Tabiiy suvlarni kimyoviy tahlil qilish usullari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

28,7 KB


Tabiiy suvlarni kimyoviy tahlil qilish usullari
Hozirgi  kunda  tabiiy  suvlardan  amaliy  maqsadlarda  foydalanish  uchun
ulardan  olingan  namunalarni  kimyoviy  tahlil  qilishning  bir  qancha   usullari
mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)  kimyoviy (tortish usuli, hajmiy tahlil);
2)  elektrokimyoviy (patensiometrik, konduktometrik, polyarogafik);
3)  optik (fotometrik, spektrofotometrik, lyuminessent, spektrli);
4) fotokimyoviy usullar;
5) xromatografik (suyuqlikli xromatografiya, gazli xromatografiya);
Quyida har bir usulning mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Amaliyotda  kimyoviy usullardan  tortish va  hajmiy  tahlil usullari  keng
ishlatiladi. Tortish usuli asosan izlanayotgan komponentlarning cho‘kmaga ajratish
va keyinchalik uni qorishmadan ajratib olib, torazida tortishdan iborat. Tortish
usulining aniqlik darajasi 10 -4 % ga teng va aniqlash xatoligi 0,5-1,0 % atrofida
bo‘ladi.  Bu  usuldan  uzoq  yillar  davomida  bosh  ionlarni  aniqlash  maqsadida
foydalanilgan. Lekin ushbu usul bilan tahlil qilish nisbatan ko‘p vaqt talab etadi va
ancha murakkabdir. SHu sababli, bu usulga nisbatan hajmiy tahlil usuli ko‘proq
qo‘llaniladi. Masalan, bu usulda suv tarkibidagi sulfatlar bariy tuzi yordamida
aniqlanadi: 
Va+2+SO4-2 =  VaSO4 ↓
Hajmiy tahlil usuli  reaktiv bilan  tekshirilayotgan  komponentning  o‘zaro
ta’sirini ko‘zda tutadi. Bu usulning aniqlik darajasi 10-3 - 10-4 % ga teng, xatoligi
esa 0,5  -  1,5  %  atrofida bo‘ladi.  Bu  usulning  afzalligi,  birinchidan,  uning
soddaligidir. Ikkinchidan,  usulning aniqlash  tezligi  yuqori  va,  uchinchidan,
mazkur  usul  tahlil  jarayonida  moddalarning  kimyoviy  xususiyatlaridan keng
foydalanish imkonini beradi.  SHu tufayli bu  usulni tabiiy  suvlardagi
makrokomponentlarni  aniqlashda qo‘llash  qulaydir.  Mazkur  usulda  natijalarni
Logotip
Tabiiy suvlarni kimyoviy tahlil qilish usullari Hozirgi kunda tabiiy suvlardan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun ulardan olingan namunalarni kimyoviy tahlil qilishning bir qancha usullari mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) kimyoviy (tortish usuli, hajmiy tahlil); 2) elektrokimyoviy (patensiometrik, konduktometrik, polyarogafik); 3) optik (fotometrik, spektrofotometrik, lyuminessent, spektrli); 4) fotokimyoviy usullar; 5) xromatografik (suyuqlikli xromatografiya, gazli xromatografiya); Quyida har bir usulning mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Amaliyotda kimyoviy usullardan tortish va hajmiy tahlil usullari keng ishlatiladi. Tortish usuli asosan izlanayotgan komponentlarning cho‘kmaga ajratish va keyinchalik uni qorishmadan ajratib olib, torazida tortishdan iborat. Tortish usulining aniqlik darajasi 10 -4 % ga teng va aniqlash xatoligi 0,5-1,0 % atrofida bo‘ladi. Bu usuldan uzoq yillar davomida bosh ionlarni aniqlash maqsadida foydalanilgan. Lekin ushbu usul bilan tahlil qilish nisbatan ko‘p vaqt talab etadi va ancha murakkabdir. SHu sababli, bu usulga nisbatan hajmiy tahlil usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, bu usulda suv tarkibidagi sulfatlar bariy tuzi yordamida aniqlanadi: Va+2+SO4-2 = VaSO4 ↓ Hajmiy tahlil usuli reaktiv bilan tekshirilayotgan komponentning o‘zaro ta’sirini ko‘zda tutadi. Bu usulning aniqlik darajasi 10-3 - 10-4 % ga teng, xatoligi esa 0,5 - 1,5 % atrofida bo‘ladi. Bu usulning afzalligi, birinchidan, uning soddaligidir. Ikkinchidan, usulning aniqlash tezligi yuqori va, uchinchidan, mazkur usul tahlil jarayonida moddalarning kimyoviy xususiyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi. SHu tufayli bu usulni tabiiy suvlardagi makrokomponentlarni aniqlashda qo‘llash qulaydir. Mazkur usulda natijalarni
aniqlashga qaratilgan hisoblashlarda quyidagi ifodadan foydalaniladi:
S = E ∙ n ∙  M ∙  1000 / V,
bu erda S - aniqlanayotgan komponent konsentratsiyasi, mg/l; n - eritma miqdori,
ml; M - eritmaning molyarligi; V – suvning tahlil uchun olingan namunasi hajmi;
E - aniqlanayotgan komponetning ekvivalent miqdori.
Suvning tarkibidagi gidorkarbonat va karbonat ionlarini aniqlash ularning
kuchli kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuviga asoslanadi. Bu jarayonda dastlab H2CO3
hosil  bo‘ladi  va  u  o‘z  navbatida  karbonat  angdrid  (CO2)  va  suvga  (H2O)
parchalanadi:
HCO-
3 + H ↔ H2CO3 → CO2 ↑ + H2O
      CO2-
3 + 2H ↔ H2CO3 → CO2 ↑ + H2O
Elektrokimyoviy  usullar.  Bu  guruhga  patensiometrik,  konduktometrik va
polyarogafik usullar  kiradi.  Ularni  amaliyotda  qo‘llash   komponentlar,  ya’ni
eritmalarning  elektrokimyoviy  xususiyatlarini  o‘lchashga  asoslangan.  Mazkur
usullarni  qo‘llash  eritmalarning  tok  o‘tkazish  qobiliyati  bilan  bog‘liqdir.
Usullarning aniqligi 10-15  - 10-7 % oralig‘ida, xatoliklari esa 0,5 – 5,0 % atrofida
bo‘ladi.  Ushbu  usullar  yordamida  tahlil  qilishning  oddiyligi,  engilligi,  yuqori
darajada sezgirligi tufayli, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari katta.
Potensiometrik
 
