TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI (Landshaft va uning tuzilishi, Loyihalash ishlarida landshaft tahlili)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

1,3 MB


TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI
Reja: 
1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha
2. Landshaft va uning tuzilishi
3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili 
4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish
5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi
Mazkur mavzuda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: tabiat komponentlari,
tabiat  komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya,  landshaft  tahlili,  tabiat
komplekslarining barqarorligi. 
Yer  sharida  tabiatni  tashkil  etuvchi  komponentlar  bir-biri  bilan  o’zaro
bog’liq.  Shunga  ko’ra,  turli  kattalikdagi  maydonlarni  egallagan  geografik
komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga
ega bo’lgan hududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan
o’rganish muhimdir. Ularning o’zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning
joylashuvi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo’jaligini
rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo’llarini ochib beradi. Har bir
tabiat  kompleksi  ma’lum  darajada  barqarordir.  Bu  xususiyat  qishloq  xo’jalik
ishlarida hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni
o’rganish va tahlil qilish davomida bilib olasiz.
1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha
Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu
tarkibiy  qismlar  tog’  jinslaridan  (litosfera),  suvdan  (gidrosfera),  havodan
(atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat.
Logotip
TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI Reja: 1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha 2. Landshaft va uning tuzilishi 3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili 4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish 5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi Mazkur mavzuda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: tabiat komponentlari, tabiat komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya, landshaft tahlili, tabiat komplekslarining barqarorligi. Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Shunga ko’ra, turli kattalikdagi maydonlarni egallagan geografik komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan hududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o’rganish muhimdir. Ularning o’zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning joylashuvi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo’jaligini rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo’llarini ochib beradi. Har bir tabiat kompleksi ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyat qishloq xo’jalik ishlarida hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni o’rganish va tahlil qilish davomida bilib olasiz. 1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog’ jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat.
Mazkur  tarkibiy  qismlar  doimo  bir-biri  bilan  o’zaro  ta’sirda  va  o’zaro
munosabatda bo’ladi, natijada yer yuzasining turli tabiiy sharoitiga ega bo’lgan
hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi, o’lchamlari
va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq,
muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.
Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz
yashab turgan joyning o’zida ham  bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni
ajratish mumkin: o’rmon, balandlik, jarlik, yonbag’ir, qumli do’ng, vodiy, botiq va
h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq
qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq
bo’lishi mumkin. 
Tabiat  komponentlarining  bir-biri  bilan  o’zaro  aloqasi  va  munosabati
tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq
davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o’rtasida juda mustahkam
aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta Osiyodagi cho’llarning pastqam
sho’rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o’sadi. Tabiat
komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga
birlashtiradi.  Mazkur  tizimning  barcha  qismi  bir-biri  bilan  chambarchas
bog’langan,  uning  bir  qismi  o’zgarsa,  boshqa  qismi  ham  o’zgaradi.  Masalan,
botqoq quritiladigan bo’lsa, mazkur joydagi tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi
hamda iqlimiy sharoit ham o’zgaradi. 
Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida
turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. “Kompleks” so’zi lotincha bo’lib,
“uyg’unlik” degan ma’noni beradi. 
Har  bir  tabiiy  kompleks  ma’lum  bir  hudud  doirasida  joylashadi  va
rivojlanadi. Shuning uchun ular  tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib  tabiiy
komplekslar (geokomplekslar) deb ataladi.
Tabiat  kompleksi  deb,  Yer  yuzining  tabiat  komponentlarining  o’zaro
murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatining xususiyatlariga ko’ra
boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi. 
