TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI. ITI NING ATROF-MUHITGA TA’SIRI (Insonga tabiatni ta’sir etish yo’nalishlari, Insonning tabiatga ta’siri, Ekologik inqirozlar)
Yuklangan vaqt
2024-05-11
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
932,0 KB
Ilmiybaza.uz
TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.
ITI NING ATROF-MUHITGA TA’SIRI
REJA:
1. Insonga tabiatni ta’sir etish yo’nalishlari
2. Insonning tabiatga ta’siri
3. Ekologik inqirozlar
4. Tabiatni muhofaza qilishni shakllari va aspektlari
Tayanch so’zlar: inqilob, ixtiro, iqtisodiyot, yer sayyorasi, aholi o’sishi,
qishloq xo’jaligi, dehqonchilik, planetalar.
Ilmiybaza.uz
Evropaliklar Amerika atroflariga ko’chib kelganlarida, ular ko’rgan narsa shu
bo’ldiki, tabiatga umuman ziyon yetkazilmagan manzara edi. SHundan keyin
tuproqqa ishlov berish va dehqonchilik orqasidan sekin asta yerlar eroziyaga
uchraydi. Ba’zi yovvoyi tabiatdagi turlar xavf ostida qoldi, ba’zilari esa umuman
yo’qolib ketdi. Yangi texnologiya atrof muhitga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Bug’ va
dizel mashinalari, kommertsion neftь qazib olish, ko’mirni kuydirish, sanoat
rivojlanishi chiqindilarni chiqishi va atrof muhitni ifloslanishiga olib keldi.
Amerikada bu muammolarni oldini olish uchun 1970 yillarda “Atrof muhitni
muhofaza qilish Agentligi” tashkil etildi va bu tashkilot atrof muhitni muhofaza
qilishni maqsad qilgan edi. Oyna, qog’oz, platik, shisha va metallarni ikkilamchi
qayta ishlash yo’lga qo’yildi.
Bizning quyosh tizimimizda Yer sayyorasi yetarli energiyani quyoshdan oladi
va bu undagi hayot uchun zarur bo’lgan harorat bilan to'g'ri taminlashga yordam
beradi. Merkuriy Quyoshga eng yaqin sayyora ekanligi sababli kun bo'yi yuqori
harorat kuzatiladi. Tunda esa haroratning juda past bo'lishi hayotni taminlab
bermaydi. Venera quyoshga yaqinligi jihatdan ikkinchi sayyoradir va uning
harorati yuqori bo’lib, qalin karbonat oksidi gazidan iborat. Bu esa u yerda yashash
uchun noqulaylik tug'diradi. Mars to’rtinchi sayyora yerga nisbatan ancha sovuq
chunki u quyoshdan ancha uzoq va atmosfera qobig’i juda siyrak. Bu yerda
mikroskopikhayot bo'lishi mumkin, lekin hanuzgacha noma’lum. Marsdan keyingi
sayyoralarga yetarlicha quyosh nuri va issiqlik yetib bormaydi, shu sabab hayot
uchun to’la sharoit ta’minlanmaydi.
Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri bo`lib
hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir etib yoki yashash
sharoitini o`zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib yo`q bo`lishiga sababchi
bo`lishi mumkin. Inson tabiatga ko`rsatadigankuchli ta`siri orqali abiotik va biotik
sharoitlarni o`zgartiradi.Inson million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo
manzarasini bir necha o`n yilda o`zgartirib yubordi.Uning tirik organizmlariga
salbiy ta`siri natijasida Er yuzida ko`plab o`simlik va hayvon turlari yo`qolib ketdi.
