SUN’IY QURITISH QURIMALARI VA ULARNI ISHLASH PRINTSIPLARI (Quritish qurilmalari tuzilishi, Konvektiv quritgichlar, Lentali quritgichlar, Sochib beruvchi quritkichlar)

Yuklangan vaqt

2024-05-14

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

6,3 MB


 
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
SUN’IY QURITISH QURIMALARI VA ULARNI ISHLASH PRINTSIPLARI 
 
 
Reja: 
 
1. Quritish qurilmalari tuzilishi. 
2. Konvektiv quritgichlar.  
3. Lentali quritgichlar.  
4. Barabanli quritgichlar.  
5. Mavhum qaynash qatlamli quritgichlar.  
6. Sochib beruvchi quritkichlar.  
7. Kontaktli kuritish.  
8. Quritishda resurs tejamkor issiqlik tashuvchilardan foydalanishga asoslangan 
zamonaviy quritgichlar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz SUN’IY QURITISH QURIMALARI VA ULARNI ISHLASH PRINTSIPLARI Reja: 1. Quritish qurilmalari tuzilishi. 2. Konvektiv quritgichlar. 3. Lentali quritgichlar. 4. Barabanli quritgichlar. 5. Mavhum qaynash qatlamli quritgichlar. 6. Sochib beruvchi quritkichlar. 7. Kontaktli kuritish. 8. Quritishda resurs tejamkor issiqlik tashuvchilardan foydalanishga asoslangan zamonaviy quritgichlar.  
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
Meva-sabzavotlarni 
quritishdan 
maqsad 
ularning 
namligini 
qochirib, 
mikroorganizmlar rivojlanmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro’y 
bermaydigan xolga keltirishdir. Quritishning shunday bir me’yori borki, namlik miqdori 
o’sha darajadan pasaysa mikroorganizm rivojlana olmaydi. Bu minimal darajadagi 
bakteriyalar uchun 30% ni, achitqi bakteriyalar uchun 15-20% ni tashkil qiladi. SHu 
sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi 15-25% bo’lsa, ularni chiritmay 
sifatli saqlash mumkin. 
 
1. Quritish qurilmalari tuzilishi. 
 Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan quritgichlar konstruksiyalari 
turli-tumandir. Ular bir-biridan har xil belgilariga qarab farqlanadi. Qattiq, nam 
materialga issiqlik uzatish turiga qarab konvektiv, kontaktli va mahsus quritgichlarga 
bo’linadi. Issiqlik eltkich sifatida havo, gaz va bug’ qo’llanilishi mumkin. Quritish 
kamerasidagi bosim kattaligiga qarab, vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan 
quritgichlarga bo’linadi. Jarayonni tashkil etish usuliga qarab, davriy va uzluksiz 
ishlaydigan quritgichlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari, material va issiqlik eltkich 
harakatiga qarab parallel, qarama-qarshi va o’zaro kesishgan yo’nalishli quritgichlar 
tayyorlanadi. Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, quritgichlarni 
umumlashtiruvchi klassifikaiiya qilish juda kiyin. 
SHuning uchun, quyida issiqlikni uzatish va quritilayotgan material qatlamining 
holatiga qarab guruhlarga ajratilgan quritgichlar konstruksiyalarini ko’rib chiqamiz. 
Halq xo’jaligining turli sohalarida kamerali, tunnelli, lentali, shaxtali, sirtmokli, 
mavhum qaynash qatlamli, barabanli, tebranma, jo’vali, purkovchi, pnevmatik, ikki 
pogonali va boshqa quritgichlar qo’llaniladi.                    
Kamerali quritgichlar konvektiv qurilmalar ichida eng sodda tuzilgan va 
qobiq ichida vagonetkalar joylashgan bo’ladi. 
Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda 
qizdirilib, ventilyator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o’tib 
Ilmiybaza.uz Meva-sabzavotlarni quritishdan maqsad ularning namligini qochirib, mikroorganizmlar rivojlanmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro’y bermaydigan xolga keltirishdir. Quritishning shunday bir me’yori borki, namlik miqdori o’sha darajadan pasaysa mikroorganizm rivojlana olmaydi. Bu minimal darajadagi bakteriyalar uchun 30% ni, achitqi bakteriyalar uchun 15-20% ni tashkil qiladi. SHu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi 15-25% bo’lsa, ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin. 1. Quritish qurilmalari tuzilishi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan quritgichlar konstruksiyalari turli-tumandir. Ular bir-biridan har xil belgilariga qarab farqlanadi. Qattiq, nam materialga issiqlik uzatish turiga qarab konvektiv, kontaktli va mahsus quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik eltkich sifatida havo, gaz va bug’ qo’llanilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosim kattaligiga qarab, vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan quritgichlarga bo’linadi. Jarayonni tashkil etish usuliga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan quritgichlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari, material va issiqlik eltkich harakatiga qarab parallel, qarama-qarshi va o’zaro kesishgan yo’nalishli quritgichlar tayyorlanadi. Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, quritgichlarni umumlashtiruvchi klassifikaiiya qilish juda kiyin. SHuning uchun, quyida issiqlikni uzatish va quritilayotgan material qatlamining holatiga qarab guruhlarga ajratilgan quritgichlar konstruksiyalarini ko’rib chiqamiz. Halq xo’jaligining turli sohalarida kamerali, tunnelli, lentali, shaxtali, sirtmokli, mavhum qaynash qatlamli, barabanli, tebranma, jo’vali, purkovchi, pnevmatik, ikki pogonali va boshqa quritgichlar qo’llaniladi. Kamerali quritgichlar konvektiv qurilmalar ichida eng sodda tuzilgan va qobiq ichida vagonetkalar joylashgan bo’ladi. Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o’tib  
Ilmiybaza.uz 
 
