Suv ob’ektlarining ifloslanishini nazorat qilish va suvlarni ifloslanishdan muhofaza etish

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

31,8 KB


Suv ob’ektlarining ifloslanishini nazorat qilish va suvlarni ifloslanishdan
muhofaza etish
Ushbu  mavzuda   suv  ob’ektlariga  tushadigan   ifloslanishtiruvchi
moddalarning  asosiy  manbalari  va  er  usti  suvlarining  ifloslanishi  haqida
ma’lumotlar  bayon  etiladi.  SHuningdek,  o‘quvchilar  suv  ob’ektlarining
ifloslanishini nazorat qilish va suvlarni ifloslanishdan muhofaza etish usullari
bilan tanishtiriladi.
Reja:
1.  Suv ob’ektlari  ifloslanishini  belgilovchi omillar;
2.  Suv ob’ektlarini ifloslantiruvchi asosiy manbalar;
3.  Suv ob’ektlarining issiqlikdan va radioaktiv ifloslanishi;
4.  Suv resurslarini muhofaza qilishning qonuniy asoslari;
5.  Suv  resurslarini  muhofaza  qilishning  tashkiliy,  texnologik  va  ilmiy
yo‘nalishlari;
6. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
organlarining vakolatlari.
7. Suv resurslarini muhofaza qilishning iqtisodiy va ijtimoiy  jihatlari;
8.  O‘zbekistonda  suv  qonunchiligi  va  uning  suv  resurslari  sifatini
yaxshilashdagi ahamiyati.
O‘tgan XX asr davomida, ayniqsa uning oxirgi o‘n yilliklarida dunyodagi
barcha davlatlarda sanoatning jadal suratlarda rivojlanishi, shaharlarning yanada
yiriklashishi,  qishloq  xo‘jaligida  sug‘oriladigan  erlarning  kengayishi  va  unda
kimyoviy moddalardan keng foydalanish holatlari kuzatildi. Natijada bu jarayonlar
Logotip
Suv ob’ektlarining ifloslanishini nazorat qilish va suvlarni ifloslanishdan muhofaza etish Ushbu mavzuda suv ob’ektlariga tushadigan ifloslanishtiruvchi moddalarning asosiy manbalari va er usti suvlarining ifloslanishi haqida ma’lumotlar bayon etiladi. SHuningdek, o‘quvchilar suv ob’ektlarining ifloslanishini nazorat qilish va suvlarni ifloslanishdan muhofaza etish usullari bilan tanishtiriladi. Reja: 1. Suv ob’ektlari ifloslanishini belgilovchi omillar; 2. Suv ob’ektlarini ifloslantiruvchi asosiy manbalar; 3. Suv ob’ektlarining issiqlikdan va radioaktiv ifloslanishi; 4. Suv resurslarini muhofaza qilishning qonuniy asoslari; 5. Suv resurslarini muhofaza qilishning tashkiliy, texnologik va ilmiy yo‘nalishlari; 6. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari. 7. Suv resurslarini muhofaza qilishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari; 8. O‘zbekistonda suv qonunchiligi va uning suv resurslari sifatini yaxshilashdagi ahamiyati. O‘tgan XX asr davomida, ayniqsa uning oxirgi o‘n yilliklarida dunyodagi barcha davlatlarda sanoatning jadal suratlarda rivojlanishi, shaharlarning yanada yiriklashishi, qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlarning kengayishi va unda kimyoviy moddalardan keng foydalanish holatlari kuzatildi. Natijada bu jarayonlar
suv  resurslarining  ifloslanishiga,  chuchuk  suvlar  miqdorining  kamayishiga,
aksariyat hollarda ular sifatining keskin o‘zgarishiga olib keldi. 
Suv ob’ektlarini ifloslantiruvchi sohalarni quyidagi guruhlarga ajratish va
ularni o‘zaro taqqoslash mumkin: 
- kishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida ifloslanish;
-
 sanoat korxonalari faoliyati natijasida ifloslanish;
-
 shahar va kishloq joylaridagi maishiy ifloslanish.
Qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy tadbirlarni qo‘llash, oqava suvlarni bevosita
tabiiy manbalarga tashlash yoki sizot suvlariga ta’sir qilish natijasida tuproq va suv
resurslari turli darajada ifloslanadi. Suv havzalarining insonning qishloq xo‘jaligi
faoliyati natijasida ifloslanish darajasi o‘simliklar, tuproq qoplami, suv va havodan
olingan  namunalardagi turli  pestitsidlar, azotli yoki fosfatli birikmalar miqdori
bilan aniqlanadi.
