Suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borish

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

28,9 KB


Suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borish
Ushbu mavzuda o‘quvchilar suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini
olib borish usullari, gidrokimyoviy kuzatish ishlarini amalga oshirish  tamoyillari
bilan tanishtiriladi.
 Reja:
1. Umumdavlat kuzatish va nazorat qilish xizmatining tashkil etilishi;
2. Gidrokimyoviy tadqiqot usullari;
3. Kimyoviy moddalar balansi tenglamasi;
4. Suv ob’ektlaridan namuna olishda amalga oshiriladigan ishlar.
5. Olingan namunaning tahlili va natijalarni rasmiylashtirish.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab, antropogen omillarning atrof muhitga
salbiy ta’siri kuchaya boshladi. Uni oldini olish va bu ta’sirni imkoniyat darajasida
kamaytirish maqsadida 1972 yilda sobiq Ittifoq hududida umumdavlat kuzatish va
nazorat  qilish  xizmati  (OGSNK)  tashkil  etilgan  edi.  Bu  tashkilotning  asosiy
maqsadi  atmosfera,  tuproq  va  suv  havzalarining  fizikaviy,  kimyoviy  va
gidrobiologik ifloslanishini kuzatish va nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Ta’kidlash
lozimki,  gidrokimyoviy  va  gidrobiologik  nazoratlar  faqat  tegishli  suv
ob’ektlaridagina amalga oshirilgan. 
Hozirgi  kunda, mustaqil respublikamizda atrof muhit, shu jumladan, suv
ob’ektlarini umumdavlat miqyosida kuzatish va nazorat qilish ishlari O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet va boshqa
tegishli muassasalarga yuklatilgan. Ushbu xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar
iborat:
-  atmosfera  havosi,  quruqlikdagi  suvlar,  dengizlar  va  tuproqni  fizikaviy,
kimyoviy  va  gidrobiologik  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  ifloslanishini  kuzatish  va
Logotip
Suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borish Ushbu mavzuda o‘quvchilar suv ob’ektlarida gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borish usullari, gidrokimyoviy kuzatish ishlarini amalga oshirish tamoyillari bilan tanishtiriladi. Reja: 1. Umumdavlat kuzatish va nazorat qilish xizmatining tashkil etilishi; 2. Gidrokimyoviy tadqiqot usullari; 3. Kimyoviy moddalar balansi tenglamasi; 4. Suv ob’ektlaridan namuna olishda amalga oshiriladigan ishlar. 5. Olingan namunaning tahlili va natijalarni rasmiylashtirish. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab, antropogen omillarning atrof muhitga salbiy ta’siri kuchaya boshladi. Uni oldini olish va bu ta’sirni imkoniyat darajasida kamaytirish maqsadida 1972 yilda sobiq Ittifoq hududida umumdavlat kuzatish va nazorat qilish xizmati (OGSNK) tashkil etilgan edi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi atmosfera, tuproq va suv havzalarining fizikaviy, kimyoviy va gidrobiologik ifloslanishini kuzatish va nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Ta’kidlash lozimki, gidrokimyoviy va gidrobiologik nazoratlar faqat tegishli suv ob’ektlaridagina amalga oshirilgan. Hozirgi kunda, mustaqil respublikamizda atrof muhit, shu jumladan, suv ob’ektlarini umumdavlat miqyosida kuzatish va nazorat qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet va boshqa tegishli muassasalarga yuklatilgan. Ushbu xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar iborat: - atmosfera havosi, quruqlikdagi suvlar, dengizlar va tuproqni fizikaviy, kimyoviy va gidrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ifloslanishini kuzatish va
nazorat qilib borish;
- atrof muhit  holatini  baholash va uni  ifloslantiruvchi  asosiy manbalarni
aniqlash;
-  atrof  muhitning  ifloslanishidagi  o‘zgarishlarni  baholash  hamda  ularni
prognoz qilish;
- atrof muhitdagi keskin o‘zgarishlar haqida oldindan ogoxlantirish maqsadida
zarur ma’lumotlarni tegishli tashkilotlarga etkazib berish.
O‘zbekiston  Respublikasida  er  usti  suvlarining  ifloslanishini  kuzatish  va
nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi
Gidrometeorologiya xizmati markazi – O‘zgidromet tomonidan amalga oshiriladi.
Uning tarkibida gidrokimyoviy tarmoqlar bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu
bo‘limda gidrokimyoviy tadqiqotlar statsionar, maxsus, ekspeditsiya sharoitlarida
olib boriladi.
Statsionar shakldagi  tadqiqotlarda  suv  ob’ektlarinining  ifloslanishini
o‘rganish uzluksiz ravishda olib boriladigan kuzatish ma’lumotlariga asoslanadi.
