Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi. Asosiy a’zolar tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi. Siydik-ta’nosil tizimi. Nerv tizimi va sezgi a’zolari
Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi. Asosiy a’zolar
tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi. Siydik-ta’nosil tizimi. Nerv
tizimi va sezgi a’zolari. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi
o’ziga xos xususiyatlari. Xulq-atvorining (etologiyasi) murakkab shakllari.
R E J A
1. Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi.
2. Asosiy a’zolar tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi.
3. Nerv tizimi va sezgi a’zolari.
4. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi o’ziga xos
xususiyatlari.
Sut emizuvchilar — tanasi jun bilan qoplangan issiq qonli umurtqali hayvonlar.
Ular bolasini sut bilan boqadi. Sut emizuvchilar boshqa umurtqali hayvonlarga
nisbatan yuksak tuzilishga ega, Oyoqlari tanasi ostida joylashgan, ko’pchiligining
tishlari ixtisoslashgan; tirik bola tug’adi. Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi,
skeleti, muskullari, nerv sistemasi
Umumiy tavsifi. Sut emizuvchilar - amniota guruhiga mansub issiqqonli
hayvonlar. Tanasi jun bilan qoplangan, terisida yog’ va ter bezlari bor. Bosh miya
yarimsharlari po’stlog’i kuchli rivojlangan. O’rta qulog’ida uchta eshitish
suyakchalari bor. Tishlari jag’ chuqurchasida joylashgan bo’lib, shakli va
vazifasiga ko’ra turlicha ixtisoslashgan. O’pkasi alveolar tipda, yuragi to’rt
kamerali. Yagona yurak aortasi yurakni chap tomondan aylanib o’tadi. Ko’krak
qafasi bo’shlig’i qorin bo’shlig’tdan yupqa to’siq-diafragma bilan ajralgan. Ayirish
organi bir juft buyrakdan iborat.
Barcha sut emizuvchilar urg’ochisida sut bezlari rivojlangan bo’lib, bolasini
sut bilan boqadi. Ularning ko’pchiligi tirik bola tug’adi, faqat ayrimlari tuxum
tug’ib ko’payadi.
Sut emizuvchilarning 4500 dan ortiq turi ma’lum. O’zbekiston faunasida 95
ga yaqin turi tarqalgan. Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo’yuvchilar, xaltalilar,
yo’ldoshlilar kenja sinflariga bo’linadi.
Tana qoplag’ichi. Sut emizuvchilar terisida naysimon ter bezlari va alveolar yog’
bezlari bor. Ter bezlari ayirish funksiyasini bajaradi; ular ishlab chiqaradigan ter
issiq havoda tanani sovutadi. Yog’ bezlari ajratib chiqaradigan sekreti teri va junni
yog’lab, mexanik ta’sirdan himoya qiladi, teri va junga suv yuqtirmaydi. Barcha
Sut emizuvchilar uchun xos bo’lgan sut bezlari ishlab chiqaradagan sut esa
ularning bolasi uchun oziq hisoblanadi. Sut bezlarining so’rg’ichlari odatda
ko’krak va qorinda, ba’zan tananing yon tomonida joylashadi. So’rg’ichlar soni sut
emizuvchilarning serpushtligiga bog’liq; 1-2 ta bola tug’adigan sut emizuvchilarda
ularning soni 2-4 ta, ko’p bola tug’adiganlarda 10 tagacha, ba’zan undan ham
ko’proq bo’ladi.
