Tabiiy suvlarning minerallashuvi bo‘yicha tasniflari
Mavzuning asosiy maqsadi o‘quvchilarni tabiiy suvlarni minerallashuv
darajasi bo‘yicha tasniflari bilan tanishtirishga qaratilgan.
Reja:
1. Tabiiy suvlarni minerallashuv darajasi bo‘yicha tasniflash masalalari;
2. Tabiiy suvlarni minerallashuvi bo‘yicha V.I Vernadskiy tasnifi;
3. A.M. Ovchinnikov tasnifi;
4. M.S.Gurevich va N.I.Tolstixinlar tasnifi;
5. I.K.Zaysev tasnifi;
6. Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasini aniqlash va uni
rasmiylashtirish;
Suvda erigan moddalar miqdori uning minerallashuv darajasini belgilaydi.
Bu miqdor umumiy minerallashuv, quruq qoldiq yoki zichlik qo‘rinishida
ifodalanadi. Suvning umumiy minerallashuv darajasi undagi mineral moddalar
yig‘indisini kimyoviy tahlil qilish orqali aniqlanadi. Minerallarning quruq qoldig‘i
esa suvni bug‘latib yuborish, shundan so‘ng qolgan cho‘kmani quritish va uni
tortish yo‘li bilan aniqlanadi. Har ikki kattalik, ya’ni umumiy minerallashuv va
quruq qoldiq chuchuk yoki sho‘rroq suvlarda mg/l, g/l da, o‘ta sho‘r suvlarda esa
g/l yoki promillar (‰) da ifodalanadi.
Hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida tabiiy suvlarni minerallashuv darajasi
bo‘yicha guruhlash, ya’ni tasniflash tamoyillari haqida yagona fikr yo‘q. Ayrim
tadqiqotchilar suvning minerallashuv darajasining chegara qiymatlarini nazariy
yondashuv asosida belgilaydilar. Boshqalari esa ularni guruhlashda regional
tadqiqotlar natijalariga yoki suvdan amaliy maqsadlarda foydalanish
yo‘nalishlariga tayanadilar. Lekin, ushbu tasniflarning aksariyat qismida chuchuk
suv uchun minerallashuvning chegara qiymati 1 g/l ga teng deb olingan.
Quyidagi 1.5-jadvalda tabiiy suvlarning minerallashuv darajasi bo‘yicha turli
olimlar tomonidan taklif etilgan tasniflari keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, ularning
ko‘pchiligida tabiiy suvlar minerallashuv darajasi bo‘yicha chuchuk, sho‘rroq,
sho‘r va o‘ta sho‘r turlarga bo‘linadi.
1.5-jadval
Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasi bo‘yicha tasniflari
Tasnif
muallifi
Suvlar
Minerallashuv darajasi
g/l
‰
Vernadskiy V.I.
(1933-1936)
CHuchuk
SHo‘rroq
SHo‘r
O‘ta sho‘r
<1,0
1,0-10,0
10,0-50,0
>50,0
Ovchinnikov
A.M.
(1954)
Juda chuchuk
CHuchuk
Toza
SHo‘rroq
SHo‘r
Juda sho‘r
<0,2
0,2-0,5
0,5-1,0
1,0-3,0
3,0-10,0
10,0-35,0
Gurevich M.S.,
Tolstixin N.I.
(1961)
O‘ta chuchuk
<0,01
CHuchuk:
a) o‘ta chuchuk
b) juda chuchuk
v) chuchukligi
me’yorda
g) chuchukroq
0,01-1,0
0,01-0,03
0,03-0,1
0,1-0,5
0,5-1,0
SHo‘rroq:
a) kuchsiz sho‘rroq
b) kuchli sho‘rroq
1,0-10,0
1,0-3,5
3,5-10,0
SHo‘r:
a) kuchsiz sho‘r
b) kuchli sho‘r
10,0-50,0
10,0-35,0
35,0-50,0