SYEMYENTLI, OHAKLI, SILIKATLI VA YELIMLI BO‘YOQLAR. LATYEKSLAR. KRYEMNIY ORGANIK BO‘YOQLAR. ENYERGIYA SAMARADOR BO‘YOQ TARKIBLARI (Bo‘yoq tarkiblarning turlari, Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar)

Yuklangan vaqt

2024-05-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

26,7 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
SYEMYENTLI, OHAKLI, SILIKATLI VA YELIMLI BO‘YOQLAR. 
LATYEKSLAR. KRYEMNIY ORGANIK BO‘YOQLAR. ENYERGIYA 
SAMARADOR BO‘YOQ TARKIBLARI 
 
Reja: 
1. 
Bo‘yoq tarkiblarning turlari. 
2. 
Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar 
 
Bo‘yoq tarkiblarning turlari 
Moyli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar pigmentlarni oliflarda maxsus bo‘yoq 
qorgich mashinalarda sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Qorish natijasida bir xil 
tarkibli suspenziya hosil bo‘ladi. Bunda deyarli har bir pigment zarrachasi atrofida 
qisman unga shimilgan olif bog‘lovchisi asosidagi qobiq hosil bo‘ladi. Moyli 
bo‘yoqlar quyuq qorilgan (pastasimon) va suyuq qorilgan tarkiblarga bo‘linadi. 
Quyuq qorilgan bo‘yoq tarkiblari ishlatishdan oldin olif yoki emulsion 
suyultirgichlarda normal konsistensiyagacha suyultirib olinadi. Suyuq qorilgan 
bo‘yoq tarkiblarida 40-50% gacha olif bog‘lovchisi bo‘lib, ishlatishga tayyor holda 
ishlab chiqariladi. 
Tayyorlangan bo‘yoqlar quyqalarsiz bir jinsli bo‘lishi, ma’lum muddat 
konsistensiyani saqlab turishi, rangi bo‘yicha etalonga mos bo‘lishi kerak. 
Moyli bo‘yoqlar nurga va atmosfera muhitiga chidamli bo‘lishi, tekis yuzali 
qoplama hosil qilishi kerak. 
Moyli bo‘yoq tarkiblari ishlatilgan pigmentlar va bog‘lovchilar hamda 
qo‘shimchalar turiga qarab ishlatilish sohalari belgilanadi. 
Qo‘rg‘oshinli belila va surik asosida metall, yog‘och va boshqa 
konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladigan bo‘yoq 
tarkiblar tayyorlanadi. Juda sifatli moyli bo‘yoqlar tabiiy (natural) oliflar va tabiiy 
Ilmiybaza.uz SYEMYENTLI, OHAKLI, SILIKATLI VA YELIMLI BO‘YOQLAR. LATYEKSLAR. KRYEMNIY ORGANIK BO‘YOQLAR. ENYERGIYA SAMARADOR BO‘YOQ TARKIBLARI Reja: 1. Bo‘yoq tarkiblarning turlari. 2. Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar Bo‘yoq tarkiblarning turlari Moyli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar pigmentlarni oliflarda maxsus bo‘yoq qorgich mashinalarda sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Qorish natijasida bir xil tarkibli suspenziya hosil bo‘ladi. Bunda deyarli har bir pigment zarrachasi atrofida qisman unga shimilgan olif bog‘lovchisi asosidagi qobiq hosil bo‘ladi. Moyli bo‘yoqlar quyuq qorilgan (pastasimon) va suyuq qorilgan tarkiblarga bo‘linadi. Quyuq qorilgan bo‘yoq tarkiblari ishlatishdan oldin olif yoki emulsion suyultirgichlarda normal konsistensiyagacha suyultirib olinadi. Suyuq qorilgan bo‘yoq tarkiblarida 40-50% gacha olif bog‘lovchisi bo‘lib, ishlatishga tayyor holda ishlab chiqariladi. Tayyorlangan bo‘yoqlar quyqalarsiz bir jinsli bo‘lishi, ma’lum muddat konsistensiyani saqlab turishi, rangi bo‘yicha etalonga mos bo‘lishi kerak. Moyli bo‘yoqlar nurga va atmosfera muhitiga chidamli bo‘lishi, tekis yuzali qoplama hosil qilishi kerak. Moyli bo‘yoq tarkiblari ishlatilgan pigmentlar va bog‘lovchilar hamda qo‘shimchalar turiga qarab ishlatilish sohalari belgilanadi. Qo‘rg‘oshinli belila va surik asosida metall, yog‘och va boshqa konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladigan bo‘yoq tarkiblar tayyorlanadi. Juda sifatli moyli bo‘yoqlar tabiiy (natural) oliflar va tabiiy
Ilmiybaza.uz 
 
