TAFAKKUR INTELLEKT VA KREATIVLIK (Tafakkur haqida tushuncha, Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari, Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar, Intellekt va kreativlik haqida tushuncha)

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

10

Sahifalar soni

49

Faytl hajmi

107,2 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
TAFAKKUR INTELLEKT VA KREATIVLIK 
 
Reja: 
1. Tafakkur haqida tushuncha.  
2. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari.  
3. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar 
4. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TAFAKKUR INTELLEKT VA KREATIVLIK Reja: 1. Tafakkur haqida tushuncha. 2. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari. 3. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar 4. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Tafakkur, fikrlash, hissiy bilish, tafakkur operatsiyasi: analiz, sintez, 
abstraksiya, umumlashtirish, taqqoslash, tafakkur shakli: tushuncha, hukm, xulosa. 
Intellekt, kreativlik, A.Bine, J.Gilford metodikasi, aql, sonli operatsiya, lug’at 
boyligi, o’xshashlik, qobiliyat, mahsuldorlik, noyob xislat, refleksiya, sinkretizm, 
agglyutinizm, realiya, muammo, masala yechish, kognitivizm, bixeveorizm. 
 
1. Tafakkur haqida tushuncha  
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi 
a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda 
aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z 
bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda 
qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur 
orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim 
bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.  
 
 
 
 
 
 
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini 
bilish imkoniga ega bo’lamiz. SHu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, 
tasavvur va bavosita tafakkur muhim rolь o’ynaydi.  
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar 
tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida 
tafakkurga berilgan ta’riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati 
ta’kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida «tafakkur insonning 
shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va 
Dunyoni bilish 
Bevosita – sevish, idrok 
Bilvista tafakur 
Tassavur 
Tayanch so’z va iboralar: Tafakkur, fikrlash, hissiy bilish, tafakkur operatsiyasi: analiz, sintez, abstraksiya, umumlashtirish, taqqoslash, tafakkur shakli: tushuncha, hukm, xulosa. Intellekt, kreativlik, A.Bine, J.Gilford metodikasi, aql, sonli operatsiya, lug’at boyligi, o’xshashlik, qobiliyat, mahsuldorlik, noyob xislat, refleksiya, sinkretizm, agglyutinizm, realiya, muammo, masala yechish, kognitivizm, bixeveorizm. 1. Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. SHu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rolь o’ynaydi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va Dunyoni bilish Bevosita – sevish, idrok Bilvista tafakur Tassavur
umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni tag’in ham oqilona amaliy faoliyat 
bilan shug’ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning 
to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin 
uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning 
diqqat markazidan chetda qolgan. 
M.V.Gamezo tomonidan «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z 
hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U 
tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks 
ettira olishni ta’kidlaydi. 
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta’rif 
keltiriladi: «Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir 
yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, 
tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish 
jarayonidir». 
V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning 
umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga 
o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham 
uchraydi. 
Keltirilgan ta’riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan 
to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana 
bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, 
bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan 
vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga 
ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». 
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman 
qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. 
S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning 
asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur 
operatsiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda 
esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. 
umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. M.V.Gamezo tomonidan «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi. A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta’rif keltiriladi: «Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir». V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi. Keltirilgan ta’riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operatsiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi.
S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining 
paydo bo’lishi deb ataydi. 
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib 
tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, 
lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning 
tuzilishi, fikr yuritish motivatsiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolarni 
o’rtaga tashlaydi. 
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, 
orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif 
psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkuriga 
orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadideb tushuntiradi. P.Ya.Galperin 
tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich 
shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. 
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va 
ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari 
alohida ta’kidlab o’tiladi. 
 
2. Tafakkur operatsiyalari 
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi 
olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga 
intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, 
bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan 
narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir 
sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo’ladi. Bir 
narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas. 
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiyalash va umumlashtirish, tasniflash va 
tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.  
Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa 
va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz 
jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati 
S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivatsiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi. P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadideb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o’tiladi. 2. Tafakkur operatsiyalari Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati
aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki 
belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, 
maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. 
O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan 
ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. 
Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish 
analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. 
Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. 
Chunonchi, savodga o’rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so’zlarga, so’zlarni 
bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani 
yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. 
Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u 
holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z 
navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi 
 
 
 
 
 