Logotip
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o’zaro ta’sirda va o’zaro munosabatda bo’ladi, natijada yer yuzasining turli tabiiy sharoitiga ega bo’lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi, o’lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi. Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz yashab turgan joyning o’zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o’rmon, balandlik, jarlik, yonbag’ir, qumli do’ng, vodiy, botiq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo’lishi mumkin. Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o’rtasida juda mustahkam aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta Osiyodagi cho’llarning pastqam sho’rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o’sadi. Tabiat komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga birlashtiradi. Mazkur tizimning barcha qismi bir-biri bilan chambarchas bog’langan, uning bir qismi o’zgarsa, boshqa qismi ham o’zgaradi. Masalan, botqoq quritiladigan bo’lsa, mazkur joydagi tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o’zgaradi. Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. “Kompleks” so’zi lotincha bo’lib, “uyg’unlik” degan ma’noni beradi. Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar (geokomplekslar) deb ataladi. Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o’zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatining xususiyatlariga ko’ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi.
Tabiat  komplekslari  turli  xil  kattalikda  bo’ladi.  Daryo  vodiysi,  tabiat
zonalari,  geografik  mintaqalar,  materiklar,  okeanlar  tabiiy-hududiy  kompleks
bo’lib hisoblanadi. 
Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o’z
navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa
materiklarga bo’linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat
zonalariga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo’linadi. Tabiiy geografiya fanining
o’rganish obyekti – landshaftdir. 
                12- rasm. Tabiat kompleksining bo’linishi
2. Landshaft va uning tuzilishi
“Landshaft” nemischa so’z bo’lib, “joy” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi
paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. 
Keng  ma’noda  landshaft  deganda  tabiiy  hududiy  kompleks  tushuniladi.
Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, cho’l va h.k.
Geogradik qobiq
Quruqlik
Materiklar
Subkontinentlar
Tabiiy geografik
o’lkalar
Geografik 
landshaftlar
Okeanlar
Nabiiy geografik
rayonlar
Suvlik
Okeanlarning
Dengizlar
Qo’ltiqlar, 
bo’q’ozlar
Logotip
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo’ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo’lib hisoblanadi. Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o’z navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo’linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat zonalariga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo’linadi. Tabiiy geografiya fanining o’rganish obyekti – landshaftdir. 12- rasm. Tabiat kompleksining bo’linishi 2. Landshaft va uning tuzilishi “Landshaft” nemischa so’z bo’lib, “joy” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, cho’l va h.k. Geogradik qobiq Quruqlik Materiklar Subkontinentlar Tabiiy geografik o’lkalar Geografik landshaftlar Okeanlar Nabiiy geografik rayonlar Suvlik Okeanlarning Dengizlar Qo’ltiqlar, bo’q’ozlar
Tor ma’noda landshaft – yer yuzasidagi chegaralari bilan ajralib turuvchi
joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko’ra bir butunligi, geologik
tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi
bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli,
gilli, taqirli, sho’rxokli landshaftlar, tog’lardagi yaylov, o’rmon, vodiy landshaftlari
shular jumlasidandir. 
Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy
landshaft  –  faqat  tabiiy  omillar  ta’sirida  shakllangan  yoki  shakllanayotgan
landshaftdir.  Unga  inson  faoliyati  ta’sir  etmagan  bo’ladi.  Masalan,  Chotqol
biosfera qo’riqxonasida archazorlar shular jumlasiga kiradi. 
Antopogen landshaft –  tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va
shakllanayotgan landshaft - 
dir.                 
Bunga
 
inson
 
faoliyati
ta’sirida  vujudga  kelgan
landshaftlar kiradi.  
Tabiatning
 
barcha
komponentlari va landshaftlar
 
13-rasm.  Tadiiy
landshaft Archazor       u yoki
bu  darajada  inson  ta’sirida
bo’ladi.  Fan-texnika  inqilobi
sharoitida insonning  tabiatga  ta’siri  tobora kuchaymoqda.  Mazkur  landshaftlar
insonning  xo’jalik  faoliyati  ta’sirida  shakllanadi,  ammo  tabiiy  xususiyatlarini
saqlab qoladi va tabiat qonunlariga bo’ysunadi.
Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo’linadi: qishloq xo’jalik yoki
agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog’lar, yaylovlar); suv yoki landshaftlar (kanallar,
hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar);
sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo’llar va
h.k.).
Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo’lib, uning eng kichik
birligi fatsiyadan iboratdir. 
