Tabiiy maydon (TM-ЕП) usuli dalillarini talqin qilish
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
2
Faytl hajmi
155,3 KB
Tabiiy maydon (TM-ЕП) usuli dalillarini talqin qilish
Topshiriq. Ma’lum bir boksitlar konida karst voronkalari va karst bo‘shliqlari
keng rivojlangan. O‘rganilayotgan uchastkada tabiiy elektr maydoni (potensial
moslama bilan) usuli bilan maydonli xaritalash o‘tkazilgan. Ishlar kuchli jaladan keyin
ertasi kuni, qachonki karstlanuvchi jinslarning bo‘shashgan zonalarida sizish
(filtratsiya) aktivligi yuqori bo‘lgan paytida olib borilgan.
Tabiiy maydon potensiallari xaritasini qurish va karstlar rivojlangan sohalar bilan
bog‘liq bo‘lgan anomal uchastkalarni ajratish lozim. Xaritalash masshtabi 1:10000.
Profillar orasidagi masofa 100 m. Kuzatuv dalillari 1-jadvalda berilgan.
Amaliy topshiriqni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma.
1.
Millimetr qog‘ozida 1sm ga teng bo‘lgan qadam bilan I dan XX profillarni
parallel xolatda chizib, har bir profilda 1sm qadam bilan 1 dan 19 gacha nomerli kuzatuv
piketlar nuqtalarini belgilab, potensiallar qiymatlari yoziladi.
2.
Potentsiallar qiymatlari bo‘yicha 0, ±5, ±15, ±25, ±35, ±45 mV ga teng
bo‘lgan ekvipotensial chiziqlar chiziladi.
3.
Yomg‘ir suvlari karstlanuvchi jinslardagi bo‘shliqlardan va yoriqlardan
kuchli sizib o‘tishi sababli musbat ionlar bu uchastkalarda pastga (chuqurlikka) suvlar
bilan olib ketiladi, yer yuzasida manfiy ionlar qolgani uchun manfiy potensiallarga ega
bo‘ladi. Karstlar bo‘lmagan joylarda suvlar sizish aktivligi past bo‘ladi va bu
uchastkalarda kuchsiz musbat potensiallar kuzatiladi.
4.
Manfiy elektr potensiallar sohalari (karstlanuvchi jinslar bilan bog‘liq
bo‘lgan sohalar) birorta rang bilan bo‘yaladi, musbat potensiallar sohalari
(karstlanmagan jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar) boshqa rang bilan bo‘yaladi.
Topshiriladigan materiallar: Karstlanuvchi jinslar rivojlangan zonasi
belgilangan tabiiy maydon potensiallari xaritasi.
.