TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
Reja:
1. Tabiiy fanlar nazariyasi.
2.Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi.
3. Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari.
Asosiy tushunchalar: Nazariya, konsepsiya, nisbiylik, fazo va vaqt.
Tabiiy fanlar nazariyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida
yuksak, umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega
pеdagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi fanning asosiy
maqsadidir.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “
Biz uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan yana bir
masala, bu - farzandlarimizni mustaqil fikrli , zamonaviy bilim va kasb - hunarlarni
egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar
sifatida tarbiyalash vazifasidir ”1, - deya ta’kidlab o’tganlar.
O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang`ich sinflarda amalga oshirishda
tabiatshunoslik fani muhim rol o`ynaydi. Bu predmetni o`rganish kichik yoshdagi
o`quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda
yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to`g`risida bilimlar to`plashga imkon beradi.
Shuning uchun ham pedagogika oliy o`quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo`lajak
boshlang`ich sinf o`qituvchilari, pedagogik o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslik
1 Mirziyoyev Sh.M . Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O’zbekiston, 2017.
103 - b.
va uni o’qitish metodikasining ilmiy - nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi
tanish bo’lishlari lozim.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o`qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim berish
mazmunidagi bilimlar ham singdirilgan bo`lib, undagi o`quv materiallari bevosita
tabiat bilan tanishish jarayonida o`rganiladigan bilimlar o`quvchilarning nazariy
bilimi, amaliy ko`nikma va malakalari tarkib topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiat xilma - xil ko’rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olamdan
tuzilgan. O’quvchilarga ekologik ta’lim - tarbiya berishdan maqsad - tabiatni bilish
va uni asrashga o’rgatish, ekologik ta’lim - tarbiyaga oid nazariy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni
ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va
ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi,
xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra
tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmuni,
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, ya‘ni predmetning o’zini, uni o’qitishni va
o’qishni, ya‘ni bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi.
Shunga ko’ra tabiatshunoslikning vazifalari qatoriga o’quv predmeti sifatida
tabiatshunoslik mazmunini aniqlash.
Tabiatshunoslikning muhim masalalaridan biri - tabiat,atrof - muhit haqidagi
ma’lumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tajriba o’tkazish va bilish jaroyanida
ko’p ma’lumotlar berishi mumkin. Lekin kuzatish bir - biriga bog’lanmagan,
qarama - qarshi ma’lumotlarga ham olib kelishi mumkin.Olingan ma’lumotlar
asosida nazariy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, muayyan tizimiga solish fanda
katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi. Ko‘rinib turibdiki,
inson ham jismonan, ham ruhan atrof - tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq ekan. U
tirik organizm sifatida o‘z mavjudligini ta’minlash uchun doimo tabiat bilan
modda, energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu degan so‘z, inson
tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud bola oladi
demakdir.
Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol bo`lmagan mavjudotlar (o‘simlik va
hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni,
inson ongi tufayli tabiatni o`z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o‘zgartirish
va moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo‘Iadigan munosabatlarda
insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini
beruvchi komil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy
muhitlarning maxsuli bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda
ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot
sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhit (jamiyat) maxsuli
hisoblanadi.
O‘zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa
sharoitlariga ko‘ra turlicha ongga ega bo‘lgan kishilar birgalikda kishilik
jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat
o‘rtasidagi boglovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. U bir qator o‘ziga xos ichki
ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi.
Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari
rivojiga to‘siq bo‘lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.Ma’lumki,
har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o‘zaro munosib ravishda
rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda bolishini
taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo‘qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalami keltirish mumkin:
- yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma’lum bo`lgan
olamda yagonadir;
- tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
- tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o‘rganish
zarur;
- bu tizimning biror-bir komponentidagi o‘zgarish uning boshqa
komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarning yuz berishiga
olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb
aytish mumkin. Mana shu o‘tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o‘ziga xos
tabiat shakllangan. Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir
neecha bosqichlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o‘rganish bilan bir
qatorda tabiiy fanlar ham shug’lullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat
komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi
hamda uni jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday
qilib saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega.
Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog‘ jinslari, o‘simlik va
hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi
jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o‘ziga xos barqarorlik holati
yuzaga kelgan. Tabiatdagi mana shu barqarorlik tabiiy yoki ekologik muvozanat
deb ataladi. Yerning tabiati o‘ziga xos ko‘rsatkich va qonuniyatlarga ega boigan
turli ichki va tashqi ta’sirlarga ma’lum darajada bardosh bera oladigan murakkab
funksional tizimdir. Bu tizimning tashkil etuvchilari, ya’ni tabiatning tarkibiy
qismlari doimo o‘zgarish va rivojlanishda bolgani tufayli undagi muvozanat ham
dinamik holatda mavjud bo‘la oladi.
Tabiatning nozikligi, garchi u ulkan tuzilma bolsa ham, unga ta’sir etishning
osonligi aynan undagi mana shu muvozanat holati tufaylidir. Chunki,
muvozanatdagi tizimni izdan chiqarish uchun uncha ko‘p kuch talab etilmasligi
hammaga o‘rta maktab fizikasidan ayon. Tabiiy izdan chiqishiga esa, ko`p hollarda
insonning tabiatga ko`r-ko‘rona, uzoqni ko‘zlamay, tabiat qonunlarini mensimay
tayziq ko‘rsatishi sabab boiadi. Inson o'zining biror-bir ehtiyojini qondirish
maqsadida tabiatdan foydalanadi va shu jarayonda uning birorta yoki bir necha
komponentini o‘zgartiradi.Ko’pincha bu ta’sir jarayoni komponentlararo yoki ular
ichidagi muvozanat holatini buzadi.
