Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari
Reja:
1. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari haqida tushuncha.
2. Ikki naychali monometr.
3. Qalqovichli difmonometr.
Suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining ishlash prinsipi o’lchanayotgan
bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga
asoslangan. Asboblar turli ishchi suyuqliklar, ko‘pincha simob, transformator moyi,
suv va spirt bilan toidiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi q o ilanadi. Ularda ishchi suyuqlik sathlari
ular ustidagi bosim teng boiganda mos tushadi, bosim teng boim aganda esa suyuqlik
sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi
suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan m uvozanatlashtiriladi.
Ko‘pgina suyuqlikli manom etrlar ishchi suyuqlik ko‘rinadigan sathga ega. O‘sha
sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli
asboblar guruhi borki, ularda ishchi suyuqlikning sathi bevosita ko‘rinib turmaydi.
Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilmatasniflarining
o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli qurilmalar yordamida
oichanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish
va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. Suyuqlikli
asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqamiz. Ikki naychali manometr. Bosim,
siyraklanish va bosimlar farqini oichash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-
simon manometrlardan, vakuumm etrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi.
Bunday manometrning prinsipial sxemasi 3 .1 -rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash
naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan b o iib , unga shkala 4
o‘rnatilgan. Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik
bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni
balandliklari bir xil holatda boiadi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish
mumkin:
bu yerda: Rmut — oichanayotgan bosim, Pa;
Ratm — atmosfera bosimi, Pa;
S— naycha ko‘ndalang kesimining yuzi, m2;
N — suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
ρ — suyuqlikning zichligi, kg/m3;
ρ1 — manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g — erkin tushish tezlanishi, m/s2.
Demak
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz boisa, u holda:
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa ko‘payishini) va
ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni
H=h1+h2
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) oichashda suyuqlikli differensial ikki naychali
manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy)
kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi
oichanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (AR):
M anom etrlarda ish suyuqligi kapillar kuchlarning ta ’siridan xalos b o iish
uchun ichki diametri 8 ... 10 mm boigan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar
ishchi suyuqlik sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbayi mahalliy erkin tushish
tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va
o‘lchanayotgan m uhitning zichligi p ham P,, h, va h2 balandliklam o‘lchashdagi
xatolardan iborat. Ularning ko‘rsatish xatosi 20°C haroratda 2 mm dan oshmaydi.
Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa
chegaralarda o ‘lchash uchun moijallangan. M azkur asboblardan bosimlar farqini
oichashda difm anom etr sifatida foydalanish mumkin.