Suvning tarkibi va tuzilishi (Suv molekulasining tuzilishi, Gidrol, digidrol va trigidrol tushunchalari haqida, Suv tarkibidagi vodorod ioni va uning miqdoriy o‘zgarishlarining suv sifatiga ta’siri)
Suvning tarkibi va tuzilishi
Ushbu mavzuning maqsadi o‘quvchilarga suvning tabiatdagi va inson
hayotidagi ahamiyati, tarkibi va tuzilishi, tabiiy va kimyoviy xossalari, uning
vodorod va kislorodning turli izotoplari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan gidrol,
digidrol va trigidrol kabi ko‘rinishlari haqida bilim berishdir.
Reja:
1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati;
2. Suvning tarkibi;
3. Suv molekulasining tuzilishi;
4. Gidrol, digidrol va trigidrol tushunchalari haqida;
5. Suv tarkibidagi vodorod ioni va uning miqdoriy o‘zgarishlarining suv
sifatiga ta’siri.
Suv tabiatda eng ko‘p tarqalgan modda hisoblanadi. Litosfera, biosfera va
atmosferadagi barcha jarayonlar suvning ishtirokida kechadi. U erdagi barcha tirik
mavjudotlarning, jumladan odamlar, hayvonot olami va o‘simliklarning yashashi
uchun eng zarur modda hisoblanadi.
Er shari yuzasining ¾ qismi suv bilan qoplangan. Tabiatdagi suvning katta
qismi atmosferada gazsimon holatda, bug‘ tarzida mavjuddir. Suv faqat Er
sirtidagina emas, balki uning qobig‘ida ham keng tarqalgan. Bunday suvlar tuproq
va tog‘ jinslariga singiydi hamda ma’lum sharoitlarda er ostidan buloq va
chashmalar ko‘rinishida oqib chiqadi.
Tabiatda deyarli toza suv uchramaydi. Eng toza suv - yomg‘ir suvi, deb
hisoblansa, uning tarkibida ham turli xil erigan gazlar, chang, mikroorganizmlar
bo‘ladi. Tabiiy suvlar tarkibida ma’lum miqdorda kimyoviy moddalar mavjud.
Toza suvni faqat labortoriya sharoitida olish mumkin. Oqar suvlar o‘zining
harakati davomida turli xil moddalarni eritadi va ularga to‘yinib boradi. SHu
sababli quduqlar, buloqlar. daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallar suvlarida
hamma vaqt ma’lum miqdorda erigan moddalar mavjud bo‘ladi.
Tabiiy suvlarda erigan aralashmalardan tashqari, qum, gilning muallaq
holatdagi qattiq zarrrachalari, o‘simlik va hayvonot olami qoldiqlari, turli xil
mikroorganizmlar bo‘ladi. Oddiy sharoitda tabiiy suvlarni ulardagi muallaq
zarrachalardan tozalash uchun, suv biror g‘ovak modda, maslan, qum, ko‘mir yoki
sopolning mayda bo‘laklaridan tashkil topgan qoplamadan o‘tkaziladi. Bu jarayon
suvni filtrlash deb ataladi. Filtrlash yo‘li bilan suvni erimaydigan
qo‘shimchalardangina tozalash mumkin. Ichida erigan moddalar ham bo‘lmagan
juda toza suvni tayyorlash uchun uni distirlash kerak bo‘ladi.
Toza suv hidsiz, ta’msiz, rangsiz, tiniq suyuqlikdir. Ma’lumki, ko‘pchilik
moddalarning zichligi ular sovutilgan sari ortib boradi. Suvda esa, aksincha, eng
katta zichlik +4°S da kuzatiladi. Undan yuqori va past haroratlarda suvning zichligi
kamayib boradi. Suvning ana shu anomaliyasi tabiatda kechadigan jarayonlarda
juda katta ahamiyatga ega.
SHu anomaliya tufayli qishda dengizlar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa
chuqur suv havzalari tubigacha muzlamaydi. Natijada ularda hayot saqlanib qoladi.
Suvning yana bir anomaliyasi mavjudki, u ham tabiatda katta ahamiyatga ega.
Jumladan, suv barcha qattiq va suyuq moddalar ichida eng katta issiqlik sig‘imiga
ega bo‘lgan moddadir. SHu sababli ham suv qishda sekinlik bilan soviydi, yozda
esa sekin - asta isiy boshlaydi. SHu tariqa Dunyo okeani Er sayyorasi haroratini
tartibga solib turadi, aniqrog‘i uning keskin sovib ketishi yoki, aksincha, juda isib
ketishdan saqlaydi.
Suv - kislorod va vodorodning kimyoviy birikmasidan tashkil topgan bo‘lib,
umumiy massasining 11,11 % qismi vodorodga va 88,89 % qismi esa kisloroda
to‘g‘ri keladi. Suvning eng oddiy kimyoviy ifodasi N2O ko‘rinishda yoziladi.
Suvning molekulyar massasi, suv bug‘ining yuqori haroratdagi zichligiga qarab
aniqlanganda, 18 ga teng. Bu qiymat suvning eng oddiy ifodasiga to‘g‘ri keladi.
Biroq, suv qaynash nuqtasiga yaqinlashgan sari, bug‘ning zichligi oshib
boradi. Natijada, uning molekulyar massasi 18 dan oshib, 19, 20, 21 va 22 gacha
ko‘tariladi. Molekulyar massaning bunday o‘zgarishlari suyuq holatdagi suvda,
oddiiy, ya’ni N2O molekulalari bilan bir qatorda, murakkab molekulalar ham
mavjudligidan dalolat beradi. Bunday molekulalarning tarkibi umumiy ko‘rinishda
(N2O)x shaklida ifodalanadi. Oddiy molekulalarning o‘zaro birikib, bir muncha
murakkabroq zarrachalar hosil qilish hodisasi molekulalarning assotsiatsiyasi deb
ataladi. Assotsiatsiya jarayoni molekulalarning qutbli ekanligi sababli bo‘ladi.