Logotip
Tor ma’noda landshaft – yer yuzasidagi chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko’ra bir butunligi, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho’rxokli landshaftlar, tog’lardagi yaylov, o’rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir. Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaft – faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faoliyati ta’sir etmagan bo’ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo’riqxonasida archazorlar shular jumlasiga kiradi. Antopogen landshaft – tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaft - dir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi. Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar 13-rasm. Tadiiy landshaft Archazor u yoki bu darajada inson ta’sirida bo’ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaftlar insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat qonunlariga bo’ysunadi. Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo’linadi: qishloq xo’jalik yoki agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog’lar, yaylovlar); suv yoki landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo’llar va h.k.). Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo’lib, uning eng kichik birligi fatsiyadan iboratdir.
Fatsiya  –  bir  xil  tog’  jinslariga,
relyefga,
 
tuproqqa,
 
namlikka,
mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot
dunyosiga  ega  bo’lgan  eng  kichik
tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan,
qayir fatsiyasi, o’zan fatsiyasi, toshli
qayir,  gilli  qayir,  qumli  qayir
fatsiyalari. 
Maydon
 (urochisha)
 
–
fatsiyalar  tizimidan  iborat  tabiiy
hududiy kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo’lib, bir  necha
fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan botiqdagi sho’r va sho’rxoklar; oq saksovulli
tekis qumlar; do’ngli qumlar va h.k.                              14-rasm. Antropogen
landshaft. Raryer
Joy  –  maydonlar  majmuasidan  iborat  bo’lgan  tabiiy  hududiy  kompleksdir.
Masalan, yoyilmalarning yuqori, o’rta va quyi qismlari, tog’larning suvayirg’ichi,
yonbag’irlari va h.k. 
Ma’lum bir hududdagi joylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan,
cho’l landshafti – qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat. Demak, landshaft –
joylar majmuasidan, joylar – maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyalar
majmuasidan iborat. Yoki landshaftlar – joylarga, joylar – maydonlarga, maydonlar
– fatsiyalarga bo’linar ekan. 
                   
3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili 
Hozirgi paytda shaharsozlik, suv inshootlari, sanoat korxonalari va boshqa
yirik inshootlarni loyihalashda landshaft tahlili qo’llanilmoqda. Landshaft tahlili
muhandislik inshootlarini to’g’ri joylashtirishga, tabiatda sodir bo’ladigan noxush
hodisalarning oldini olishga imkon beradi. 
Landshaft  tahlili  usuli  deganda  landshftlarning  xossa  va  xususiyatlarini,
tuzilishini, rivojlanishini, vujudga kelish tarixini, unda ro’y beradigan jarayonlarni
o’rganish uchun qo’llaniladigan usullar majO’muasi tushuniladi.
Logotip
Fatsiya – bir xil tog’ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, qayir fatsiyasi, o’zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir, qumli qayir fatsiyalari. Maydon (urochisha) – fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy hududiy kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo’lib, bir necha fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan botiqdagi sho’r va sho’rxoklar; oq saksovulli tekis qumlar; do’ngli qumlar va h.k. 14-rasm. Antropogen landshaft. Raryer Joy – maydonlar majmuasidan iborat bo’lgan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, yoyilmalarning yuqori, o’rta va quyi qismlari, tog’larning suvayirg’ichi, yonbag’irlari va h.k. Ma’lum bir hududdagi joylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, cho’l landshafti – qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat. Demak, landshaft – joylar majmuasidan, joylar – maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyalar majmuasidan iborat. Yoki landshaftlar – joylarga, joylar – maydonlarga, maydonlar – fatsiyalarga bo’linar ekan. 3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili Hozirgi paytda shaharsozlik, suv inshootlari, sanoat korxonalari va boshqa yirik inshootlarni loyihalashda landshaft tahlili qo’llanilmoqda. Landshaft tahlili muhandislik inshootlarini to’g’ri joylashtirishga, tabiatda sodir bo’ladigan noxush hodisalarning oldini olishga imkon beradi. Landshaft tahlili usuli deganda landshftlarning xossa va xususiyatlarini, tuzilishini, rivojlanishini, vujudga kelish tarixini, unda ro’y beradigan jarayonlarni o’rganish uchun qo’llaniladigan usullar majO’muasi tushuniladi.
