Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

1016,6 KB


Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar
ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish.
R E J A
1. Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
2. Sut emizuvchilar ekologiyasi.
3. Sut emizuvchilarning tabiatda va insonlar hayotidagi ahamiyati.
Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Sut emizuvchilarning ajdodlari perim
davrida  yashagan  darranda  tishli  sudralib  yuruvchilar  xisoblanadi.  Bular  bir
tomondan primitiv belgilarga (Amfitsel umurtqalilar, miya qutisi bo’shlig’ining
juda kichikligi) ikkinchi tomondan ega bo’lsa ikkinchi tomondan xos belgilari:
tishlari ayrim katakchalarga o’rnashgan va gruppalarga ajralgan, engsa bo’rtmalari
ikkita  bo’lgan.  Trias  davrida  sut  emizuvchilar  darranda  tishli  sudralib  –
yuruvchilardan  ajralib  chiqqan.  Ustki  trias  davrida  yashagan  dastlabki  sut
emizuvchilar ikki gruppaga bo’lingan. Ko’p bo’rtmalilar degan gruppasining kurak
tishlar  yaxshi  rivojlangan  va  keskich  tishlari  bo’lmagan.  Bular  kalamush  va
sug’urdek  kaltalikda  bo’lgan.  Ko’p  bo’rtmalilarning  qadimgi  vakillaridan  bir
yo’llilar  kelib  chiqqan  deb  faraz  qiladilar.  Mezozoy  erasining  yura  davrida
darranda  tishli  su4dralib  yuruvchilardan  ajralib  chiqqan  sut  emizuvchilarning
ikkinchi  gruppasi  3  burtmalilar  bo’lib,  bular  aksariyat  xayaonlar  bo’lgan.  3
bo’rtmalilarning asoaiy gruppasi bo’lib pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar
ko’p chilik qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni bergan dastlabki shoxcha hisoblanadi.
Ko’pchiqlilar  bo’r  davrida  paydo  bo’lgan.  Yo’ldoshlilar  ham  bo’r  davrining
boshida paydo bo’lgan xar-xil yo’nalishlarga qarab evolyutsiya qilgan.
Logotip
Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish. R E J A 1. Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 2. Sut emizuvchilar ekologiyasi. 3. Sut emizuvchilarning tabiatda va insonlar hayotidagi ahamiyati. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Sut emizuvchilarning ajdodlari perim davrida yashagan darranda tishli sudralib yuruvchilar xisoblanadi. Bular bir tomondan primitiv belgilarga (Amfitsel umurtqalilar, miya qutisi bo’shlig’ining juda kichikligi) ikkinchi tomondan ega bo’lsa ikkinchi tomondan xos belgilari: tishlari ayrim katakchalarga o’rnashgan va gruppalarga ajralgan, engsa bo’rtmalari ikkita bo’lgan. Trias davrida sut emizuvchilar darranda tishli sudralib – yuruvchilardan ajralib chiqqan. Ustki trias davrida yashagan dastlabki sut emizuvchilar ikki gruppaga bo’lingan. Ko’p bo’rtmalilar degan gruppasining kurak tishlar yaxshi rivojlangan va keskich tishlari bo’lmagan. Bular kalamush va sug’urdek kaltalikda bo’lgan. Ko’p bo’rtmalilarning qadimgi vakillaridan bir yo’llilar kelib chiqqan deb faraz qiladilar. Mezozoy erasining yura davrida darranda tishli su4dralib yuruvchilardan ajralib chiqqan sut emizuvchilarning ikkinchi gruppasi 3 burtmalilar bo’lib, bular aksariyat xayaonlar bo’lgan. 3 bo’rtmalilarning asoaiy gruppasi bo’lib pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar ko’p chilik qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni bergan dastlabki shoxcha hisoblanadi. Ko’pchiqlilar bo’r davrida paydo bo’lgan. Yo’ldoshlilar ham bo’r davrining boshida paydo bo’lgan xar-xil yo’nalishlarga qarab evolyutsiya qilgan.
