Sut emizuvchilarni sistematikasi. Dastlabki hayvonlar kenja sinfi, haqiqiy
hayvonlar kenja sinfi, xaltalilar turkumi.
R E J A
1. Sut emizuvchilarni sistematikasi.
2. Dastlabki hayvonlar kenja sinfi.
3. Haqiqiy hayvonlar kenja sinfi.
4. Xaltalilar turkumi.
Hozirgi zamonda 4000 tacha turi bo’lgan Sut emizuvchilar (Mammalia) sinfi bir-
biriga sira baravar kelmaydigan uchta kenja sinfga bo’linadi. O’rdakburun, yexidna
va unga yaqin bo’lgan proyexidnani o’z ichiga oladigan sodda darrandalar yoki
boshlang’ich darrandalar (Protetheria) kenja sinifida tuxum qo’yib ko’payadigan,
kloakasi va reptiliyalarda xos boshqa bir qancha belgilari bo’lgan va davrimizda,
umuman Avstraliya qitasidagina shu zamongacha yashab qolgan g’oyat primativ
(sodda) darrandalar Qopchiqlar (Matetheria) kenja sinfi xiyla kichik guruh bo’lib,
unga kiruvchi Sut emizuvchilar endi tirik bo’la tugadi va ularda alohida anal teshigi
bo’ladi, lekin bu hayvonlarning bolasi g’oyat nochor bo’libtug’uladi, shunga ko’ra
uni onasi ancha vaqitga qadar qopchig’ida olib yuradi. Ular ham Avstarliya
qit’asida va faunasining qadimiyligi jihatidan, Avstraliyadan keyingi ikkinchi
o’rinda turadigan Janubiy Afrikadagina shu kungacha yashab qolgakiradi. Nihoyat,
yuqori Sut emizuvchilar yoki yo’ldoshlilar (Eutheria) kenja sinfi juda ko’p Sut
emizuvchilarni o’z ichiga oladi. Bular shu bilan ta’riflanadiki, embrionida maxsus
organ yo’ldosh bo’ladi. (embrion shu organ yordamida ona gavdasi bilan
bog’lanadi) va bolasi ancha tarraqi etgan holda tug’uladi. Yo’ldoshlilarning bosh
miyasi ancha yaxshi taraqqiy etgan. Yo’ldoshlilar butun yer shariga tarqalgan
bo’lib, ko’pdan-ko’p turkumlarga bo’linadi. Shu turkumlar ichida hashorotxo’rlar
(znsectivora) turkumi boshqa turkumlardan sodda bo’lib, yo’ldoshlilarning boshqa
hamma turkumlari shu turkumdan kelib chiqqan.
Sut emizuvchilar yoki darrandalar (Mammalia) ning hozirgi zamon sistematikasi.
1-kenja sinf. Kloakalilar yoki sodda darrandalar (Protetheria)
I-turkum. Bir teshiklilar (Monotremata)
2-kenja sinf. Tuban darrandalar yoki qopchiqlilar (Metatheria)
I-turkum. Qopchiqlilar (Marsupialia)
3-kenja sinf. Yuqori darrandalar yoki yo’ldoshlilar
(Eutheria yoki Placentalia)
I -turkum. Hashorotxo’r (Insectvora)
II-turkum. Jun qanotlilar (Dermoptera)
III- turkum. Ko’rshapalaklar (Chiroptera)
IV-turkum. Oz tishlilar (Edentata yoki Xenarthra)
V-turkum. Kaltakesaklar (Pholidota)
VI-turkum. Kemiruvchilar (Rodetia)
VII-turkum. Yirtqichlar (Carni vora)
VIII-turkum. Kurak oyoqlilar (Pinnipedia)
IX-turkum. Kitsimonlar (Cetacea)
X-turkum. Juft tuyoqlilar (Artiodactyla)
XI-turkum. Toq tuyoqlilar (Perissodactyla)
XII-turkum. Damanlar (Hyraciodea)
XIII-turkum. Xartumlilar (Proboscidea)
XIV-turkum. Sirensimonlar (Sirenia)
XV-turkum. Nay tishlilar (Tubulidentat)
XVI- turkum. Chala maymunlar (Prosimiae)
X VII-turkum. Maymunlar (Simiae)
Sut emizuvchilar sinfini primetivi hisoblanib quyidagi belgilar bilan harakterlanadi.
1) Sariq moddaga boy bo’lgan tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi.
2) Ichak va sidik tanosil teshiklari koaakaga ochiladi.
3) Emchaklari yo’q, sut bezlari maxsus ariqchaga ochiladi, bolalari shu yerga
chiqqan sutni yalaydi.