 
Muammoli vaziyatlarni yechish usullari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hukm 
      Xulos chiqarish  
Tushuncha 
Mavjud tasavurlar 
asosida ngi obrazlar 
tizimini  tashkil qilish 
Taffakurning 
maxsuldorligi 
Hayolning 
maxsuldorligi 
Xissiyot va 
t i
SINTEZ 
ANALIZ 
TAQQOSLASH 
UMUMLASHTIRISH 
Tipiklashtirish 
aglyutinatsiy 
Giperbolizatsiya 
Sxemalashtirish
Amaliy faoliyat  
MUAMMOLI 
VAZIYAT 
Aniqlanmagan 
muammoli vaziyat 
TAFFAKUR 
Hayol 
aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. Chunonchi, savodga o’rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so’zlarga, so’zlarni bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi Muammoli vaziyatlarni yechish usullari Hukm Xulos chiqarish Tushuncha Mavjud tasavurlar asosida ngi obrazlar tizimini tashkil qilish Taffakurning maxsuldorligi Hayolning maxsuldorligi Xissiyot va t i SINTEZ ANALIZ TAQQOSLASH UMUMLASHTIRISH Tipiklashtirish aglyutinatsiy Giperbolizatsiya Sxemalashtirish Amaliy faoliyat MUAMMOLI VAZIYAT Aniqlanmagan muammoli vaziyat TAFFAKUR Hayol
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sintez - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning 
analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan 
fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez 
elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib 
qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy 
bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi 
o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, 
so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.  
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning 
ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib 
bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida 
amalga oshirilishi lozim. 
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi 
bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-
biridan farqi aniqlanadi. 
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida 
quyidagilarni ta’kidlagan: “Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni 
istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va 
Sintez - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Taqqoslash - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir- biridan farqi aniqlanadi. XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta’kidlagan: “Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va
uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda 
siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib 
olasiz”.  
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki 
tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish 
operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz 
taqqoslashning ta’limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash 
har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi 
narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan 
bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz 
mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa 
to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik. 
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq 
narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va 
narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, 
bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini 
taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki 
ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga 
misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, 
termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham 
taqqoslash jarayoni vujudga keladi. 
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, 
qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan 
bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki 
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli 
alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan 
keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. 
Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko’radilar. 
Ba’zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish 
uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz”. Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko’radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish
turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini 
topadilar. 
Abstraktsiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami 
bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, 
ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali 
xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. 
Abstraktsiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi 
tafakkurning mustaqil ob’ekti bo’lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi tahlil 
natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat 
bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki 
devorning oqligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. 
Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va 
hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy 
belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza 
yuritiladi. 
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash 
paytida ham abstraktsiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning 
mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu 
kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.  
Abstraktsiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan 
intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini 
takomillashtiradi. 
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash 
muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda 
birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona 
yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni 
turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. SHuningdek, 
maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida 
olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov 
tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, 
turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar. Abstraktsiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraktsiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo’lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning oqligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi. Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraktsiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi. Abstraktsiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. SHuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar,
N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni 
qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars 
jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi. 
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali 
umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. 
Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida 
umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq 
talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri 
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha 
ta’kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo’lmagan 
belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu 
talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari 
noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.  
Umumlashtirish, abstraktsiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir 
bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. 
Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin 
abstraktsiyasiz 
umumlashtirishning 
yuzaga 
kelishi 
mumkin 
emas. 
Agar 
abstraktsiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari 
tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan 
o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar 
birlashtiriladi. 
Umumlashtirish jarayoni so’z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar 
tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv 
faoliyatining yangi tamoyili abstraktsiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning 
behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana 
shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr 
yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib 
o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va 
yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. 
Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari 
N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi. Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar. Umumlashtirish, abstraktsiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraktsiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi. Umumlashtirish jarayoni so’z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraktsiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari
bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, 
ob’ektiv 
qonuniyatlarni 
ochish 
mumkin 
bo’ladi. 
Yaqqol-ko’rgazmali 
umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha 
umumlashtiriladi. 
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat’iy 
nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. 
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz ob’ektlarga tadbiq 
qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida 
faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni 
shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga 
asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish 
imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har 
qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib hisoblanadi. 
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda 
ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga 
tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko’z oldimizga qor, 
qog’oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy 
va yakka belgilar kamroq bo’lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz 
olma, olxo’ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar 
qatoriga qo’shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog’ida odatda 
keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o’zidir. 
Klassifikatsiyalash 
- 
bir 
turkum 
ichidagi 
narsalarning 
bir-biriga 
o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni 
turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni “Elementlarning davriy tizimi” 
jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib 
borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab 
tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida, 
shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga 
bo’lishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo’lish 
klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada 
bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha umumlashtiriladi. Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib hisoblanadi. Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko’z oldimizga qor, qog’oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo’lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo’ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo’shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog’ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o’zidir. Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni “Elementlarning davriy tizimi” jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo’lishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo’lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada
kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab 
turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari 
bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar. 
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, 
faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki 
mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy 
belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi 
joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. 
O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi 
bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy 
materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. 
Maktab ta’limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga 
ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab 
predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida 
tizimlashadi. 
Tizimlashtirishning 
ikkinchi 
bosqichida 
bir-biriga 
o’xshash 
predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha 
predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning 
o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida 
darsdan 
va 
maktabdan 
tashqari 
mashg’ulotlarda 
egallangan 
bilimlarni 
tizimlashtirish nazarda tutiladi. 
Demak, insoning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni 
tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy 
rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi. 
Tafakkur shakllari 
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda 
nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib 
keladi. 
 