Buning uchun suv sifatini nazorat qilish punktlarida kompleks, ya’ni majmuali
gidrokimyoviy  kuzatish  ishlari  olib  boriladi.  Statsionar  punktlar  aholi  zich
joylashgan shaharlarda, qishloqlarda, yirik sanoat korxonalarida (zavod, shaxta,
neftni qayta ishlash va hokozo), issiqlik elektr uzatish markazlarida (TES), issiqlik
elektr stansiyalarida (GRES), atom elektr stansiyalarida (AES), zovur suvlarining
daryolarga qo‘shilish joylarida va daryolardagi  suv o‘lchash postlarida tashkil
qilinadi.
Suv sifatini kuzatish va nazorat qilib borish punktlarida olib boriladigan
ishlar quyidagilardan iborat:
- suv yuzasida ko‘zga tashlanadigan turli xil suzuvchi qatlamlarning paydo
bo‘lishi,  suv  oqimi  loyqaligining  keskin  ortishi,  ko‘pik  va  gazlarning  paydo
bo‘lishi, suv havzalarida o‘simliklar va baliqlarning nobud bo‘lishi va hokazo;
- daryoning suv sathi va undagi suv sarfi o‘lchanadi;
- suvning harorati, rangi, tiniqligi, hidi, rN ko‘rsatkichi, undagi kislorod va
uglerod ikki oksidi konsentratsiyalari, bosh ionlar, organik va biogen moddalar,
ifloslovchi  modlalar  (neft  mahsulotlari,  fenol,  og‘ir  metallar,  pestitsidlar  va
boshqalar) aniqlanadi.
Logotip
nazorat qilib borish; - atrof muhit holatini baholash va uni ifloslantiruvchi asosiy manbalarni aniqlash; - atrof muhitning ifloslanishidagi o‘zgarishlarni baholash hamda ularni prognoz qilish; - atrof muhitdagi keskin o‘zgarishlar haqida oldindan ogoxlantirish maqsadida zarur ma’lumotlarni tegishli tashkilotlarga etkazib berish. O‘zbekiston Respublikasida er usti suvlarining ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – O‘zgidromet tomonidan amalga oshiriladi. Uning tarkibida gidrokimyoviy tarmoqlar bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu bo‘limda gidrokimyoviy tadqiqotlar statsionar, maxsus, ekspeditsiya sharoitlarida olib boriladi. Statsionar shakldagi tadqiqotlarda suv ob’ektlarinining ifloslanishini o‘rganish uzluksiz ravishda olib boriladigan kuzatish ma’lumotlariga asoslanadi. Buning uchun suv sifatini nazorat qilish punktlarida kompleks, ya’ni majmuali gidrokimyoviy kuzatish ishlari olib boriladi. Statsionar punktlar aholi zich joylashgan shaharlarda, qishloqlarda, yirik sanoat korxonalarida (zavod, shaxta, neftni qayta ishlash va hokozo), issiqlik elektr uzatish markazlarida (TES), issiqlik elektr stansiyalarida (GRES), atom elektr stansiyalarida (AES), zovur suvlarining daryolarga qo‘shilish joylarida va daryolardagi suv o‘lchash postlarida tashkil qilinadi. Suv sifatini kuzatish va nazorat qilib borish punktlarida olib boriladigan ishlar quyidagilardan iborat: - suv yuzasida ko‘zga tashlanadigan turli xil suzuvchi qatlamlarning paydo bo‘lishi, suv oqimi loyqaligining keskin ortishi, ko‘pik va gazlarning paydo bo‘lishi, suv havzalarida o‘simliklar va baliqlarning nobud bo‘lishi va hokazo; - daryoning suv sathi va undagi suv sarfi o‘lchanadi; - suvning harorati, rangi, tiniqligi, hidi, rN ko‘rsatkichi, undagi kislorod va uglerod ikki oksidi konsentratsiyalari, bosh ionlar, organik va biogen moddalar, ifloslovchi modlalar (neft mahsulotlari, fenol, og‘ir metallar, pestitsidlar va boshqalar) aniqlanadi.
Daryolarning gidrokimyoviy rejimini o‘rganish maqsadida ular suvidan bir
yilda 7 marta namuna olinadi. SHundan uch martasi to‘lin suv davriga, aniqrog‘i
uning boshlanishiga, eng katta suv sarfiga hamda tugashiga to‘g‘ri keladi.  Qolgan
namunalar yozgi kam suvli davrda ikki marta va kuzgi-qishki kam suvli davrda
ham ikki martadanga to‘g‘ri keladi.
