TABIIY RESURSLAR (Suv resurslari. Yer resurslari. Biologik resurslar. Mineral xomashyo resurslari. Gidroenergetik resurslar)
Yuklangan vaqt
2024-05-14
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
38,2 KB
Ilmiybaza.uz
TABIIY RESURSLAR
Reja:
1. Tabiiy, moddiy mehnat resurslari. Resurslar tavsifnomasi.
2. O‘zbekistonning tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslari va ulardan
foydalanish:
Inson potensiali.
Agroiqlim resurslari.
Suv resurslari.
Yer resurslari.
Biologik resurslar.
Mineral xomashyo resurslari.
Gidroenergetik resurslar.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: Tabiiy resurs, tiklanmaydigan resurs, tiklanadigan resurs,
tabiiy boylik, inson potensiali, er usti suvlari, er osti suvlari, agroiqlim resurslar, suv
resurslar, er resurslar, biologik resurslar, mineral xomashyo resurslar, gidroenergetik
resurslar.
1. Tabiiy, moddiy mehnat resurslari. Resurslar tavsifnomasi.
Insonning moddiy manfaatini qondirish uchun foydalanadigan tabiat
ob’ektlari tabiiy yoki tabiat resurslari deb ataladi.
Tabiiy resurslardan tashqari yana moddiy resurslar (sanoat ob’ektlari,
qurilish, transport) mehnat resurslari (hozirgi va kelajakda jamoat foydali mehnatda
qatnashayotgan aholi) ham bo‘ladi.
Tabiat resurslariga atmosfera, suv, o‘simlik, hayvon, tuproq, er osti boyliklar,
energetik va boshqa resurslar kiradi. Tabiat resurslari tiklanish va tiklanmaslik
xususiyatlariga kura ikki guruhga bo‘linadi:
1.
Tiklanadigan;
2.
Tiklanmaydigan.
Bular orasida tugamaydigan resurslar inson uchun ko‘p havf tug‘dirmaydi.
1. YAqin yillarda yoki uzoq muddat davrida tamom bo‘ladigan resurslar
tugamaydigan resurslar deb ataladi. Bunday resurslarga dastavval er osti boyliklari
va tirik tabiat resurslari kiradi. Tugaydigan resurslar atamasi nisbiy ma’noda
ishlatiladi, chunki qachonki olinadigan o‘ljalar iqtisodiy samarasiz holatiga kelib
qolsa uni tugaydigan resurslar desa bo‘ladi. Masalan, ba’zan neft konlarida 30 %
neft mahsuloti qazib olinganda undan keyin foydalanish iqtisodiy samarasiz bo‘lib
qoladi. Biroq, hozirgi kunda yaratilgan ilg‘or texnologiyalar yordamida neft
konlaridan 60 – 70 % gacha neft chiqarib olish mumkinligi ma’lum. Boshqa bir
ma’lumotlarda esa tabiiy resurslardan ularning tamomila yuqolib ketishigacha
(tamom bo‘lishigacha) foydalansa bo‘ladi. Jumladan, ba’zi bir hayvon va o‘simliklar
turlari yoki ekosistemadan noto‘g‘ri foydalanish natijasida ularni butunlay yuqotish
Ilmiybaza.uz
mumkin. Bunga orol dengizi uning atrofidagi ekosistema va undagi ba’zi bir hayvon
va o‘simlik turlarining yuqolib ketganligini misol qilib olish mumkin.
2. CHeklanmagan darajada foydalanish imkoniyati bo‘lgan resurslarga
tugamaydigan resurslar deyiladi. CHunonchi quyosh energiyalari, shamol, okean va
dengiz suvlarining ko‘tarilishi ana shunday resurslardir. Biroq bu misolimizda ham
tugamaydigan tushuncha nisbiy ma’noda ishlatiladi. YUqorida keltirilgan har bir
tugamaydigan resurslarning foydalanish lemeti bo‘lib, undan ortiqcha foydalansa
tashqi muhit uchun havf tug‘dirishi mumkin. Masalan, aniq bir chegaradan ortiqroq
quyosh energiyasidan foydalanish er atrofidagi muhit haroratini oshiradi va
termodinamik krezisga olib kelishi mumkin. Resurslar orasida suv alohida o‘rin
egallaydi u ham vaqtincha bo‘lsa ham tugaydigan resurslar hisoblanadi,chunki
miqdor jihatdan cheksiz tugamasa ham ifloslanish natijasida uning sifati buziladi. Er
yuzida suvning zahirasi o‘zgarmaydi, biroq suv muhit bo‘limlari (okean, quruqlik,
atmosfera) orasida qayta taqsimlanib yoki har xil shakllarda (suyuqlik, qattiq (muz),
bug‘) shakllarda aylanib yurishi mumkin. Tabiiy resurslarning tugab borishi
insonning oldida turgan muammolardan biri hisoblanadi.