 
Hukmlar 
kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar. Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Maktab ta’limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi. Demak, insoning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi. Tafakkur shakllari Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Hukmlar
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib 
aytilgan fikr hukm deb ataladi.  
Hukmlar ob’ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa 
va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar 
hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan 
narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar 
elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin 
hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos 
xususiyatdir.  
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib 
ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg’ir 
yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga 
kiradi.  
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda 
aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi 
mumkin: 
1) hukmlar sifatiga ko’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;  
2) hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga; 
3) hukmlarning munosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy hukmlarga; 
4) hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin. Bu hukmda aks 
ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’lishiga yoki 
voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga yomg’ir yog’ishi 
mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak. 
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar 
hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi borligi 
aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, O’zbekistonda pilla 
yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa 
inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg’iz narsa va hodisa 
to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent – O’zbekiston 
Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. 
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar ob’ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin: 1) hukmlar sifatiga ko’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm; 2) hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga; 3) hukmlarning munosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy hukmlarga; 4) hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin. Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga yomg’ir yog’ishi mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak. Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, O’zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent – O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir.
Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi 
hukm juz’iy hukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini o’tkazmaydilar. 
Qarzdor talabalar sessiyaga quyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga 
yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi 
to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. 
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki 
inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan, agar talaba 
sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar 
o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira olmaydi. Hukmda 
narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta 
unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar 
yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi. 
Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat’iy shaklda aks 
ettirilsa 
qat’iy 
hukm 
deb 
ataladi. 
Masalan, 
bahorda 
barcha 
joylarda 
ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir. 
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi ehtimoli 
faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi 
mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI - asrning oxirlarida fan texnika 
yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik 
hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani taxminan 
emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda 
izhor qilamiz. Fakulьtet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi 
kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik 
(assertorlik) hukmlari deb ataladi.  
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea 
qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab 
beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g’alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning 
intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proportsionaldir. Bunday hukmlar 
zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, 
hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu 
Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz’iy hukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini o’tkazmaydilar. Qarzdor talabalar sessiyaga quyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira olmaydi. Hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi. Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat’iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir. Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI - asrning oxirlarida fan texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakulьtet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi. Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g’alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proportsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu
bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini aks 
ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta’kidlab 
o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan 
narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza 
yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi 
modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. 
Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza 
yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi 
amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga 
misoldir. 
Xulosa chiqarish 
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi 
hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish 
shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq 
hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya 
harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki 
hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda 
birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi. 
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa 
chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan 
oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita 
tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda 
fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan 
uchinchi hukm keltirib chiqariladi. 
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. 
Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy 
usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, 
yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida umumiy qonun va qoidalar 
yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis 
bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta’kidlab o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga misoldir. Xulosa chiqarish Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi. Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis
elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr 
tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz. 
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy 
hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir 
metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi.  
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki 
predmetning ba’zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa 
belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va 
hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm 
yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan 
xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday 
shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz’iy ikki yakka 
hukmlarga asoslanib, juz’iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha 
yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib 
chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini 
tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini 
shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana 
chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.  
Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar 
to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan 
foydalanib turiladi. 
Tushunchalar 
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va 
hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. 
Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini 
ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli 
mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim 
xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. 
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida 
tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayo 
nida 
elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz. Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz’iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz’iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi. Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi. Tushunchalar Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayo nida
bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan 
iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz 
bo’ladi. 
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga 
ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha 
deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi 
narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek 
narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar 
abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, 
yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo. 
Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy 
tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka 
narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir 
Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka 
tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud 
bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar 
gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. 
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida 
yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish va 
hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda 
umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat 
Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, 
millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti 
og’ayni yulduzlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar 
yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.  
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. 
Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z 
tushunchaning moddiy asosi va funktsiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan 
ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so’zdan, 
bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi. Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo. Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi. Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funktsiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so’zdan,
o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch so’zdan, ozodlik uchun 
kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan tashkil topgan. 
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, 
umumlashtirish va abstraktsiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar, 
simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. 
I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so’z ikkinchi signal tizimining, barcha 
signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu 
signallarning hammasini umumlashtiradi.  
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar 
asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, 
alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf 
etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar 
yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm 
tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib xizmat 
qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar 
vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan tushunchalarning 
chambarchas bog’lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham 
operatsional va funktsional xususiyatlarni yo’qotmaydi.  
Tafakkur turlari 
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari 
xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, 
hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham 
har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi.  
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, 
fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. 
Professor E.G’ozievning “Umumiy psixologiya” darsligida tafakkur turlari 
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 
Tafakkur turlari 
Shakliga ko’ra 
Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli 
Topshiriq xarakteriga ko’ra 
Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy 
o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch so’zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan tashkil topgan. Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, umumlashtirish va abstraktsiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so’z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi. Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan tushunchalarning chambarchas bog’lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operatsional va funktsional xususiyatlarni yo’qotmaydi. Tafakkur turlari Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. Professor E.G’ozievning “Umumiy psixologiya” darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: Tafakkur turlari Shakliga ko’ra Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli Topshiriq xarakteriga ko’ra Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy
Fikr yoyiqligiga ko’ra 
Konkret, abstrakt, realistik, autistik intuitiv, 
diskursiv 
Fikrning originallik darajasiga 
ko’ra 
Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy 
 