namlikni bug’latadi. Ishlatib bo’lingan havoning bir qismi yangi havo bilan 
aralashtiriladi. Bu turdagi quritgichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular 
kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam materiallarni quritish 
uchun mo’ljallangan. Afzalliklari: tuzilishi sodda va ta’mirlash oson. Kamchiliklari: 
kamerali quritgichlarning ish unumdorligi kichik va mahsulot qurishi bir tekisda 
emas [17,18]. 
Tunnelli quritgichlar. Jarayonni tashkil etish bo’yicha bu qurilmalar uzluksiz 
ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Bu quritgichlar to’g’ri to’rtburchak 
ko’ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir. Nam material yuklangan - aravachalar 
temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich 
yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo’lish vaqti quritish jarayoni 
davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta 
o’tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilyator 
yordamida qurilmaga uzatiladi.  
Bu turdagi quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinadi. Nam 
material va issiqlik eltkich Bug’allel yoki qarama-qarshi yo’nalishli bo’lishi mumkin. 
Ko’pincha kalorifer va ventilyator quritgichning yoniga yoki tomiga o’rnatiladi. 
Ishlatib bo’lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi 
qurilmalarda, materialni aralashtirib bo’lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli 
quritgichlar o’lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, meva, makaron va 
boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo’ljallangan. Quritgich kamchiliklari: quritish 
tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas. 
Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. 
Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va 
konveyrning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta 
teshikli bo’ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi 
uchiga etganda, material pastki konveyrga to’kiladi. Eng pastki konveyrdan, 
quritilgan material chiqarish bunkeriga to’kiladi. 
Ilmiybaza.uz namlikni bug’latadi. Ishlatib bo’lingan havoning bir qismi yangi havo bilan aralashtiriladi. Bu turdagi quritgichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam materiallarni quritish uchun mo’ljallangan. Afzalliklari: tuzilishi sodda va ta’mirlash oson. Kamchiliklari: kamerali quritgichlarning ish unumdorligi kichik va mahsulot qurishi bir tekisda emas [17,18]. Tunnelli quritgichlar. Jarayonni tashkil etish bo’yicha bu qurilmalar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Bu quritgichlar to’g’ri to’rtburchak ko’ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir. Nam material yuklangan - aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo’lish vaqti quritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o’tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida qurilmaga uzatiladi. Bu turdagi quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich Bug’allel yoki qarama-qarshi yo’nalishli bo’lishi mumkin. Ko’pincha kalorifer va ventilyator quritgichning yoniga yoki tomiga o’rnatiladi. Ishlatib bo’lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo’lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli quritgichlar o’lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo’ljallangan. Quritgich kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas. Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyrning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo’ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi uchiga etganda, material pastki konveyrga to’kiladi. Eng pastki konveyrdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to’kiladi.  
Ilmiybaza.uz 
 
Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to’kilib o’tishi uning 
aralashishiga sababchi bo’ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko’pincha bunday 
quritgichlar ko’p lentali qilib yasaladi. 
Material va issiqlik eltkich o’zaro kesishgan yo’nalishda harakatlanadi. 
SHu bilan birga, porallel va qarama - qarshi yo’nalishli quritgichlar ham ishlab 
chiqariladi. Bunday quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinishi 
mumkin. 
Havoni retsirkulyatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritgichlarda mayin 
quritish rejimlariga erishish mumkin. 
 
 
1-rasm. Lentali quritgich.  
1 - qobiq; 2 - lentali konveyr; 3 - etaklovchi barabanlar; 4 - yetaklanuvchi barabanlar; 
5 - kalorifer; 6 - yuklovchi moslamali bunker. 
 
Lentali quritgichlarning ayrim konstruktsiyalarida, bir tekisda quritishga erishish 
uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga 
mahsus ag’daruvchi moslama o’rnatiladi, quritgichning asosiy kamchiliklari: qo’pol, 
ko’p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish murakkab, ish unumdorligi 
kichik va issiqlik sarfi katta. 
Ilmiybaza.uz Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to’kilib o’tishi uning aralashishiga sababchi bo’ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko’pincha bunday quritgichlar ko’p lentali qilib yasaladi. Material va issiqlik eltkich o’zaro kesishgan yo’nalishda harakatlanadi. SHu bilan birga, porallel va qarama - qarshi yo’nalishli quritgichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinishi mumkin. Havoni retsirkulyatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritgichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin. 1-rasm. Lentali quritgich. 1 - qobiq; 2 - lentali konveyr; 3 - etaklovchi barabanlar; 4 - yetaklanuvchi barabanlar; 5 - kalorifer; 6 - yuklovchi moslamali bunker. Lentali quritgichlarning ayrim konstruktsiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga mahsus ag’daruvchi moslama o’rnatiladi, quritgichning asosiy kamchiliklari: qo’pol, ko’p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta.  
Ilmiybaza.uz 
 
SHaxtali quritgichlar donador, sochiluvchan materiallarni quritish uchun 
ishlatiladi. Issiqlik eltkichni uzatish uchun quritgichning o’qi bo’ylab trubalar 
o’rnatilgan. 
Trubalarning ikkinchi uchida issiqdik eltkichni bir xilda taqsimlash uchun 
jalyuzlar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichni uzatish va sirkulyasiya qilish sistemasi quritish 
hajmini ikkita zonaga bo’ladi. Birinchi zonada ikkinchi-sidan chiqayotgan issiqlikdan 
foydalaniladi. Birinchi zonada asosan sirtiy namlik, ikkinchisida esa - ichki namlik 
yo’qotiladi. 
Ikkinchi 
zonaga 
yuborilayotgan 
issiqlik 
eltkich 
dastavval 
shu 
zonadagi 
kondensatorda qisman quritiladi. Quritgichning tepa qismida ikkila oqim bir-biriga 
aralashib ketadi va kaloriferda qizdirilgandan so’ng, gazoduvka yordamida 
quritgichning birinchi zonasiga uzatiladi. Kuritilgan materialni to’kish uzluksiz 
ishlaydigan tokchali qadoqiagich yordamida amalga oshiriladi. 
Sirtmoqli 
quritgichlar 
pastasimon 
materiallarni 
uzluksiz 
quritishga 
mo’ljallangan. 
  
 
 
2-rasm. Sirtmoqli quritgich (a) va to’rli lenta elementi (b).  
1 - nam material ta’minlagich; 2 - isitiladigan juva-lar; 3 - cheksiz to’rli lenta; 4 - 
zanjirli konveyr; 5 - tayanchli mexanizm; 6 - shnekli bunker. 
 
