SURDOPEDAGOGIKA. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR.
Reja:
1. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari.
2. Eshitish nuqsonlari bor bolalarning tavsifnomasi.
3. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar.
Tayanch iboralar:
Surdapedagogika–lotincha surdus kar, gung so'zidan olingan.
Nutq murakkab ruhiy faoliyatdir.U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va
bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik davrida eshitishni yo’qotish esa bolaning psixologik rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko’rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning paydo bo’lishiga olib
keladi, eshitish nuqsoni bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Karlikning erta paydo bo’lishi esa nutqning umuman rivojlanmasligiga olib kelishi
mumkin.
Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari tug’ma va orttirilgan bo’ladi.
Inson rivojlanishida nutq muhim faoliyatdir. Nutq eshituv organlari vositasi bilan
idrok etishga asoslangan, bo’lib atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib
boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshitish analizatori, nutqni harakatga
keltiruvchi analizator bilan mustahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv
analizatorining rivojlanish darajasi ko’p jihatdan tafakkurga bog’liq. Bola
nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik eshitishning kamol topib
borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay balki muhimi o’z nutqi va
atrofdagilar nutqidagi so`zlarni tuzilishini, tovush tarkibining farqlay bilish
qobilyati bilan ham xarakterlanadi. Inson rivojlanishida fiziologik omillar turlicha
ta`sir etadi. Embrionllik davrida, homilaning rivojlanishida va tug`ilgandan keyin
eshitishning buzilishiga bir qancha sabablar ta`sir etadi:
onaning yuqumli kasalliklari (qizilcha, gripp, skarlatina, qizamiq);
onani antibiotiklar ta`sirida va alkagol ta`sirida zaxarlanishi;
ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi;
tug`lish jarayonidagi travmalar( shikastlar);
tug`ilgandan keyingi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish;
e`tiborsizliklar natijasida quloq yo`liga yot jismlarining tushib qolishi;
ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi.
Defektologiya ma’lumotlariga ko’ra eshitishda nuqsoni bor bolalarni rivojlanish
darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va o’gir
yengilligiga bog’liq. Kichik yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyati, nutqi
rivojlangandan so’ng, masalan: 2 yoshida yo’qolganida ham karlik natijasida bola
atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta–sekin unutadi.
Boladagi karlik bilan soqovlik qoshilib u kar-saqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z
vaqtida mahsus yordam ko`rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo
bo`ladi.
Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar soqov (gung),
zaif eshituvchi, keyinchalik, qulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib
o’rganiladi.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalarda
bolani har tomonlama rivojlantirish,uni maktab ta’limiga tayyorlashni amalga
oshiradi.
Yasli bog’chalariga bolalar 1.5 yoshdan,bolalar bog’chasiga 3 yoshdan qabul
qilinadi.
Maxsus umumta’lim maktablarda ta’lim tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar
asosida amalga oshiriladi. Sinf va tarbiya guruhlari 10-12 kishidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida eshitishi buzilgan bolalarga
ta’lim-tarbiya korreksion ishlar olib boriladi hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy
va pedagogik yordam ko’rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishda nuqsoni
bo’lgan o’smirlarni kasb-hunarga yo’llab, moddiy tomondan ta’minlab,
mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosabatini oshirib boradi.