 
V.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida tafakkur turlari 
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.  
 
Tafakkur turlari 
Shakliga ko’ra 
Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, 
mantiqiy 
Ko’riladigan masalaning xarakteriga 
ko’ra 
Nazariy, amaliy 
Ijodiylik elementiga ko’ra 
Konvergent, divergent 
Yangiligi va noyobligiga ko’ra 
Reproduktiv, produktiv (ijodiy) 
 
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tafakkur klassifikatsiyasi quyidagi tarzda 
ham ifodalanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Topshiriqni hal 
qilish usuliga ko'ra 
Ijodiylik 
darajasiga ko'ra 
Shakliga ko'ra 
Yangiligi va 
noyobligiga ko'ra 
Mahsuldor bo'lmagan 
Mahsuldor 
Diskrussiv 
Intuitiv 
 
Ijodi 
Amaliy    
Ko'rgazmali-harakat 
Ko'rgazmali-obrazli  
So'z-mantiqiy 
Fikr yoyiqligiga ko’ra Konkret, abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv Fikrning originallik darajasiga ko’ra Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy V.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida tafakkur turlari quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Tafakkur turlari Shakliga ko’ra Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, mantiqiy Ko’riladigan masalaning xarakteriga ko’ra Nazariy, amaliy Ijodiylik elementiga ko’ra Konvergent, divergent Yangiligi va noyobligiga ko’ra Reproduktiv, produktiv (ijodiy) Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tafakkur klassifikatsiyasi quyidagi tarzda ham ifodalanadi. Topshiriqni hal qilish usuliga ko'ra Ijodiylik darajasiga ko'ra Shakliga ko'ra Yangiligi va noyobligiga ko'ra Mahsuldor bo'lmagan Mahsuldor Diskrussiv Intuitiv Ijodi Amaliy Ko'rgazmali-harakat Ko'rgazmali-obrazli So'z-mantiqiy
 
 
 