Sirtmoqli quritgichlarda material 5….20 mm li qatlamda, ikki tomonidan issiq 
havo bilan isitiladigan juvalar qizdirilishi natijasida (masalan, qog’oz) quritiladi. Bu 
Ilmiybaza.uz SHaxtali quritgichlar donador, sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Issiqlik eltkichni uzatish uchun quritgichning o’qi bo’ylab trubalar o’rnatilgan. Trubalarning ikkinchi uchida issiqdik eltkichni bir xilda taqsimlash uchun jalyuzlar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichni uzatish va sirkulyasiya qilish sistemasi quritish hajmini ikkita zonaga bo’ladi. Birinchi zonada ikkinchi-sidan chiqayotgan issiqlikdan foydalaniladi. Birinchi zonada asosan sirtiy namlik, ikkinchisida esa - ichki namlik yo’qotiladi. Ikkinchi zonaga yuborilayotgan issiqlik eltkich dastavval shu zonadagi kondensatorda qisman quritiladi. Quritgichning tepa qismida ikkila oqim bir-biriga aralashib ketadi va kaloriferda qizdirilgandan so’ng, gazoduvka yordamida quritgichning birinchi zonasiga uzatiladi. Kuritilgan materialni to’kish uzluksiz ishlaydigan tokchali qadoqiagich yordamida amalga oshiriladi. Sirtmoqli quritgichlar pastasimon materiallarni uzluksiz quritishga mo’ljallangan. 2-rasm. Sirtmoqli quritgich (a) va to’rli lenta elementi (b). 1 - nam material ta’minlagich; 2 - isitiladigan juva-lar; 3 - cheksiz to’rli lenta; 4 - zanjirli konveyr; 5 - tayanchli mexanizm; 6 - shnekli bunker. Sirtmoqli quritgichlarda material 5….20 mm li qatlamda, ikki tomonidan issiq havo bilan isitiladigan juvalar qizdirilishi natijasida (masalan, qog’oz) quritiladi. Bu  
Ilmiybaza.uz 
 