Landshaft tahlili usuli landshaftning ikki tarkibiy qismi bo’lgan tabiiy va
antropogen qismlarini tadqiq qilish va xaritalashni o’z ichiga oladi. Landshaft
tahlili tabiiy sharoitining o’zgarishini baholash va bashoratlash uchun asos bo’ladi. 
Landshaft tahlili usuli tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda yangi yerlarni
o’zlashtirish va sug’orish hamda zovur tarmoqlarini, sanoat korxonalarini, shahar
qurilishini loyihalashda qo’llaniladi. 
Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili quyidagi tartibda
amalga oshiriladi. 
O’rganilayotgan hududning landshaft  xaritasi  tahlil  qilinib, unda qanday
landshaft turlari (tabiiy va antropogen) tarqalganligi aniqlanadi. Xaritadan hududda
tarqalgan asosiy relyef shakllari, tuproq turlari, o’simlik qoplami, sug’oriladigan,
sug’orilmaydigan  yerlar,  yaylovlar,  daryo  terrasalari,  sanoat  korxonalari,  suv
inshootlari  aniqlanadi.  Muhandislik  inshootlari  va  antropogen  landshaftlarning
qanday relyef shakllarida tarqalganligi tahlil qilinadi. Masalan, sholizorlar daryo
qayirlarida,  paxtazorlar  yuqori  terrasalarda,  yaylovlar  cho’llarda  yoki  tog’
yonbag’irlarida joylashgan va h.k. 
Hududni yirik masshtabli landshaft xaritalari yordamida o’rganish ko’pincha
fatsiyalar xaritasini o’rganish orqali amalga oshiriladi (1:2500 – 1:50000).
Sizga ma’lumki, fatsiyalar bir mikrorelyefga, geologik tuzulishiga, tuproq
turiga, yer osti va yer usti suvlariga, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga
ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy komplekslardir. 
Fatsiyalar xaritasining tahlili natijasida hududda qanday tuproq va o’simlik
qoplami, qanday tog’ jinslari va qanday relyef shakllari tarqalganligi aniqlanadi.
Masalan,  daryoning qayirida asosan  shag’al  toshlar, qumlar tarqalgan bo’ladi,
tuproq qoplami yupqa yoki yo’q darajada, terrasa yuzalarida esa lyoss va jinslar
tarqalgan, tuproq qoplami qalin, pqstqam joylarida yer osti suvlari sathi baland,
shuning uchun bunday yerlarda botqoqliklar ko’proq tarqalgan bo’ladi. 
Hududning  tabiiy  sharoiti  va  resurslarni  o’rta  va  mayday  masshtabli
landshaft xaritalari yordamida ham o’rganish mumkin. Bunday landshaft xaritalari
asosida  yer,  o’simlik,  yaylov,  o’rmon,  tuproq  va  hayvonot  resurslari  haqida
ma’lumotlar olinadi. 