 
A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, “Umumiy psixologiya” darsligida 
tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-
obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.  
Ko’rgazmali harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar 
o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan 
yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy 
faoliyat chambarchas bir - biri bog’langandir.  
Ko’rgazmali harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha 
ta’riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri 
odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda 
tutadi. “Psixologik lug’atda” ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning 
bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga 
oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.  
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi 
birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil 
nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy 
taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni 
ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.  
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu 
masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil 
qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga 
murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini 
amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash 
mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy 
harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-
harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan 
A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, “Umumiy psixologiya” darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali- obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar. Ko’rgazmali harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir - biri bog’langandir. Ko’rgazmali harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. “Psixologik lug’atda” ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi. Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali- harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan
o’yinchoqlarni qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, 
shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va 
o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, 
bo’laklarga 
ajratilganlarni 
yaxlit 
holga 
keltirib 
birlashtiradilar. 
Kattalar 
tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ularni ob’ektni sindirib yoki 
buzib bo’lsa ham, ularning ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli 
bo’ladi. SHu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko’pincha 
buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha 
yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi. 
Ko’rgazmali obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin 
qilinadi. “Psixologik lug’at”da ta’riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok 
qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor 
E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat 
tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi 
ko’rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-
obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari ko’z 
oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks 
ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha 
bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-
obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining 
yetakchi rolini yo’qota boshlaydi. 
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha bog’cha yoshidagi 
bolalarda, ya’ni 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi 
bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to’g’ri va bevosita 
bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr 
yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda 
tushunchalarning yo’qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida 
juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo 
bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. 
Bolalarning ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non 
o’yinchoqlarni qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ularni ob’ektni sindirib yoki buzib bo’lsa ham, ularning ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo’ladi. SHu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko’pincha buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi. Ko’rgazmali obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. “Psixologik lug’at”da ta’riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali- obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali- obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi. Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha bog’cha yoshidagi bolalarda, ya’ni 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo’qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non
shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko’rgazmali-obrazli 
tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to’la bo’ysunadigan bo’ladi. Ularning 
ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non 
shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi.  
Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko’zga 
yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor qiladilar. 
Lekin ularning ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim 
asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob’ektlarni fazoda joylashgan o’rni tashqi, 
nomuhim belgisi ularning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. 
Masalan, ularning nazarida odamlarni bo’yining baland va pastligi ularning yoshini 
belgilaydi. 
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur 
turlariga ajratiladi. Intuitsiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar 
davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib 
qolishi jarayoniga aytiladi. 
Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, 
gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, 
psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan 
tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. 
Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni 
taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob’ektiv baho 
berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitik-
sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’lishini talab qiladi. 
Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular 
ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, 
maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’lishi va 
ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson 
fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo 
savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ularni boshdan kechirayotganday 
bo’ladi, shuning uchun ko’pincha “tilimning uchida turibdi” deyiladi. Odamlar 
shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to’la bo’ysunadigan bo’ladi. Ularning ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor qiladilar. Lekin ularning ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob’ektlarni fazoda joylashgan o’rni tashqi, nomuhim belgisi ularning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlarni bo’yining baland va pastligi ularning yoshini belgilaydi. Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuitsiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi. Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob’ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitik- sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’lishini talab qiladi. Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ularni boshdan kechirayotganday bo’ladi, shuning uchun ko’pincha “tilimning uchida turibdi” deyiladi. Odamlar
qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr 
yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan 
uzoqlashtiradi. 
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’lumki, yirik ilmiy 
kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan 
ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, 
aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada 
cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya 
qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch 
kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. 
Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu 
elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. SHunda D.I.Mendeleev 
uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib 
qo’ygan. 
Ko’pincha psixolog va fiziologlarning ta’kidlashlaricha, muammoning bunday 
oson ravishda yechimini hech kutilmaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi 
shu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida oylab, yillab qilingan 
mehnatning yakuni, ya’ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga 
yetishidir deb baholanoqda. 
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izohlashicha, bunday 
kutilmagan jarayonlarning ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala 
to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun 
zehni shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur 
masalaga to’la-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab 
barqaror psixik holati hukm surishidir. 
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish 
mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida 
yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish 
ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. 
qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. SHunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib qo’ygan. Ko’pincha psixolog va fiziologlarning ta’kidlashlaricha, muammoning bunday oson ravishda yechimini hech kutilmaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya’ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga yetishidir deb baholanoqda. Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izohlashicha, bunday kutilmagan jarayonlarning ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to’la-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir. Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi.
Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur 
yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi.  
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda 
ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, 
chizma geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, 
mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir. 