SUT EMIZUVCHILARNING EKOLOGIYASI: Yashash sharoiti va tarqalishi.
Sut emizuvchi-larning biologik progressi bo’lib ularning geografik va biotipik
tarqalishi  xisoblanadi.  Sut  emizuvchilar  Antarktidadan  tashqari  xamma  joyda
tarqalgan. Tabiatda yovvoyi qo’ylar va echkilar 6000 m, bo’rilar 7150 m, dengiz
sathidan  balandlikda  uchraydi.  Sut  emizuvchilar  uchun  ayrim  turlarini  keng
tarqalishi xam xarakterlidir. Masalan: bo’ri va tulki Yevropa, Osiyo va Shimoliy
Amerika, kashalot issiq va o’rta mintaqadagi barcha okeanlarda tarqalgan. Bundan
tashqari sut emizuvchilar turli xil muxit sharoitlarida yashaydi.
Yashash  sharoitlariga  qarab  sut  emizuvchilar  4ta  asosiy  ekologik
gruppalarga bo’linadi. 
1.Yerda yashovchilar sut emizuvchilarning eng katta gruppasi bo’lib, yer
sharining  barcha  quruqliklarini  egallagan.  Bular  asosan  barcha  o’rmon  va
butazorlarda xamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan. Daraxtda yashovchilar
o’zlarining ko’p vaqtlarini daraxtda o’tkazadi, darxtda ovqat topib yeydi, dam oladi
va  ko’payishi  uchun  uya  qurishda  daraxt  kovaklaridan  foydalanadi.  Masalan,
kemiruvchilardan olmaxon, yirtqichlardan ba’zi suvsarlar, lemurlar, maymunlar va
boshqalar daraxtda yashaydi. Ochiq joyda yashovchilar xam xilma-xildir.
Bu gruppaga yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qilib,
ovqatni  yer  ostidan  topuvchi  qo’sh  oyoqlilar,  yumronqoziqlar,  ko’pchilik
yirtqichlar, tovusqonlar kiradi.
3.Yer tagida yashovchilar muhitga o’ta moslashgan bo’lib, butun hayotini
yoki  hayotining ko’p qismini  yer  tagida o’tkazadi. Bu gruppaga  kiruvchi  sut
emizuvchilarning ko’zlari va quloq surpralari rivojlanmagan, gavdasi o’qlovsimon
bo’ladi, dumi kalta yoki mutlaqo bo’lmaydi va qilsiz bo’ladi. Ularning oldingi
oyoqlarini barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan.
Bularga krotlar, ko’rsichqonlar, kopchiqli krotlar kiradi.
3. Suvda yashovchilar orasida morfologik tomondan suvda chshashga ozroq
moslashgan norka, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdak burun, ondatra, nutriya, bobir,
suvda  yashashga  kuchliroq  moslashgan  tyulenlar  va  morjlar  hamda  suvda
yashashga butunlay moslashgan diqqatiga sazovardir. Ayniqsa kitsimonlar to’liq
suv muxitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar xisoblanadi. Kitsimonlar
Logotip
SUT EMIZUVCHILARNING EKOLOGIYASI: Yashash sharoiti va tarqalishi. Sut emizuvchi-larning biologik progressi bo’lib ularning geografik va biotipik tarqalishi xisoblanadi. Sut emizuvchilar Antarktidadan tashqari xamma joyda tarqalgan. Tabiatda yovvoyi qo’ylar va echkilar 6000 m, bo’rilar 7150 m, dengiz sathidan balandlikda uchraydi. Sut emizuvchilar uchun ayrim turlarini keng tarqalishi xam xarakterlidir. Masalan: bo’ri va tulki Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika, kashalot issiq va o’rta mintaqadagi barcha okeanlarda tarqalgan. Bundan tashqari sut emizuvchilar turli xil muxit sharoitlarida yashaydi. Yashash sharoitlariga qarab sut emizuvchilar 4ta asosiy ekologik gruppalarga bo’linadi. 