Ilmiybaza.uz
Ovchilik bilan shug`ullanish dastlab ozuqaga talabni qondirish maqsadida
olib borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim-kechak va har xil qimmatli materiallar
olish uchun avj olib ketdi. Masalan: Mahalliy Amerikaliklar bizonlarni o`ldirib
ularni terisidan kiyimlar, suv solish uchun idishlar, suyaklaridan kerakli asbob-
uskunalar tayyorlangan. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o`simlik va
hayvon turlarini Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga olib borishi ba`zan
flora va fauna tarkibini birmuncha o`zgartirib yubordi. Inson tamonidan
o`simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o`zgartirildi. Natijada muayyan
joyda yashayotgan o`simlik va hayvonlar jamoalari yo`q bo`lib yoki ylarning
sharoiti keskan o`zgaririb ketdi.
Aholini ro’yxatga olish chora tadbirlari
Yer yuzida aholi sonini o’sishi ham ekologik muammo hisoblanadi.Aholini
hisobga olish nafaqat Amerika Qo’shma Shtatlari, balki dunyoning boshqa
mamlakatlari uchun ham muhimdir. Bu hukumatg amillatning turli viloyatlarda
aholini taqsimlashini aniqlashda yordam beradi. Bu malumotlarga ega bo’lish
uchun hukumat o’zlarining mamlakatlarida ayni birvaqtda va aynan bir joyda
qancha odam yashayotganligi ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish natijasida
mamlakat aholisining o’sish surati aniqlanadi. Amerika Qo’shma shtatlari tashkil
etilganda, uning asoschilari aholiga asoslanganVakillar uyini tuzganlar. Hukumat
vakillari aholi ko’p maydonlarda ko’pchilikni, aholisi kam maydonlarda
kamchilikni tashkil etganlar. 1787-yilda aholini ro’yxatga olish tartibi
Konstitutsiyaga kiritilgan. Aholini ro’yxatga olishhar 10 - yilda amalga
oshirilishi kerak, shunda har bir mamlakat vakillarining soni hisoblab chiqiladi.
1970 - yildan Amerika Qo’shma Shtatlarida ro’yxatga olish dala ishchilari
tomonidan amalga oshirilgan. Ular uyma-uy yurib har bir xonadonda
yashovchi odamlar sonini hisoblaganlar. Keyinchalik ro’yxatga olish pochta
orqali amalga oshirila boshlangan. Mamlakatda xizmat va mablag’larni
to’g’ri taqsimlashda ro’yxatga olish ma’lumotlaridan foydalaniladi. Demak
Ilmiybaza.uz
aholini ro’yxatga olish davlatning iqtisodiy potentsialini to’g’ri shakllantirishda
katta yordam beradi.
1-rasm Inson populyatsiyasining o’lchamini yillar davomida 1.6 foizga
o’sishi. Inson populyatsiyasining o’sishi.1
Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tezsur’atlar
bilano’sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va o’zlashtirish natijasida ekologik
muvozanat buzilib, ekologik tanglik yuzaga keldi.
Ekologik tangliklar o’z
navbatida
avj olib, sayyoramizning ba’zi
mintaqalarida ekologikhalok atlarni keltirib chiqaradi. Ekologik tanglikning tinmay
kuchayib borishi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ekologik muammolar
o’zvaqtida halqilinmasa muayyan hududga ekologik halokat xavfini olib keladi.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ta’siri bilan bog’liq holda
tabiatning ham insoniyatga aks ta’siri tushuniladi1.
Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar F.T.R.
1Peter Rillero, Dinah Zike.Ecology, 2005 ( 9-20- betlar).
Ilmiybaza.uz
Inson paydo bo’lgandan boshlab, tabaitga ta’sir etadi. O’z navbatida tabiat
insonga ta’sir o’tkazib keladi.
Insonga tabiatning ta’siri quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
- To’gridan-to’g’ri salomatligiga va ko’payishiga;
- Tabiiyzarurne’matlarningbor-yo’qligiga;
- Tabiat tomonidan insonlarni xarakat qilishga majbur qilish va
rag’batlantirish;
- Mehnat vositalarining bor-yo’qligi.
- Tabiiy resurslarning bor-yo’qligi (okean, tog’lar, cho’llar, botqoqlarva h).