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma’no anglanishi bilan 
qator narsa va hodisalar to’g’risida, abstrakt tafakkur yordamida mulohaza borliq 
to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum 
abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi.  
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb 
ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlarni yoritib borish va shu 
bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlarni 
nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida 
izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, 
umuman butun voqelik ma’lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va 
ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan 
tashqari muayyan ob’ektlarning mohiyati, mazmuni mavjud bo’lishlik sabablari, 
kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funktsiya 
hamda vazifalari izohlab beriladi. 
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an’ana tusiga 
kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy 
hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlarni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.  
Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan izchillik 
bilan tadqiq etilgan. Sobiq sovet psixologiyasining dastlabki rivojlanishi pallasida 
ushbu masala bilan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiylar, keyinchalik S.L.Rubinshteyn, 
B.G.Ananьev, A.N.Leontьev, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galьperin, R.G.Natadze, 
D.B.El’konin, V.V.Davidov, A.M.Matyushkin va boshqalar shug’ullanganlar. 
Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi. Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma’no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, abstrakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi. Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlarni yoritib borish va shu bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma’lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob’ektlarning mohiyati, mazmuni mavjud bo’lishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funktsiya hamda vazifalari izohlab beriladi. Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an’ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir. Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan izchillik bilan tadqiq etilgan. Sobiq sovet psixologiyasining dastlabki rivojlanishi pallasida ushbu masala bilan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiylar, keyinchalik S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananьev, A.N.Leontьev, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galьperin, R.G.Natadze, D.B.El’konin, V.V.Davidov, A.M.Matyushkin va boshqalar shug’ullanganlar.
Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlarni, 
xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. SHuning uchun Quyosh va oy tutilishini, 
yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma’lumotlarini, yer qimirlash o’choqlarini, 
voqea sodir bo’lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. SHu sababdan nazariy 
tafakkurni oldindan ko’rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb 
ataydilar. 
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok 
qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu 
sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi. 
Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni yaratilishiga 
yo’naltirilgan fikr yuritiladi. U qo’yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar 
bilan hal qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, 
muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir. 
Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy xarakatlarni tasavvur 
qilishda, fikrlashda namoyon bo’ladi. Masalan, talabalar faoliyatidagi konspekt 
yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash kabilar amaliy 
tafakkurga yaqqol misoldir. 
Muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob’ektiv dalillar bilan isbotlash o’rniga, 
inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat 
tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko’pincha odamlarning muayyan 
soha bo’yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr 
yuritish qobiliyatining yetarli darajada o’smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 
psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan mulohaza yuritishdan 
iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.  
Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda 
izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug’iladi, 
vazifa aniqlanadi, masalani yechish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga 
keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi 
zarur bo’lgan vazifa ko’pincha ifodalanishi shart bo’lgan maqsadni ham aks ettirib 
Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. SHuning uchun Quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma’lumotlarini, yer qimirlash o’choqlarini, voqea sodir bo’lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. SHu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko’rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar. Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi. Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni yaratilishiga yo’naltirilgan fikr yuritiladi. U qo’yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy xarakatlarni tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo’ladi. Masalan, talabalar faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir. Muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob’ektiv dalillar bilan isbotlash o’rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko’pincha odamlarning muayyan soha bo’yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o’smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi. Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani yechish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo’lgan vazifa ko’pincha ifodalanishi shart bo’lgan maqsadni ham aks ettirib
keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va 
hayajon, shubha hislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir. 
Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: 
qo’yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yo’llar, 
usullar, vositalar, qoidalar va ko’nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur 
faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar. 
 Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar: 
 Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo’lgan masala inson 
tomonidan aniqlab olinishi kerak. 
 Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo’lgan barcha bilimlarni tadbiq 
qilish uchun intilish. 
 Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg’a suriladi, bosqichlar taxmin 
qilinadi, yechim to’g’risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda 
variatsiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirib, eng samarali 
alomatlar ajratiladi va hokazo  
 Muammo oldiga qo’yilgan farazni tekshirish zarurati tug’iladi. 
 Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza 
adekvat emasligi, noto’g’ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob’ektidan siqib 
chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar taxmin qilinadi yoki o’ylab topiladi. 
 Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to’g’riligiga 
qanoat hosil qilish uchun yechuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini 
yakunlaydi. 
Psixolog V.A.Krutetskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish maqsadida 
masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o’quvchilar o’quv faoliyatida 
sinab ko’rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalarni V.A.Krutetskiy turlicha nom 
bilan ataydi: 
1. Savol aniq qilib qo’yilmagan masalalar. 
2. Berilganlari yetishmaydigan masalalar. 
3. Ortiqcha ma’lumotlari bo’lgan masalalar.  
4. Bir necha yo’l bilan yechiladigan masalalar.  
keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha hislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir. Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo’yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yo’llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko’nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar. Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar:  Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo’lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.  Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo’lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish.  Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg’a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, yechim to’g’risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variatsiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo  Muammo oldiga qo’yilgan farazni tekshirish zarurati tug’iladi.  Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto’g’ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob’ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar taxmin qilinadi yoki o’ylab topiladi.  Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to’g’riligiga qanoat hosil qilish uchun yechuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Psixolog V.A.Krutetskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o’quvchilar o’quv faoliyatida sinab ko’rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalarni V.A.Krutetskiy turlicha nom bilan ataydi: 1. Savol aniq qilib qo’yilmagan masalalar. 2. Berilganlari yetishmaydigan masalalar. 3. Ortiqcha ma’lumotlari bo’lgan masalalar. 4. Bir necha yo’l bilan yechiladigan masalalar.
5. Mazmuni o’zgarib turadigan masalalar.  
6. Isbotlashga doir masalalar.  
7. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar.  
Ijodiy tafakkur turi o’zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan 
boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o’ylab 
chiqish jarayoni bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi. 
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik 
tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr 
yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. 
Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq 
ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tafakkur harakatlari o’sha 
shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat 
individuallik yoki individualistik tafakkurdir. 
Masala yechimini qabul qilishga va informatsion tayyorgarlik ko’rishga 
qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq 
xarakatlar yoki anglanilmagan operatsiyalar, chunonchi obrazlar manipulyatsiyasi 
va transformatsiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va “aqliy anglanish”dan 
namoyon bo’ladi. 
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida 
tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. Qisqa vaqt birligi 
ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish 
bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur 
esa passiv, tayyor mulohazalarni o’zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan 
foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishidir.  
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananьev va uning 
shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo’lib, keyingi yillarda bu muammo 
yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji 
o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va 
hodisalarning fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, 
murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish 
5. Mazmuni o’zgarib turadigan masalalar. 6. Isbotlashga doir masalalar. 7. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar. Ijodiy tafakkur turi o’zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o’ylab chiqish jarayoni bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi. Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir. Masala yechimini qabul qilishga va informatsion tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operatsiyalar, chunonchi obrazlar manipulyatsiyasi va transformatsiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va “aqliy anglanish”dan namoyon bo’ladi. Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. Qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o’zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishidir. Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananьev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo’lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish
jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog’liq 
holda namoyon bo’ladi. 
Tafakkur sifatlari 
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega 
bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining 
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda 
tafakkurning individual xususiyatlari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, 
mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa 
sifatlar kiritiladi.  
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy 
voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, 
fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab 
o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. 
Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan 
tafovutlanadi.  
Tafakkurning 
chuqurligi 
deganimizda 
moddiy 
dunyodagi 
narsa-
hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro 
bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz 
kerak. 
Tafakkur 
arsenalida 
joylashgan 
narsalarning 
qay 
yo’sinda 
sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu 
shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin. 
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan 
muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, 
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, 
shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab 
olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori 
serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng 
kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi 
mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi. 
jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Tafakkur sifatlari Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyatlari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi. Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi. Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa- hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin. Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil 
tafakkurga ajratiladi.  
Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z 
oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy 
xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan 
vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli 
turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy 
qobiliyatni tushunish kerak.  
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida 
namoyon bo’ladi.  
Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq 
maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, 
nihoyasiga yetkazishda yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, 
aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni 
kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz.  
Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va 
vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda 
usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. 
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rolь o’ynaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. 
Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual 
xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, 
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga 
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik obyektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo 
tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, 
bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Subyektiv tanqidiylik salbiy 
oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini 
vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda 
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rolь o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik obyektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Subyektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda
tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim 
sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul 
va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga 
oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. 
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan 
orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, 
aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning 
nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya 
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.  
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson 
tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, 
g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan 
bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt 
oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur 
mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.  
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi 
mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik 
hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr 
yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik 
bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati 
uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri 
yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi 
kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga 
xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir. 
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan 
vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur 
materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli 
hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan 
tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga- insonning bilim saviyasiga, fikrlash 
tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas. Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi. Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir. Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga- insonning bilim saviyasiga, fikrlash
qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. 
Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum 
fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi. 
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib 
xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba 
hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. 
O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib 
keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay 
tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari 
ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim 
neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi 
mumkin. Shuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy 
faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga 
olish maqsadga muvofiqdir. 
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan 
tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning 
asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni 
ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. 
Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan 
chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush 
haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri 
hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur 
psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini 
intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-
zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi 
insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir.  
3. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar 
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, 
atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan 
ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.  
qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi. Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin. Shuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql- zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 3. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistentsializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger 
(1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga 
o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, 
anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab 
qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech 
qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.  
Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. 
Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. SHuning uchun 
ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi.  
K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy 
omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa 
birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa 
ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas.  
Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir 
davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv 
faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. 
Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar 
tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri 
tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy- tarixiy qonuniyatlar 
yo’lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech 
qachon o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida 
bo’lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo’lishi mumkin emas. Tafakkurning 
funktsiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv psixologik jarayonlar 
bilangina chegaralanmaydi:  
Birinchidan, ongning sub’ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga 
ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.  
Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, 
balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning 
sub’ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. 
Ekzistentsializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. SHuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi. K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy- tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech qachon o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo’lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo’lishi mumkin emas. Tafakkurning funktsiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi: Birinchidan, ongning sub’ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi. Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning sub’ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi.
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy 
ko’rinishidir. 
 Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. 
K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar 
va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi 
jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri 
tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning 
yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu 
g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda 
yetilgan ijtimoiy g’oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi.  
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi “inson faqat tashqi dunyo bilan 
to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi 
dunyodan to’liq informatsion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. 
Informatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-
ovqatdek, issiqlikdek zarur”. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya 
maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada 
Vyurtsburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan 
psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida 
O.Kyulьpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax 
Nartsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan 
eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa 
qo’sha oldi. Vyurtsburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda 
turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda ratsional 
bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb 
tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat 
qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni 
ob’ektiv bo’lishiga kamroq e’tibor berganlar. 
Vyurtsburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, 
aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish 
tutishda ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur 
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir. Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g’oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi. Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi “inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informatsion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq- ovqatdek, issiqlikdek zarur”. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyurtsburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulьpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa qo’sha oldi. Vyurtsburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda ratsional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob’ektiv bo’lishiga kamroq e’tibor berganlar. Vyurtsburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur
haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko’pchilik shunchaki hukm 
chiqarishni ma’qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’rnatish 
qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu 
munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning 
bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid 
faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun’iy tushunchalarning 
shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari 
tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog’lab, tafakkurni munosabatlarning 
birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin 
qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlarni 
faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. 
Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi –bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan 
oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai -nazardan olib qaralganda ushbu 
pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. 
Vyurtsburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati 
sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy 
obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar. 
Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zelts tafakkurni 
intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oldiga fikr yuritish 
faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishini kuzatish, intellektual 
faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv 
ko’rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. O.Zelts masala yechish 
jarayonini o’rganishda umumiylikka ega bo’lgan masalani vujudga keltirish 
bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib 
ko’rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo’ladi. Kompleks o’z 
ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma’lumning tavsifnomasini 
bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma’lumning o’rnini aniqlash; v)noma’lum 
qidiriluvchi bilan ma’lum o’rtasidagi munosabatlarni ajratib ko’rsatish. 
Shunday qilib, Vyurtsburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zelts 
psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental 
haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko’pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog’lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi –bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai -nazardan olib qaralganda ushbu pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyurtsburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar. Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zelts tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. O.Zelts masala yechish jarayonini o’rganishda umumiylikka ega bo’lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko’rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo’ladi. Kompleks o’z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma’lumning tavsifnomasini bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma’lumning o’rnini aniqlash; v)noma’lum qidiriluvchi bilan ma’lum o’rtasidagi munosabatlarni ajratib ko’rsatish. Shunday qilib, Vyurtsburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zelts psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental
metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy 
qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga 
asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada 
psixologiyaning geshtalьtpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi. Uning, ko’zga 
ko’ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), 
K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtalьtchilar fikriga qaraganda, har bir 
psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda 
aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. 
Geshtalьtchilarning aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur 
ta’limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va 
elementlarning yig’indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha 
yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga 
qurbi yetadi. 
Geshtaltpsixologiyaning 
markaziy 
nazariyasi 
har 
qanday 
psixologik 
jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, 
balki konfiguratsiya shakl yoki geshtalьtchilarning yaxlit yaratishidan iborat.  
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda 
olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini 
eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning 
aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to’g’risida xulosa 
chiqaradi.  
 V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: 
organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, 
ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalьt ichiga kirib, geshtalьtda qaysi joyni egallashga 
bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan 
namoyon bo’luvchi geshtalьtchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir 
zo’riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning 
qismlari yangi geshtalьtda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. 
Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalьt sifatida maydonga 
chiqadi.  
metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtalьtpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi. Uning, ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtalьtchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtalьtchilarning aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yig’indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtalьtchilarning yaxlit yaratishidan iborat. Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to’g’risida xulosa chiqaradi. V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalьt ichiga kirib, geshtalьtda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo’luvchi geshtalьtchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zo’riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtalьtda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalьt sifatida maydonga chiqadi.