Sut emizuvchilar gavdasi bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga ajratiladi. Gavdasi
jun bilan qoplangan; faqat ayrim sut emizuvchilarning jun qoplami ikkilamchi
tarzda reduksiyaga uchragan. Jun qoplami Sut emizuvchilar uchun katta
ahamiyatga ega bo’lib, termoregulatsiya, mexanik ta’sirdan himoya qilish
vazifasini bajaradi. Sut emizuvchiiar tanasining rangi ham jun qoplami rangi bilan
bog’liq. Jun qoplami juda ko’p alohida soch tolalaridan tashkil topgan. Soch-
ipsimon muguz moddadan iborat bo’lib, epidermisning ostki qavatlaridan hosil
bo’ladi. Har bir soch tolasi teri ustida joylashgan soch o’qidan va teri ichiga botib
kirgan soch ildizidan iborat, soch ildizi soch xaltachasida joylashgan; ildizi uchida
piyozchasi bor. Piyozcha hujayralarining ko’payishi tufayli soch o’sadi. Ko’pchilik
sut emizuvchilarning jun qoplami ikki xil: yo’g’on, uzun va dag’al hamda ular
ostida joylashgan mayin va qalin tivit junlardan iborat. Qalin tivit terida haroratni
saqiaydi; dag’al junlar esa tivit qavat va terini mexanik ta’sirdan himoya qiladi. Sut
emizuvchilar og’zi va ko’zlari atrofida, yelkasi, oyoqlari va boshqa joylarida
bo’Iadigan uzun va yo’g’on qillar esa tuyg’u vazifasini bajaradi, qillarning ildizi
nervlar bilan o’ralgan. Shimoliy va mo’tadil iqlimda yashaydigan Sut
emizuvchilarning jun qoplami mavsumga qarab almashinib turadi. Odatda kuzda
sodir bo’Iadigan tullashda yozgi siyrak va kalta junlar qishki qalin va uzun jun
qoplami bilan almashinadi. Ko’pincha qishki jun qoplami yozgisidan rangi bilan
ham farq qiladi. Masalan, oq tovushqonning qishki junlari oq, yozgi junlari esa
qo’ng’ir-kulrang bo’ladi. Tropik mintaqalardagi hayvonlarda mavsumiy tullash
sodir bo’lmaydi; ular juni yil davomida asta-sekin almashinadi.
Ko’pchilik Sut emizuvchilar barmoqlarining uchki qismi epidermisdan hosil
bo’lgan muguz tirnoq-tuyoq bilan qoplangan. Tirnoq va tuyoqlar tuzilishiga ko’ra
o’zaro o’xshash bo’lib mustahkam muguz plastinka, tirnoqosti plastinkasi va
barmoq yostiqchasidan iborat. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tirnoq plastinkasi
qalin bo’rtiq, biroz pastga egilgan; plastinka uchi o’tkir, tirnoq osti plastinkasi
yaxshi rivojlangan, yostiqchasi katta va yumshoq bo’ladi. Yuksak Sut emizuvchilar
(primatlar) ning tirnoq plastinkasi yupqa, yassi; tirnoq osti plastinkasi
rivojlanmagan, barmoq yostiqchasi yirik va yumshoq tuyoqli Sut emizuvchilar
tuyog’i barmoqlar uchki qismini o’rab turadigan muguzdan iborat; ostki plastinkasi
yo’g’onlashgan va qattiq bo’ladi. Bir qancha Sut emizuvchilar uchun xos bo’lgan
shoxlar ham epidermisdan hosil bo’ladigan muguz moddadan iborat.
Skeleti. Sut emizuvchilar skeleti suyakdan iborat. Xorda faqat embrional
rivojlanishining dastlabki davrlarida bo’ladi. O’q skeleti - umurtqa pog’onasi
o’zaro yassi yuza orqali tutashib turadigan umurtqalardan tashkil topgan.
Umurtqalar oralig’ida tog’ay va xorda qoldiqlari saqlanib qolgan. Bo’yin
umurtqalari odatda 7 ta bo’ladi. Birinchi bo’yin umurtqasi atlant halqa shaklida
bo’lib, bosh qutisi bilan ikkita yuza orqali tutashadi. Ikkinchi bo’yin umurtqasi —
egistrofeyning oldingi egilgan o’simtasi atlant halqasiga kirib turadi.
Umurtqalarning bunday tutashuvi tufayli bosh bemalol harakatlanadi. Ko’krak
umurtqalari 12-15 ta, ularning ko’pchiligiga qovurg’alarning bir uchi kelib
tutashadi. Uning uchi ikkinchi to’sh suyagi bilan tutashuvi natijasida ko’krak qafasi
hosil bo’ladi (106-rasm). Bel umurtqalari 2-9 tagacha bo’lib rudimentar
qovurg’alarga ega. 3~4-dumg’aza umurtqalari birga qo’shilib yagona dumg’aza
suyagini hosil qiladi. Dumg’aza suyagi chanoq suyaklari birikishi uchun
mustahkam tayanch asos bo’lib xizmat qiladi. Dum umurtqalari soni har xil. Sut
emizuvchilarning o’rta qulog’ida uchta suyakchalar: bolg’acha, sandoncha va
uzangicha bo’ladi. Bolg’acha sudralib yuruvchilar pastki jag’i burchagida
joylashgan suyakchadan, sandoncha - kvadrat suyagidan, uzangicha tuban
umurtqalilarning tilosti yoyi ustki qismining o’zgarishidan kelib chiqadi. Sut
emizuvchilarning bosh qutisi katta; u umurtqa pog’onasi bilan ikki yuza orqali
birikkan. Bitta suyakdan iborat pastki jag’ bosh qutisining chakka qismiga bevosita
birikadi.