Resurslardan foydalanish tempi aholi sonining o‘sishidan ziyodroq
bo‘lmoqda. B. Skimmir (1989) ma’lumotlariga qaraganda xozirgi kunda aholining
o‘sishi er yuzi bo‘yicha 1,7 % ni tashkil etib, har 41 yilda u ikki marta ortib borsa,
oltin qazib olish 4 % bo‘lib u har 18 yilda ikki marta ortadi yoki mineral resurslarni
qazib olish 7 % ga ko‘payib u har 10 yilda ikki marta ortib bormoqda.
Sobiq ittifoq davrida 1951 – 1980 yillar ichida aholining soni 1,4 marta
oshgan holda temir qazib olish 2,8 marta, temir rudalari qazib olish 6,3 marta,
sement 12,2 marta, neft 16 marta va mineral o‘g‘itlar qazib olish esa 12 marta
ko‘paygan (M.A. Voronkov, 1999). Tabiat million yil maboynida to‘plagan yoqilg‘i
hozirgi vaqtda bir yilda yoqib tugatilmoqda. Hisoblarga ko‘ra hozirgi kundagi
qazilma yoqilg‘ilardan foydalanish tempi saqlanib qolinsa, neft zahiraliri yana 30 –
40 yil, gaz 40-45 yil, ko‘mir 70 – 80 yilga etadi xolos.
N. F. Reymers (1990) ma’lumotlariga qaraganda kapitalistik va
rivojlanayotgan mamlakatlardagi (Rossiyada) kaliy tuzlari toshko‘mir va fosfatlar
Ilmiybaza.uz
2100 yilga, marganiy rudalari 2090 yilga, baksitlar, nikel 2040 yilga, mis, molibden,
tabiiy gaz 2020 – 2030 yillarga, kobolt, qurg‘oshin, rux, azbest, olmos, surma,
volfram zahiralari esa 2010 – 2015 yillarga borib tugaydi.
Bu tabiiy resurslarning o‘rnini B.Skinner fikricha quyosh energiyasi
egallaydi. Uning aytishicha yana bir yoki ikki asrlardan so‘ng erdagi asosiy energiya
manbai quyosh energiyasi bo‘lib qoladi.
2. O‘zbekistonning tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslari va ulardan
foydalanish
2.1. Inson potensiali
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 25 millionga yaqin aholi hayot kechiradi. Aholi
soni jihatdan O‘zbekiston Mustaqil hamdo‘slik davlatlari orasida Rossiya,
Ukraindan keyin uchinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston aholisining 38,4 % i
shaharlarda, 61,6 % i qishloqlarda yashaydi, aholining 49,6 % i erkaklar, 50,4 % i
esa ayollarni tashkil etadi. Respublikada har yili 600 – 650 ming bola tug‘ilib bu
yillik o‘sishning 2,3 % ini tashkil etadi.
2010 yilga borib respublika aholisi 30,3 millionga borishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda mehnat resurslari katta bo‘lib u aholining davrlik 50 % ini tashkil
etadi. Mehnat resurslari har yili 210 – 220 ming kishiga ko‘payib bormoqda.
Qishloqlarda maktablarni bitirgan o‘quvchilar hisobiga mehnat resurslari
borgan sari ortib bormoqda. Hozir umumiy ishlab chiqarishda ishlaydigan umumiy
ishchilarning uchdan bir qismidan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligida band.
O‘zbekistonning mehnat potensialining muhim xususiyatlaridan biri, uning
bilim darajasining yuksakligidir. Aholining 99,06 % i savodli bo‘lib u taraqqiy etgan
mamlakatlar mehnat potensiali darajasi qatorida turadi. 15 va undan ortiq yoshdagi
aholining mingtasiga hozirgi kunda 143 ta oliy ma’lumotli kishi to‘g‘ri keladi.
Moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasida ishlaydigan ishchilarning har
to‘rttasidan
bittasi
oliy
yoki
o‘rta
ma’lumotli
kishilar
hisoblanadi.
Respublikamizning umumiy daromad tizimida aholining pul daromadi 87 % tashkil
etadi.
Ilmiybaza.uz
Fermer va tadbirkorlarning daromadi ishchi va kolxozchilarnikiga qaraganda
2 barobar ortiqdir. Masalan tadbirkorlar oilasining jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromad kolxozchinikiga nisbatan 2,8, ishchi oilasiga nisbatan esa 1,7 barobar
ko‘pdir.
2.2. Agroiqlim resurslari
O‘zbekistonning kattagina qismi arid mintaqasiga kirib, bunda cho‘l va
yarim cho‘l (adir)lar Respublika xududining 60 % ni egallaydi. 600 metr
balandlikdan yuqori qismi mo‘‘tadil iqlim zonasi deyiladi. O‘zbekiston xududida
mo‘‘tadil hamda tropik iqlimdagi o‘simliklarni o‘stirib parvarishlash mumkin.
Etarli issiqlik resurslari g‘o‘za va shunga o‘xshash boshqa texnik
o‘simliklarni o‘stirish imkonini beradi. Janubiy rayonlarda sovuq noyabrning
ikkinchi dekadasida, ko‘pchilik rayonlarda oktyabrning birinchi dekadasida
boshlanadi. Ana shungacha g‘o‘za kerakli miqdorda hosil to‘plash imkoniyatiga ega.
Effektiv harorat to‘plash imkoniyatiga ko‘ra respublika xududi uch guruhga
bo‘linadi:
1.
SHimoliy tumanlar, qaysikim bu erlarda iqlim keskin o‘zgarib turadi,
effektiv harorat yig‘indisi ham o‘zgarib turadi.
2.
Janubiy tumanlar, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Buxoro va
Navoiy viloyatlarining bir qismi. Bu tumanlar iqlimi bir xilday o‘zgarmaydi.
3.
Iqlimi muntazam o‘zgarib turadigan tumanlar. Bularga Farg‘ona
vodiysi, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari kiradi.
Respublikada ekiladigan ekinlar uchun noqulay agroiqlim omillariga, kech
bahor va erta kuzda kuzatiladigan sovuqlar, ekish paytidagi sellar, do‘llar, o‘sish
davrida kuzatiladigan garmsellar, tuzli changlarni olib uchadigan kuchli shamollar
kiradi.
Karamlar uchun 25 0S dan, pomidorlar uchun 35 0S dan, g‘o‘za uchun 39 0S
dan, poliz einlari uchun 40 0S dan va makkajo‘xori uchun 42 0S dan ortiq harorat
ularning hosildorligini pasaytirib yuboradi. YUqori harorat natijasida sabzavot va
poliz ekinlarining 10 – 40 % gacha, g‘o‘zaning esa 10 – 20 % gacha hosili kamayib
ketadi.
Ilmiybaza.uz
Sanoat chiqindilari, pestitsidlar, gerbitsidlarning tuproqda to‘planishi ham
ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunonchi, oltingugurtning havodagi
me’yoridan 2 barobar ortiqcha to‘planishi pomidor hosilini 20 % gacha,
ftoridlarning yuqori konsentratsiyasi g‘o‘zaning 10 – 20 % hosilini kamaytirib
yuboradi.
2.3. Suv resurslari
O‘zbekistonning suv resurslariga er usti va er osti suvlari kiradi.
Er usti suvlariga Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo suvlari
kirib, ularning tog‘ qismi ko‘p tarmoqli bo‘lib 1 km2 ga 6,5 l/sek suv oqimi to‘g‘ri
keladi. Respublikaning 70 % xududini egallagan tekislik qismida suv oqimi juda
kam bo‘lib, ularning ko‘pchiligi orol dengizigacha borib etolmaydi. Amudaryoda
o‘rtacha yillik suv miqdori 78 km3 bo‘lib, eng ko‘p vaqti iyul – avgust oylariga va
eng kam miqdori dekabr – mart oylariga to‘g‘ri keladi. Har 4 –5 yilda bir marta suv
tanqisligi, har 6 – 10 yilda bir marta suv mo‘l-ko‘lchiligi kuzatiladi.
O‘zbekiston qismidagi Sirdaryoga Norin, Qoradaryo, CHirchiq, Farg‘ona
vodiysidagi boshqa daryolar suvi kelib quyiladi. Sirdaryodagi suv miqdori bir yilda
36 km3 ni tashkil etadi. Iyun – iyul oylarida suv eng ko‘p kelgan payti bo‘lsa, oktyabr
– mart oylarida suv miqdori juda pasayib ketadi. Daryoda har 3 – 4 yilda suv miqdori
kamayib, 5 – 6 yilgacha davom etishi mumkin. Ko‘p suv keladigan yillari juda qisqa
bo‘ladi.
Er osti suvlar. Ichimlik suvlarining asosiy qismini er osti suvlari tashkil
etadi. Respublika xududining geologik tuzilishi har xil bo‘laganligi sababli er osti
suvlarining zahiralari ham bir tekis taqsimlanmagan.
Amudaryo bo‘ylaridagi er osti suvlarining zahirasi 8,0 km3 bo‘lib, shundan
3,13 km3 minerallashgan suvlar (1 g/l). Sirdaryo bo‘ylaridagi zahira suvlar miqdori
11,04 km3 bo‘lib, shundan ko‘pchiligi, ya’ni 10,4 km3 minerallashgan suvlar (1 g/l)
hisoblanadi.
Respublika xududida hammasi bo‘lib 19,04 km3 er osti suvlari bo‘lib,
shundan 11,53 km3 sifatli ichimlik suvidir. Katta shaharlarda, jumladan, Toshkent
shahrining suvga bo‘lgan talabni 40 % er osti suvlari hisobiga qondirilmoqda.
Ilmiybaza.uz
Ammo, keyingi vaqtlarda Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon va shu kabi shaharlardagi
korxonalarning hamda neft mahsulotlari, kimyoviy, tog‘ sanoati chiqindilari bilan er
osti suvlarining ifloslanishi borgan sari katta xavf tug‘dirmoqda. Sug‘oriladigan
erlarda esa er osti suvlar sho‘rlanib, ifloslanib bormoqdaki, bunday suvlar bilan
hattoki qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish ham xavfli bo‘lmoqda.
2.4. Er resurslari
1997 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikaning er maydoni 44,5 mln
gektarni tashkil etib, shundan 62 % qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlardir.
Jadval
O‘zbekistondagi foydalaniladigan er maydonlari
№
Erlar
Hammasi, ming
gektar
SHu jumladan,
sug‘oriladigan
ming gektar
1. Haydaladigan erlar
4088
3339
2. Ko‘p yillik ekinlar
370
357
3. Tashlandiq erlar
72
38
4. YAylovlar
va
xashak
tayyorlaydigan erlar
22394
40
5. Tomorqa erlari
610
489
6. Qishloq
xo‘jalik
ishlab
chiqarishida
foydalaniladigan
erlarning hammasi
26985
4263
YUqoridagilar orasida eng qimmatlisi sug‘oriladigan erlar bo‘lib, qishloq
xo‘jalik erlarining 15 % ni tashkil etib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqaradigan
umumiy mahsulotning 95 % ni beradi. Respublikamizda suvning etishmasligi
sug‘oriladigan erlarni ko‘paytirishni cheklab qo‘ymoqda.
Hozirgi kunda sug‘oriladigan erlarning 46,8 % sho‘rlangan bo‘lib, shundan
25,2 % kuchsiz, 15 % o‘rta kuchsiz va 6,6 % kuchli sho‘rlangan erlardi.
Ilmiybaza.uz
Sug‘oriladigan erlar sifati tuproq bonitet bali bilan baholanadi (100 ball
shkalasi asosida).
Qoraqolpog‘iston Respublikasi er bonitet ballari 41, Sirdaryo viloyati – 52,
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari – 54, Buxoro va Navoiy viloyatlari – 59,
Namangan va Farg‘ona viloyatlari – 64, Andijon viloyati – 65, Samarqand va
Toshkent viloyatlari – 66, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari – 68 ball bilan
baholanadi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha 59 ballni tashkil etadi.
O‘zbekistonda lalmikor erlar (sug‘orilmaydigan) 800 ming gektarni tashkil
etib, ular asosan tog‘oldi mintaqalarini egallaydi. Bu mintaqada yog‘inning o‘rtacha
yillik miqdori 300 – 500 mm ga teng.
Respublikada 22 mln gektar yaylovlar mavjud bulib, shundan 19,6 mln
gektar, ya’ni 88 % suv bilan ta’minlangan. YAylovlarning 18 mln gektari cho‘l, 3,2
mln gektari adir va 0,9 mln gektari tog‘oldi va tog‘ mintaqasiga to‘g‘ri keladi.
2.5. Biologik resurslar.
O‘simlik, tuproq va hayvon resurslari biologik mahsuldorlikni tashkil etadi.
O‘zbekiston cho‘l zonasining o‘simliklar resurslari turli xil bo‘lib, u 1600
dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. CHo‘l mintaqasida qo‘yidagi o‘simlik biomlari
uchraydi:
1. Qumli toshli cho‘llardagi psommofill daraxt, bo‘ta o‘simliklar.
2. Toshli cho‘llaradagi gipsofill chala bo‘ta o‘simliklar.
3. Gil tuproqli cho‘llaradagi efimer va efimeroidli o‘t o‘simliklar.
4. Taqirlardagi tuproq lishayniklari va ko‘k yashil suvo‘tlari.
Markaziy Osiyo cho‘l zonasidagi biomassasining umumiy zahirasi 50 – 60
ga/s ni tashkil etadi. Qora saksovulzorlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari har
yili 10 ga/s gacha biomassa hosil bo‘ladi.
Em-xashak zahiralari cho‘l zonasi biomlariga qarab o‘zgarib turadi.
SHimoliy tog‘oldi Qizilqum yaylovlari hosildorligi boshqa yaylovlarga nisbatan
yuqori bo‘ladi.