2-rasm. Aholi o’sishi
Insonning biosferaga ta’siri. Insonning biosferaga ta’sirining boshlanishi neolit
davriga to‘g‘ri keladi. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida uning tabiatga
ta’siri uncha sezilarli bo‘lmagan, u tabiatdan nimani olsa, uni tabiatga qaytargan.
Biosferadagi moddalarning biotik davriy aylanishini buzmagan. Asta-sekin
insonning tabiatga ta’siri kuchayib borgan. Ayniqsa, keyingi yuz yilliklarda ilmiy-
texnik revolutsiya natijasida inson ta’sirida elementlarning biogen migratsiyasi
Ilmiybaza.uz
juda kuchayib ketdi. Butun tarix davomida insoniyat o‘z mehnat faoliyati bilan
atrof-muhitdan iloji boricha ko‘proq va tez foyda olishga harakat qilib kelgan.
Tabiat hodisalariga aralashish keyinchalik qanday natijalarga olib kelishini inson
xayoliga ham keltirmagan. Keyingi asrda insonning biosferaga ko‘rsatadigan ta’siri
juda kuchayib ketdi va o‘g‘ir muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiy
resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko‘plab o‘simlik va hayvonlarning turlari
yo‘qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar
tomonidan ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko‘llar,
o‘rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o‘zgarishlar o‘simliklar va
hayvonot olamiga, insonning o‘ziga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Biosferaning
o‘zgarishi qonuniyatlarini insonning yaxshi tushunib yetmasligi, tashqi muhitning
juda ayanchli o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin. Insonning gidrosferaga va
atmosferaga ta’sirining lobora kuchayib borishi biosfera doirasida iqlimning
o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda atmosferada karbonat
angidridning miqdori tobora ortib bormoqda. Organik yoqilg‘ilardan foydalanish
kislorodning yonib kamayishiga, karbonat angidridning esa ko‘payishiga sabab
bo‘lmoqda. Atmosferada karbonat angidridning ko‘payishi esa «parnik effektiga»
olib keladi, bu esa Yer yuzasi haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Keyingi
100 yil davomida Yer yuzasining harorati o‘rtacha 0,6°C gacha ko‘tarilganligi
aniqlangan. Iqlim o‘zgarishi esa cho‘l-dashtlar maydonining tobora ortib borishiga,
tog‘lardagi muzliklarning erishiga, okean va dengiz suvlari sathining kamaya
borishiga olib keladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek atmosferada ozon qatlami
bo‘lib, uning maksimal konsentratsiyasi Yer yuzasidan 15—25 km balandlikdadir.
Atmosferaga azot II oksid va freonning o‘tishi natijasida bir necha yillar davomida
ozon qatlami yupqalashib bormoqda. Freon lak va bo‘yoqlarni purkovchi sifatida,
sovitgichlar va konditsionerda sovutgich modda sifatida keng qo‘llanib
kelinmoqda. So‘nggi yillarda Antraktida atmosferasida ozonning juda kamayib
ketishi natijasida «ozon teshiklari» hosil bo‘lishi kabi ayanchli, xavfli hodisalar
kuzatilmoqda. Bu hodisaning va ozon qatlami buzilishining oldini olish maqsadida
1987-yilda Kanadaning Monreal shahrida 50 mamlakat vakillari freonlar ishlab
Ilmiybaza.uz
chiqarishni o‘rtacha 50 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘l
qo‘ydilar. Atmosferaning ifloslanishi tinmasdan davom etib, yildan yilga ortib
bormoqda. Atmosferaning ifloslanishi sanoat korxonalarining chiqindilari,
transport vositalari ajratib chiqaradigan birikmalar, ayniqsa H2S uglerod va og‘ir
metallardan qo‘rg‘oshin, mis, kadmiy, nikel va boshqa metallar zarrachalari
hisobiga tobora ortib bormoqda. Atmosferaga har yili yuz millionlab tonna
ifloslanuvchi moddalar ajratiladi. Havoda H2S ning ortib borishi kislotali
yomg‘irlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmadi. O‘zbekistonda mevali daraxtlar
hosildorligining kamayishi, uzumzorlarning kasallanib, yildan yilga kam hosil
berishining asosiy sabablaridan biri ham kislotali yomg‘irlarning ko‘payib
borishidir. Tojikistonning Tursunzoda shahri atrofida qurilgan alyuminiy zavodi
chiqindilari ham Surxondaryo viloyatidagi mashhur anorzorlar hosilining keskin
kamayishiga, mevalarining maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida
kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi. Navoiy shahridagi kimyo zavodlari
chiqindilari ham atrof-muhitni zararlashda katta rol o‘ynamoqda. Sug‘orish va
sanoat korxonalari uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish kichik
daryolarning qurib qolishiga, yirik daryolar suvining keskin kamayib ketishiga olib
kelmoqda. Bunday ayanchli hodisalarning tipik misoli Orol dengizi muammosidir.