mineral pigmentlar yoki nodir metall oksidlari asosidagi pigmentlarni ishlatib 
olinadi. 
Sun’iy oliflar asosida olingan bo‘yoq tarkiblar atmosfera muhitiga chidamsiz 
bo‘lgani uchun asosan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladi. 
Moyli bo‘yoqlarni odatda metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlashda, 
yog‘och konstruksiyalarni, rom va eshiklarni namdan himoyalashda, pollarni va nam 
tegishi mumkin bo‘lgan devorlarning pastki qismlarini bezashda ishlatish tavsiya 
etiladi. 
Moyli bo‘yoqlar qurishi davrida hajmi o‘zgarmaydi va mayda yoriqlar hosil 
bo‘lmaydi. 
Loklar va emalli bo‘yoqlar. Loklar tabiiy va sun’iy smolalarni organik 
erituvchilardagi eritmasidir. Loklar yuzalarga surkalganda yoki sepilganda organik 
erituvchilar bug‘lanishi natijasida asosga mustahkam yopishgan qoplama hosil 
qilishi kerak. 
Lok qoplamalari sifatini oshirish uchun tarkibiga plastifikator, qotiruvchi va 
maxsus qo‘shimchalar kiritiladi. 
Qurilish tizimida asosan moy-smolali, moysiz sintetik, bitumli (asfaltli), spirtli 
loklar va nitroloklar ishlatiladi. Moy-smolali loklar organik erituvchilarda eritilgan 
o‘simlik moylari bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli, 
pentaftalli va boshq.) iborat qorishmadir. 
Moy-smolali loklar asosan binolarning ichida moyli bo‘yoqlar ustidan 
qoplashda, yog‘och yuzalarni va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. 
Bundan tashqari ular tashqi metall va yog‘och konstruksiyalarni qoplashda, 
emallarni suyultirishda, mastika va shpaklevkalar tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Moysiz sintetik loklar asosan perxlorvinil smolasini organik erituvchilarda 
eritib olinadi. 
Ular rangsiz, 200S haroratda 2 soat davomida quriydi. Moysiz sintetik loklar 
moyli bo‘yoqlar ustiga surtish, qurilish konstruksiyalarini atmosfera muhitidan 
himoyalash uchun ishlatiladi. 
Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar parket 
Ilmiybaza.uz mineral pigmentlar yoki nodir metall oksidlari asosidagi pigmentlarni ishlatib olinadi. Sun’iy oliflar asosida olingan bo‘yoq tarkiblar atmosfera muhitiga chidamsiz bo‘lgani uchun asosan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladi. Moyli bo‘yoqlarni odatda metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlashda, yog‘och konstruksiyalarni, rom va eshiklarni namdan himoyalashda, pollarni va nam tegishi mumkin bo‘lgan devorlarning pastki qismlarini bezashda ishlatish tavsiya etiladi. Moyli bo‘yoqlar qurishi davrida hajmi o‘zgarmaydi va mayda yoriqlar hosil bo‘lmaydi. Loklar va emalli bo‘yoqlar. Loklar tabiiy va sun’iy smolalarni organik erituvchilardagi eritmasidir. Loklar yuzalarga surkalganda yoki sepilganda organik erituvchilar bug‘lanishi natijasida asosga mustahkam yopishgan qoplama hosil qilishi kerak. Lok qoplamalari sifatini oshirish uchun tarkibiga plastifikator, qotiruvchi va maxsus qo‘shimchalar kiritiladi. Qurilish tizimida asosan moy-smolali, moysiz sintetik, bitumli (asfaltli), spirtli loklar va nitroloklar ishlatiladi. Moy-smolali loklar organik erituvchilarda eritilgan o‘simlik moylari bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli, pentaftalli va boshq.) iborat qorishmadir. Moy-smolali loklar asosan binolarning ichida moyli bo‘yoqlar ustidan qoplashda, yog‘och yuzalarni va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Bundan tashqari ular tashqi metall va yog‘och konstruksiyalarni qoplashda, emallarni suyultirishda, mastika va shpaklevkalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Moysiz sintetik loklar asosan perxlorvinil smolasini organik erituvchilarda eritib olinadi. Ular rangsiz, 200S haroratda 2 soat davomida quriydi. Moysiz sintetik loklar moyli bo‘yoqlar ustiga surtish, qurilish konstruksiyalarini atmosfera muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi. Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar parket
Ilmiybaza.uz 
 
