Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida baholash
Ishning maqsadi
Mazkur amaliy mashg‘ulotni bajarishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad
daryo suvning sifatini irrigatsiya maqsadlari uchun baholashni o‘rganishdan iborat.
Ishning nazariy asoslari
Irrigatsiya maqsadlari uchun suvning yaroqliligini baholashda aniq
me’yorni belgilash qiyin. CHunki suvning sifatidan tashqari sug‘oriladigan
erlarning tuproq - grunt xususiyatlari, gidrogeologik sharoitlarini ham hisobga
olish zarur bo‘ladi. Suvning sug‘orish ishlarida yaroqliligini baholash uchun uning
yaroqliligini baholash mezoni sifatida irrigatsion koeffitsient ko‘rsatkichi
keltirilgan. Bunday irrigatsion koeffitsientini hisoblash usullari I.N.Antipov-
Karataev va G.M.Kader, M.F.Budanov, A.V.Mojayko, T.K.Vorotnik, X.Steblerlar
tomonidan tavsiya etilgan [20]. Quyida ana shu usullar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Tadqiqotchilardan I.N.Antipov-Karataev va G.M.Kaderlar suvning
sug‘orish ishlariga yaroqliligini baholash mezoni sifitida ionli almashinish
ko‘rsatkichlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Ushbu ko‘rsatkich quyidagi ifoda
yordamida aniqlanadi:
К1=
(Сa2++Mg2+)
(Na++0,238∑ U)
bu erda: Ca2+, Mg2+, Na+- suvdagi kationlar miqdorining ekvivalent qiymatlari; ∑U-
umumiy minerallashuv darajasi, g/l. Agar K1 ≤ 1,0 bo‘lsa, suv sug‘orishga yaroqli,
aksincha, K1 >1,0 bo‘lsa, sug‘orishga yaroqsiz bo‘ladi.
Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida baholashda A.V.Mojayko va
T.K.Vorotnik Na+ va K+ ionlarining umumiy kationlar yig‘indisi nisbatining
foizlarda ifodalangan qiymati bo‘yicha aniqlashni tavsiya etadi. Bu kattalik
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
К2=
( Na++ K+)⋅100
(Ca2++Mg2++Na++K +) .
Agar K2 >75 % sharti bajarilsa, suv sug‘orish uchun juda xavfli, K2 = 66 ÷
75% bo‘lsa, suv sug‘orish uchun xavfli, K2 < 66% sharti bajarilgandagina, suv
sug‘orish uchun xavfsiz hisoblanadi.
Suvning sug‘orishga yaroqliligini baholashda M.F.Budanov uning
minerallashuv darajasiga, qattiqligiga, natriy miqdorining kalsiy va magniyga
bo‘lgan nisbatiga bog‘liq holda hisoblashni tavsiya etadi. Hisoblash ishlari
quyidagi ifoda bilan amalga oshiriladi:
К3=
Na+
(Ca2++Mg2+ ) .
Agar K3 ≤ 0,7 sharti bajarilsa, ekin maydonida sho‘rlanish kuzatilmaydi,
aksincha, K3 > 0,7 bo‘lganda, sug‘orishga olingan suv ekin maydonining qayti
sho‘rlanishiga olib keladi.
Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida foydalanish uchun aniqlashning
yana bir usuli X.Stebler tomonidan taklif etilgan. Bu usulda suvning sifatini
baholash uchun ishqorlilik koeffitsienti deb ataluvchi kattalik tavsiya qilinadi. Bu
koeffitsientning qiymati ionlarning ekvivalent miqdorlariga bog‘liq holda
aniqlanadi. SHu maqsadda quyidagi ifoda taklif etiladi:
К4=288
( Na++4⋅Cl−) .
Agar ishqorlilik koeffitsienti K4 > 18 bo‘lsa, suvning sifati yaxshi, K4 =18 - 6
atrofida bo‘lsa, suvning sifati qoniqarli, K4 = 5,9 - 1,2 oraliqda bo‘lsa, suvning
sifati qoniqarsiz, K4 1,2 bo‘lsa, suvning sifati yomon, ya’ni qoniqarsiz bo‘ladi.
Bundan tashqari suvning sug‘orishga yaroqliligini ifodalovchi ishqorlanish
koeffitsientini natriyli adsorbsion balans (SAR) orqali hisoblash tavsiya qilinadi.
Bu esa suvda natriy ko‘p bo‘lsa, tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. U quyidagi
ifoda yordamida aniqlanadi:
SAR=
Na+
√
Ca2++Mg2+
2
.
Agar SAR<10 sharti bajarilsa, bunday suv sug‘orish uchun yaxshi deb, SAR