Sug‘oriladigan paxta maydonlarini haddan tashqari ko‘paytirish bu dengizning
qurib qolishi xavfini tug‘dirmoqda. Suvni nazoratsiz, keragidan ortiqcha ishlatish
natijasida Amudaryo va Sirdaryo kabi buyuk daryolar Orol dengiziga yetib bora
olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy ekologik sistemalarning buzilishiga, shu
regionda nyashovchi odamlar sog‘lig‘ining tobora yomonlashib borishiga sabab
bo‘lmadi. Mineral o‘g‘itlarning, chorvachilik chiqindilari va kanalizatsiyaning suv
havzalariga qo‘shilishi suvda azot va fos-forning ortib ketishiga, suvo‘tlarining
ko‘payib ketishiga, kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar,
ayniqsa, baliqlar qirilib ketishiga olib kelmoqda. Keyingi paytlarda o‘rmonlarning
kesilib, kamayib ketishi juda ayanchli natijalarga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning, suv havzalarining, tuproqning tobora ifloslanishi natijasida
o‘rmonlardagi daraxtlar kasallanib qurib qolmoqda. O‘rmonlarning yo‘qolishi
Ilmiybaza.uz
iqlimning keskin o‘zgarishiga, suv boyliklarining kamayishiga, tuproq holatining
yomonlashishiga olib kelyapdi. Hozirgi vaqtda xo‘jalikni energiya bilan ta’minlash
uchun ko‘p issiqlik, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqlik elektr
stansiyalari tabiiy yoqilg‘ilardan foydalanganligi uchun atmosferani ifloslantiradi
suv elektr stansiyalari katta-katta suv omborlarining qurilishinitalab etadi, buning
natijasida serhosil yerlar, tuproqlar suv ostida qolib ketmoqda. Ilgari ekologik
jihatdan eng toza va xavfsiz deb
Tuproq eroziyasi.
Atmosferaning ifloslanishi.
Ilmiybaza.uz
hisoblangan atom elektr stansiyalari ham katta xavf tug‘dirishi ma’lum bo‘lib
qoldi. Ukrainadagi Chernobil AESning falokati juda katta hududlarni ekologik
inqiroz holatiga olib keldi, o‘simliklar va hayvonot olamiga katta zarar yetkazdi.
Aholining o‘rtasida har xil kasalliklarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, odamning ekologik sistemalarga kuchli ta’siri kutilmagan ayanchli
hodisalarga olib kelishi mumkin. Natijada, ekologik o‘zgarishlar zanjiri vujudga
keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat ekologik inqiroz xavfi ostida turibdi. Agar zarur
choralar ko‘rilmasa, biosferaning ko‘p joylari hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi
mumkin. Tabiatni muhofaza qilish, hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biriga
aylanmoqda. Biosferani muhofaza qilish muammolari. Tabiatni muhofaza qilish—
tabiat boyliklaridan ratsional, oqilona foydalanish demakdir. Bu esa tabiatning
xilma-xilligini o‘z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga
olib keladi. Biosferani saqlashda tabiiy boylikiardan tejab foydalanadigan sanoat
va qishloq xo‘jalik texnologiyasiga o‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun: 1.