usul 
yordamida
 
tahlil
 
qilish
 
elektrod
potensialini  o‘lchashga  asoslangan.  Ish  jarayonida elektrod  tahlil  qilinayotgan
eritmaga tushiriladi. Elektrodning potensiali kimyoviy reaksiyalarning o‘zgarishiga
va haroratiga bog‘liq. Bu usul yordamida katta miqdordagi ionlarni, jumladan,
gidrokarbonatlarni, sulfatlarni va organik kislotalarni aniqlash mumkin. Tahlilni
rangsiz  suv  bilan  bir  qatorda o‘ta  rangli  va  loyqa  suvlarda  ham  o‘tkazish
imkoniyatlari mavjud.
Konduktometrik usul. Bu usulni qo‘llash tahlil qilinayotgan eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligini  o‘lchashga  asoslangan.  Ma’lumki,  eritmalarning  elektr
o‘tkazuvchanligi elektr toki ta’sirida ionlarning harakatlanishi tufayli namoyon
bo‘ladi. Konduktometrik  usuldan ko‘proq  texnik  maqsadlarda  ishlatiladigan
suvlarni kimyoviy tahlil qilishda foydalaniladi. 
Polyarografik   usul.  Bu  usul  elektroliz jarayonida kuchlanishga bog‘liq
holda  tok kuchining o‘zgarishini  o‘lchashga asoslangan. Bu usul bilan tabiiy va
Logotip
aniqlashga qaratilgan hisoblashlarda quyidagi ifodadan foydalaniladi: S = E ∙ n ∙ M ∙ 1000 / V, bu erda S - aniqlanayotgan komponent konsentratsiyasi, mg/l; n - eritma miqdori, ml; M - eritmaning molyarligi; V – suvning tahlil uchun olingan namunasi hajmi; E - aniqlanayotgan komponetning ekvivalent miqdori. Suvning tarkibidagi gidorkarbonat va karbonat ionlarini aniqlash ularning kuchli kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuviga asoslanadi. Bu jarayonda dastlab H2CO3 hosil bo‘ladi va u o‘z navbatida karbonat angdrid (CO2) va suvga (H2O) parchalanadi: HCO- 3 + H ↔ H2CO3 → CO2 ↑ + H2O CO2- 3 + 2H ↔ H2CO3 → CO2 ↑ + H2O Elektrokimyoviy usullar. Bu guruhga patensiometrik, konduktometrik va polyarogafik usullar kiradi. Ularni amaliyotda qo‘llash komponentlar, ya’ni eritmalarning elektrokimyoviy xususiyatlarini o‘lchashga asoslangan. Mazkur usullarni qo‘llash eritmalarning tok o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Usullarning aniqligi 10-15 - 10-7 % oralig‘ida, xatoliklari esa 0,5 – 5,0 % atrofida bo‘ladi. Ushbu usullar yordamida tahlil qilishning oddiyligi, engilligi, yuqori darajada sezgirligi tufayli, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari katta. Potensiometrik usul yordamida tahlil qilish elektrod potensialini o‘lchashga asoslangan. Ish jarayonida elektrod tahlil qilinayotgan eritmaga tushiriladi. Elektrodning potensiali kimyoviy reaksiyalarning o‘zgarishiga va haroratiga bog‘liq. Bu usul yordamida katta miqdordagi ionlarni, jumladan, gidrokarbonatlarni, sulfatlarni va organik kislotalarni aniqlash mumkin. Tahlilni rangsiz suv bilan bir qatorda o‘ta rangli va loyqa suvlarda ham o‘tkazish imkoniyatlari mavjud. Konduktometrik usul. Bu usulni qo‘llash tahlil qilinayotgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan. Ma’lumki, eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektr toki ta’sirida ionlarning harakatlanishi tufayli namoyon bo‘ladi. Konduktometrik usuldan ko‘proq texnik maqsadlarda ishlatiladigan suvlarni kimyoviy tahlil qilishda foydalaniladi. Polyarografik usul. Bu usul elektroliz jarayonida kuchlanishga bog‘liq holda tok kuchining o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Bu usul bilan tabiiy va