Logotip
Landshaft tahlili usuli landshaftning ikki tarkibiy qismi bo’lgan tabiiy va antropogen qismlarini tadqiq qilish va xaritalashni o’z ichiga oladi. Landshaft tahlili tabiiy sharoitining o’zgarishini baholash va bashoratlash uchun asos bo’ladi. Landshaft tahlili usuli tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’orish hamda zovur tarmoqlarini, sanoat korxonalarini, shahar qurilishini loyihalashda qo’llaniladi. Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O’rganilayotgan hududning landshaft xaritasi tahlil qilinib, unda qanday landshaft turlari (tabiiy va antropogen) tarqalganligi aniqlanadi. Xaritadan hududda tarqalgan asosiy relyef shakllari, tuproq turlari, o’simlik qoplami, sug’oriladigan, sug’orilmaydigan yerlar, yaylovlar, daryo terrasalari, sanoat korxonalari, suv inshootlari aniqlanadi. Muhandislik inshootlari va antropogen landshaftlarning qanday relyef shakllarida tarqalganligi tahlil qilinadi. Masalan, sholizorlar daryo qayirlarida, paxtazorlar yuqori terrasalarda, yaylovlar cho’llarda yoki tog’ yonbag’irlarida joylashgan va h.k. Hududni yirik masshtabli landshaft xaritalari yordamida o’rganish ko’pincha fatsiyalar xaritasini o’rganish orqali amalga oshiriladi (1:2500 – 1:50000). Sizga ma’lumki, fatsiyalar bir mikrorelyefga, geologik tuzulishiga, tuproq turiga, yer osti va yer usti suvlariga, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy komplekslardir. Fatsiyalar xaritasining tahlili natijasida hududda qanday tuproq va o’simlik qoplami, qanday tog’ jinslari va qanday relyef shakllari tarqalganligi aniqlanadi. Masalan, daryoning qayirida asosan shag’al toshlar, qumlar tarqalgan bo’ladi, tuproq qoplami yupqa yoki yo’q darajada, terrasa yuzalarida esa lyoss va jinslar tarqalgan, tuproq qoplami qalin, pqstqam joylarida yer osti suvlari sathi baland, shuning uchun bunday yerlarda botqoqliklar ko’proq tarqalgan bo’ladi. Hududning tabiiy sharoiti va resurslarni o’rta va mayday masshtabli landshaft xaritalari yordamida ham o’rganish mumkin. Bunday landshaft xaritalari asosida yer, o’simlik, yaylov, o’rmon, tuproq va hayvonot resurslari haqida ma’lumotlar olinadi.
Yangi  yerlarni  o’zlashtirish  va  ularni  sug’orishga  tayyorlash  loyihasini
tuzatayotganda  relyef  va  yer  osti  suvlarining  harakat  yo’nalishi  va  ularning
to’planish hududlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, XX asrning 60-
yillarida Tojikistondagi  Zafarobod tumanida Mirzacho’lning janubiy qismidagi
prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o’zlashtirilib, sug’orila
boshlandi. Oqibatda prolyuvial quyi qismida joylashgan O’zbekistonning 50 ming
gektar yer osti suvlari sathi ko’tarilib, tuproqlarni sho’r bosdi. Chunki, prolyuvial
tekislikda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo’lishi tufayli
Zafarobod  tumanida  sug’orish  boshlanishi  bilan  tuproqqa  shimilgan  suvlar
prolyuvial  tekislikning  etak  qismlari  tomon  harakat  qilgan.  Oqibatda  yer  osti
suvlari sathi ko’tarilib, Mirzacho’lning avvaldan sug’orib kelinayotgan yerlarida
katta hududni sho’r bosishiga olib kelgan. 
Sug’orish  va  zovur  tarmoqlarini  loyihalashda  landshaft  tahlilini  amalga
oshirish  uchun  quyidagilarga  e’tibor  beriladi:  hududning  relyefi  chuqur  tahlil
qilinadi, sug’orish tarmoqlari hududning baland joylaridan, zovur tarmoqlarini esa
pastqam joylaridan o’tkazish loyihalashtiriladi. Chunki pastqam joylarda yer osti
suvlari  sathi  yer  yuzasiga  yaqin  bo’ladi.  Shuning  uchun  bunday  joylardan
kollektor-zovur  tarmoqlari  o’tkazilganda  yer  osti  suvlari  tez  pasayadi  va
sho’rlanishning oldi olinadi. 
Sanoat korxonalarini joylashtirishda juda ko’p omillarni hisobga olish lozim.
Sanoat korxonasi qanday mahsulot ishlab chiqaradi, atrof-muhitga qanday zararli
moddalar  tarqatadi  va  h.k.  Atmosferaga  ko’proq  ifloslovchi  moddalarni
chiqaradigan  sanoat  korxonalarini  loyihalashtirishda  relyef,  doimiy  shamollar
yo’nalishi, aholi manzilgohlarining joylashishi va boshqa omillar hisobga olinishi
zarur. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona
balandroq joyga qurilgani ma’qul.