pollarni, yog‘och-tolali va yog‘och payraxali plitalarni, duradgorlik buyumlarini 
qoplash uchun qo‘llaniladi. 
Bitumli yoki asfaltli loklar neft bitumlarini yoki asfaltni yoki ularning 
aralashmasini o‘simlik moylari bilan qorishtirib organik erituvchilarda eritib 
tayyorlanadi. Ular kanalizatsiyada ishlatiladigan cho‘yan quvurlarni, sanitariya-
texnika uskunalarining metall qismlarini va boshqa yer ostida ishlatiladigan metall 
konstruksiyalarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Toshko‘mir loki toshko‘mir 
pekining 
organik 
erituvchilardagi 
eritmasi 
bo‘lib, 
cho‘yan 
va 
po‘lat 
konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi. 
Nitroloklar-nitrosellyulozaning organik erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, 
plastifikatorlar sifatida turli smolalar ishlatiladi. Ular tez quriydi va qotgach yaltiroq 
parda hosil qiladi. Nitroloklar yog‘ochdan tayyorlangan buyum va qismlarni loklash 
va bo‘yoq ustidan yaltiratish uchun ishlatiladi. 
Spirtli loklar va politura tabiiy va sun’iy smolalarning spirtdagi eritmasi 
bo‘lib, tarkibiga pigmentlar aralashtirib turli ranglarda tayyorlanishi mumkin. Ular 
yog‘och yuzalarni pardozlash, shisha va metall buyumlarni qoplash uchun 
ishlatiladi. 
Emalli bo‘yoqlar pigmentning lokdagi suspenziyasi bo‘lib, maxsus 
apparatlarda tayyorlanadi. Emalli bo‘yoqlar qotgach muayyan darajada qattiq, 
atmosfera muhitiga chidamli, 1-2 sut. davomida xona haroratida qurishi va chiroyli 
ko‘rinishda bo‘lishi talab etiladi. 
Sintetik emalli bo‘yoqlarga alkidli, perxlorvinilli emallar kiradi. Alkidli 
emallarga pigmentlarning gliftal, pentaftal, alkid-stirol va boshqa alkid loklardagi 
suspenziyalari kiradi. 
Bino va inshootlarni tashqi tomondan qoplashda gliftalli GF-13 va pentaftalli 
PF-14 emalli bo‘yoqlari ishlatiladi. Perxlorvinil emalli bo‘yoqlar (PXV) gruntovka 
qoplamali metall yuzalarni va betonli fasadlarni qoplash uchun ishlatiladi. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kremniyorganik polimerlar asosida 
emallar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Kremniyorganik polimerlardan 
tayyorlangan bo‘yoqlar qotgach atmosfera muhitiga va issiqqa bardoshli, gidrofob 
Ilmiybaza.uz pollarni, yog‘och-tolali va yog‘och payraxali plitalarni, duradgorlik buyumlarini qoplash uchun qo‘llaniladi. Bitumli yoki asfaltli loklar neft bitumlarini yoki asfaltni yoki ularning aralashmasini o‘simlik moylari bilan qorishtirib organik erituvchilarda eritib tayyorlanadi. Ular kanalizatsiyada ishlatiladigan cho‘yan quvurlarni, sanitariya- texnika uskunalarining metall qismlarini va boshqa yer ostida ishlatiladigan metall konstruksiyalarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Toshko‘mir loki toshko‘mir pekining organik erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, cho‘yan va po‘lat konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi. Nitroloklar-nitrosellyulozaning organik erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, plastifikatorlar sifatida turli smolalar ishlatiladi. Ular tez quriydi va qotgach yaltiroq parda hosil qiladi. Nitroloklar yog‘ochdan tayyorlangan buyum va qismlarni loklash va bo‘yoq ustidan yaltiratish uchun ishlatiladi. Spirtli loklar va politura tabiiy va sun’iy smolalarning spirtdagi eritmasi bo‘lib, tarkibiga pigmentlar aralashtirib turli ranglarda tayyorlanishi mumkin. Ular yog‘och yuzalarni pardozlash, shisha va metall buyumlarni qoplash uchun ishlatiladi. Emalli bo‘yoqlar pigmentning lokdagi suspenziyasi bo‘lib, maxsus apparatlarda tayyorlanadi. Emalli bo‘yoqlar qotgach muayyan darajada qattiq, atmosfera muhitiga chidamli, 1-2 sut. davomida xona haroratida qurishi va chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi talab etiladi. Sintetik emalli bo‘yoqlarga alkidli, perxlorvinilli emallar kiradi. Alkidli emallarga pigmentlarning gliftal, pentaftal, alkid-stirol va boshqa alkid loklardagi suspenziyalari kiradi. Bino va inshootlarni tashqi tomondan qoplashda gliftalli GF-13 va pentaftalli PF-14 emalli bo‘yoqlari ishlatiladi. Perxlorvinil emalli bo‘yoqlar (PXV) gruntovka qoplamali metall yuzalarni va betonli fasadlarni qoplash uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kremniyorganik polimerlar asosida emallar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Kremniyorganik polimerlardan tayyorlangan bo‘yoqlar qotgach atmosfera muhitiga va issiqqa bardoshli, gidrofob
Ilmiybaza.uz 
 