1.Yerda yashovchilar sut emizuvchilarning eng katta gruppasi bo’lib, yer sharining barcha quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o’rmon va butazorlarda xamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan. Daraxtda yashovchilar o’zlarining ko’p vaqtlarini daraxtda o’tkazadi, darxtda ovqat topib yeydi, dam oladi va ko’payishi uchun uya qurishda daraxt kovaklaridan foydalanadi. Masalan, kemiruvchilardan olmaxon, yirtqichlardan ba’zi suvsarlar, lemurlar, maymunlar va boshqalar daraxtda yashaydi. Ochiq joyda yashovchilar xam xilma-xildir. Bu gruppaga yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qilib, ovqatni yer ostidan topuvchi qo’sh oyoqlilar, yumronqoziqlar, ko’pchilik yirtqichlar, tovusqonlar kiradi. 3.Yer tagida yashovchilar muhitga o’ta moslashgan bo’lib, butun hayotini yoki hayotining ko’p qismini yer tagida o’tkazadi. Bu gruppaga kiruvchi sut emizuvchilarning ko’zlari va quloq surpralari rivojlanmagan, gavdasi o’qlovsimon bo’ladi, dumi kalta yoki mutlaqo bo’lmaydi va qilsiz bo’ladi. Ularning oldingi oyoqlarini barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Bularga krotlar, ko’rsichqonlar, kopchiqli krotlar kiradi. 3. Suvda yashovchilar orasida morfologik tomondan suvda chshashga ozroq moslashgan norka, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdak burun, ondatra, nutriya, bobir, suvda yashashga kuchliroq moslashgan tyulenlar va morjlar hamda suvda yashashga butunlay moslashgan diqqatiga sazovardir. Ayniqsa kitsimonlar to’liq suv muxitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar xisoblanadi. Kitsimonlar
tasodifan qirng’oqqa chiqib qolsa, xaloq bo’ladi. Terisida jun qatlami, yog’ va ter
bezlari keyingi oyoqlari yo’q. 
4. Havoda yashovchilarga faqat qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar kiradi.
Havoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi qanot hosil bo’ladi.
To’sh  suyagining  oldingi  yuzasida  ko’krak  toji  suyagi  bo’ladi.  Bosh  skelet
suyaklari qo’shilib ketadi.
 
 Sut emizuvchilarning ovqati nixoyatda xilma-xildir. Shu bilan birgalikda
bular o’z ovqatlarini turli xil hayot muxitlarida- havo, yer usti, yer osti, suv
qatlamlaridan  tutib  oladi.  Ovqatning  xiliga  qarab  sut  emizuvchilarning  ikkita
gruppaga: go’shtxo’r va o’simlikxo’r gruppalarga bo’lish mumkin. Go’shtxo’rlar
o’z navbatida xashoratxo’rlarga (ko’rshapalaklar, yerqazirlar) yirtqichlarga (ba’zi
yirtqichlar, kopchiklilar, delfinlar, tyulenlar) o’limtikxo’rlarga (shog’ol, sirtlon)
bo’linadi.  O’simlikxo’r  darandalar  juda  ham  ko’p.  Bu  gruppaga  ko’pchilik
maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, kopchiklilar kiradi. Ovqat xarakteriga qarab
bular o’txo’r, donxo’r va mevaxo’rlarga bo’linadi. Lekin sut emizuvchilarning bu
gruppalari  qisman  shartli  bo’lib,  hayvonning  geografik  tarqalishi,  yoshi,  yil
fasillariga  qarab  o’zgarib  turadi.  Masalan,  qo’ng’ir  ayiq,  Janubiy  Kavkazda
o’simlik bilan ovqatlansa, uzoq sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi. 
Sut emizuvchilar hayotida sutka va mavsum siklligi. 
Sut emizuvchilarda tinchlik davri bilan aktivlik davrining sutka va yil fasli
sari mumtazam ravshda almashinib turishi ovqat topishga bog’liq ravshda boradi.
Sutkali siklligi. Tirikchilikni tunda yoki kunda o’tkazish darandaning ovqat topishi
xarakteriga  bog’liq.  Kemiruvchilar  bilan  ovqatlanuvchi  ko’pchilik  yirtqichlar
turlicha aktivlik bilan kechasi ham, kunduzi buning aksicha, ko’rshapalaklar faqat
kechasi aktiv bo’ladi. 