Yelka kamari juft kurak va o’mrov suyaklaridan iborat. Korakoid suyaklari deyarli
barcha sut emizuvchilarda rudimentar korakoid o’simtasi shaklida kurak suyagiga
yopishgan. Faqat kloakalilarda bu suyak mustaqil holda qoladi. Chanoq suyagi 3
juft: o’tirg’ich, qov va quymich suyaklaridan iborat.
Sut emizuvchilarning oyoqlari ham boshqa quruqlikda yashovchi umurtqaliiar
singari besh barmoqli, ammo tez yugurishga moslanish natijasida barmoqlar soni
qisqarib, otlarda faqat bitta barmoq saqlanib qolgan. Harakatlanishda oyoqlar
holatiga ko’ra sut emizuvchilarni tovonda yuruvchilar (ayiqlar), yarimtovonda
yuruvchilar (ko’pchilik kemiruvchilar, yirtqichlar) va barmoqda yuruvchilar
(tuyoqlilar) ajratiladi. Tovonda yuruvchilar yurganda tovonmng hamma yuzasi
(kaft oldi, kaft, panja) ga, yarim tovon (panja)da yuruvchilar kaft va barmoqlarga,
barmoqda yuruvchilar - faqat barmoqqa, hatto uning eng uchki qismi (tuyoq)qa
tayanadi.
Muskullari. Sut emizuvchilarning muskullari xilma-xil va ancha murakkab
tuzilgan. Skelet muskullari ko’ndalang yol-yol tolali muskullardan, ichki organlar
muskullari esa silliq tolali muskullardan iborat. Ularning oldingi, orqa va keyingi
oyoqlari, chaynash, bo’yin, nafas olish muskullari, ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Yirtqich hayvonlar jag’lari yordamida o’z o’ljasini ushlaydi va o’ldiradi, itlar
ancha yirik suyaklarni maydalaydi. O’txo’r hayvonlar oziqni uzib olib, chaynaydi.
It skeleti:
l-miya qutisi; 2-bo’yin umurtqalari; 3-ko’krak umurtqalari; 4-bel umurtqalari; 5-
chanoq; 6-dum umurtqalari; 7-kurak; 8-yelka;9-bilak; 10-tirsak; 11-tovon va panja
suyaklari; 12-qovurg’alar; 13-son; 14-katta boldir; 15-kichik boldir; 16-orqa oyoq
tovon va panja suyakiari.
Nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Bosh miyasi, ayniqsa oldingi miya katta
yarimsharlari po’stlog’i va miyacha yirik bo’ladi. Bosh miyaning tuzilishi Sut
emizuvchilar oliy nerv faoliyatining murakkablashuvi va harakatlanishining xilma-
xil bo’lishiga sabab bo’lgan. Bosh miya yarim sharlarining nisbatan yirik bo’lishi
va murakkab tuzilishi biian birga ularning yuzasida har xil egri-bugri egatchalar
paydo bo’ladi. Egatchalar yarimsharlar yuzasini kengaytiradi.
Sut emizuvchilar:
A-bosh skeleti; B-muskullari: 1-miya qutisi; 2-yuz skeleti; 3-oziq tishlar; 4-qoziq
tishlar; 5-kurak tishlar; 6-yirtqich tish; 7-ko’z kosasi; 8-yuqori jag’; 9-pastki jag’;
10-chaynash muskullari.
Bosh miya nervlari 12 juft bo’ladi. Sezgi organlari yaxshi rivojlangan.
Ko’pchilik Sut emizuvchilar hayo-tida hid bilish muhim ahamiyatga ega. Ular hid
orqali o’z ozig’ini to’pib yeydi; o’z turi individlarini taniydi; dushmanlarini sezadi
yoki o’zi egallagan hududni belgilaydi. Shuning uchun sut emizuvchilarning hidlov
chuqurchasi katta bo’lib, uning yuzasini hidlov chig’anoqlari deb ataladigan
burmalar yanada kengaytiradi. Eshitish organi ham odatda yaxshi rivojlangan
bo’lib, tashqi, o’rta va ichki quloqdan iborat. Quloq suprasi faqat Sut emizuvchilar
uchun xos, u tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash vazifasini
bajaradi. Ko’pchilik hayvonlarda quloq suprasi harakatchan bo’ladi. Nog’ora parda
tashqi quloqni ichki quloqdan ajratib turadi. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta eshitish
suyakchalari: bolg’acha, sandoncha, uzangicha joylashgan. Bolg’achaning