Tabiatshunoslik o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga
quyidagilar kiradi:
Tabiatshunoslik tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda va rivojlanishda
o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot
metodlaridan foydalanadi. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan
jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy
bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda
tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish usul va uslublarini
belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi
eng muhim metodlardir.
Tabiatshunoslik - didaktika bilan bog’langan. O’quv materialini tanlash va
uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular
xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda,
shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda
tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi
psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina
to’g’ri tanlash mumkin.
Tabiatshunoslik shuningdek, botanika, seleksiya, fiziologiya, anatomiya,
gigiena, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya
kabi fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi
uning ayrim ishlarni, munosabatni, xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida
boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning
dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning
tarkibiiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi
bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab
o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o’z
harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-
atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan
mas‘uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot
jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Barcha ta‘lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning to’g’ri
tanlanishiga bog’liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi
o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo’lmaydi, tirik organizmlarni
bevosita o’rganmasdan turib o’simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo’lmaydi,
o’simliklarni o’stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo’yicha amaliy ishlar
bajarilmasdan qishloq xo’jalik mehnatining amaliy o’quv hamda ko’nikmalarini
hosil qilib bo’lmaydi.
Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari. Barcha fanlar kabi
“Tabiatshunoslik” fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo’linadi:
1-bosqich. Eramizgacha bo’lgan VIII-VI asrlarni o’z ichiga oladi.
“Tabiatshunoslik” fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan
barcha fikrlarni inkor qilgan holda “Avesto” ma’lumotlariga asoslanib, “Avesto”ni
astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo’jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi
bo’lib yozib qoldirilganini bilamiz. “Avesto” faqat diniy tushunchalar haqidagi
bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari
yozilgan manba hamdir.
Biz “Avesto” haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum
bo’lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gretsiyadan boshlangan,
deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo’ylab, ayniqsa Yevropada “Avesto”shunos
olimlar paydo bo’lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni
“Avesto”dan ko’chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o’zlariniki qilib o’zlashtirib
olganlarini yozib qoldirganidan so’ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi
bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga
haqlimiz. Bu o’rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo’lgan IV
asrdan emas, balki VIII- asrdan boshlangan. Hali bu borada ko’pgina fikrlar
aytilishi aniq.
2-bosqich. Eramizgacha bo’lgan V-I asrlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki,
“Tabiatshunoslik” fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar
Gretsiyada rivojlandi. Grek olimlari “Tabiatshunoslik” faniga ilmiy asos soldilar.
Eramizgacha bo’lgan IV asrda Aristotel, Platon, Ptolomey dunyoning
geomarkazini tuzdilar, Empedokl, sababsiz hech narcha hosil bo’lmasligini va hech
narsa izsiz yo’qolib ketmasligini aytdi.
Levkinn, Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni
bildirishdi. Pifagor dunyoning Sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning
radiusini aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo’lgan masofani o’lchadi. Aristarx
Samosskiy, Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo’lib yulduzlar
bizdan juda olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan
qo’yoshgacha bo’lgan masofalarni o’lchashdi.
Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi,
Aristotel esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy
asosladi.
Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o’rgandi va kasalni
emas, balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so’zni aytdi.
Dunyoda “Tabiatshunoslik” fanining rivojlanishiga turtki bo’lgan asarlar jumlasiga
Yevklidning “Boshlanish”i va Ptolomeyning “Buyuk qurilish” kabilar kiradi.
Bu davrdagi olimlar tabiatshunoslik sohasida katta tajribalar olib
borishmagan bo’lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivojlantirdilar.
Qadimgi Gretsiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg’alarini yetkazib
berdi. Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlari
hozirgacha ahamiyatini yo’qotgan emas. Oradan ming yillar o’tganiga qaramasdan
ularning fikrlari odamlarning dunyoga bo’lgan munosabatida, ma’naviyat va
madaniyatida alohida o’rin egalaydi. Tabiatshunoslikka u davrlarda kam e’tibor
berilgan bo’lsa, hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini
belgilaydigan kuchga aylandi.
3-bosqich. VIII va XII asrlarni o’z ichiga oladi. VIII asrlarga kelib, Sharqda
takroran fanga e’tibor berila boshlandi. “Tabiatshunoslik” rivojiga hissa qo’shgan
ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug’ inson
Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlarining o’simliklar va hayvonot
dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan
o’simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar
hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo’lgan Al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda yashadi.
Xivada tug’ilgan bu olim, Bag’dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan
biri sanaladi. Xorazmiy tabiiy fanlardan, “Astronomiya” va “Geografiya” fanlari
rivojiga katta hisa qo’shgan, u “Algebra” fanining asoschisi. “Algebra” so’zi uning
“Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila” risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U
Bog’dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan. Abu Nasr
Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag’ishlangan 150 dan ziyod asar
yozib qoldirgan.