qurilmada kamerali quritgichga qaraganda jarayon tezligi yuqori. Quritgich 
kamchiliklari: konstruktsiyasi murakkab va ekspluatatsion sarflar katta. 
Tebranma quritgichlar mayin dispers, polidispers, qumoq-qumoq va shular 
kabi boshqa, ya’ni mavhum qaynashga moyil bo’lmagan, materiallarni quritish 
uchun mo’ljallangan. Dispers material qatlamiga past chastotali tebranishlar ta’siri 
qatlamdagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarni intensivlaydi. Undan tashqari, 
tebranishlar o’zaro kesishgan yo’nalishli, yuqori samarador va ideal siqib 
chiqaruvchi quritgichlar yaratish imkonini ochib beradi. Bu turdagi quritgichlarda 
temperatura va kontsentratsiya maydonlari bir tekisda bo’ladi. 
Tebranma mavhum qaynash qatlamini vertikal, gorizontal va novli qurilmalarda 
tashkil etish mumkin. 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida novli quritgichlar eng keng tarqalgan. Lekin, 
shuni alohida qayd etish kerakki, bu qurilmalar kichik qiyalik burchak ostida 
o’rnatilgan bo’ladi. 
Quritgich uzatmasi mayatnikli yuritkich - tebratgichdan iborat. Qatlam orqali 
o’tayotgan gaz oqimi va past chastotali tebranmalarning bir vaqtda ta’siri natijasida 
tebranma mavhum qaynash qatlami hosil bo’ladi. Bunday qatlamda massa va issiqlik 
almashinish juda yuqori bo’ladi. 
Barabanli quritgichlar uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va 
atmosfera bosimida donador, sochiluvchan materiallarni (mineral tuz, fosforit, qand 
lavlagi turpi, bug’doy, shakar va h.) quritish uchun qo’llaniladi. Issiqlik eltkich 
sifatida havo yoki tugun gazlari xizmat qiladi. 
Barabanli quritgichlar ichi bo’sh silindrdan iborat bo’lib, ufqda nisbatan kichik 
qiyalik burchagida o’rnatilgan bo’ladi. 
Baraban bandaj va roliklarga tayanib turadi. Uning aylanishi elektr yuritkich va 
reduktor, hamda tishli giddirak yordamida amalga oshiriladi. Barabaniing aylanish 
chastotasi 5...8 min1 dan oshmaydi. Quritgichga nam material ta’minlagich 
yordamida uzatiladi. Baraban aylanishi davrida material tepaga ko’tarilib pastga 
to’kiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. SHu bilan birga, qurilma o’rnatilgani 
va ichiga mahsus nasadkalar joylanganligi sababli, quritilayotgan material to’kish 
Ilmiybaza.uz qurilmada kamerali quritgichga qaraganda jarayon tezligi yuqori. Quritgich kamchiliklari: konstruktsiyasi murakkab va ekspluatatsion sarflar katta. Tebranma quritgichlar mayin dispers, polidispers, qumoq-qumoq va shular kabi boshqa, ya’ni mavhum qaynashga moyil bo’lmagan, materiallarni quritish uchun mo’ljallangan. Dispers material qatlamiga past chastotali tebranishlar ta’siri qatlamdagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarni intensivlaydi. Undan tashqari, tebranishlar o’zaro kesishgan yo’nalishli, yuqori samarador va ideal siqib chiqaruvchi quritgichlar yaratish imkonini ochib beradi. Bu turdagi quritgichlarda temperatura va kontsentratsiya maydonlari bir tekisda bo’ladi. Tebranma mavhum qaynash qatlamini vertikal, gorizontal va novli qurilmalarda tashkil etish mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida novli quritgichlar eng keng tarqalgan. Lekin, shuni alohida qayd etish kerakki, bu qurilmalar kichik qiyalik burchak ostida o’rnatilgan bo’ladi. Quritgich uzatmasi mayatnikli yuritkich - tebratgichdan iborat. Qatlam orqali o’tayotgan gaz oqimi va past chastotali tebranmalarning bir vaqtda ta’siri natijasida tebranma mavhum qaynash qatlami hosil bo’ladi. Bunday qatlamda massa va issiqlik almashinish juda yuqori bo’ladi. Barabanli quritgichlar uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va atmosfera bosimida donador, sochiluvchan materiallarni (mineral tuz, fosforit, qand lavlagi turpi, bug’doy, shakar va h.) quritish uchun qo’llaniladi. Issiqlik eltkich sifatida havo yoki tugun gazlari xizmat qiladi. Barabanli quritgichlar ichi bo’sh silindrdan iborat bo’lib, ufqda nisbatan kichik qiyalik burchagida o’rnatilgan bo’ladi. Baraban bandaj va roliklarga tayanib turadi. Uning aylanishi elektr yuritkich va reduktor, hamda tishli giddirak yordamida amalga oshiriladi. Barabaniing aylanish chastotasi 5...8 min1 dan oshmaydi. Quritgichga nam material ta’minlagich yordamida uzatiladi. Baraban aylanishi davrida material tepaga ko’tarilib pastga to’kiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. SHu bilan birga, qurilma o’rnatilgani va ichiga mahsus nasadkalar joylanganligi sababli, quritilayotgan material to’kish  
Ilmiybaza.uz 
 
bunkeri tomoniga qarab harakatlanadi. Odatda nasadkalar silindrik barabanning 
butun uzunligi bo’ylab joylashtiriladi. Baraban ichida. material issiqlik eltkich bilan 
o’zaro ta’sirda bo’lib quritiladi. 
 
3-rasm. Tebranma mavhum qaynash qatlamli quritgich. 
1 - amortizator; 2 - prujina; 3 - to’kish lyuki; 4 - tebratkich; 5 - yuritkich; 6 - gaz 
taqsimlovchi teshikli panjara; 7 - tarnov; 8 - kuzatish oynasi. 
 