yuza hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday qoplamalar havo oqimini 
bemalol o‘tkazadi. 
Organik erituvchilarda tayyorlangan xlorkauchukli emallar suv va korroziya 
muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ular metall va temirbeton konstruksiyalarni 
korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Emallar tarkibida uchuvchi moddalar 
miqdorini kamaytirish qoplamalar sifatini oshirishga olib keladi. 
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar (latekslar). Suv-dispersiyali bo‘yoqlar oddiy 
sharoitda bir-biri bilan aralashmaydigan moddalarni sirt- tarangligini keskin 
kamaytiruvchi emulgatorlar vositasida emulsiya holatiga keltirib olinadi. Suv-
dispersiyali bo‘yoqlarda suv tashqi faza bo‘lib, bo‘yoq qoplamasi hosil qiladigan 
komponentlar ushbu fazada globula holatida bo‘ladi. Bo‘yoq yuzaga surkalganda 
suv qisman asosga shimiladi va bug‘lanadi, natijada emulsiya parchalanadi va 
globulalar bir-biriga yopishib silliq qoplama hosil qiladi. Qoplama havoda qurib 
qotgach, namlikka chidamli va havo oqimini o‘tkazuvchi qoplama hosil bo‘ladi. Bu 
usulda olingan latekslar inson organizmiga zararsiz, texnologik jihatdan qulay, 
yonmaydigan material bo‘lib, qoplama qalinligi va zichligini uning tarkibiga suv 
kiritib istalgancha o‘zgartirish mumkin. 
Suv-dispersiyali latekslar ichida eng keng tarqalgani polivinilatsetat emulsion 
bo‘yoqlardir. Ular polivinilatsetat polimerining suvdagi dispersiyasi bo‘lib, 
dibutilftalat bilan plastifitsirlanadi va xossalarini yaxshilash maqsadida tarkibiga 
pigment va modifitsirlovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Olingan dispersion bo‘yoq 
atmosfera va nam sharoitga chidamli va beton, suvoq, yog‘och yuzalarga adgeziyasi 
yuqori bo‘ladi. 
Akrilat dispersion bo‘yoqlar akril polimerlarining suvdagi emulsiyasi bo‘lib, 
atmosfera muhitiga chidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Akrilat latekslari bino 
va inshootlarni tashqi tomondan va namlik bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan xonalarni 
bezashda ishlatiladi. 
Kremniyorganik polimerlar asosida olingan latekslar gidrofoblik xossasiga ega 
bo‘ladi. Ular issiq harorat ta’sirida uzoq muddat parchalanmaydi. Kremniyorganik 
latekslar bino, inshootlar va qurilish konstruksiyalarini qoplashda ishlatiladi. 
Ilmiybaza.uz yuza hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday qoplamalar havo oqimini bemalol o‘tkazadi. Organik erituvchilarda tayyorlangan xlorkauchukli emallar suv va korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ular metall va temirbeton konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Emallar tarkibida uchuvchi moddalar miqdorini kamaytirish qoplamalar sifatini oshirishga olib keladi. Suv-dispersiyali bo‘yoqlar (latekslar). Suv-dispersiyali bo‘yoqlar oddiy sharoitda bir-biri bilan aralashmaydigan moddalarni sirt- tarangligini keskin kamaytiruvchi emulgatorlar vositasida emulsiya holatiga keltirib olinadi. Suv- dispersiyali bo‘yoqlarda suv tashqi faza bo‘lib, bo‘yoq qoplamasi hosil qiladigan komponentlar ushbu fazada globula holatida bo‘ladi. Bo‘yoq yuzaga surkalganda suv qisman asosga shimiladi va bug‘lanadi, natijada emulsiya parchalanadi va globulalar bir-biriga yopishib silliq qoplama hosil qiladi. Qoplama havoda qurib qotgach, namlikka chidamli va havo oqimini o‘tkazuvchi qoplama hosil bo‘ladi. Bu usulda olingan latekslar inson organizmiga zararsiz, texnologik jihatdan qulay, yonmaydigan material bo‘lib, qoplama qalinligi va zichligini uning tarkibiga suv kiritib istalgancha o‘zgartirish mumkin. Suv-dispersiyali latekslar ichida eng keng tarqalgani polivinilatsetat emulsion bo‘yoqlardir. Ular polivinilatsetat polimerining suvdagi dispersiyasi bo‘lib, dibutilftalat bilan plastifitsirlanadi va xossalarini yaxshilash maqsadida tarkibiga pigment va modifitsirlovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Olingan dispersion bo‘yoq atmosfera va nam sharoitga chidamli va beton, suvoq, yog‘och yuzalarga adgeziyasi yuqori bo‘ladi. Akrilat dispersion bo‘yoqlar akril polimerlarining suvdagi emulsiyasi bo‘lib, atmosfera muhitiga chidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Akrilat latekslari bino va inshootlarni tashqi tomondan va namlik bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan xonalarni bezashda ishlatiladi. Kremniyorganik polimerlar asosida olingan latekslar gidrofoblik xossasiga ega bo‘ladi. Ular issiq harorat ta’sirida uzoq muddat parchalanmaydi. Kremniyorganik latekslar bino, inshootlar va qurilish konstruksiyalarini qoplashda ishlatiladi.
Ilmiybaza.uz 
 