Murakkab kimyoviy tajribalar natijasida, laboratoriya sharoitida, tarkibida
vodorod va kislorod izotoplari bo‘lgan suv yaratilgan. Bunday suv og‘ir suv
deyiladi va D2O ifoda bilan belgilanadi. Alohida ta’kidlash lozimki, og‘ir suvda
baliq qisqa vaqt ham yashay olmaydi. CHunki og‘ir suv oddiy suvdan farqli
bo‘lgan bir qancha tabiiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, tarkibi D2O bo‘lgan
og‘ir suv +20 0S haroratda 1,1050 g/sm3 zichlikka ega bo‘lsa, oddiy H2O tarkibli
suvning zichligi 0,9982 g/sm3 ga teng bo‘ladi. SHuningdek, kristallanish, ya’ni
muzlash harorati og‘ir suvda -3,8 0S, qaynash harorati esa +101,4 0S bo‘ladi ( 1.1-
jadval).
1.1-jadval
Oddiy va og‘ir suvlarning konstanta ko‘rsatkichlari
Konstantalar
Oddiy suv, H2O
Og‘ir suv, D2O
Molekulyar massasi
18
20
Muzlash harorati, 0S
0
3,8
Qaynash harorati, 0S
100
101,4
20 0S dagi zichligi, g/sm3
0,9982
1,1050
Bug‘simon ko‘rinishdagi suv asosan N2O ifodasiga ega bo‘lgan oddiy
molekulalardan iborat bo‘ladi. Oddiy, boshqa molekulalar bilan birlashmagan N2O
molekula gidrol deb ataladi. Ikki oddiy molekulalar birlashgan birikma, ya’ni
(N2O)2 digidrol deb, uch molekulali (N2O)3 esa trigidrol deb nomlanadi.
Tabiatda suyuq holatdagi suv gidrol, digidrol va trigidrollarning
aralashmasidan iborat bo‘ladi. Suvning harorati o‘zgarishi bilan oddiy va
birikmalarga birlashgan molekulalar nisbati ham o‘zgarib boradi. Masalan, muz
asosan trigidrol molekulalaridan iborat bo‘ladi. Muzlagan suvning xossasidagi
ba’zi bir anomal o‘zgarishlar muzning shunday strukturasi bilan bog‘liqdir.
Suv xossalarini yuqorida aytib o‘tilgan anomaliyalari ham suv
molekulalrining turli shakldagi assotsiatsiyasi tufayli vujudga keladi. Masalan, 0 °S
haroratda suvning asosiy qismi (N2O) molekulalaridan iborat bo‘ladi. Suv 0 °S dan
4 °S gacha isitilganda uch qo‘shaloq molekulalar dissotsiatsiyalanib, (N2O)2
molekulalarini hosil qiladi va bu molekulalar suvning zichligini oshiradi.
Suv yaxshi erituvchi bo‘lganligi uchun uning tarkibida doimo ma’lum
miqdorda erigan moddalar bo‘ladi. Erigan moddalar konsentratsiyasi mg/l yoki g/l
larda ifodalanadi.
Suvda erigan magniy va kalsiy birikmalarining bo‘lishi uning qattiqligini
ta’minlaydi. Qattiqlik darajasi graduslarda o‘lchanadi. Masalan, 1 l suvda 10 mg
kalsiy oksidi va 14 mg magniy oksidi mavjud bo‘lsa, uning qattiqligi 1 gradusga
teng bo‘ladi. Odatda 8 gradusdan kam qattiqlikka ega bo‘lgan suv yumshoq, 8
gradusdan 16 gradusgacha - o‘rtacha qattiq va 16 gradusdan katta bo‘lsa, qattiq suv
deb hisoblanadi.
Alohida qayd etish lozimki, qattiqligi 12 gradusdan kam bo‘lgan suv ichish
uchun yaroqlidir. Qattiq suvlar texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi,
chunki ular metallar sirtida korroziyani tezlashtiradigan zararli qatlamlar hosil
qiladi.
Suvda vodorod ionlari juda kam miqdorda bo‘ladi. Kimyoviy toza suvda
vodorod ionlari uning qisman dissotsiatsiyalanishi (N2O = N' + ON') natijasida
paydo bo‘ladi.
Tabiiy suvlarda vodorod ionlari konsentratsiyasi asosan ko‘mir
kislotasi dissotsiatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni bunda N2SO3 = NSO3' + N'
jarayoni kechadi.
Vodorod ioni (N') eritmada kislota xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lsa,
gidroksid ioni (ON') esa ishqoriy xususiyatlarni namoyon etadi. Kimyoviy toza
suvda har ikki ionlar konsentratsiyalari bir xil miqdorda bo‘ladi. SHu sababli u
neytraldir. Bu neytral reaksiyada vodorod ionlari konsentratsiyasi [H
+ ] bilan
gidrooksid ionlar [OH
−] konsentratsiyasi o‘zaro teng, ya’ni [H
+ ] = [OH
−] =10-7
mol/l bo‘ladi.
Demak, eritmaning kislotaliligi va ishqoriyligini H+ ionlarining yoki OH
−
ionlarining konsentratsiyasi orqali ifodalash mumkin. Amalda birinchi usuldan
foydalaniladi. U holda neytral eritma uchun, yuqorida qayd etilganidek [H
+ ] = 10-7