4-rasm. Barabanli quritgich. 
 1 - o’txona; 2 - bunker; 3 - baraban; 4 - bandaj; 5 – tishli g’ildirak; 6 - 
ventilyator; 7 - tsiklon; 8- to’kish bunkeri; 9 - shlyuzli ta’minlagich; 10 - tayanch 
roliklar. 
Vertikal quritgich. Vertikal quritgichni tashqi tomoniga spiralsimon to’zitgich 
va yorug’lik o’tkazuvchi plyonka maxkamlangan va bularning barchasi quritish 
agentining regeneratsiyalash konturini hosil qilib beradi. Kamera ichida tross blok 
Ilmiybaza.uz bunkeri tomoniga qarab harakatlanadi. Odatda nasadkalar silindrik barabanning butun uzunligi bo’ylab joylashtiriladi. Baraban ichida. material issiqlik eltkich bilan o’zaro ta’sirda bo’lib quritiladi. 3-rasm. Tebranma mavhum qaynash qatlamli quritgich. 1 - amortizator; 2 - prujina; 3 - to’kish lyuki; 4 - tebratkich; 5 - yuritkich; 6 - gaz taqsimlovchi teshikli panjara; 7 - tarnov; 8 - kuzatish oynasi. 4-rasm. Barabanli quritgich. 1 - o’txona; 2 - bunker; 3 - baraban; 4 - bandaj; 5 – tishli g’ildirak; 6 - ventilyator; 7 - tsiklon; 8- to’kish bunkeri; 9 - shlyuzli ta’minlagich; 10 - tayanch roliklar. Vertikal quritgich. Vertikal quritgichni tashqi tomoniga spiralsimon to’zitgich va yorug’lik o’tkazuvchi plyonka maxkamlangan va bularning barchasi quritish agentining regeneratsiyalash konturini hosil qilib beradi. Kamera ichida tross blok  
Ilmiybaza.uz 
 
tizimida quritish kassetalari joylashtirilgan. Quritgichga mahsulotni yuklash darchasi, 
kalorifer va ventilyator o’rnatilgan. Kamera quyosh nurlanishiga nisbatan yutish 
qobiliyati 0,89.....0,94 bo’lgan “qora nikel” turidagi ruhlangan temirdan ishlangan. 
Quritgichda tayanch nuqtalari orqali tross blok tizimi o’tkazilgan. Kameraning yuqori 
qismida spiral to’zitkichlar chulg’amidan iborat yuqori retsirkulyatsiya konturi bilan 
ulanuvchi tashqi tangensial bortli tuynuklar joylashtirilgan . 
 
 
 
5-rasm. Vertikal ishlaydigan quritgich . 
 
Konvektiv quritish qurilmalarida mahsulotlar sifatli tayyorlanadi va 
tannarhi nisbatan arzon hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi viloyatlarining 
ishlab chiqarish korxonalarida turli xil konvektiv quritish qurilmalari keng 
tarqalgan bo’lib, turli meva-sabzavotlarni quritish uchun ishlatilmoqda.  
Nazorat savollari: 
  
1. Kamerali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
2. Tunelli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
3. Lentali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
4. SHaxtali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
Ilmiybaza.uz tizimida quritish kassetalari joylashtirilgan. Quritgichga mahsulotni yuklash darchasi, kalorifer va ventilyator o’rnatilgan. Kamera quyosh nurlanishiga nisbatan yutish qobiliyati 0,89.....0,94 bo’lgan “qora nikel” turidagi ruhlangan temirdan ishlangan. Quritgichda tayanch nuqtalari orqali tross blok tizimi o’tkazilgan. Kameraning yuqori qismida spiral to’zitkichlar chulg’amidan iborat yuqori retsirkulyatsiya konturi bilan ulanuvchi tashqi tangensial bortli tuynuklar joylashtirilgan . 5-rasm. Vertikal ishlaydigan quritgich . Konvektiv quritish qurilmalarida mahsulotlar sifatli tayyorlanadi va tannarhi nisbatan arzon hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi viloyatlarining ishlab chiqarish korxonalarida turli xil konvektiv quritish qurilmalari keng tarqalgan bo’lib, turli meva-sabzavotlarni quritish uchun ishlatilmoqda. Nazorat savollari: 1. Kamerali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 2. Tunelli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 3. Lentali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 4. SHaxtali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting.  
Ilmiybaza.uz 
 
5. Sirtmoqli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
6. Kamerali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
7. Tebranma quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
8. Barabanli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
9. Vertikal quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz 5. Sirtmoqli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 6. Kamerali quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 7. Tebranma quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 8. Barabanli quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting. 9. Vertikal quritgichlar tuzilishi va ishlashini ayting.