Hozirgi kunda butun  dunyo miqyosida  sanoat korxonalaridan chiqayotgan
oqava suvlar tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Suvni ifloslantiruvchi asosiy sanoat tarmoqlariga quyidagilar kiradi:
-
 tog‘-kon  va metallurgiya sanoati, bu sohada, ya’ni turli metallarni
ajratib  olish  yoki  ularni  galvanik  qayta  ishlash jarayonlarida shakllanadigan
tashlama suvlarda og‘ir metallar (toksinlar) mavjud bo‘ladi;
-
 kimyo  sanoati,  bu  sohaning  turli  yo‘nalishdagi
 sanoat
korxonalarida hosil bo‘ladigan oqava suvlarda toksik organik moddalar,     neft
aralashmalari va boshqalar bo‘ladi;
-
 ixtisoslashgan  sanoat  tarmoqlari,  masalan,  to‘qimachilik  va  engil
sanoat korxonalarining   oqava suvlarida azot, sianid va  boshqa turdagi organik
moddalar, jumladan toksinlar va notoksinlar ham bo‘lishi mumkin;
-
 oziq-ovqat  sanoati,  ushbu  yo‘nalishdagi  korxonalarning  oqava-
tashlanma  suvlarida toksin  va notoksin  organik  moddalar  mavjud  bo‘lib, ular
suvning kislorodning biologik iste’moli (KBI) ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi;
-
 maishiy ifloslantiruvchilar, ularning faoliyati kanalizatsiya tarmoqlari
mavjud bo‘lmagan aholi yashash joylarida maishiy-oqava suvlarni daryolar, soylar,
ariqlar va kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlanishida aks etadi hamda ular er usti
va er osti suvlari sifatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Logotip
suv resurslarining ifloslanishiga, chuchuk suvlar miqdorining kamayishiga, aksariyat hollarda ular sifatining keskin o‘zgarishiga olib keldi. Suv ob’ektlarini ifloslantiruvchi sohalarni quyidagi guruhlarga ajratish va ularni o‘zaro taqqoslash mumkin: - kishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida ifloslanish; - sanoat korxonalari faoliyati natijasida ifloslanish; - shahar va kishloq joylaridagi maishiy ifloslanish. Qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy tadbirlarni qo‘llash, oqava suvlarni bevosita tabiiy manbalarga tashlash yoki sizot suvlariga ta’sir qilish natijasida tuproq va suv resurslari turli darajada ifloslanadi. Suv havzalarining insonning qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida ifloslanish darajasi o‘simliklar, tuproq qoplami, suv va havodan olingan namunalardagi turli pestitsidlar, azotli yoki fosfatli birikmalar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda butun dunyo miqyosida sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlar tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Suvni ifloslantiruvchi asosiy sanoat tarmoqlariga quyidagilar kiradi: - tog‘-kon va metallurgiya sanoati, bu sohada, ya’ni turli metallarni ajratib olish yoki ularni galvanik qayta ishlash jarayonlarida shakllanadigan tashlama suvlarda og‘ir metallar (toksinlar) mavjud bo‘ladi; - kimyo sanoati, bu sohaning turli yo‘nalishdagi sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqava suvlarda toksik organik moddalar, neft aralashmalari va boshqalar bo‘ladi; - ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari, masalan, to‘qimachilik va engil sanoat korxonalarining oqava suvlarida azot, sianid va boshqa turdagi organik moddalar, jumladan toksinlar va notoksinlar ham bo‘lishi mumkin; - oziq-ovqat sanoati, ushbu yo‘nalishdagi korxonalarning oqava- tashlanma suvlarida toksin va notoksin organik moddalar mavjud bo‘lib, ular suvning kislorodning biologik iste’moli (KBI) ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi; - maishiy ifloslantiruvchilar, ularning faoliyati kanalizatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lmagan aholi yashash joylarida maishiy-oqava suvlarni daryolar, soylar, ariqlar va kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlanishida aks etadi hamda ular er usti va er osti suvlari sifatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kanalizatsiya  tarmoqlari  mavjud  bo‘lgan  aholi  yashash  joylarida  oqava
suvlar maxsus suv tozalash inshootlarida tozalanadi. Ayrim hollarda esa bunday
oqava  suvlar  tabiiy  yoki  sun’iy  botiqlarda  to‘planadi,  bazan  esa  qumliklarga
oqiziladi. Sobiq Ittifoq davrida bunday salbiy usuldan keng foydalanilgan. O‘sha
davlarda  suv  tozalash  inshootlarining  samarasiz  ishlashi,  ularning  loyihada
belgilanganidan ortiq quvvat bilan ishlashi yoki oqava suvlarning qabul qilingan
me’yorlarda tozalanmasligi atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lgan.
Suv  havzalari  gidrokimyoviy  va  gidrobiologik  rejimining  o‘zgarishiga
issiqlik  va  atom  elektrostansiyalarining  ta’siri  ham  sezilarlidir.  Ulardan  suv
ob’ektlariga harorati yuqori bo‘lgan suvlar tashlanadi. Bu esa suv havzalarining
issiqlikdan ifloslanishiga olib keladi. Natijada suv havzalaridagi suv massalarining
harorati  ko‘tarilib,  ularda  tabiiy  sharoitda  kechadigan  gidrokimyoviy  va
gidrobiologik jarayonlar rejimi buziladi. 
Suv  havzalarida  ba’zan  radioaktiv  ifloslanish ham  kuzatilishi  mumkin.
Bunday ifloslanish  suvli  muhitga tabiiy yoki  sun’iy kelib chiqishli  radioaktiv
elementlarning tushishi natijasida yuzaga keladi. Unga atom elektrostansiyalari
(AES) dagi shikastlanish - avariya sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 1986 yilda
Ukrainaning CHernobil AES yoki 2011 yilda YAponiya poytaxti Tokio yaqinidagi
AES  larida  bo‘lib  o‘tgan  avariyalar  natijasida  ularga  yaqin  joylashgan
hududlardagi suv havzalarida radioaktiv ifloslanish qayd etilgan. Eng xavfli tomoni
shundaki, hech qanday suv tozalash inshooti radioaktiv ifloslanishga to‘la barham
bera olmaydi. 
Tabiiy suvlarni ifloslanishdan muhofaza qilish murakkab vazifalardan biri
hisoblanadi.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad,  birinchidan,  inson  sog‘lig‘ini
avaylab-asrash  bo‘lsa,  ikkinchidan,  tabiiy  ekosistemalarning  me’yoriy  faoliyat
ko‘rsatishini va ularning barqarorligini ta’minlashdir. 
 Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari shu sohaga tegishli
bo‘lgan  qonunchilik  aktlarida  aniq  ko‘rsatiladi.  Suv  qonunchiligining  asosiy
maqsadi suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni ifloslanishdan muhofaza
qilish, suv havzalarining holatini yaxshilash hamda suvdan foydalanuvchilarning
huquq va majburyatlarini belgilashdan iboratdir. 
 Mamlakatimizda suvni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining 1993
Logotip
Kanalizatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lgan aholi yashash joylarida oqava suvlar maxsus suv tozalash inshootlarida tozalanadi. Ayrim hollarda esa bunday oqava suvlar tabiiy yoki sun’iy botiqlarda to‘planadi, bazan esa qumliklarga oqiziladi. Sobiq Ittifoq davrida bunday salbiy usuldan keng foydalanilgan. O‘sha davlarda suv tozalash inshootlarining samarasiz ishlashi, ularning loyihada belgilanganidan ortiq quvvat bilan ishlashi yoki oqava suvlarning qabul qilingan me’yorlarda tozalanmasligi atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lgan. Suv havzalari gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimining o‘zgarishiga issiqlik va atom elektrostansiyalarining ta’siri ham sezilarlidir. Ulardan suv ob’ektlariga harorati yuqori bo‘lgan suvlar tashlanadi. Bu esa suv havzalarining issiqlikdan ifloslanishiga olib keladi. Natijada suv havzalaridagi suv massalarining harorati ko‘tarilib, ularda tabiiy sharoitda kechadigan gidrokimyoviy va gidrobiologik jarayonlar rejimi buziladi. Suv havzalarida ba’zan radioaktiv ifloslanish ham kuzatilishi mumkin. Bunday ifloslanish suvli muhitga tabiiy yoki sun’iy kelib chiqishli radioaktiv elementlarning tushishi natijasida yuzaga keladi. Unga atom elektrostansiyalari (AES) dagi shikastlanish - avariya sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 1986 yilda Ukrainaning CHernobil AES yoki 2011 yilda YAponiya poytaxti Tokio yaqinidagi AES larida bo‘lib o‘tgan avariyalar natijasida ularga yaqin joylashgan hududlardagi suv havzalarida radioaktiv ifloslanish qayd etilgan. Eng xavfli tomoni shundaki, hech qanday suv tozalash inshooti radioaktiv ifloslanishga to‘la barham bera olmaydi. Tabiiy suvlarni ifloslanishdan muhofaza qilish murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchidan, inson sog‘lig‘ini avaylab-asrash bo‘lsa, ikkinchidan, tabiiy ekosistemalarning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini va ularning barqarorligini ta’minlashdir. Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari shu sohaga tegishli bo‘lgan qonunchilik aktlarida aniq ko‘rsatiladi. Suv qonunchiligining asosiy maqsadi suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni ifloslanishdan muhofaza qilish, suv havzalarining holatini yaxshilash hamda suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburyatlarini belgilashdan iboratdir. Mamlakatimizda suvni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining 1993
yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonunining
97-102-moddalari  bilan  tartibga  solinadi.  Jumladan,  ushbu  Qonunning  99-
moddasida quyidagilar taqiqlanadi: 
-
ishlab  chiqarish  chiqitlari,  maishiy  va  boshqa  xil  chiqitlar  hamda
chiqindilarni suv ob’ektlariga tashlash;
-
moylarning,  yog‘ochlarning,  kimyoviy  va  neft  mahsulotlarining
to‘kilib-sochiliishi natijasida suvni bulg‘atish va ifloslantirish;
-
suv  havzalarining  yuzi,  suv  havzalarini  qoplab  turgan  yaxlar  va
muzliklarning yuzasi,  sanoat  chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq
chiqitlar,  shuningdek,  er  usti  va  er  osti  suvlarining  sifatini  yomonlashtirib
yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish;
-
suvni o‘g‘itlar va zaharli ximikatlar bilan bulg‘atish.
Suv  resurslarini  muhofaza  qilishning  tashkiliy yo‘nalishlari  davlat
boshqaruvi  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Suvdan  foydalanish  va
muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi  umumiy va  maxsus vakolatga ega
bo‘lgan davlat organlari zimmasiga yuklatilgan. Umumiy vakolatga ega bo‘lgan
organlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqolpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahaliy davlat hoqimiyati organlari kiradi.
Maxsus  vakolatli  davlat  organlariga  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va
mineral  resurslar  davlat  qo‘mitasi  va  O‘zR  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi
Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet kiradi.
Suv resurslarini muhofaza qilishning  texnologik yo‘nalishlari ham muhim
ahamiyatga ega. Unga texnologik jarayonlarni takomillashtirish,  natijada oqava
suvlar  hajmini  kamaytirishga  erishish,  oqava  suvlarni  tozalashning  mexanik,
biologik usullarini keng qo‘llash, korxonalarda aylanma suv ta’minotini yo‘lga
qo‘yish va boshqalar kiradi. 
Oxirgi yillarda suv resurslarini muhofaza qilishda ilmiy yo‘nalishning o‘rni
tobora sezilarni bo‘lmoqda. CHunki, suv resurslarini muhofaza qilish borasida
yuqorida  qayd  etilgan  texnologik  jarayonlarni  takomillashtirish,  zamonaviy
usullarni yaratish masalalari shu sohada amalga oshiriladigan ilmiy-nazariy hamda
Logotip
yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonunining 97-102-moddalari bilan tartibga solinadi. Jumladan, ushbu Qonunning 99- moddasida quyidagilar taqiqlanadi: - ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv ob’ektlariga tashlash; - moylarning, yog‘ochlarning, kimyoviy va neft mahsulotlarining to‘kilib-sochiliishi natijasida suvni bulg‘atish va ifloslantirish; - suv havzalarining yuzi, suv havzalarini qoplab turgan yaxlar va muzliklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar, shuningdek, er usti va er osti suvlarining sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish; - suvni o‘g‘itlar va zaharli ximikatlar bilan bulg‘atish. Suv resurslarini muhofaza qilishning tashkiliy yo‘nalishlari davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi umumiy va maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari zimmasiga yuklatilgan. Umumiy vakolatga ega bo‘lgan organlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahaliy davlat hoqimiyati organlari kiradi. Maxsus vakolatli davlat organlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi va O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - O‘zgidromet kiradi. Suv resurslarini muhofaza qilishning texnologik yo‘nalishlari ham muhim ahamiyatga ega. Unga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, natijada oqava suvlar hajmini kamaytirishga erishish, oqava suvlarni tozalashning mexanik, biologik usullarini keng qo‘llash, korxonalarda aylanma suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish va boshqalar kiradi. Oxirgi yillarda suv resurslarini muhofaza qilishda ilmiy yo‘nalishning o‘rni tobora sezilarni bo‘lmoqda. CHunki, suv resurslarini muhofaza qilish borasida yuqorida qayd etilgan texnologik jarayonlarni takomillashtirish, zamonaviy usullarni yaratish masalalari shu sohada amalga oshiriladigan ilmiy-nazariy hamda