Suv  havzalarida  maxsus izlanishlar  ma’lum  maqsadga  qaratilgan  ilmiy-
tadqiqot ishlarini bajarishda amalga oshiriladi. Bunda maxsus nazorat punktlarida
turli  yo‘nalishdagi  va  mazmundagi  tadqiqotlar  olib  boriladi.  Gidrokimyoviy
tadqiqot ishlarini olib borishda bajarilgan maxsus izlanishlar natijalaridan quyidagi
masalalar echimini topishda foydalanish mumkin:
-  suv  ob’ektlarida  suvning  ifloslanishi  va  uning  kimyoviy  tarkibidagi
o‘zgarishlarni prognoz qilishda;
- suv ob’ektlariga turli manbalardan tashlanadigan oqava suvlarning me’yoriy
miqdorlarini belgilashda;
- suv havzalarining turli qismlari uchun kimyoviy moddalar balansini tuzish
va ulardagi o‘zgarishlarni aniqlashda;
-  dengizlar,  ko‘llar  va  suv  omborlariga  daryo  oqimi  bilan  birgalikda
qo‘shiladigan kimyoviy moddalar miqdorini hisoblash va boshqalarda.
Suv havzalarida amalga oshiriladigan barcha turdagi maxsus va statsionar
tadqiqot ishlari majmuali hisoblanadi. SHu maqsadda bajariladigan gidrokimyoviy
kuzatishlar  gidrologik  va  gidrobiologik  kuzatish  ishlari  bilan  birgalikda  olib
boriladi.
Ekspeditsiya  sharoitidagi izlanishlar suv sifati va uning kimyoviy tarkibi
haqidagi ma’lumotlar juda zarur bo‘lganda, lekin suv havzasida nazorat-kuzatish
punktlari bo‘lmagan joylarda olib boriladi. Bunday kuzatishlar asosan favqulodda
vaziyatlarda,  suv  ob’ektlarining  holatini  tezkor  (operativ)  baholashda  amalga
oshiriladi.  Ekspeditsiya  sharoitidagi  izlanishlar  ham  maxsus  dasturlar  asosida
bajariladi. Unda quyidagi vazifalar o‘z echimini topishi lozim bo‘ladi:
-  suvning  ifloslanish  manbalarini  hamda  suvga  tashlanayotgan  oqava
suvlarning rejimini, tarkibini va miqdorini aniqlash;
- tabiiy va oqava suvlar aralashishiga to‘la kafolat beradigan stvorni aniqlash
va ifloslanish zonasini belgilash;
Logotip
Daryolarning gidrokimyoviy rejimini o‘rganish maqsadida ular suvidan bir yilda 7 marta namuna olinadi. SHundan uch martasi to‘lin suv davriga, aniqrog‘i uning boshlanishiga, eng katta suv sarfiga hamda tugashiga to‘g‘ri keladi. Qolgan namunalar yozgi kam suvli davrda ikki marta va kuzgi-qishki kam suvli davrda ham ikki martadanga to‘g‘ri keladi. Suv havzalarida maxsus izlanishlar ma’lum maqsadga qaratilgan ilmiy- tadqiqot ishlarini bajarishda amalga oshiriladi. Bunda maxsus nazorat punktlarida turli yo‘nalishdagi va mazmundagi tadqiqotlar olib boriladi. Gidrokimyoviy tadqiqot ishlarini olib borishda bajarilgan maxsus izlanishlar natijalaridan quyidagi masalalar echimini topishda foydalanish mumkin: - suv ob’ektlarida suvning ifloslanishi va uning kimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni prognoz qilishda; - suv ob’ektlariga turli manbalardan tashlanadigan oqava suvlarning me’yoriy miqdorlarini belgilashda; - suv havzalarining turli qismlari uchun kimyoviy moddalar balansini tuzish va ulardagi o‘zgarishlarni aniqlashda; - dengizlar, ko‘llar va suv omborlariga daryo oqimi bilan birgalikda qo‘shiladigan kimyoviy moddalar miqdorini hisoblash va boshqalarda. Suv havzalarida amalga oshiriladigan barcha turdagi maxsus va statsionar tadqiqot ishlari majmuali hisoblanadi. SHu maqsadda bajariladigan gidrokimyoviy kuzatishlar gidrologik va gidrobiologik kuzatish ishlari bilan birgalikda olib boriladi. Ekspeditsiya sharoitidagi izlanishlar suv sifati va uning kimyoviy tarkibi haqidagi ma’lumotlar juda zarur bo‘lganda, lekin suv havzasida nazorat-kuzatish punktlari bo‘lmagan joylarda olib boriladi. Bunday kuzatishlar asosan favqulodda vaziyatlarda, suv ob’ektlarining holatini tezkor (operativ) baholashda amalga oshiriladi. Ekspeditsiya sharoitidagi izlanishlar ham maxsus dasturlar asosida bajariladi. Unda quyidagi vazifalar o‘z echimini topishi lozim bo‘ladi: - suvning ifloslanish manbalarini hamda suvga tashlanayotgan oqava suvlarning rejimini, tarkibini va miqdorini aniqlash; - tabiiy va oqava suvlar aralashishiga to‘la kafolat beradigan stvorni aniqlash va ifloslanish zonasini belgilash;