Qazib olinadigan tabiat boyliklaridan to‘liq foydalanish. 2. Ishlab chiqarish
chiqindilaridan qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani yo‘lga qo‘yish. 3.
Energiya olishning ekologik toza manbalaridan — quyosh, shamol energiyasidan,
okeanlar kinetik energiyasidan, Yerosti issiq suvlari energiyasidan foydalanishni
yo‘lga qo‘yish zarur. Ayniqsa chiqindisiz texnologiyahisoblangan atom elektr
stansiyalari ham katta xavf tug‘dirishi ma’lum bo‘lib qoldi. Ukrainadagi Chernobil
AESning falokati juda katta hududlarni ekologik inqiroz holatiga olib keldi,
o‘simliklar va hayvonot olamiga katta zarar yetkazdi. Aholining o‘rtasida har xil
kasalliklarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, odamning ekologik
sistemalarga kuchli ta’siri kutilmagan ayanchli hodisalarga olib kelishi mumkin.
Natijada, ekologik o‘zgarishlar zanjiri vujudga keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat
ekologik inqiroz xavfi ostida turibdi. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, biosferaning
ko‘p joylari hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Tabiatni muhofaza
qilish, hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Biosferani
muhofaza qilish muammolari. Tabiatni muhofaza qilish—tabiat boyliklaridan
ratsional, oqilona foydalanish demakdir. Bu esa tabiatning xilma-xilligini o‘z
Ilmiybaza.uz
holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi.
Biosferani saqlashda tabiiy boylikiardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq
xo‘jalik texnologiyasiga o‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun: 1. Qazib
olinadigan tabiat boyliklaridan to‘liq foydalanish. 2. Ishlab chiqarish hiqindilaridan
qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani yo‘lga qo‘yish. 3. Energiya olishning
ekologik toza manbalaridan — quyosh, shamol energiyasidan, okeanlar kinetik
energiyasidan, Yerosti issiq suvlari energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish
zarur. Ayniqsa chiqindisiz texnologiyamavsumlarda, ularning populyatsiyasiga
zarar yetkazmagan holda ovlash mumkin. Tabiat yodgorliklari — ilmiy tarixiy,
madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlardir. Bularga
sharsharalar, geyzerlar, g‘orlar kabi o‘lik obyektlar, qari daraxtlar, yodgorliklar,
xiyobonlar, tabiiy muzeylar kiradi. Bunday yodgorliklarga Yasnaya Polyanadagi
eman daraxti, Ashxaboddagi «Yetti og‘ayni» chinori kabi tabiatning nodir
boyliklarini kiritish mumkin. Biosferani muhofaza qilish choralari O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida, Oliy Majlis va Hukumat qarorlarida
belgilangan. Tabiat tomonidan yaratilgan boyliklarni asrash va ko‘paytirish,
biosferani muhofaza qilish umumiy masala ekanligini har bir o‘quvchi hozirdan
yaxshi tushunib olmog‘I zarur. Biosferadagi muvozanatni osonlik bilan buzish
mumkin, lekin uni qayta tiklash juda qiyin. Har bir inson tabiat yaratgan
boyliklarni kelajak avlodlarga ham qoldirish muqaddas vazifa ekanligini yaxshi
anglab olmog‘I zarur. 5-iyun Xalqaro atrof-muhitni himoya qilish kuni
hisoblanadi.
Nazоrаt savollari:
1. Siz yana qanday global, mintaqaviy, mahalliy ekologik muammolarni
bilasiz?
2. Siz yashaydigan joydagi ekologik muammolarni aytib bering?
3. Rivojlangan mamlakatlarda qanday ekologik muammolar mavjud?
Ilmiybaza.uz
4. Mahalliy ekologik muammolarni oldini olishda qanday takliflaringiz
bor?