Sanoat korxonasini qurishda doimiy shamollar yo’nalishini hisobga olish
muhim  hisoblanadi.  Masalan,  O’zbekiston  chegarasidan  25  km  uzoqlikda
joylashgan Tojikiston hududidagi alumin zavodini qurishda shamollar yo’nalishi
hisobga  olinmagan.  Natijada,  bu  zavoddan  chiqayotgan  zararli  chiqindilar
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov tumanlariga shamol ta’sirida uchib
kelgan, ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan.
Logotip
Yangi yerlarni o’zlashtirish va ularni sug’orishga tayyorlash loyihasini tuzatayotganda relyef va yer osti suvlarining harakat yo’nalishi va ularning to’planish hududlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, XX asrning 60- yillarida Tojikistondagi Zafarobod tumanida Mirzacho’lning janubiy qismidagi prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o’zlashtirilib, sug’orila boshlandi. Oqibatda prolyuvial quyi qismida joylashgan O’zbekistonning 50 ming gektar yer osti suvlari sathi ko’tarilib, tuproqlarni sho’r bosdi. Chunki, prolyuvial tekislikda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo’lishi tufayli Zafarobod tumanida sug’orish boshlanishi bilan tuproqqa shimilgan suvlar prolyuvial tekislikning etak qismlari tomon harakat qilgan. Oqibatda yer osti suvlari sathi ko’tarilib, Mirzacho’lning avvaldan sug’orib kelinayotgan yerlarida katta hududni sho’r bosishiga olib kelgan. Sug’orish va zovur tarmoqlarini loyihalashda landshaft tahlilini amalga oshirish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: hududning relyefi chuqur tahlil qilinadi, sug’orish tarmoqlari hududning baland joylaridan, zovur tarmoqlarini esa pastqam joylaridan o’tkazish loyihalashtiriladi. Chunki pastqam joylarda yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo’ladi. Shuning uchun bunday joylardan kollektor-zovur tarmoqlari o’tkazilganda yer osti suvlari tez pasayadi va sho’rlanishning oldi olinadi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda juda ko’p omillarni hisobga olish lozim. Sanoat korxonasi qanday mahsulot ishlab chiqaradi, atrof-muhitga qanday zararli moddalar tarqatadi va h.k. Atmosferaga ko’proq ifloslovchi moddalarni chiqaradigan sanoat korxonalarini loyihalashtirishda relyef, doimiy shamollar yo’nalishi, aholi manzilgohlarining joylashishi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona balandroq joyga qurilgani ma’qul. Sanoat korxonasini qurishda doimiy shamollar yo’nalishini hisobga olish muhim hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston chegarasidan 25 km uzoqlikda joylashgan Tojikiston hududidagi alumin zavodini qurishda shamollar yo’nalishi hisobga olinmagan. Natijada, bu zavoddan chiqayotgan zararli chiqindilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov tumanlariga shamol ta’sirida uchib kelgan, ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan.
Shaharsozlik  loyihalarini  tuzishda  quyidagilar  e’tiborga  olinishi  lozim:
hududning geologic tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali
qazilmalarning joylashishi va h.k.
Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning geologic tuzilishi chuqur
tahlil  qilinishi  lozim.  Shaharning  asosi  mustahkam  bo’lishi  zarurr.  Agar
inshootlarning asosi g’ovak, yumshoq va suvda erib ketadigan tog’ jinslaridan
iborat  bo’lsa,  bino  qurilganidan  so’ng  ular  o’pirilishlar,  cho’kishlar  natijasida
ishdan chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan
gillardan iborat bo’lsa, binolarda yoriqlar paydo bo’lib, yaroqsiz holga kelib qolishi
mumkin. Masalan, Zarafshon shahri qurilganda 5 – 10 m chuqurlikda suv tekkanda
tezda shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib,
suv olib kelinganidan so’ng, gillar shishib, 5 – 9 qavatli binolarning devorlarida
yoriqlar paydo bo’lib, ularning ba’zilari yaroqsiz holga kelib qolgan. Yangiyer
shahrini qurishda relyef va yer osti suvlarining yo’nalishi hisobga olinmagan edi.