Butadiyenstirol emulsion bo‘yoqlar gliftal loklarning suvdagi dispersiyasi 
bo‘lib, yuqori sifatli bezak qoplamalari hosil qilishda qo‘llaniladi. Hozirgi kunda 
yuvilmaydigan, uzoq muddat xizmat qiladigan, arzon, mahalliy komponentlar 
asosida olinadigan suv-dispersiyali bo‘yoqlar tayyorlash dolzarb masala 
hisoblanadi. 
1. 
Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar 
 
 
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv 
ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus 
polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi 
yuqori emas. Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. 
Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohak- 
pushonkasi, kalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar 
binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki 
tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi. 
Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers 
kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga 
chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori 
bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar 
himoyalanadi. 
Yelimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik yelimlarining suvdagi eritmasida 
pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka 
chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda 
ishlatiladi. 
Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish 
maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning 
suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi. 
Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning 
suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi. 
Ilmiybaza.uz Butadiyenstirol emulsion bo‘yoqlar gliftal loklarning suvdagi dispersiyasi bo‘lib, yuqori sifatli bezak qoplamalari hosil qilishda qo‘llaniladi. Hozirgi kunda yuvilmaydigan, uzoq muddat xizmat qiladigan, arzon, mahalliy komponentlar asosida olinadigan suv-dispersiyali bo‘yoqlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. 1. Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi yuqori emas. Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohak- pushonkasi, kalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi. Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar himoyalanadi. Yelimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik yelimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi. Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi. Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi.