Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi
Ma’lumki, tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi qator tabiiy va
antropogen omillar bilan bog‘liqdir. Ushbu mavzuda mazkur omillar va ularning
turlari bayon etiladi.
Reja:
1. Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishiga tabiiy – geografik
omillarning ta’siri;
2. Geologik omillarning ta’siri;
3. Fizik va kimyoviy omillarning ta’siri;
4. Biologik omillarning ta’siri;
5. Antropogen omillarning ta’siri;
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi qator tabiiy va antropogen
omillar bilan bog‘liqdir. Ushbu omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy geografik omillar (relef, iqlim, shamol ta’sirida tog‘ jinslarining
emirilishi, tuproq qoplami va boshqalar);
2) geologik omillar (tog‘ jinslarining litologik tarkibi, tektonik harakatlar va
ular natijasida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar, gidrogeologik sharoit va
boshqalar);
3) fizik va kimyoviy omillar (elementlarning kimyoviy xossalari, kislotali-
ishqorli va oksidlanish-qaytarilish sharoitlari, suvlarning aralashishi hamda
kationlar almashinuvi va boshqalar);
4) biologik omillar (o‘simliklar va tirik organizmlar faoliyati);
5) antropogen omillar (insonning tabiiy suvlarga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha turdagi faoliyati).
Quyida ana shu omillarning
tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining
shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bilan tanishib chiqamiz.
Tabiiy geografik omillar. Er sirti relefi tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining
shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. U er
sirtida suv almashinish sharoitiga, uning tezligiga, bu esa o‘z navbatida tabiiy
suvlarning minerallashuvi va kimyoviy tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Relef er yuzasiga
yoqqan yog‘inlarning taqsimlanishini ta’minlaydi. Tog‘li hududlarda er yuzasi
oqimlari shakllanadi, tekislik hududlarda esa uning aksi kuzatiladi, ya’ni yuza oqim
miqdori kamayadi. Natijada joyning relefi bilan undagi tuproqning tuz rejimi
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Iqlim birinchi navbatda meteorologik sharoitni belgilaydi. Er usti va er osti
suvlarining gidrologik rejimining shakllanishi iqlimiy omillarga bog‘liqdir. Tabiiy
suvlar tarkibiga ta’sir etuvchi asosiy meteorologik omillarga atmosfera yog‘inlari,
havo harorati, bug‘lanish, shamol va boshqalar kiradi.
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibi shakllanishining birinchi bosqichi
atmosferada sodir bo‘ladi. Barcha tabiiy suvlar ichida vaqt va makon bo‘yicha
suvning minerallashuv darajasi va kimyoviy tarkibining tez o‘zgarishi atmosfera
yog‘inlarida kuzatiladi. Atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi daryolar
va ko‘llar suvi minerallashuvidan kichik bo‘ladi. Bu haqda keyingi boblarda
alohida to‘xtalib o‘tamiz. Odatda yog‘inlar er usti va er osti suvlarining
minerallashuv darajasini kamaytiradi. Atmosfera yog‘inlari tarkibidagi mineral
tuzlar ma’lum darajada er usti suvlari kimyoviy tarkibining shakllanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi.
Bug‘lanish – er usti va grunt suvlari minerallashuv darajasi va kimyoviy
tarkibi shakllanishining eng asosiy omillaridan biridir. Ushbu omil asosan yalpi
bug‘lanishning yillik atmosfera yog‘inlari yig‘indisiga nisbatan kichik bo‘lgan
rayonlarda, ya’ni cho‘l, yarimcho‘l va qurg‘oqchil hududlarda yaqqol seziladi.
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakillanishida tog‘ jins-larining shamol
ta’sirida emirilishi, mexanik, kimyoviy va biologik parchalanish jarayonlari ham
ma’lum ahamiyat kasb etadi.
SHamol ta’sirida emirilgan tog‘ jinslari suvli muhitga tushganda quyidagi
oddiy, ya’ni eritma, gidroliz, gidratatsiya, ishqorlanish kabi jarayonlar ro‘y beradi.
Bu jarayonlarning barchasi ekzotermik hisoblanadi, ya’ni ularda issiqlik ajralib
chiqishi kuzatiladi.
Geologik omillar. Daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlaridan yuza
oqim hosil bo‘ladi. Uning erga shimilishi, er osti suvlarining joylashish chuqurligi,
daryo oqiziqlarining manbai hisoblangan tog‘ jinslarining yuvilish jadalligi, daryo
o‘zanining shakllanish jarayonlari va boshqalar daryo havzasining geologik
tuzilishi bilan bog‘liqdir.
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishida tog‘ jinslari etakchi omil
hisoblanadi. CHunki atmosfera yog‘inlari, erigan qor va muzliklar suvlari ta’sirida
tog‘ jinslari tarkibidagi mineral moddalar yuviladi. Gidrokarbonat va kalsiyli suvlar
asosan tog‘ jinslari, masalan, ohaktosh va boshqalar tarkibidagi karbonat, kalsiy
moddalarining yuvilishidan hosil bo‘ladi.
Tektonik harakatlar va gidrogeologik omillar esa asosan er osti suvlari
kimyoviy tarkibining shakllanishida etakchi ahamiyat kasb etadi. Er usti suvlarida
esa bu omillar ikkilamchi hisoblanadi.
Fizik va kimyoviy omillar. Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishini
belgilovchi fizik va kimyoviy omillar quyidagilarda aks etadi va o‘zaro
chambarchas bog‘liqdir:
1) elementlarning kimyoviy xossalari;
2) tabiatda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari;
3) tabiiy sharoitda tog‘ jinslarida kechadigan tuzlar gidrolizi va ularni
belgilovchi omillar;
4) tabiiy suvlarning o‘zaro aralashishi va boshqalar.
Tabiiy suvlarning u yoki bu turdagi kimyoviy elementlar bilan boyishi avallo
tog‘ jinslari va tuproq tarkibi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, ularning shamol
ta’sirida ko‘chish, ya’ni migratsion qobiliyati bilan ham aniqlanadi. Ushbu jarayon
tog‘ jinslari yoki tuproq migratsiyasi sodir bo‘ladigan muhit sharoitiga, ularning
fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liqdir.
Taniqli olim A.E.Fersman ichki va tashqi migratsiya omillarini bir-biridan
farq qilish lozimligini qayd etgan. Uning fikricha, ichki migratsiya omillariga
kimyoviy elementlarning valentligi, ionlar radiuslari, ionlar potensiallari kabi
xarakteristikalari kirsa, tashqi migratsiya omillariga esa er energetikasi,
atmosferaning tarkibi, biogen va iqlim sharoitlari kiradi.
Biologik omillar tabiiy suvlarga o‘simlik va tirik organizmlar tomonidan
ko‘rsatiladigan ta’sir natijasida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayon bir tomondan
tabiiy suvlarning biogenli metaformizatsiyasiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
ularni mikrokomponentlar bilan boyitadi.
Arid iqlimli hududlarda grunt suvlari kimyoviy tarkibining shakllanishida
o‘simliklar eng muhim omillardan biri hisoblanadi. CHunki ular tanasidan
bo‘ladigan bug‘lanish, ya’ni transpiratsiya jarayoni natijasida er osti suvlarining
sathi pasayadi, ularning minerallashuv darajasi esa ortadi.
O‘simliklar orasida freatofit deb nomlanuvchi guruhlar madjud bo‘lib,
ularning tarqalishi grunt suvlari bilan bog‘liqdir. O‘simliklarning bunday
guruhlariga qamish, qo‘g‘a, bordon hamda daraxtsimon butazor o‘simliklar kiradi.
Ayrim turdagi freatofit o‘simliklarning ildizlari 20-30 m chuqurlikkacha etadi.
Suv o‘simliklari suv havzalarining kimyoviy tarkibi va gaz rejimini
o‘zgartiradi. Masalan, o‘simliklarda bo‘ladigan fotosintez jarayonida suvda
kislorod (O2) mikdori ko‘payib, karbonat angidrid (SO2) konsentratsiyasi
kamayadi. Bundan tashqari suv havzalarida fotosintez natijasida organik moddalar
hosil bo‘ladi. SHunday qilib, o‘simliklar suv havzalarini ulardagi tirik
organizmlarning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan gazlar va organik moddalar bilan
boyitadi.
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishiga ulardagi
mikroorganizmlarning ta’siri ham juda kattadir. Mikroorganizmlar o‘zining hayot
faoliyati jarayonida suv tarkibidagi azot, fosfor, uglerod, kalsiy, kaliy va boshqa
mikroelementlarni tortib oladi. Bu esa suv havzalarida metaformizatsiya jarayoniga
olib keladi.
Antropogen omillarga insonning hayot va mehnat faoliyati bilan bog‘liq
holda tabiiy suvlar tarkibiga ko‘rsatadigan barcha turdagi ta’sirlari kiradi. Ta’siriga
ko‘ra antropogen omillarni kimyoviy va fizikaviy guruhlarga ajratish mumkin.
Tabiiy suv ob’ektlariga atmosfera yog‘inlari, oqava suvlar bilan yoki suv
transporti vositalarini ishlatish jarayonida qo‘shiladigan moddalar kimyoviy