Natijada, tog’ tarafdan shahar tomonga yer osti suvlarining oqishi oqibatida yer osti
suvlarining  sathi  ko’tarilib,  yerlar  sho’rlanib  ketdi.  Shu  sababli,  Sirdaryo
viloyatining markazi Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko’chirildi.
4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish 
Har bir tabiat kompleksi ma’lum bir barqarorlikka ega.  Tabiiy va tabiiy-
antropogen landshaftlarining barqarorligi deb, ularning tashqi ta’sirlarga nisbatan
o’z  tuzilishini  saqlab  qolish  imkoniyati  tushuniladi.  Tashqi  bosim  olib
tashlanganidan  so’ng  landshaftlar  ma’lum  vaqt  o’tgach  o’z  holiga  qaytishi
mumkin. Masalan, lalmikor yerlarda dehqonchilik qilinmasa, ular yana ilgarigi
tabiiy holiga qaytishi mumkin. 
Antropogen  landshaftlarning  barqarorligi  deb,  ma’lum  bir  sharoitda
landshaftlarning o’z ijtimoiy-iqtisodiy vazifasini bajara olish qobiliyatiga aytiladi.
Masalan, har qanday tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, sel, suv toshqinlari, ifloslangan
havo,  sho’rlanish,  ifloslangan  suv)  va  ta’sirlarga  qaramasdan  antropogen
landshaftlar hosildorligining saqlanib qolishi va h.k. 
Logotip
Shaharsozlik loyihalarini tuzishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: hududning geologic tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali qazilmalarning joylashishi va h.k. Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning geologic tuzilishi chuqur tahlil qilinishi lozim. Shaharning asosi mustahkam bo’lishi zarurr. Agar inshootlarning asosi g’ovak, yumshoq va suvda erib ketadigan tog’ jinslaridan iborat bo’lsa, bino qurilganidan so’ng ular o’pirilishlar, cho’kishlar natijasida ishdan chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan gillardan iborat bo’lsa, binolarda yoriqlar paydo bo’lib, yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Masalan, Zarafshon shahri qurilganda 5 – 10 m chuqurlikda suv tekkanda tezda shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib, suv olib kelinganidan so’ng, gillar shishib, 5 – 9 qavatli binolarning devorlarida yoriqlar paydo bo’lib, ularning ba’zilari yaroqsiz holga kelib qolgan. Yangiyer shahrini qurishda relyef va yer osti suvlarining yo’nalishi hisobga olinmagan edi. Natijada, tog’ tarafdan shahar tomonga yer osti suvlarining oqishi oqibatida yer osti suvlarining sathi ko’tarilib, yerlar sho’rlanib ketdi. Shu sababli, Sirdaryo viloyatining markazi Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko’chirildi. 4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish Har bir tabiat kompleksi ma’lum bir barqarorlikka ega. Tabiiy va tabiiy- antropogen landshaftlarining barqarorligi deb, ularning tashqi ta’sirlarga nisbatan o’z tuzilishini saqlab qolish imkoniyati tushuniladi. Tashqi bosim olib tashlanganidan so’ng landshaftlar ma’lum vaqt o’tgach o’z holiga qaytishi mumkin. Masalan, lalmikor yerlarda dehqonchilik qilinmasa, ular yana ilgarigi tabiiy holiga qaytishi mumkin. Antropogen landshaftlarning barqarorligi deb, ma’lum bir sharoitda landshaftlarning o’z ijtimoiy-iqtisodiy vazifasini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. Masalan, har qanday tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, sel, suv toshqinlari, ifloslangan havo, sho’rlanish, ifloslangan suv) va ta’sirlarga qaramasdan antropogen landshaftlar hosildorligining saqlanib qolishi va h.k.