Fasl siklligi ham ovqat topish qiyin bo’ladigan yil fasllariga moslanishidir.
Bu moslanish yozda uyquga kirish hodisasi bilan ifodalaniladi. Uyquga kirish bir
yo’llilar, kopchiklar hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, yirtqichlar va kemiruvchilarda
namoyan bo’ladi. Uyquga kirish xarakteriga qarab 3 tipda bo’ladi. 
1. Qishki  uyqu yoki fakultativ uyqu modda almashinuvi  darajasi  gavda
temperaturasi  va  nafas  olish  prosesslarining  unchalik  pasaymasligi  bilan
xarakterlanadi. Bu uyqu osonlik bilan buzilishi mumkin. Bunday uyqu ayiqlarga,
Logotip
tasodifan qirng’oqqa chiqib qolsa, xaloq bo’ladi. Terisida jun qatlami, yog’ va ter bezlari keyingi oyoqlari yo’q. 4. Havoda yashovchilarga faqat qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar kiradi. Havoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi qanot hosil bo’ladi. To’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’ladi. Bosh skelet suyaklari qo’shilib ketadi. Sut emizuvchilarning ovqati nixoyatda xilma-xildir. Shu bilan birgalikda bular o’z ovqatlarini turli xil hayot muxitlarida- havo, yer usti, yer osti, suv qatlamlaridan tutib oladi. Ovqatning xiliga qarab sut emizuvchilarning ikkita gruppaga: go’shtxo’r va o’simlikxo’r gruppalarga bo’lish mumkin. Go’shtxo’rlar o’z navbatida xashoratxo’rlarga (ko’rshapalaklar, yerqazirlar) yirtqichlarga (ba’zi yirtqichlar, kopchiklilar, delfinlar, tyulenlar) o’limtikxo’rlarga (shog’ol, sirtlon) bo’linadi. O’simlikxo’r darandalar juda ham ko’p. Bu gruppaga ko’pchilik maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, kopchiklilar kiradi. Ovqat xarakteriga qarab bular o’txo’r, donxo’r va mevaxo’rlarga bo’linadi. Lekin sut emizuvchilarning bu gruppalari qisman shartli bo’lib, hayvonning geografik tarqalishi, yoshi, yil fasillariga qarab o’zgarib turadi. Masalan, qo’ng’ir ayiq, Janubiy Kavkazda o’simlik bilan ovqatlansa, uzoq sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi. Sut emizuvchilar hayotida sutka va mavsum siklligi. Sut emizuvchilarda tinchlik davri bilan aktivlik davrining sutka va yil fasli sari mumtazam ravshda almashinib turishi ovqat topishga bog’liq ravshda boradi. Sutkali siklligi. Tirikchilikni tunda yoki kunda o’tkazish darandaning ovqat topishi xarakteriga bog’liq. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi ko’pchilik yirtqichlar turlicha aktivlik bilan kechasi ham, kunduzi buning aksicha, ko’rshapalaklar faqat kechasi aktiv bo’ladi. Fasl siklligi ham ovqat topish qiyin bo’ladigan yil fasllariga moslanishidir. Bu moslanish yozda uyquga kirish hodisasi bilan ifodalaniladi. Uyquga kirish bir yo’llilar, kopchiklar hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, yirtqichlar va kemiruvchilarda namoyan bo’ladi. Uyquga kirish xarakteriga qarab 3 tipda bo’ladi. 1. Qishki uyqu yoki fakultativ uyqu modda almashinuvi darajasi gavda temperaturasi va nafas olish prosesslarining unchalik pasaymasligi bilan xarakterlanadi. Bu uyqu osonlik bilan buzilishi mumkin. Bunday uyqu ayiqlarga,
yenotlarga, yenotsimon itlarga va bo’rsiqlarga xosdir. Ular yiqilgan daraxt ostida
(qo’ng’ir  ayiq)  hashak  ostida,  daraxt  kovaklarida  (qora  ayiq,  yenot)  uxlaydi.
Uxlash muddati shimolda ko’proq, janubga borgan sari kamayib boradi. 
2. Haqiqiy uyqu bunda gavda temperaturasi ancha pasayadi. Nafas olish
keskin sekinlashadi va chuqur karaxt xolida bo’ladi, lekin qish vaqtida kqisqa
muddatga,  havo  juda  isib  ketganda  uyg’onadi.  Bunday  uyqu  tipratikanlarga,
sug’urlarga, yumronqoziqlarga va qo’shoyoqlilarga xosdir. Haqiqiy uyquga kirish
ba’zan qishda emas, yozda ham bo’ladi. 
Davriy migratsiya. Odatda ovqat tanqisligiga yoki ovqat topishning iloji
yo’qligiga  bog’liq  bo’ladi.  Davriy  migratsiya  asosan  tuyoqlilar  va  ularning
orqasidan yuradigan katta yirtqichlarda hamda ko’rshapalaklarda ko’riladi. Davriy
migratsiya baliqlardagi singari gorizontal va vertikal migratsiyalarga bo’linadi.
Shimol bug’usi, (kosulya) ning mamlakatimizda, Afrika tuyoqlilardan kiyiklarning
ko’chib  yurishlari  gorizontal  migratsiyaga  misol  bo’lsa,  baland  tog’larda
yashaydigan tog’ echkilari serkalar va ular orqasidan yirik yirtqichlarning ko’chishi
vertikal migratsiyaga misol bo’ladi.
Ko’payiishi: Sut emizuvchialr ko’payish harakteriga qarab uch gruppaga
bo’linadi:
1.Tuxum qo’yib ko’payish. Tuxumi sariq moddaga boy bo’lib, tug’ilganda
zarodish  ancha  rivojlangan  bo’ladi.  Tuxumni  onasi  bosib  inkubatsiya  qiladi
(o’rdakburun) yoki xaltada olib yuradi (exidna). Tuxumdan ochib chiqqan bolani
onasi sut bilan boqadi.
2.Chala,  nimjon  bola  tug’ib  ko’payish.  Bola  bachadonda  rivojalanadi,
yo’ldosh bo’lmaydi. Tug’ilgan bola qopchiqda olib yuriladi va sut bilan boqiladi.
Bu hodisa qopchiqlarga xosdir.
3.Yaxshi  rivojlangan  bola  tug’ib  ko’payish.  Bularnng  tug’ilgan  bolalari
yaxshi rivojlangan va xatto o’sha kuni yura oladi. Xech bo’lmaganda o’zi ema
oladi, chunki bularning bolalari yo’ldosh ichida, u orqali ona organizmi xisobidan
ovqatlanadi. Bu guruxga yo’ldoshlilar misol bo’ladi.
Sut  emizuvchilar  turli  yoshda  balog’atga  yetadi.  Masalan,  fillar  20,25
yoshda,  bo’ri  1  yoshda,  mayda  kemiruvchilar  esa  oyligida  bolalaydi.  Sut
emizuvchilar  ko’pgina  bir  yilda  bir  marta  bola  tug’adi.  Lekin  ko’pincha
Logotip
yenotlarga, yenotsimon itlarga va bo’rsiqlarga xosdir. Ular yiqilgan daraxt ostida (qo’ng’ir ayiq) hashak ostida, daraxt kovaklarida (qora ayiq, yenot) uxlaydi. Uxlash muddati shimolda ko’proq, janubga borgan sari kamayib boradi. 2. Haqiqiy uyqu bunda gavda temperaturasi ancha pasayadi. Nafas olish keskin sekinlashadi va chuqur karaxt xolida bo’ladi, lekin qish vaqtida kqisqa muddatga, havo juda isib ketganda uyg’onadi. Bunday uyqu tipratikanlarga, sug’urlarga, yumronqoziqlarga va qo’shoyoqlilarga xosdir. Haqiqiy uyquga kirish ba’zan qishda emas, yozda ham bo’ladi. Davriy migratsiya. Odatda ovqat tanqisligiga yoki ovqat topishning iloji yo’qligiga bog’liq bo’ladi. Davriy migratsiya asosan tuyoqlilar va ularning orqasidan yuradigan katta yirtqichlarda hamda ko’rshapalaklarda ko’riladi. Davriy migratsiya baliqlardagi singari gorizontal va vertikal migratsiyalarga bo’linadi. Shimol bug’usi, (kosulya) ning mamlakatimizda, Afrika tuyoqlilardan kiyiklarning ko’chib yurishlari gorizontal migratsiyaga misol bo’lsa, baland tog’larda yashaydigan tog’ echkilari serkalar va ular orqasidan yirik yirtqichlarning ko’chishi vertikal migratsiyaga misol bo’ladi. Ko’payiishi: Sut emizuvchialr ko’payish harakteriga qarab uch gruppaga bo’linadi: 1.Tuxum qo’yib ko’payish. Tuxumi sariq moddaga boy bo’lib, tug’ilganda zarodish ancha rivojlangan bo’ladi. Tuxumni onasi bosib inkubatsiya qiladi (o’rdakburun) yoki xaltada olib yuradi (exidna). Tuxumdan ochib chiqqan bolani onasi sut bilan boqadi. 2.Chala, nimjon bola tug’ib ko’payish. Bola bachadonda rivojalanadi, yo’ldosh bo’lmaydi. Tug’ilgan bola qopchiqda olib yuriladi va sut bilan boqiladi. Bu hodisa qopchiqlarga xosdir. 3.Yaxshi rivojlangan bola tug’ib ko’payish. Bularnng tug’ilgan bolalari yaxshi rivojlangan va xatto o’sha kuni yura oladi. Xech bo’lmaganda o’zi ema oladi, chunki bularning bolalari yo’ldosh ichida, u orqali ona organizmi xisobidan ovqatlanadi. Bu guruxga yo’ldoshlilar misol bo’ladi. Sut emizuvchilar turli yoshda balog’atga yetadi. Masalan, fillar 20,25 yoshda, bo’ri 1 yoshda, mayda kemiruvchilar esa oyligida bolalaydi. Sut emizuvchilar ko’pgina bir yilda bir marta bola tug’adi. Lekin ko’pincha
kemiruvchilar yiliga bir necha marta bolalaydi. Masalan tiyinlar (olmaxonlar) va
tovushqonlar yilda uch martagacha, sichqonlar va kalamushlar esa undan xam ko’p
bolalaydi. Ikkinchi tomondan ba’zi bir darrandalar, masalan qo’tos, tuya, kitlar yil
oralab urchiydi, fillar esa 3-4 yil o’tkazib urchiydi. Katta darrandalar xar safar bitta,
kichik darrandalar esa ko’p bola tug’adi. Masalan oq sichqonlar 1-18 tagacha bola
tug’adi. Bu hodisa yilning iliq sharoitiga qarab o’zgarib turadi.
Sut  emizuvchilarning  bo’g’ozlik  va  tug’ish  davri  uzoq  bo’lganligi
munosabati bilan kuyukish ya’ni qo’shilish davri xar xil bo’ladi.  Masalan itlar
(bo’ri, tulki) qishning oxirida yanvar, fevral, oylarida qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri
qisqa  bo’ladigan  mayda  darrandalar  (tipratikanlar,  sassiqquzonlar,  latchalar,
kemiruvchilar) bahorda ko’payadi, suvsar bo’rsiq kabi hayvonlar yozda, bug’ilar
kuzda qo’shiladi.
Bo’g’ozlik  davri  sut  emizuvchi  hayvonning  katta-kichikligiga  ma’lum
darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, mayda kemruvchilarda bo’g’ozlik davri 8-20
kun, quyonda bir oy, tovushqonda50 kun, itda 2 oy, arslonda-4 oy, ayiqda-7 oy,
otda-11 oy, tuyada bir yilcha, filda 20 oy davom etadi. Begemot bolasini qornida 8
oy, sigir, orangutan va odam 9 oy, katta kit bir yilcha bolasni qornida olib yuradi.
Sut  emizuvchilarning  tabiatdagi  ahamiyati.  Sut  emizuvchilarning  hayoti
o’simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog’liq. Ularasosiy o’txo’r
hayvonlar sifatida o’simliklar hosil qiladigan organik moddalarni o’zlashtirib o’z
tanasini  tiklaydi.  Sut  emizuvchilar  tezagi  va  murdasi  esa  saprofag  hayvonlar
(go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar), saprofit zamburug’lar va bakteriyalar uchun
oziq bo’ladi. Bu organizmlar faoliyati tufayli tuproq o’simliklarni o’sishi uchun
zarur bo’lgan mineral moddalar bilan boyiydi. Yerda in quradigan va tuproqda
yashaydigan sut emizuvchilar tuproqni yumshatib, unga havo va suv o’tishini
yaxshilaydi. Hayvonlar bilan o’simliklar hayotining o’zaro chambarchas bogiiqligi
dasht va cho’llarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Hasharotxo’r va yirtqich sut
emizuvchilar  zararkunanda  va  kasallik  tarqatuvchi  hasharotlar  sonini  cheklab
turadi. Yirtqich sut emizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan
oziqlanib, hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam beradi; yer yuzini tozalab,
tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.
Logotip
kemiruvchilar yiliga bir necha marta bolalaydi. Masalan tiyinlar (olmaxonlar) va tovushqonlar yilda uch martagacha, sichqonlar va kalamushlar esa undan xam ko’p bolalaydi. Ikkinchi tomondan ba’zi bir darrandalar, masalan qo’tos, tuya, kitlar yil oralab urchiydi, fillar esa 3-4 yil o’tkazib urchiydi. Katta darrandalar xar safar bitta, kichik darrandalar esa ko’p bola tug’adi. Masalan oq sichqonlar 1-18 tagacha bola tug’adi. Bu hodisa yilning iliq sharoitiga qarab o’zgarib turadi. Sut emizuvchilarning bo’g’ozlik va tug’ish davri uzoq bo’lganligi munosabati bilan kuyukish ya’ni qo’shilish davri xar xil bo’ladi. Masalan itlar (bo’ri, tulki) qishning oxirida yanvar, fevral, oylarida qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri qisqa bo’ladigan mayda darrandalar (tipratikanlar, sassiqquzonlar, latchalar, kemiruvchilar) bahorda ko’payadi, suvsar bo’rsiq kabi hayvonlar yozda, bug’ilar kuzda qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri sut emizuvchi hayvonning katta-kichikligiga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, mayda kemruvchilarda bo’g’ozlik davri 8-20 kun, quyonda bir oy, tovushqonda50 kun, itda 2 oy, arslonda-4 oy, ayiqda-7 oy, otda-11 oy, tuyada bir yilcha, filda 20 oy davom etadi. Begemot bolasini qornida 8 oy, sigir, orangutan va odam 9 oy, katta kit bir yilcha bolasni qornida olib yuradi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati. Sut emizuvchilarning hayoti o’simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog’liq. Ularasosiy o’txo’r hayvonlar sifatida o’simliklar hosil qiladigan organik moddalarni o’zlashtirib o’z tanasini tiklaydi. Sut emizuvchilar tezagi va murdasi esa saprofag hayvonlar (go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar), saprofit zamburug’lar va bakteriyalar uchun oziq bo’ladi. Bu organizmlar faoliyati tufayli tuproq o’simliklarni o’sishi uchun zarur bo’lgan mineral moddalar bilan boyiydi. Yerda in quradigan va tuproqda yashaydigan sut emizuvchilar tuproqni yumshatib, unga havo va suv o’tishini yaxshilaydi. Hayvonlar bilan o’simliklar hayotining o’zaro chambarchas bogiiqligi dasht va cho’llarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Hasharotxo’r va yirtqich sut emizuvchilar zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlar sonini cheklab turadi. Yirtqich sut emizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan oziqlanib, hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam beradi; yer yuzini tozalab, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.