maqsadiga ko‘ra sinflanish:
a) qurib bitkazilgan ob’ektlarni foydalanishga topshirilishidan avvalgi qabul
qiluv guvohnomalanishi va sinovlari;
b) foydalanishdagi ob’ektlarning ham tarhga ko‘ra, ham alohida hollarda
tayinlanadigan
guvohnomalanishi
va
sinovlari,
masalan,
inshootning
rekonstruksiyasi, avariyadan so‘ng va h.k. hollarda ko‘zda tutiladigan inshootning
amaliy yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash uchun;
v) detallar va elementlarni tayyorlovchi zavodlardagi sinovlari;
g) ilmiy-tadqiqotga oid sinovlar.
Tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha sinflanish:
a) real ob’ektlarda o‘tkaziladigan naturali guvohnomalashlar va sinovlar;
b) ayrim konstruksiyalar va ularning elementlarini mahsus uskuna yoki
stendlarda, ham qurilish konstruksiyalarini sinovi uchun laboratoriyalarda, ham
qurilish poligonlari va maydonchalarida o‘tkaziladigan sinovlari;
v) tadqiq qilinayotgan inshootni butkul yoki uning ayrim detallarini
kichraytirilgan masshtabda qayta namoyon qiluvchi modellardagi sinovlar. Modelli
sinovlar, qoidaga ko‘ra, laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladi.
Quyilgan yuk xarakteriga ko‘ra sinflanishi:
a) statik sinovlar;
b) dinamik sinovlar.
Ushbu guruhlardan har birining yanada izchilroq tafsiloti quyiroqda ko‘rib
o‘tilgan.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Sun’iy inshootlarni sinashning maqsadi va turlari.
2. Sun’iy inshootlarni sinashning vazifasi.
3. Sun’iy inshootlar sinovining rivojlanish tarixi.
4. Inshootlarni guvohnomalash va sinashning asosiy tushunchalari, sinflanishi.
Ilmiybaza.uz